Mazmun va shakl birligi
Reja:
1. Oqilona hayot va san’atkor
2. Badiiy tema va uning asosiy xususiyatlari
3. Badiiy g’oya va uning tema bilan yaxlitligi
Badiiy adabiyot – insonshunoslik ekan, demak, inson hayoti, uning
kechinmalari, ehtiroslari, munosabatlari – hamma faoliyati badiiy asarning “tepib
turgan yuragi, uning qoni va joni, uning shu’lasi va quyoshi”(V.Belinskiy)dir.
“Butun olam, barcha ranglar, buyoqlar va ohanglar, tabiat va hayotning barcha
shakllari poeziya (adabiyot – h.U) hodisasi bo’lishi mumkin. Lekin u hodisalar
zamirida nima yashiringan, ularning mavjudlik sababi qayerda va ular bizni nimasi
bilan maftun etadi – masalaning mohiyati shunda”1 ekan, uni ijodkor qanday hal
qiladi?
“Masalan, qiynoqni, qatlni, mastlikda yuvindi chuqurga yiqilib tushgan
odamning bebaxt o’limini juda natural tarzda tasvirlab berish mumkin, lekin bu
tasvirlarning hammasi dilni xira qiladigan darajada xunuk va mazmunsiz bo’ladi,
negaki, ularda hyech qanday oqilona fikr, hyech qanday oqilona maqsad
bo’lmaydi. Ammo mo’yqalam egasi insonning haqiqat yo’lida kaltaklanishini
tabiiy ko’rsatsa, uning qiyofasida bardoshning jismoniy iztirobi ustidan g’alabasini
ifodalaydigan bo’lsa, u holda manzaradagi tabiiylik kuchaygan sayin manzara
go’zalroq va badiiyroq bo’ladi, chunki oqilona maqsad va oqilona fikr yaqqolroq
ko’rinadi. Nimaiki voqye bo’lsa, oqilonadir va nimaiki oqilona bo’lsa, u voqyedir:
bu-ulug’ haqiqat; biroq voqyelikdagi hamma narsa ham oqilona emas. San’atkor
1 В.Белинский. Адабий орзулар. Т., Ғафур Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти, 1977, 104-105-
бетлар.
uchun esa, faqat oqilona voqyelik darkor. Lekin san’atkor uning quli emas,
bunyodkori. San’atkor uning izidan bormaydi, balki unga o’z idealini singdiradi va
shunga ko’ra qayta yaratadi2.
Tema (gr. thema-asosiga qo’yilgan narsa) yoki mavzu (arabcha, aynan tema
ma’nosini beradi; biz ikkalasidan ham foydalanamiz)-ijodkor tomonidan tanlab
olingan va hayotning muayyan muammolarini umumiylashtirgan voqealar tasviri,
ana shu akslangan hayot (voqea)ko’rinishlarining mag’zini chaqish(fikriy tadqiqot
va tahlil) va uni g’oyaviy-emosional tarzda baholashdir. Ya’ni, ijodkor bir vaqtning
o’zida uchta vazifani, bir-biriga bog’langan va chatishgan tarzdagi yaxlit maqsadni
ko’zlab ish ko’radi:
1. Xalq va davrning milliy ko’rinishlari doimo aniq, tarixan konkretdir va har
bir asarda ana shu ko’rinishlar ichidan tanlab olingan voqealar doirasi
tasvirlanadi, bu-tematikadir.
Jumladan, “O’tgan kunlar”da XIX asrning ikkinchi yarmidagi Turkistondagi
hayot aks etgan bo’lsa, “Uch ildiz” (P.Kodirov)da O’zbekistondagi XX asrning 60-
yillaridagi talabalar hayoti bilan bog’liq voqealar tasvirlangan.
2. Badiiy asarda aks etgan ijtimoiy xarakterlarni yozuvchi tomonidan
(g’oyaviy-badiiy) anglash (mag’zini chaqish), bu - problematika (gr. problema-
oldinga tashlangan narsa, hayotning boshqa tomonlaridan ajratib olingan)dir.
Jumladan, “Sudxo’rning o’limi”da Sadriddin Ayniy-sudxo’rlik va xasislikka ajratib
tasvirlasa, “Qutlug’ qon”da o’zbekning o’z-o’zini anglashi va erk, ozodlik uchun
kurashini Oybek bo’rttirib tasvirlaydi. Ajratib, bo’rttirib tasvirlangan qirralarda
asarning g’oyaviy muammosi mujassamlashadi.
3. Tasvirlangan ijtimoiy xarakterga yozuvchining g’oyaviy-emosional
munosabati (muayyan xarakterni sevishi, ardoqlashi, e’zozlashi yoki ma’lum
xarakterni qoralashi, rad etishi, undan g’azablanishi; aniq bir xarakterni bir vaqtni
o’zida ba’zida ma’qullashi, ba’zida ayblashi va h.)
Jumladan, “O’tgan kunlar”da Abdulla Qodiriy Kumushni sevib tasvirlasa,
Jannat kampirni qoralab tasvirlaydi. Zaynabni dam oqlasa, dam yomonlaydi.
G’oyaviy mazmunning bu atributlari birlashadi va ayni paytda, asar qismlarini
butunlikka olib keladi. Chunki badiiy asrning g’oyasi-mazmuning turli
tomonlarining yaxlitlashuvidan yuzaga keladi-bu yozuvchining obrazli, emosional,
22 Шу асар, 103-бет.
umumlashtirilgan fikridirki, ko’rganingizdek, u xarakterlarni tanlashdan,
anglashdan, baholashdan kelib chiqadi.
