MEHNAT QO‘SHIQLARI VA TERMALAR (Lirik tur haqida ma’lumot, Mehnat qo‘shiqlari, ularning turlari, Termalar va ularning o‘ziga xos xususiyati)

Yuklangan vaqt

2024-05-23

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

7

Faytl hajmi

21,7 KB


Ilmiybaza.uz 
 
 
 
 
 
MEHNAT QO‘SHIQLARI VA TERMALAR 
 
 
Reja:  
1. Lirik tur haqida ma’lumot. 
2. Mehnat qo‘shiqlari, ularning turlari 
3. Termalar va ularning o‘ziga xos xususiyati 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Ilmiybaza.uz MEHNAT QO‘SHIQLARI VA TERMALAR Reja: 1. Lirik tur haqida ma’lumot. 2. Mehnat qo‘shiqlari, ularning turlari 3. Termalar va ularning o‘ziga xos xususiyati
Ilmiybaza.uz 
 
 
1. Tayanch so`zlar: Lirika – lira deb atalgan qadimgi yunon musiqa 
asbobining nomidan olinganligi, Dehqonchilik bilan bog‘liq qo‘shiqlar. 
Chorvachilik bilan bog‘liq qo‘shiqlar. Hunarmandchilik bilan bog‘liq qo‘shiqlar, 
1908-yilda Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li «Chigirtka» nomli termasi. 
1. Lirik tur haqida ma’lumot. Lirika – lira deb atalgan qadimgi yunon 
musiqa asbobining nomidan olingan bo‘lib, -badiiy adabiyotda inson his-tuyg‘usini, 
ichki kechinmalarini ifodalovchi asarlar nazarda tutiladi. Ma’lumki, hayotda turli 
voqea-hodisalar ro‘y beradi. Lirik asarlarda ana shu turmush lahzalari ta’sirida shaxs 
qalbida paydo bo‘lgan kechinmalar ifodalanadi. Ana shu xususiyati bilan lirika 
eposdan farqlanadi.  
Xalq og‘zaki ijodidagi har bir lirik qo‘shiq qachonlardir dil so‘zlarini aytish 
bilan ruhiy olamidagi o‘zgarishlarni bildirmoqchi bo‘lgan yigit-qizlarning qalb 
daftaridagi muhrlangan misralardan iborat. Hatto bolalar folkloriga mansub allalarni 
olasizmi, “Boychechak”, “Oftob chiqdi olamga” qo‘shiqlarini olasizmi, lirik asarlar 
talabiga javob berishi shart deb hisoblash kerak. 
O‘zbek folklorshunosligida lirik tur janrlari ko‘pchilikni tashkil etadi va 
ularning ibtidosi marosim lirikasiga bevosita va bilvosita bog‘lanadi.  
2. Mehnat qo‘shiqlari, ularning turlari. O‘zbek xalqi tarixini shartli ravishda 
mehnat qilish tarixidan iborat deyish mumkin. O‘zbeklar to‘y marosimlarini, gap-
gashtaklarni, sayillarni, turli bayramlarni o‘tkazishda o‘ta tashkilotchi va ijodkor 
xalq sifatida shuhrat topgan. Dam olish, hordiq chiqarishni o‘rniga qo‘ygan xalq, 
odatda, mehnat qilishni ham biladi. 
Mehnat qo‘shiqlari o‘z tarkibida bir necha janrlardan iborat bo‘ladi. Har bir 
janrni bevosita mehnatning qaysi turi bilan band bo‘lish belgilaydi. Xususan, o‘rmak 
qo‘shig‘i gilam to‘qishda aytilar ekan, aynan shu namuna kashta tikuvchi, qo‘sh 
