MEHNAT GIGIENASINING UMUMIY ASOSLARI VA MEHNATNI MUHOFAZA QILISH

Yuklangan vaqt

2025-09-06

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

19

Faytl hajmi

45,4 KB


 
 
 
 
MEHNAT GIGIENASINING UMUMIY ASOSLARI VA MEHNATNI 
MUHOFAZA QILISH 
 
 
Mehnat gigiyenasi – profilaktik fan bo’lib, ishlovchi organizmga ish 
jarayonini va ishlab chiqarish muhitini ta’sirini o’rganuvchi va sanitar gigiyenik, 
davolash profilaktik, ishlovchilarning salomatligini saqlashga va ish qobiliyatini 
oshirishga qaratilgan chora tadbirlarni ishlab chiqadi. Mehnat gigiyenasi umumiy 
va xususiy bo’limlarga bo’linadi. 
Umumiy mehnat gigiyenasi – tibbiy profilaktik fanining bo’limi bo’lib, 
ishlab chiqarish korxonalarida yetakchi omillarga gigiyenik baho berish, omil 
ta’sirini oldini olish, sanitar-targ’ibot ishlarini olib borish, sog’lomlashtirish chora 
tadbirlarini ishlab chiqish va qo’llash masalalarini o’rganadi. 
Xususiy mehnat gigiyenasi - tibbiy profilaktika fanining asosiy bo’limi 
bo’lib, ishchi sharoitining ta’siri, mehnatni tashkil qilish va ish jarayonini hamda 
davlat sanitar nazorati olib borish ahamiyatini, ishlab chiqarish ob’ekt turlari va 
bo’limini o’rganadi. 
Mehnat gigiyenasi fani tuzilishi, vazifasi, uslublari ishchilar salomatligini 
saqlashga qaratilgan tadbirlarni ko’rib chiqamiz. Mehnat gigiyenasining asosiy 
maqsadi mehnat sharoitlarini yaxshilash va ishchilar salomatligini muxofazasiga 
qaratilgan sanitar – gigiyenik, davolash profilaktik chora tadbirlar kompleksini 
yaratishdir. 
Mehnat gigiyenasi asosiy vazifalari: 
1) optimal ish sharoitini yaratish; 
2) kasallanishni pasaytirish va kasb kasalliklarini oldini olish; 
3) mehnat unumdorligini oshirishni asosiy tushunchalari va izohlari. 
Logotip
MEHNAT GIGIENASINING UMUMIY ASOSLARI VA MEHNATNI MUHOFAZA QILISH Mehnat gigiyenasi – profilaktik fan bo’lib, ishlovchi organizmga ish jarayonini va ishlab chiqarish muhitini ta’sirini o’rganuvchi va sanitar gigiyenik, davolash profilaktik, ishlovchilarning salomatligini saqlashga va ish qobiliyatini oshirishga qaratilgan chora tadbirlarni ishlab chiqadi. Mehnat gigiyenasi umumiy va xususiy bo’limlarga bo’linadi. Umumiy mehnat gigiyenasi – tibbiy profilaktik fanining bo’limi bo’lib, ishlab chiqarish korxonalarida yetakchi omillarga gigiyenik baho berish, omil ta’sirini oldini olish, sanitar-targ’ibot ishlarini olib borish, sog’lomlashtirish chora tadbirlarini ishlab chiqish va qo’llash masalalarini o’rganadi. Xususiy mehnat gigiyenasi - tibbiy profilaktika fanining asosiy bo’limi bo’lib, ishchi sharoitining ta’siri, mehnatni tashkil qilish va ish jarayonini hamda davlat sanitar nazorati olib borish ahamiyatini, ishlab chiqarish ob’ekt turlari va bo’limini o’rganadi. Mehnat gigiyenasi fani tuzilishi, vazifasi, uslublari ishchilar salomatligini saqlashga qaratilgan tadbirlarni ko’rib chiqamiz. Mehnat gigiyenasining asosiy maqsadi mehnat sharoitlarini yaxshilash va ishchilar salomatligini muxofazasiga qaratilgan sanitar – gigiyenik, davolash profilaktik chora tadbirlar kompleksini yaratishdir. Mehnat gigiyenasi asosiy vazifalari: 1) optimal ish sharoitini yaratish; 2) kasallanishni pasaytirish va kasb kasalliklarini oldini olish; 3) mehnat unumdorligini oshirishni asosiy tushunchalari va izohlari.
    Mehnat gigiyenasi quyidagi masalalarni o’rganadi. 
1. Ish jarayonida organizmda sodir bo’ladigan fiziologik o’zgarishlarni aniqlash. 
Ishchining korxonadagi mehnat qilish qobiliyatini aniqlash, shu asosda oqilona 
mehnat va dam olish tartibini tuzish. 
2. Korxonada fizik, kimyoviy, radiologik va boshqa omillarning ishchilar 
organizmiga ta’sirini o’rganish natijasiga qarab, ularning 
gigiyenik 
me’yorlarini tavsiya qilish. Texnologik jarayonni o’rganib, ish joylarining 
jihozlanishi, ishlatiladigan mahsulot va chiqindilarning organizmga ta’sirini 
o’rganish. 
3. Ishchilar o’rtasida kasallanish hodisalari sabablari va ish jarayonidagi 
omillarning organizmga ta’sirini aniqlab, tegishli profilaktik tadbirlar tavsiya 
qilish.  
 
