Maxsus pedagogika metodologiyasi, uning darajalari va prinsiplari haqida tushuncha

Yuklangan vaqt

2024-07-28

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

13

Faytl hajmi

91,0 KB


 
 
 
 
 
 
Maxsus pedagogika metodologiyasi, uning darajalari va prinsiplari haqida 
tushuncha 
 
 
Mavzu rejasi: 
1. Ilmiy tadqiqot soxasi tarzida metodologiya xaqida tushuncha. 
2. Metodologiyaning vazifa va funksiyalari. 
3. Pedagogik tadqiqot metodologiyasining darajalari. 
4. Ilmiy tadqiqotning metologik prinsiplari. 
5. Metodologiyaning meyoriy va nazariy asoslari. 
6. Umumiy va maxsus pedagogikaga xos prinsiplar. 
 
 
Kishilik jamiyati taraqqiyoti bosqichlariga bir nazar tashlaylik. Dastlab 
olovning paydo bo’lishi, toshlardan ish qurollarining yasalishi, metallarning paydo 
qilinishi orqali metallarga ishlov berish texnologiyasining yaratilishi, yozuvning 
paydo bo’lishi orqali kitobning vujudga kelishini, bu orqali esa ma’lumotlarni 
axborotlarga aylantirish muammosining hal bo’lishi, shuningdek, elektrning bir 
turdan ikkinchi turga aylanish muammosining ilmiy asoslanishi, “Uchar gilam” 
(aviasiya) va “Oynai jahon” (televideniye) larning kishilarning turmush zaruriyati 
uchun foydalanishga keng yo’l ochilishi, nisbiylik nazariyasining yaratilishi va h.k. 
Umuman olganda “XXI asr – intellektual asr” ya’ni “Aql – zakovat asri” yoki 
“Axborotlashgan jamiyat sari asri” ning yuzaga kelishlarining barchasi, kishilik 
jamiyati taraqqiyotiga mos, unda yashovchi ilg’or ijodkor insonlar aqliy – ijodiy 
faoliyati natijasi tufayli yuzaga chiqqanligi guvohi bo’lamiz. 
Maxsus pedagogika metodologiyasi, uning darajalari va prinsiplari haqida tushuncha Mavzu rejasi: 1. Ilmiy tadqiqot soxasi tarzida metodologiya xaqida tushuncha. 2. Metodologiyaning vazifa va funksiyalari. 3. Pedagogik tadqiqot metodologiyasining darajalari. 4. Ilmiy tadqiqotning metologik prinsiplari. 5. Metodologiyaning meyoriy va nazariy asoslari. 6. Umumiy va maxsus pedagogikaga xos prinsiplar. Kishilik jamiyati taraqqiyoti bosqichlariga bir nazar tashlaylik. Dastlab olovning paydo bo’lishi, toshlardan ish qurollarining yasalishi, metallarning paydo qilinishi orqali metallarga ishlov berish texnologiyasining yaratilishi, yozuvning paydo bo’lishi orqali kitobning vujudga kelishini, bu orqali esa ma’lumotlarni axborotlarga aylantirish muammosining hal bo’lishi, shuningdek, elektrning bir turdan ikkinchi turga aylanish muammosining ilmiy asoslanishi, “Uchar gilam” (aviasiya) va “Oynai jahon” (televideniye) larning kishilarning turmush zaruriyati uchun foydalanishga keng yo’l ochilishi, nisbiylik nazariyasining yaratilishi va h.k. Umuman olganda “XXI asr – intellektual asr” ya’ni “Aql – zakovat asri” yoki “Axborotlashgan jamiyat sari asri” ning yuzaga kelishlarining barchasi, kishilik jamiyati taraqqiyotiga mos, unda yashovchi ilg’or ijodkor insonlar aqliy – ijodiy faoliyati natijasi tufayli yuzaga chiqqanligi guvohi bo’lamiz.  
 
 Bugungi kunda jamiyatimizda har bir odam, alohida olinganda fan va 
texnika yutuqlarining tobora rivojlanib borayotgani ta’siri ostida yashamoqda. Bu 
yana shunisi bilan ham xarakterliki, unda texnika va texnologiyalar kun sayin, soat 
sayin takomillashib, rivojlanib bormoqda va natijada shunga mos yetuk 
mutaxassislar tayyorlash zarurati ham tug’ilmoqda. 
Bunda ilm-fan, umuman olganda tadqiqot, ilmiy tadqiqot ishlarining 
tadqiqiy va texnikaviy yechimlaridan boshlab, olingan natijalarni amaliyotda 
(ishlab chiqarishda, ta’limda, tarbiyada, san’atda va h.k.) qo’llashgacha bo’lgan 
barcha bosqichlarni samarali amalga oshirishga erishsa, o’z vazifasini 
muvafaqqiyatli bajargan bo’ladi. 
Axborotlashtirilgan asrda axborotlar oqimi muntazam ravishda ortib boradi 
va tabiiy ularga mos muammo hamda ularning yechimlari ham tez o’zgarib boradi. 
Demak, ushbu jamiyatga mos va unda faol qatnashuvchi bo’laman degan, xodim 
(a’zo, shaxs) ya’ni mutaxassis ham ilmiy axborotlarni izlash, to’plash va undan 
foydalanish uchun olingan axborotlarni tizimlarga ajratish, muammoga xos fikr va 
texnikaviy (texnologik) yechimlarning optimal variantlarini tanlash usullarini 
bilishlari zarur. 
Ma’lumki, bunday aqliy faoliyat bevosita ijod bilan bog’liq bo’lib, u 
insonning yangi moddiy va ma’naviy ne’matlar yaratish faoliyatidir. O’z navbatida 
tadqiqot va ijodiy mulohazalar ham zamonaviy mutaxassisdan ilm-fan 
yutuqlaridan ijodiy foydalanish orqali istiqbolli yangi vazifalarni mustaqil qo’yish, 
uni optimal yechimini tanlay bilish va o’zining amaliy faoliyatida turli 
ko’rinishlardagi tadqiqotlar va tajriba – sinov ishlarini o’tkazishini talab qiladi. 
Ana shunday zamonaviy mutaxassislar tayyorlash davr talabi ekanligini e’tiborga 
olib “Ilmiy tadqiqot asoslari” fanini o’rganishga quyidagi maqsadni qo’ydik: 
MAQSAD: Oliy o’quv yurtlarida magistraturani bitirib chiqayotgan 
mutaxassisni zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan, o’quv-tarbiya 
ishlarining interaktiv usullaridan foydalana oladigan qilib hamda o’zidagi 
pedagogik faoliyat mahoratini va ko’nikmalarini yanada takomillashtirish, 
rivojlantirish ustidagi faoliyatni ilmiy tashkil qilaoladigan qilib shuningdek, ularni 
Bugungi kunda jamiyatimizda har bir odam, alohida olinganda fan va texnika yutuqlarining tobora rivojlanib borayotgani ta’siri ostida yashamoqda. Bu yana shunisi bilan ham xarakterliki, unda texnika va texnologiyalar kun sayin, soat sayin takomillashib, rivojlanib bormoqda va natijada shunga mos yetuk mutaxassislar tayyorlash zarurati ham tug’ilmoqda. Bunda ilm-fan, umuman olganda tadqiqot, ilmiy tadqiqot ishlarining tadqiqiy va texnikaviy yechimlaridan boshlab, olingan natijalarni amaliyotda (ishlab chiqarishda, ta’limda, tarbiyada, san’atda va h.k.) qo’llashgacha bo’lgan barcha bosqichlarni samarali amalga oshirishga erishsa, o’z vazifasini muvafaqqiyatli bajargan bo’ladi. Axborotlashtirilgan asrda axborotlar oqimi muntazam ravishda ortib boradi va tabiiy ularga mos muammo hamda ularning yechimlari ham tez o’zgarib boradi. Demak, ushbu jamiyatga mos va unda faol qatnashuvchi bo’laman degan, xodim (a’zo, shaxs) ya’ni mutaxassis ham ilmiy axborotlarni izlash, to’plash va undan foydalanish uchun olingan axborotlarni tizimlarga ajratish, muammoga xos fikr va texnikaviy (texnologik) yechimlarning optimal variantlarini tanlash usullarini bilishlari zarur. Ma’lumki, bunday aqliy faoliyat bevosita ijod bilan bog’liq bo’lib, u insonning yangi moddiy va ma’naviy ne’matlar yaratish faoliyatidir. O’z navbatida tadqiqot va ijodiy mulohazalar ham zamonaviy mutaxassisdan ilm-fan yutuqlaridan ijodiy foydalanish orqali istiqbolli yangi vazifalarni mustaqil qo’yish, uni optimal yechimini tanlay bilish va o’zining amaliy faoliyatida turli ko’rinishlardagi tadqiqotlar va tajriba – sinov ishlarini o’tkazishini talab qiladi. Ana shunday zamonaviy mutaxassislar tayyorlash davr talabi ekanligini e’tiborga olib “Ilmiy tadqiqot asoslari” fanini o’rganishga quyidagi maqsadni qo’ydik: MAQSAD: Oliy o’quv yurtlarida magistraturani bitirib chiqayotgan mutaxassisni zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan, o’quv-tarbiya ishlarining interaktiv usullaridan foydalana oladigan qilib hamda o’zidagi pedagogik faoliyat mahoratini va ko’nikmalarini yanada takomillashtirish, rivojlantirish ustidagi faoliyatni ilmiy tashkil qilaoladigan qilib shuningdek, ularni  
 
