Mehnat resurslarini boshqarishda strategik menejmentning vazifalari
Yuklangan vaqt
2024-02-15
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
17
Faytl hajmi
58,6 KB
3
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
SIRTQI FAKULTETI
«IQTISODIYOT, BOSHQARUV, SOLIQLAR VA SUG’URTA»
KAFEDRASI
“STRATEGIK MENEJMENT”
fanidan
MUSTAQIL ISH
Mavzu: Mehnat resurslarini boshqarishda strategik menejmentning
vazifalari
Tayyorladi:
Toshkent-2021
4
Mavzu: Mehnat resurslarini boshqarishda strategik menejmentning vazifalari
Reja;
Kirish
1. Strategik boshqarishning maqsadi va uning turlari
2. Innovatsion strategiyalarni samarali boshqarishning o’ziga xos xususiyatlari.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
5
KIRISH
Marketing tadqiqotlari bag’rida vujudga kelgan tovarlar, talab va
texnologiyalarning yashash davralari qisqa vaqt ichida iqtisodiy ob’ektlar,
jarayonlar va tizimlarni o’rganishda ustuvor holatni egallaganlar. Misol uchun,
tashkilotlar, sanoat ishlab chiqarishi sohalari, texnik buyumlar, qurilish
konstruktsiyalari, mashinalar va mexanizmlar yashash davralari kontseptsiyasi
ancha rivojlanganlar.
Innovatsion faoliyatni strategik nuqtai nazardan o’rganish uchun yangi tovar,
yangi texnika va texnologiyalar, hamda ochiq tizimlar sifatidagi innovatsion
tashkilotlarning yashash davralari eng katta ahamiyatga ega.
“ Biz uchun asosiy vazifa – ishlab chiqarishni texnik va texnologik jihatdan
uzluksiz yangilab borish, doimiy ravishda ichki imkoniyat va zaxiralarni izlab
topish, iqtisodiyotda chuqur tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish, sanoatni
modernizatsiya va diversifikatsiya qilishni izchil davom ettirishdan iborat bo’lishi
zarur.
Ayni shunday yangicha qarash va harakatlar butun faoliyatimizning negizini
tashkil etishi shart.
Bozor iqtisodiyoti shiddat bilan rivojlanib borayotgan bir paytda boshqaruv
faoliyatida, ayniqsa, korxonalar faoliyatini boshqarishda innovatsion strategik
faolyatini samarali olib borish orqali yuqori daromad olish hamda shu yo’l bilan
bozor iqtisodiyotida raqobatda “omon” qolish masalasi bugungi kunda har bir
korxona oldida turgan eng muhim vazifalardan biri bo’lib qolmoqda.
6
1reja. Strategik boshqarishning maqsadi va uning turlari.
Maqsad va vazifalarni aniqlash uchta kichik jarayonlardan iborat. Birinchi kichik
jarayon firmaning vazifasini aniqlashdan iborat. Bu vazifa firmaning faoliyat yuritishini
mazmunini ifodalaydi va bu tashkilotda ishlovchi odamlarga ularning joriy hatti-
harkatlariga istiqbol nuqtai nazaridan ma’lum ma’no, mazmun berish imkoniyatiga ega.
Tashkilot faoliyatiga manfaatlari ta’sir etuvchi odamlar guruhi (demakki, firma
vazifalari aniqlanishida hisobga olinishi lozim manfaatlar egalari) bo’lib tashkilot
egalari (ta’sischilari) xodimlari, tashkilot mahsulotlarini sotib oluvchilar, firmaning
hamkorlari, mahalliy jamoat va butun jamiyat hisoblanadi.
Vazifada har bir sub’ekt manfaatlarining namoyon bo’lish darajasi bevosita
tashkilot katta-kichikligiga, qaysi biznes turi bilan shug’ullanishiga, qaerda
joylashganligiga va h.klarga bog’likdir. Keyin uzoq muddatli maqsadlarni aniqlash
kichik jarayoni boshlanadi. Strategik boshqaruvning ushbu qismi qisqa muddatli
maqsadlarni aniqlash bilan tugallanadi.
Firma maqsad va vazifalarini aniqlash firma nima uchun faoliyat yuritayotganligi
va 13 nimaga erishmoqchiligi aniqlanishiga olib keladi. Buni bilib esa qzini tutish
strategiyasini to’g’ri tanlash mumkin. Vazifa o’zida nimani va qanday muddatlarda
tashkilot qilishi lozimligi hakida aniq ko’rsatmalarni mujassamlantirmasligi lozim. U
tashkilot harakatining asosiy yo’nalishlarini ko’rsatadi.
Evropa, va ayniqsa, Amerika korxona va tashkilotlari potentsial xaridorlar hamda
o’ziga nisabatan jamiyatning yaxshi munosabatini mustaxkamlash uchun o’zaro
raqobatlashish jarayonida maksimal darajada shaffof bo’lishga harakat qiladilar.