“Mehnat” va “Ish” tushunchalarini bir biridan farq qilish lozim. Ish deganda, 
turli mushaklar faoliyati: yugurish, cho’milish va shunga o’xshashlar tushuniladi, 
mehnat esa ishchi kuchining aniq, foydali mehnatni bajarishga sarflanishidir. 
Mehnat organizmda sodir bo’ladigan biologik jarayonlarning me’yorida 
kechishi, shuningdek odamning ijtimoiy faoliyatini bajarishi uchun zarur. Biroq, 
odam qulay ijtimoiy va fiziologik-gigiyenik sharoitlarda mehnat qilgandagina bu 
jarayon unga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. 
Shuning uchun ish joylarini sog’lomlashtirishga qaratilgan aniq tadbirlar ishlab 
chiqilishi kerak. Bular faqat ishchilar salomatligini saqlabgina qolmay, balki ular 
kelgusida ham sihat-salomat va mehnat unumdorligining oshishiga olib boradi. 
Ishchi salomatligiga salbiy ta’sir qiladigan va ish qobiliyatini pasaytiradigan har 
xil kasalliklar paydo qiladigan sharoitda ishlasa, bu kasb zararli hisoblanadi. 
Kasbiy zararlarni 3 guruhga bo’lish mumkin. 
1. Mehnatni noto’g’ri tashkil qilishga aloqador zararlar: 
- 
Asab sistemasining ortiqcha zo’riqishi; 
- Tananing uzoq vaqtgacha bir vaziyatda bo’lishi; 
- Harakat apparatlari va ayrim sezgi a’zolari (ko’rish, eshitish)ning ortiqcha 
zo’riqishi; 
Logotip
Mehnat gigiyenasi quyidagi masalalarni o’rganadi. 1. Ish jarayonida organizmda sodir bo’ladigan fiziologik o’zgarishlarni aniqlash. Ishchining korxonadagi mehnat qilish qobiliyatini aniqlash, shu asosda oqilona mehnat va dam olish tartibini tuzish. 2. Korxonada fizik, kimyoviy, radiologik va boshqa omillarning ishchilar organizmiga ta’sirini o’rganish natijasiga qarab, ularning gigiyenik me’yorlarini tavsiya qilish. Texnologik jarayonni o’rganib, ish joylarining jihozlanishi, ishlatiladigan mahsulot va chiqindilarning organizmga ta’sirini o’rganish. 3. Ishchilar o’rtasida kasallanish hodisalari sabablari va ish jarayonidagi omillarning organizmga ta’sirini aniqlab, tegishli profilaktik tadbirlar tavsiya qilish. “Mehnat” va “Ish” tushunchalarini bir biridan farq qilish lozim. Ish deganda, turli mushaklar faoliyati: yugurish, cho’milish va shunga o’xshashlar tushuniladi, mehnat esa ishchi kuchining aniq, foydali mehnatni bajarishga sarflanishidir. Mehnat organizmda sodir bo’ladigan biologik jarayonlarning me’yorida kechishi, shuningdek odamning ijtimoiy faoliyatini bajarishi uchun zarur. Biroq, odam qulay ijtimoiy va fiziologik-gigiyenik sharoitlarda mehnat qilgandagina bu jarayon unga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Shuning uchun ish joylarini sog’lomlashtirishga qaratilgan aniq tadbirlar ishlab chiqilishi kerak. Bular faqat ishchilar salomatligini saqlabgina qolmay, balki ular kelgusida ham sihat-salomat va mehnat unumdorligining oshishiga olib boradi. Ishchi salomatligiga salbiy ta’sir qiladigan va ish qobiliyatini pasaytiradigan har xil kasalliklar paydo qiladigan sharoitda ishlasa, bu kasb zararli hisoblanadi. Kasbiy zararlarni 3 guruhga bo’lish mumkin. 1. Mehnatni noto’g’ri tashkil qilishga aloqador zararlar: - Asab sistemasining ortiqcha zo’riqishi; - Tananing uzoq vaqtgacha bir vaziyatda bo’lishi; - Harakat apparatlari va ayrim sezgi a’zolari (ko’rish, eshitish)ning ortiqcha zo’riqishi;
- Noto’g’ri mehnat tartibi. 
2. Ishlab chiqarish jarayoniga aloqador zararlar: 
- Fizik omillar (noqulay mikroiqlim, atmosfera bosimining o’zgarishlari va 
b); 
- Kimyoviy va fizik-kimyoviy (gazlar, chang, bug’lar); 
- Biologik omillar (mikroorganizmlar, gijjalarning tuxumlari va b); 
- Radiologik omillar va hokazo. 
3. Mehnat sharoitiga aloqador zararlar. Bunga havo almashinishi, ventilyatsiya, 
yoritilishi, maydon satxi, kubatura va boshqalarning yetarli bo’lmasligi kiradi. 
Ish sharoiti - ishchini o’rab turgan muhitni va ishlab chiqarish jarayonining 
omillarini ta’sir majmui. Ish sharoiti va mehnatni tashkil etilgani bu, ishlab 
chiqarishdagi zararli va xavfli omillar, ish davomiyligi, dam olish davomiyligi va 
ularning almashinib turishi. 
O’zbekiston Respublikasining mehnat kodeksida ish vaqti tushunchasiga 
quyidagicha ta’rif berilgan “Ish vaqti deb, ishchining ish tartibi yoki grafigiga yoki 
kelishuv asosida o’zining ish majburiyatini o’tashi tushuniladi.”  
Kasb kasalligi ayni shu    kasb uchun spetsifik hamda ishlab chiqarish 
muhitining yoki ish jarayonining zararli va xavfli ta’siri natijasida orttirilgan 
kasallik.  
Ishchilar organizmiga kasb omillarining ta’siri natijasida kasbga aloqador 
kasalliklar rivojlanishi mumkin. Bu kasalliklar organizmda o’ziga xos og’ir 
o’zgarishlar paydo qilib, ular mehnat qobiliyatini yo’qotish oqibatida o’limga olib 
borishi mumkin. Benzol bilan surunkali zaharlanishda qon hosil qilish a’zolari 
zararlanishi, tebratuvchi (vibro) asboblar bilan ishlaganda vibratsion kasallik 
shaxtyorlarda o’pkada erkin kremniy (II) oksidi changi to’planishi natijasida 
silikol paydo bo’lishi shunday kasalliklarga misol bo’ladi. 
Uzoq yillar davomida tik turib ishlash oqibatida, chunonchi, to’qimachilik 
dastgohi oldida, oyoq venasining kengayishi ham kasb kasalligiga kiradi. 
Ba’zan, kasb omillari kasallik paydo qilmasa ham, organizmning immun-
biologik xususiyatiga salbiy ta’sir ko’rsatib, tashqi muhit ta’siriga chidamsiz qilib 
Logotip
- Noto’g’ri mehnat tartibi. 2. Ishlab chiqarish jarayoniga aloqador zararlar: - Fizik omillar (noqulay mikroiqlim, atmosfera bosimining o’zgarishlari va b); - Kimyoviy va fizik-kimyoviy (gazlar, chang, bug’lar); - Biologik omillar (mikroorganizmlar, gijjalarning tuxumlari va b); - Radiologik omillar va hokazo. 3. Mehnat sharoitiga aloqador zararlar. Bunga havo almashinishi, ventilyatsiya, yoritilishi, maydon satxi, kubatura va boshqalarning yetarli bo’lmasligi kiradi. Ish sharoiti - ishchini o’rab turgan muhitni va ishlab chiqarish jarayonining omillarini ta’sir majmui. Ish sharoiti va mehnatni tashkil etilgani bu, ishlab chiqarishdagi zararli va xavfli omillar, ish davomiyligi, dam olish davomiyligi va ularning almashinib turishi. O’zbekiston Respublikasining mehnat kodeksida ish vaqti tushunchasiga quyidagicha ta’rif berilgan “Ish vaqti deb, ishchining ish tartibi yoki grafigiga yoki kelishuv asosida o’zining ish majburiyatini o’tashi tushuniladi.” Kasb kasalligi ayni shu kasb uchun spetsifik hamda ishlab chiqarish muhitining yoki ish jarayonining zararli va xavfli ta’siri natijasida orttirilgan kasallik. Ishchilar organizmiga kasb omillarining ta’siri natijasida kasbga aloqador kasalliklar rivojlanishi mumkin. Bu kasalliklar organizmda o’ziga xos og’ir o’zgarishlar paydo qilib, ular mehnat qobiliyatini yo’qotish oqibatida o’limga olib borishi mumkin. Benzol bilan surunkali zaharlanishda qon hosil qilish a’zolari zararlanishi, tebratuvchi (vibro) asboblar bilan ishlaganda vibratsion kasallik shaxtyorlarda o’pkada erkin kremniy (II) oksidi changi to’planishi natijasida silikol paydo bo’lishi shunday kasalliklarga misol bo’ladi. Uzoq yillar davomida tik turib ishlash oqibatida, chunonchi, to’qimachilik dastgohi oldida, oyoq venasining kengayishi ham kasb kasalligiga kiradi. Ba’zan, kasb omillari kasallik paydo qilmasa ham, organizmning immun- biologik xususiyatiga salbiy ta’sir ko’rsatib, tashqi muhit ta’siriga chidamsiz qilib
qo’yadi. Masalan, revmatizm, poliartritlar baliqchilarda va shaxtyorlarda ko’p 
uchraydi va hokazo. Kasbga aloqador salbiy omillarni bilish kasb kasalliklarining 
oldini olish uchun chora-tadbirlar qo’llash imkonini beradi. 
Mehnat protsessida organizmning hamma funksiyalari, ya’ni mushak faoliyati, 
oksidlanish-qaytarilish protsesslar va boshqalar keskin ravishda o’zgaradi. Ish 
boshlanishidan ilgari, faqat ish joyiga kelish bilanoq odam funksiyalari tegishli 
ravishda o’zgaradi. Odatda puls tezlashadi va bir minutda sarf qilingan miqdori 
oshadi. Funksiyalarning bu shartli reflektor o’zgarishida oliy nerv faoliyatining 
“ishga solish mexanizmlari” harakatga keladi. Katta yarim sharlar po’stlog’ining 
ishga solish ta’sirlari organizmning tinch holatidan, faol holatga keltiradi yoki shu 
paytgacha ichki taassurotlar ostida o’tayotgan faoliyatni keskin ravishda 
kuchaytiradi. 
Mehnat sharoiti va ish jarayoni quyidagicha: 
1. ishlab chiqarish va texnologik jarayon turi (mashina qurilishi, kimyoviy sanoat 
qurilishi). 
2. mehnatni tashkil qilinishi (mexanizatsiya darajasi, stanokda ishlash, dam olish, 
mehnat). 
3. Kasbga taaluqlilik. 
Zararli va xavfli ishlab chiqarish omillari tabiatiga ko’ra quyidagi 
guruhlarga bo’linadi: 
 Fizik; 
 Kimyoviy; 
 Biologik; 
 Psixofiziologik. 
Fizikaviy zararli va xavfli ishlash omillari quyidagilarga bo’linadi: 
 Harakatlanuvchi mexanizmlar, mashinalar, ishlab chiqarish uskunalarining 
suriluvchi qismlari. 
 Ishchi zonasining yuqori changlanganligi va gazlanganligi. 
 Ishchi zonasi havosining temperaturasi yuqori yoki pastligi. 
 Shovqinning yuqori darajaliligi, ish joyidagi ultratovush, infratovush. 
Logotip
