MEHNAT HAQI HISOBI VA TO’LASH JARAYONI AUDITI
REJA:
1.Xodimlar bilan hisob-kitoblar auditining me’yoriy asoslari
2.Aktsiyadorlik jamiyatlarida mehnat haqi bo’yicha hisob-kitoblar
auditining maqsadi, vazifalari va manbalari
3.Mehnat haqi bo’yicha hisob-kitoblar auditini rejalashtirish bosqichi
4.Xodimlar bilan mehnat haqi va boshqa muomalalar bo’yicha hisob-
kitoblarni tekshirish
Tayanch so’z va iboralar: Mehnat haqi, mehnatga haq to’lash shakllari,
ishbay, vaqtbay, nafaqa, minimal ish haqi, hujjatli solishtirish, ijtimoiy to’lovlar,
ish haqidan soliqlar va majburiy to’lovlar, ijtimoiy to’lovlar, shartnoma to’lovlari,
ishchi va xizmatchilar, ishchi va xodimlar, ta’rif setkasi.
1. Xodimlar bilan hisob-kitoblar auditining me’yoriy asoslari.
Bozor munosabatlarini rivojlantirish sharoitida iqtisodiy va ijtimoiy
rivojlanish yo’nalishiga tegishli muhim o’zgarishlar kiritilmoqda. Buning
natijasida mehnatga haq to’lash, xodimlarni iqtisodiy qo’llab quvvatlash va
himoya qilish tartibi va yo’nalishlari bo’yicha olib borilayotgan siyosat ham
o’zgarmoqda.
Ushbu siyosatni joriy qilish natijasida davlatning ijtimoiy qo’llab
quvvatlash va himoya qilish bo’yicha ko’pchilik tadbirlari xo’jalik yurituvchi
sub’ektlarning zimmasiga o’tdi. Chunonchi, sub’ektlar bu davrda mehnatga
haq to’lash shakli, tizimi, miqdori va moddiy rag’batlantirish tartiblarini
qonunchilik asosida mustaqil ravishda belgilamoqdalar. Natijada (ish haqi
tushunchasi o’zgardi, chunki uning tarkibiga ish haqidan tashqari quyidagi
hisoblanadigan va olinadigan daromadlar qo’shildi:
- moliyalashtirish manbaidan qat’iy nazar har xil mukofotlar,
qo’shimcha va ustama to’lovlar, ijtimoiy imtiyozlar;
- qonun hujjatlariga muvofiq xodimlarning ishlamagan kunlari (ta’til,
bayram kunlari va sh.u.) uchun hisoblangan summalar va hokazolar. Bozor
munosabatlari rivojlangan sharoitda xodimlar daromadining tarkibiga xo’jalik
yurituvchi sub’ektning mulkiga qo’shilgan ulushlari va olgan aktsiyalari uchun
oladigan daromadlar (dividentlar, foizlar)i ham qo’shildi.
Natijada har bir ishchi xodimning mehnat daromadi uning sub’ekt
faoliyatiga qo’shgan ulushi va sub’ekt faoliyatining yakuniy natijasiga bog’liq
bo’ladi. Ushbu daromadning yuqori darajasi chegaralanmagan, lekin soliq
miqdorining darajasi bilan tartibga solib turiladi. Mehnat haqining minimal
darajasi tegishli qonun hujjatlariga asosan tartibga solib turiladi.
Xo’jalik yurituvchi sub’ekt va xodimlar o’rtasidagi ustav
munosabatlarning yuridik asosi, shu jumladan mehnat haqiga taalluqli qismi
ular o’rtasida tuzilgan jamoa (jamiyat) yoki shaxsiy shartnoma bo’lib, unda
jamiyatning huquqi doirasidagi mehnatga haq to’lash shartlari aniq va
ravshan ko’rsatib o’tiladi.
