Mehnat sharoitlarini yaxshilash va ishlab chiqarish madaniyati

Yuklangan vaqt

2024-06-27

Yuklab olishlar soni

2

Sahifalar soni

18

Faytl hajmi

35,8 KB


 
 
 
 
 
Mehnat sharoitlarini yaxshilash va ishlab chiqarish madaniyati 
 
Reja: 
 1.Ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda mehnat sharoitlarini yaxshilash 
va ishlab chiqarish madaniyatining ahamiyati. 
2. Mehnat sharoitlarini yaxshilash. 
3. Korxonalarda ishlash va dam olish tartibi.  
 
7.1. Ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda mehnat sharoitlarini 
yaxshilash va ishlab chiqarish madaniyatining ahamiyati. 
Mehnat sharoitlarini har tomonlama sog‘lomlashtirish va yengilashtirish 
korxonalarda mehnatni tashkil qilishning muhim yo‘nalishlaridan biridir. Shuning 
uchun ham mehnat sharoitini yaxshilash va xalq farovonligining to‘xtovsiz o‘sib 
borishiga ta’sir qiluvchi mehnat samaradorligini oshirish omili bugungi kunning 
muhim va dolzarb masalasi hisoblanadi.  
Xodimlar organizmlari sifatlari foydali va unumli bo‘lishi, shaxs sog‘lomligi 
natijasida mehnat qilish qobiliyatini yo‘qotmasligi va uning garmonik rivojlanishini 
ta’minlash uchun mehnatning ijtimoiy-iqtisodiy va ishlab chiqarish sharoitlari 
yaratilishi zarur. 
Mehnat sharoitlarini yaxshilash muammolari markazida jamiyatning asosiy 
ishlab chiqaruvchi kuchi – mehnatkash inson turadi. Mehnat sharoitini yaxshilash 
uchun uning unumdorligini oshirish, qiziqarli va xavfsiz bo‘lishini, shuningdek, 
xodimning mehnat qobiliyati va hayot faoliyati uzoq vaqt saqlanishini ta’minlovchi 
muhim omildir. 
Mehnat sharoiti keng ma’noda o‘zaro bir-biriga bog‘liq butun bir ishlab 
chiqarish omillari majmuini o‘z ichiga oladi. Bu majmuaga mehnat va dam olish 
tartibi, ish joyi va butun binoni, korxona maydonini yoritish, ishlab chiqarish binosi 
va butun asbob-uskunalarni texnika estetikasi talablariga muvofiq bo‘yash, harorat 
rejimi, bino va ish joyidagi havoning tozaligi, ishlab chiqarish shovqini va 
Mehnat sharoitlarini yaxshilash va ishlab chiqarish madaniyati Reja: 1.Ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda mehnat sharoitlarini yaxshilash va ishlab chiqarish madaniyatining ahamiyati. 2. Mehnat sharoitlarini yaxshilash. 3. Korxonalarda ishlash va dam olish tartibi. 7.1. Ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda mehnat sharoitlarini yaxshilash va ishlab chiqarish madaniyatining ahamiyati. Mehnat sharoitlarini har tomonlama sog‘lomlashtirish va yengilashtirish korxonalarda mehnatni tashkil qilishning muhim yo‘nalishlaridan biridir. Shuning uchun ham mehnat sharoitini yaxshilash va xalq farovonligining to‘xtovsiz o‘sib borishiga ta’sir qiluvchi mehnat samaradorligini oshirish omili bugungi kunning muhim va dolzarb masalasi hisoblanadi. Xodimlar organizmlari sifatlari foydali va unumli bo‘lishi, shaxs sog‘lomligi natijasida mehnat qilish qobiliyatini yo‘qotmasligi va uning garmonik rivojlanishini ta’minlash uchun mehnatning ijtimoiy-iqtisodiy va ishlab chiqarish sharoitlari yaratilishi zarur. Mehnat sharoitlarini yaxshilash muammolari markazida jamiyatning asosiy ishlab chiqaruvchi kuchi – mehnatkash inson turadi. Mehnat sharoitini yaxshilash uchun uning unumdorligini oshirish, qiziqarli va xavfsiz bo‘lishini, shuningdek, xodimning mehnat qobiliyati va hayot faoliyati uzoq vaqt saqlanishini ta’minlovchi muhim omildir. Mehnat sharoiti keng ma’noda o‘zaro bir-biriga bog‘liq butun bir ishlab chiqarish omillari majmuini o‘z ichiga oladi. Bu majmuaga mehnat va dam olish tartibi, ish joyi va butun binoni, korxona maydonini yoritish, ishlab chiqarish binosi va butun asbob-uskunalarni texnika estetikasi talablariga muvofiq bo‘yash, harorat rejimi, bino va ish joyidagi havoning tozaligi, ishlab chiqarish shovqini va
 
 
tebranishlardan muhofaza qilish, ishlab chiqarishda ishchilarga odatdagi (normal) 
maishiy va tibbiy xizmat ko‘rsatish, og‘ir jismoniy ishlarga barham berish singari 
masalalar kiradi. 
Shunday qilib, mehnat sharoitlari deganda, xodimlarni ish bajarish, xizmat 
ko‘rsatish jarayonida kishining sog‘ligi va ish qobiliyatiga ta’sir ko‘rsatuvchi ishlab 
chiqarish muhiti omillarining jami tushiniladi. Mehnat sharoitlarini yaxshilash 
bo‘yicha korxonalarda mehnatni tashkil qilish tadbirlari rejalashtirilayotganda 
quyidagi sharoitlar va talablar yetarlicha hisobga olinishi zarur: 
* 
 mehnatning umumiy sharoitlari; 
* 
 mehnatning texnika sharoitlari; 
* 
 mehnat xavfsizligi sharoitlari; 
* 
sanitariya- gigiena sharoitlari; 
* 
 estetik sharoitlar. 
Mehnatning umumiy sharoitlari – ishlab chiqarish va maishiy binolarning 
holatidan, ish o‘rinlarini, dam olish burchaklari va joylarini tashkil qilish va 
jihozlashdan, ishchilarni shifobaxsh, profilaktik ovqatlar, ichimliklar, maxsus 
kiyim - bosh, poyabzal bilan taminlashdan iborat. Mehnatning umumiy 
sharoitlari mehnat va dam olish tartibi bilan o‘zaro bog‘liqdir. 
Mehnatning texnika sharoitlari mehnat qurollarining (uskunalar, mashinalar, 
instrumentlarning) texnika darajasi, ishlab chiqarish texnologiyasining qanchalik 
mukammalligi bilan xarakterlanadi. Texnika 
sharoitlarining eng muhim 
ko‘rsatkichlaridan biri – ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish 
darajasi, umumiy mehnat sarfida qo‘l mehnatning hissasidir. 
Mehnat xavfsizligi sharoitlari xavfsizlik texnikasi va mehnatni muhofaza 
qilishning holatiga bog‘liq. Bu jihatdan normal sharoit yaratishning asosiy 
ko‘rsatkichi mayib bo‘lish (travmatiz), kasb kasalliklarining bo‘lmasligidir. 
Mehnatning sanitariya-gigiena sharoitlariga havoning holati (harorat, namlik, 
havoning chang-gard va gaz bilan to‘lish darajasi), shovqin, tebranish (vibratsiya), 
yoritilganlik darajasi kabilar kiradi. 
Shuningdek, maishiy binolarning va maishiy xizmat ko‘rsatishning, tibbiyot 
va davolash-profilaktika xizmatini tashkil qilishning, umumiy ovqatlanishning 
tebranishlardan muhofaza qilish, ishlab chiqarishda ishchilarga odatdagi (normal) maishiy va tibbiy xizmat ko‘rsatish, og‘ir jismoniy ishlarga barham berish singari masalalar kiradi. Shunday qilib, mehnat sharoitlari deganda, xodimlarni ish bajarish, xizmat ko‘rsatish jarayonida kishining sog‘ligi va ish qobiliyatiga ta’sir ko‘rsatuvchi ishlab chiqarish muhiti omillarining jami tushiniladi. Mehnat sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha korxonalarda mehnatni tashkil qilish tadbirlari rejalashtirilayotganda quyidagi sharoitlar va talablar yetarlicha hisobga olinishi zarur: * mehnatning umumiy sharoitlari; * mehnatning texnika sharoitlari; * mehnat xavfsizligi sharoitlari; * sanitariya- gigiena sharoitlari; * estetik sharoitlar. Mehnatning umumiy sharoitlari – ishlab chiqarish va maishiy binolarning holatidan, ish o‘rinlarini, dam olish burchaklari va joylarini tashkil qilish va jihozlashdan, ishchilarni shifobaxsh, profilaktik ovqatlar, ichimliklar, maxsus kiyim - bosh, poyabzal bilan taminlashdan iborat. Mehnatning umumiy sharoitlari mehnat va dam olish tartibi bilan o‘zaro bog‘liqdir. Mehnatning texnika sharoitlari mehnat qurollarining (uskunalar, mashinalar, instrumentlarning) texnika darajasi, ishlab chiqarish texnologiyasining qanchalik mukammalligi bilan xarakterlanadi. Texnika sharoitlarining eng muhim ko‘rsatkichlaridan biri – ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish darajasi, umumiy mehnat sarfida qo‘l mehnatning hissasidir. Mehnat xavfsizligi sharoitlari xavfsizlik texnikasi va mehnatni muhofaza qilishning holatiga bog‘liq. Bu jihatdan normal sharoit yaratishning asosiy ko‘rsatkichi mayib bo‘lish (travmatiz), kasb kasalliklarining bo‘lmasligidir. Mehnatning sanitariya-gigiena sharoitlariga havoning holati (harorat, namlik, havoning chang-gard va gaz bilan to‘lish darajasi), shovqin, tebranish (vibratsiya), yoritilganlik darajasi kabilar kiradi. Shuningdek, maishiy binolarning va maishiy xizmat ko‘rsatishning, tibbiyot va davolash-profilaktika xizmatini tashkil qilishning, umumiy ovqatlanishning
 