qo’yadi. Masalan, revmatizm, poliartritlar baliqchilarda va shaxtyorlarda ko’p uchraydi va hokazo. Kasbga aloqador salbiy omillarni bilish kasb kasalliklarining oldini olish uchun chora-tadbirlar qo’llash imkonini beradi. Mehnat protsessida organizmning hamma funksiyalari, ya’ni mushak faoliyati, oksidlanish-qaytarilish protsesslar va boshqalar keskin ravishda o’zgaradi. Ish boshlanishidan ilgari, faqat ish joyiga kelish bilanoq odam funksiyalari tegishli ravishda o’zgaradi. Odatda puls tezlashadi va bir minutda sarf qilingan miqdori oshadi. Funksiyalarning bu shartli reflektor o’zgarishida oliy nerv faoliyatining “ishga solish mexanizmlari” harakatga keladi. Katta yarim sharlar po’stlog’ining ishga solish ta’sirlari organizmning tinch holatidan, faol holatga keltiradi yoki shu paytgacha ichki taassurotlar ostida o’tayotgan faoliyatni keskin ravishda kuchaytiradi. Mehnat sharoiti va ish jarayoni quyidagicha: 1. ishlab chiqarish va texnologik jarayon turi (mashina qurilishi, kimyoviy sanoat qurilishi). 2. mehnatni tashkil qilinishi (mexanizatsiya darajasi, stanokda ishlash, dam olish, mehnat). 3. Kasbga taaluqlilik. Zararli va xavfli ishlab chiqarish omillari tabiatiga ko’ra quyidagi guruhlarga bo’linadi:  Fizik;  Kimyoviy;  Biologik;  Psixofiziologik. Fizikaviy zararli va xavfli ishlash omillari quyidagilarga bo’linadi:  Harakatlanuvchi mexanizmlar, mashinalar, ishlab chiqarish uskunalarining suriluvchi qismlari.  Ishchi zonasining yuqori changlanganligi va gazlanganligi.  Ishchi zonasi havosining temperaturasi yuqori yoki pastligi.  Shovqinning yuqori darajaliligi, ish joyidagi ultratovush, infratovush.
 Havo namligini oshishi yoki pasayishi. 
 Barometrik bosim oshishi yoki pasayishi. 
 Elektrostatik maydonining darajasining oshishi. 
 Elektr magnit nurlanish darajasi oshishi. 
 Tabiiy yorug’lik kamligi yoki yo’qligi. 
 Ish zonasining yoritilganligi, yetishmasligi. 
 Ultrabinafsha, infraqizil radiatsiya darajasining oshishi.  
Ishlab chiqarishning kimyoviy zararli va xavfli omillari quyidagicha: 
 Inson organizmiga ta’siri quyidagicha xarakterli bo’ladi:  
- 
toksik, sensibillovchi, kanserogen, mutagen, reproduktiv faoliyatga ta’sir 
qiluvchi. 
 Inson organizmiga kirish yo’li bo’yicha:  
- 
Nafas a’zolari, oshqozon- ichak yo’li, teri qoplamlari va shilliq qatlamlar 
orqali. 
Ishlab chiqarishning biologik zararli va xavfli omillari-biologik ob’yekt, 
patogen mikroorganizm (rikketsiya, bakteriya, virus va zamburug’lar) va ularning 
hayot mahsulotlarini o’z ichiga oladi.  
Gigiyenik klassifikatsiyaga muvofiq mehnat sharoitlarini zararli va 
xavflilik ish jarayoni og’irligi va keskinligi ko’rsatkichlari SanQ vaM№ 0141-03 
ish sharoiti 4 sinfga bo’linadi. 
 1 sinf – optimal ish sharoiti 
 2 sinf – ruxsat etilgan ish sharoiti 
 3 sinf – zararli ish sharoiti  
 4 sinf – o’ta xavfli ish sharoiti 
Ishlab chiqarish muhitidagi fizikaviy omillar 
Ishlab chiqarish muhitidagi fizikaviy omillar guruhiga juda katta guruhdagi 
omillar kiritilib, bu omillar deyarli barcha sanoat korxonalari uchun xosdir. 
Fizikaviy omillarning eng muhim turlaridan biri nomuvofiq mikroiqlim hisoblanadi. 
Respublikamizning iqlim sharoiti uchun bu omilning ahamiyati juda kattadir, chunki 
Logotip
 Havo namligini oshishi yoki pasayishi.  Barometrik bosim oshishi yoki pasayishi.  Elektrostatik maydonining darajasining oshishi.  Elektr magnit nurlanish darajasi oshishi.  Tabiiy yorug’lik kamligi yoki yo’qligi.  Ish zonasining yoritilganligi, yetishmasligi.  Ultrabinafsha, infraqizil radiatsiya darajasining oshishi. Ishlab chiqarishning kimyoviy zararli va xavfli omillari quyidagicha:  Inson organizmiga ta’siri quyidagicha xarakterli bo’ladi: - toksik, sensibillovchi, kanserogen, mutagen, reproduktiv faoliyatga ta’sir qiluvchi.  Inson organizmiga kirish yo’li bo’yicha: - Nafas a’zolari, oshqozon- ichak yo’li, teri qoplamlari va shilliq qatlamlar orqali. Ishlab chiqarishning biologik zararli va xavfli omillari-biologik ob’yekt, patogen mikroorganizm (rikketsiya, bakteriya, virus va zamburug’lar) va ularning hayot mahsulotlarini o’z ichiga oladi. Gigiyenik klassifikatsiyaga muvofiq mehnat sharoitlarini zararli va xavflilik ish jarayoni og’irligi va keskinligi ko’rsatkichlari SanQ vaM№ 0141-03 ish sharoiti 4 sinfga bo’linadi.  1 sinf – optimal ish sharoiti  2 sinf – ruxsat etilgan ish sharoiti  3 sinf – zararli ish sharoiti  4 sinf – o’ta xavfli ish sharoiti Ishlab chiqarish muhitidagi fizikaviy omillar Ishlab chiqarish muhitidagi fizikaviy omillar guruhiga juda katta guruhdagi omillar kiritilib, bu omillar deyarli barcha sanoat korxonalari uchun xosdir. Fizikaviy omillarning eng muhim turlaridan biri nomuvofiq mikroiqlim hisoblanadi. Respublikamizning iqlim sharoiti uchun bu omilning ahamiyati juda kattadir, chunki
regionimizdagi kontinental iqlim korxonalardagi ishlab chiqarish mikroiqlimiga 
sezilarli ta’sir ko’rsatadi, demak ishchilar organizmiga ham befarq emas demakdir. 
   Gigiyena nuqtai-nazardan ishlab chiqarish muhitidagi mikroiqlimni ikki guruhga 
bo’lish mumkin: qizdiruvchi (o’ta qizdiruvchi) va sovituvchi mikroiqlim. 
    Ta’kidlash lozim-ki, o’zidan issiq chiqaruvchi manbalar deyarli barcha 
korxonalarda bor, demak-ki, O’zRning issiq iqlimi sharoitida yoz faslida ishchilar 
organizmiga nomuvofiq ta’sir etuvchi mikroiqlim sharoitini vujudga keltirib 
chiqaradi.Qizdiruvchi mikroiqlim ko’p jihatdan quyidagi korxonalar uchun juda 
xosdir, chunonchi, texnologiyasi bo’yicha o’zidan issiq tarqatuvchi manbalari bor 
bo’lgan korxonalar; metallurgiya korxonalari, kimyoviy reaktorlar, eritish, qizitish 
va boshqa turdagi issiqlik orqali ishlov berish jarayonlari kabilar. 
Qizdiruvchi mikroiqlim uchun yuqori harorat,  past havo harakati, havoning 
quruqligi xos (ayrim korxonalarda yuqori harorat yuqori namlik bilan birgalikda 
uchraydi, temir-beton konstruksiyalari ishlab chiquvchi zavodlar, tekstil sanoati, teri 
oshlash va uni qayta ishlash korxonalari kabilar). Bundan tashqari, bunday 
korxonalar uchun qizigan jihozlarning mavjudligi ham juda xos bo’lib, ifraqizil 
nurlanishlarning manbai hisoblanadi va uning ta’siri oqibatida uning umumiy 
ta’siridan tashqari, katarakta kasalligi rivojlanishi mumkin (“shishadamgirlar 
kataraktasi”). 
 0324-16 SanQvaM ishlab chiqarishga doir nomuvofiq mikroiqlim 
     Qizdiruvchi mikroiqlimga xos bo’lgan keltirilgan omillar asosan organizmning 
issiqlik boshqarilish jarayoniga ta’sir ko’rsatadi. Terlash hisobiga organizmdan 
uzatiladigan issiqlik miqdori keskin ko’tariladi, natijada bir ish smenasi davomida 
odam 8 dan l gacha suvni yo’qotishi mumkin. Ter bilan birga organizmdan 
tuzlarning chiqishi ham kuzatiladi (birinchi navbatda xloridlar). Ana shu fonda 
ishchilar organizmida bir qator funksional o’zgarishlar kelib chiqadi va u patologiya 
holatlarigacha yetib borishi mumkin. Nafas va puls urishi tezlashadi, azot 
almashinuvi o’zgaradi (oqsillarning juda tez parchalanishi), organizmdagi 
vitaminlar miqdori kamayadi, ayniqsa “C vitamini”, suv va tuz almashinuvi izdan 
chiqadi. Qizdiruvchi mikroiqlim uzoq muddat davomida ta’sir etganda ishchilar 
Logotip
regionimizdagi kontinental iqlim korxonalardagi ishlab chiqarish mikroiqlimiga sezilarli ta’sir ko’rsatadi, demak ishchilar organizmiga ham befarq emas demakdir. Gigiyena nuqtai-nazardan ishlab chiqarish muhitidagi mikroiqlimni ikki guruhga bo’lish mumkin: qizdiruvchi (o’ta qizdiruvchi) va sovituvchi mikroiqlim. Ta’kidlash lozim-ki, o’zidan issiq chiqaruvchi manbalar deyarli barcha korxonalarda bor, demak-ki, O’zRning issiq iqlimi sharoitida yoz faslida ishchilar organizmiga nomuvofiq ta’sir etuvchi mikroiqlim sharoitini vujudga keltirib chiqaradi.Qizdiruvchi mikroiqlim ko’p jihatdan quyidagi korxonalar uchun juda xosdir, chunonchi, texnologiyasi bo’yicha o’zidan issiq tarqatuvchi manbalari bor bo’lgan korxonalar; metallurgiya korxonalari, kimyoviy reaktorlar, eritish, qizitish va boshqa turdagi issiqlik orqali ishlov berish jarayonlari kabilar. Qizdiruvchi mikroiqlim uchun yuqori harorat, past havo harakati, havoning quruqligi xos (ayrim korxonalarda yuqori harorat yuqori namlik bilan birgalikda uchraydi, temir-beton konstruksiyalari ishlab chiquvchi zavodlar, tekstil sanoati, teri oshlash va uni qayta ishlash korxonalari kabilar). Bundan tashqari, bunday korxonalar uchun qizigan jihozlarning mavjudligi ham juda xos bo’lib, ifraqizil nurlanishlarning manbai hisoblanadi va uning ta’siri oqibatida uning umumiy ta’siridan tashqari, katarakta kasalligi rivojlanishi mumkin (“shishadamgirlar kataraktasi”).  0324-16 SanQvaM ishlab chiqarishga doir nomuvofiq mikroiqlim Qizdiruvchi mikroiqlimga xos bo’lgan keltirilgan omillar asosan organizmning issiqlik boshqarilish jarayoniga ta’sir ko’rsatadi. Terlash hisobiga organizmdan uzatiladigan issiqlik miqdori keskin ko’tariladi, natijada bir ish smenasi davomida odam 8 dan l gacha suvni yo’qotishi mumkin. Ter bilan birga organizmdan tuzlarning chiqishi ham kuzatiladi (birinchi navbatda xloridlar). Ana shu fonda ishchilar organizmida bir qator funksional o’zgarishlar kelib chiqadi va u patologiya holatlarigacha yetib borishi mumkin. Nafas va puls urishi tezlashadi, azot almashinuvi o’zgaradi (oqsillarning juda tez parchalanishi), organizmdagi vitaminlar miqdori kamayadi, ayniqsa “C vitamini”, suv va tuz almashinuvi izdan chiqadi. Qizdiruvchi mikroiqlim uzoq muddat davomida ta’sir etganda ishchilar
organizmida mushaklarning tirishib qisqarishi kuzatilishi mumkin –“tirishish 
kasalligi”-, u suv va tuz muvozanatining buzilishiga bog’liqdir. Ishchilar 
organizmga yorqin ko’zga tashlanadigan issiqlik ta’siri issiq urish va to’satdan 
hushdan ketish holatini keltirib chiqarib, tana haroratining ko’tarilishi bilan boradi. 