Bu davrda xodimlarni ijtimoiy kafolatga olishning yangi yo’nalishi
inflyatsiya natijasidagi aholining ko’rgan zararini va daromadini indeksatsiya
qilishdir. Ushbu kafolatni amalga oshirishda davlat tomonidan tashkil qilingan
byudjetdan tashqari jamg’armalar (ijtimoiy muhofaza, pensiya jamg’armalari,
bandlik jamg’armalari va hokazolar) muhim o’rin tutadi. Ushbu
jamg’armalarni tashkil qilish va ulardan foydalanishning tartibi tegishli
qonuniy hujjatlar bilan tartibga solinadi. Yuqorida keltirilgan jamg’armalar
maxsus maqsadli ajratmalar va manbalar hisobidan tashkil qilinadi va davlat
byudjetidan ajralgan holda faoliyat ko’rsatadilar, o’zining mustaqilligiga ega
va muhim ijtimoiy dasturlarni va tadbirlarni o’tkazish uchun moliyalashtirish
manbai hisoblanadi. Shuning uchun ham hozirgi kunda mehnat va unga haq
to’lashni hisobga olish sub’ektning hisob tizimida va auditida asosiy
o’rinlardan birini egallaydi. Chunki, asosiy vazifalar quyidagilardan tashkil
topadi:
a) xodim bilan mehnat haqi bo’yicha hisoblashishni (mehnat haqi va
boshqa to’lovlarni hisoblash, tegishli summalarni ushlash va qolgan
summalarni berish) o’z vaqtida amalga oshirish;
b) ishlab chiqarilgan mahsulotning tannarxiga hisoblangan mehnat haqi
va tegishli ajratmalarni o’z vaqtida va to’g’ri qo’shish;
s) tezkor boshqarishni amalga oshirish va tegishli hisob ma’lumotlarini
tayyorlash uchun mehnat va unga haq to’lash bilan bog’liq ko’rsatkichlarni
yig’ish va guruhlashtirish;
d) ijtimoiy sug’urta, pensiya va badallik jamg’armalari bilan
hisoblashishni o’z vaqtida va to’g’ri amalga oshirish.
Mehnat va unga haq to’lash hisobi sarflangan mehnatning miqdori va
sifati, ushbu yo’nalishdagi mablag’lardan foydalanish, mehnat haqi
jamg’armasini shakllantirish ijtimoiy xususiyatiga ega bo’lgan to’lovlarni
amalga oshirish ustidan tezkor nazorat o’rnatishni ta’minlashi lozim. Chunki,
yuqorida keltirilgan vazifalarni o’z vaqtida amalga oshirilishi xodimlarning
turmush farovonligini yaxshilash va iqtisodiy silsilalardan himoya qilishning
asosiy omillaridan biridir.
Xodimlar bilan mehnat haqi bo’yicha hisob-kitoblarning auditi uchun
asosiy manbalar bo’lib quyidagi me’yoriy-huquqiy hujjatlar hisoblanadi:
-O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi.
-O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi.
-O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi.
-“Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni.
-“Auditorlik faoliyati to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni.
-“Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy-xo’jalik faoliyati
buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasi va uni qo’llash to’g’risida
yo’riqnoma” 21-sonli O’zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobi milliy
standarti (BHMS).
-O’zbekiston Respublikasining boshqa BHMSlari.
-Mahsulot (ishlar, xizmatlarni) ishlab chiqarish va sotish bo’yicha
xarajatlar tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi haqidagi
nizom. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 1999 yil 5
fevralda 54-son bilan tasdiqlangan (o’zgartirishlar bilan).
2. Aktsiyadorlik jamiyatlarida mehnat haqi bo’yicha hisob-kitoblar
auditining maqsadi, vazifalari va manbalari.
O’zbekiston istiqlolning dastlabki kunlaridan barcha jabhalarda ijtimoiy
yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotiga ega demokratik huquqiy davlatni barpo
ejtishga qaratilgan keng ko’lamli kompleks islohotlarni amalga oshirish va
rivojlantirish bo’yicha o’z yo’lini tanladi.. Shu sababli, mehnatga haq to’lash
bo’yicha xodimlarni ijtimoiy qo’llab quvvatlash va himoya qilish bo’yicha
o’tkazilayotgan auditorlik tekshiruvlarini o’tkazishdan maqsad mehnat
munosabatlariga tegishli bo’lgan qonunchilikka rioya qilinishi, ish haqi va turli
xil qo’shimcha to’lovlar va mukofotlar, shuningdek, ish haqidan soliqlar va
ijtimoiy ehtiyojlar uchun to’lovlar to’g’ri hisoblanishi ustidan nazorat qilishdan
iborat.
