MATNNING TEXNIK TAHLILI (Matn ta’rifi masalasi, Matn tahlili, Matnlarning turlariga qo‘yiladigan texnik talablar)

Yuklangan vaqt

2024-05-18

Yuklab olishlar soni

2

Sahifalar soni

8

Faytl hajmi

25,0 KB


 
 
 
 
 
 
 
 
 
MATNNING TEXNIK TAHLILI 
 
Reja: 
 
Matn ta’rifi masalasi. 
Matn tahlili nima? 
Matnlarning turlariga qo‘yiladigan texnik talablar. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
MATNNING TEXNIK TAHLILI Reja: Matn ta’rifi masalasi. Matn tahlili nima? Matnlarning turlariga qo‘yiladigan texnik talablar.
 
 
 
Kalit so‘zlar: matn, matn tiplari, ilmiy matn, badiiy matn.  
 
“Matn” atamasi ilmiy adabiyotlarda turlicha talqin qilinadi. O‘zbek tilining 
izohli lug‘atida “Matn” so‘zining arabchadan o‘zlashganligi, eskirgan kitobiy so‘z 
ekanligi va aynan tekst so‘zi anglatgan ma’noga tengligiga ishora qilinadi. Izohli 
lug‘atning 156-betida tekst so‘ziga quyidagicha ta’rif beriladi: yozilgan, 
ko‘chirilgan yoki bosilgan ijodiy, ilmiy asar, nutq, hujjat va shu kabilar yoki ularning 
bir parchasi; matn. Bu ta’rifda matnning asosiy хususiyatlari to‘g‘ri ko‘rsatilgan. 
Faqat aхborot-kommunikatsiya vositalarining taraqqiy etishi natijasida matn (tekst) 
so‘zi anglatadigan ma’no yanada ortganligini ko‘rishimiz mumkin. 
 Hozirgi kunda matnga e’tibor ancha kuchaygan. Hozirgi kunda maktab 
darsliklariga ham qoidadanda koʻra koʻproq matn kiritilayotgani bejizga emas, 
albatta. Chunki matn fikrlashni oʻstiradigan eng yaxshi vositalardan biri hisoblanadi. 
Hamma jumla ham matn boʻla oladimi, degan savol tugʻiladi. Yoʻq, har bir jumla 
ham matn boʻla olmaydi, uning oʻziga xos xususiyatlari va talablari mavjud. 
I.R.Galperin, frazadan katta butunlikning tarkibiy qismi bo‘lgan gap bir paytning 
o‘zida yaхlit matnning ham tarkibiy qismi bo‘la olmasligini aytadi.  
Darhaqiqat, har qanday jumlalar yigʻindisi ham matn boʻla olmaydi. Matnga 
qoʻyilgan sarlavha asosida, matndagi jumlalar mazmun jihatdan oʻzaro birikishi 
zarur. Agar unda bunday xususiyat boʻlmasa, Galperin aytganidek, uni matn deya 
olmaymiz. Matnning qamrovi ancha keng, shuning uchun ham u eng katta sintaktik 
birlik hisoblanadi. Ma’no qamroviga koʻra bitta soʻz matn boʻla oladimi, ya’ni atov 
soʻzlar matn boʻlib keladi oladimi, degan savol paydo boʻladi. Chunki, uniyam 
ma’no qamrovi keng. Oddiygina, bahor deganimizda koʻz oldimizda judayam koʻp 
narsa gavdalandi. Lekin, u matn boʻla olmaydi, chunki matnga qoʻyilgan talablarga 