     Ishchilar organizmining qizishini oldini olish tadbirlari kompleks bo’lishi kerak 
va u ham mikroiqlimni yaxshilashga va ham organizmga issiqning ta’sirini 
yumshatishga qaratilgan bo’lishi kerak. Mikroiqlimni yaxshilash uchun agar 
texnologiya bo’yicha imkoniyat bo’lsa qizigan jihozlar yuzasini izolyatsiya qilish 
zarur. Ishchi xonalar havosini aeratsiya qilish va sun’iy shamollatishning ahamiyati 
katta. Tsex havosini aeratsiya qilish uchun qizigan jihozlarning tepa qismidan 
havoni sun’iy tarzda so’rish va qizigan havoni tashqariga chiqarib tashlash 
moslamalari o’rnatiladi, bunda sex ichiga tashqaridagi toza havo eshiklar va 
derazalar orqali kirishi nazarda tutiladi. Bizning issiq iqlim sharoitimizda yilning 
issiq faslida aeratsiya faqat havo harakati tezligini oshiradi xolos, ammo havo 
haroratini pasaytirmaydi, chunki havo haroratining o’zi ham 45-46 darajada bo’ladi. 
Bunday sharoitda havoni sun’iy tarzda shamollatish talab etilib, berilayotgan havoni 
salqinlashtirish maqsadga muvofiq (konditsionerlash). Biroq katta-katta eshiklari 
bor bo’lgan tsexlardagi havoni konditsionerlar yordamida muvofiqlashtirishning 
deyarli imkoniyati yo’q, shuning uchun bunday sharoitda mikroiqlim parametrlari 
juda yuqori bo’lgan ish joylari havosini havo dushlari yordamida salqinlashtirish 
mumkin bo’ladi.  
Issiq tsexlardagi ishchilarda tuz-suv almashinuvining buzilishini oldini olish 
uchun ularni tuz qo’shilgan ichimlik suvi bilan yetarli darajada ta’minlash zarur. Bu 
yo’nalishdagi eng yaxshi yo’l ana shunday issiq tsexlarga gazlashtirilgan suvlarni 
beruvchi saturatorlarni o’rnatish hisoblanadi. Ishchilar organizmning tashqi muhit 
bilan issiqlik almashinuviga ta’sir ko’rsatmaydigan maxsus kiyimlar bilan 
ta’minlanishi kerak. Issiq mikroiqlim sharoitida organizmdagi oqsil va 
vitaminlarning 
parchalanishini 
tezlashishini 
inobatga 
olib, 
ishchilarning 
ovqatlanishini to’la qiymatli bo’lishiga e’tibor qaratish va ularga polivitaminlar 
(draje ko’rinishidagi) berish tavsiya qilinadi. 
Logotip
organizmida mushaklarning tirishib qisqarishi kuzatilishi mumkin –“tirishish kasalligi”-, u suv va tuz muvozanatining buzilishiga bog’liqdir. Ishchilar organizmga yorqin ko’zga tashlanadigan issiqlik ta’siri issiq urish va to’satdan hushdan ketish holatini keltirib chiqarib, tana haroratining ko’tarilishi bilan boradi. Ishchilar organizmining qizishini oldini olish tadbirlari kompleks bo’lishi kerak va u ham mikroiqlimni yaxshilashga va ham organizmga issiqning ta’sirini yumshatishga qaratilgan bo’lishi kerak. Mikroiqlimni yaxshilash uchun agar texnologiya bo’yicha imkoniyat bo’lsa qizigan jihozlar yuzasini izolyatsiya qilish zarur. Ishchi xonalar havosini aeratsiya qilish va sun’iy shamollatishning ahamiyati katta. Tsex havosini aeratsiya qilish uchun qizigan jihozlarning tepa qismidan havoni sun’iy tarzda so’rish va qizigan havoni tashqariga chiqarib tashlash moslamalari o’rnatiladi, bunda sex ichiga tashqaridagi toza havo eshiklar va derazalar orqali kirishi nazarda tutiladi. Bizning issiq iqlim sharoitimizda yilning issiq faslida aeratsiya faqat havo harakati tezligini oshiradi xolos, ammo havo haroratini pasaytirmaydi, chunki havo haroratining o’zi ham 45-46 darajada bo’ladi. Bunday sharoitda havoni sun’iy tarzda shamollatish talab etilib, berilayotgan havoni salqinlashtirish maqsadga muvofiq (konditsionerlash). Biroq katta-katta eshiklari bor bo’lgan tsexlardagi havoni konditsionerlar yordamida muvofiqlashtirishning deyarli imkoniyati yo’q, shuning uchun bunday sharoitda mikroiqlim parametrlari juda yuqori bo’lgan ish joylari havosini havo dushlari yordamida salqinlashtirish mumkin bo’ladi. Issiq tsexlardagi ishchilarda tuz-suv almashinuvining buzilishini oldini olish uchun ularni tuz qo’shilgan ichimlik suvi bilan yetarli darajada ta’minlash zarur. Bu yo’nalishdagi eng yaxshi yo’l ana shunday issiq tsexlarga gazlashtirilgan suvlarni beruvchi saturatorlarni o’rnatish hisoblanadi. Ishchilar organizmning tashqi muhit bilan issiqlik almashinuviga ta’sir ko’rsatmaydigan maxsus kiyimlar bilan ta’minlanishi kerak. Issiq mikroiqlim sharoitida organizmdagi oqsil va vitaminlarning parchalanishini tezlashishini inobatga olib, ishchilarning ovqatlanishini to’la qiymatli bo’lishiga e’tibor qaratish va ularga polivitaminlar (draje ko’rinishidagi) berish tavsiya qilinadi.
    Ko’rish organiga infraqizil nurlanishlarning zararli ta’sirini oldini olish uchun 
ishchilarning hammasi himoya ko’zoynaklari yoki to’siqlar (щit) bilan ta’minlanishi 
kerak. 
Ishlab chiqarish muhitidagi sovituvchi mikroiqlim past harorat, havo 
harakatining yuqoriligi va ko’pincha yuqori namlik bilan ta’riflanadi. Bizning iqlim 
sharoitimizda sovituvchi mikroiqlimga nisbatan shunday fikrlar borki, bizdagi 
sanoat korxonalari uchun sovituvchi mikroiqlim juda ham xarakterli emas degan 
fikrlar mavjud. Ammo, juda ko’p tekshirishlarning natijalari shuni ko’rsatmoqda-ki, 
katta-katta tsexlarga ega bo’lgan korxonalarda (mas., qurilish industriyasi 
korxonalari) tsexlar darvozalarining hajmi judda katta bo’lib, ular orqali transport 
vositalarining kirib chiqishi ko’zda tutilgan. Shuning uchun bunday tsexlarda odatda 
qish kunlari havo harorati 7-13oC atrofida, havoning namligi esa 85% gacha yetadi, 
havoning harakati tezligi ko’pincha 1 m/sekdan yuqori bo’ladi. Bunday mikroiqlim 
sharoitlari har qanday toifadagi ishchilar uchun nomuvofiq hisoblanadi. Bu sharoit 
og’ir jismoniy ishlarni bajaruvchi ishchilar organizmiga sovituvchi ta’sir ko’rsatadi. 
    Organizmni sovishining eng oxirgi darajasi - muzlash holatlari faqat yuqori havo 
harakati bilan kuzatiladigan manfiy haroratlardagina kuzatilishi mumkin (mas, ochiq 
havoda 
ishlash). 
Ammo, 
manfiy 
haroratga 
ega 
bo’lmagan 
sovituvchi 
mikroiqlimning uzoq muddat davomida ta’sir etishi ishlab chiqarish muhitining 
muhim omili hisoblanib, shamollash kasalliklari (o’tkir respirator kasalliklar, 
anginalar, radikulitlar) va ginekologik kasalliklarning kelib chiqishiga sharoit 
yaratadi.  Shunga bog’liq holda keltirilgan kasallik shakllari yilning sovuq fasllarida 
ko’pgina korxonalar uchun xarakterli hisoblanadi. Bu kasalliklarning kelib 
chiqmasligini oldini olish uchun korxonalardagi mikroiqlimni yaxshilash katta 
ahamiyatga ega. Agar sexlar yopiq bo’lsa, talab etiladigan mikroiqlim sharoitini 
markazlashtirilgan isitish tizimi orqali amalga oshirish mumkin. “Ochiq” sexlarda 
esa (eshiklari katta bo’lgan sexlar) mikroiqlimni muvofiqlashtirishga issiq havo 
beruvchi shamollatish moslamalarini o’rnatish, eshiklar atrofiga issiq havo beruvchi 
moslamalarni o’rnatish orqali erishish mumkin. Ishchilar esa issiq kiyimlar bilan 
ta’minlanishi kerak. Ish joylari yaqinida isinib olish uchun maxsus xonalarni tashkil 
Logotip
Ko’rish organiga infraqizil nurlanishlarning zararli ta’sirini oldini olish uchun ishchilarning hammasi himoya ko’zoynaklari yoki to’siqlar (щit) bilan ta’minlanishi kerak. Ishlab chiqarish muhitidagi sovituvchi mikroiqlim past harorat, havo harakatining yuqoriligi va ko’pincha yuqori namlik bilan ta’riflanadi. Bizning iqlim sharoitimizda sovituvchi mikroiqlimga nisbatan shunday fikrlar borki, bizdagi sanoat korxonalari uchun sovituvchi mikroiqlim juda ham xarakterli emas degan fikrlar mavjud. Ammo, juda ko’p tekshirishlarning natijalari shuni ko’rsatmoqda-ki, katta-katta tsexlarga ega bo’lgan korxonalarda (mas., qurilish industriyasi korxonalari) tsexlar darvozalarining hajmi judda katta bo’lib, ular orqali transport vositalarining kirib chiqishi ko’zda tutilgan. Shuning uchun bunday tsexlarda odatda qish kunlari havo harorati 7-13oC atrofida, havoning namligi esa 85% gacha yetadi, havoning harakati tezligi ko’pincha 1 m/sekdan yuqori bo’ladi. Bunday mikroiqlim sharoitlari har qanday toifadagi ishchilar uchun nomuvofiq hisoblanadi. Bu sharoit og’ir jismoniy ishlarni bajaruvchi ishchilar organizmiga sovituvchi ta’sir ko’rsatadi. Organizmni sovishining eng oxirgi darajasi - muzlash holatlari faqat yuqori havo harakati bilan kuzatiladigan manfiy haroratlardagina kuzatilishi mumkin (mas, ochiq havoda ishlash). Ammo, manfiy haroratga ega bo’lmagan sovituvchi mikroiqlimning uzoq muddat davomida ta’sir etishi ishlab chiqarish muhitining muhim omili hisoblanib, shamollash kasalliklari (o’tkir respirator kasalliklar, anginalar, radikulitlar) va ginekologik kasalliklarning kelib chiqishiga sharoit yaratadi. Shunga bog’liq holda keltirilgan kasallik shakllari yilning sovuq fasllarida ko’pgina korxonalar uchun xarakterli hisoblanadi. Bu kasalliklarning kelib chiqmasligini oldini olish uchun korxonalardagi mikroiqlimni yaxshilash katta ahamiyatga ega. Agar sexlar yopiq bo’lsa, talab etiladigan mikroiqlim sharoitini markazlashtirilgan isitish tizimi orqali amalga oshirish mumkin. “Ochiq” sexlarda esa (eshiklari katta bo’lgan sexlar) mikroiqlimni muvofiqlashtirishga issiq havo beruvchi shamollatish moslamalarini o’rnatish, eshiklar atrofiga issiq havo beruvchi moslamalarni o’rnatish orqali erishish mumkin. Ishchilar esa issiq kiyimlar bilan ta’minlanishi kerak. Ish joylari yaqinida isinib olish uchun maxsus xonalarni tashkil
qilish va issiq choylarni tashkil qilish maqsadga muvofiq. Bu tadbirlarning barchasi 
0324-16 SanQvaM “Ishlab chiqarish muhiti mikroiqlimining gigiyenik meyorlari” 
da ko’rsatilgan.  
 