Mehnat haqi bo’yicha hisob-kitoblar auditida hal etiladigan vazifalar
Vazifalar majmui
Auditda hal etiladigan vazifalar
1.Mehnat
qonunchiligiga
doir
huquqiy-
me’yoriy
hujjatlarga rioya
qilinishi va ichki
nazorat
samaradorligining
holatini baholash
1.1. Mehnat haqi to’lashni belgilovchi huquqiy-
me’yoriy hujjatlarning mavjudligi va tahlili;
1.2. Jamoa mehnat shartnomalari, xodimlarni
mukofotlash va rag’batlantirish to’g’risida nizom
mavjudligi;
1.3. Kadrlar, ish vaqti va ishlab chiqarilgan mahsulot
(ish, xizmat) hisobini hujjatlashtirishning tashkil
etilishi;
1.4. Haq to’lash va ish haqidan ushlanadigan
summalar turlarining klassifikatori (turkumlagichi)
mavjudligi;
1.5. Ish haqi fondi ustidan nazorat tizimining
mavjudligi va holati;
1.6. Hisobot ko’rsatkichlarning sintetik va analitik
htisob registrlari ma’lumotlariga mosligi.
2.Mehnat
haqi
bo’yicha
hisob-
kitoblarga
doir
hisob va hisobot
ma’lumotlarining
ishonchliligini
tekshirish.
2.1.Dastlabki
hisob
hujjatlarining
to’g’ri
rasmiylashtirilishi;
2.2. Haq turlari (ishbay, vaqtbay va h.k.) bo’yicha ish
haqi hisoblashning to’g’riligi.
2.3. Har xil maqsadlar (mehnat ta’tili va h.k.) uchun
o’rtacha ish haqini hisoblashni tekshirish;
2.4. Ish haqidan ushlanadigan summalar to’g’riligi;
2.5. Ish haqi xarajatlarini tannarx tarkibiga qo’shish;
2.6. Ish haqi hisoblash va undan ushlanadigan
summalarni hisob-registrlarida aks ettirish;
2.7. Soliqqa tortishda imtiyozlarni qo’llash va jami
daromadni hisoblashning to’g’riligi;
3.Byudjetdan
tashqari fondlar,
yagona
ijtimoiy
to’lov
bo’yicha
hisob-kitoblarning
to’g’riligi
3.1. Yagona ijtimoiy to’lov fondiga ajratmalarni
hisoblash bazasi va hisob-kitoblar to’g’riligi;
3.2. Yagona ijtimoiy to’lov fondi bilan hisob-kitoblarni
hisob va hisobotda aks ettirishning to’g’riligi;
Auditor tekshiruv chog’ida avvalo hisobot ko’rsatkichlarida jiddiy
xatolar yo’qligiga etarli darajada ishonch hosil qilishi lozim. Bunda dalil-
isbotlarni to’plash uchun har xil manbalardan shakllanadigan axborot
bazasidan foydalaniladi. Shuningdek, auditni boshlashdan oldin ichki hisob-
kitoblarni tekshirish uchun zarur bo’lgan me’yoriy hujjat paketi, sintetik va
analitik hisob registrlari va boshlang’ich hujjatlarni komplektlaydi.
Mehnat haqi bo’yicha hisob-kitob muomilalarini buxgalteriya hisobida
aks ettirish va soliqqa tortish bo’yicha belgilangan qoidalarni tartibga
soluvchi me’yoriy-hujjatlar to’plamimijoz korxona faoliyatining xususiyatlarini
hisobga olgan holda shakllantirilishi lozim.