 
holati, ishxonalarning obodonligi va atrofning ko‘kalamzorlashtirilganligi ham katta 
ahamiyatga ega. 
Mehnatning estetik sharoitlari mehnat faoliyatining emotsional tomoniga 
ta’sir qiladi. Bularga jumladan, ishlab chiqarish binolarini va uskunalarini turli 
rangga bo‘yash, ish o‘rinlarini yoritish, ishlab chiqarishda muzikadan foydalanish va 
hokazolar kiradi.  
Mehnat sharoitlarining xususiyatlaridan bo‘lgan mehnat gigienasi, xavfsizlik 
va estetikasi o‘z navbatida mehnat madaniyatini xarakterlaydi. Mehnat madaniyati 
esa ishlab chiqarish madaniyati, korxonaning tashkiliy-texnik madaniyati, mehnat 
madaniyati va jamoa a’zolarining shaxsiy madaniyatini anglatadi. Ammo ishlab 
chiqarishning konkret faoliyatida mehnat sharoiti va ishlab chiqarish madaniyatini 
bir-biridan ajartish maqsadga muvofiq emas. Mehnat sharoitini yaxshilash 
tadbirlarining ko‘pchiligi mehnat madaniyati va ishlab chiqarish madaniyati 
darajasini oshirish bilan chambarchas bog‘liq. 
Mehnat sharoiti va ishlab chiqarish madaniyati darajasini oshirish ijtimoiy-
iqtisodiy jihatdan umumiylikka ega bo‘lib, korxonalarda mehnat unumdorligini 
oshirish, ishlab chiqarishni tashkil etishni takomillashtirish, kadrlar qo‘nimsizligini 
kamaytirish va har xil kasalliklarning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi. 
Mehnat madaniyatining holati, mehnat sharoitlariga estetik jihatdan chiroy 
berish bilan har tomonlama ta’sir etiladi, chunki o‘z rangi va joylashishi bilan ajralib 
turadigan yangi dastgohlarning ishlab chiqarishga joriy qilinishi, ishchi ishlaydigan 
xonaning kishi hissiyotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan bezalishi va boshqa tadbirlar 
har bir ishchida ish qobiliyatini oshirishga, charchoqlik belgilarini kamaytirishga 
olib keladi. Aslini olganda, mehnat madaniyati mehnat sharoitining zarur 
shartlaridan biridir. 
Mehnat sharoitlarini va ishlab chiqarish madaniyatini yaxshilash tadbirlari 
korxonaga, uning iqtisodiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, 
mehnatni tashkil qilish rejalarini joriy qilishda ruhiy fiziolgik va sanitariya-gigiena 
tadbirlarini amalga oshirish korxona uchun salmoqli ijtimoiy-iqtisodiy samara beradi 
(4-jadvalga qarang). 
4- jadval 
holati, ishxonalarning obodonligi va atrofning ko‘kalamzorlashtirilganligi ham katta ahamiyatga ega. Mehnatning estetik sharoitlari mehnat faoliyatining emotsional tomoniga ta’sir qiladi. Bularga jumladan, ishlab chiqarish binolarini va uskunalarini turli rangga bo‘yash, ish o‘rinlarini yoritish, ishlab chiqarishda muzikadan foydalanish va hokazolar kiradi. Mehnat sharoitlarining xususiyatlaridan bo‘lgan mehnat gigienasi, xavfsizlik va estetikasi o‘z navbatida mehnat madaniyatini xarakterlaydi. Mehnat madaniyati esa ishlab chiqarish madaniyati, korxonaning tashkiliy-texnik madaniyati, mehnat madaniyati va jamoa a’zolarining shaxsiy madaniyatini anglatadi. Ammo ishlab chiqarishning konkret faoliyatida mehnat sharoiti va ishlab chiqarish madaniyatini bir-biridan ajartish maqsadga muvofiq emas. Mehnat sharoitini yaxshilash tadbirlarining ko‘pchiligi mehnat madaniyati va ishlab chiqarish madaniyati darajasini oshirish bilan chambarchas bog‘liq. Mehnat sharoiti va ishlab chiqarish madaniyati darajasini oshirish ijtimoiy- iqtisodiy jihatdan umumiylikka ega bo‘lib, korxonalarda mehnat unumdorligini oshirish, ishlab chiqarishni tashkil etishni takomillashtirish, kadrlar qo‘nimsizligini kamaytirish va har xil kasalliklarning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi. Mehnat madaniyatining holati, mehnat sharoitlariga estetik jihatdan chiroy berish bilan har tomonlama ta’sir etiladi, chunki o‘z rangi va joylashishi bilan ajralib turadigan yangi dastgohlarning ishlab chiqarishga joriy qilinishi, ishchi ishlaydigan xonaning kishi hissiyotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan bezalishi va boshqa tadbirlar har bir ishchida ish qobiliyatini oshirishga, charchoqlik belgilarini kamaytirishga olib keladi. Aslini olganda, mehnat madaniyati mehnat sharoitining zarur shartlaridan biridir. Mehnat sharoitlarini va ishlab chiqarish madaniyatini yaxshilash tadbirlari korxonaga, uning iqtisodiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, mehnatni tashkil qilish rejalarini joriy qilishda ruhiy fiziolgik va sanitariya-gigiena tadbirlarini amalga oshirish korxona uchun salmoqli ijtimoiy-iqtisodiy samara beradi (4-jadvalga qarang). 4- jadval
 
 
Korxonalarda mehnatni tashkil qilish rejalarini joriy qilishda ruhiy-fiziologik 
va sanitariya-gigiena tadbirlarining taxminiy samaradorligi 
 
