Mehnat faoliyatini tashkil etishning mohiyati va mazmuni
Yuklangan vaqt
2024-06-27
Yuklab olishlar soni
2
Sahifalar soni
5
Faytl hajmi
26,5 KB
Mehnat faoliyatini tashkil etishning mohiyati va mazmuni
1. Mehnat tushunchasi, uning mohiyati va mazmuni.
2. “Mehnatga munosabat” tushunchasining mazmuni va tuzilishi
3.Mehnat jarayonini tashkil etishning samaradorligiga ta’sir etuvchi omillar.
4.Xodimning mehnat salohiyati tushunchasi, xodimning jismoniy va intelektual
salohiyati.
2.1. Mehnat tushunchasi, uning mohiyati va mazmuni.
Mehnat tushunchasi fiziologik nuqtai nazardan aytilganda, bu – organizmda
yig‘ilib qolgan hayot energiyasi tufayli sodir bo‘ladigan asab va mushaklar harakati
hamda oqsil moddalarning mexanik ishga kirishuv jarayonidir.
Ayni vaqtda mehnat – bu, murakkab ijtimoiy-psixologik jarayon bo‘lib, u
kishilarning yashashi uchun shart bo‘lgan abadiy tabiiy zaruriyatdir. Mehnat inson
bilan tabiat o‘rtasida sodir bo‘ladigan shunday jarayonki, unda inson o‘zining
faoliyati bilan o‘zi va tabiat o‘rtasidagi moddalar almashinuvini bevosita ifodalaydi,
tartibga soladi va nazorat qiladi.
Mehnat – insonning biron-bir maqsadga muvofiq ijtimoiy foydali faoliyat.
Dastlab inson o‘z harakatlarining maqsadini aniqlaydi. Maqsadning mavjud
bo‘lishi ongli mavjudot bo‘lgan insonning mehnatini, masalan, ot yoki mashina
bajaradigan ish tushunchasidan ajratib turadi. Maqsadga ega bo‘lgan inson
tabiat mahsuli – bug‘doy yoki javdar, yog‘och yoki loy, paxta tolasi, jun yoki teridan
foydalanib, yangi mahsulot yaratadi, ya’ni o‘z organizmining jismoniy va aqliy
quvvatidan foydalanib, mehnat harakatlarini ongli ravishda va izchillik bilan
bajaradi.
Ijtimoiy-iqtisodiy turmushda mehnat tushunchasi bilan bir qatorda ish
tushunchasidan ham keng foydalaniladi.
Ish - tabiat va inson tomonidan birlashgan kuchlarning ob’ektiv
natijasidir.
Mexanik tarzda bu natija ma’lum bir qarshilikni yengish uchun sarflanayotgan
energiya miqdori bilan o‘lchanadi.
Mehnat va ishning miqdori sarflangan vaqt – energiya bilan o‘lchansa-da,
ularni bir–biri bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri tenglashtirish mumkin emas.
Mehnat insonning aqliy–fiziologik faoliyati bo‘lib, unga to‘g‘ri keladigan
ish bu jarayonning ob’ektiv natijasi hisoblanadi. Biror mahsulot ishlab chiqarish
uchun sarflangan mehnat va ish miqdorini bir xil o‘lchovda, ya’ni
kilogrammometrda aniqlanganda ishning miqdori mehnat sarfining bir qisminigina
yoki aniqroq qilib aytganda 20-30%, ayrim hollarda esa undan ham ancha kam
miqdorini tashkil etishi mumkin. Bajarilgan ishning miqdorini, jamiyat a’zolari
tomonidan mehnatning sarflangan miqdoriga tenglashtirish yoki bir xil o‘lchovda
o‘lchash ham noto‘g‘ri bo‘ladi. Faoliyat jarayonida mexanik harakatlar qilinib katta
hajmdagi ish miqdori bajarilishi mumkin, lekin bu faoliyat inson mehnatining
mahsuli bo‘lganligi uchun mehnatga nisbatan tor va chegaralangan faoliyatdir.
Mehnat va ish tushunchasi bir–biri bilan solishtirilganda, ish mehnatning mahsuli
degan xulosaga kelamiz. Shu bois uning son va sifat ko‘rsatkichlarini tahlil qilish
mumkin.