atov soʻzlar javob bera olmaydi. Unda abzast yoʻq, jumlalar yoʻq, demak u matn 
emas.  
Matn tarkibidagi uzvlarning o‘zaro munosabati gapdagi so‘zlarning bir-biri bilan 
bo‘lgan munosabatiga o‘хshaydi. Matnda so‘zlar orasidagi munosabatdan ko‘ra 
Kalit so‘zlar: matn, matn tiplari, ilmiy matn, badiiy matn. “Matn” atamasi ilmiy adabiyotlarda turlicha talqin qilinadi. O‘zbek tilining izohli lug‘atida “Matn” so‘zining arabchadan o‘zlashganligi, eskirgan kitobiy so‘z ekanligi va aynan tekst so‘zi anglatgan ma’noga tengligiga ishora qilinadi. Izohli lug‘atning 156-betida tekst so‘ziga quyidagicha ta’rif beriladi: yozilgan, ko‘chirilgan yoki bosilgan ijodiy, ilmiy asar, nutq, hujjat va shu kabilar yoki ularning bir parchasi; matn. Bu ta’rifda matnning asosiy хususiyatlari to‘g‘ri ko‘rsatilgan. Faqat aхborot-kommunikatsiya vositalarining taraqqiy etishi natijasida matn (tekst) so‘zi anglatadigan ma’no yanada ortganligini ko‘rishimiz mumkin. Hozirgi kunda matnga e’tibor ancha kuchaygan. Hozirgi kunda maktab darsliklariga ham qoidadanda koʻra koʻproq matn kiritilayotgani bejizga emas, albatta. Chunki matn fikrlashni oʻstiradigan eng yaxshi vositalardan biri hisoblanadi. Hamma jumla ham matn boʻla oladimi, degan savol tugʻiladi. Yoʻq, har bir jumla ham matn boʻla olmaydi, uning oʻziga xos xususiyatlari va talablari mavjud. I.R.Galperin, frazadan katta butunlikning tarkibiy qismi bo‘lgan gap bir paytning o‘zida yaхlit matnning ham tarkibiy qismi bo‘la olmasligini aytadi. Darhaqiqat, har qanday jumlalar yigʻindisi ham matn boʻla olmaydi. Matnga qoʻyilgan sarlavha asosida, matndagi jumlalar mazmun jihatdan oʻzaro birikishi zarur. Agar unda bunday xususiyat boʻlmasa, Galperin aytganidek, uni matn deya olmaymiz. Matnning qamrovi ancha keng, shuning uchun ham u eng katta sintaktik birlik hisoblanadi. Ma’no qamroviga koʻra bitta soʻz matn boʻla oladimi, ya’ni atov soʻzlar matn boʻlib keladi oladimi, degan savol paydo boʻladi. Chunki, uniyam ma’no qamrovi keng. Oddiygina, bahor deganimizda koʻz oldimizda judayam koʻp narsa gavdalandi. Lekin, u matn boʻla olmaydi, chunki matnga qoʻyilgan talablarga atov soʻzlar javob bera olmaydi. Unda abzast yoʻq, jumlalar yoʻq, demak u matn emas. Matn tarkibidagi uzvlarning o‘zaro munosabati gapdagi so‘zlarning bir-biri bilan bo‘lgan munosabatiga o‘хshaydi. Matnda so‘zlar orasidagi munosabatdan ko‘ra
 
