Mehnatga oid nizoli ishlarni sudda ko'rishning protsessual xususiyatlari
Yuklangan vaqt
2025-09-03
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
24
Faytl hajmi
746,1 KB
MAVZU:
MEHNATGA OID NIZOLI ISHLARNI SUDDA
KO'RISHNING PROTSESSUAL XUSUSIYATLARI
REJA
1. Mehnat nizolarining taalluqliligi va sudlovligi
2. Mehnatga oid nizoli ishlarda ishtirok etuvchi shaxslar
3. Mehnat ishlari ho'yicha fuqarolik ishini qo‘zg‘atish
4. Mehnatga oid ishlarni sudda ko‘rishga tayyorlash va
ko‘rishning protsessual tartibi
5. Mehnat ishlari yuzasidan sudning hal qiluv qarori
6. Mehnatga oid nizoli ishlar bo‘yicha sud hal qiluv qarorini
ijro etish xususiyatlari
Mehnat nizolarining taalluqliligi deganda mehnat nizolari mazmuni bo‘yicha
qaysi organ tomonidan ko'rib hal qilinishi anglashiladi. Mehnat nizolarining taalluqliligi,
ya’ni ularning qayerda ko‘rib chiqilishi lozimligi 0‘zbekiston Respublikasi Mehnat
kodeksining 269 va 276-moddalari hamda FPKning 31-moddasi bilan tartibga solinadi.
Mehnat nizosining taalluqliligini belgilashda, awalo, nizoning qaysi turda ekanligini,
yakka tartibdagi nizo bo‘lsa, uning xususiyatini, mehnat qonunchiligini qoMlash yoki
yangi mehnat shartlarini belgilash bo‘yicha va yana qaysi huquqiy munosabatlardan
kelib chiqqanini ham e’tiborga olish maqsadga muvofiqdir. Xususan, mehnatga oid
huquqiy munosabatlar bilan bog‘liq bo‘lgan, ammo boshqa huquqiy
munosabatlardan kelib chiqadigan mehnat ishlarining taalluqligini belgilash
shularjumlasidandir. Masalan, ishga joylashtirish, ishga qabul qilishni rad etish bilan
bog‘liq mehnat nizolari mehnat nizolari komissiyasida ko‘rish uchun taalluqli bo‘lmaydi.
Mehnatga oid huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan
mazkur nizoli ishlarni ko‘rib hal qilish vakolatiga ega bo'lgan
organlar sifatida quyidagilar e'tirof etiladi:
1. mehnat
nizolari
komissiyasi;
2. sud
organlari;
3.bo‘ysinuv
tartibida
yuqori
turuvchi
organlar.
Yakka tartibdagi mehnat nizolarining yuqoridagi
organlaming qaysi biriga taalluqli bo'lishini belgilash ushbu
nizoning mazmuniga, huquqiy munosabatlarning turiga, unda
ishtirok etuvchi subyektlar tarkibiga bog‘liq bo‘ladi.
0‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 260-
moddasida ko‘rsatilganidek, mehnat nizolari bo‘yicha xodim
mehnat nizolari komissiyasiga yoki bevosita tuman (shahar)
sudlariga murojaat etishga haqlidir. Mehnat nizolari komissiyasi
o‘n kunlik muddat ichida mehnat nizosini ko'rib chiqmasa yoki
hal etmasa, manfaatdor xodim ushbu nizoni ko‘rishni tuman
(shahar) sudiga o‘tkazishga haqlidir (Mehnat kodeksining 267-
moddasi).
