Ish joyini tashkil etish talablari. Texnika xavfsizligi qoidalari.
Reja:
1. Mehnat xonasidaishlash talablari.
2. Ish o’rnini tashkil qilish talablari.
3. Ish qurollaridan foydalanish qoidalari.
Mavzuga oid tayanch tushunchalar: Ta’lim, ta’lim-tarbiya, mehnat tarbiyasi,
qog’oz, qaychi, ustaxona, nina bilan ishlash qoidalari.
Ish xonasida ishlash talablari
1. Ish xonasiga faqat o‘qituvchi ruxsati bilan kiriladi.
2. Har bir o‘quvchi faqat o‘z ish joyida ishlaydi. Agarda ish jamoa bo‘lib
bajariladigan bo‘lsa, o‘quvchilar o‘z majburiyatlarini yaxshi biladilar.
3. Ish faqat o‘qituvchining ruxsati bilan boshlanadi.
4. Ishni boshlashdan oldin ish joyini tayyorlab, asboblarni to‘g‘ri va qulay
joylashtirish: O‘ng qo‘l bilan ushlanadigan asboblarni o‘ng tomonga, chap qo‘l
bilan ushlanadiganini chap tomonga qo‘y, sanchiladigan, kesadigan asboblarni
hech qachon ikkita asbob orasiga qo‘yma, ularni doimo o‘z joyiga, o‘tkir tomonini
narigi, dastasini o‘zing tomonga qilib qo‘y. Asboblarni o‘ynama, ular o‘yinchoq
emas.
5.I sh vaqtida ish joyingizni tartibli saqlang.
6. O‘tmas yoki buzuq asbob bilan ishlamang.
7. Asbobni ishlatganda, uni o‘qituvchi ko‘rsatganidek ishlating.
8. Asboblarni asrang, ularni to‘g‘ri, o‘z o‘rnida ishlating, so‘ng ularni tozalab
qo‘ying.
9. Har bir detalni oldingi safargidan sifatli, chiroyli va tartibli qilishga harakat
qiling.
10. Ishni tugatdingizmi, ish joyingizni tezda tozalab, tartibli qilib qo‘ying.
Ish joyini to‘g‘ri tashkil etish: O‘qituvchi stolning ustiga dasturxon yozib, o‘ng
tomoniga qaychi, yelim uchun cho‘tka, chizg‘ich, qalam, o‘chirg‘ich joylashtiradi.
O‘quvchining old tomoniga yelim, qiyqimlar uchun quticha va sochiq
joylashtiriladi. O‘quvchining chap tomoniga, ish vaqtida halaqit bermaydigan qilib
rangli qog‘oz to‘plami, qog‘oz to‘plami va kerakli materiallar joylashtiriladi.
Sanitariya-gigiyena talablari: O‘quvchi ish stolida ishlayotganda kiyimlarini kir
qilmaslik uchun maxsus ish fartuklari va yenglar kiyib olinadi. Ish qurollaridan
foydalanishda har bir asbobni yoki ish qurolini tartib bilan ishlatishni, ya’ni bitta
ish qurolidan foydalanib bo‘lib o‘z joyiga qo‘yib, keyin ikkinchisini qo‘lga olish
talab etiladi. Bunda o‘quvchini ish stoli batartib bo‘ladi. Ish vaqtida o‘quvchi
qo‘lini kiyimlariga, boshiga, yuziga tekkizmaslik, zarur bo‘lganda qo‘lini sochiqqa
artib keyin qo‘lini harakatlantirishi mumkin. Ishni tugatgandan so‘ng ish qurollari
va asboblarini o‘z g‘ilof yoki idishlariga solib tartib bilan sumkasiga yoki maxsus
javonga joylashtirib qo‘yishi kerak.
To‘g‘ri o‘tirish qoidalari: O‘quvchilar ish vaqtida to‘g‘ri o‘tirish qoidalariga
amal qilishlari kerak. Har bir asbob yoki ish qurolidan foydalanayotgan vaqtida
qo‘llarni keskin harakatlantirmaslik, o‘rnidan turmaslik, orqasiga qaramaslik,
yoniga o‘girilmaslik, o‘rtog‘iga gapirmaslik kerak. Ish vaqtida gavdani to‘g‘ri
tutish, bir tomonga qiyshaymaslik, oyoqlarini to‘g‘ri joylashtirish, qo‘llarni stol
ustida harakatlantirish, asbob va ish qurollarni gavdasiga yaqin olib kelmaslik, ish
stolida to‘g‘ri o‘tirish kerak. Shunda o‘quvchi charchab yoki toliqib qolmaydi.
Ustaxonadagi asbob-uskunalar. O‘quvchilar ustaxonada ishlayotganlarida har
xil asboblar va moslamalardan foydalanishadi. Qaychi, qalam, chizg‘ich, igna,
angishvona, yelim, yelim cho‘tkasi, bigiz, taglik taxtachalar, pichoq, gazlama,
rangli qog‘oz to‘plami, plastilin, turli urug‘lar, barglar, mato bo‘laklari, karton
to‘plami, sochiq, chiqindilar uchun quticha, stol ustiga klyonka.
Turli asboblardan foydalanishda texnika xavfsizligi qoidalari:
Qaychidan foydalanish qoidalari