T/R 
Tadbirlar 
Mehnat 
unumdorli
gi, % 
hisobida 
Xodim holatiga ta’siri 
 1. 
Fiziologik jihatdan 
asoslangan mehnat va dam 
olish tartibini joriy etish 
 15-20 
Asab, yurak, nafas olish va 
muskul tizimining faoliyati 
yaxshilanadi. Charchash 
alomatlari yo‘qoladi 
 2. 
Kishining ruhiy-fiziologik 
xususiyatlarini hisobga 
olgan holda ish maromini 
tartibga solish 
 5-10 
Ishning, xizmatning sifati va 
asab tizimining ahvoli 
yaxshilanadi 
 3. 
Fiziologik ma’lumotlar 
asosida ish joylarini 
takomillashtirish 
 17-20 
Charchoq belgilari va jarohat 
olish kamayadi. Harakatlar 
uyg‘unligi yaxshilanadi 
 4. 
Bino va jihozlarni 
maqsadga muvofiq rangga 
bo‘yash 
 6-10 
Asab tizimining faoliyatini 
yaxshilaydi. Ishdan, xizmatdan 
qoniqish hissiyoti oshadi  
 5. 
Fiziolgoik jihatdan 
asoslangan jismoniy 
mashqlar majmuini joriy 
etish  
 10-12 
Ishning, xizmatning sifati 
yaxshilanadi, unumdorlik davri 
ko‘payadi, moslashuv davri 
kamayadi 
 6. 
Oqilona yorug‘likni tanlash 
 10-15 
Mehnatning sifati oshadi. Bosh 
og‘rig‘i yo‘qoladi va charchash 
alomatlari kamayadi 
 7. 
Shovqinni normativ 
talablari darajasiga tushirish 
 4-10 
Bosh og‘rig‘i va asablarning 
o‘rinsiz ko‘zg‘olishi, kasb 
kasalliklari kamayadi 
Korxonalarda mehnatni tashkil qilish rejalarini joriy qilishda ruhiy-fiziologik va sanitariya-gigiena tadbirlarining taxminiy samaradorligi T/R Tadbirlar Mehnat unumdorli gi, % hisobida Xodim holatiga ta’siri 1. Fiziologik jihatdan asoslangan mehnat va dam olish tartibini joriy etish 15-20 Asab, yurak, nafas olish va muskul tizimining faoliyati yaxshilanadi. Charchash alomatlari yo‘qoladi 2. Kishining ruhiy-fiziologik xususiyatlarini hisobga olgan holda ish maromini tartibga solish 5-10 Ishning, xizmatning sifati va asab tizimining ahvoli yaxshilanadi 3. Fiziologik ma’lumotlar asosida ish joylarini takomillashtirish 17-20 Charchoq belgilari va jarohat olish kamayadi. Harakatlar uyg‘unligi yaxshilanadi 4. Bino va jihozlarni maqsadga muvofiq rangga bo‘yash 6-10 Asab tizimining faoliyatini yaxshilaydi. Ishdan, xizmatdan qoniqish hissiyoti oshadi 5. Fiziolgoik jihatdan asoslangan jismoniy mashqlar majmuini joriy etish 10-12 Ishning, xizmatning sifati yaxshilanadi, unumdorlik davri ko‘payadi, moslashuv davri kamayadi 6. Oqilona yorug‘likni tanlash 10-15 Mehnatning sifati oshadi. Bosh og‘rig‘i yo‘qoladi va charchash alomatlari kamayadi 7. Shovqinni normativ talablari darajasiga tushirish 4-10 Bosh og‘rig‘i va asablarning o‘rinsiz ko‘zg‘olishi, kasb kasalliklari kamayadi
 
 
 8. 
Yuqori issiqlik 
darajasining(30-
350s)normal darajaga 
tushishi 
 10-18 
Issiqlik almashuvi va terlash 
jarayoni kamayadi 
 
4-jadvaldan ma’lum bo‘lishicha, mehnat sharoitlarini yaxshilash va ishlab 
chiqarish madaniyatini o‘stirish korxona iqtisodi, unda faoliyat ko‘rsatayotgan 
xodimlar salomatligiga bevosita ta’sir qiluvchi omil hisoblanadi. Ammo bu ijtimoiy-
iqtisodiy samara tez sur’atlar bilan va birdaniga amalga oshavermaydi, korxona va 
uning xodimlariga asta-sekin, sezilmasdan ta’sir qiladi. 
Ishxonalarda ishlab chiqarish madaniyati texnikaning va ishni tashkil 
qilishning yuksak darajada bo‘lishi hisobigagina emas, balki ish bajaruvchilarga 
xizmat ko‘rsatishni takomillashtirib borish hisobiga ham yaratiladi. Jumladan, 
dushxonalar, yechinish, kiynish xonalari, dam olish va hordiq chiqarish xonalari, 
kiyim shkaflari, oshxonalar shu hisobga kiradi. Tikuvchilik va to‘qimachilik 
korxonalarida xotin-qizlarning mehnat qilish sharoitiga alohida e’tibor berilishi 
kerak. 
Korxonada qulay mehnat sharoitlarini yaratish, mehnat jarayonini oqilona 
tashkil qilish va boshqarish uchun texnik, tashkiliy-iqtisodiy, ruhiy-fiziologik, 
huquqiy, umumta’lim va tarbiyaviy tadbirlar majmuini bir yo‘la amalga oshirish 
zarur. Bu tadbirlarga bir tomonlama qarash, ulardan faqat ba’zi birlarinigina tanlash 
yoki vaqti-vaqti bilan shug‘ullanish korxonada mehnatni tashkil qilishga va uning 
tadbirlarini amalga oshirishga salbiy ta’sir ko‘rsatadi va unga nisbatan jamoatchilik 
e’tiborini susaytiradi.  
Ayni vaqtda bozor iqtisodiyotining iqtisodiy qonunlarini chuqur tushungan 
holda xo‘jalikni boshqarishning murakkab mexanizmalridan biri bo‘lgan mehnatni 
tashkil qilishda mehnat sharoitlari va ishlab chiqarish madaniyatini har tomonlama 
yaxshilash muhim vazifa bo‘lib qoladi. 
 
7.2.Mehnat sharoitlarini yaxshilash 
Mehnat sharoitlarini yaxshilashda sanitariya-gigiena talablari muhim o‘rin 
tutadi. Mehnatning sanitariya-gigena sharoitlariga mehnat jarayonida qatnashadigan 
8. Yuqori issiqlik darajasining(30- 350s)normal darajaga tushishi 10-18 Issiqlik almashuvi va terlash jarayoni kamayadi 4-jadvaldan ma’lum bo‘lishicha, mehnat sharoitlarini yaxshilash va ishlab chiqarish madaniyatini o‘stirish korxona iqtisodi, unda faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlar salomatligiga bevosita ta’sir qiluvchi omil hisoblanadi. Ammo bu ijtimoiy- iqtisodiy samara tez sur’atlar bilan va birdaniga amalga oshavermaydi, korxona va uning xodimlariga asta-sekin, sezilmasdan ta’sir qiladi. Ishxonalarda ishlab chiqarish madaniyati texnikaning va ishni tashkil qilishning yuksak darajada bo‘lishi hisobigagina emas, balki ish bajaruvchilarga xizmat ko‘rsatishni takomillashtirib borish hisobiga ham yaratiladi. Jumladan, dushxonalar, yechinish, kiynish xonalari, dam olish va hordiq chiqarish xonalari, kiyim shkaflari, oshxonalar shu hisobga kiradi. Tikuvchilik va to‘qimachilik korxonalarida xotin-qizlarning mehnat qilish sharoitiga alohida e’tibor berilishi kerak. Korxonada qulay mehnat sharoitlarini yaratish, mehnat jarayonini oqilona tashkil qilish va boshqarish uchun texnik, tashkiliy-iqtisodiy, ruhiy-fiziologik, huquqiy, umumta’lim va tarbiyaviy tadbirlar majmuini bir yo‘la amalga oshirish zarur. Bu tadbirlarga bir tomonlama qarash, ulardan faqat ba’zi birlarinigina tanlash yoki vaqti-vaqti bilan shug‘ullanish korxonada mehnatni tashkil qilishga va uning tadbirlarini amalga oshirishga salbiy ta’sir ko‘rsatadi va unga nisbatan jamoatchilik e’tiborini susaytiradi. Ayni vaqtda bozor iqtisodiyotining iqtisodiy qonunlarini chuqur tushungan holda xo‘jalikni boshqarishning murakkab mexanizmalridan biri bo‘lgan mehnatni tashkil qilishda mehnat sharoitlari va ishlab chiqarish madaniyatini har tomonlama yaxshilash muhim vazifa bo‘lib qoladi. 7.2.Mehnat sharoitlarini yaxshilash Mehnat sharoitlarini yaxshilashda sanitariya-gigiena talablari muhim o‘rin tutadi. Mehnatning sanitariya-gigena sharoitlariga mehnat jarayonida qatnashadigan
 