Bevosita fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo (shahar) sudlarida ko‘rilishi lozim bo’lgan
mehnat nizolarining ro'yxati Mehnat kodeksining 269-moddasida o‘z ifodasini topgan. Unga
ko‘ra mehnat nizolari quyidagi hollarda bevosita tuman (shahar) sudlarida ko‘rib chiqiladi:
• agar xodimning ish joyida mehnat nizolari komissiyasi tuzil- magan bo‘lsa;
• mehnat nizolari mehnat shartnomasini bekor qilish asosla- ridan qat’i nazar, ishga tiklash
to‘g‘risida, mehnat shartnomasini bekor qilish vaqti va asoslari ta’rifmi o'zgartirish to‘g‘risida, maj-
buriy progul yoki kam haq to‘Ianadigan ishni bajargan vaqt uchun haq to‘lashga doir bo'lsa;
• mehnat nizolari xodim tomonidan ish beruvchiga yetkazilgan zarami toManishi haqida boMsa;
• mehnat nizolari mehnat vazifalarini bajarayotganda xodimning sog‘lig‘iga shikast yetkazilgani
oqibatidagi zarami (shu jumladan, ma'naviy zarami) yoki uning mol-mulkiga yetkazilgan zararni
ish beruvchi tomonidan toManishi haqida boMsa;
• ish beruvchi tomonidan taklif qilingan shaxslarni ishga qabul qilmaslik, ish beruvchi qonunga
muvofiq mehnat shartnomasi tuzishi shart boMgan (belgilangan kvota hisobidan ishga
yuborilgan nogironlar va o‘n sakkiz yoshga toMmagan shaxslami; homilador ayollami va uch
yoshga toMmagan bolalari bor ayollarni tegishincha ulaming homiladorligi yoki bolasi borligini
vaj qilib) ishga qabul qilmaslik yuzasidan kelib chiqqan nizolar ham bevosita sudlarda ko‘rib hal
qilinadi (Mehnat kodeksining 78-moddasi).
Shuningdek, ish beruvchi va kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa
vakillik organlari bilan oldindan kelishib hal etilgan masalalar yuzasidan kelib chiqqan
mehnat nizolari ham bevosita sudlar tomonidan ko‘rib chiqilishiga alohida e'tibor berish
lozim.
Tashkilotlarga nisbatan ariza ulaming organlari joylashgan hududdagi sudga beriladi
(FPKning 145-moddasi).
Mehnat huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizoli ishlarning aksariyati
(masalan, ishga tiklash, awalgi ish joyiga o'tkazish, mehnat shartnomasini bekor qilish
ta’rifini o‘zgartirish, mehnatga haq to'lash to‘g‘risidagi nizoli ishlar) javobgar ish beruv- chi
joylashgan joyidagi sudlarda qo‘zg‘atiladi. Lekin xodimlar tomonidan yetkazilgan zararni
undirish to'gTisidagi da’volar bilan korxona joylashgan sudga murojaat qilish mumkinligini
qonun istisno qilmaydi.
Ish beruvchilar tomonidan mehnat shartnomasi (kontrakt)ni bekor qilishdan kelib
chiqadigan nizoli ishlarda ishtirok etuvchi taraflarning tarkibi mehnat shartnomasi hamda
qonun bilan qat'iy belgilab qo‘yilganligi ushbu turkumdagi nizoli ishlarning o‘ziga xos
xususiyatlaridan biridir.
Sudda o‘z huquq va majburiyatlarini amalga oshirish layoqati voyaga yetgan
fuqarolar va tashkilotlarga tegishlidir (FPKning 38-moddasi). Fuqaro 18 yoshga to'lgach,
fuqarolik protsessida shaxsan ishtirok etishi, protsessual harakatlarni amalga oshirishi va
o‘ziga tegishli protsessual huquqlardan foydalanishi mumkin boladi. Voyaga yetmagan,
ya'ni yoshi o‘n to‘rtdan o‘n sakkizgacha bo’lgan fuqarolaming huquqlari va qonun bilan
qo‘riqlanadigan manfaatlari sudda ulaming ota-onalari, ularni farzandlikka olganlar yoki
homiylar tomonidan himoya qilinadi (FPKning 38-moddasi).
Mazkur qoidadan istisno ravishda mehnatga oid huquqiy munosabatlardan kelib
chiqadigan ishlar bo'yicha xodimlarning fuqarolik muomala layoqati 15 yoshdan
boshlanadi. Mehnat kodek- sining 77-moddasiga ko‘ra, xodimlarning mehnat huquq
layoqati umumiy qoida bo‘yicha 16 yoshdan boshlanadi. Voyaga yetmagan xodim
sudda boshqa turkumdagi huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlar yuzasidan
protsessual muomala layoqatiga ega boMmasligi mumkin, lekin mehnat ishlari bo'yicha
o'zining protses- sual huquq va majburiyatlarini toMa hajmda amalga oshirish huquqiga
ega
Mehnatga oid nizoli ishlarda xodimning vakili sifatida
xodim ishlayotgan korxonaning kasaba uyushmasi qo‘mitasi
ishtirok etishi mazkur turkumdagi ishlarning o'ziga xos
protsessual xususiyatla- ridan biridir. 0‘zbekiston Respublikasi
Mehnat kodeksining 20-mod- dasiga muvofiq, kasaba
uyushmalari, ularning korxonadagi saylab qo‘yiladigan
organlari, xodimlar tomonidan saylab qo‘yiladigan
organlari, ish bemvchilarning vakillik organlari mehnatga oid
munosabatlarning subyektlari sifatida qatnasha oladilar.