№ 0325-16 SanQvaM “Shovqin” 
Ishlab chiqarish muhitidagi keng tarqalgan zararli fizikaviy omillar qatoriga 
ishlab chiqarishga doir shovqinni kiritish mumkin. Shovqin deb vaqt birligi ichida 
atrof muhitga turli tezlik va jadallikda tarqaladigan tovushlar majmuasiga aytiladi. 
Ishlab chiqarish shovqining asosiy manbai - ishlab chiqarishdagi jihozlarning 
aylanishi, urilishi, ishqalanishidan, hamda kuchli havo oqimlari, havo harakati va 
b.q  hisoblanadi. 
   Shovqinning ishchilar organizmiga nomuvofiq ta’sir etish mumkinligi va ta’sir 
etish darajasi shovqinning ta’sir darajasiga, ta’sir etish muddatiga va chastotali 
tarkibiga bog’liqdir (jadval).  
  Odamning qulog’i 16 dan 20 000 Gts gacha bo’lgan tovush chastotalarini qabul 
qila oladi. Shovqinlar o’z tarkibida turli chastotalardagi tovushlarni tutishi mumkin, 
chastotali tarkibi bo’yicha shovqinlar past chastotali (350 gts gacha), o’rta chastotali 
(350-800 gts) va yuqori chastotali (800 gts dan yuqori) shovqinlarga bo’linadi. 
Shovqin darajasi 1 sm2 yuzaga to’g’ri keladigan energiya qiymati (Vt/sm2) bilan 
ta’riflanadi. Ammo akustika va gigiyena amaliyotida  ko’pincha nisbiy qiymatlardan 
foydalanish qabul qilingan bo’lib, uning energiya qiymatidan kelib chiqib, tovushni 
qabul qilishning logarifmga bog’liqligi hisobga olinadi. Logarifmik shkalaning 
o’lchov birligi Bel hisoblanadi. Tovushlarni qabul qiluvchi chegara (bo’sag’a) 
qiymati 10 -16Vt/sm2 ni tashkil qiladi. 1 Bel 10 -15 Vt/sm2 ga teng. Tovushning 
(shovqin) jadalligini 10 marta oshirganda tovushni qabul qilish sezgisi 2 martaga 
ortadi, 100 martaga oshirganda 4 martaga va h.k. 
Odamning qulog’i 0 dan 14 Bel (0 - 140 detsibel, dB) chegarasidagi tovush 
energiyasini qabul qila oladi. 140 dB ga teng bo’lgan tovush (shovqin)lar tovush 
sezgisini emas, balki quloqda og’riq sezgisini keltirib chiqaradi, shuning uchun 140 
dB dan ortiq bo’lgan qiymat og’riq chaqiruvchi bo’sag’a deb nomlanadi. 140 dB dan 
Logotip
qilish va issiq choylarni tashkil qilish maqsadga muvofiq. Bu tadbirlarning barchasi 0324-16 SanQvaM “Ishlab chiqarish muhiti mikroiqlimining gigiyenik meyorlari” da ko’rsatilgan. № 0325-16 SanQvaM “Shovqin” Ishlab chiqarish muhitidagi keng tarqalgan zararli fizikaviy omillar qatoriga ishlab chiqarishga doir shovqinni kiritish mumkin. Shovqin deb vaqt birligi ichida atrof muhitga turli tezlik va jadallikda tarqaladigan tovushlar majmuasiga aytiladi. Ishlab chiqarish shovqining asosiy manbai - ishlab chiqarishdagi jihozlarning aylanishi, urilishi, ishqalanishidan, hamda kuchli havo oqimlari, havo harakati va b.q hisoblanadi. Shovqinning ishchilar organizmiga nomuvofiq ta’sir etish mumkinligi va ta’sir etish darajasi shovqinning ta’sir darajasiga, ta’sir etish muddatiga va chastotali tarkibiga bog’liqdir (jadval). Odamning qulog’i 16 dan 20 000 Gts gacha bo’lgan tovush chastotalarini qabul qila oladi. Shovqinlar o’z tarkibida turli chastotalardagi tovushlarni tutishi mumkin, chastotali tarkibi bo’yicha shovqinlar past chastotali (350 gts gacha), o’rta chastotali (350-800 gts) va yuqori chastotali (800 gts dan yuqori) shovqinlarga bo’linadi. Shovqin darajasi 1 sm2 yuzaga to’g’ri keladigan energiya qiymati (Vt/sm2) bilan ta’riflanadi. Ammo akustika va gigiyena amaliyotida ko’pincha nisbiy qiymatlardan foydalanish qabul qilingan bo’lib, uning energiya qiymatidan kelib chiqib, tovushni qabul qilishning logarifmga bog’liqligi hisobga olinadi. Logarifmik shkalaning o’lchov birligi Bel hisoblanadi. Tovushlarni qabul qiluvchi chegara (bo’sag’a) qiymati 10 -16Vt/sm2 ni tashkil qiladi. 1 Bel 10 -15 Vt/sm2 ga teng. Tovushning (shovqin) jadalligini 10 marta oshirganda tovushni qabul qilish sezgisi 2 martaga ortadi, 100 martaga oshirganda 4 martaga va h.k. Odamning qulog’i 0 dan 14 Bel (0 - 140 detsibel, dB) chegarasidagi tovush energiyasini qabul qila oladi. 140 dB ga teng bo’lgan tovush (shovqin)lar tovush sezgisini emas, balki quloqda og’riq sezgisini keltirib chiqaradi, shuning uchun 140 dB dan ortiq bo’lgan qiymat og’riq chaqiruvchi bo’sag’a deb nomlanadi. 140 dB dan
ortiq bo’lgan shovqin (tovush) to’lqinlari quloqning nog’ora pardasini yirtib 
yuborishi mumkin. Turli korxonalar uchun shovqinning chastotali tarkibini hisobga 
olganda ruxsat etiladigan darajasi 0325-16 SanQvaM belgilangan. Ishchilar 
organizmida shovqinning ta’siri ham spetsifik va ham nospetsifik o’zgarishlarni 
kelib chiqishiga sababchi bo’ladi. (jadval). Aytish joiz-ki, odam mutloq tinchlik 
sharoitida o’zini yomon his qiladi, ammo shovqinning salbiy ta’siri uning jadalligi 
yetarlicha yuqori ko’rsatkichlarda bo’lgandagina kuzatiladi. Yuqori chastotali 
shovqinlar yuqori xavfli hisoblanib, kam jadallikda ham organizmda negativ 
o’zgarishlarni kelitirib chiqaradi. Past yoki o’rta chastotali shovqinlar esa katta 
jadallikda kuchliroq ta’sir samaralarini namoyon qiladi.      
    Shovqinning spetsifik ta’siri kortiyev organidagi sochsimon tolalarda degenerativ 
o’zgarishlarni keltirib chiqarishi bilan bog’liq. Natijada ishchilar organizmida 
koxlear nevrit shakllantirib, eshitish sezgisini asta-sekinlik bilan pasaytiradi va o’ta 
karlik holatiga olib keladi (kasbiy karlik). Shovqinning nospetsifik ta’siri ko’pgina 
organlar va sistemalarning funksional holatiga va eng avval MNS va yurak-tomir 
sistemasida namoyon bo’ladi. Natijada ishchilar asteno-vegetativ sindrom, bosh 
og’rishi, uyquning buzilishi, xotiraning pasayishi, tez toliqish kuzatiladi. 
Organizmdagi spetsifik ta’sir va hamma o’zgarishlarning kompleksini "shovqin 
kasalligi" deb nomlanadi. 
   Shovqinning ishchilar organizmiga nomuvofiq ta’sirini oldini olish uchun 
sog’lomlashtiruvchi tadbirlar kompleksini o’tkazish kerak: 
-shovqinni gigiyenik reglamentlash va ish joylarida shovqin darajasini 
nazorat qilish; 
-manbadagi shovqin darajasini pasaytirish (texnik takomillashtirish, ta’mirlash, 
jihozlarni bir-biriga moslash va b.q.); 
-jihozlar shovqinini izolyatsiyalash  va shovqin yutuvchi materiialardan foydalanish; 
-tashkiliy-rejalashtiruvchi tadbirlar - shovqin tarqatuvchi manbani izolyatsiya qilish 
yoki ularni alohida xonaga joylashtirish (agar texnologiyaning imkoniyati bo’lsa); 
Logotip
ortiq bo’lgan shovqin (tovush) to’lqinlari quloqning nog’ora pardasini yirtib yuborishi mumkin. Turli korxonalar uchun shovqinning chastotali tarkibini hisobga olganda ruxsat etiladigan darajasi 0325-16 SanQvaM belgilangan. Ishchilar organizmida shovqinning ta’siri ham spetsifik va ham nospetsifik o’zgarishlarni kelib chiqishiga sababchi bo’ladi. (jadval). Aytish joiz-ki, odam mutloq tinchlik sharoitida o’zini yomon his qiladi, ammo shovqinning salbiy ta’siri uning jadalligi yetarlicha yuqori ko’rsatkichlarda bo’lgandagina kuzatiladi. Yuqori chastotali shovqinlar yuqori xavfli hisoblanib, kam jadallikda ham organizmda negativ o’zgarishlarni kelitirib chiqaradi. Past yoki o’rta chastotali shovqinlar esa katta jadallikda kuchliroq ta’sir samaralarini namoyon qiladi. Shovqinning spetsifik ta’siri kortiyev organidagi sochsimon tolalarda degenerativ o’zgarishlarni keltirib chiqarishi bilan bog’liq. Natijada ishchilar organizmida koxlear nevrit shakllantirib, eshitish sezgisini asta-sekinlik bilan pasaytiradi va o’ta karlik holatiga olib keladi (kasbiy karlik). Shovqinning nospetsifik ta’siri ko’pgina organlar va sistemalarning funksional holatiga va eng avval MNS va yurak-tomir sistemasida namoyon bo’ladi. Natijada ishchilar asteno-vegetativ sindrom, bosh og’rishi, uyquning buzilishi, xotiraning pasayishi, tez toliqish kuzatiladi. Organizmdagi spetsifik ta’sir va hamma o’zgarishlarning kompleksini "shovqin kasalligi" deb nomlanadi. Shovqinning ishchilar organizmiga nomuvofiq ta’sirini oldini olish uchun sog’lomlashtiruvchi tadbirlar kompleksini o’tkazish kerak: -shovqinni gigiyenik reglamentlash va ish joylarida shovqin darajasini nazorat qilish; -manbadagi shovqin darajasini pasaytirish (texnik takomillashtirish, ta’mirlash, jihozlarni bir-biriga moslash va b.q.); -jihozlar shovqinini izolyatsiyalash va shovqin yutuvchi materiialardan foydalanish; -tashkiliy-rejalashtiruvchi tadbirlar - shovqin tarqatuvchi manbani izolyatsiya qilish yoki ularni alohida xonaga joylashtirish (agar texnologiyaning imkoniyati bo’lsa);
-agar shovqin darajasini RED ga tushirishning iloji bo’lmasa -ishchilarni ShHV 
bilan ta’minlash: antifonlar – “berushi”, shlemofonlar, quloqni berkituvchi 
moslamalar; 
-audiometriya tekshirishini o’tkazish bilan ishchilarni tibbiy ko’rikdan o’tkazib 
turish; 
-shovqindan himoya qilingan tinchlantirish xonalarida reglamentlangan dam olish 
soatlarini tashkil qilish. 
 