 
gaplar o‘rtasidagi aloqadorlik muhim hisoblanadi. Agar gaplararo ham mazmunan, 
ham shaklan aloqadorlik mavjud bo‘lmasa, matn butunligi haqida ham gapirish 
mumkin emas.  
Matnning oʻrganilishi qay tartibda kechganligi haqida ham toʻxtalib oʻtamiz. 
Demak, tilshunoslikda o‘tgan asrning 70-yillaridan boshlab matn lingvistikasi 
yo‘nalishi tez sur’atlarda rivojlana boshladi. G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida matn 
lingvistikasi bo‘yicha davriy nashrlar, ilmiy maqolalar to‘plami, monografiya, o‘quv 
qo‘llanmalari, darsliklar nashr qilindi. Rus tilshunosligida matn lingvistikasining 
shakllanishi va rivojlanishida I.R.Galperin, K.Kojevnikova, E.A.Referovskaya, 
G.Ya.Solganik, 
V.G.Gak, 
M.V.Lyapon, 
O.I.Maskalskaya, 
A.A.Metsler, 
O.L.Kamenskaya kabi olimlarning хizmati katta bo‘ldi. O‘zbek tilshunosligiga matn 
nazariyasining olib kirilishi va yangi taraqqiyot bosqichiga ko‘tarilishida 
N.M.Turniyozov, 
B.Yo‘ldoshev, 
A.Mamajonov, 
E.Qilichev, 
M.Hakimov, 
M.Yo‘ldoshev, S.Boymirzayevaning tadqiqotlari muhim ahamiyat kasb etdi. Shu 
tariqa o‘zbek tilshunosligida ham matn har tomonlama turli aspektlarda tadqiq 
qilindi va bu boradagi tadqiqotlar davom etmoqda. O‘zbek til ilmida birinchilardan 
bo‘lib akademik G‘.Abdurahmonov matn nazariyasi, mohiyati va yechimlari haqida 
o‘z fikrlarini bildirgan, bir qator matn turlarini ajratib ko‘rsatgan. Matnning 
oʻrganilishi bu bilan toʻxtab qolmagan, hozirda ham bu kabi tadqiqotlar davom etib 
kelmoqda. 
Matn gapdan ko‘ra yirik hajmli aloqa vositasi, nutqiy faoliyat mahsuli, 
muayyan qonuniyatlar asosida shakllangan yozma nutq ko‘rinishidir. Matn hajm 
belgisiga ko‘ra minimal va maksimal matnlarga ajratiladi. Ayrim adabiyotlarda 
matn hajm belgisiga ko‘ra uch turga ajratilgan: kichik, o‘rta, katta hajmli matnlar.  
 Telegramma, ma’lumotnoma, ariza, ishonch xati, tushuntirish xati, vaqtli 
matbuotda chiqadigan e’lon va kichik xabarlar kichik hajmdagi matnlar sanaladi. 
O‘rta hajmdagi matnlarga hikoya, qissa, she’r, doston, poemalar kiradi. Katta hajmli 
matnlarga povest, roman, dramatic asarlar, trilogiyalar kiradi. Biroq yuqoridagi kabi 
bo‘linishlar ayrim chalkashliklarni keltirib chiqaradi. Boisi shunday dostonlar borki 
hajm jihatidan romandan katta. Nafaqat hajm jihatidan, balki ichki mazmun, 
