Mehnat tarbiyasida xalq og‘zaki ijodining o‘rni

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

8

File size

Fayl hajmi

21,8 KB


Mehnat tarbiyasida xalq og‘zaki ijodining o‘rni
Reja:
1. Xalq og’zaki ijodida mehnat tarbiyasining targ’ib etilishi.
2. Xalq maqollarida mehnat tarbiyasi.
3. Xalq rivoyatlari asosida o’quvchilarni mehnatga o’rgatish.
 
 Mavzuga  oid  tayanch  tushunchalar: Mehnat  tarbiyasi,  maqol,  mehnat
qo’shiqlari, xalq rivoyatlari. 
 
  Sog’lom bolaning shakllanishida, nafaqat, jismonan sog’lomlik, balki fikran
sog’lomlik ham mohiyatan bir maqsadga qaratilgan. Bolalarni sog’lom fikrlilikka
chorlash degani ana shu sog’lom fikrlar haqida uqtirish emas, balki uni hayotga
tatbiq qilish orqali singdirishdir. 
  Ota-bobolarimiz azaldan mehnatni ulug’lab kelishgan , o’zlari sidqidildan mehnat
qilishgan.  Bizga  ulardan  meros  bo’lib  qolgan  barcha  xazinalar-ilmiy  badiiy
kitoblar, turli xildagi san’at asarlari me’morchilik obidalari va boshqa narsalar ana
shu  mehnatning  mahsulidir.  Bobolarimiz  mehnatsevarliklari  tufayli  ulkan
yutuqlarni  qo’lga  kiritishgan.  Yoshlarni  ham  mehnatni  sevishga,  mehnatsevar
bo’lishga chaqirishgan. Xalq og’zaki ijodi namunalari qadimiyligi, ta’sirchanligi
manbalardan hisoblanadi. Bu tarbiya vositalarini bolalar hayotiga tabiiy ravishda
olib kirish lozim. Ular mehnay, poklik, kattarga hurmat kabi insoniy fazilatlarni
bola qalbiga singdirishning muhim  vositasidir. Shu boisdan, jahondagi  barcha
xalqlarning maqollarida bo’lgani kabi, o’zbek maqollarida ham mehnatsevarlik
g’oyasi markaziy o’rinlardan birini egallaydi. “Suvsiz hayot bo’lmas, mehnatsiz
rohat”, “Mehnat qilsang yasharsan, katta-katta osharsan” ,“Oltin o’tda toblanar
odam mehnatda”, “Mehnat bilan qarisang rahmat bilan yashaysan ”, “Uzoq umr
Logotip
Mehnat tarbiyasida xalq og‘zaki ijodining o‘rni Reja: 1. Xalq og’zaki ijodida mehnat tarbiyasining targ’ib etilishi. 2. Xalq maqollarida mehnat tarbiyasi. 3. Xalq rivoyatlari asosida o’quvchilarni mehnatga o’rgatish. Mavzuga oid tayanch tushunchalar: Mehnat tarbiyasi, maqol, mehnat qo’shiqlari, xalq rivoyatlari. Sog’lom bolaning shakllanishida, nafaqat, jismonan sog’lomlik, balki fikran sog’lomlik ham mohiyatan bir maqsadga qaratilgan. Bolalarni sog’lom fikrlilikka chorlash degani ana shu sog’lom fikrlar haqida uqtirish emas, balki uni hayotga tatbiq qilish orqali singdirishdir. Ota-bobolarimiz azaldan mehnatni ulug’lab kelishgan , o’zlari sidqidildan mehnat qilishgan. Bizga ulardan meros bo’lib qolgan barcha xazinalar-ilmiy badiiy kitoblar, turli xildagi san’at asarlari me’morchilik