Ta’kidlash joizki, mehnatga haq to’lash masalalari etarli darajada
murakkab. Unda mehnatning tavsifi, mehnat harajatlarini va uning
natijalarini o’lchash hamda baholash, rastsenkalar, mukofotlar va hokazolarni
belgilash bilan bog’liq ko’plab nozik va o’ziga xos tafsilotlari mavjud. Shuning
uchun auditordan ushbu masalalar bo’yicha me’yoriy baza va hisob
yuritishning ahvolini aniqlash, shtatlar jadvali, korxona rahbariyatining
xodimlarni oylik maosh tayinlab ishga qabul qilish to’g’risidagi buyruqlarni
(tanlab tekshiriladi), tuzilgan pudrat shartnomalari va mehnat bitimlari,
mehnatga haq to’lash, mukofotlash va moddiy yordam berish to’g’risidagi
nizomlarni o’rganish talab etiladi. So’ngra ish vaqtini hisobga olish tabellari,
ishbay ishlar uchun naryadlar va hisoblashuv-to’lov va to’lov vedomostlari,
mehnatga haq to’lash hamda uni tartibga solish bilan bog’liq boshqa
hujjatlarning rasmiylashtirilishi tekshiriladi. Auditor ushbu masalalar bilan
tanishib chiqib, mehnatga haq to’lash bo’yicha hisob-kitoblarning asosiy
bloklarini sinchiklab tekshirishi lozim. Xususan:
1.Korxona xodimlarining shtat jadvalida belgilangan oylik maoshlariga
rioya qilinishi; shtat jadvalining boshqaruv kengashi yoki aktsiyadorlar
majlisida tasdiqlanganligi; o’rindoshlik asosida mehnatga haq to’lashning
to’g’riligi; shtat intizomiga rioya qilinishi; mehnat bitimlari bo’yicha mehnatga
haq to’lashning asosligi.
2.Ishchilarga ishbay naryadlar bo’yicha haq to’lashning to’g’riligi,
xususan, bajarilmagan ishlar uchun qo’shib yozish hollari yo’qligi, mehnatga
haq to’lashning akkord tizimi qo’llanilganligi. Akkord naryadlarining tegishli
butun ish uchun qilingan kalkulyatsiya bilan asoslanishi, akkord
topshiriqlarining belgilangan muddatda bajarilganligi va yuqori sifatliligi
aniqlanadi.
3.Mukofotlash tartibi va asosliligi, mukofotlash sabablarini aniqlash va
mehnat jamoasi tomonidan qabul qilinib, tasdiqlangan mukofotlash tizimini
tahlil qilish bilan birgalikda aniqlanadi.
3. Mehnat haqi bo’yicha hisob-kitoblar auditini rejalashtirish bosqichi
Har qanday faoliyat, xususan auditorlik faoliyati ham samarali bo’lishi
uchun dastavval, uning puxta va aniq rejasi yoki dasturini tuzish lozim.
Ularning mazmuni qo’yilgan maqsad va uni bajarish uchun belgilangan aniq
vazifalardan kelib chiqadi.
Tekshiruv o’tkazishni boshlashdan avval auditor korxonada mehnatga
haq to’lashning qanday shakllari va tizimlari qo’llanishi, xodimlar jadvali,
mehnatga haq to’lash va mukofotlash to’g’risida ichki nizomlar, jamoa
shartnomasi mavjudligi, mehnatga haq to’lash hisobi qanday tashkil
etilganligi, ushbu hislob bo’limi kompyuterlashtirilganligi va boshqa
masalalarni aniqlashi lozim. Albatta, auditor test savollar ro’yxatini ishlab
chiqishi lozim. Quyida mehnatga haq to’lash bo’yicha audit dasturini
tuzishdan oldin tuzilgan test savollari jadvali keltiriladi.
Xodimlar bilan mehnat haqi yuzasidan hisob-kitoblar bo’yicha
buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimi holatini tekshirish yuzasidan testlar
№
Savol mazmuni yoki
o’rganilayotgan ob’ekt
Javob mazmuni
(tekshiruv
natijasi)
Belgi
Auditorning
xulosalari va
qarorlari
1
2
3
4
5
A.Ichki nazorat
1
Xodimlar
jadvali
tasdiqlanganmi va unga
rioya etiladimi?
Xodimlar jadvali
har
yili
bir
marotaba
qaytadan ko’rib
chiqiladi
N2
Ichki
nazorat
susaytirilgan,
xatolar bo’lishi
mumkin
2
Har bir xodimga shaxsiy
varaqalar yuritilganmi
Ha, yuritilgan
N4
Nazorat etarli
darajada
3
Ishga qabul qilish va ishdan
bo’shatish
to’g’risidagi
buyruqlar o’z vaqtida qabul
qilinadimi?