 
ishlab chiqarish muhitining barcha elementlari kiradi. Jumladan, meteorologik 
sharoitlar, havo muhitining tozaligi, har xil ishlab chiqarish nurlarining ajralishi, 
korxonaning yortilishi, shovqin va tebranish kabi ishlab chiqarish muhitining qator 
elementlari mehnat sanitariyasining asosiy mazmunini tashkil etadi. Qulay mehnat 
sharoitini yaratish uchun yuqoridagi ishlab chiqarish muhiti elementlarini muntazam 
tekshirib borish va ularni tegishli va nufuzli xalqaro tashkilotlar tomonidan ishlab 
chiqilgan norma darajasida saqlash zarur. 
Ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalarida mehnatni tashkil etishning 
sanitariya-gigiena sharoitlarini tartibga solish va norma darajasini aniqlab borish 
uchun «Korxonalarni loyihalashda sanitariya normalari», «Qurilish normalari va 
qoidasi», «Mehnatni muhofaza qilish va mehnat gigienasi» masalalari va 
muammolari bo‘yicha har xil sanitariya normalaridan asosiy va me’yoriy hujjat 
sifatida foydalanish kerak. 
Ishxonalarda qulay mehnat sharoitlari yaratishda ishlab chiqarish binolarining 
mikroiqlimi muhim ahamiyatga ega. Bu yerda havo harorati asosiy omil bo‘lib, jami 
ishlab chiqarish binolari unga qarab issiq va sovuq binolarga bo‘linadi. Ishlab 
chiqarish binolarida asbob-uskunalar, xom ashyo, kishilardan bir soatda ajraladigan 
issiqlik va quyosh issiqligi 1 kub metr joyga 20 kilo-kaloriyadan oshmasa, bunday 
binolar sovuq, issiqlik me’yori bu ko‘rsatgichdan oshsa, bino issiq hisoblanadi. 
Ishlov beriladigan jismlarning issiqlik harorati 750-800S ga yetganda 
yorug‘lik nurlari bilan bir qatorda ko‘zga ko‘rinmaydigan infraqizil nurlar ham 
ajralib chiqa boshlaydi. Natijada bunday ish joylarida havoning harorati yuqori 
bo‘lib, jismoniy ish bilan band bo‘lgan xodimlarga infraqizil nurlarning ta’siri yurak-
tomir tizimiga, nafas olish, suv va tuz almashinuviga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. 
Ayniqsa, yoz vaqtlarda issiq ish joylarda ishlaydigan ishchilarning tana 
harorati 38-39 S gacha ko‘tarilishi mumkin. Bu esa ish kuni davomida terlash 
natijasida 5-8 litr, ya’ni tana og‘irligining 7-10 foizi miqdorida kamayishiga olib 
keladi. Yuqori haroratli binolarda mikroiqlim noto‘g‘ri yoki yetarli darajada 
bo‘lmasligi organizmning ortiqcha qizishiga va turli kasalliklar vujudga kelishiga 
sabab bo‘ladi.  
Ishxonalarda normal mikroiqlimni ta’minlash maqsadida yil mavsumlari, 
iqlim zonasi, nur va oqim issiqligi ta’sirini, nurlanish tezligi va ishning og‘irlik 
ishlab chiqarish muhitining barcha elementlari kiradi. Jumladan, meteorologik sharoitlar, havo muhitining tozaligi, har xil ishlab chiqarish nurlarining ajralishi, korxonaning yortilishi, shovqin va tebranish kabi ishlab chiqarish muhitining qator elementlari mehnat sanitariyasining asosiy mazmunini tashkil etadi. Qulay mehnat sharoitini yaratish uchun yuqoridagi ishlab chiqarish muhiti elementlarini muntazam tekshirib borish va ularni tegishli va nufuzli xalqaro tashkilotlar tomonidan ishlab chiqilgan norma darajasida saqlash zarur. Ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalarida mehnatni tashkil etishning sanitariya-gigiena sharoitlarini tartibga solish va norma darajasini aniqlab borish uchun «Korxonalarni loyihalashda sanitariya normalari», «Qurilish normalari va qoidasi», «Mehnatni muhofaza qilish va mehnat gigienasi» masalalari va muammolari bo‘yicha har xil sanitariya normalaridan asosiy va me’yoriy hujjat sifatida foydalanish kerak. Ishxonalarda qulay mehnat sharoitlari yaratishda ishlab chiqarish binolarining mikroiqlimi muhim ahamiyatga ega. Bu yerda havo harorati asosiy omil bo‘lib, jami ishlab chiqarish binolari unga qarab issiq va sovuq binolarga bo‘linadi. Ishlab chiqarish binolarida asbob-uskunalar, xom ashyo, kishilardan bir soatda ajraladigan issiqlik va quyosh issiqligi 1 kub metr joyga 20 kilo-kaloriyadan oshmasa, bunday binolar sovuq, issiqlik me’yori bu ko‘rsatgichdan oshsa, bino issiq hisoblanadi. Ishlov beriladigan jismlarning issiqlik harorati 750-800S ga yetganda yorug‘lik nurlari bilan bir qatorda ko‘zga ko‘rinmaydigan infraqizil nurlar ham ajralib chiqa boshlaydi. Natijada bunday ish joylarida havoning harorati yuqori bo‘lib, jismoniy ish bilan band bo‘lgan xodimlarga infraqizil nurlarning ta’siri yurak- tomir tizimiga, nafas olish, suv va tuz almashinuviga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ayniqsa, yoz vaqtlarda issiq ish joylarda ishlaydigan ishchilarning tana harorati 38-39 S gacha ko‘tarilishi mumkin. Bu esa ish kuni davomida terlash natijasida 5-8 litr, ya’ni tana og‘irligining 7-10 foizi miqdorida kamayishiga olib keladi. Yuqori haroratli binolarda mikroiqlim noto‘g‘ri yoki yetarli darajada bo‘lmasligi organizmning ortiqcha qizishiga va turli kasalliklar vujudga kelishiga sabab bo‘ladi. Ishxonalarda normal mikroiqlimni ta’minlash maqsadida yil mavsumlari, iqlim zonasi, nur va oqim issiqligi ta’sirini, nurlanish tezligi va ishning og‘irlik
 