obidalari va boshqa narsalar ana shu mehnatning mahsulidir. Bobolarimiz mehnatsevarliklari tufayli ulkan yutuqlarni qo’lga kiritishgan. Yoshlarni ham mehnatni sevishga, mehnatsevar bo’lishga chaqirishgan. Xalq og’zaki ijodi namunalari qadimiyligi, ta’sirchanligi manbalardan hisoblanadi. Bu tarbiya vositalarini bolalar hayotiga tabiiy ravishda olib kirish lozim. Ular mehnay, poklik, kattarga hurmat kabi insoniy fazilatlarni bola qalbiga singdirishning muhim vositasidir. Shu boisdan, jahondagi barcha xalqlarning maqollarida bo’lgani kabi, o’zbek maqollarida ham mehnatsevarlik g’oyasi markaziy o’rinlardan birini egallaydi. “Suvsiz hayot bo’lmas, mehnatsiz rohat”, “Mehnat qilsang yasharsan, katta-katta osharsan” ,“Oltin o’tda toblanar odam mehnatda”, “Mehnat bilan qarisang rahmat bilan yashaysan ”, “Uzoq umr
siri  mehnatda”,  “Daryo  suvini  bahor  toshirar,  inson  qadrin  mehnat  oshirar”,
“Mehnatdan  do’st  ortar,  g’iybatdan  dushman”  kabi  xalq  maqollari  bejiz
aytilmagan.  Maqollar  odamlarning  hayoti  va  turmushi  jarayonida  to’plagan
tajribalari, dunyoqarashi, o’zi yashab turgan ijtimoiy hayotga bo’lgan munosabati,
o’tmish hayoti va uning ibratli saboqlarini, umid va orzularini ifodalaydi. Maqollar
xalq  og’zaki  ijodining  bir  turidir.  Maqollarda  xalqning  turmush  davomida
to’plagan tajribalari natijasida yuzaga kelgan xulosalari ixcham va sodda tarzda
bayon etilgan. 
 
 Demak,  maqollar  xalqning  ijtimoiy-tarixiy,  hayotiy-maishiy  tajribasi
umumlashgan  badiiy,  obrazli  mulohazalardan  iborat  hikmatli  so’zlardir.  Ular
qadimdan  sinalgan,  turmush  tasdig’idan  o’tgan  tushunchalar  orqali  kishilarni
ogohlantiradi.  Hayot,  yashash  tushunchalariga  endigina  duch  kelayotgan  boal
maqollar orqali to’g’ri yo’lni tanlay oladi.
  Bundan tashqari xalq hayotiga hamroh bo’lgan qo’shiqlarda ham halol rizq
topish, mehnatsevarlik o’z aksini topgan. Ajdodlarimiz uchun mehnatning samarali
bo’lishining yechimi qo’shiq aytishdan iborat bo’ladi. Shuning uchun ajdodlarimiz
har  bir  ishni  qo’shiq  bilan  bajarib  ham  mehnatning  samarali  bo’lishini,  ham
zerikmasdan bajarish yo’lini o’ylab topganlar. Xalqimiz orasida yashab kelayotgan
mehnat qo’shiqlari bajariladigan ish sohalariga qarab uch xil bo’ladi:
  1.Dehqonchilik bilan bog’liq mehnat qo’shiqlari: 
  Shohlari bir quloch-quloch, Shohimga qo’nar qaldirg’och. 
  Yuray desam, voy, qornim och, 
  Men qo’shga qanday yarayin. 
  Ho’kizginam, bo’yniginang ezildi, 
  Ko’zginangdan yoshlar qator tizildi. 
  Bo’yinturuq bilan omoch tortmasang, 
  Sening bilan menga go’rlar qazildi. 