Buyruqlar
o’z
vaqtida va to’g’ri
qabul qilinadi
N4
Nazorat etarli
darajada
4
Xodimlar bo’limi tomonidan
tasdiqlangan ishbay haqlar
va
ta’rif
stavkalari
qo’llaniladimi?
Xodimlar bo’limi
tomonidan
bir
yilda kamida bir
marotaba tanlab
olib
nazorat
amalga oshiriladi
N2
Ichki
nazorat
susaytirilgan,
xatolar bo’lishi
mumkin
5
Ish haqidan ushlab qolishlar
tekshiriladimi?
Bir yilda kamida
bir
marotaba
tanlab
olib
nazorat amalga
oshiriladi
N2
Ichki
nazorat
susaytirilgan,
xatolar bo’lishi
mumkin
6
Soliqlar, ijtimoiy sug’urta
bo’yicha hisob-kitoblar soliq
idoralari
tomonidan
tekshirilganmi?
Hisobot
yilida
tekshiruv
o’tkazilmagan
N2
Ichki
nazorat
susaytirilgan,
xatolar bo’lishi
mumkin
7
Hisob-kitob
to’lov
qaydnomalari
to’g’ri
raqamlanganmi ?
Ketma-ket
raqamlash
qo’llaniladi
N4
Nazorat etarli
darajada
8
Mukofotlar, mehnat ta’tili,
kasallik
varaqalari
va
boshqalarni
hisoblash
tartibiga rioya qilinadimi?
Rioya
qilinadi,
lekin korxonada
to’lovlar
tartibi
to’g’risida ichki
Nizom
ishlab
chiqilmagan va
tasdiqlanmagan
N2
Ichki
nazorat
susaytirilgan,
xatolar bo’lishi
mumkin
9
Ish haqi va boshqa to’lovlar
o’z vaqtida to’lanmagan
holatlar bo’lganmi?
Ha, bo’lgan
N2
Sabablarini
aniqlash lozim
10
Ish
haqini
tayyor
mahsulotlar bilan to’lash
holatlari bo’lganmi?
Ha, bo’lgan
N2
Soliqqa tortish
to’g’ri
hisoblanganligin
i
tekshirish
lozim
11
Ish
haqi
bo’yicha
schyotlarning
o’zaro
bog’lanish chizmasi ishlab
chiqilganmi?
Yo’q,
ishlab
chiqilmagan.
N2
Schyotlar
korresponden-
tsiyalanishida
xatolar bo’lishi
mumkin
12
Ish haqini hisoblash bo’yicha
dastlabki hujjatlar, tahliliy
va
sintetik
hisob
ma’lumotlari
solishtiriladimi?
Chorak
oxirida
tanlab
olib
tekshiriladi
N3
Tanlab
olib
tekshiruv
o’tkazish lozim
Izoh: N1-past daraja; N2-o’rtachadan past; N3-o’rtacha, N4-yuqori.
Ustav kapitalini shakllanishi va harakati va ulardan foydalanish
bo’yicha auditorlik tekshiruvining o’tkazish rejasini tuzishi va audit dasturini
tayyorlashi lozim.
Amalda, auditni rejalashtirish jarayoni auditorlik tashkiloti bilan xo’jalik
yurituvchi sub’ekt o’rtasida shartnoma tuzulgunga qadar boshlanadi. Bu
xolat ko’p hollarda, agar mijoz bilan shartnoma tuzulmasa, auditni
rejalashtirish bilan bog’liq xarajatlar qaysi manbalar hisobidan mablag’ bilan
ta’minlanishi to’g’risidagi savolni yuzaga keltiradi. Keyinchalik shartnoma
tuzulgan holda auditni dastlabki rejalashtirishga doir ishlar qiymati
o’tkaziladigan auditning umumiy qiymatiga qo’shiladi, aks xolda u auditorlik
tashkilotining mablag’lari hisobidan amalga oshirilishi lozim.Rejalashtirish
auditning boshlang’ich bosqichi bo’lib,auditorlar reja tuzulgunga qadar
bevosita tekshiruv ishlarini boshlamasliklari lozim.