haydovchi shaxs tomonidan ijro etilmaydi. Ya’ni har bir mehnat sohasi o‘zining 
maxsus qo‘shig‘iga egaligi bilan ajraladi. Shuningdek, ko‘p qo‘shiqlarda ish 
qurollariga murojaat qilish odati bor. Bug‘doy yanchayotgan dehqon ho‘kizi bilan 
tillashadi, un chiqarayotgan ayol yorg‘ichoqqa murojaat qilishi mumkin. Binobarin, 
Ilmiybaza.uz 1. Tayanch so`zlar: Lirika – lira deb atalgan qadimgi yunon musiqa asbobining nomidan olinganligi, Dehqonchilik bilan bog‘liq qo‘shiqlar. Chorvachilik bilan bog‘liq qo‘shiqlar. Hunarmandchilik bilan bog‘liq qo‘shiqlar, 1908-yilda Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li «Chigirtka» nomli termasi. 1. Lirik tur haqida ma’lumot. Lirika – lira deb atalgan qadimgi yunon musiqa asbobining nomidan olingan bo‘lib, -badiiy adabiyotda inson his-tuyg‘usini, ichki kechinmalarini ifodalovchi asarlar nazarda tutiladi. Ma’lumki, hayotda turli voqea-hodisalar ro‘y beradi. Lirik asarlarda ana shu turmush lahzalari ta’sirida shaxs qalbida paydo bo‘lgan kechinmalar ifodalanadi. Ana shu xususiyati bilan lirika eposdan farqlanadi. Xalq og‘zaki ijodidagi har bir lirik qo‘shiq qachonlardir dil so‘zlarini aytish bilan ruhiy olamidagi o‘zgarishlarni bildirmoqchi bo‘lgan yigit-qizlarning qalb daftaridagi muhrlangan misralardan iborat. Hatto bolalar folkloriga mansub allalarni olasizmi, “Boychechak”, “Oftob chiqdi olamga” qo‘shiqlarini olasizmi, lirik asarlar talabiga javob berishi shart deb hisoblash kerak. O‘zbek folklorshunosligida lirik tur janrlari ko‘pchilikni tashkil etadi va ularning ibtidosi marosim lirikasiga bevosita va bilvosita bog‘lanadi. 2. Mehnat qo‘shiqlari, ularning turlari. O‘zbek xalqi tarixini shartli ravishda mehnat qilish tarixidan iborat deyish mumkin. O‘zbeklar to‘y marosimlarini, gap- gashtaklarni, sayillarni, turli bayramlarni o‘tkazishda o‘ta tashkilotchi va ijodkor xalq sifatida shuhrat topgan. Dam olish, hordiq chiqarishni o‘rniga qo‘ygan xalq, odatda, mehnat qilishni ham biladi. Mehnat qo‘shiqlari o‘z tarkibida bir necha janrlardan iborat bo‘ladi. Har bir janrni bevosita mehnatning qaysi turi bilan band bo‘lish belgilaydi. Xususan, o‘rmak qo‘shig‘i gilam to‘qishda aytilar ekan, aynan shu namuna kashta tikuvchi, qo‘sh haydovchi shaxs tomonidan ijro etilmaydi. Ya’ni har bir mehnat sohasi o‘zining maxsus qo‘shig‘iga egaligi bilan ajraladi. Shuningdek, ko‘p qo‘shiqlarda ish qurollariga murojaat qilish odati bor. Bug‘doy yanchayotgan dehqon ho‘kizi bilan tillashadi, un chiqarayotgan ayol yorg‘ichoqqa murojaat qilishi mumkin. Binobarin,
Ilmiybaza.uz 
 