Inson kuch-quvvatining sarflanish darajasi faoliyat turiga va ishlatiladigan
mehnat vositalariga bog‘liq bo‘ladi. Shunday qilib, agar mehnat jarayoni uchta
asosiy tarkibiy qismini o‘z ichiga oladi:
xom ashyo materiali (mehnat predmetlari)
mehnat vositalari;
jonli mehnat sarflari.
Ana shu uchta tarkibiy qismning o‘zaro ta’sir ko‘rsatish natijasi mehnat
mahsuloti – tabiatning yangi mahsuloti bo‘lib, u inson ehtiyojlariga moslashgan
bo‘ladi. Bular: yig‘ib–terib olingan paxta hosili parvarish qilingan chorva mollari,
barpo etilgan uy yoki ko‘prik, tikilgan kiyim yoki poyabzallardan tashkil topishi
mumkin.
2.2.“Mehnatga munosabat” tushunchasining mazmuni va tuzilishi
Mehnat faoliyati jarayonida odamlar ijtimoiy munosabatlarga kirishib, bir-
birlari bilan o‘zaro hamkorlik qiladilar. Eng muhim munosabatlar insonning
insonga, insonning mehnatga bo‘lgan munosabatlari bo‘lib, ular mehnat
xususiyatining asosiy belgilari hisoblanadi. Agar insonning ishlab chiqarish
vositalari bilan o‘zaro harakatga kirishuvi unda kasb qobiliyati va ko‘nikmalarini
shakllantirsa, mehnatga va bir-birlariga bo‘lgan munosabat esa muayyan ijtimoiy
xislatlarni vujudga keltiradi. Kasb qobiliyatlari va ko‘nikmalari xodimlarning
jismoniy imkoniyatlari bilan birgalikda ishlab chiqarishning asosiy
harakatlantiruvchi kuchini hosil qiladi. Biroq mehnat faoliyatining natijasi faqat
kasb mahorati va jismoniy imkoniyatlarning rivojlanish darajasiga emas, balki
insonning mehnatga bo‘lgan munosabatiga ham bog‘liqdir. Bu munosabat ijobiy,
salbiy va loqayd munosabat ham bo‘lishi mumkin. U ishlab chiqarish va butun
ishlab chiqarish munosabatlari tizimiga katta ta’sir o‘tkazishi mumkin. Uning
mohiyati xodimning anglab yetilgan ehtiyojlari va shakllangan manfaatdorligi
ta’sirida mehnat imkoniyatlarini amalga oshirishdan iboratdir.
Mehnatga munosabat insonning o‘z jismoniy va ma’naviy kuchlarini eng
ko‘p darajada namoyon qilishga, o‘z bilim va tajribasi, qobiliyatlaridan muayyan
miqdoriy va sifat natijalariga erishish uchun foydalanishga intilishini (yoki uning
yo‘qligini) ifodalaydi. Bu munosabat mehnat muomalasida, uning sabablarini
asoslash va baho berishda namoyon bo‘ladi.
Mehnatga munosabat – murakkab ijtimoiy hodisa bo‘lib, uch element birligi:
mehnat muomalasi sabablari va yo‘nalishi; real yoki haqiqiy mehnat muomalasi;
xodimlarning mehnat vaziyatiga og‘zaki baho berishidan iboratdir.
Birinchi (sabab) element xodim mehnat faoliyatida asoslanadigan (amal
qiladigan) mehnat sabablari va yo‘l-yo‘riqlari bilan bog‘liqdir. Ular mehnat
muomalasining undovchilari, mehnat xatti-harakatlari va amallarini, birgalikda esa
sabablar o‘zagini hosil qiladi.
Ikkinchi
element
xodimlarning
mehnat
faolligidan
iborat
bo‘lib,
muomalaning shunday shakllari, chunonchi ishlab chiqarish normasini bajarish
darajasi; bajarilayotgan ish sifati; intizomlilik; tashabbuskorlik; texnikaviy ijodda
qatnashish; ko‘p stanokli xizmat ko‘rsatish; ilg‘or ish usullarini egallash; xom ashyo
va materiallar, yoqilg‘i, elektr quvvati va hokazolarni tejab-tergab sarflashda
namoyon bo‘ladi.