4. Xodimlar bilan mehnat haqi va boshqa muomalalar bo’yicha hisob-
kitoblarni tekshirish
Korxonalar amaliyotida mehnatga haq to’lash bo’yicha quyidagi
kamchiliklar ko’proq uchraydi: oylik maoshlari va stavkalar hajmining shtat
jadvali va lavozim maoshlari sxemasida belgilanganidan oshib ketishi; ish
haqiga har xil qo’shimcha va ustamalarning noqonuniy tayinlanishi; qo’shib
yozishlar; ishbay rastsenkalarning oshirib ko’rsatilishi; ishchilar va muhandis-
texnik xodimlar mehnatiga haq to’lash uchun belgilangan ish haqi fondi
hisobidan kotibalar, shaxsiy haydovchilar va har xil boshqaruv xizmati
xodimlariga xaq to’lash kabilar.
Noqonuniy qo’shimcha haq belgilash, ayrim hollarda hisoblangan
mehnat haqini o’zlashtirish, o’zlashtirish maqsadida material qiymatliklarni
sotib olish yoki smetada ko’zda tutilmagan xarajatlarni yopish uchun soxta
xodimlarni ishga qabul qilish hollari ham uchraydi. Auditor dastlabki hujjatlar
va hisobotlarni bevosita ish joylarida puxta tahlil qilish yo’li bilan
quyidagilarni aniqlaydi: ish haqi to’lash uchun pul olishda bankka taqdim
qilinadigan ma’lumotlar to’g’riligi va olingan pul mablag’larining belgilangan
maqsadda ishlatilishi, ish haqi fondidan oshiqcha haq to’lashga ruxsat berish
tartibiga rioya qilinishi, ish haqi fondi mablag’larining oshiqcha sarflanishiga
yo’l qo’yilish sabablari ya’ni butunlay noto’g’ri, qalbakilashtirilgan, ko’pchilik
hollarda reja topshiriqlarini bajarganlik va oshirib bajarganlik uchun deb
noqonuniy mukofot olish maqsadida qilinadigan hisobot ma’lumotlarini
oshirib ko’rsatish kabilar. Qo’shib yozish oqibatida haqiqatda bajarilmagan
ishlarga ish haqi to’lash, xom ashyo, materiallar, yoqilg’ilar va boshqa
resurslarni hisobdan chiqarish, natijada talon-taroj qilish hollari ko’p uchraydi.
Xodimlar soni va ularning toifalari bo’yicha ish haqi fondining hajmi
xo’jalikning biznes-rejasida belgilanadi. Ish haqi qishloq xo’jaligida mahsulot
(ish, xizmat)lar tannarxida salmoqli o’rin egallaganligi sababli auditor ish haqi
fondini tekshirishga alohida e’tibor qaratishi lozim. Tekshiruv boshlanishidan
oldin auditor xo’jalikda tasdiqlangan ish haqi fondining hajmini va uning
biznes-rejaga to’g’ri kelishini aniqlashi zarur.
Ish haqi fondining haqiqiy sarfi “Xodimlarning toifalari va hisoblangan
ish haqining tarkibi bo’yicha ma’lumot” (19-shakl bo’yicha hisob-kitoblar
bajariladigan jadval), “Xodimlar, yollangan va chetdan jalb qilingan shaxslar
ish haqi fondini hisobga olish vedomosti” (20-shakl), hisob-kitob to’lov
vedomostlari va ish haqi hisoblash uchun asos bo’lgan boshqa dastlabki
xujjatlar ma’lumotlariga asosan tekshiriladi. Tekshirilayotgan davr (choraklik,
yil) uchun belgilangan ish haqi fondinihaqiqatda hisoblangan ish haqi
summalari bilan taqqoslash zarur. Buning natijasida ish haqi fondining
umumiy tejalgani yoki oshiqcha sarflangani aniqlanadi. Agar yil davomida
ishlab chiqarish xajmining o’zgarganligi sababli dastlabki ish haqi fondiga
o’zgartirishlar kiritilgan bo’lsa, u holda ular umumiy tejash yoki oshiqcha
sarflashni aniqlashda inobatga olinadi.