mustaqil ilmiy – tadqiqot, ilmiy – pedagogik va kasbga doir boshqaruv faoliyatiga 
tayyorlash. 
Bunday muhim muammoni (maqsadni) – amalga oshirish uchun mazkur 
fanni o’qitish davomida quyidagi VAZIFALAR yechimlari izlanadi:  
 bo’lajak mutaxassislarni ilm-fanning mohiyati, uni tashkil qilish va ularning 
jamiyatdagi o’rni bilan tanishtirish; 
 bo’lajak mutaxassislarga ilmiy xodim va ilmiy tadqiqot hamda ularning 
mazmun – mohiyati haqida tushuncha berish; 
 ilmiy tadqiqot ishlarini rivojlantirish, o’tkazish va ularning tajriba – sinov 
ishlari hamda ularning tahlili haqida tushuncha berish; 
 bo’lajak mutaxassislarni tanlangan mutaxassisligi bo’yicha ilmiy tadqiqot 
ishlarnini bajarishga, shuningdek, fan – texnika va texnologiyaning zamonaviy 
yutuqlarini amaliyotda joriy etishga yo’naltirilgan kasb tayyorgarligiga ega qilish; 
 bo’lajak 
mutaxassislarning 
kasb 
vazifalarini 
avtomatlashtirish 
va 
kompyuterda modellashtirish metodlarini, optimal yechimlar topishning rasional 
usullarini topishni o’rgatish; 
 ilmiy tadqiqot ishlari olib borishda zamonaviy axborot tizimlaridan 
foydalanadigan innovasion ta’lim texnologiyalar va interaktiv ta’lim usullaridan 
foydalanishni o’rgatish; 
dissertasiya tayyorlash va uni rasmiylashtirish hamda himoya qilish haqidagi 
ma’lumotlarni yetkazish. 
 
ILMIY TADQIQOT – MUAMMO SIFATIDA 
 
 «IJOD – INSONNING YANGI MODDIY VA MA’NAVIY NE’MATLAR 
YARATISH FAOLIYATI» [3]. 
«Ijod (arabcha) – kishining yaratuvchilik mahorati: badiiy, ilmiy asar yoki 
moddiy boylik yaratish, vujudga keltirish; yaratuvchilik, tadqiqot» [1]. 
Demak, ijod – aqliy faoliyat bo’lib, u insonni fikri, bilimi, g’oyasi, 
qarashlari, ya’ni tafakkurini ishga solib yaratuvchilik faoliyatini shakllantiradi. 
mustaqil ilmiy – tadqiqot, ilmiy – pedagogik va kasbga doir boshqaruv faoliyatiga tayyorlash. Bunday muhim muammoni (maqsadni) – amalga oshirish uchun mazkur fanni o’qitish davomida quyidagi VAZIFALAR yechimlari izlanadi:  bo’lajak mutaxassislarni ilm-fanning mohiyati, uni tashkil qilish va ularning jamiyatdagi o’rni bilan tanishtirish;  bo’lajak mutaxassislarga ilmiy xodim va ilmiy tadqiqot hamda ularning mazmun – mohiyati haqida tushuncha berish;  ilmiy tadqiqot ishlarini rivojlantirish, o’tkazish va ularning tajriba – sinov ishlari hamda ularning tahlili haqida tushuncha berish;  bo’lajak mutaxassislarni tanlangan mutaxassisligi bo’yicha ilmiy tadqiqot ishlarnini bajarishga, shuningdek, fan – texnika va texnologiyaning zamonaviy yutuqlarini amaliyotda joriy etishga yo’naltirilgan kasb tayyorgarligiga ega qilish;  bo’lajak mutaxassislarning kasb vazifalarini avtomatlashtirish va kompyuterda modellashtirish metodlarini, optimal yechimlar topishning rasional usullarini topishni o’rgatish;  ilmiy tadqiqot ishlari olib borishda zamonaviy axborot tizimlaridan foydalanadigan innovasion ta’lim texnologiyalar va interaktiv ta’lim usullaridan foydalanishni o’rgatish; dissertasiya tayyorlash va uni rasmiylashtirish hamda himoya qilish haqidagi ma’lumotlarni yetkazish. ILMIY TADQIQOT – MUAMMO SIFATIDA «IJOD – INSONNING YANGI MODDIY VA MA’NAVIY NE’MATLAR YARATISH FAOLIYATI» [3]. «Ijod (arabcha) – kishining yaratuvchilik mahorati: badiiy, ilmiy asar yoki moddiy boylik yaratish, vujudga keltirish; yaratuvchilik, tadqiqot» [1]. Demak, ijod – aqliy faoliyat bo’lib, u insonni fikri, bilimi, g’oyasi, qarashlari, ya’ni tafakkurini ishga solib yaratuvchilik faoliyatini shakllantiradi.  
 