(0294-11 SanQ vaM) Sanoat changlari, changga doir patologiyalar va 
ularni oldini olish 
   Ishlab chiqarish muhitlaridagi eng ko’p tarqalgan nomuvofiq omillardan biri 
chang hisoblanadi. Chang deganda zarrachalarning diametri mm ning bir necha 
ulushidan millimikronlargacha kattalikka ega bo’lgan qattiq zarrachalarning havo 
muhitida muallaq holda bo’lishi demakdir va ularni oddiy tilda aerozollar deb 
nomlash mumkin. 
Bunda dispers faza sifatida chang zarrachalari, dispersli muhit esa - havo 
hisoblanadi. Gigiyenik ahamiyatga faqat havo muhitida bo’ladigan changning 
konsentratsiyasigina emas, balki uning kelib chiqishi, kattaligi va chang 
zarrachasining tabiati ham egadir (jadval). 
    Kelib chiqishi bo’yicha changlar anorganik (mineral, metall changlari), organik 
(hayvon, o’simlik, sintetik) va aralash changlarga bo’linadi. 
     Chang zarrachalarining shakli uning qanday hosil bo’lishiga bog’liqdir. Hosil 
bo’lishi bo’yicha dezintegratsiyali (maydalangan zarrachalar) va kondensatsiyali 
changlarga (tutun) bo’linadi. 
  