gaplar o‘rtasidagi aloqadorlik muhim hisoblanadi. Agar gaplararo ham mazmunan, ham shaklan aloqadorlik mavjud bo‘lmasa, matn butunligi haqida ham gapirish mumkin emas. Matnning oʻrganilishi qay tartibda kechganligi haqida ham toʻxtalib oʻtamiz. Demak, tilshunoslikda o‘tgan asrning 70-yillaridan boshlab matn lingvistikasi yo‘nalishi tez sur’atlarda rivojlana boshladi. G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida matn lingvistikasi bo‘yicha davriy nashrlar, ilmiy maqolalar to‘plami, monografiya, o‘quv qo‘llanmalari, darsliklar nashr qilindi. Rus tilshunosligida matn lingvistikasining shakllanishi va rivojlanishida I.R.Galperin, K.Kojevnikova, E.A.Referovskaya, G.Ya.Solganik, V.G.Gak, M.V.Lyapon, O.I.Maskalskaya, A.A.Metsler, O.L.Kamenskaya kabi olimlarning хizmati katta bo‘ldi. O‘zbek tilshunosligiga matn nazariyasining olib kirilishi va yangi taraqqiyot bosqichiga ko‘tarilishida N.M.Turniyozov, B.Yo‘ldoshev, A.Mamajonov, E.Qilichev, M.Hakimov, M.Yo‘ldoshev, S.Boymirzayevaning tadqiqotlari muhim ahamiyat kasb etdi. Shu tariqa o‘zbek tilshunosligida ham matn har tomonlama turli aspektlarda tadqiq qilindi va bu boradagi tadqiqotlar davom etmoqda. O‘zbek til ilmida birinchilardan bo‘lib akademik G‘.Abdurahmonov matn nazariyasi, mohiyati va yechimlari haqida o‘z fikrlarini bildirgan, bir qator matn turlarini ajratib ko‘rsatgan. Matnning oʻrganilishi bu bilan toʻxtab qolmagan, hozirda ham bu kabi tadqiqotlar davom etib kelmoqda. Matn gapdan ko‘ra yirik hajmli aloqa vositasi, nutqiy faoliyat mahsuli, muayyan qonuniyatlar asosida shakllangan yozma nutq ko‘rinishidir. Matn hajm belgisiga ko‘ra minimal va maksimal matnlarga ajratiladi. Ayrim adabiyotlarda matn hajm belgisiga ko‘ra uch turga ajratilgan: kichik, o‘rta, katta hajmli matnlar. Telegramma, ma’lumotnoma, ariza, ishonch xati, tushuntirish xati, vaqtli matbuotda chiqadigan e’lon va kichik xabarlar kichik hajmdagi matnlar sanaladi. O‘rta hajmdagi matnlarga hikoya, qissa, she’r, doston, poemalar kiradi. Katta hajmli matnlarga povest, roman, dramatic asarlar, trilogiyalar kiradi. Biroq yuqoridagi kabi bo‘linishlar ayrim chalkashliklarni keltirib chiqaradi. Boisi shunday dostonlar borki hajm jihatidan romandan katta. Nafaqat hajm jihatidan, balki ichki mazmun,
 