Rusning buyuk yozuvchisi Maksim Gorkiy temaning ana shu ahamiyatidan
kelib chiqib, uni adabiyotning ikkinchi unsuri (elementi) deb ataydi va uni
shunday ta’riflaydi: “Tema avtor tajribasida bunyodga kelgan, hayotning o’zi
ko’rsatib bergan, ammo hozircha avtor tasavvurida hali to’la-to’kis
shakllanmagan bir holda saqlanib, obrazlarda gavdalantirishni talab qilib,
avtorda ishlashga mayl uyg’otadigan g’oyadir”. Ushbu ta’rifdan ham ma’lum
bo’layaptiki, tema va g’oya – birbutun, yuqorida ko’rganimiz mazmun va shakl
kabi (tema g’oyaning ichida, g’oya mazmunning ichida yashaydi) yaxlit hodisadir.
Adabiyotshunoslikdagi fikrlarni umumlashtirsak, badiiy asar temalarini uchga
ajratish mumkin:
1. Adabiy mavzular. Insoniyatga xos bo’lgan barcha fazilatu qusurlar(sevgi-
muhabbat, mehr-oqibat, vafo-sadoqat, shodlik va quvonch, g’am va qayg’u, qasos,
rashk, o’lim, saxiylik va baxillik, baxtu baxtiyorlik, matonat va shijoat, mehrli
tabassumu yolqin nigoh, ehtiros, sog’inch, chanqoqlik va jo’shqinlik va h.) adabiy
mavzulardir. Shu sababdan Oskar Uayld “Dorion Greyning portreti”(“Jahon
adabiyot”, yanvar, 2000)asarida topib aytadi: “Fikr va so’z san’atkor uchun san’at
vositasidir. Illat va fazilat – uning ijodi uchun materialdir”. Bu xulosa hamma davr
adabiyotlari uchun tegishlidir.
2. Tarixiy mavzular. Tarixda, o’tmish (moziy)dan tasvir predmetiga material
tanlash va shu asosda zamondoshlarning diqqatini qiziqtirgan eng zarur
muammolarga javob izlash – bosh xususiyat kasb etadi. Jumladan,
“Navoiy”(Oybek), “Yulduzli tunlar. Bobur”(P.Qodirov), “Ulug’bek
xazinasi”(O.Yoqubov) – uzoq tariximizni yoritsa, “O’tgan kunlar”(A.Qodiriy),
“Kecha va kunduz”(Cho’lpon), “Qutlug’ qon”(Oybek) – yaqin o’tmishimizni
gavdalantiradi.
3. Zamonaviy mavzular. Bugungi zamondan, aniq bosqich – istiqlol davri
kishilarining hayotini tasvirlash va shu orqali hayotdan dars berish – zamonaviy
mavzularga xos bosh xususiyatdir. Bugun Istiqlol talabiga monand komil kishilarni
– fikrlovchi, tadbirkor, el-yurt uchun kuyub, yonib yashovchi, adolat va haq uchun
kurashuvchi qahramonlarni tasvirlash, ularning murakkab obrazlarini yaratish –
zamonaviy mavzularning kashfiyotlari bilan bog’liq.
Mavzular qanday atalishidan qat’iy nazar hammasining asosida
zamondoshlarning ko’nglini band etgan muhim masalalarga javob izlash va
javobda insoniylashgan umumbashariy dolzarb g’oyalar targ’ib qilinishi talab
etiladi.
Adabiy asar hayotni keng va chuqur, barcha tomonlari bilan tasvirlar ekan,
unda asosiy tema va yordamchi temalar bo’lishini taqoza etadi.
Jumladan, “O’tgan kunlar” romanining asosiy temasi XIX asrning ikkinchi
yarmidagi hayot ko’rinishlarini tasvirlash bo’lsa, aynan ana shu mavzuning turli
qirralarini ochuvchi yordamchi temalar ham ko’p: Otabek va homid o’rtasidagi
(yangilik va eskilikning)kurashi, Kumush va Zaynab orasidagi kundoshlik, ota-ona
va o’g’il orzulari orasidagi qarama-qarshilik, qipchoqlar va qora-
chopon(o’zbek)lar o’rtasidagi qirg’in va h. Bularning hammasi bosh temaning
mohiyatini isbotlashga, bo’rttirishga, ta’sirchanligini ta’minlashga, birgina so’z
bilan aytganda, bosh temani yoritishga bevosita va bilvosita xizmat qiladilar.
Badiiy asar muyyan bir mavzuni tasvirlar ekan, bevosita shu mavzuning
haqiqatini kashf qilish bilan ko’pning diqqatini e’tibordan chetda qolayotgan
muammoga qaratadi (Masalan, “O’tgan kunlar”da birinchi bor kundoshlikning
fojiasi yaqqol va bo’rttirib gavdalantirilgach, kundoshlikni qoralovchilar va
“oladigan xotiningiz sizga muvofiq bo’lishi barobarida er ham xotung’a
muvofiquttab’ (tabga mos, munosib) bo’lsin” talabini yoqlovchilar keskin ko’payib
ketgan). Demak, yozuvchi doimo aniq maqsadni ko’zlab, “odilona hayotning
yoqlovchisi, sudyasi bo’lib ish ko’radi. Yozuvchining maqsadi, orzusi, haqiqati,
adolati... hammavaqt asar qahramonlariga taqsimlanadi, ular qalbiga joylashtiriladi.
Va qahramonlarning o’zaro munosabatlaridan, harakatlaridan, qalb tug’yonlari
tasviridan jonlanadi, jilolanadi, yaxlitlashadi va birbutun go’zalligi (mukammalligi)
bilan kitobxonni harakatga soladi. Bu badiiy asar “hujayralari”dan sizib
chiquvchi qon, qon tufayli faoliyat ko’rsatayotgan jon, jon tufayli tirik
bo’lgan ruh - badiiy g’oyadir.