Xodimning vakillik organi boMmish kasaba uyushmalari
mehnat nizolarini ko'mvchi organlarda xodimlar manfaatini
himoya qilish huquqiga ega bo‘lib, ushbu huquqni o‘z
vakillari orqali bajaradilar.
Mehnat kodeksining 270-moddasiga muvofiq,
mehnatga oid huquqiy munosabatlaridan kelib
chiqadigan ishlar bo‘yicha quyidagi muddatlar
belgilangan:
1.tiklash nizolari bo‘yicha xodimga u bilan mehnat shartnomasi bekor
qiiinganligi haqidagi buyruqning nusxasi berilgan kundan boshlah bir
oy;
2. xodim tomonidan ish beruvchiga yetkazilgan moddiy zararni to‘lash
haqidagi nizolar bo‘yicha zarar yetkazilganligi ish beruv- chiga ma'lum
bo‘lgan kundan boshlah hir yil;
3. boshqa mehnat nizolari bo‘yicha — xodim o‘z huquqi buzilgan- ligini
bilgan yoki bilishi lozim bo'lgan kundan boshlab uch oy.
Da’vo muddatlari mehnatga oid barcha nizoli ishlar uchun
ham qo‘llanilmaydi. Xususan, Mehnat kodeksining 270-
moddasiga ko‘ra, mehnatga oid huquqiy munosabatlaridan
kelib chiqadigan o‘z mehnat vazifalarini bajarayotgan
xodimning sog‘lig‘iga shikast yetkazish oqibatidagi zarami yoki
uning mol-mulkiga yetkazilgan zarami ish beruvchidan undirish
to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha da'vo muddatlari joriy etilmaydi.
Shuningdek, da'vo muddatlari joriy etilmaydigan da’vo
talablari qatoriga mehnatga oid huquqiy munosabatlardan
kelib chiqadigan ma'naviy zarami undirish haqidagi talablami
ko'rsatishimiz mumkin.
Mehnat kodeksining 268-moddasiga ko‘ra:
1) xodim, kasaba uyushmasi yoki xodimlarning boshqa
vakillik organlari;
2) mehnatning huquq bo‘yicha inspektori;
3) ish beruvchi, mehnat nizolari komissiyasining qaroriga
rozi boMmagan taqdirda, shuningdek, unga xodim
tomonidan yetkazilgan zarami qoplash haqidagi nizolar
bo'yicha;
4) prokurorlar mehnatga oid huquqiy
munosabatlaridan kelib chiqadigan ishlar bo'yicha
sudda da'vo qo'zg'atish huquqiga ega bo‘ladilar.
Sudda buzilgan huquq va qonuniy manfaatlarni
himoya qilish maqsadida da'vo qo‘zg‘atish shartlaridan
biri da’vo arizalari uchun davlat bojining to‘lanishi
hisoblanadi. FPKning 104 moddasida davlat boji undirilishi
lozim bo‘lgan hujjatlar o‘z aksini topgan. Bunga ko‘ra,
sudlarga da’vo arizalari berganlik uchun qonun
hujjatlarida belgilangan tartibda va miqdorda davlat boji
undiriladi. Biroq, 0‘zbekiston Respublikasi Mehnat
kodeksining 277-mod- dasiga muvofiq, mehnat huquqiy
munosabatlardan kelib chiqadigan nizoli ishlar bo‘yicha
sudga murojaat qilgan da'vogarlardan da'vo arizalari
uchun davlat boji undirilmaydi. Bu esa mehnatga oid nizoli
ishlarni sudda ko‘rishning o'ziga xos protsessual
xususiyatlaridan biri bo‘lib, xodimlarning manfaatlarini
himoya qilishga qaratilgan chora sifatida e'tirof etiladi.
