Maxsus pedagogika metodologiyasi, uning darajalari va prinsiplari haqida tushuncha
Yuklangan vaqt
2024-07-28
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
13
Faytl hajmi
91,0 KB
Maxsus pedagogika metodologiyasi, uning darajalari va prinsiplari haqida
tushuncha
Mavzu rejasi:
1. Ilmiy tadqiqot soxasi tarzida metodologiya xaqida tushuncha.
2. Metodologiyaning vazifa va funksiyalari.
3. Pedagogik tadqiqot metodologiyasining darajalari.
4. Ilmiy tadqiqotning metologik prinsiplari.
5. Metodologiyaning meyoriy va nazariy asoslari.
6. Umumiy va maxsus pedagogikaga xos prinsiplar.
Kishilik jamiyati taraqqiyoti bosqichlariga bir nazar tashlaylik. Dastlab
olovning paydo bo’lishi, toshlardan ish qurollarining yasalishi, metallarning paydo
qilinishi orqali metallarga ishlov berish texnologiyasining yaratilishi, yozuvning
paydo bo’lishi orqali kitobning vujudga kelishini, bu orqali esa ma’lumotlarni
axborotlarga aylantirish muammosining hal bo’lishi, shuningdek, elektrning bir
turdan ikkinchi turga aylanish muammosining ilmiy asoslanishi, “Uchar gilam”
(aviasiya) va “Oynai jahon” (televideniye) larning kishilarning turmush zaruriyati
uchun foydalanishga keng yo’l ochilishi, nisbiylik nazariyasining yaratilishi va h.k.
Umuman olganda “XXI asr – intellektual asr” ya’ni “Aql – zakovat asri” yoki
“Axborotlashgan jamiyat sari asri” ning yuzaga kelishlarining barchasi, kishilik
jamiyati taraqqiyotiga mos, unda yashovchi ilg’or ijodkor insonlar aqliy – ijodiy
faoliyati natijasi tufayli yuzaga chiqqanligi guvohi bo’lamiz.
Bugungi kunda jamiyatimizda har bir odam, alohida olinganda fan va
texnika yutuqlarining tobora rivojlanib borayotgani ta’siri ostida yashamoqda. Bu
yana shunisi bilan ham xarakterliki, unda texnika va texnologiyalar kun sayin, soat
sayin takomillashib, rivojlanib bormoqda va natijada shunga mos yetuk
mutaxassislar tayyorlash zarurati ham tug’ilmoqda.
Bunda ilm-fan, umuman olganda tadqiqot, ilmiy tadqiqot ishlarining
tadqiqiy va texnikaviy yechimlaridan boshlab, olingan natijalarni amaliyotda
(ishlab chiqarishda, ta’limda, tarbiyada, san’atda va h.k.) qo’llashgacha bo’lgan
barcha bosqichlarni samarali amalga oshirishga erishsa, o’z vazifasini
muvafaqqiyatli bajargan bo’ladi.
Axborotlashtirilgan asrda axborotlar oqimi muntazam ravishda ortib boradi
va tabiiy ularga mos muammo hamda ularning yechimlari ham tez o’zgarib boradi.
Demak, ushbu jamiyatga mos va unda faol qatnashuvchi bo’laman degan, xodim
(a’zo, shaxs) ya’ni mutaxassis ham ilmiy axborotlarni izlash, to’plash va undan
foydalanish uchun olingan axborotlarni tizimlarga ajratish, muammoga xos fikr va
texnikaviy (texnologik) yechimlarning optimal variantlarini tanlash usullarini
bilishlari zarur.
Ma’lumki, bunday aqliy faoliyat bevosita ijod bilan bog’liq bo’lib, u
insonning yangi moddiy va ma’naviy ne’matlar yaratish faoliyatidir. O’z navbatida
tadqiqot va ijodiy mulohazalar ham zamonaviy mutaxassisdan ilm-fan
yutuqlaridan ijodiy foydalanish orqali istiqbolli yangi vazifalarni mustaqil qo’yish,
uni optimal yechimini tanlay bilish va o’zining amaliy faoliyatida turli
ko’rinishlardagi tadqiqotlar va tajriba – sinov ishlarini o’tkazishini talab qiladi.