Bunda insonning tafakkuri, xotirasi, tasavvuri, diqqat–e’tibori, irodasi muhim rol 
o’ynaydi va bu jarayonda insonni bilimliligi, tajribaliligi, iste’dodliligi va xullas 
ijodkorligi namoyon bo’ladi. 
Ijod dastavval inson tasavvurida fikr shaklida yuzaga keladi, keyin ular 
rivojlanib, takomillashib g’oya, qarash ko’rinishiga o’tadi va ularga taalluqli 
masalalar yuzasidan izlanishlar boshlanadi. 
Izlanishlar olib borishda o’rganilayotgan tadqiqot ishigacha bo’lgan 
ishlanmalar (predmet, buyum, qurilma, mexanizm, mashina, metod, metodologiya, 
texnologiya, algoritm, model va h.k.) tahliliy ko’rib chiqiladi, ya’ni tahlil va sintez, 
umumlashtirish va xulosalash, tajribada sinab ko’rish, kuzatishlar o’tkazish, 
mantiqiy xulosalar chiqarish, ichki farazlarni ifodalab olish kabi ishlarni amalga 
oshiradi. Natijada izlanish davomida noto’g’ri bo’lib qolgan ishlanmalar muammo 
maqsadiga mos qilib to’g’rilanadi yoki yangisi ishlab chiqiladi.  
Ma’lumki, izlanish, ijodiy faoliyat yuritish natijasida biror yangilikka 
erishish demakdir. Natijalar ijod xususiyatiga qarab turli shakllarda bo’lishi 
mumkin, ya’ni referat, tezis, maqola, kitob, avtoreferat, dissertasiya, monografiya 
yoki shakllangan fikr, g’oya, qarashlar (konsepsiya), ta’limot yoki qurilma, 
mexanizm, mashina, ixtiro, patent, kashfiyot yoki model, algoritm, tamoyil, mezon 
va h.k. 
Demak, ijod, ilm -fan, texnika – texnologiya, madaniyat va shu kabilarni 
rivojlantirib, ularning hozirgi holatini yangi sifat bosqichiga ko’taradi.  
«Ijodni shartli ravishda 2ga: ilmiy ijod va badiiy ijodga bo’lish mumkin. 
Olimlar faoliyati ilmiy ijodga, san’atkorlar, yozuvchilar faoliyati badiiy ijodga 
qaratilgan. Ba’zi kishilarda har ikki ijod rivojlangan bo’lishi mumkin. Ilmiy ijodda 
tabiat va jamiyat hayotining obyektiv qonuniyatlari aks etsa, badiiy ijodda 
ma’naviy hayot muammolariga san’atkorning subyektiv, o’ziga xos qarashlari, his-
tuyg’ulari aks etadi» [4]. 
Yuqoridagi ijod tushunchasiga berilgan ikkala ta’rifda ham yaratuvchilik 
faoliyati, ya’ni yangi moddiy va ma’naviy ne’matlar yaratilishining qayd etilishi, 
ushbu faoliyatning (jarayonning) muammo yechimlarini izlashlik xususiyati bilan 
Bunda insonning tafakkuri, xotirasi, tasavvuri, diqqat–e’tibori, irodasi muhim rol o’ynaydi va bu jarayonda insonni bilimliligi, tajribaliligi, iste’dodliligi va xullas ijodkorligi namoyon bo’ladi. Ijod dastavval inson tasavvurida fikr shaklida yuzaga keladi, keyin ular rivojlanib, takomillashib g’oya, qarash ko’rinishiga o’tadi va ularga taalluqli masalalar yuzasidan izlanishlar boshlanadi. Izlanishlar olib borishda o’rganilayotgan tadqiqot ishigacha bo’lgan ishlanmalar (predmet, buyum, qurilma, mexanizm, mashina, metod, metodologiya, texnologiya, algoritm, model va h.k.) tahliliy ko’rib chiqiladi, ya’ni tahlil va sintez, umumlashtirish va xulosalash, tajribada sinab ko’rish, kuzatishlar o’tkazish, mantiqiy xulosalar chiqarish, ichki farazlarni ifodalab olish kabi ishlarni amalga oshiradi. Natijada izlanish davomida noto’g’ri bo’lib qolgan ishlanmalar muammo maqsadiga mos qilib to’g’rilanadi yoki yangisi ishlab chiqiladi. Ma’lumki, izlanish, ijodiy faoliyat yuritish natijasida biror yangilikka erishish demakdir. Natijalar ijod xususiyatiga qarab turli shakllarda bo’lishi mumkin, ya’ni referat, tezis, maqola, kitob, avtoreferat, dissertasiya, monografiya yoki shakllangan fikr, g’oya, qarashlar (konsepsiya), ta’limot yoki qurilma, mexanizm, mashina, ixtiro, patent, kashfiyot yoki model, algoritm, tamoyil, mezon va h.k. Demak, ijod, ilm -fan, texnika – texnologiya, madaniyat va shu kabilarni rivojlantirib, ularning hozirgi holatini yangi sifat bosqichiga ko’taradi. «Ijodni shartli ravishda 2ga: ilmiy ijod va badiiy ijodga bo’lish mumkin. Olimlar faoliyati ilmiy ijodga, san’atkorlar, yozuvchilar faoliyati badiiy ijodga qaratilgan. Ba’zi kishilarda har ikki ijod rivojlangan bo’lishi mumkin. Ilmiy ijodda tabiat va jamiyat hayotining obyektiv qonuniyatlari aks etsa, badiiy ijodda ma’naviy hayot muammolariga san’atkorning subyektiv, o’ziga xos qarashlari, his- tuyg’ulari aks etadi» [4]. Yuqoridagi ijod tushunchasiga berilgan ikkala ta’rifda ham yaratuvchilik faoliyati, ya’ni yangi moddiy va ma’naviy ne’matlar yaratilishining qayd etilishi, ushbu faoliyatning (jarayonning) muammo yechimlarini izlashlik xususiyati bilan  
 
chambarchas bog’liqligini ko’rsatadi. Demak, ijodning o’zi ham qator muammolar 
yechimini izlovchi bosh muammolardan hisoblanar ekan.  
Kishi ijod qilishi uchun, unda quyidagi ko’rsatkichlar (omillar) shakllangan 
bo’lishi kerak: aql, ong, fikr, ilm, bilim, xotira, tasavvur, diqqat, eksperiment, 
tajriba, dunyoqarash, tasavvur, iroda, idrok, iste’dod va h.k. 
Endi ularning qisqacha mazmunini qayd etib o’tamiz.  
AQL – inson miyasining dunyoni aks ettirish va shaxsning voqyeylikka 
bo’lgan munosabatlarini boshqarib turadigan faoliyati. 
ONG – kishining fikrlash qobiliyati yoki insonning ijtimoiy hayotni 
tushunishi, sezishi va unga bo’lgan shaxsiy munosabati. Ong– tafakkur markazi, 
unda fikr va ma’lumotlar jamlanadi. Ongda qalbdagi e’tiqod asosida dunyoqarash 
shakllanadi. 
FIKR – bu narsa, hodisa yoki jarayon to’g’risidagi insonning o’yi yoki 
xayoli.  
ILM – insonning o’qish, o’rganish va shaxsiy hayotidagi tajribalar, 
kuzatishlar natijasida shakllangan bilim va malakalar majmuasi. Inson 
kamolatidagi ilm egallash qobiliyati, uning ulkan fazilatlardan biri hisoblanadi. 
Chunki, inson ilm bilan shon- sharafga erishadi –shuhrat qozonadi. 
BILIM – kishining tabiat va jamiyat hodisalari asosida shakllangan 
axborotlari majmui. 
XOTIRA – atrof-muhitdagi voqyelikni bevosita va bilvosita, ixtiyorsiz va 
ixtiyoriy ravishda, passiv va aktiv holda, reproduktiv va produktiv tarzda, 
verbal va noverbal shaklda, mantiqiy va mexanik yo’l bilan aks ettiruvchi esda 
olib qolish, esga tushirish, unitish hamda tanish, eslashdan iborat ruhiy jarayon, 
alohida va umumiylik namoyon qiluvchi ijtimoiy hodisa, barcha ta’sirlarni ijodiy 
qayta ishlashga yo’naltirilgan mnemik xotira, faoliyat. Xotirani 5 ta muhim 
mezonga muvofiq ravishda turlarga (ko’rinishlarga) ajratish mumkin:  
  Ruhiy faoliyatning faolligiga ko’ra xotira quyidagi tarlarga bo’linadi: 
a)harakat va motor harakatli xotira; b) obrazli xotira; v) his-tuyg’u yoki hissiyot 
xotirasi; g) so’z-mantiq xotirasi.  
chambarchas bog’liqligini ko’rsatadi. Demak, ijodning o’zi ham qator muammolar yechimini izlovchi bosh muammolardan hisoblanar ekan. Kishi ijod qilishi uchun, unda quyidagi ko’rsatkichlar (omillar) shakllangan bo’lishi kerak: aql, ong, fikr, ilm, bilim, xotira, tasavvur, diqqat, eksperiment, tajriba, dunyoqarash, tasavvur, iroda, idrok, iste’dod va h.k. Endi ularning qisqacha mazmunini qayd etib o’tamiz. AQL – inson miyasining dunyoni aks ettirish va shaxsning voqyeylikka bo’lgan munosabatlarini boshqarib turadigan faoliyati. ONG – kishining fikrlash qobiliyati yoki insonning ijtimoiy hayotni tushunishi, sezishi va unga bo’lgan shaxsiy munosabati. Ong– tafakkur markazi, unda fikr va ma’lumotlar jamlanadi. Ongda qalbdagi e’tiqod asosida dunyoqarash shakllanadi. FIKR – bu narsa, hodisa yoki jarayon to’g’risidagi insonning o’yi yoki xayoli. ILM – insonning o’qish, o’rganish va shaxsiy hayotidagi tajribalar, kuzatishlar natijasida shakllangan bilim va malakalar majmuasi. Inson kamolatidagi ilm egallash qobiliyati, uning ulkan fazilatlardan biri hisoblanadi. Chunki, inson ilm bilan shon- sharafga erishadi –shuhrat qozonadi. BILIM – kishining tabiat va jamiyat hodisalari asosida shakllangan axborotlari majmui. XOTIRA – atrof-muhitdagi voqyelikni bevosita va bilvosita, ixtiyorsiz va ixtiyoriy ravishda, passiv va aktiv holda, reproduktiv va produktiv tarzda, verbal va noverbal shaklda, mantiqiy va mexanik yo’l bilan aks ettiruvchi esda olib qolish, esga tushirish, unitish hamda tanish, eslashdan iborat ruhiy jarayon, alohida va umumiylik namoyon qiluvchi ijtimoiy hodisa, barcha ta’sirlarni ijodiy qayta ishlashga yo’naltirilgan mnemik xotira, faoliyat. Xotirani 5 ta muhim mezonga muvofiq ravishda turlarga (ko’rinishlarga) ajratish mumkin:  Ruhiy faoliyatning faolligiga ko’ra xotira quyidagi tarlarga bo’linadi: a)harakat va motor harakatli xotira; b) obrazli xotira; v) his-tuyg’u yoki hissiyot xotirasi; g) so’z-mantiq xotirasi.  
 