Uchinchi (baho berish) elementi xodimlarning sub’ektiv kechinmalaridan
iborat. Bu ularning bajariladigan ishi bilan bog‘liq ichki holatini aks ettiradi. Har
qanday faoliyat mehnat sub’ektining o‘ziga baho berishisiz noto‘liq, notugal bo‘ladi.
Ijtimoiy faollik- xodimlarning ijtimoiy o‘zgartiruvchi faoliyatining mezonidir.
Bu faoliyat harakatlarning ichki zarurligini anglashga asoslangan bo‘lib, ularning
maqsadi ijtimoiy ehtiyojlar bilan belgilanadi. Mazkur faollik ijtimoiy faoliyatda
amalga oshiriladi hamda uning namoyon bo‘lishining uch - mehnat, ijtimoiy-siyosiy
va ma’rifiy ijodiy shakllariga mos keladi.
Mehnat faolligi – ijtimoiy faollikning asosiy, belgilovchi shaklidir. U
xodimning ijtimoiy ishlab chiqarishga jalb qilinishi va mehnat unumdorligining
doimiy o‘sishida, ularning o‘z jismoniy va aqliy imkoniyatlarini, bilimlari,
ko‘nikmalari, qobiliyatlarini muayyan mehnat faoliyati turini bajarish chog‘ida
amalga oshirish darajasida o‘z ifodasini topadi.
Ijtimoiy-siyosiy
faollik.
Ijtimoiy-siyosiy
faoliyatda
qatnashishning
kengayishida, ishlab chiqarish ishlarini boshqarishda ifodalanadi. Bu - jamoat
tashkilotlari ishida, turli masalalarni hal etishda, ovoz berishda va shu kabilarda
qatnashishdir.
Ma’rifiy-ijodiy faollik. Ta’lim va malaka darajasini oshirishda tirishqoq,
izlanuvchan va tashabbuskor shaxsda jamiyat hayotining barcha sohalarida ijodiy
asosni shakllantirishda namoyon bo‘ladi.
Ko‘rinib turibdiki, mehnatga munosabatni shakllantirishda sababni asoslash
muhim bo‘lib, muayyan mehnat muomalasini shart qilib qo‘yadi. Sababni asoslash
xodim o‘zining mehnat muomalasida amal qiladigan mehnat sabablari va yo‘l-
yo‘riqlarida ifodalanadi. Xodim mehnat muomalasi jarayonida mehnatga baho
beradi. Mehnatga baho berish – xodimning ichki holati bo‘lib, u uning mehnat
faoliyati bilan, atrofdagi vaziyatdan (mehnat sharoiti, unga xaq to‘lash, mehnatni
normalash va hokazolardan) qanoat hosil qilish bilan vujudga keladi. U xodimning
mehnatga qo‘yadigan talablari, uning sabablari va yo‘l-yo‘riqlari o‘rtasidagi
muvofiqlikka, mehnat faoliyati, muayyan ishlab chiqarish sharoitga bog‘liq bo‘ladi.
Mehnatga munosabat maqsadini o‘rganish – uning shakllanish va boshqarish
mexanizmini aniqlashdir. Bu ishda ancha ahamiyatli jihatlar mehnatga munosabatni
shakllantiruvchi
omillarni
o‘rganish,
uning
xodimning
ishlab
chiqarish
ko‘rsatkichlariga ta’sir ko‘rsatishini beliglashdir. Mehnat jarayonida xodimning
muomalasiga, uning mehnatga munosabatini shakllantirishga ko‘pgina omillar ta’sir
ko‘rsatadi. Ular mehnat sarflashni ko‘paytiradi yoki kamaytiradi, mehnat
kishilarning o‘z bilim va tajribalaridan, aqliy va jismoniy imkoniyatlaridan oqilona
foydalanishga undaydi.
3.Mehnat jarayonini tashkil etishning samaradorligiga ta’sir etuvchi
omillar.
4.Xodimning mehnat salohiyati tushunchasi, xodimning jismoniy va
intelektual salohiyati.