Vazifani shakllantitrish korxonaning xaqiqiy maqsadlari xaqida o’ylantirishini amaliyot
ko’rsatmoqda, shuning uchun bu dastak eng avvalo, rahbarlarni qiziqtirish lozim.
Vazifa shunday shakllantirishi lozimki, uni tashqi muhitda sifat va ishonchlilik
jihatidan boshqalardan ajratib turuvchi tashkilotning joriy yutuqlarini aks ettirsin va
kelajakdagi intilishlarini ifoda etsin. Bunda vazifa strategik muljallarni aniqlaydi va
taktik yo’nalishlarni kqrsatadi, ular, o’z navbatida, tashkilot ichki muhiti uchun o’ziga
xos vazifa bo’ladi.
7
Kompaniya vazifasini quyidagi formula orqali ifodalash mumkin: Kompaniya
vazifasi=tasavvur+kredo. «Tasavvur» atrofdagilar tasavvurida kompaniya qiyofasini
shakllantirishga yo’naltirilgan. Uning asosini kompaniyaning bozordagi obrqsi (joriy
yutuqlar) va kompaniya qziga tashqi muhitda ta’minlanmoqchi bo’lgan imidj
(kelajakdagi intilish) tashkil etadi.
Tasavvurning asosiy mazmuni «Bu qanday tashkilot»? savoliga javobdan iborat.
Bu erda, odatda, kompaniya faoliyatining sohasi, asosiy tovar va xizmatlari, iste’molchi
guruhlar, faoliyatning geografik joylashuvi kabi tushunchalar beriladi. «Kredo», o’z
navbatida, kompaniyaga ichki butunlikni beradi va xodimlarda umumkorporativ
maqsadlarga erishish qiziqishini oshirishga mo’ljallangan.
U kompaniyaning dunyoqarashini (strategik mqljallar) va asosiy qarash, nuqtai
nazarini (taktik yqnalishlar) ifodalaydi. Kredo «Tashkilot nimaga intilmoqda»? savoliga
javob beradi. Bu erda asosiy e’tibor falsafa, boyliklar tizimi, ichki madaniyat,
raqobatbardoshlik asosiga qaratiladi. Yuqorilardan kelib chiqqan holda korxona yoki
tashkilot vazifasining asosini tashkil etishi lozim bo’lgan asosiy unsurlarni ajratish
mumkin. Bular: nom va status; tovar yoki xizmat; strategik mqljal; manfaatdor guruhlar;
raqobatbardoshlik asosi.
Vazifa unsurlarining ketma-ketligi va mazmuni, shuningdek vazifa shakli, ancha
o’zgarishi mumkin va ko’p omillarga bog’lik. Har qanday holatda ham vazifa ifodasi
korxona tarixi, obro’si va imidji bilan muvozanatda bqlishi lozim. Bunda
iste’molchilarga o’z «va’dalar»ini aytish oldin, iqtisodiy sub’ekt ularni bajarish 14
uchun o’z kuchi va resurslarining etarliligini baholashi kerak. Maq-sadlar eng kamida
realistik va erishiladigan bo’lishi lozim. Rejalashtirishning zamonaviy nazariyasida har
bir korxona o’zining asosiy maqsadlarini aniqlaydigan faoliyatning sakkizta asosiy soha
ajratiladi. Bularkorxonaning bozor o’rni, innovatsion faoliyat, ishlab chiqarish darajasi,
ishlab chiqarish resurslarining mavjudligi, barqarorlik darajasi, boshqarish tizimi,
personal malakasi va ijtimoiy javobgarlik. Ushbu sohalar doirasida foyda-lilik,
moliyaviy barqarorlik, bozor ulushining o’sishi, ilmiy tekshiruvlar, resurs ta’minoti,
diversifikatsiya, ishlab chiqarish samaradorligi, mahsulot va xizmatlar sifati, menejment
8
tizimining rivojlanishi, xalqaro kompaniyaga aylanishi va h.klar kabi asosiy maqsadlar
ajratiladi.
U yoki bu korxona ko’zlagan maqsadlar individual xarakterga ega va qaysi
tarmoqqa tegishliligi, korxona turi, bozordagi pozitsiya, mos etkazib beruvchilar, xom
ashyo manbalari va h.klar singari omillarga bog’liqdir. Shu bilan birga maqsadlarni
shakllantirishning ba’zi umumlashtiruvchi tamoyillar xaqida gapirish imkonini beruvchi
qator tashqi makroiqtisodiy omillarni ajratish mumkin. Hozirgi korxonalar oldida
tekshiruvlar va ilmiy yangiliklarni tadbiq qilish sohasidaga maqsadlar turibdi. Biznes
globalizatsiyasi korxonalarni milliy va xalqaro manfaatlarni hisobga olishga majbur
qilayapti.