Ana shunday zamonaviy mutaxassislar tayyorlash davr talabi ekanligini e’tiborga
olib “Ilmiy tadqiqot asoslari” fanini o’rganishga quyidagi maqsadni qo’ydik:
MAQSAD: Oliy o’quv yurtlarida magistraturani bitirib chiqayotgan
mutaxassisni zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan, o’quv-tarbiya
ishlarining interaktiv usullaridan foydalana oladigan qilib hamda o’zidagi
pedagogik faoliyat mahoratini va ko’nikmalarini yanada takomillashtirish,
rivojlantirish ustidagi faoliyatni ilmiy tashkil qilaoladigan qilib shuningdek, ularni
mustaqil ilmiy – tadqiqot, ilmiy – pedagogik va kasbga doir boshqaruv faoliyatiga
tayyorlash.
Bunday muhim muammoni (maqsadni) – amalga oshirish uchun mazkur
fanni o’qitish davomida quyidagi VAZIFALAR yechimlari izlanadi:
bo’lajak mutaxassislarni ilm-fanning mohiyati, uni tashkil qilish va ularning
jamiyatdagi o’rni bilan tanishtirish;
bo’lajak mutaxassislarga ilmiy xodim va ilmiy tadqiqot hamda ularning
mazmun – mohiyati haqida tushuncha berish;
ilmiy tadqiqot ishlarini rivojlantirish, o’tkazish va ularning tajriba – sinov
ishlari hamda ularning tahlili haqida tushuncha berish;
bo’lajak mutaxassislarni tanlangan mutaxassisligi bo’yicha ilmiy tadqiqot
ishlarnini bajarishga, shuningdek, fan – texnika va texnologiyaning zamonaviy
yutuqlarini amaliyotda joriy etishga yo’naltirilgan kasb tayyorgarligiga ega qilish;
bo’lajak
mutaxassislarning
kasb
vazifalarini
avtomatlashtirish
va
kompyuterda modellashtirish metodlarini, optimal yechimlar topishning rasional
usullarini topishni o’rgatish;
ilmiy tadqiqot ishlari olib borishda zamonaviy axborot tizimlaridan
foydalanadigan innovasion ta’lim texnologiyalar va interaktiv ta’lim usullaridan
foydalanishni o’rgatish;
dissertasiya tayyorlash va uni rasmiylashtirish hamda himoya qilish haqidagi
ma’lumotlarni yetkazish.
ILMIY TADQIQOT – MUAMMO SIFATIDA
«IJOD – INSONNING YANGI MODDIY VA MA’NAVIY NE’MATLAR
YARATISH FAOLIYATI» [3].
«Ijod (arabcha) – kishining yaratuvchilik mahorati: badiiy, ilmiy asar yoki
moddiy boylik yaratish, vujudga keltirish; yaratuvchilik, tadqiqot» [1].
Demak, ijod – aqliy faoliyat bo’lib, u insonni fikri, bilimi, g’oyasi,
qarashlari, ya’ni tafakkurini ishga solib yaratuvchilik faoliyatini shakllantiradi.
Bunda insonning tafakkuri, xotirasi, tasavvuri, diqqat–e’tibori, irodasi muhim rol
o’ynaydi va bu jarayonda insonni bilimliligi, tajribaliligi, iste’dodliligi va xullas
ijodkorligi namoyon bo’ladi.
Ijod dastavval inson tasavvurida fikr shaklida yuzaga keladi, keyin ular
rivojlanib, takomillashib g’oya, qarash ko’rinishiga o’tadi va ularga taalluqli
masalalar yuzasidan izlanishlar boshlanadi.