  Ruhiy faoliyatning maqsadiga binoan: a) ixtiyorsiz, ixtiyoriy, mexanik.  
  Ruhiy faoliyatning davomiy-ligiga ko’ra: a) qisqa muddatli; b) uzoq 
muddatli; v) operativ.  
  Ruhiy faoliyat qo’zg’atuvchisining sifatiga qarab: musiqiy eshitish.  
 
  Ruhiy faoliyatning inson yo’nalishiga e’tiboran: fenomenal kasbiy [3]. 
TASAVVUR – idrok qilingan, his etilgan narsa, hodisa va jarayonning kishi 
ongida paydo bo’lishi hamda ular to’g’risidagi ta’surotlarning gavdalanishi.  
DIQQAT–falsafa, ruhshunoslik tushunchasi; inson faoliyatining barcha 
turlarini muvaffaqiyatli amalga oshirish va samaradorligini ta’minlovchi muhim 
omillardan biri. Shaxs faoliyati qanchalik murakkab, mashaqqatli, mas’uliyatli 
bo’lsa, u diqqatga shunchalik yuksak talablar qo’yadi. Insonning ziyrakligi, 
sezgirligi, farosatliligi, sinchkovligi, dilkash-ligi, hozirjavobligi uchun turmush 
sharoiti va shaxslararo munosabatida muhim omil bo’lib xizmat qiladi. 
Diqqat aqliy faoliyatning barcha turlarida ishtirok etadi, insonning hatti - 
harakatlari ham uning ishtirokida sodir bo’ladi. Ongni muayyan bir nuqtaga 
to’plab, muayyan bir obyektga faol qaratilishidan iborat bo’lgan psixik faoliyatga 
diqqat deyiladi [3]. 
IRODA – insonning bir maqsad sari ongli intilishi, boshlangan ishni oxiriga 
yetkazish qobiliyati – bilimlar, tajribalar, kuzatishlar, tarbiya va o’z-o’zini 
boshqarishning natijasidir.  
IDROK – insonning bilish, tushinish qobiliyati va zehni hamda fahm-
farosati. 
ISTE’DOD - insonning ma’naviy-marifiy, madaniy va shu kabi jihatlar 
asosidagi kamol topishidagi darajasi. 
TAJRIBA – voqyelikni amaliy jihatdan hissiy-empirik bilish jarayoni. 
Tajriba keng ma’noda – o’quv, malaka va bilimning birligidan iborat. Shuningdek, 
falsafada bilishning empirik usullaridan biri – ekperiment usuli ham tajriba deb 
ataladi. Tajriba qadimdan falsafa tarixida muhim tadqiqot obyekti bo’lib kelgan. 
Sharq falsafasida biror narsadagi muayyan xossa yoki xususiyatni tekshirib ko’rish 
maqsadida o’tkaziladigan sinov ham tajriba deb ataladi. Abu Rayhon Beruniy 
 Ruhiy faoliyatning maqsadiga binoan: a) ixtiyorsiz, ixtiyoriy, mexanik.  Ruhiy faoliyatning davomiy-ligiga ko’ra: a) qisqa muddatli; b) uzoq muddatli; v) operativ.  Ruhiy faoliyat qo’zg’atuvchisining sifatiga qarab: musiqiy eshitish.  Ruhiy faoliyatning inson yo’nalishiga e’tiboran: fenomenal kasbiy [3]. TASAVVUR – idrok qilingan, his etilgan narsa, hodisa va jarayonning kishi ongida paydo bo’lishi hamda ular to’g’risidagi ta’surotlarning gavdalanishi. DIQQAT–falsafa, ruhshunoslik tushunchasi; inson faoliyatining barcha turlarini muvaffaqiyatli amalga oshirish va samaradorligini ta’minlovchi muhim omillardan biri. Shaxs faoliyati qanchalik murakkab, mashaqqatli, mas’uliyatli bo’lsa, u diqqatga shunchalik yuksak talablar qo’yadi. Insonning ziyrakligi, sezgirligi, farosatliligi, sinchkovligi, dilkash-ligi, hozirjavobligi uchun turmush sharoiti va shaxslararo munosabatida muhim omil bo’lib xizmat qiladi. Diqqat aqliy faoliyatning barcha turlarida ishtirok etadi, insonning hatti - harakatlari ham uning ishtirokida sodir bo’ladi. Ongni muayyan bir nuqtaga to’plab, muayyan bir obyektga faol qaratilishidan iborat bo’lgan psixik faoliyatga diqqat deyiladi [3]. IRODA – insonning bir maqsad sari ongli intilishi, boshlangan ishni oxiriga yetkazish qobiliyati – bilimlar, tajribalar, kuzatishlar, tarbiya va o’z-o’zini boshqarishning natijasidir. IDROK – insonning bilish, tushinish qobiliyati va zehni hamda fahm- farosati. ISTE’DOD - insonning ma’naviy-marifiy, madaniy va shu kabi jihatlar asosidagi kamol topishidagi darajasi. TAJRIBA – voqyelikni amaliy jihatdan hissiy-empirik bilish jarayoni. Tajriba keng ma’noda – o’quv, malaka va bilimning birligidan iborat. Shuningdek, falsafada bilishning empirik usullaridan biri – ekperiment usuli ham tajriba deb ataladi. Tajriba qadimdan falsafa tarixida muhim tadqiqot obyekti bo’lib kelgan. Sharq falsafasida biror narsadagi muayyan xossa yoki xususiyatni tekshirib ko’rish maqsadida o’tkaziladigan sinov ham tajriba deb ataladi. Abu Rayhon Beruniy  
 