Vazifa va maqsadlar aniqlanganidan so’ng strategiyani tanlash va tahlil qilish
bosqichi boshlanadi, ya’ni strategik boshqaruvning o’zagi. Strategiyani tanlash, uni
amalga oshirish, amalga oshirishini baholash hamda nazorat qilish. Strategiyani amalga
oshirish jiddiy jarayon hisoblanadi, chunki aynan u muvaffaqiyatli bajarish holatida
firmani qo’yilgan maqsadlarga erishishi uchun imkoniyat yaratadi. Ko’p holatlarda
firmalar o’zi tanlagan strategiyani amalga oshira olmaydilar. Bu yoki noto’g’ri tahlil
o’tkazilishi va notqg’ri xulosalar qilinishi natijasida vujudga keladi, yoki tashqi muhitda
ko’zda tutilgan o’zgarishlar sodir bqlishi natijasida vujudga keladi. Biroq strategiya
bajarilmasligining asosiy sababi boshqaruvni firma potentsialini strategiyani realizatsiya
qilishga etarli darajada jalb qila olmasligidandir. Ushbu bosqich qqyilgan maqsadlarga
qaysi eng samarali usul bilan erishish mumkin va buning uchun nima qilish zarur degan
savolga javob berish imkonini beradi. Bitta maqsadga turli usullar bilan erishish mumkin
bqlganligi uchun strategiyani tanlash bosqichini kqzlangan manzilga etib borishning
marshruti va harakat vositasini tanlash kabi belgilash mumkin. Buning uchun iqtisodiy
nazariyada strategiyalar xaritasi (tizimi) va strategik harakatning mexanizm (modellari)
rqyxati mavjud.
Strategiyalar tizimi strategik qarorlarni qabul qilishning uch darajasi, bosqichini
qz ichiga oladi:
1) umumiy yoki korporativ. Korporativ strategiya korxona umumiy
9
rivojlanishining yqnalishini kqrsatadi. Bu bosqichda sub’ekt iqtisodiy faoliyatining
shakl va turlari majmuasi xaqida qaror qabul qilinadi. Bu erda qushilish, sotib olish yoki
biznesning biron turidan chiqish xaqidagi savollar, masalalar hal qilinadi.
2) ishbilarmon yoki raqobat. Ishbilarmon strategiyalar (biznes rejalarda
ifodalanadi) tanlangan (korporativ bosqichda) tovar bozorida raqobat ustunliklariga
erishish usulini ta’riflab beradi. Ushbu strategiya alohida tovar va xizmatlarni raqobat
pozitsiyasini yaxshilashga yqnaltiriladi. Bu erda yangi mahsulotlarni ishlab chiqarish
bqyicha istiqbollar kqrib chiqiladi va mavjud istiqbolsiz tovarlardan voz kechish
masalalari kqrib chiqiladi, ma’lum tovar bozori yoki bozor segmentidagi ishlab
chiqarish, baho reklama, sotish va shu kabi siyosatlar aniqlashtiriladi.
3) Funktsional. Funktsional strategiyalar bqlim va xizmatlar harakatlarini
korxonaning ishlab chiqarish bqlinmalari darajasida aniqlashtiradi. Ishlab chiqarish,
marketing, moliya va personal koporativ va ishbilarmon strategiyalarga erishishning qz
usulini rejalashtiradilar.
Misol uchun, ishlab chiqarish sohasidagi funktsional strategiya yaroqsiz
mahsulotni ishlab chiqarmaslik, xom ashyo yqqotishlarini kamaytirish va boshqalardan
iborat bqlishi mumkin. Strategiyani tahlil qilish va tanlash bosqichida bajariluvchi
chora-tadbirlarni umumlashtirgan holda sxematik tarzda kqrsatish va korxona
strategiyasini «realizatsiya qilish» uchun dastlabki ma’lumotlar sifatida olinishi lozim
bqlgan natijalarni ajratish mumkin.
Kompaniya missiyasi va strategik qarashlarni belgilash Chizmadan ko’rinib
turibdiki, strategiyani tahlil qilish va tanlash bosqichi strategik harkatni ishlab chiqish
jarayonida markaziy bug’in hisoblanadi. Bu erda korxona rivojlanishining istiqbolli
yo’nalishlariga mablag’larni qqyishi bqyicha muhim strategik qarorlar qabul qilinadi va
investitsiyalar kamay-tiriluvchi biznessohalar ajratiladi.