 
darajasini hisobga oluvchi normalar mavjud. Masalan, yilning issiq davrida ishlab 
chiqarish binosi va tashqi havo harorati o‘rtasidagi farq 3-5 S dan oshmasligi kerak. 
Ayrim hollarda tashqi havo harorati bilan ishlab chiqarish binosi harorati o‘rtasidagi 
farq 10 darajagacha borishi norma chegarasida hisoblanadi. Shu bilan birga, isitish 
yoki sovitish qurilmalari binoda havo haroratini bir me’yorda ushlab turishi, uni 
nisbiy namlikdan 30%dan pastga tushirmasligi va 60-80%dan yuqori ko‘tarmasligi 
kerak. 
Ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish bilan band bo‘lgan ishxonalarda 
mehnatni tashkil etish rejalarini ishlab chiqishda serquyosh O‘zbekiston 
Respublikasida yozning o‘ta issiq, kishning sovuq haroratini hisobga olish zarur. 
Masalan, respublikamizda yoz paytida og‘ir jismoniy ishda band bo‘lgan ishchi 
orgnizmi juda qizib ketadi, tana harorati ko‘tariladi, ko‘p ter chiqadi. Yilning sovuq 
vaqtida aksincha, tana juda sovib ketadi. Past haroratda qo‘l-oyoq panjalari uvishib 
qoladi, harakati ancha kamayadi, kishi chaqqon ishlay olmay qoladi, shamollash 
bilan bog‘liq bo‘lgan kasalliklar ko‘payadi. 
Shuning uchun ham O‘rta Osiyo respublikalarida o‘ta kontinental iqlimni 
hisobga olib, ishlab chiqarish binolarida mehnat sharoitlarini amaliyotda isbotlanib, 
har tomonlama asoslangan norma doirasida saqlash uchun alohida tadbirlar belgilash 
kerak. Issiq ish joylarni qo‘shimcha sovitish, sovuq ish joylarini esa qo‘shimcha 
isitish qurilmalari bilan ta’minlash tadbirlarini har bir ishxona loyihalanayotgan 
davridayoq rejalashtirish zarur. 
Mehnatning sanitariya-gigiena sharoitlarini, ishlab chiqarishdagi nurlanish va 
nurlarning kishi organizmiga ta’sirini aniqlash ham muhim ahamiyatga ega. 
Nur energiyasi deganda, elektromagnit to‘lqinlari ko‘rinishda tarqaladigan 
energiya tushuniladi. Bu to‘lqinlar uzunligi va tebranish chastotasi qancha yuqori 
bo‘lsa, to‘lqin shunchalik qisqa bo‘ladi va aksincha tebranish chastotasi qanchalik 
kam bo‘lsa, to‘lqinlar shunchalik uzun bo‘ladi.  
Ishlab chiqarish jarayonida uchraydigan infraqizil, ultrabinafsha nurlaridan 
saqlanish va kezi kelganda ulardan maqsadga muvofiq foydalanish gigiena jihatidan 
muhim ahamiyatga ega. 
Infraqizil nurlarning to‘lqin uzunligi 343 dan 0,76 mikrongacha bo‘lib, ular 
qizigan asbob-uskunalardan va xom ashyolardan chiqadi, kishi organizmiga juda tez 
darajasini hisobga oluvchi normalar mavjud. Masalan, yilning issiq davrida ishlab chiqarish binosi va tashqi havo harorati o‘rtasidagi farq 3-5 S dan oshmasligi kerak. Ayrim hollarda tashqi havo harorati bilan ishlab chiqarish binosi harorati o‘rtasidagi farq 10 darajagacha borishi norma chegarasida hisoblanadi. Shu bilan birga, isitish yoki sovitish qurilmalari binoda havo haroratini bir me’yorda ushlab turishi, uni nisbiy namlikdan 30%dan pastga tushirmasligi va 60-80%dan yuqori ko‘tarmasligi kerak. Ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish bilan band bo‘lgan ishxonalarda mehnatni tashkil etish rejalarini ishlab chiqishda serquyosh O‘zbekiston Respublikasida yozning o‘ta issiq, kishning sovuq haroratini hisobga olish zarur. Masalan, respublikamizda yoz paytida og‘ir jismoniy ishda band bo‘lgan ishchi orgnizmi juda qizib ketadi, tana harorati ko‘tariladi, ko‘p ter chiqadi. Yilning sovuq vaqtida aksincha, tana juda sovib ketadi. Past haroratda qo‘l-oyoq panjalari uvishib qoladi, harakati ancha kamayadi, kishi chaqqon ishlay olmay qoladi, shamollash bilan bog‘liq bo‘lgan kasalliklar ko‘payadi. Shuning uchun ham O‘rta Osiyo respublikalarida o‘ta kontinental iqlimni hisobga olib, ishlab chiqarish binolarida mehnat sharoitlarini amaliyotda isbotlanib, har tomonlama asoslangan norma doirasida saqlash uchun alohida tadbirlar belgilash kerak. Issiq ish joylarni qo‘shimcha sovitish, sovuq ish joylarini esa qo‘shimcha isitish qurilmalari bilan ta’minlash tadbirlarini har bir ishxona loyihalanayotgan davridayoq rejalashtirish zarur. Mehnatning sanitariya-gigiena sharoitlarini, ishlab chiqarishdagi nurlanish va nurlarning kishi organizmiga ta’sirini aniqlash ham muhim ahamiyatga ega. Nur energiyasi deganda, elektromagnit to‘lqinlari ko‘rinishda tarqaladigan energiya tushuniladi. Bu to‘lqinlar uzunligi va tebranish chastotasi qancha yuqori bo‘lsa, to‘lqin shunchalik qisqa bo‘ladi va aksincha tebranish chastotasi qanchalik kam bo‘lsa, to‘lqinlar shunchalik uzun bo‘ladi. Ishlab chiqarish jarayonida uchraydigan infraqizil, ultrabinafsha nurlaridan saqlanish va kezi kelganda ulardan maqsadga muvofiq foydalanish gigiena jihatidan muhim ahamiyatga ega. Infraqizil nurlarning to‘lqin uzunligi 343 dan 0,76 mikrongacha bo‘lib, ular qizigan asbob-uskunalardan va xom ashyolardan chiqadi, kishi organizmiga juda tez
 
 
salbiy ta’sir qiladi va yurak faoliyatining buzilishi, organizmning ortiqcha qizishiga 
olib keladi. 
Ultrabinafsha nurlarning to‘lqin o‘zunligi 400 millimikrondan 76A 
(Angstrem) gacha bo‘lib, ma’lum darajadagi miqdori kishi organizmiga ijobiy ta’sir 
qiladi, ya’ni organizmning qon yaratish funksiyasi, modda almashinuvi 
yaxshilanadi. 
Ammo ultrabinafsha nurlar bilan haddan ortiq nurlanish zararli bo‘lib, u teri, 
ko‘z va asab tizimi kasalliklarini keltirib chiqaradi. Ultrabinafsha nurlar sanoatda 
asosan volt yoyi yordamida elektr bilan materiallarni payvandlash ishlarida 
uchraydi. 
Ishxonalarda havo muhitini tozalash mehnat sharoitini yaxshilashning eng 
muhim muammolaridan biridir. «Havo muhiti» tushunchasiga mehnat jarayoni 
amalga oshayotgan binoda paydo bo‘ladigan va ajraladigan aralashmalarning butun 
bir majmui kiradi. Bulardan eng xarakterli va doimiylari - chang, karbon oksidi, azot 
oksidi, marganes, simob bug‘i, qo‘rg‘oshin, ishqor, aseton va boshqa 
aralashmalardir. Havoning bu aralashmalar bilan ifloslanishi ko‘pincha noxushlikka 
sabab bo‘ladi. 
Inson organizmining o‘zgarib turuvchi tashqi sharoitga moslashish chegarasi 
bor. Masalan, havodagi chang va qurumning ko‘p konsentratsiyasi yuqori nafas olish 
yo‘llari kasalligi va o‘pka to‘qimalarida mayda chang zararlari qatlami paydo 
bo‘lishiga sababchi bo‘ladi. Har xil chang turlarining organizmga ko‘rstadigan ta’siri 
ularning kimyoviy va minerologik tarkibiga bog‘liq va ko‘p hollarda ko‘zning 
shilimshiq pardasi hamda teriga yomon ta’sir qiladi. 
Sanitariya normalariga muvofiq, tarkibida 50% dan oshiq kvars bo‘lgan 
changlar uchun yo‘l qo‘ysa bo‘ladigan konsentratsiya 2 mg.m. kub, qolgan turdagi 
zaharli bo‘lmagan changlar uchun 10 mg. m. kub bo‘lishi kerak. 
Ishxonalarda har xil changlar bilan zararlanmaslik va mehnat sharoitini 
yanada sog‘lomlashtirish uchun ishlab chiqarish jarayonini mexanizatsiyalash va 
avtomatlashtirish, jihozlar va apparatlarni germetik berkitish, chang yutadigan 
apparatlar qo‘llash, ishchilar uchun chang kirmaydigan maxsus xonalar (kabinalar) 
yaratish zarur. 
salbiy ta’sir qiladi va yurak faoliyatining buzilishi, organizmning ortiqcha qizishiga olib keladi. Ultrabinafsha nurlarning to‘lqin o‘zunligi 400 millimikrondan 76A (Angstrem) gacha bo‘lib, ma’lum darajadagi miqdori kishi organizmiga ijobiy ta’sir qiladi, ya’ni organizmning qon yaratish funksiyasi, modda almashinuvi yaxshilanadi. Ammo ultrabinafsha nurlar bilan haddan ortiq nurlanish zararli bo‘lib, u teri, ko‘z va asab tizimi kasalliklarini keltirib chiqaradi. Ultrabinafsha nurlar sanoatda asosan volt yoyi yordamida elektr bilan materiallarni payvandlash ishlarida uchraydi. Ishxonalarda havo muhitini tozalash mehnat sharoitini yaxshilashning eng muhim muammolaridan biridir. «Havo muhiti» tushunchasiga mehnat jarayoni amalga oshayotgan binoda paydo bo‘ladigan va ajraladigan aralashmalarning butun bir majmui kiradi. Bulardan eng xarakterli va doimiylari - chang, karbon oksidi, azot oksidi, marganes, simob bug‘i, qo‘rg‘oshin, ishqor, aseton va boshqa aralashmalardir. Havoning bu aralashmalar bilan ifloslanishi ko‘pincha noxushlikka sabab bo‘ladi. Inson organizmining o‘zgarib turuvchi tashqi sharoitga moslashish chegarasi bor. Masalan, havodagi chang va qurumning ko‘p konsentratsiyasi yuqori nafas olish yo‘llari kasalligi va o‘pka to‘qimalarida mayda chang zararlari qatlami paydo bo‘lishiga sababchi bo‘ladi. Har xil chang turlarining organizmga ko‘rstadigan ta’siri ularning kimyoviy va minerologik tarkibiga bog‘liq va ko‘p hollarda ko‘zning shilimshiq pardasi hamda teriga yomon ta’sir qiladi. Sanitariya normalariga muvofiq, tarkibida 50% dan oshiq kvars bo‘lgan changlar uchun yo‘l qo‘ysa bo‘ladigan konsentratsiya 2 mg.m. kub, qolgan turdagi zaharli bo‘lmagan changlar uchun 10 mg. m. kub bo‘lishi kerak. Ishxonalarda har xil changlar bilan zararlanmaslik va mehnat sharoitini yanada sog‘lomlashtirish uchun ishlab chiqarish jarayonini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish, jihozlar va apparatlarni germetik berkitish, chang yutadigan apparatlar qo‘llash, ishchilar uchun chang kirmaydigan maxsus xonalar (kabinalar) yaratish zarur.
 