tajribani eksperiment va kuzatish bilan bog’lab tushuntirish tarafdori bo’lgan. U 
Ibn Sino bilan munozarada fikran faraz qilib ko’rishga nisbatan amaliy 
eksperiment ishonchliroq ma’lumot berishini ta’kidlab, fikriy mulohazalar 
og’izdan-og’izga o’tish bilan o’zgarib borishi va asl ma’nosini yuqotishi mumkin 
deb amaliy tajribaning ahamiyatini yuqori qo’ygan [5]. 
EKSPEREMENT – fan va bilish sohasida favqulodda holatdan chiqish, 
muammoli vaziyatni hal qilish jarayonlari, shaxsning his-tuyg’ulari, xarakteri, 
qobiliyati, aql zakovatini o’rganishda qo’llaniladigan usul. Eksperiment tabiiy va 
laboratoriya usullariga ajratiladi. Tabiiy usul psixologik-pedagogik masalalarni 
hal qilishda qo’llaniladi. Bu usulning ilmiy asoslarini A.F.Lazurskiy ta’riflab 
bergan. Tabiiy sharoitda inson psixikasini o’rganishda sinaluvchilarning o’zlari 
bexabar bo’lishi, ta’lim jarayonida berilayotgan bilimlar tadqiqot maqsadiga 
muvofiqlashtirilishi, katta yoshdagi odamlarga tarbiyaviy ta’sir o’tkazish kundalik 
mehnat tarzi doirasida amalga oshirilishi, zavod va fabrikada esa moddiy mahsulot 
ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga qaratilishi lozim. Laboratoriya usuli 
yordami bilan diqqatning sifatlari, sezgi, idrok, xotira va tafakkurning 
xususiyatlari, emosional, irodaviy hamda aqliy zo’riqish singari psixik holatlar 
tekshiriladi. Ko’pincha laboratoriya sharoitida kishilar (o’quvchi, haydovchi, 
operator, elektronchilar) va kutilmagan tasodifiy vaziyatlar (halokat, portlash, 
izdan chiqishi, shovqin ko’tarilishi)ning modellari yaratiladi. Eksperiment 
aniqlovchi, tarkib toptiruvchi (tarbiyalovchi) va nazorat (tekshirish) qismlariga 
bo’linadi [3]. 
DUNYOQARASH – falsafa fanining eng muhim kategoriyalaridan biri. 
Falsafaning asosini tashkil qiladi, olam va odam haqida bir butun qarashlar, 
g’oyalar tizimini yaratadi. Eng muhimi insonning olamga munosabati, dunyodagi 
o’rni, mohiyati, hayotiy yo’nalishi, o’zligini anglash kabi savollarga javob beradi. 
Zeroki, falsafaning asosi ham sog’lom aql tafakkuri va uning rivojiga mos 
keladigan dunyoqarashni yaratishdir. Buning uchun inson, eng avvalo, 
mukammal bilimga ega bo’lishi lozim [3]. 
tajribani eksperiment va kuzatish bilan bog’lab tushuntirish tarafdori bo’lgan. U Ibn Sino bilan munozarada fikran faraz qilib ko’rishga nisbatan amaliy eksperiment ishonchliroq ma’lumot berishini ta’kidlab, fikriy mulohazalar og’izdan-og’izga o’tish bilan o’zgarib borishi va asl ma’nosini yuqotishi mumkin deb amaliy tajribaning ahamiyatini yuqori qo’ygan [5]. EKSPEREMENT – fan va bilish sohasida favqulodda holatdan chiqish, muammoli vaziyatni hal qilish jarayonlari, shaxsning his-tuyg’ulari, xarakteri, qobiliyati, aql zakovatini o’rganishda qo’llaniladigan usul. Eksperiment tabiiy va laboratoriya usullariga ajratiladi. Tabiiy usul psixologik-pedagogik masalalarni hal qilishda qo’llaniladi. Bu usulning ilmiy asoslarini A.F.Lazurskiy ta’riflab bergan. Tabiiy sharoitda inson psixikasini o’rganishda sinaluvchilarning o’zlari bexabar bo’lishi, ta’lim jarayonida berilayotgan bilimlar tadqiqot maqsadiga muvofiqlashtirilishi, katta yoshdagi odamlarga tarbiyaviy ta’sir o’tkazish kundalik mehnat tarzi doirasida amalga oshirilishi, zavod va fabrikada esa moddiy mahsulot ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga qaratilishi lozim. Laboratoriya usuli yordami bilan diqqatning sifatlari, sezgi, idrok, xotira va tafakkurning xususiyatlari, emosional, irodaviy hamda aqliy zo’riqish singari psixik holatlar tekshiriladi. Ko’pincha laboratoriya sharoitida kishilar (o’quvchi, haydovchi, operator, elektronchilar) va kutilmagan tasodifiy vaziyatlar (halokat, portlash, izdan chiqishi, shovqin ko’tarilishi)ning modellari yaratiladi. Eksperiment aniqlovchi, tarkib toptiruvchi (tarbiyalovchi) va nazorat (tekshirish) qismlariga bo’linadi [3]. DUNYOQARASH – falsafa fanining eng muhim kategoriyalaridan biri. Falsafaning asosini tashkil qiladi, olam va odam haqida bir butun qarashlar, g’oyalar tizimini yaratadi. Eng muhimi insonning olamga munosabati, dunyodagi o’rni, mohiyati, hayotiy yo’nalishi, o’zligini anglash kabi savollarga javob beradi. Zeroki, falsafaning asosi ham sog’lom aql tafakkuri va uning rivojiga mos keladigan dunyoqarashni yaratishdir. Buning uchun inson, eng avvalo, mukammal bilimga ega bo’lishi lozim [3].  
 
Mazkur darslikda biz ko’proq ilmiy ijod to’g’risida fikr yuritamiz. Ilmiy ijod 
o’z navbatida qator muammolarni yechimini izlash imkoniyatini beradi. Ular:  
- insonlarni ilmli va bilimli bo’lishidagi faoliyatni samarali bo’lishini 
ta’minlaydi; 
- kishilarni ilmiy ish bilan shug’ullanishda asosiy poydevor bo’lib xizmat 
qiladi; 
- ilmiy daraja va unvonlarni qo’lga kiritishga sharoit yaratish, shuningdek, 
ilmiy xodim bo’lib faoliyat ko’rsatish imkonini beradi; 
- ilmiy muassasa va tashkilotlar hamda markazlar ochishga asos bo’ladi; 
-tabiat va jamiyatdagi hodisa va jarayonlarni o’rganish, rivojlantirishga 
shart-sharoitlar yaratadi va h.k. 
Demak, ilmiy tadqiqotning MAQSADI davlat, jamiyat, tashkilot, muassasa, 
jamoa, oila va insonlarning zamonaviy hayotiy ehtiyojlarini qondirib borish 
borasidagi yangi moddiy va ma’naviy ne’matlarni muntazam ravishda yaratib 
borishdan iborat. 
 