Chang zarrachalarining kattaligi bo’yicha (chang dispersligi)  
 katta dispersli (chang zarrachalarining kattaligi - 10 mkm),  
 o’rta dispersli (5-10 mkm),  
 kichik dispersli (0,25 - 0,5 mkm),  
 ultrakichik dispersli (0,25 mkm dan kichik) changlarga bo’linadi. 
Logotip
-agar shovqin darajasini RED ga tushirishning iloji bo’lmasa -ishchilarni ShHV bilan ta’minlash: antifonlar – “berushi”, shlemofonlar, quloqni berkituvchi moslamalar; -audiometriya tekshirishini o’tkazish bilan ishchilarni tibbiy ko’rikdan o’tkazib turish; -shovqindan himoya qilingan tinchlantirish xonalarida reglamentlangan dam olish soatlarini tashkil qilish. (0294-11 SanQ vaM) Sanoat changlari, changga doir patologiyalar va ularni oldini olish Ishlab chiqarish muhitlaridagi eng ko’p tarqalgan nomuvofiq omillardan biri chang hisoblanadi. Chang deganda zarrachalarning diametri mm ning bir necha ulushidan millimikronlargacha kattalikka ega bo’lgan qattiq zarrachalarning havo muhitida muallaq holda bo’lishi demakdir va ularni oddiy tilda aerozollar deb nomlash mumkin. Bunda dispers faza sifatida chang zarrachalari, dispersli muhit esa - havo hisoblanadi. Gigiyenik ahamiyatga faqat havo muhitida bo’ladigan changning konsentratsiyasigina emas, balki uning kelib chiqishi, kattaligi va chang zarrachasining tabiati ham egadir (jadval). Kelib chiqishi bo’yicha changlar anorganik (mineral, metall changlari), organik (hayvon, o’simlik, sintetik) va aralash changlarga bo’linadi. Chang zarrachalarining shakli uning qanday hosil bo’lishiga bog’liqdir. Hosil bo’lishi bo’yicha dezintegratsiyali (maydalangan zarrachalar) va kondensatsiyali changlarga (tutun) bo’linadi. Chang zarrachalarining kattaligi bo’yicha (chang dispersligi)  katta dispersli (chang zarrachalarining kattaligi - 10 mkm),  o’rta dispersli (5-10 mkm),  kichik dispersli (0,25 - 0,5 mkm),  ultrakichik dispersli (0,25 mkm dan kichik) changlarga bo’linadi.
    Changning kimyoviy tarkibi katta gigiyenik ahamiyatga  ega, chunki chang 
organizmga ta’sir ko’rsatish xarakteri unga bog’liqdir: fibrogenli, qo’zg’atuvchi 
yoki qichishtiruvchi, toksik (zaharli), allergenli ta’sirlar. 
Fibrogenli ta’siri:  changga oid patologiya va eng ko’p va og’ir kechadigan 
kasb kasalliklariga kiradi. Spetsifik va nospetsifik changga oid patologiya 
shakllarini farqlash mumkin (jadval). Birinchi guruhga pnevmokoniozlarni kiritish 
mumkin (pnewmo - o’pka, conios –chang).  
Changlarning turiga qarab quyidagi pnevmokonioz turlarini ajratish mumkin: 
 silikoz (o’z tarkibida ozod kremniy oksidini tutuvchi changlar),  
 silikatozlar (tarkibida bog’langan kremniy oksidini tutuvchi changlar),  
 antrakoz (ko’mir changi),  
 metallokoniozlar (metall changlari); 
Organik changlardan kelib chiqadigan pnevmokoniozlar:  
 bissinoz (paxta, zig’ir, kanop changlari),  
 bagassoz (shakar qamishi changi),  
 amiloz (un changi), fermerlar o’pkasi (qishloq xo’jaligiga doir changlar va ular 
tarkibida bo’ladigan mog’orlar) va b.q.  
     Pnevmokoniozlarning kelib chiqishi asosida o’pka alveolalari devoriga  o’tirib 
qolgan chang zarrachalari atrofida biriktiruvchi to’qimalarning paydo bo’lishi 
yotadi. Alveolalargacha yetib borishi xususiyatiga faqat mayda yoki kichik dispersli 
changlargina egadir, shuning uchun ular o’rta va katta dispersli changlarga nisbatan 
xavfli hisoblanadi. O’rta va katta dispersli changlar yuqori nafas yo’llarining shilliq 
qavatlarida ushlanib qoladi. Ultra kichik disperli changlar esa havo muhitida broun 
harakatida bo’lib muallaq holda suzib yuradi, shuning uchun ular ham o’pka 
alveolalari devorida ushlanib qolmaydi. 
   Pnevmokoniozlarning eng ko’p tarqalgan shakli silikoz hisoblanadi, bu 
kasallikning kelib chiqish tezligi changning havodagi konsentratsiyasigagina 
bog’liq bo’lmay, balki uning organizmga ta’sir etish muddatiga, chang tarkibidagi 
ozod kremniy oksidining foizdagi miqdoriga bog’liqdir. Shuning uchun “zaharsiz” 
Logotip
Changning kimyoviy tarkibi katta gigiyenik ahamiyatga ega, chunki chang organizmga ta’sir ko’rsatish xarakteri unga bog’liqdir: fibrogenli, qo’zg’atuvchi yoki qichishtiruvchi, toksik (zaharli), allergenli ta’sirlar. Fibrogenli ta’siri: changga oid patologiya va eng ko’p va og’ir kechadigan kasb kasalliklariga kiradi. Spetsifik va nospetsifik changga oid patologiya shakllarini farqlash mumkin (jadval). Birinchi guruhga pnevmokoniozlarni kiritish mumkin (pnewmo - o’pka, conios –chang). Changlarning turiga qarab quyidagi pnevmokonioz turlarini ajratish mumkin:  silikoz (o’z tarkibida ozod kremniy oksidini tutuvchi changlar),  silikatozlar (tarkibida bog’langan kremniy oksidini tutuvchi changlar),  antrakoz (ko’mir changi),  metallokoniozlar (metall changlari); Organik changlardan kelib chiqadigan pnevmokoniozlar:  bissinoz (paxta, zig’ir, kanop changlari),  bagassoz (shakar qamishi changi),  amiloz (un changi), fermerlar o’pkasi (qishloq xo’jaligiga doir changlar va ular tarkibida bo’ladigan mog’orlar) va b.q. Pnevmokoniozlarning kelib chiqishi asosida o’pka alveolalari devoriga o’tirib qolgan chang zarrachalari atrofida biriktiruvchi to’qimalarning paydo bo’lishi yotadi. Alveolalargacha yetib borishi xususiyatiga faqat mayda yoki kichik dispersli changlargina egadir, shuning uchun ular o’rta va katta dispersli changlarga nisbatan xavfli hisoblanadi. O’rta va katta dispersli changlar yuqori nafas yo’llarining shilliq qavatlarida ushlanib qoladi. Ultra kichik disperli changlar esa havo muhitida broun harakatida bo’lib muallaq holda suzib yuradi, shuning uchun ular ham o’pka alveolalari devorida ushlanib qolmaydi. Pnevmokoniozlarning eng ko’p tarqalgan shakli silikoz hisoblanadi, bu kasallikning kelib chiqish tezligi changning havodagi konsentratsiyasigagina bog’liq bo’lmay, balki uning organizmga ta’sir etish muddatiga, chang tarkibidagi ozod kremniy oksidining foizdagi miqdoriga bog’liqdir. Shuning uchun “zaharsiz”
bo’lgan changlarga gigiyenik me’yor ishlab chiqishda uning tarkibidagi ozod 
kremniy oksidining foizdagi miqdori inobatga olinadi. 
Nospetsifik changga oid patologiya - bular juda ko’p uchraydigan kasalliklar 
hisoblanib, kelib chiqishi bo’yicha bakterial genez tabiatiga egadir va kasallikning 
kelib chiqishida chang sharoit yaratib beruvchi omil rolini o’taydi. Ularning ichida 
eng ko’p ahamiyatga ega bo’lganlari: bronxitlar, laringitlar, faringitlar, anginalar, 
kon’yunktivitlar, dermatitlardir. 
    Changga doir patologiyalarning profilaktikasi quyidagi asosiy tadbirlarni o’z 
ichiga oladi: 
1.Changlarga gigiyenik me’yorlar ishlab chiqish va ishchi zonasi havosining 
changlanganlik darajasini nazorat qilishdir.  
O’z tarkibida 70% dan ortiq ozod kremniy oksidini tutuvchi changlar uchun REK 1 
mg/m3,  
10% dan 70% gacha ozod kremniy oksidini tutuvchi changlar uchun - 2 mg/m3, 
10% kam ozod kremniy oksidini tutuvchi changlar uchun -4, 6, 10 mg/m3 
(changning boshqa xususiyatlarini hisobga olib); 
2. Texnologik tadbirlar; ko’pincha chang hosil bo’lishiga doir texnologik 
jarayonlardagi ishlarni xo’llash (xo’llash usulida ishlov berish) foydalaniladi; 
3. Sanitar-texnik tadbirlar: chang hosil qiluvchi jihozlarni izolyatsiyalash, xonalarga 
mahalliy va umumiy shamollatish moslamalarini o’rnatish; 
 chang konsentratsiyasini REK miqdorigacha pasaytirishning imkoniyati 
bo’lmagan taqdirda ishchilar shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlanishlari 
shart - changga qarshi respiratorlar (“Lepestok”, “Astra” turkumidagi) va 
shunga muvofiq maxsus kiyimlar beriladi; 
 ishlab chiqarish xonalarini muntazam tozalab turish yoki pnevmovositalar 
yordamida changlardan tozalash; 
 havo muhitining yuqori changlanganlik sharoitida ishlovchilar uchun ish 
tugaganidan so’ng ishqoriy ingalyatsiyalarni olish tavsiya etiladi; 
 ishchilarni har yili tibbiy ko’riklardan o’tkazib turish. 
 