Strategiyalar amalga oshirilishini baholash va nazorat qilish strategik
boshqaruvda bajariluvchi mantiqiy oxirgi jarayon hisoblanadi. Mazkur jarayon tashkilot
maqsadlari qrtasidagi barqaror teskari aloqani ta’minlaydi. Nazoratning asosiy vazifalari
bqlib quyidagilar hisoblanadi: nimani va qanday kqrsatkichlar bqyicha tekshirishni
10
aniqlash; qabul qilingan standartlar, me’yorlar yoki boshqa kqrsatkichlarga muvofiq
nazorat qilinuvchi ob’ekt holatini baholashni amalga oshirish; o’tkazilgan baholash
natijasida aniqlangan chetga chiqishlar sabablarini aniqlash; agar zarur va mumkin bqlsa
tuzatishni amalga oshirish.
Starategik nazorat strategiyani amalga oshirish qay darajada firma maqsadlariga
16 erishishga olib kelishishni aniqlashga yqnaltirilgan. Bu strategik nazoratni boshqaruv
yoki operativ nazoratdan ajratib turadi, chunki uni strategik rejani bajarish strategiyani
amalga oshirish yoki alohida ishlar, funktsiyalar va operatsiyalarni bajarishning
tug’riligi qiziqtirmaydi. Strategik nazorat kelgusida qabul qilingan strategiyalarni
realizatsiya qilish mumkinligiga va ularning amalga oshirilish qo’yilgan maqsadlarga
erishilishiga olib kelishiga qaratiladi. Strategik nazorat natijalari bqyicha tuzatishlar ham
strategiyalar, ham maqsadlarga tegishli bqlishi mumkin.
Nazoratning asosiy maqsadlari qarorlar qabul qilish va bajarishning birligini
ta’minlanishdan, mumkin bqlgan xatolarni oldindan kqra olish va oldini olishdan,
belgilangan yqnalishdan chetga chiqishlarni qz vaqtida aniqlashdan, belgilangan
muddatlarda qqyilgan maqsadlarga samarali erishishdan va h.k.lardan iborat.
Nazoratning asosiy maqsadi esa qarorlarni qabul qilish tizimini yaxshilash
imkonini beruvchi ichki zaxiralarni aniqlash va korxonani boshqarish samaradorligini
oshirish yqllarini izlashdir. Adabiyotda nazoratning dastlabki, yqnaltirilgan va natijaviy
asosiy usullari ajratiladi. Dastlabki, nazoratning asosiy maqsadi strategiya va
maqsadlarni shakllantirishning tqg’riligini belgilashdan iborat. Strategik boshqaruv
kontseptsiyasiga muvofiq dastlabki nazorat bosqichidan keyin kutilmagan qzgarishlarni
hisobga olgan holda strategiyani amalga oshirishni boshqarish boshlanadi. Bu erda
yqnaltiruvchi nazorat usulidan foydalaniladi. Strategiya bajarildi deb hisoblanganda
olingan natijalar bqyicha natijaviy nazorat amalga oshiriladi. Nazoratning bu turi
qqyilgan maqsad va vazifalarga erishish samaradorligini baholash va tahlil qilishga
yqnaltirilgan. Ushbu tahlil natijalariga bog’lik holda strategik boshqaruv jarayoni yoki
strategiyaga tuzatishlarni kiritish uchun «vazifalarni qqyish» bosqichiga qaytadi, yoki
yangi strategik harakatni ishlab chiqish uchun rivojlanishning keyingi darajasiga utadi.
11
Shu bilan strategik harakatni ishlab chiqish jarayoni tugadi deb hisoblash mumkin keyin
ishlab chiqilgan strategiyani bajarish bosqichi keladi. bu borada G.Mintsberg «ongli»
(rejalashtirilgan) va «vujudga keluvchi» (amalga oshiriluvchi) strategiyalarni ajratadi.
Ongli va vujudga keluvchi strategiyalar (G.Mintsberg buyicha). G.Mintsberg
g’oyasi shundan iboratki, rejalashtirilgan strategiyaning bir qismini har doim amalga
oshirish imkoni bqlmaydi. Amalga oshirilganning katta qismi, odatda, boshida
rejalashtirilgan strategiyaga kirmagan, shu sabali uni vujudga keluvchi strategiya deb
nomlagan. Oxir-oqibatda amalga oshirilgan strategiya ongli strategiyaga kiradi.
Boshqacha qilib aytganda, amaliyotda ongli va vujudga keluvchi strategiyalarning
ma’lum kombinatsiyasi amalga oshiriladi.
Yuqorida aytilganlarga asoslangan holda quyidagi asosiy xulosani keltirish
mumkin. korxona strategik harakatini shakllantirishning moxiyati rivojlanish
yqnalishini aniqlashdan, tanlangan mo’ljalga samarali yaqinlashish bqyicha
choratadbirlar tizimini ishlab chiqishdan, shuningdek tanlangan strategiyani amalga
oshirish jarayonini baholash va nazorat qilishdan iborat. 18 Strategiyani boshqarish
ijrochilari Firmaning ijrochi direktori strategiya bo’yicha eng ta’sirli va javobgar
menejer hisoblanadi. Asosiy direktor lavozimi iazifalarini qo’yuvchi funktsiyalarni
bajarishni ko’zda tutadi. U maqsadlarni belgilaydi, strategiya-ni, uni bajarish yo’llarini
ishlab chiqadi. Ishlab chiqarish, marketing, moliya, xodimlar va boshqa funktsiyalar
bo’yicha vitseprezidentlar ham strategiya ishlab chiqadilar va uni amalga oshirish
bo’yicha javobgar hisoblanadilar. Har bir menejer o’zining javobgarlik sohasi bo’yicha
strategiyani ishlab chiqadi va uning bajarilishini kuzatib boradi.