 
USHBU 
MAQSADNI 
AMALGA 
OSHIRISH 
UCHUN 
QUYIDAGI 
VAZIFALARGA DOIMO E’TIBOR BERIB BORISH KERAK. 
1. INSONIYAT HAYOTIY EHTIYOJI UCHUN ZARUR NARSA YOKI 
PREDMETLARNI 
(AMALIY 
FAOLIYATDA 
FOYDALANISHGA 
QULAYLIGINI 
O’YLAGAN 
HOLDA) 
TAKOMILLASHTIRIB, 
ULAR 
QATORIGA YANGILARINI QO’SHIB BORISH.  
2. Insonlar turmush tarzini yuksaltirib borish borasidagi zamonaviy ijodiy 
ishlar ko’lamini kengaytirib borib, jismoniy ishlarni ko’proq aqliy mehnat faoliyati 
jarayoni bilan almashtirishga erishish. 
3. Jamiyat intellektual salohiyatini yuksaltiruvchi ijodiy ishlar ko’lamini 
kengaytirib borib «XXI asr – intelektual asr»ning faol ishtirokchilarini 
tayyorlashga erisha borish, ya’ni har qanday zamonaviy texnika va texnologiya 
bilan «tillasha» oladigan mutaxassislar tayyorlashga erishish.  
Mazkur darslikda biz ko’proq ilmiy ijod to’g’risida fikr yuritamiz. Ilmiy ijod o’z navbatida qator muammolarni yechimini izlash imkoniyatini beradi. Ular: - insonlarni ilmli va bilimli bo’lishidagi faoliyatni samarali bo’lishini ta’minlaydi; - kishilarni ilmiy ish bilan shug’ullanishda asosiy poydevor bo’lib xizmat qiladi; - ilmiy daraja va unvonlarni qo’lga kiritishga sharoit yaratish, shuningdek, ilmiy xodim bo’lib faoliyat ko’rsatish imkonini beradi; - ilmiy muassasa va tashkilotlar hamda markazlar ochishga asos bo’ladi; -tabiat va jamiyatdagi hodisa va jarayonlarni o’rganish, rivojlantirishga shart-sharoitlar yaratadi va h.k. Demak, ilmiy tadqiqotning MAQSADI davlat, jamiyat, tashkilot, muassasa, jamoa, oila va insonlarning zamonaviy hayotiy ehtiyojlarini qondirib borish borasidagi yangi moddiy va ma’naviy ne’matlarni muntazam ravishda yaratib borishdan iborat. USHBU MAQSADNI AMALGA OSHIRISH UCHUN QUYIDAGI VAZIFALARGA DOIMO E’TIBOR BERIB BORISH KERAK. 1. INSONIYAT HAYOTIY EHTIYOJI UCHUN ZARUR NARSA YOKI PREDMETLARNI (AMALIY FAOLIYATDA FOYDALANISHGA QULAYLIGINI O’YLAGAN HOLDA) TAKOMILLASHTIRIB, ULAR QATORIGA YANGILARINI QO’SHIB BORISH. 2. Insonlar turmush tarzini yuksaltirib borish borasidagi zamonaviy ijodiy ishlar ko’lamini kengaytirib borib, jismoniy ishlarni ko’proq aqliy mehnat faoliyati jarayoni bilan almashtirishga erishish. 3. Jamiyat intellektual salohiyatini yuksaltiruvchi ijodiy ishlar ko’lamini kengaytirib borib «XXI asr – intelektual asr»ning faol ishtirokchilarini tayyorlashga erisha borish, ya’ni har qanday zamonaviy texnika va texnologiya bilan «tillasha» oladigan mutaxassislar tayyorlashga erishish.  
 
4. Sohalar bo’yicha (qishloq xo’jaligi, qurilish, sanoat, san’at, tibbiyot, 
maorif va h.k.) ijodiy ishlarni samarali yo’llarini izlash va ularga mos ilmiy 
xodimlar 
hamda 
yuqori 
malakali 
mutaxassislar 
tayyorlashning 
yangi 
texnologiyalarini yaratish. 
5. Fundamental tadqiqotlarga keng o’rin berish va ularning amaliy 
ahamiyatiga e’tibor berishda Vatanimiz ravnaqi va taraqqiyotini o’ylash.  
6. Raqobatbardosh zamonaviy ilmiy-pedagogik xodimlar tayyorlashning 
istiqbolli texnologiyalarini yaratish. 
7. Yoshlarimizni milliy istiqlol mafkurasi ruhida tarbiyalashning istiqbolli va 
axborot texnologiyali metodologiyasini yaratishga keng e’tibor berish. 
8. 
Jamiyatni 
axborotlashtirish 
sari 
borayotgan 
bir 
paytda 
mutaxassislarimizning kompyuterli savodxonligini oshirishni ta’minlashning 
optimal yo’llarini yaratish va ulardan amaliy faoliyatda muntazam foydalanishga 
erishish. 
ILMIY TADQIQOTNING IJTIMOIYLIGI 
 
Kishilik jamiyati paydo bo’lishi bilan undagi ongli odamlar tabiat va jamiyat 
hodisalarining sir-sinoatlarini bilishga qiziqib keladi. 
 
Insondagi aql, ongning rivojlanib borishi natijasida tabiat va jamiyatdagi 
hodisa va jarayonlar kechishini o’rganishga, ularni imkon bo’lganda boshqarishga 
bo’lgan qiziqish, intilish hamma vaqt ham dolzarb muammo bo’lib kelgan. Eng 
asosiysi bular masofa ham, irq ham, millat ham tanlamadi. 
  
Umuman olganda, ijtimoiy maqsad ko’pchilik, ya’ni jamoatchilikning orzu-
intilishlarini ifoda etadi. Bu borada shaxsiy fikrning ijtimoiy maqsadga aylanishida 
hayot, voqyelik muhim o’rin tutadi. 
     
Bunga insoniyat taraqqiyoti bosqichlaridan xohlagancha misol keltirish 
mumkin, ya’ni insoniyat kashf etgan g’ildirak, olov, metallarga ishlov berish, 
«Uchar gilam», «Oynai jahon», yozuv, kitob, bug’ va ichki yonuv dvigatellari, 
elektr, atom, elektronika, kompyuterlar va shu kabilarning paydo bo’lishi 
4. Sohalar bo’yicha (qishloq xo’jaligi, qurilish, sanoat, san’at, tibbiyot, maorif va h.k.) ijodiy ishlarni samarali yo’llarini izlash va ularga mos ilmiy xodimlar hamda yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashning yangi texnologiyalarini yaratish. 5. Fundamental tadqiqotlarga keng o’rin berish va ularning amaliy ahamiyatiga e’tibor berishda Vatanimiz ravnaqi va taraqqiyotini o’ylash. 6. Raqobatbardosh zamonaviy ilmiy-pedagogik xodimlar tayyorlashning istiqbolli texnologiyalarini yaratish. 7. Yoshlarimizni milliy istiqlol mafkurasi ruhida tarbiyalashning istiqbolli va axborot texnologiyali metodologiyasini yaratishga keng e’tibor berish. 8. Jamiyatni axborotlashtirish sari borayotgan bir paytda mutaxassislarimizning kompyuterli savodxonligini oshirishni ta’minlashning optimal yo’llarini yaratish va ulardan amaliy faoliyatda muntazam foydalanishga erishish. ILMIY TADQIQOTNING IJTIMOIYLIGI Kishilik jamiyati paydo bo’lishi bilan undagi ongli odamlar tabiat va jamiyat hodisalarining sir-sinoatlarini bilishga qiziqib keladi. Insondagi aql, ongning rivojlanib borishi natijasida tabiat va jamiyatdagi hodisa va jarayonlar kechishini o’rganishga, ularni imkon bo’lganda boshqarishga bo’lgan qiziqish, intilish hamma vaqt ham dolzarb muammo bo’lib kelgan. Eng asosiysi bular masofa ham, irq ham, millat ham tanlamadi. Umuman olganda, ijtimoiy maqsad ko’pchilik, ya’ni jamoatchilikning orzu- intilishlarini ifoda etadi. Bu borada shaxsiy fikrning ijtimoiy maqsadga aylanishida hayot, voqyelik muhim o’rin tutadi. Bunga insoniyat taraqqiyoti bosqichlaridan xohlagancha misol keltirish mumkin, ya’ni insoniyat kashf etgan g’ildirak, olov, metallarga ishlov berish, «Uchar gilam», «Oynai jahon», yozuv, kitob, bug’ va ichki yonuv dvigatellari, elektr, atom, elektronika, kompyuterlar va shu kabilarning paydo bo’lishi  
 
(yaratilishi) insonlar orzu-istaklari ro’yobidir. Bular insoniyatning o’zaro 
yaqinlashuvini ta’minlaydi, desak xato bo’lmaydi. 
    