 
Mehnat sharoitini yaxshilash va uning samaradorligini oshirishga ta’sir 
qiluvchi muhim omillardan biri yoritishdir. Qulay va ilmiy jihatdan asoslangan 
yoritish tizimi ishlab chiqarishda band bo‘lgan kishilar salomatligiga va ish 
qobiliyatining ortib borishiga, nafas olish organlarining faoliyatiga yaxshi ta’sir 
ko‘rsatadi. Agar bino yetarlicha yoritilmasa, chiroq bir o‘chib, bir yonib tursa yoki 
normadan ortik darajada yoritilgan bo‘lsa, ko‘zda toliqish yuzaga keladi, bu esa 
birinchi navbatda ishchining uzoq vaqt charchab yurishiga olib keladi. 
Shuning uchun to‘g‘ri yoritish maslasi mehnatni tashkil qilishda muhim 
masala bo‘lib, uni rang muammosi bilan yaqin bog‘lab, norma darajasiga yetkazish 
zarur. Ishchi ishlab chiqarish jarayonida uzoq vaqt charchamasdan, toliqmasdan 
yaxshi ko‘rishi uchun korxonalarda yoritish tizimi uchun zarur barcha sharoitlar 
yaratilishi kerak. 
Ko‘rish qobiliyati normal sharoitda kichik-kichik qismlarni (detallarni) 
farqlash uchun 50-70 lyuks miqdorda yorug‘lik ham yetarli. Lekin ularni maksimal 
darajada farqlashi uchun esa 600 lyuksgacha miqdorda yorug‘lik kerak. Bu borada 
fiziologik kuzatishlarning ko‘rsatishicha, 3 soat davomida 50 lyuks yorug‘likda 
ishlagan ishchining ko‘rish qobiliyati 72,0%, 75 lyuks yorug‘likda 55,0%, 100 lyuks 
yorug‘likda 26,0%, 200 lyuksda esa faqat 15,0% gacha kamayganligi aniqlangan. 
Ko‘rinib turibdiki, yorug‘lik kam bo‘lgan sharoitda ishchi ish boshlangan 
davrdagiga nisbatan ko‘rish qobiliyatini yo‘qotadi va ko‘zda toliqish alomatlarini 
sezadi. 
Ishxonalardagi ishlab chiqarish jarayonining xususiyatlariga qarab yoritish 
tizimi 3 xil, ya’ni umumiy, mahalliy va kombinatsiyalashgan bo‘lishi mumkin. 
Umumiy yoritish butun binoni yoritish bilan belgilangan. Mahaliy yoritish esa ish 
joyining o‘zinigina yoritishni ko‘zda tutadi. Kombinatsiyalashgan yoritish tizimi 
umumiy va mahaliy yoritish tizimlarining ayni bir vaqtda amalga oshrilishini 
bildiradi. 
Yorug‘liklar umuman ikki xil bo‘lib, ular tabiiy yorug‘lik va sun’iy 
yorug‘liklarga bo‘linadi. Kechki smenada ishlaydigan ishchilar asosan sun’iy 
yorug‘likda mehnat qiladilar. Sun’iy yoritishda cho‘g‘lanma lampalar va 
lyuminissent lampalardan foydalaniladi. 
Mehnat sharoitini yaxshilash va uning samaradorligini oshirishga ta’sir qiluvchi muhim omillardan biri yoritishdir. Qulay va ilmiy jihatdan asoslangan yoritish tizimi ishlab chiqarishda band bo‘lgan kishilar salomatligiga va ish qobiliyatining ortib borishiga, nafas olish organlarining faoliyatiga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi. Agar bino yetarlicha yoritilmasa, chiroq bir o‘chib, bir yonib tursa yoki normadan ortik darajada yoritilgan bo‘lsa, ko‘zda toliqish yuzaga keladi, bu esa birinchi navbatda ishchining uzoq vaqt charchab yurishiga olib keladi. Shuning uchun to‘g‘ri yoritish maslasi mehnatni tashkil qilishda muhim masala bo‘lib, uni rang muammosi bilan yaqin bog‘lab, norma darajasiga yetkazish zarur. Ishchi ishlab chiqarish jarayonida uzoq vaqt charchamasdan, toliqmasdan yaxshi ko‘rishi uchun korxonalarda yoritish tizimi uchun zarur barcha sharoitlar yaratilishi kerak. Ko‘rish qobiliyati normal sharoitda kichik-kichik qismlarni (detallarni) farqlash uchun 50-70 lyuks miqdorda yorug‘lik ham yetarli. Lekin ularni maksimal darajada farqlashi uchun esa 600 lyuksgacha miqdorda yorug‘lik kerak. Bu borada fiziologik kuzatishlarning ko‘rsatishicha, 3 soat davomida 50 lyuks yorug‘likda ishlagan ishchining ko‘rish qobiliyati 72,0%, 75 lyuks yorug‘likda 55,0%, 100 lyuks yorug‘likda 26,0%, 200 lyuksda esa faqat 15,0% gacha kamayganligi aniqlangan. Ko‘rinib turibdiki, yorug‘lik kam bo‘lgan sharoitda ishchi ish boshlangan davrdagiga nisbatan ko‘rish qobiliyatini yo‘qotadi va ko‘zda toliqish alomatlarini sezadi. Ishxonalardagi ishlab chiqarish jarayonining xususiyatlariga qarab yoritish tizimi 3 xil, ya’ni umumiy, mahalliy va kombinatsiyalashgan bo‘lishi mumkin. Umumiy yoritish butun binoni yoritish bilan belgilangan. Mahaliy yoritish esa ish joyining o‘zinigina yoritishni ko‘zda tutadi. Kombinatsiyalashgan yoritish tizimi umumiy va mahaliy yoritish tizimlarining ayni bir vaqtda amalga oshrilishini bildiradi. Yorug‘liklar umuman ikki xil bo‘lib, ular tabiiy yorug‘lik va sun’iy yorug‘liklarga bo‘linadi. Kechki smenada ishlaydigan ishchilar asosan sun’iy yorug‘likda mehnat qiladilar. Sun’iy yoritishda cho‘g‘lanma lampalar va lyuminissent lampalardan foydalaniladi.
 