Izlanishlar olib borishda o’rganilayotgan tadqiqot ishigacha bo’lgan
ishlanmalar (predmet, buyum, qurilma, mexanizm, mashina, metod, metodologiya,
texnologiya, algoritm, model va h.k.) tahliliy ko’rib chiqiladi, ya’ni tahlil va sintez,
umumlashtirish va xulosalash, tajribada sinab ko’rish, kuzatishlar o’tkazish,
mantiqiy xulosalar chiqarish, ichki farazlarni ifodalab olish kabi ishlarni amalga
oshiradi. Natijada izlanish davomida noto’g’ri bo’lib qolgan ishlanmalar muammo
maqsadiga mos qilib to’g’rilanadi yoki yangisi ishlab chiqiladi.
Ma’lumki, izlanish, ijodiy faoliyat yuritish natijasida biror yangilikka
erishish demakdir. Natijalar ijod xususiyatiga qarab turli shakllarda bo’lishi
mumkin, ya’ni referat, tezis, maqola, kitob, avtoreferat, dissertasiya, monografiya
yoki shakllangan fikr, g’oya, qarashlar (konsepsiya), ta’limot yoki qurilma,
mexanizm, mashina, ixtiro, patent, kashfiyot yoki model, algoritm, tamoyil, mezon
va h.k.
Demak, ijod, ilm -fan, texnika – texnologiya, madaniyat va shu kabilarni
rivojlantirib, ularning hozirgi holatini yangi sifat bosqichiga ko’taradi.
«Ijodni shartli ravishda 2ga: ilmiy ijod va badiiy ijodga bo’lish mumkin.
Olimlar faoliyati ilmiy ijodga, san’atkorlar, yozuvchilar faoliyati badiiy ijodga
qaratilgan. Ba’zi kishilarda har ikki ijod rivojlangan bo’lishi mumkin. Ilmiy ijodda
tabiat va jamiyat hayotining obyektiv qonuniyatlari aks etsa, badiiy ijodda
ma’naviy hayot muammolariga san’atkorning subyektiv, o’ziga xos qarashlari, his-
tuyg’ulari aks etadi» [4].
Yuqoridagi ijod tushunchasiga berilgan ikkala ta’rifda ham yaratuvchilik
faoliyati, ya’ni yangi moddiy va ma’naviy ne’matlar yaratilishining qayd etilishi,
ushbu faoliyatning (jarayonning) muammo yechimlarini izlashlik xususiyati bilan
chambarchas bog’liqligini ko’rsatadi. Demak, ijodning o’zi ham qator muammolar
yechimini izlovchi bosh muammolardan hisoblanar ekan.
Kishi ijod qilishi uchun, unda quyidagi ko’rsatkichlar (omillar) shakllangan
bo’lishi kerak: aql, ong, fikr, ilm, bilim, xotira, tasavvur, diqqat, eksperiment,
tajriba, dunyoqarash, tasavvur, iroda, idrok, iste’dod va h.k.
Endi ularning qisqacha mazmunini qayd etib o’tamiz.
AQL – inson miyasining dunyoni aks ettirish va shaxsning voqyeylikka
bo’lgan munosabatlarini boshqarib turadigan faoliyati.
ONG – kishining fikrlash qobiliyati yoki insonning ijtimoiy hayotni
tushunishi, sezishi va unga bo’lgan shaxsiy munosabati. Ong– tafakkur markazi,
unda fikr va ma’lumotlar jamlanadi. Ongda qalbdagi e’tiqod asosida dunyoqarash
shakllanadi.
FIKR – bu narsa, hodisa yoki jarayon to’g’risidagi insonning o’yi yoki
xayoli.
ILM – insonning o’qish, o’rganish va shaxsiy hayotidagi tajribalar,
kuzatishlar natijasida shakllangan bilim va malakalar majmuasi. Inson
kamolatidagi ilm egallash qobiliyati, uning ulkan fazilatlardan biri hisoblanadi.
Chunki, inson ilm bilan shon- sharafga erishadi –shuhrat qozonadi.