Demak, dunyo sirlarini yoki umumiy dunyoni insonlar aql, ong, ilm, bilim 
bilan fan orqali bilishga harakat qiladi va kamolotga erishadi. Bunday kishilar 
olimlardir. Shu sababli ham mafkurani va taraqqiyot bosqichlari saviyasini 
olimlar (komil insonlar) rivojlantiradilar va ularni hayotga tadbiq etadilar. 
Olimlarning vazifasi ilm mag’zini chaqib, uni odamlar qalbiga joylashtirishdan 
iboratdir. 
    Demak, ongli inson paydo bo’libdiki, fikr, g’oya, qarash, mafkura, ilm, fan, 
texnika va texnologiya tadrijiy (evalyusion) tarzda rivojlanib kelmoqda va 
takomillashib boraveradi. 
    Intellektual salohiyatning tarixiy – tadrijiy rivojlanishida Yaqin va O’rta Sharq 
mamlakatlarining faylasuf olimlari, shoirlari: Farobiy, Ibn Bojja, Ibn Rusha, Abu 
Ali ibn Sino, Jaloliddin Rumiy, Alisher Navoiy, Abu Yusuf Ya’kub ibn Is’hoq va 
boshqalar o’z asarlaridagi qarashlarida va tadqiqodlarida munosib hissalarini 
qo’shganlar. 
    Ayniqsa, ushbu fikrni, uning qamrovini kengaytirib dunyo bo’yicha olimlarning 
ishlariga e’tibor bersak, Platon (Aflotun), Suqrotning shogirdi Aristotel 
(Arsatu),Aflotunning eng yaqin shogirdi Gerodot (Xerodat), Sokrat (Suqrot, uning 
shogirdlari Platon, Antisfen, Aristenn, Evklid), Evklid (Uklidus), Arximed, 
Aristinn, Gippokrat (Bukrot, tibbiyotning otasi), Galen (Jolinus), Ptolemey (Al-
Majistiy), Pifagor, Demokrit, Fales , Geraklit (Gippokratning otasi), Levkipp, Al-
Xorazmiy, Al-Farg’oniy, Abu Mansur, Marvaziy, Al-Javhariy, Musa ibn Shokir, 
Sag’oniy, Marvarudiy, Abu Nasr Farobiy, Al- Kindiy, Al-Kuhiy, Kozizoda Rumiy, 
Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon al-Beruniy, Mirzo Ulug’bek, Jamshid Koshiy, 
Ismoil Jurjoniy, Marg’inoniy, Zamaxshariy, Mahmud Qoshg’ariy, Ali Qushchi, 
Umar Hayyom, Leonardo do Vinchi, Yan Gveley, Nikolo Konernik, Galileo 
Galiley, Jordano Bruno, Rene Dekart, G.V.Leybnis, Isak N’yuton, Jeymis Uatt, 
Maykl Faradey, Leonard Eyler, Karl Fridrix Gaus, Veyershtras, M. Kolmogorov, 
M.Keldesh, M.Korolev, T. A. Sarimsokov, S. A. Sirojiddinov, M. Salohiddinov, 
(yaratilishi) insonlar orzu-istaklari ro’yobidir. Bular insoniyatning o’zaro yaqinlashuvini ta’minlaydi, desak xato bo’lmaydi. Demak, dunyo sirlarini yoki umumiy dunyoni insonlar aql, ong, ilm, bilim bilan fan orqali bilishga harakat qiladi va kamolotga erishadi. Bunday kishilar olimlardir. Shu sababli ham mafkurani va taraqqiyot bosqichlari saviyasini olimlar (komil insonlar) rivojlantiradilar va ularni hayotga tadbiq etadilar. Olimlarning vazifasi ilm mag’zini chaqib, uni odamlar qalbiga joylashtirishdan iboratdir. Demak, ongli inson paydo bo’libdiki, fikr, g’oya, qarash, mafkura, ilm, fan, texnika va texnologiya tadrijiy (evalyusion) tarzda rivojlanib kelmoqda va takomillashib boraveradi. Intellektual salohiyatning tarixiy – tadrijiy rivojlanishida Yaqin va O’rta Sharq mamlakatlarining faylasuf olimlari, shoirlari: Farobiy, Ibn Bojja, Ibn Rusha, Abu Ali ibn Sino, Jaloliddin Rumiy, Alisher Navoiy, Abu Yusuf Ya’kub ibn Is’hoq va boshqalar o’z asarlaridagi qarashlarida va tadqiqodlarida munosib hissalarini qo’shganlar. Ayniqsa, ushbu fikrni, uning qamrovini kengaytirib dunyo bo’yicha olimlarning ishlariga e’tibor bersak, Platon (Aflotun), Suqrotning shogirdi Aristotel (Arsatu),Aflotunning eng yaqin shogirdi Gerodot (Xerodat), Sokrat (Suqrot, uning shogirdlari Platon, Antisfen, Aristenn, Evklid), Evklid (Uklidus), Arximed, Aristinn, Gippokrat (Bukrot, tibbiyotning otasi), Galen (Jolinus), Ptolemey (Al- Majistiy), Pifagor, Demokrit, Fales , Geraklit (Gippokratning otasi), Levkipp, Al- Xorazmiy, Al-Farg’oniy, Abu Mansur, Marvaziy, Al-Javhariy, Musa ibn Shokir, Sag’oniy, Marvarudiy, Abu Nasr Farobiy, Al- Kindiy, Al-Kuhiy, Kozizoda Rumiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon al-Beruniy, Mirzo Ulug’bek, Jamshid Koshiy, Ismoil Jurjoniy, Marg’inoniy, Zamaxshariy, Mahmud Qoshg’ariy, Ali Qushchi, Umar Hayyom, Leonardo do Vinchi, Yan Gveley, Nikolo Konernik, Galileo Galiley, Jordano Bruno, Rene Dekart, G.V.Leybnis, Isak N’yuton, Jeymis Uatt, Maykl Faradey, Leonard Eyler, Karl Fridrix Gaus, Veyershtras, M. Kolmogorov, M.Keldesh, M.Korolev, T. A. Sarimsokov, S. A. Sirojiddinov, M. Salohiddinov,  
 
M. O’razboyev, H. A. Abdullayev, V. K.Qobulov, O. Sodiqov, Q.N.Niyoziy va bir 
qancha olimlarning ishlari o’rganilganda, yuqoridagi fikrimiz o’z tasdig’ini 
topganligining guvohi bo’lamiz.  
 
Ushbu soha yana shunisi bilan qiziqki, garchi biz « XX1 asr - intellektual 
asr»da yashayotgan bo’lsakda, olovni, g’ildirakni, metalga ishlov berishni, 
yozuvni, qog’ozni va h.k.larni kim yaratganini bilmasaqda, udan irqi, millati, elati, 
mansabi, masxabi, mafkurasi, yozuv, tili, etnik kelib chiqishi kim bo’lishidan qat’i 
nazar insonlar ulardan bab-baravar foydalanmokdalar. 
 
O’tmishda olimlar ilm - fanning turli turlari (sohalari, yo’nalishlari) bilan 
shug’illanganlar va natijada kishilik jamiyati taraqqiyotiga katta hissa qo’shganlar. 
Jumladan, kitob bosishni (I.Gutenburg), bug’ dvigatelini (J.Uatt), elektrni 
(M.Faradey), ichki yonuv dvigatelini (G.Daymler, K.Bens), algoritmni (Al-
Xorazmiy), uchunchi darajali tenglamalar yechimini (Umar Hayyom) kashf etgan 
bo’lsalarda, ulardan ham Yer yuzidagi barcha xalqlar o’z ehtiyojlarini qondirishda 
foydalanmoqdalar. 
 
Bu bilan olimlar o’zlaridan keyingi keladigan avlodga munosib meros 
qoldirgan. Bu yo’nalishni davom ettirib, hozirgi kunda ham ilm-fan, adabiyot, 
falsafa va boshqa sohalarda ijod qilganlarni nomlarini yo’qlash, qilgan ishlaridan 
foydalanish ilm-fan taraqqiyotiga munosib hissa bo’lib qo’shiladi, chunki ular 
fanlarning maxfiy sirlarini ochish uchun o’z bo’yinlariga olgan qiyinchiliklar va 
mehnatlarini sharafli ish, deb biladilar. 
 
Xulosa o’rnida quyidagi ma’lumotni keltirishni lozim topdik. 
 