 
Yaxshi yoritish va elektr energiyasini tejab sarflash maqsadida keyingi 
yillarda lyuminissent lampalar keng qo‘llanmoqda. Chunki, ular cho‘g‘langan 
lampalarga nisbatan ko‘pgina afzalliklarga ega. Lyuminissent lampa cho‘g‘lanma 
lampaga qaraganda yorug‘ni 3-4 marta ortiq beradi, elektr energiyasini bir necha 
marta kam sarflaydi. Tabiiy yorug‘lik bilan lyuminissent lampasining yorug‘ligi 
tekshirilganda ularning aralashligi deyarli sezilmaydi. 
Ish joyini yoritish masalasini hal etishda tabiiy yorug‘likdan maksimal 
foydalanilishi kerak. Buning uchun deraza o‘rni va yorug‘lik tushadigan boshqa 
tuynuklarni kegaytirish lozim. Hozirgi vaqtda keng qo‘llanilayotgan vitrina tipidagi 
katta 
derazalar 
yorug‘likni 
ko‘p 
tushiradi 
va 
oynasini 
yuvishni 
mexanizatsiyalashtirishga imkon beradi. Oynalarni changdan tez-tez tozalab turish 
kerak, chunki chang kunduzgi yorug‘likning 30% ga yaqinini ushlab qoladi va ish 
joyi yomon yoritilishiga sababchi bo‘ladi. 
Mehnat sharoitini yaxshilashning yana bir muhim shartlaridan biri – ishlab 
chiqarish shovqini va tebranishga qarshi kurashishdir, chunki, hozirgi ilmiy-texnika 
taraqqiyoti davrida chiqariladigan mashina va mexanizmalarning quvvati va 
unumdorligi ortishi bilan ulardan chiqadigan shovqin va tebranish ham 
kuchaymoqda. 
Shovqin turli balandlikdagi va chastotadagi tovushlarning tartibsiz ravishda 
qo‘shilib eshitilishi bilan xarakterlanadi. Tovush fizik holat sifatida havodan, suvdan 
va boshqa tarang muhitdan kelib chiqadigan to‘lqinsimon harakatlardan iborat. U 
tovush chiqaradigan jismlarning tebranishi natijasida hosil bo‘ladi va eshitish 
organimiz tomonidan qabul qilinadi. Ritmlarga rioya qilingan holda muntazam 
ravishda kelib chiqadigan ohangrabo tovushlarning tebranishi muzikali tovushlar 
deb ataladi. Shuning uchun ham har qanday ovoz alohida komponentlarga bo‘linadi. 
Masalan, muzika bizga estetik zavq bersa, shovqin esa g‘ashimizni keltiradi. 
Shovqin 130 desibelga bo‘lingan xalqaro tovush balandligi shkalasi bilan 
o‘lchanadi. Tovush bosimi darajasini o‘lchash uchun shovqin o‘lchagich 
(shumomer) qo‘llaniladi. 
Qurilma va inshootlarning tebranishi, tebranish chastotasi (chs.), amplitudasi 
(mm.), tebranma harakat tezligi (sm.sek), tebranma harakatning tezlanishi (sm.sek2) 
Yaxshi yoritish va elektr energiyasini tejab sarflash maqsadida keyingi yillarda lyuminissent lampalar keng qo‘llanmoqda. Chunki, ular cho‘g‘langan lampalarga nisbatan ko‘pgina afzalliklarga ega. Lyuminissent lampa cho‘g‘lanma lampaga qaraganda yorug‘ni 3-4 marta ortiq beradi, elektr energiyasini bir necha marta kam sarflaydi. Tabiiy yorug‘lik bilan lyuminissent lampasining yorug‘ligi tekshirilganda ularning aralashligi deyarli sezilmaydi. Ish joyini yoritish masalasini hal etishda tabiiy yorug‘likdan maksimal foydalanilishi kerak. Buning uchun deraza o‘rni va yorug‘lik tushadigan boshqa tuynuklarni kegaytirish lozim. Hozirgi vaqtda keng qo‘llanilayotgan vitrina tipidagi katta derazalar yorug‘likni ko‘p tushiradi va oynasini yuvishni mexanizatsiyalashtirishga imkon beradi. Oynalarni changdan tez-tez tozalab turish kerak, chunki chang kunduzgi yorug‘likning 30% ga yaqinini ushlab qoladi va ish joyi yomon yoritilishiga sababchi bo‘ladi. Mehnat sharoitini yaxshilashning yana bir muhim shartlaridan biri – ishlab chiqarish shovqini va tebranishga qarshi kurashishdir, chunki, hozirgi ilmiy-texnika taraqqiyoti davrida chiqariladigan mashina va mexanizmalarning quvvati va unumdorligi ortishi bilan ulardan chiqadigan shovqin va tebranish ham kuchaymoqda. Shovqin turli balandlikdagi va chastotadagi tovushlarning tartibsiz ravishda qo‘shilib eshitilishi bilan xarakterlanadi. Tovush fizik holat sifatida havodan, suvdan va boshqa tarang muhitdan kelib chiqadigan to‘lqinsimon harakatlardan iborat. U tovush chiqaradigan jismlarning tebranishi natijasida hosil bo‘ladi va eshitish organimiz tomonidan qabul qilinadi. Ritmlarga rioya qilingan holda muntazam ravishda kelib chiqadigan ohangrabo tovushlarning tebranishi muzikali tovushlar deb ataladi. Shuning uchun ham har qanday ovoz alohida komponentlarga bo‘linadi. Masalan, muzika bizga estetik zavq bersa, shovqin esa g‘ashimizni keltiradi. Shovqin 130 desibelga bo‘lingan xalqaro tovush balandligi shkalasi bilan o‘lchanadi. Tovush bosimi darajasini o‘lchash uchun shovqin o‘lchagich (shumomer) qo‘llaniladi. Qurilma va inshootlarning tebranishi, tebranish chastotasi (chs.), amplitudasi (mm.), tebranma harakat tezligi (sm.sek), tebranma harakatning tezlanishi (sm.sek2)
 
 
bilan o‘lchanadi. Tebranishni o‘lchash va hisobga olish uchun mexanik vibragraf, 
turli xil manba va kuchaytirgichlar qo‘llaniladi. 
Ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalarida yuzaga keladigan barcha 
shovqinlar chastota tarkibga qarab uch tabaqaga (klassga) bo‘linadi: past chastotali 
(300 gersgacha), o‘rtacha chastotali (100 gersgacha) va yuqori chastotali (100 
gersdan yuqori). Bu shovqin tabaqasi (klassi) har biri uchun yo‘l qo‘yiladigan 
shovqin darajasi belgilanib, ular quyidagi miqdorlarga bo‘linadi: birinchi klass-65-
75 db, ikkinchi klass-75-100 db, uchinchi klass-100 db. dan ortiq. O‘rtacha kuchli 
ovoz bilan aytilgan so‘z 1,5 metrli masofadan yetarlicha aniq va tushunarli eshitilsa, 
bunday shovqin darajasi normal hisoblanadi. Bu kuch 68-70 db. bo‘lgan shovqin 
darajasiga to‘g‘ri keladi.  
Hozirgi vaqtda ko‘pchilik ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalarida 
shovqin darajasi o‘rtacha 87-95 db ga teng bo‘lib, bu ko‘rsatgich asosan normal 
hisoblanadi. Ammo ba’zi korxonalarda shovqin darajasi me’yoridan ancha oshiqdir. 
Masalan, Toshkent, Farg‘ona to‘qimachilik korxonalarining ba’zi bo‘limlarida, 
sexlarida shovqin darajasi 85 db. dan 120 db. gacha oshadi.  
Shovqinning zararli ta’siri uning kuchi va chastotasi tufaylidir. U ko‘proq 
markaziy asab tizimi orqali xodimning butun organizmiga ta’sir etuvchi biologik 
qo‘zg‘atuvchi hisoblanadi. Kuchli shovqin nafaqat quloqqa salbiy ta’sir ko‘rsatadi 
va nihoyat oliy nerv faoliyatining buzilishi, qon bosimining o‘zgarishiga, yurak 
faoliyatining buzilishiga, boshda og‘riq paydo bo‘lishiga sababchi bo‘ladi. 
Ko‘p yillik kuzatishlar natijasi shuni ko‘rsatadiki, agar kishi 90 db.dan 
oshiqroq shovqin ostida uch-to‘rt yil mobaynida to‘xtovsiz ish faoliyatini amalga 
oshirsa, bunday holda garmoniya kasalliklari, chala eshitish, bosh og‘rig‘i, 
serjahillik, haddan tashqari charchash va xotira susayishi kabi bir qator ko‘ngilsiz 
hollarga duchor bo‘ladi. 
Shu boisdan ham mustaqil respublikamizning ishlab chiqarish va xizmat 
ko‘rsatish korxonalarida shovqin va tebranish bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘ngilsiz 
hollarning oldini olish uchun barcha chora-tadbirlar qo‘llanilib kelmoqda. 
Shovqinning zararli ta’sirlarini kamaytirish maqsadida, shovqin paydo 
bo‘ladigan manbalarda texnologik, konstruktiv va ekspluatatsiya tadbirlarini 
qo‘llash, shovqin kuchini uning tarqalishi yo‘lida tovush o‘tqazmaydigan yoki 
bilan o‘lchanadi. Tebranishni o‘lchash va hisobga olish uchun mexanik vibragraf, turli xil manba va kuchaytirgichlar qo‘llaniladi. Ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalarida yuzaga keladigan barcha shovqinlar chastota tarkibga qarab uch tabaqaga (klassga) bo‘linadi: past chastotali (300 gersgacha), o‘rtacha chastotali (100 gersgacha) va yuqori chastotali (100 gersdan yuqori). Bu shovqin tabaqasi (klassi) har biri uchun yo‘l qo‘yiladigan shovqin darajasi belgilanib, ular quyidagi miqdorlarga bo‘linadi: birinchi klass-65- 75 db, ikkinchi klass-75-100 db, uchinchi klass-100 db. dan ortiq. O‘rtacha kuchli ovoz bilan aytilgan so‘z 1,5 metrli masofadan yetarlicha aniq va tushunarli eshitilsa, bunday shovqin darajasi normal hisoblanadi. Bu kuch 68-70 db. bo‘lgan shovqin darajasiga to‘g‘ri keladi. Hozirgi vaqtda ko‘pchilik ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalarida shovqin darajasi o‘rtacha 87-95 db ga teng bo‘lib, bu ko‘rsatgich asosan normal hisoblanadi. Ammo ba’zi korxonalarda shovqin darajasi me’yoridan ancha oshiqdir. Masalan, Toshkent, Farg‘ona to‘qimachilik korxonalarining ba’zi bo‘limlarida, sexlarida shovqin darajasi 85 db. dan 120 db. gacha oshadi. Shovqinning zararli ta’siri uning kuchi va chastotasi tufaylidir. U ko‘proq markaziy asab tizimi orqali xodimning butun organizmiga ta’sir etuvchi biologik qo‘zg‘atuvchi hisoblanadi. Kuchli shovqin nafaqat quloqqa salbiy ta’sir ko‘rsatadi va nihoyat oliy nerv faoliyatining buzilishi, qon bosimining o‘zgarishiga, yurak faoliyatining buzilishiga, boshda og‘riq paydo bo‘lishiga sababchi bo‘ladi. Ko‘p yillik kuzatishlar natijasi shuni ko‘rsatadiki, agar kishi 90 db.dan oshiqroq shovqin ostida uch-to‘rt yil mobaynida to‘xtovsiz ish faoliyatini amalga oshirsa, bunday holda garmoniya kasalliklari, chala eshitish, bosh og‘rig‘i, serjahillik, haddan tashqari charchash va xotira susayishi kabi bir qator ko‘ngilsiz hollarga duchor bo‘ladi. Shu boisdan ham mustaqil respublikamizning ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalarida shovqin va tebranish bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘ngilsiz hollarning oldini olish uchun barcha chora-tadbirlar qo‘llanilib kelmoqda. Shovqinning zararli ta’sirlarini kamaytirish maqsadida, shovqin paydo bo‘ladigan manbalarda texnologik, konstruktiv va ekspluatatsiya tadbirlarini qo‘llash, shovqin kuchini uning tarqalishi yo‘lida tovush o‘tqazmaydigan yoki
 