  Dehqonchilik qo’shiqlarida yil-o’n ikki oy mobaynida olib borilgan mehnat
jarayoni bosqichma-bosqich o’z ifodasini topadi. Ularda yer haydash, dalaga yangi
yil hosili uchun bug’doy sepish, unib chiqqan va boshoqlari yetilgan bug’doylarni
o’rish, ularni yanchib donini ajratish kabi har bir jarayon, albatta, qo’shiq aytish
Logotip
siri mehnatda”, “Daryo suvini bahor toshirar, inson qadrin mehnat oshirar”, “Mehnatdan do’st ortar, g’iybatdan dushman” kabi xalq maqollari bejiz aytilmagan. Maqollar odamlarning hayoti va turmushi jarayonida to’plagan tajribalari, dunyoqarashi, o’zi yashab turgan ijtimoiy hayotga bo’lgan munosabati, o’tmish hayoti va uning ibratli saboqlarini, umid va orzularini ifodalaydi. Maqollar xalq og’zaki ijodining bir turidir. Maqollarda xalqning turmush davomida to’plagan tajribalari natijasida yuzaga kelgan xulosalari ixcham va sodda tarzda bayon etilgan. Demak, maqollar xalqning ijtimoiy-tarixiy, hayotiy-maishiy tajribasi umumlashgan badiiy, obrazli mulohazalardan iborat hikmatli so’zlardir. Ular qadimdan sinalgan, turmush tasdig’idan o’tgan tushunchalar orqali kishilarni ogohlantiradi. Hayot, yashash tushunchalariga endigina duch kelayotgan boal maqollar orqali to’g’ri yo’lni tanlay oladi. Bundan tashqari xalq hayotiga hamroh bo’lgan qo’shiqlarda ham halol rizq topish, mehnatsevarlik o’z aksini topgan. Ajdodlarimiz uchun mehnatning samarali bo’lishining yechimi qo’shiq aytishdan iborat bo’ladi. Shuning uchun ajdodlarimiz har bir ishni qo’shiq bilan bajarib ham mehnatning samarali bo’lishini, ham zerikmasdan bajarish yo’lini o’ylab topganlar. Xalqimiz orasida yashab kelayotgan mehnat qo’shiqlari bajariladigan ish sohalariga qarab uch xil bo’ladi: 1.Dehqonchilik bilan bog’liq mehnat qo’shiqlari: Shohlari bir quloch-quloch, Shohimga qo’nar qaldirg’och. Yuray desam, voy, qornim och, Men qo’shga qanday yarayin. Ho’kizginam, bo’yniginang ezildi, Ko’zginangdan yoshlar qator tizildi. Bo’yinturuq bilan omoch tortmasang, Sening bilan menga go’rlar qazildi. Dehqonchilik qo’shiqlarida yil-o’n ikki oy mobaynida olib borilgan mehnat jarayoni bosqichma-bosqich o’z ifodasini topadi. Ularda yer haydash, dalaga yangi yil hosili uchun bug’doy sepish, unib chiqqan va boshoqlari yetilgan bug’doylarni o’rish, ularni yanchib donini ajratish kabi har bir jarayon, albatta, qo’shiq aytish
bilan  qo’shib  amalga  oshirilgan.  Agar  bu  qo’shiqlarda  faqat  dehqonning
bajarayotgan mehnati aks etgan, desak, xato bo’ladi. Chunki har bir qo’shiqda
dehqon,  albatta,  o’zining  ichki  kechinmalarini,  hayot  tajribasidan  olgan
taassurotlarini,  turmush  tashvishlarini  bayon  etishga  urinadi. Qo’shiq aytuvchi
kishi sahnada san’atkor emas, balki dalada ham oddiy ijrochi, ham tinglovchi
sifatida namoyon bo’ladi. 
  2. Chorvachilik bilan bog’liq mehnat qo’shiqlari: 
  Shoxlaring bor bir minora, churiya-churiya, 
  Minora qushlar qo’nar-a, churiya-churiya, 
  Bolang olib iskasang-a, churiya-churiya, 
  Kuygan yuraging qonar-a, churiya-churiya. 