Ma'naviy zararni undirish haqidagi talablar mavjud boMgan mehnat ishlarini sudda
ko‘rishga tayyorlash o‘ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadi. Mazkur bosqichda sud
taraflaming talab va e’tirozlarini asoslaydigan faktlarni, shuningdek, nizoni to‘g‘ri hal etish
uchun muhim ahamiyatga ega boMgan boshqa isbotlash predmetlarini aniqlashi lozim.
Ma'naviy zararni undirish to‘g‘ri- sidagi ishlar bo‘yicha isbotlash predmeti bo'lib
quyidagilar tan olinadi:
1) javobgar tomonidan sodir etilgan harakat (harakatsizlik) bilan da’vogarga yetkazilgan
ma'naviy zarar o‘rtasidagi sababiy bogManish, javobgarning xatti-harakatlari
nimalardan iborat ekanligi va uning qachon sodir etilganligi;
2) javobgar tomonidan sodir etilgan ushbu harakat (harakat- sizlik) natijasida
da'vogarning qanday shaxsiy nomoddiy huquqlari buzilganligi;
3)da'vogarning jismoniy va ruhiy azoblanishi nimada aks etganiigi;
4) zarar yetkazuvchining ayb darajasi;
5) jabrlanuvchining shaxsiy xususiyatlari;
6) to'lovning miqdori'.
Sud hal qiluv qarorlari kirish, bayon qilish, asoslantirish va xulosa qismlaridan iborat
bo’ladi.
Mehnatga oid ishlar bo‘yicha chiqariladigan sud hal qiluv qarorlarining kirish qismida
hal qiluv qarori chiqarilgan vaqt va joy, hal qiluv qarori chiqargan sudning nomi,
sudyaning familiyasi (sud tarkibi), sud majlisining kotibi, prokuror, agar ish ochiq yoki yopiq
sud majlisida ko‘riladigan bo‘lsa, bu haqdagi ma'lumot, ko‘rilayotgan ishning nomi,
qanday korxona, tashkilot va muassasa tomonidan da’vo berilganligi (to‘liq nomi bilan),
agar da'vo prokuror yoki bo‘ysunuv tartibidan yuqori turuvchi ish beruvchi tomonidan
berilgan bo‘lsa, qaysi yuridik shaxs manfaati ko‘zlan- ganligi, da’vo arizada ko‘rsatilgan
yoki sud tomonidan jalb etilgan harcha javobgarlar (familiya, ismi va sharifi ko‘rsatilgan
holda), da’vosining summasi ko‘rsatilishi kerak.
Sud hal qiluv qarorining bayon qilish qismida, agar nizo mehnat
nizolarini ko‘ruvchi komissiyada ko'rilsa, nizo- ning bu organlarda
ko‘rilishi natijalari ko‘rsatilishi, agar korxonada bunday organlar
bo‘lmasa, ulaming yo‘qligi qarorda aks ettirilishi ta’kidlanadi3. Agar ish
FPKning 259-moddasiga binoan, man- sabdor shaxs jalh qilinib,
ko‘rilgan bo‘lsa, bu to‘g‘rida qarorning barcha qismlarida yozilishi
kerak. Jumladan, qaroming bayon qilish qismida uning bergan
tushuntirishlari qisqacha ifodalanishi, asoslash qismida sudning qanday
xulosalarga kelganligi, qaror qismida esa uning korxonaga to‘lashi
lozim bo‘lgan zarar haqining miqdori aniq belgilab ko‘rsatilishi kerak.
Mehnat ishlari bo'yicha yetkazilgan zarami undirish to‘g‘risidagi sud hal
qiluv qarorining bayon qilish qismida ish beruvchining talablari, da'voni
nimalar hilan asoslayotganligi, da'vogarning fikricha, javobgar yoki bir
necha javobgarlardan har biri qancha miqdorda zarami to‘lashligi;
davogar tomonidan yetkazilgan mod- diy zarami undirish to‘g‘risidagi
Mehnat kodeksining 270-moddasida ko'rsatilgan sudga murojaat qilish
muddati o‘tkazib yuborilgan bo‘lsa, qanday asoslaiga ko‘ra, uning
tiklanishini so‘rayotganligi ko‘rsatiladi. 1