Diversifikatsiyali kompannyalarda bir necha tarmoqlarda boshqaruv talab etilib,
strategiya bo’yicha menejerlarning 4 darajasi mavjud: -ijrochi direktor yoki yuqori
boshqaruv pog’onasi rahbari; -alohida korxonalarning foyda va zararlari uchun javobgar
menejerlar; -muayyan ishlab chiqarish bo’linmasi bo’yicha funktsional menejerlar; -
asosiy tezkor bo’linmalar va mintaqaviy bo’limlar menejerlari. Xususiy kompaniyalar
va korxonalarda odatda strategiya bo’yicha bitta yoki ikkita menejer bo’ladi Strategik
menejer va qo’yiladigan asosiy talablar.
12
Bugungi kunda murakkab va tez o’zgaruvchan vaziyatda raqobatlashish uchun
firma strategiyani ishlab chiqishini boshqaruvchilarni strategik menejerlarni aniqlab
olishi lozim. Ularning vazifasi butun tashkilot faoliyatining ma’lum bir yo’nalishda
borishini ta’minlashdir (ular kunincha kompleks menejerlar, deb ataladi). Ular
biznesning ayrim fuiktsiyalari (xodimlar, ta’minot, ishlab chiqarish, savdo, mijozlarga
xizmat ko’rsatish, hisob) bajarilishini taminlanishi funktsion menejerlardan farq qiladi
va butun tashkilotni strategik jihatda boshqarib, kompaniyada o’ziga xos o’rin egallaydi.
E.Vrappning fikricha (Chikago universiteti), eng omadli strategik menejerlar quyidagi
hislatlarga ega bo’lishi kerak: -ko’p narsadan yaxshi xabardor bo’lishlari; -o’z vaqti va
kuch-quvvatini boshqara olishlari, -yaxshi siyosatchi bo’lishlari (konsensus topa
olishlari); -ekspertlarga o’xshab «bir narsaga yopishib olmasliklari»; -dasturni xususiy
yo’nalishlarda ilgari sura olishlari lozim. Ko’p narsadan xabardor bo’lish boshqaruvning
turli pog’onalarida keng ko’lamli boshqaruv qarorlarini qabul qila olishga imkon beradi.
Menejerlar tashkilotning turli qismlarida axborot manbalari tarmog’ini tashkil qilishlari
kerak, bu ularga voqelikdan tez xabardor bo’lib turish imkonini beradi. Ular o’z vaqti
va kuch-quvvatini turli ishlar, qarorlar muammolar o’rtasida to’g’ri taqsimlay olishlari
kerak. Shuningdek, qachon javobgarlikni taqsimlash kerakligi, qaysi paytda xususiy
muammolarga aralashish kerakligini bilishlari lozim. 19 Yaxshi siyosatchi o’z fikrlari
asosida konsensus topa olish san’atini egallagan bo’lishi, ularni o’z obro’-e’tibori bilan
ilgari surish uchun tazyiq ko’rsatmasligi kerak. U diktator kabi emas, balki
koalitsiyaning a’zosi yoki rahbari sifatida ish tutishi lozim. O’zgaruvchan dunyo
strategik menejerdan moslashuvchanlikni talab qiladi. U manevrlarga va vujudga kelgan
vaziyatga moslashshpga tayyor turishi kerak. Bu esa firma ma’lum bir maqsadlarsiz ish
yuritsa-da, biroq ularni o’zgartirishga tayyor turishi kerakligini anglatadi.
2-reja. Innovatsion strategiyalarni samarali boshqarishning o’ziga xos
xususiyatlari.
Iqtisodiy rivojlanish xarakteridagi jiddiy o’zgarishlar mamlakat tovarlari
raqobatbardoshligini qo’llab-quvvatlash zarurligi ilmiy tadqiqotlar va ishlab
13
chiqarish larni firmalar va sanoat kompaniyalarida keskin zaruratga aylantirgan.
Xo’jalik yuritishning yangi sharoitlariga moslashish firma faoliyatining ko’pgina
tomonlarini qayta ko’rib chiqishni taqozo etgan.