 
tovush yutadigan vositalar yordamida kamaytirish, shu va shunga o‘xshagan 
omillarning zararli ta’sirlaridan shaxsiy himoya qilish kabi tadbirlarni amalga 
oshirish zarur. 
Tebranishlarning uzoq vaqt ta’sir etib turishi xodimning tez charchashiga, 
uning asab tizimi va ichki organlari ishdan chiqishiga sabab bo‘ladi. To‘qimachilik 
sohasidagi korxonalarda tebranish parametrlarining eng yuqorisi to‘quv sexlarida, 
mashinasozlik korxonalarining temirchilik sexlarida bo‘lishi mumkin. Tebranishga 
qarshi 
kurashish 
uchun 
maxsus 
texnik 
vositalardan 
(turli 
izolyatorlar, 
amortizatorlardan), shuningdek, shaxsiy (individual) saqlanish vositalaridan (masus 
qo‘lqoplar, paloslar va to‘shaklardan) foydalaniladi. 
Me’yoridan ortiqcha shovqin va tebranishning oldini olish va unga qarshi 
kurashish ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalarida eng qulay mehnat 
sharoiti yaratish sohasida olib borilayotgan muhim ishning bir qismi bo‘lib, u 
mehnatni tashkil etish va boshqarishning zaruriy shartlaridandir. 
Ishlovchining kiyimi, ish joyining ozoda, saronjom va batartibligi ish joyi 
madaniyati elementlariga kiradi. Kiyim qulay, bejirim, ish yoki xizmat xarakteriga 
mos gigienik xususiyatli bo‘lishi va mehnat xafsizligini ta’minlashi kerak. Ish joyini 
ozoda va tartibli saqlash uchun uni muntazam yig‘ishtirib va asbob-uskunalarga 
qarab turish, ya’ni asbob-uskunalarni muntazam tozalash grafigiga qat’iy rioya qilish 
kerak.  
Korxonalarda ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish madaniyati texnikasi va 
ishni tashkil qilishning yuksak darajada bo‘lishi hisobigagina emas, balki 
mehnatkashlarga xizmat ko‘rsatishni takomillashtirib borish hisobiga ham yaratiladi. 
Jumladan, dushxonalar, kiyim yechadigan va kiyadigan xonalar, dam olish va hordik 
chiqarish xonalari, kiyim shkaflari, oshxonalar shu hisobga kiradi. Ayniqsa, xotin-
qizlar ko‘proq faoliyat ko‘rsatadigan, masalan, to‘qimachilik korxonalarida 
ayollarning mehnat qilish va dam olish sharoitiga alohida e’tibor berilishi kerak. 
Jamoadagi psixologik iqlim, xodimlarning o‘zaro munosabatlari, ularning 
kayfiyatlari ham mehnatni tashkil etish muammolariga kiradi. Bularning 
hammasi ish qobiliyatiga, xodimlarning beqarorligiga va ishlab chiqarish 
(xizmat ko‘rsatish) ko‘rsatgichlariga muhim (ham ijobiy, ham salbiy) ta’sir 
ko‘rsatadi. Korxonalardagi psixologik iqlim ko‘p texnikaviy va tashkiliy 
tovush yutadigan vositalar yordamida kamaytirish, shu va shunga o‘xshagan omillarning zararli ta’sirlaridan shaxsiy himoya qilish kabi tadbirlarni amalga oshirish zarur. Tebranishlarning uzoq vaqt ta’sir etib turishi xodimning tez charchashiga, uning asab tizimi va ichki organlari ishdan chiqishiga sabab bo‘ladi. To‘qimachilik sohasidagi korxonalarda tebranish parametrlarining eng yuqorisi to‘quv sexlarida, mashinasozlik korxonalarining temirchilik sexlarida bo‘lishi mumkin. Tebranishga qarshi kurashish uchun maxsus texnik vositalardan (turli izolyatorlar, amortizatorlardan), shuningdek, shaxsiy (individual) saqlanish vositalaridan (masus qo‘lqoplar, paloslar va to‘shaklardan) foydalaniladi. Me’yoridan ortiqcha shovqin va tebranishning oldini olish va unga qarshi kurashish ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalarida eng qulay mehnat sharoiti yaratish sohasida olib borilayotgan muhim ishning bir qismi bo‘lib, u mehnatni tashkil etish va boshqarishning zaruriy shartlaridandir. Ishlovchining kiyimi, ish joyining ozoda, saronjom va batartibligi ish joyi madaniyati elementlariga kiradi. Kiyim qulay, bejirim, ish yoki xizmat xarakteriga mos gigienik xususiyatli bo‘lishi va mehnat xafsizligini ta’minlashi kerak. Ish joyini ozoda va tartibli saqlash uchun uni muntazam yig‘ishtirib va asbob-uskunalarga qarab turish, ya’ni asbob-uskunalarni muntazam tozalash grafigiga qat’iy rioya qilish kerak. Korxonalarda ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish madaniyati texnikasi va ishni tashkil qilishning yuksak darajada bo‘lishi hisobigagina emas, balki mehnatkashlarga xizmat ko‘rsatishni takomillashtirib borish hisobiga ham yaratiladi. Jumladan, dushxonalar, kiyim yechadigan va kiyadigan xonalar, dam olish va hordik chiqarish xonalari, kiyim shkaflari, oshxonalar shu hisobga kiradi. Ayniqsa, xotin- qizlar ko‘proq faoliyat ko‘rsatadigan, masalan, to‘qimachilik korxonalarida ayollarning mehnat qilish va dam olish sharoitiga alohida e’tibor berilishi kerak. Jamoadagi psixologik iqlim, xodimlarning o‘zaro munosabatlari, ularning kayfiyatlari ham mehnatni tashkil etish muammolariga kiradi. Bularning hammasi ish qobiliyatiga, xodimlarning beqarorligiga va ishlab chiqarish (xizmat ko‘rsatish) ko‘rsatgichlariga muhim (ham ijobiy, ham salbiy) ta’sir ko‘rsatadi. Korxonalardagi psixologik iqlim ko‘p texnikaviy va tashkiliy