  
  Chorvachilik bilan bog’liq qo’shiqlar xalqimizning qadimdan bu kasbni egallab
kelganidan, chorvachilikning sir-sinoatlaridan xabardor ekanidan dalolat beradi.
Xalq  har  bir  hayvonga  xuddi  odamdek  muomalada  bo’lgan.  Uni  erkalagan,
maqtagan,  ta’riflagan,  sifatlagan.  “Xo’sh”,  “Turey-turey”,  “Churey-churey”
qo’shiqlarini  chorvadorlar  ichida  yashagan  shoirtabiat  odamlar  to’qishgan.  Bu
qo’shiqlarda turli badiiy san’atning boshqa namunalarida bo’lganidek turli badiiy
san’atdan foydalanilgan. 
  O’zbek xalqi qadimdan hunarmandchilik bilan shug’ullanib kelgan. O’zbekiston
hududida  ishlab  chiqarilgan  shohi  atlaslar,  banoras  to’nlar,  amaliy  san’at
namunalari, to’qilgan gilamlar  butun dunyoga mashhur  bo’lgan.  Qadimda o’z
hunari bilan nom taratgan ustalar o’z shogirdlaridan kasbiy ko’nikmalar qatori
she’r, qo’shiq aytish, biror musiqa asbobida kuy kuychalishni ham talab qilganlar.
Ularning fikricha, har tomonlama yetuk bo’lmagan inson, ayniqsa, estetik zavqi
yo’q kimsa bironta hunarni ham uquv bilan o’zlashtira olmas ekan. Shuning uchun
xalqimiz orasida turli kasb bilan shug’ullanayotgan odam borki, qo’shiq aytadi,
askiya aytadi, musiqa chaladi. Bu fazilat unga o’zi ishlab chiqarayotgan narsaning
go’zal  ko’rinishga  ega  bo’lishini  ta’minlaydi.  Qo’shiq  bilan  tayyorlanayotgan
narsaga ustaning mehri quyiladi. 
  O’zbek xalq mehnat qo’shiqlarining salmoqli qismini kashta tikish, bo’z to’qish,
charx  yigirish  kabi  faoliyat  bilan  qo’shib  turli  ohangda  ijro  etadigan  she’r
namunalari egallaydi. Jumladan, ularning eng qadimgilaridan biri charx qo’shiqlari
Logotip
bilan qo’shib amalga oshirilgan. Agar bu qo’shiqlarda faqat dehqonning bajarayotgan mehnati aks etgan, desak, xato bo’ladi. Chunki har bir qo’shiqda dehqon, albatta, o’zining ichki kechinmalarini, hayot tajribasidan olgan taassurotlarini, turmush tashvishlarini bayon etishga urinadi. Qo’shiq aytuvchi kishi sahnada san’atkor emas, balki dalada ham oddiy ijrochi, ham tinglovchi sifatida namoyon bo’ladi. 2. Chorvachilik bilan bog’liq mehnat qo’shiqlari: Shoxlaring bor bir minora, churiya-churiya, Minora qushlar qo’nar-a, churiya-churiya, Bolang olib iskasang-a, churiya-churiya, Kuygan yuraging qonar-a, churiya-churiya. Chorvachilik bilan bog’liq qo’shiqlar xalqimizning qadimdan bu kasbni egallab kelganidan, chorvachilikning sir-sinoatlaridan xabardor ekanidan dalolat beradi. Xalq har bir hayvonga xuddi odamdek muomalada bo’lgan. Uni erkalagan, maqtagan, ta’riflagan, sifatlagan. “Xo’sh”, “Turey-turey”, “Churey-churey” qo’shiqlarini chorvadorlar ichida yashagan shoirtabiat odamlar to’qishgan. Bu qo’shiqlarda turli badiiy san’atning boshqa namunalarida bo’lganidek turli badiiy san’atdan foydalanilgan. O’zbek xalqi qadimdan