Korxonalarni boshqarishning asosiga innovatsion strategiyani texnologik
yangilash va ilmiy tadqiqotlar va ishlab chiqarishlarning turli-tuman shakllarini
faollashtirish siyosati qo’yilgan. ITTKI tashkiliy tuzilmasini qaytadan qurish,
tadqiqotlar yo’nalishlari turli-tumanligini kengaytirish, sanoat firmalarining
fundamental tadqiqotlar sohasidagi faollligini oshirish vujudga kelgan.
14
Sanoati rivojlangan mamlakatlarda XX asrning keyingi o’n yilliklarida sanoat
ITTKI milliy ilmiy salohiyatining yirik tashkil etuvchisi va raqobat afzalligining
muhim manbaiga aylangan. Sanoat kompaniyalarida fan yangilik kiritishlarning
asosiy va amalda tugamaydigan manbai sifatida yangiliklarning aniq iste’molchilari
bilan birlashgan. Sanoat sektori doirasida ITTKIning faol kengayishi zarurligi
shunday dalil bilan tasdiqlanadiki, mahsulotlarning ishlab chiqarilishi va sotilishi
orqali ilmiy tadqiqotlar natijalari tijoratlashadi va jamiyatning ehtiyojini
qanoatlantiradi.
ITTKI rivojlanishini boshqarishning yana bir xususiyati boshida novator va
tashkilotchilar turgan ishlarni jamoaviy tashkil etishga suyanishdir.
Innovatsion faoliyat, ayniqsa fundamental va amaliy tadqiqotlarni bajarishda
noaniqlik va xatarning yuqori darajasi bilan ta’riflanadi. Yangilik kiritish loyihasini
tanlash va qarorlar qabul qilishda ham xatar elementi juda katta. U axborotlarning
to’liqligi ko’zda tutilgan loyihaning sifati, qarorlar qabul qilish usullari va
yondashuvlarga bog’liq. Yangi tovarni seriyali ishlab chiqarish zarurati eng kam
bo’ladi. Ammo bozorga chiqish va yangilik kiritish diffuziyasida yangiliklarning
noaniqlik va xatar elementlari yana o’sadi, yangiliklarni sotishning barqaror hajmi
va yuqori raqobatbardoshligida esa kamaya boshlaydi. Keyingilar innovatsiyalar
yashash davrlarining har xil bosqichlarida ularni boshqarish xususiyatlaridir.
Ko’pgina ijodiy g’oyalar bilimlar o’sishining mantiqiy izchil jarayoni va
tafakkurning an’anaviy sharhi bo’lmaydi. Tijorat novatorlik tashkilotlari hamma
vaqt ham beixtiyor ijodiy hodisalarga bog’liqdir. Korxonaning oddiy, an’anaviy
faoliyatida “boshqarish usullari va yondashuvlari tasodifga juda kam joy qoldiriladi,
ammo tadbirkorlik loyihalarining muvaffaqiyati ko’proq darajada bu loyihalar
asoslangan g’oyalar va kontseptsiyalarning sifatiga bog’liq”, - deb yozadi
yangiliklar bo’yicha mashhur mutaxassis Brayn Tviss.
Ilmiy tadqiqotlar bosqichida ayniqsa noan’anaviy boshqaruv yondashuvi
muhimdir. Bunda ijodiy shaxsiy xususiyatlar erkinligi, shaxsiy, guruhli, ijodiy va
15
tadbirkorlik manfaatlarini samarali qidirish va loyihani tanlash vazifasi bilan mos
kelmasligini birga olib borish zarur.
Tadqiqotlar ilmiy bosqichi rahbarining roli ijodiy xodimlarini oddiygina
tanlash, strategik vazifalarni qo’yish va operativ nazorat qilish doirasidan tashqariga
chiqadi. Undan ijodiy axloqiy-psixologik muhitni tashkil qilish, tavakkalchilikni
rag’batlantirish, olimlar o’rtasidagi keng aloqalar va ularning axborotga
egaliklarining yuqori darajasini ta’minlash, erkin ijodiyot, bardoshlilik va
tanqidiylik uchun sharoitlar yaratish talab etiladi.
Olimlar uchun tan olinish va yuqori baho, obro’ va pul mukofoti faoliyatning
muhim mezonlari bo’lib xizmat qiladi.
Muammolarni ijodiy hal etish usullari orasida B. Tviss tahliliy va morfologik
hamda notahlil usullarni ko’rsatadi, ular orasida “aqliy hujum”, fantaziyalar,
metaforalar assotsiatsiyalar, o’xshatishlar va sinektika usullaridai foydalanish
muhim o’rin egallaydi.
Sinektika e’tiqodli tafakkurni bartaraf etish asosida ijodiy jarayonni tashkil
qilishga harakat qiladi. Ijodiy harakatni operatsion boshqarish fundamental,
mantiqiy va ruhiy jarayonlar asosida izohlanadi. Sinektika usullari ixtisoslashgan
ilmiy tashkilotlarda etarlicha keng tarqalgan.