mehnat qo‘shiqlarining ichki turlarini matnda esga olingan ish quroli vositasida ham 
aniqlash imkoni bor. Yana bir xususiyatni eslab o‘tish joiz. Mehnat qo‘shiqlari uzoq 
muddat davomidagi ishni bajarishda o‘ziga xos vosita bo‘lgani sababli ularda qayta-
qayta bir matnni takrorlash, ish qilayotgan odamning sergakligini oshirish 
maqsadida turli xitoblarga murojaat qilish ham an'ana hisoblanadi. 
Folklorshunos Bahodir Sarimsoqov mehnat qo‘shiqlarini o‘rganish tahlil 
qilishning qulayroq yo‘lini belgilash maqsadida ularni quyidagi turlarga bo‘lishni 
ma’qul topgan: 
2. Dehqonchilik bilan bog‘liq qo‘shiqlar. 
3. Chorvachilik bilan bog‘liq qo‘shiqlar. 
4. Hunarmandchilik bilan bog‘liq qo‘shiqlar1. 
Keltirib o‘tilgan tasnif mehnat turlariga ko‘ra amalga oshirilgan. O‘z navbatida 
ularning har biri ma’lum ichki bo‘linmalardan tashkil topdi. 
Xalqning dehqonchilik bilan qo‘shiqlarining yorqin misoli sifatida Qo‘sh 
qo‘shig‘ni keltirish mumkin, Qo‘sh qo‘shiqlarida dehqonning mashaqqatli mehnati 
va bu mehnatni oz bo‘lsada oson qilgan hukizidan minnatdorligi, ana shu ho‘kizini 
olqishlab, maqtash davomida o‘z ishidan mamnuniyat sezish ham ifoda etilgan: 
  
 
Enib kelding ekishdan, 
  
 
To‘rt oyog‘ing kumishdan. 
Yoki 
  
 
Tarlon tayog‘im hayda, 
  
 
Temir tuyog‘im hayda. 
  
 
Ishni tamom qilmasang, 
  
 
Jonimga arom qayda. 
Qo‘sh ishlarini yakunlab yerga baraka urug‘lari qadalgach, bu orada bahor 
ham ancha amalga kirib, gulu –lolalar ochilib Navro‘z bayrami, Lola sayli, gul 
bayramilariga ulanib ketadi. Lola sayli va qizil gul bayramlarida aytiluvchi 
qo‘shiqlarni ham, ko‘klam paytidagi sog‘in qo‘shiqlarini ham keng ma'noda 
                                                           
1 Саримсоқов Б. Қўшиқлар / Ўзбек халқ оғзаки поэтик ижоди. - Т.: Ўқитувчи, 1990. – Б. 
144. 
Ilmiybaza.uz mehnat qo‘shiqlarining ichki turlarini matnda esga olingan ish quroli vositasida ham aniqlash imkoni bor. Yana bir xususiyatni eslab o‘tish joiz. Mehnat qo‘shiqlari uzoq muddat davomidagi ishni bajarishda o‘ziga xos vosita bo‘lgani sababli ularda qayta- qayta bir matnni takrorlash, ish qilayotgan odamning sergakligini oshirish maqsadida turli xitoblarga murojaat qilish ham an'ana hisoblanadi. Folklorshunos Bahodir Sarimsoqov mehnat qo‘shiqlarini o‘rganish tahlil qilishning qulayroq yo‘lini belgilash maqsadida ularni quyidagi turlarga bo‘lishni ma’qul topgan: 2. Dehqonchilik bilan bog‘liq qo‘shiqlar. 3. Chorvachilik bilan bog‘liq qo‘shiqlar. 4. Hunarmandchilik bilan bog‘liq qo‘shiqlar1. Keltirib o‘tilgan tasnif mehnat turlariga ko‘ra amalga oshirilgan. O‘z navbatida ularning har biri ma’lum ichki bo‘linmalardan tashkil topdi. Xalqning dehqonchilik bilan qo‘shiqlarining yorqin misoli sifatida Qo‘sh qo‘shig‘ni keltirish mumkin, Qo‘sh qo‘shiqlarida dehqonning mashaqqatli mehnati va bu mehnatni oz bo‘lsada oson qilgan hukizidan minnatdorligi, ana shu ho‘kizini olqishlab, maqtash davomida o‘z ishidan mamnuniyat sezish ham ifoda etilgan: Enib kelding ekishdan, To‘rt oyog‘ing kumishdan. Yoki Tarlon tayog‘im hayda, Temir tuyog‘im hayda. Ishni tamom qilmasang, Jonimga arom qayda. Qo‘sh ishlarini yakunlab yerga baraka urug‘lari qadalgach, bu orada bahor ham ancha amalga kirib, gulu –lolalar ochilib Navro‘z bayrami, Lola sayli, gul bayramilariga ulanib ketadi. Lola sayli va qizil gul bayramlarida aytiluvchi qo‘shiqlarni ham, ko‘klam paytidagi sog‘in qo‘shiqlarini ham keng ma'noda 1 Саримсоқов Б. Қўшиқлар / Ўзбек халқ оғзаки поэтик ижоди. - Т.: Ўқитувчи, 1990. – Б. 144.
Ilmiybaza.uz 
 