Tekshirish jarayonida hisoblashuv-to’lov vedomostlari ma’lumotlarining
har oyda bankka taqdim qilinadigan ma’lumotnoma ko’rsatkichlariga mos
kelishi ham aniqlanadi. Ma’lumotnomadagi hisoblangan ish haqining umumiy
summasi shu oydagi 21-shakl “Xodimlar bilan hisob-kitoblar bo’yicha
jamlama ma’lumot”ning summasiga mos kelishi kerak.
Ish haqi berish uchun bankdagi 5110-“Hisob-kitobschyoti”dan olingan
summalar, shuningdek, undan ushlanib, o’tkazilgan summalar 21-shakldagi
hisob-kitoblar bajariladigan jadvalning tegishli ma’lumotlari bilan mos kelishi
kerak.
Ish haqi fondining oshiqcha sarflanishi ma’muriy boshqaruv, xo’jalik va
xizmat ko’rsatuvchi xodimlar sonining shtat jadvalidagidan oshib ketganligi;
lavozim maoshlari, stavkalar va rastsenkalarning oshirib yuborilganligi;
mashina va mexanizmlarda bajarilishi ko’zda tutilgan ishlar (g’allani o’rish,
donni yuklash va qo’shimcha ishlov berish, yaganalash, chekankalash va h.k)
qo’lda bajarilganda ish hajmining qo’shibyozilishi va hokazolar. Ayrim
hollarda oshiqcha sarflar ob’ektiv sabablar oqibatida sodir bo’ladi, masalan,
qor yoki yomg’ir ko’p yoqqan paytlarda yo’llarni tozalash, mollarga ozuqa
etkazib berish va boshqalar. Bularning barchasi puxta tekshirilishi zarur.
Auditor xo’jalikka chetdan ishchilarni qancha, qachon va qaysi
muddatda jalb qilinganligi, ulardan qanday foydalanilganligi va ularga
qanday tartibda mehnat haqi to’langanligini ham aniqlashi kerak.
Mehnatga haq to’lash masalalari etarli darajada murakkab. Unda
mehnatning tavsifi, mehnat xarajatlarini va uning natijalarini o’lchash hamda
baholash, rastsenkalar, mukofotlar va hokazolarni belgilash bilan bog’liq
ko’plabnozik va o’ziga xos tafsilotlari mavjud. Shuning uchun auditordan
ushbu masalalar bo’yicha me’yoriy baza va hisob yuritishning ahvolini
aniqlash, shtatlar jadvali, korxona rahbariyatining xodimlarni oylik maosh
tayinlab ishga qabul qilish to’g’risidagi buyruqlari (tanlab tekshiriladi),
tuzilgan pudrat shartnomalari va mehnat bitimlari; mehnatga haq to’lash,
mukofotlash va moddiy yordam berish to’g’risidagi nizomlarni o’rganish talab
etiladi. So’ngra ish vaqtini hisobga olish tabellari va ishbay ishlar uchun
naryadlar, hisoblashuv-to’lov va to’lov vedomostlari, mehnatga haq to’lash
hamda uni tartibga solish bilan bog’liq boshqa xujjatlarning rasmiylashtirilishi
tekshiriladi. Auditor ushbu masalalar bilan tanishib chiqib, mehnatga haq
to’lash bo’yicha hisob-kitoblarning asosiy bloklarini sinchiklab tekshiradi.
Xususan:
1. Korxona xodimlarining shtat jadvalida belgilangan oylik maoshlariga
rioya qilinishi: shtat jadvalining boshqaruv kengashi yoki aktsiyadorlar
majlisida tasdiqlanganligi; o’rindoshlik asosida mehnatga xaq to’lashning
to’g’riligi; shtat intizomiga rioya qilinishi; mehnat bitimlari bo’yicha haq
to’lashning asosliligi.
2. Ishchilarga ishbay naryadlar bo’yicha haq to’lashning to’g’riligi,
xususan, bajarilmagan ishlar uchun qo’shib yozish hollari yo’qligi, mehnatga
haq to’lashning akkord tizimi qo’llanilganligi, akkord naryadlarining tegishli
butun ish uchun qilingan kalkulyatsiya bilan asoslanishi, akkord
topshiriqlarining belgilangan muddatda bajarilganligi va yuqori sifatliligi
aniqlanadi.