ITTKIni boshqarishda qarorlar qabul qilishning ikki sohasi muhimdir:
loyihalarni tanlash va ishlab chiqarishni yakunlash. Bunda amaliy tadqiqolar uchun
etarlicha yuqori tizimiylik va maqsadga qaratilganlik xosdir. Ammo ularda hali
ham
determinatsiyalanmaganlik
(asoslanmaganlik)
elementi
yuqori.
Muvofiqlashtirilgan portfelni ta’minlovchi loyihalar tanlovi o’tkaziladi, u firma
tomonidan qo’yilgan vazifalarni vaqtning har xil davrlarida resurslardan muvofiq
foydalanish bilan bir vaqtda hal qilish maqsadida shakllantiradi.
Korxonalar
faoliyatida
innovatsion
marketingni
amalga
oshirishda
yangiliklarning sifat ko’rsatkichlari.
Buyumlarning har qanday parametrlari va xususiyatlari innovatsiyalarning
sifat ko’rsatkichlari hisoblanadi. Yangilik kiritishning texnik darajasi haqida to’liq
16
tasavvurga ega bo’lish uchun ko’rsatkichlar, xususiyatlar, ularni o’lchash usuli,
ishlab chiqarish va foydalanish bosqichlari bo’yicha bo’linadi.
Ta’riflarning to’liq bo’lishi uchun tabiiy yoki qiymatli aks ettirishdagi
xususiyatlarning ham mutlaq, ham nisbiy ko’rsatkichlari qo’llaniladi. Shu bilan
birga nisbiy ko’rsatkichlar – odatda eskining mutlaq ko’rsatkichlarining yangi yoki
yaxshilangan namunaga nisbati hamda moddiy iste’mol qilinishi, mehnat iste’mol
qilinishi, quvvatning o’lchov birligiga tannarx, unumdorlikning solishtirma va
xarajat ko’rsatkichlaridir. Bu parametrlar yangilikning texnik darajasi va sifatini
baholashning asosidir.
Agar
yangiliklarning
yakka
(xususiy)
ko’rsatkichlari
faqat
uning
xususiyatlaridan biriga tegishli bo’lsa, majmuaviy ko’rsatkichlar eng muhim
ta’riflar ketma-ketligini etarlicha to’liq aks ettiradi. Bunday mahsulot uchun uning
texnik va texnologik takomilligi yangilikning texnik darajasini eski mahsulotning
asosiy xususiyatlari bilan qiyoslash orqali belgilanadi. Asos sifatida standartlashtirib
ishlab chiqarilayotgan mahsulotning ko’rsatkichlaridan foydalaniladi.
Bunda yangi mahsulot yashash davrining barcha bosqichlari uning yakuniy
bosqichi sotilishi va iste’molida foydalanishga bo’ysunadi. Ushbu nuqtai nazardan
loyihalashtirishga ilmiy-texnik faoliyatning bosqichi sifatida qarash mumkin emas,
chunki ITTKIning barcha bosqichlari yangi tovar namunasining istiqbolli
rivojlanishiga, shu jumladan foydalanish samaradorligiga qaratilgan. Masalan,
texnik - foydalanish omillari zaruriy foydalanish ta’riflarini ta’minlash xarajatlarini
belgilaydi,
yangi
namunaning
vazifaviy
xususiyatlari
esa
mahsulotni
modernizatsiyalash istiqboli va undan foydalanish va uning bozorda bo’la olishi
muddatiga ta’sir ko’rsatuvchi vazifaviy parametrlari (quvvati, ishonchliligi,
unumdorligi, xizmat muddati) ning dinamik zahirasini belgilaydi.
Tashkiliy-iqtisodiy omillar makroiqtisodiy, mikroiqtisodiy va tashkiliy
jihatlarni yangilikni ishlab chiqishning sifati va qiymatiga ta’sirini ta’riflaydi.
Konstruktiv-texnologik omillar mahsulotning zarur ko’rsatkichlariga erishish
xarajatlarini belgilaydi, texnologik ishlab chiqish qiymatini o’z ichiga oladi.
17
Ixtisoslashishni chuqurlashtiruvchi va mahsulotlarning standartlashuvi va
unifikatsiyalashishiga ko’maklashuvchi omillar, ayniqsa ajralib turadi.
Bu ko’rsatkichlar yakka va eng yangi namunalarni tatbiq etishda kichik rol
o’ynaydi, chunki ommaviy ishlab chiqarish uchun qulay sharoitlar yaratiladi. Bu
erda mahsulotning yangiligi, uning texnik va texnologik mukammalligi birinchi
o’ringa chiqadi, yangi model jahon bozoridagi shunday tovarning eng yaxshi
namunalari bilan qiyoslanadi.
Korxonalarda tatbiq etilayotgan yangilikning texnik darajasini baholash
integral yoki o’rtacha o’lchangan ko’rsatkich asosida amalga oshirilishi mumkin.