 
xarakterlar tasviri, ruhiyat talqini jihatidan ham romanlardan qolishmaydigan 
dostonlar bor.Masalan, “Alpomish”, “Go‘ro‘g‘li”singari go‘zal dostonlarimiz shakl 
va mazmun jihatidan yirik hajmli asar hisoblanadi. Ko‘rinadiki, bu tarzdagi tasnif 
jiddiy asosga ega emas. Binobarin, matnni tilshunoslikda keng tarqalgan ikkiga 
ajrarib tekshirish tamoyili asosida o‘rganish ham mantiqan, ham amaliy jihatdan 
maqsadga muvofiqdir.  
Minimal matn deganda biror mavzuni yoritishga qaratilgan qatralar, xalq 
donishmandligini ifodalaydigan maqol, matal va aforizmlar, hajviy asarlar, nomalar, 
she’rlar, umuman, kichik mavzuni qamrab oluvchi bir necha gaplardan iborat 
butunlik tushuniladi.  
Matnning ichki tomonini mazmun yaxlitligi, tashqi tomonini esa turli 
shakldagi bog‘lamalar, sintaktik vositalar birlashtirib turadi. Masalan: Sevgi nima? 
Insoniyat paydo bo‘ptiki, shu savol ustida bosh qotiradi. Ammo javob topolmaydi. 
Agar inson sevgining barcha sir-asrorini bilganida edi, uning modeli – qolipini 
yaratgan bo‘lardi. Sevgi hech qanday qolipga sig‘magani uchun ham sirli va 
abadiydir (O‘.Hoshimov).  
Mutaxasislar ba’zan bittagina gap ham mikromatn tushunchasiga teng kelishi 
mumkin, degan fikrni aytib o‘tadilar. Masalan: Bahor… Bu jumlada “tabiatning 
jonlanishi”, “hamma yoqning ko‘m-ko‘k bo‘lishi”, “atrof-muhitning go‘zallikka 
burkanishi”, kabi yashirin mazmun mavjuddir. Lekin bu tildagi ko‘rinishlarni tor 
ma’noda matn deb atash mumkin emas. Chunki matn tuzilishi jihatdan gapdan yirik 
sintaktik butunlikdir. Demak, u gaplardan tashkil topadi. Yashirin mazmun sifatida 
havola etilayotgan ma’nolar so‘zning ma’no tuzilishi bilan bog‘liq. Mazkur gap 
o‘zidan keyin keladigan izohlovchi yoki kengaytiruvchi gaplar bilan bir butunlik 
hosil qilgandagina matn deyish to‘g‘ri bo‘ladi. Agar yashirin mazmunga qarab 
xulosa chiqariladigan bo‘lsa, istalgan so‘zni matn deyish mumkin bo‘ladi.  
Maksimal matn deyilganda keng ko‘lamdagi voqealarni yoritish ehtiyoti bilan 
yuzaga kelgan butunlik nazarda tutiladi. Badiiy uslubda hikoya, qissa, roman kabi 
yirik hajmli asarlar maksimal matn deyiladi. Maksimal matn mikromatnlardan 
tashkil topadi. Eng kichik butunlik abzatsga, eng katta butunlik esa bob (qism yoki 
xarakterlar tasviri, ruhiyat talqini jihatidan ham romanlardan qolishmaydigan dostonlar bor.Masalan, “Alpomish”, “Go‘ro‘g‘li”singari go‘zal dostonlarimiz shakl va mazmun jihatidan yirik hajmli asar hisoblanadi. Ko‘rinadiki, bu tarzdagi tasnif jiddiy asosga ega emas. Binobarin, matnni tilshunoslikda keng tarqalgan ikkiga ajrarib tekshirish tamoyili asosida o‘rganish ham mantiqan, ham amaliy jihatdan maqsadga muvofiqdir. Minimal matn deganda biror mavzuni yoritishga qaratilgan qatralar, xalq donishmandligini ifodalaydigan maqol, matal va aforizmlar, hajviy asarlar, nomalar, she’rlar, umuman, kichik mavzuni qamrab oluvchi bir necha gaplardan iborat butunlik tushuniladi. Matnning ichki tomonini mazmun yaxlitligi, tashqi tomonini esa turli shakldagi bog‘lamalar, sintaktik vositalar birlashtirib turadi. Masalan: Sevgi nima? Insoniyat paydo bo‘ptiki, shu savol ustida bosh qotiradi. Ammo javob topolmaydi. Agar inson sevgining barcha sir-asrorini bilganida edi, uning modeli – qolipini yaratgan bo‘lardi. Sevgi hech qanday qolipga sig‘magani uchun ham sirli va abadiydir (O‘.Hoshimov). Mutaxasislar ba’zan bittagina gap ham mikromatn tushunchasiga teng kelishi mumkin, degan fikrni aytib o‘tadilar. Masalan: Bahor… Bu jumlada “tabiatning jonlanishi”, “hamma yoqning ko‘m-ko‘k bo‘lishi”, “atrof-muhitning go‘zallikka burkanishi”, kabi yashirin mazmun mavjuddir. Lekin bu tildagi ko‘rinishlarni tor ma’noda matn deb atash mumkin emas. Chunki matn tuzilishi jihatdan gapdan yirik sintaktik butunlikdir. Demak, u gaplardan tashkil topadi. Yashirin mazmun sifatida havola etilayotgan ma’nolar so‘zning ma’no tuzilishi bilan bog‘liq. Mazkur gap o‘zidan keyin keladigan izohlovchi yoki kengaytiruvchi gaplar bilan bir butunlik hosil qilgandagina matn deyish to‘g‘ri bo‘ladi. Agar yashirin mazmunga qarab xulosa chiqariladigan bo‘lsa, istalgan so‘zni matn deyish mumkin bo‘ladi. Maksimal matn deyilganda keng ko‘lamdagi voqealarni yoritish ehtiyoti bilan yuzaga kelgan butunlik nazarda tutiladi. Badiiy uslubda hikoya, qissa, roman kabi yirik hajmli asarlar maksimal matn deyiladi. Maksimal matn mikromatnlardan tashkil topadi. Eng kichik butunlik abzatsga, eng katta butunlik esa bob (qism yoki
 