BILIM – kishining tabiat va jamiyat hodisalari asosida shakllangan
axborotlari majmui.
XOTIRA – atrof-muhitdagi voqyelikni bevosita va bilvosita, ixtiyorsiz va
ixtiyoriy ravishda, passiv va aktiv holda, reproduktiv va produktiv tarzda,
verbal va noverbal shaklda, mantiqiy va mexanik yo’l bilan aks ettiruvchi esda
olib qolish, esga tushirish, unitish hamda tanish, eslashdan iborat ruhiy jarayon,
alohida va umumiylik namoyon qiluvchi ijtimoiy hodisa, barcha ta’sirlarni ijodiy
qayta ishlashga yo’naltirilgan mnemik xotira, faoliyat. Xotirani 5 ta muhim
mezonga muvofiq ravishda turlarga (ko’rinishlarga) ajratish mumkin:
Ruhiy faoliyatning faolligiga ko’ra xotira quyidagi tarlarga bo’linadi:
a)harakat va motor harakatli xotira; b) obrazli xotira; v) his-tuyg’u yoki hissiyot
xotirasi; g) so’z-mantiq xotirasi.
Ruhiy faoliyatning maqsadiga binoan: a) ixtiyorsiz, ixtiyoriy, mexanik.
Ruhiy faoliyatning davomiy-ligiga ko’ra: a) qisqa muddatli; b) uzoq
muddatli; v) operativ.
Ruhiy faoliyat qo’zg’atuvchisining sifatiga qarab: musiqiy eshitish.
Ruhiy faoliyatning inson yo’nalishiga e’tiboran: fenomenal kasbiy [3].
TASAVVUR – idrok qilingan, his etilgan narsa, hodisa va jarayonning kishi
ongida paydo bo’lishi hamda ular to’g’risidagi ta’surotlarning gavdalanishi.
DIQQAT–falsafa, ruhshunoslik tushunchasi; inson faoliyatining barcha
turlarini muvaffaqiyatli amalga oshirish va samaradorligini ta’minlovchi muhim
omillardan biri. Shaxs faoliyati qanchalik murakkab, mashaqqatli, mas’uliyatli
bo’lsa, u diqqatga shunchalik yuksak talablar qo’yadi. Insonning ziyrakligi,
sezgirligi, farosatliligi, sinchkovligi, dilkash-ligi, hozirjavobligi uchun turmush
sharoiti va shaxslararo munosabatida muhim omil bo’lib xizmat qiladi.
Diqqat aqliy faoliyatning barcha turlarida ishtirok etadi, insonning hatti -
harakatlari ham uning ishtirokida sodir bo’ladi. Ongni muayyan bir nuqtaga
to’plab, muayyan bir obyektga faol qaratilishidan iborat bo’lgan psixik faoliyatga
diqqat deyiladi [3].
IRODA – insonning bir maqsad sari ongli intilishi, boshlangan ishni oxiriga
yetkazish qobiliyati – bilimlar, tajribalar, kuzatishlar, tarbiya va o’z-o’zini
boshqarishning natijasidir.
IDROK – insonning bilish, tushinish qobiliyati va zehni hamda fahm-
farosati.
ISTE’DOD - insonning ma’naviy-marifiy, madaniy va shu kabi jihatlar
asosidagi kamol topishidagi darajasi.
TAJRIBA – voqyelikni amaliy jihatdan hissiy-empirik bilish jarayoni.
Tajriba keng ma’noda – o’quv, malaka va bilimning birligidan iborat. Shuningdek,
falsafada bilishning empirik usullaridan biri – ekperiment usuli ham tajriba deb
ataladi. Tajriba qadimdan falsafa tarixida muhim tadqiqot obyekti bo’lib kelgan.