3. Mukofotlash tartibi va asosliligi, mukofotlash sabablarini aniqlash va
mehnat jamoasi tomonidan qabul qilinib, tasdiqlangan mukofotlash tizimini
tahlil qilish bilan birgalikda aniqlanadi.
Ma’muriy boshqaruv xodimlari, mutaxassislar, xizmatchilar va kichik
xizmatchi xodimlarga to’lanadigan haq ularning haqiqiy sonini shtat jadvali
va belgilangan lavozim maoshlari bilan solishtirib tekshiriladi.
Shuningdek, hisoblashuv-to’lov vedomostlari va 19, 20, 21-shakldagi
hisob-kitob bajariladigan jadvallarni puxta tekshirish zarur. Bosh daftardagi
4210 “Mehnat haqi bo’yicha berilgan bo’naklar” 6710-“Xodimlar bilan
mehnat haqi bo’yicha hisob-kitoblar” va 6720-“Deponentlangan mehnat
haqi” schyotlarning qoldig’i 21-shakl hisob-kitob jadvalidagi qoldiq bilan teng
bo’lishi kerak. 4210-schyot bo’yicha debet qoldiqning mavjudligi va qancha
miqdordaligini aniqlash zarur. Xodimlar bilan mehnat haqi bo’yicha hisob-
kitoblarda debitor qarz mavjudligi bosh buxgalter tomonidan hisob-kitoblar
ahvoli ustidan tegishli nazorat o’rnatilmaganligidan dalolat beradi.
Mehnatga haq to’lash va boshqa muomalalar bo’yicha xodimlar bilan
hisob-kitoblarni auditorlik tekshiruvidan o’tkazishda 4210-“Mehnat haqi
bo’yicha berilgan bo’naklar”, 4220-“Xizmat safari uchun berilgan bo’naklar”.
4230-“Umumxo’jalik xarajatlari uchun berilgan bo’naklar”, 4710-“Kreditga
sotilgan tovarlar bo’yicha xodimlarning qarzlari”, 4720-“Berilgan qarzlar
bo’yicha xodimlarning qarzlari”, 4730-“Moddiy zararni qoplash bo’yicha
xodimlarning qarzlari”, 4790-“Xodimlarning boshqa qarzlari”, 6710-“Mehnat
haqi bo’yicha xodimlar bilan hisob-kitoblar”, 6720-“Deponentlangan mehnat
haqi”, 6970-“Hisobdor shaxslarga to’lanadigan qarzlar” schyotlari bo’yicha
yuritiladigan hisobning to’g’riligi va ishonchliligini tekshirish salmoqli o’rin
egallaydi.
Ish haqi bo’yicha hisob-kitoblar hisoblashuv-to’lov vedomostlari (73-
shakl), oila (jamoa) pudratlari va boshqa ichki xo’jalik bo’linmalarining
shaxsiy hisob varaqlari, ish vaqtini hisobga olish tabeli (64-shakl) va boshqa
hujjatlar bo’yicha tekshiriladi.
Hisoblashuv-to’lov vedomostlarida jami summani ataylab oshirib
ko’rsatish hollari ham uchraydi.
Ish haqidan ushlanadigan daromad soliqlari, nafaqa fondiga va kasaba
uyushmasiga a’zolik badallari Soliq kodeksi va boshqa tegishli me’yoriy
xujjatlarga muvofiq tekshiriladi. Ish haqidan qonunchilikda belgilanmagan
summalarni ushlash man etiladi. Masalan, kommunal xizmat va kvartira
haqlari, maxsus kiyim-bosh, oziq-ovqat, bolalar bog’chalarda va boshqa
bolalar muassasalarida tarbiyalanganligi uchun va boshqalar.
Ish haqining belgilangan vaqtda berilmaslik hollari mavjudligi, agar
shunday holatlar bo’lsa, uning sabablari (o’z vaqtida moliyalashtirilmaganlik,
hujjatlarni bankka o’z vaqtida taqdim qilmaslik va boshqalar)ni aniqlash
zarur.