Navro‘z qo‘shiqlari turkumiga kiritish mumkin. Chunki bu qo‘shiqlarning barchasi 
bahor qo‘shiqlari hisoblanadi. Xuddi shu kabi chorvachilik bilan bog‘liq qo‘shiqlar 
va hunarmandchilik bilan bog‘liq qo‘shiqlarni ham ko‘rib chiqish mumkin.  
3. Termalar va ularning o‘ziga xos xususiyati. Xalq og‘zaki ijodida qo‘shiq 
va doston o‘rtasida vujudga kelgan bir janr bor. Unda qo‘shiqdagi lirik ifoda, ayni 
paytda epik bayon qilish xususiyati uyg‘un namoyon bo‘ladi. Bunday asarlarga xalq 
terma deb nom bergan. So‘zning lug‘aviy ma’nosi ko‘pdan terib olingan, ajratib 
saralangan tushunchalarini beradi. O‘zbek folklorining yirik tadqiqotchisi filologiya 
fanlari doktori, professor To‘ra Mirzayev termalar janriga shunday ta’rif beradi: 
«Pand-nasihat, odob-axloq, soz va so‘z haqida yaratilgan, ijtimoiy hayotdagi turli 
hodisalar, shaxs va jonivorlarning ta’rifi va tanqidiga bag‘ishlangan, baxshilar 
tomonidan kuylanadigan 10-12 satrdan 150-200, ba’zan undan ham ortiq 
misralargacha bo‘lgan lirik, liro-epik she’rlarga terma deyiladi»2. 
Ta’rifda diqqatni jalb qiluvchi bir nechta fikriy nuqtalar bor. Avvalo, termalar 
mavzu jihatdan, ko‘pincha, pedagogik ahamiyatni nazarda tutgan hayotiy lavhalar 
bayonidan iborat bo‘ladi. Ikkinchidan, ularda yozma mumtoz adabiyotdagi qasida 
vazifasi bajariladi. Ya’ni ayrim shaxslar, do‘mbira, ot yoki yana nimalargadir she’r 
maqtovlar bag‘ishlanadi. Uchinchidan, termalar lirik parchalardan tashkil topishi 
mumkin. Demak, bunday termalarda ijrochining bosh maqsadi his, tuyg‘u, ichki 
kechinmalar ifodasiga qaratiladi. To‘rtinchidan, liro-epik she’rlardan iborat 
bo‘lganda, voqealar bayoni his-tuyg‘u vositasida aks etadi. Va, nihoyat, hajmi 10-
12 va 150-200 misra atrofida, ya’ni ijrochi baxshining xohishi bilan belgilanadi. 
Filologiya fanlari doktori, professor Abiyr Musaqulov esa xalq termalarining 
estetik ahamiyatiga diqqat qilib shunday deydi: «Termalar o‘zbek folklori 
estetikasini o‘rganish uchun g‘oyat muhim manbadir. Go‘zallik va xunuklik, baxt va 
baxtsizlik haqidagi termalar fikrimizga dalil bo‘la oladi»3. Mazkur mulohaza 
muallifi termalarning xalq ommasi orasidagi haqiqiy insoniy fazilatlarni targ‘ib 
qilish quroli ekanini alohida ta'kidlamoqda. So‘z san'atining bosh vazifasi ham 
                                                           