Sharq falsafasida biror narsadagi muayyan xossa yoki xususiyatni tekshirib ko’rish
maqsadida o’tkaziladigan sinov ham tajriba deb ataladi. Abu Rayhon Beruniy
tajribani eksperiment va kuzatish bilan bog’lab tushuntirish tarafdori bo’lgan. U
Ibn Sino bilan munozarada fikran faraz qilib ko’rishga nisbatan amaliy
eksperiment ishonchliroq ma’lumot berishini ta’kidlab, fikriy mulohazalar
og’izdan-og’izga o’tish bilan o’zgarib borishi va asl ma’nosini yuqotishi mumkin
deb amaliy tajribaning ahamiyatini yuqori qo’ygan [5].
EKSPEREMENT – fan va bilish sohasida favqulodda holatdan chiqish,
muammoli vaziyatni hal qilish jarayonlari, shaxsning his-tuyg’ulari, xarakteri,
qobiliyati, aql zakovatini o’rganishda qo’llaniladigan usul. Eksperiment tabiiy va
laboratoriya usullariga ajratiladi. Tabiiy usul psixologik-pedagogik masalalarni
hal qilishda qo’llaniladi. Bu usulning ilmiy asoslarini A.F.Lazurskiy ta’riflab
bergan. Tabiiy sharoitda inson psixikasini o’rganishda sinaluvchilarning o’zlari
bexabar bo’lishi, ta’lim jarayonida berilayotgan bilimlar tadqiqot maqsadiga
muvofiqlashtirilishi, katta yoshdagi odamlarga tarbiyaviy ta’sir o’tkazish kundalik
mehnat tarzi doirasida amalga oshirilishi, zavod va fabrikada esa moddiy mahsulot
ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga qaratilishi lozim. Laboratoriya usuli
yordami bilan diqqatning sifatlari, sezgi, idrok, xotira va tafakkurning
xususiyatlari, emosional, irodaviy hamda aqliy zo’riqish singari psixik holatlar
tekshiriladi. Ko’pincha laboratoriya sharoitida kishilar (o’quvchi, haydovchi,
operator, elektronchilar) va kutilmagan tasodifiy vaziyatlar (halokat, portlash,
izdan chiqishi, shovqin ko’tarilishi)ning modellari yaratiladi. Eksperiment
aniqlovchi, tarkib toptiruvchi (tarbiyalovchi) va nazorat (tekshirish) qismlariga
bo’linadi [3].
DUNYOQARASH – falsafa fanining eng muhim kategoriyalaridan biri.
Falsafaning asosini tashkil qiladi, olam va odam haqida bir butun qarashlar,
g’oyalar tizimini yaratadi. Eng muhimi insonning olamga munosabati, dunyodagi
o’rni, mohiyati, hayotiy yo’nalishi, o’zligini anglash kabi savollarga javob beradi.
Zeroki, falsafaning asosi ham sog’lom aql tafakkuri va uning rivojiga mos
keladigan dunyoqarashni yaratishdir. Buning uchun inson, eng avvalo,
mukammal bilimga ega bo’lishi lozim [3].
Mazkur darslikda biz ko’proq ilmiy ijod to’g’risida fikr yuritamiz. Ilmiy ijod
o’z navbatida qator muammolarni yechimini izlash imkoniyatini beradi. Ular:
- insonlarni ilmli va bilimli bo’lishidagi faoliyatni samarali bo’lishini
ta’minlaydi;
- kishilarni ilmiy ish bilan shug’ullanishda asosiy poydevor bo’lib xizmat
qiladi;
- ilmiy daraja va unvonlarni qo’lga kiritishga sharoit yaratish, shuningdek,
ilmiy xodim bo’lib faoliyat ko’rsatish imkonini beradi;
- ilmiy muassasa va tashkilotlar hamda markazlar ochishga asos bo’ladi;
-tabiat va jamiyatdagi hodisa va jarayonlarni o’rganish, rivojlantirishga
shart-sharoitlar yaratadi va h.k.