hunarmandchilik bilan shug’ullanib kelgan. O’zbekiston hududida ishlab chiqarilgan shohi atlaslar, banoras to’nlar, amaliy san’at namunalari, to’qilgan gilamlar butun dunyoga mashhur bo’lgan. Qadimda o’z hunari bilan nom taratgan ustalar o’z shogirdlaridan kasbiy ko’nikmalar qatori she’r, qo’shiq aytish, biror musiqa asbobida kuy kuychalishni ham talab qilganlar. Ularning fikricha, har tomonlama yetuk bo’lmagan inson, ayniqsa, estetik zavqi yo’q kimsa bironta hunarni ham uquv bilan o’zlashtira olmas ekan. Shuning uchun xalqimiz orasida turli kasb bilan shug’ullanayotgan odam borki, qo’shiq aytadi, askiya aytadi, musiqa chaladi. Bu fazilat unga o’zi ishlab chiqarayotgan narsaning go’zal ko’rinishga ega bo’lishini ta’minlaydi. Qo’shiq bilan tayyorlanayotgan narsaga ustaning mehri quyiladi. O’zbek xalq mehnat qo’shiqlarining salmoqli qismini kashta tikish, bo’z to’qish, charx yigirish kabi faoliyat bilan qo’shib turli ohangda ijro etadigan she’r namunalari egallaydi. Jumladan, ularning eng qadimgilaridan biri charx qo’shiqlari
hisoblanadi. Bugungi kun tekstil sanoati paydo bo’lmasidan avval paxtaning chigiti
qo’lda  ajratib  olinar  va  paxta  momig’idan  charxni  aylantirish  vositasida  ip
yigirilardi. Ayollar kecha-kunduz ip yigirish bilan shug’ullanib, tayyor bo’lgan
iplardan gazlamalar to’qishgan. 
  3.Kasb-hunar bilan bog’liq mehnat qo’shiqlari: 
  Charx yigirib, charx yigirib, tuyugan. 
  Shul qo’lginam toladir. 
  Agar shuni yigirmasam, 
  Bolalar och qoladir.
  
  Har bir zerikarli va mashaqqatli mehnatning ham chegarasi bo’ladi. Ammo agar
odam bevosita charxda ip yigirish orqali kun ko’rsa, unga bu azobli mashg’ulot
chegarasizdek bo’lib tuyulgan. Ana shunday daqiqalarda odam o’ziga chorasiz,
najotsiz bir shaxs bo’lib ko’ringan. Qo’shiqda bu holat shunday kuylanadi:
  Charxginam, ey, charxginam, 
  Yurakkinam olasan, 
  Ayt-chi, sen bu yurtlardan, 
  Qachongina yo’qolasan?! 
  Tabiiyki, bolalarning eng sevimli mashg’ulotlaridan biri, bu ertak tinglashdir.
Ertaklar  xalq  og’zaki  ijodining  eng  qadimiy,  ommaviy  va  keng  tarqalgan
janrlaridan hisoblanadi.  Ularda insonparvarlik, vatanparvarlik, do’stga sadoqat,
yorga  vafodorlik,  qahramonlik  kabi  fazilarlar  ulug’lanadi,  zulm  va  zo’rlik
qoralanadi.  Xalq  og’zaki  ijodida  ertaklar  o’ziga  xos  o’rin  egallaydi.  Xalq
ertaklarining ko’pchiligida mehnat ulug’lanadi. “Shirin uyqu” ertagi bunga yaqqol
misol bo’la oldi: 
  “Bir donishmandning uchta o’g’li bo’lib, ota o’limi oldidan o’g’illarini o’z oldiga
chaqirib shunday vasiyat qilibdi: Uyquni shirin qilib uxlang, ovqatni shirin qilib
yeng. Ikki aka ota vasiyatiga amal qilib, ustma-ust yeb yotaveribdilar. Mehnat bilan
shug’ullanmabdilar.  Yegan  ovqatlari  singmabdi.  Ko’zlariga  uyqu  kelmabdi.