Logotip
bo’lgan changlarga gigiyenik me’yor ishlab chiqishda uning tarkibidagi ozod kremniy oksidining foizdagi miqdori inobatga olinadi. Nospetsifik changga oid patologiya - bular juda ko’p uchraydigan kasalliklar hisoblanib, kelib chiqishi bo’yicha bakterial genez tabiatiga egadir va kasallikning kelib chiqishida chang sharoit yaratib beruvchi omil rolini o’taydi. Ularning ichida eng ko’p ahamiyatga ega bo’lganlari: bronxitlar, laringitlar, faringitlar, anginalar, kon’yunktivitlar, dermatitlardir. Changga doir patologiyalarning profilaktikasi quyidagi asosiy tadbirlarni o’z ichiga oladi: 1.Changlarga gigiyenik me’yorlar ishlab chiqish va ishchi zonasi havosining changlanganlik darajasini nazorat qilishdir. O’z tarkibida 70% dan ortiq ozod kremniy oksidini tutuvchi changlar uchun REK 1 mg/m3, 10% dan 70% gacha ozod kremniy oksidini tutuvchi changlar uchun - 2 mg/m3, 10% kam ozod kremniy oksidini tutuvchi changlar uchun -4, 6, 10 mg/m3 (changning boshqa xususiyatlarini hisobga olib); 2. Texnologik tadbirlar; ko’pincha chang hosil bo’lishiga doir texnologik jarayonlardagi ishlarni xo’llash (xo’llash usulida ishlov berish) foydalaniladi; 3. Sanitar-texnik tadbirlar: chang hosil qiluvchi jihozlarni izolyatsiyalash, xonalarga mahalliy va umumiy shamollatish moslamalarini o’rnatish;  chang konsentratsiyasini REK miqdorigacha pasaytirishning imkoniyati bo’lmagan taqdirda ishchilar shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlanishlari shart - changga qarshi respiratorlar (“Lepestok”, “Astra” turkumidagi) va shunga muvofiq maxsus kiyimlar beriladi;  ishlab chiqarish xonalarini muntazam tozalab turish yoki pnevmovositalar yordamida changlardan tozalash;  havo muhitining yuqori changlanganlik sharoitida ishlovchilar uchun ish tugaganidan so’ng ishqoriy ingalyatsiyalarni olish tavsiya etiladi;  ishchilarni har yili tibbiy ko’riklardan o’tkazib turish.