2 Мирзаев Т. Ўзбек халқ оғзаки поэтик ижоди. - Т.: Ўқитувчи, 1990. – Б. 169. 
3 Мусақулов А. Ўзбек фольклори очерклари. I том. - Т.: Фан, 1988. – Б. 269. 
Ilmiybaza.uz Navro‘z qo‘shiqlari turkumiga kiritish mumkin. Chunki bu qo‘shiqlarning barchasi bahor qo‘shiqlari hisoblanadi. Xuddi shu kabi chorvachilik bilan bog‘liq qo‘shiqlar va hunarmandchilik bilan bog‘liq qo‘shiqlarni ham ko‘rib chiqish mumkin. 3. Termalar va ularning o‘ziga xos xususiyati. Xalq og‘zaki ijodida qo‘shiq va doston o‘rtasida vujudga kelgan bir janr bor. Unda qo‘shiqdagi lirik ifoda, ayni paytda epik bayon qilish xususiyati uyg‘un namoyon bo‘ladi. Bunday asarlarga xalq terma deb nom bergan. So‘zning lug‘aviy ma’nosi ko‘pdan terib olingan, ajratib saralangan tushunchalarini beradi. O‘zbek folklorining yirik tadqiqotchisi filologiya fanlari doktori, professor To‘ra Mirzayev termalar janriga shunday ta’rif beradi: «Pand-nasihat, odob-axloq, soz va so‘z haqida yaratilgan, ijtimoiy hayotdagi turli hodisalar, shaxs va jonivorlarning ta’rifi va tanqidiga bag‘ishlangan, baxshilar tomonidan kuylanadigan 10-12 satrdan 150-200, ba’zan undan ham ortiq misralargacha bo‘lgan lirik, liro-epik she’rlarga terma deyiladi»2. Ta’rifda diqqatni jalb qiluvchi bir nechta fikriy nuqtalar bor. Avvalo, termalar mavzu jihatdan, ko‘pincha, pedagogik ahamiyatni nazarda tutgan hayotiy lavhalar bayonidan iborat bo‘ladi. Ikkinchidan, ularda yozma mumtoz adabiyotdagi qasida vazifasi bajariladi. Ya’ni ayrim shaxslar, do‘mbira, ot yoki yana nimalargadir she’r maqtovlar bag‘ishlanadi. Uchinchidan, termalar lirik parchalardan tashkil topishi mumkin. Demak, bunday termalarda ijrochining bosh maqsadi his, tuyg‘u, ichki kechinmalar ifodasiga qaratiladi. To‘rtinchidan, liro-epik she’rlardan iborat bo‘lganda, voqealar bayoni his-tuyg‘u vositasida aks etadi. Va, nihoyat, hajmi 10- 12 va 150-200 misra atrofida, ya’ni ijrochi baxshining xohishi bilan belgilanadi. Filologiya fanlari doktori, professor Abiyr Musaqulov esa xalq termalarining estetik ahamiyatiga diqqat qilib shunday deydi: «Termalar o‘zbek folklori estetikasini o‘rganish uchun g‘oyat muhim manbadir. Go‘zallik va xunuklik, baxt va baxtsizlik haqidagi termalar fikrimizga dalil bo‘la oladi»3. Mazkur mulohaza muallifi termalarning xalq ommasi orasidagi haqiqiy insoniy fazilatlarni targ‘ib qilish quroli ekanini alohida ta'kidlamoqda. So‘z san'atining bosh vazifasi ham 2 Мирзаев Т. Ўзбек халқ оғзаки поэтик ижоди. - Т.: Ўқитувчи, 1990. – Б. 169. 3 Мусақулов А. Ўзбек фольклори очерклари. I том. - Т.: Фан, 1988. – Б. 269.