Borgan sari mol-dunyolari kamayib qashshoqlashib ketaveribdilar. Uchinchi o’g’il
esa ertadan kechgacha mehnat qilar ekan. Borgan sari davlati ko’payib, uyqusi
shirin bo’lib, ovqati mazali bo’lib boribdi”. 
Logotip
hisoblanadi. Bugungi kun tekstil sanoati paydo bo’lmasidan avval paxtaning chigiti qo’lda ajratib olinar va paxta momig’idan charxni aylantirish vositasida ip yigirilardi. Ayollar kecha-kunduz ip yigirish bilan shug’ullanib, tayyor bo’lgan iplardan gazlamalar to’qishgan. 3.Kasb-hunar bilan bog’liq mehnat qo’shiqlari: Charx yigirib, charx yigirib, tuyugan. Shul qo’lginam toladir. Agar shuni yigirmasam, Bolalar och qoladir. Har bir zerikarli va mashaqqatli mehnatning ham chegarasi bo’ladi. Ammo agar odam bevosita charxda ip yigirish orqali kun ko’rsa, unga bu azobli mashg’ulot chegarasizdek bo’lib tuyulgan. Ana shunday daqiqalarda odam o’ziga chorasiz, najotsiz bir shaxs bo’lib ko’ringan. Qo’shiqda bu holat shunday kuylanadi: Charxginam, ey, charxginam, Yurakkinam olasan, Ayt-chi, sen bu yurtlardan, Qachongina yo’qolasan?! Tabiiyki, bolalarning eng sevimli mashg’ulotlaridan biri, bu ertak tinglashdir. Ertaklar xalq og’zaki ijodining eng qadimiy, ommaviy va keng tarqalgan janrlaridan hisoblanadi. Ularda insonparvarlik, vatanparvarlik, do’stga sadoqat, yorga vafodorlik, qahramonlik kabi fazilarlar ulug’lanadi, zulm va zo’rlik qoralanadi. Xalq og’zaki ijodida ertaklar o’ziga xos o’rin egallaydi. Xalq ertaklarining ko’pchiligida mehnat ulug’lanadi. “Shirin uyqu” ertagi bunga yaqqol misol bo’la oldi: “Bir donishmandning uchta o’g’li bo’lib, ota o’limi oldidan o’g’illarini o’z oldiga chaqirib shunday vasiyat qilibdi: Uyquni shirin qilib uxlang, ovqatni shirin qilib yeng. Ikki aka ota vasiyatiga amal qilib, ustma-ust yeb yotaveribdilar. Mehnat bilan shug’ullanmabdilar. Yegan ovqatlari singmabdi. Ko’zlariga uyqu kelmabdi. Borgan sari mol-dunyolari kamayib qashshoqlashib ketaveribdilar. Uchinchi o’g’il esa ertadan kechgacha mehnat qilar ekan. Borgan sari davlati ko’payib, uyqusi shirin bo’lib, ovqati mazali bo’lib boribdi”.
  Demak, ertakdan shunday xulosa chiqadi, barcha rohatlarning otasi-mehnatdir.
Aka-ukalar buni hammalari har xil tushunibdilar. Ota nasihatini to’g’ri tushungan
kenja o’g’il o’z murod-maqsadiga yetibdi. 
  “Qumursqa”  ertagida  dunyodagi  eng  zo’r  mavjudot  mehnatkash,  mehnatni
sevuvchi mavjudot ekanligi aytiladi.
  Muz, bulut, kun, yomg’ir, yer, ot, mol, bo’ri, sichqoncha,  merganda “kim
zo’r?”deb  so’raganda,  biri  ikkinchisini  ko’rsataveradi.  Oxirda  qumursqa:
“otangning  olti  yuz  botmon  oshirib  yeganman;  pochchangning  yuz  botmon
bug’doyini yetti tog’dan oshirib yeganman. Men zo’rman, men zo’r deydi”. Bu
yerda qumursqalar mehnatsevar qilib ko’rsatilgan. O’zbek xalq ijodida mehnat va
mehnat  ahlini  hamisha  ulug’lab,  unga  mehr-muhabbat  bilan  qarashgan.