Al-Xorazmiy o’zining «Al-jabr val–muqobola» risolasida olimlarni, 
ularning ishlari xarakteri bo’yicha 3 guruhga bo’lgan:  
1. Ulardan birlari o’zlarigacha qilingan ishlarni qilib, uni kelajak avlodga qoldirib. 
o’zgalardan o’zib ketadilar. 
2. O’zgalar o’tmishdoshlari mehnatlarini sharhlab beradilar va bu bilan 
qiyinchiliklarni yengillashtiradilar, qulflarni ochadilar, yo’llarni yoritadilar, bu esa 
tushunishni osonlashtiradi. 
3. Bu odam ba’zi kitoblardagi nuqsonlarni topadi va uzilganlarni ulaydi.   
M. O’razboyev, H. A. Abdullayev, V. K.Qobulov, O. Sodiqov, Q.N.Niyoziy va bir qancha olimlarning ishlari o’rganilganda, yuqoridagi fikrimiz o’z tasdig’ini topganligining guvohi bo’lamiz. Ushbu soha yana shunisi bilan qiziqki, garchi biz « XX1 asr - intellektual asr»da yashayotgan bo’lsakda, olovni, g’ildirakni, metalga ishlov berishni, yozuvni, qog’ozni va h.k.larni kim yaratganini bilmasaqda, udan irqi, millati, elati, mansabi, masxabi, mafkurasi, yozuv, tili, etnik kelib chiqishi kim bo’lishidan qat’i nazar insonlar ulardan bab-baravar foydalanmokdalar. O’tmishda olimlar ilm - fanning turli turlari (sohalari, yo’nalishlari) bilan shug’illanganlar va natijada kishilik jamiyati taraqqiyotiga katta hissa qo’shganlar. Jumladan, kitob bosishni (I.Gutenburg), bug’ dvigatelini (J.Uatt), elektrni (M.Faradey), ichki yonuv dvigatelini (G.Daymler, K.Bens), algoritmni (Al- Xorazmiy), uchunchi darajali tenglamalar yechimini (Umar Hayyom) kashf etgan bo’lsalarda, ulardan ham Yer yuzidagi barcha xalqlar o’z ehtiyojlarini qondirishda foydalanmoqdalar. Bu bilan olimlar o’zlaridan keyingi keladigan avlodga munosib meros qoldirgan. Bu yo’nalishni davom ettirib, hozirgi kunda ham ilm-fan, adabiyot, falsafa va boshqa sohalarda ijod qilganlarni nomlarini yo’qlash, qilgan ishlaridan foydalanish ilm-fan taraqqiyotiga munosib hissa bo’lib qo’shiladi, chunki ular fanlarning maxfiy sirlarini ochish uchun o’z bo’yinlariga olgan qiyinchiliklar va mehnatlarini sharafli ish, deb biladilar. Xulosa o’rnida quyidagi ma’lumotni keltirishni lozim topdik. Al-Xorazmiy o’zining «Al-jabr val–muqobola» risolasida olimlarni, ularning ishlari xarakteri bo’yicha 3 guruhga bo’lgan: 1. Ulardan birlari o’zlarigacha qilingan ishlarni qilib, uni kelajak avlodga qoldirib. o’zgalardan o’zib ketadilar. 2. O’zgalar o’tmishdoshlari mehnatlarini sharhlab beradilar va bu bilan qiyinchiliklarni yengillashtiradilar, qulflarni ochadilar, yo’llarni yoritadilar, bu esa tushunishni osonlashtiradi. 3. Bu odam ba’zi kitoblardagi nuqsonlarni topadi va uzilganlarni ulaydi.  
 
Shu sinflash bo’yicha Xorazmiy o’zini «Algebra»ning muallifi sifatida birinchi 
guruhga, «Arifmetika»si bilan ikkinchi guruhga kiritilishi mumkin. 
 
Demak, yer yuzida yashayotgan odamlar tashqi qiyofasi jihatidan ham, 
yashash tarzi bo’yicha ham, tafakkuri ham, mafkurasi, urf - odati, irqi, dini, tili, 
millati, kasb-kori, milliy qadriyatlari va boshqa xislatlari bilan bir-biridan sezilarli 
fprqlanib turadi va ongli omma (olimlar) tomonidan yaratilib bizga qoldirilgan 
ilmiy merosdan, ya’ni intelektual mulkdan ular bab-baravar o’z hayotiy 
ehtiyojlarini qondirishda foydalanaveradilar. Ana shu sababli ham ilm-fan 
xalqlarni biror maqsad atrofida birlashtiradi va jipslashtiradi. Ilmiy tadqiqotning 
ijtimoiyligi ham ana shundadir. 
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati. 
Asosiy adabiyotlar: 
1. Yarkulov R., Maxmudova M. Vыsshiy pedagogicheskiy obrazovatelnыy 
prosess. - T.: 2007 . 
2.  Abduqodirov A.A., Yunusov R. Magistrlik dissertatsiyasi. - T.: 
O’qituvchi, 2000. 
Qo’shimcha adabiyotlar: 
  
3. Sh.M.Mirziyoyev Tanqidiy taxlil, qat’iy tartib – intizom va shaxsiy 
javobgarlik – xar bir raxbar faoliyatining kundalik qoidasi bo’lishi kerak. 
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2016 yil yakunlari va 2017 yil 
istiqbollariga bag’ishlangan majlisdagi O’zbekiston republikasi prezidentining 
nutqi. // Xalq so’zi gazetasi. 2017 yil 16 yanvar, № 11. 
  
4. Sh.M.Mirziyoyev Buyuk kelajagimizni mard va olijanob halqimiz bilan 
birga quramiz. “O’zbekiston” 2017. 
  
5. Sh.M.Mirziyoyev Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini 
birgalikda barpo etamiz. “O’zbekiston” 2016. 
6.O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017—
2021 yillarda O’zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi 
bo’yicha harakat strategiyasi. 7 yanvar 2017 yil 
Shu sinflash bo’yicha Xorazmiy o’zini «Algebra»ning muallifi sifatida birinchi guruhga, «Arifmetika»si bilan ikkinchi guruhga kiritilishi mumkin. Demak, yer yuzida yashayotgan odamlar tashqi qiyofasi jihatidan ham, yashash tarzi bo’yicha ham, tafakkuri ham, mafkurasi, urf - odati, irqi, dini, tili, millati, kasb-kori, milliy qadriyatlari va boshqa xislatlari bilan bir-biridan sezilarli fprqlanib turadi va ongli omma (olimlar) tomonidan yaratilib bizga qoldirilgan ilmiy merosdan, ya’ni intelektual mulkdan ular bab-baravar o’z hayotiy ehtiyojlarini qondirishda foydalanaveradilar. Ana shu sababli ham ilm-fan xalqlarni biror maqsad atrofida birlashtiradi va jipslashtiradi. Ilmiy tadqiqotning ijtimoiyligi ham ana shundadir. Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati. Asosiy adabiyotlar: 1. Yarkulov R., Maxmudova M. Vыsshiy pedagogicheskiy obrazovatelnыy prosess. - T.: 2007 . 2. Abduqodirov A.A., Yunusov R. Magistrlik dissertatsiyasi. - T.: O’qituvchi, 2000. Qo’shimcha adabiyotlar: 3. Sh.M.Mirziyoyev Tanqidiy taxlil, qat’iy tartib – intizom va shaxsiy javobgarlik – xar bir raxbar faoliyatining kundalik qoidasi bo’lishi kerak. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2016 yil yakunlari va 2017 yil istiqbollariga bag’ishlangan majlisdagi O’zbekiston republikasi prezidentining nutqi. // Xalq so’zi gazetasi. 2017 yil 16 yanvar, № 11. 4. Sh.M.Mirziyoyev Buyuk kelajagimizni mard va olijanob halqimiz bilan birga quramiz. “O’zbekiston” 2017. 5. Sh.M.Mirziyoyev Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. “O’zbekiston” 2016. 6.O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017— 2021 yillarda O’zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha harakat strategiyasi. 7 yanvar 2017 yil  
 
7.Kuzminoy I.V Metodы sistemnogo pedagogicheskogo issledovaniya.- M.: 
2002. 
 
7.Kuzminoy I.V Metodы sistemnogo pedagogicheskogo issledovaniya.- M.: 2002.