Demak, ilmiy tadqiqotning MAQSADI davlat, jamiyat, tashkilot, muassasa,
jamoa, oila va insonlarning zamonaviy hayotiy ehtiyojlarini qondirib borish
borasidagi yangi moddiy va ma’naviy ne’matlarni muntazam ravishda yaratib
borishdan iborat.
USHBU
MAQSADNI
AMALGA
OSHIRISH
UCHUN
QUYIDAGI
VAZIFALARGA DOIMO E’TIBOR BERIB BORISH KERAK.
1. INSONIYAT HAYOTIY EHTIYOJI UCHUN ZARUR NARSA YOKI
PREDMETLARNI
(AMALIY
FAOLIYATDA
FOYDALANISHGA
QULAYLIGINI
O’YLAGAN
HOLDA)
TAKOMILLASHTIRIB,
ULAR
QATORIGA YANGILARINI QO’SHIB BORISH.
2. Insonlar turmush tarzini yuksaltirib borish borasidagi zamonaviy ijodiy
ishlar ko’lamini kengaytirib borib, jismoniy ishlarni ko’proq aqliy mehnat faoliyati
jarayoni bilan almashtirishga erishish.
3. Jamiyat intellektual salohiyatini yuksaltiruvchi ijodiy ishlar ko’lamini
kengaytirib borib «XXI asr – intelektual asr»ning faol ishtirokchilarini
tayyorlashga erisha borish, ya’ni har qanday zamonaviy texnika va texnologiya
bilan «tillasha» oladigan mutaxassislar tayyorlashga erishish.
4. Sohalar bo’yicha (qishloq xo’jaligi, qurilish, sanoat, san’at, tibbiyot,
maorif va h.k.) ijodiy ishlarni samarali yo’llarini izlash va ularga mos ilmiy
xodimlar
hamda
yuqori
malakali
mutaxassislar
tayyorlashning
yangi
texnologiyalarini yaratish.
5. Fundamental tadqiqotlarga keng o’rin berish va ularning amaliy
ahamiyatiga e’tibor berishda Vatanimiz ravnaqi va taraqqiyotini o’ylash.
6. Raqobatbardosh zamonaviy ilmiy-pedagogik xodimlar tayyorlashning
istiqbolli texnologiyalarini yaratish.
7. Yoshlarimizni milliy istiqlol mafkurasi ruhida tarbiyalashning istiqbolli va
axborot texnologiyali metodologiyasini yaratishga keng e’tibor berish.
8.
Jamiyatni
axborotlashtirish
sari
borayotgan
bir
paytda
mutaxassislarimizning kompyuterli savodxonligini oshirishni ta’minlashning
optimal yo’llarini yaratish va ulardan amaliy faoliyatda muntazam foydalanishga
erishish.
ILMIY TADQIQOTNING IJTIMOIYLIGI
Kishilik jamiyati paydo bo’lishi bilan undagi ongli odamlar tabiat va jamiyat
hodisalarining sir-sinoatlarini bilishga qiziqib keladi.
Insondagi aql, ongning rivojlanib borishi natijasida tabiat va jamiyatdagi
hodisa va jarayonlar kechishini o’rganishga, ularni imkon bo’lganda boshqarishga
bo’lgan qiziqish, intilish hamma vaqt ham dolzarb muammo bo’lib kelgan. Eng
asosiysi bular masofa ham, irq ham, millat ham tanlamadi.
Umuman olganda, ijtimoiy maqsad ko’pchilik, ya’ni jamoatchilikning orzu-
intilishlarini ifoda etadi. Bu borada shaxsiy fikrning ijtimoiy maqsadga aylanishida
hayot, voqyelik muhim o’rin tutadi.
Bunga insoniyat taraqqiyoti bosqichlaridan xohlagancha misol keltirish
mumkin, ya’ni insoniyat kashf etgan g’ildirak, olov, metallarga ishlov berish,
«Uchar gilam», «Oynai jahon», yozuv, kitob, bug’ va ichki yonuv dvigatellari,
elektr, atom, elektronika, kompyuterlar va shu kabilarning paydo bo’lishi