“Qumursqa” ertagida ham shu g’oya ertakka xos uslubda, ajoyib o’xshatishlarda
kulguga boy quyidagicha suhbatda bayon etilgan: 
  -Qorning nima uchun katta? 
  -jigarim zo’r, -dedi qumursqa. 
  -beling nima uchun ingichka? 
  -mehnatim zo’r! 
  –javob berdi qumursqa. 
  Xalq og’zaki ijoding noyob durdonalaridan biri bo’lmish tez aytishlar chuqurroq
tahlil qilib ko’rilsa, barcha tarbiyalar qatori mehnat tarbiyasi yuzasidan juda ko’p
manbalar uchratish mumkin. 
  Novvoy nonni yopar, 
  Nonni novvot deb sotar. 
  Jamila jiydani joyiga joyladi. 
  Soli arralaydi, 
  Lola allalaydi. 
  Xalq og’zaki ijoding katta-yu kichikka birdek yoqadigan turi bu topishmoqdir.
Topishmoqlarning  mazmunidan  kelib  chiqqan  holda  ularda  ma’naviy-axloqiy
tarbiya masalalarining yoritilishini o’rganishimiz mumkin: 
  Tom ustida bir anor, hadding bo’lsa ushlab ol. 
  Uzoq tog’da o’t yonar. 
  Uxlab yotar kunduzi, 
Logotip
Demak, ertakdan shunday xulosa chiqadi, barcha rohatlarning otasi-mehnatdir. Aka-ukalar buni hammalari har xil tushunibdilar. Ota nasihatini to’g’ri tushungan kenja o’g’il o’z murod-maqsadiga yetibdi. “Qumursqa” ertagida dunyodagi eng zo’r mavjudot mehnatkash, mehnatni sevuvchi mavjudot ekanligi aytiladi. Muz, bulut, kun, yomg’ir, yer, ot, mol, bo’ri, sichqoncha, merganda “kim zo’r?”deb so’raganda, biri ikkinchisini ko’rsataveradi. Oxirda qumursqa: “otangning olti yuz botmon oshirib yeganman; pochchangning yuz botmon bug’doyini yetti tog’dan oshirib yeganman. Men zo’rman, men zo’r deydi”. Bu yerda qumursqalar mehnatsevar qilib ko’rsatilgan. O’zbek xalq ijodida mehnat va mehnat ahlini hamisha ulug’lab, unga mehr-muhabbat bilan qarashgan. “Qumursqa” ertagida ham shu g’oya ertakka xos uslubda, ajoyib o’xshatishlarda kulguga boy quyidagicha suhbatda bayon etilgan: -Qorning nima uchun katta? -jigarim zo’r, -dedi qumursqa. -beling nima uchun ingichka? -mehnatim zo’r! –javob berdi qumursqa. Xalq og’zaki ijoding noyob durdonalaridan biri bo’lmish tez aytishlar chuqurroq tahlil qilib ko’rilsa, barcha tarbiyalar qatori mehnat tarbiyasi yuzasidan juda ko’p manbalar uchratish mumkin. Novvoy nonni yopar, Nonni novvot deb sotar. Jamila jiydani joyiga joyladi. Soli arralaydi, Lola allalaydi. Xalq og’zaki ijoding katta-yu kichikka birdek yoqadigan turi bu topishmoqdir. Topishmoqlarning mazmunidan kelib chiqqan holda ularda ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalarining yoritilishini o’rganishimiz mumkin: Tom ustida bir anor, hadding bo’lsa ushlab ol. Uzoq tog’da o’t yonar. Uxlab yotar kunduzi,