Bunda asosiy umumlashtiruvchi ko’rsatkich buyumning belgilanishi va iste’mol
bilan bog’liq.
Tatbiq etilayotgan mahsulot sifatining umumlashtiruvchi ko’rsatkichini
hisoblash uchun, odatda, ekspert baholari qo’llaniladi, chunki mavjud axborotlar
miqdoriy moddiy usullarni qo’llash uchun etarli bo’lmaydi.
Sifatning xususiy ko’rsatkichlari salmog’i koeffitsientlarini belgilash
tadbirlari to’rt bosqichdan tashkil topadi. Birinchi bosqichda xususiy ko’rsatkichlar
va ularning salmog’i ko’rsatkichlariga tegishli anketa savollari ishlab chiqiladi.
Ikkinchi bosqichda “ekspertlar jamoasi” tanlab olinadi, bunda uning ishtirokchilari
soni 20 dan kam bo’lmasligi kerak, bu erda buyurtmachilar, ishlab chiqaruvchilar,
menejerlar, marketologlar vakillari bo’lishi kerak.4 So’rov bir necha bosqichlar va
albatta yashirin holda o’tkazilishi mumkin. Har bir bosqichning oxirida olingan
natijalarini muhokama qilish maqsadga muvofiqdir. Natijalar so’rovlarni ehtimolli
usullar yoki tartibga solish usullari: ranjirovkalash (bir qatorga terish), bevosita
baholash, izchil solishtirish, preferentsiyalash (afzallik berish) usuli bilan matematik
ishlab chiqish to’rtinchi, yakuniy bosqich hisoblanadi.
Ranjirovkalashdan oldin keluvchi agregatsiyalangan baholash usuli etarlicha
tez-tez qo’llaniladi. Yangilik kiritishning integral ko’rsatkichlarini belgilashga eng
yaxshi yondoshuv asosiy ko’rsatkichlarni ishlab chiqarish – foydalanish va tashkiliy
iqtisodiy omillarga vazifaviy bog’liqligi ko’rinishidagi
18
matematik modellarni ishlab chiqishdan iboratdir. Yangi mahsulotning talab
etiladigan texnik darajasiga erishish uchun zarur investitsiyalar hajmi ham etakchi
rol o’ynaydi.
Agar asosiy miqdoriy ko’rsatkichni qo’llashning iloji bo’lmasa, o’rtacha
o’lchangan miqdorlar qo’llaniladi. Xususiy ko’rsatkichlarning o’rtacha o’lchangan
arifmetik yoki geometrik miqdoridan foydalanish mumkin. Ushbu holda yangi
mahsulotlar loyihalari variantlarini eng katta yo’l qo’yiladigan chetga chiqishlar
sharoitlarini qiyoslash va barcha tashkil etuvchilar ahamiyat va ta’sir etish darajasini
belgilash zarur.
Ishlab chiqarish-texnologik ko’rsatkichlar yangi mahsulotni ishlab chiqarish
uchun qo’llaniladigan resurslar barcha turlarining xarajatlari bilan bog’liq.
Konstuktivlik unifikatsiyalash ko’rsatkichlari mahsulotning vorisligi, takrorlanishi,
standartlashtirish va unifikatsiyalash darajasiga bog’liqdir. Yangi mahsulotning
foydalanish xususiyatlari ayniqsa ajralib turadi. Buyumning iqtisodiy parametrlarini
ifodalash uchun omilli tahlil qo’llaniladi. Bu erda mehnat iste’moli, energiya
iste’moli, material iste’moli va tannarx texnologik jarayonlarning vazifalari
ko’rinishida taqdim etiladi.
Korxonalarda tubdan yangi marketing loyihalarni tahlil qilish, fundamental va
amaliy tadqiqotlarni bashoratlash uchun maqsadlar daraxti yoki bashorat grafasi deb
ataluvchi tuzilishga asoslangan usullardan foydalaniladi. Bashoratli grafa usulining
mohiyati ham innovatsion muqobilni va ham innovatsion ehtiyojni, shu jumladan
zarur resurslar va ishlab chiqarish imkoniyatlarini baholashni aks ettiruvchi
maqsadlar daraxtini yaratish va tahlil qilishdan iborat. Bunda iizchil taqdim
etilayotgan vaziyatlar hodisalarning sodir etilish ehtimoli yordamida baholanadi.
Ishlab chiqarish va mahsulotning qayd etilgan ishlab chiqarish omillari va
determinatsiyalangan
turiga
mo’ljallangan
markazlashgan
boshqaruv
qaytarilmaydigan holda o’tmishda qoldi. Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida har qanday
firma o’z innovatsion strategiyasi va tashkiliy tuzilmasini mustaqil ravishda
belgilaydi, qo’llaniladigan texnologiyalar turini tanlaydi.
19