 
fasl) larga to‘g‘ri keladi. Bunday matn tarkibida epigraf, so‘zboshi (muqaddima) 
so‘ngso‘z (epilog) kabi yordamchi qismlar ham ishtirok etishi mumkin. Ular asar 
mazmuni va g‘oyasiga, shuningdek, mavzuning tanlanishi va yoritilishiga oid ayrim 
masalalarga qo‘shimcha izoh bo‘lib keladi. Maksimal matn tashqi jihatdan turlicha 
shakllangan bo‘ladi.Masalan, Pirimqul Qodirovning “Humoyun va Akbar” tarixiy 
romanini ko‘zdan kechiradigan bo‘lsak, mazkur asar ikki mustaqil qismga ajratiladi. 
Har ikki qism alohida nomlanadi (Humoyun, Akbar). Qismlar 9-10 tadan 
bo‘limlarga bo‘linadi va har bir bo‘lim voqea bo‘lib o‘tayotgan joy hamda gap kim 
yoki nima haqida ketayotganligiga qarab nomlab boriladi.  
Har qanday matnni unda ifodalangan axborotning hajm belgisiga ko‘ra 
minimal matn va maksimal matn tiplariga ajratish mumkin. Badiiy uslubda yozilgan 
matnda minimal matn deb biror mavzuni yoritishga bag‘ishlangan qatralar, xalq 
donishmandligini ifodalaydigan maqol, metal va aforizmlar, mimiatyuralar, hajviy 
asarlar, nomalar, she’r va she’riy parchalar, umuman kichik mavzuni qamrab 
oluvchi bir necha gaplardan iborat butunlik tushuniladi. Matnning ichki tomonini 
mazmun yaxlitligi, tashqi tomonini esa turli shakldagi bog‘lamalar, sintaktik 
vositalar birlashtirib turadi.  
Makro matn deyilganda keng ko‘lamdagi voqealarni yoritish ehtiyoji bilan 
yuzaga kelgan butunlik nazarda tutiladi. Badiiy uslubda hikoya, qissa roman, 
epopeya kabi yirik hajmli asarlar makro matnlar hisoblanadi. Bunday matn tarkibida 
epigraf, so‘zboshi, epilog kabi yordamchi qismlar ham ishtirok etishi mumkin. Ular 
asar mazmuni va g‘oyasiga, shuningdek, mavzuning tanlanishi va yoritilishiga oid 
ayrim masalalarga qo‘shimcha izoh va sharh bo‘lib keladi. Makro matn tashqi 
jihatdan turlicha shakllangan bo‘ladi.  
1. Ommabop ilmiy matn. Uning maqsadli auditoriyasi - muayyan sohada 
maxsus mahorat va bilimga ega bo'lmagan auditoriya. Ommabop ilmiy matn 
taqdimotning ko'pgina ta'riflari va ravshanligini saqlab qoladi, biroq uning hislatlari 
his qilish uchun juda soddalashtirilgan. Shuningdek, bu uslubda hissiy va ifodali 
nutq shakllaridan foydalanishga ruxsat beriladi. Uning vazifasi keng jamoatchilikni 
ba'zi fakt va hodisalar bilan tanishtirishdir. 
fasl) larga to‘g‘ri keladi. Bunday matn tarkibida epigraf, so‘zboshi (muqaddima) so‘ngso‘z (epilog) kabi yordamchi qismlar ham ishtirok etishi mumkin. Ular asar mazmuni va g‘oyasiga, shuningdek, mavzuning tanlanishi va yoritilishiga oid ayrim masalalarga qo‘shimcha izoh bo‘lib keladi. Maksimal matn tashqi jihatdan turlicha shakllangan bo‘ladi.Masalan, Pirimqul Qodirovning “Humoyun va Akbar” tarixiy romanini ko‘zdan kechiradigan bo‘lsak, mazkur asar ikki mustaqil qismga ajratiladi. Har ikki qism alohida nomlanadi (Humoyun, Akbar). Qismlar 9-10 tadan bo‘limlarga bo‘linadi va har bir bo‘lim voqea bo‘lib o‘tayotgan joy hamda gap kim yoki nima haqida ketayotganligiga qarab nomlab boriladi. Har qanday matnni unda ifodalangan axborotning hajm belgisiga ko‘ra minimal matn va maksimal matn tiplariga ajratish mumkin. Badiiy uslubda yozilgan matnda minimal matn deb biror mavzuni yoritishga bag‘ishlangan qatralar, xalq donishmandligini ifodalaydigan maqol, metal va aforizmlar, mimiatyuralar, hajviy asarlar, nomalar, she’r va she’riy parchalar, umuman kichik mavzuni qamrab oluvchi bir necha gaplardan iborat butunlik tushuniladi. Matnning ichki tomonini mazmun yaxlitligi, tashqi tomonini esa turli shakldagi bog‘lamalar, sintaktik vositalar birlashtirib turadi. Makro matn deyilganda keng ko‘lamdagi voqealarni yoritish ehtiyoji bilan yuzaga kelgan butunlik nazarda tutiladi. Badiiy uslubda hikoya, qissa roman, epopeya kabi yirik hajmli asarlar makro matnlar hisoblanadi. Bunday matn tarkibida epigraf, so‘zboshi, epilog kabi yordamchi qismlar ham ishtirok etishi mumkin. Ular asar mazmuni va g‘oyasiga, shuningdek, mavzuning tanlanishi va yoritilishiga oid ayrim masalalarga qo‘shimcha izoh va sharh bo‘lib keladi. Makro matn tashqi jihatdan turlicha shakllangan bo‘ladi. 1. Ommabop ilmiy matn. Uning maqsadli auditoriyasi - muayyan sohada maxsus mahorat va bilimga ega bo'lmagan auditoriya. Ommabop ilmiy matn taqdimotning ko'pgina ta'riflari va ravshanligini saqlab qoladi, biroq uning hislatlari his qilish uchun juda soddalashtirilgan. Shuningdek, bu uslubda hissiy va ifodali nutq shakllaridan foydalanishga ruxsat beriladi. Uning vazifasi keng jamoatchilikni ba'zi fakt va hodisalar bilan tanishtirishdir.