Mehnatning usul va uslublarini takomillashtirish
Reja:
1.Ilg‘orlar mehnat tajribasini aniqlash, o‘rganish, uni umumlashtirish va ishlab
chiqarishga keng yoyish.
2. Ilg‘or tajriba turlarining turkumlanishi.
3. Ilg‘or mehnat usullari va uslublarini joriy qilish.
6.1. Ilg‘orlar mehnat tajribasini o‘rganish, umumlashtirish va keng
ishlab chiqarishga yoyish
Ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish korxonalarida mehnatni tashkil etish
samaradorligini oshirishning eng muhim yo‘nalishlaridan biri ilg‘orlar tajribasini
o‘rganish, tahlil etish, umumlashtirish va boshqa xodimlarga ularni o‘qitib -
o‘rgatishdir. Shu munosabat bilan yetakchi jamoa korxonalaridagi namuna
bo‘ladigan yangi va ilg‘or tajriba boshqa barcha tashkilot va muassasalarga
tarqatilishi lozim. Ammo bunda ko‘r-ko‘rona ish qilish yaramaydi. Dastlab
to‘plangan ilg‘orlar tajribalarini puxta o‘rganish, ulardan eng muhimlarini va shu
tarmoqqa eng munosib bo‘lganlarini tanlab olib, yoyish lozim. Ma’lumki, texnika
taraqqiyoti darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, undan samarali foydalanishda ishchilar
qiladigan mehnat shu qadar muhim rol o‘ynaydi. Xolbuki, zarur mehnat usullarini
va uslublarini egallamagan ishchining qo‘lidagi murakkab va yuqori unumli
avtomatik liniyalar ko‘p vaqt bekor turib qoladi.
Iqtisodchi olimlarning hisoblariga ko‘ra, ishlab chiqarish korxonalaridagi
barcha xodimlarning ilg‘or mehnat tajribasini o‘zlashtirishi mehnat
unumdorligini 20-25% gacha ko‘tarishga imkon beradi. O‘zbekiston
Respublikasining to‘qimachilik sanoati sohasidagi korxonalarida eng ilg‘or
mehnat usuli va uslublarini aniqlab,har tomonlama o‘rganib, amaliyotga joriy
etish natijasida xodimlarning mehnat unumdorligi 10-12% oshiriladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida O‘zbekiston xalqi makro va mikro iqtisodiyotga
tegishli, ayniqsa, ishlab chiqarish korxonalarida xo‘jalikni yuritish, undagi
xodimlarning mehnatini tashkil etish va boshqarish sohalarida sezilarli tajriba
to‘plamoqdalar. Har bir mamlakatda ilg‘or ishlab chiqarish tajribasi umumxalq
boyliklaridan biri bo‘lib, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish samaradorligining
bitmas-tuganmas manbai hisoblanadi. Bozor munosabatlariga to‘la o‘tgan va
iqtisodiy hamda moddiy rag‘batlantirish yaxshi yo‘lga qo‘yilgan (davlat yoki
nodavlat korxonaligidan qat’i nazar) xo‘jaliklarda shaxsiy, jamoa, va ijtimoiy
manfaatlar bir-biriga zid kelmaydi, balki ularning garmonik qo‘shilishlari uchun
imkoniyat yaratiladi. Bu esa xodimlarni o‘z tajribalarini bir-birlari bilan
o‘rtoqlashishga, eng yaxshilaridan respublika ko‘lamida foydalanishga chorlaydi.
Ilg‘orlar tajribasi bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir jamoaning mulki bo‘lishi
bilan birga, O‘zbekiston Respublikasining umumiy taraqqiyotini olg‘a suruvchi
g‘oyat muhim kuchdir, kishi va jamiyat iqtisodiy va ma’naviy o‘sishining bitmas-
tuganmas zahirasidir. Ilg‘orlar tajribasi asosida aniq vazifalarni hal etish jarayonida
borib-borib bir-biriga o‘xshash asosiy ishlarni bajaruvchi boshqa xodimlar va
jamoalarning bilim va malakalari baravarlashadi. Ko‘pchilik mehnatkashlarning
bilim darajasi oshib, amaliy ish qila bilish va mehnatga yangicha munosabatda
bo‘lish jihatidan ilg‘orlarga tenglashar ekan, yangi ilg‘or tajriba vujudga kelishi
uchun ob’ektiv ravishda imkon tug‘iladi, yangi ilg‘or tajriba amaliy ahamit kasb
etgan bir paytda, boshqalar o‘z ish natijalarini yana o‘shanga tenglashtirishga
intiladi. Bunda xos zanjirli reaksiya paydo bo‘ladi, ilg‘or tajriba ketidan yuksakroq,
yanada samaradorliroq tajriba vujudga kelaveradi. O‘z mehnat natijalarini ilg‘or
xodimlar va jamoalar erishgan natijalarga baravarlashtirishga, keyinchalik undan
ham o‘tib ketishga intilish, shu joyning o‘zida yoki boshqa joyda yangi ilg‘or
tajribaning vujudga kelishiga to‘rtki bo‘ladi. Ilg‘or ish uslublarining, ish
tajribalarining ahamiyati to‘g‘risida sohibqironimiz Amir Temurning g‘oyalarini
eslatib o‘tish o‘ta o‘rinlidir: «Tajribamda ko‘rilgankim, ishbilarmon, mardlik va
shijoat sohibi, azmi qa’tiy tadbirkor va hushyor bir kishi ming-minglab tadbirsiz,
loqayd kishilardan yaxshidir. Chunki tajribali bir kishi ming kishiga ish buyuradi».
Ma’lumki, korxonadagi mavjud bo‘lgan ilg‘or ishlab chiqarish tajribalari
mehnat usul va uslublarining o‘zgarishida, mehnatni rejalashtirish, uni tashkil etishni
yaxshilashda, mavjud jihozlar, mashinalar, mexanizatsiya vositalari va texnologik
jarayonlarni, ishlab chiqarishni boshqarish uslublarini takomillashtirishda, iqtisodiy
ko‘rsatkichlarni yaxshilashda o‘zining aniq ifodasini topadi. Bundan tashqari, ilg‘or
tajriba ayrim yangilik yaratuvchilarning, ixtirochilarning ishini takomillashtirish
to‘g‘risidagi taklifida ham ifodalanishi mumkin. Bunga misol tariqasida mahsulot
sifatini yaxshilash, xom ashyolarni tejash yuzasidan makroiqtisodiyotning turli
tarmoqlaridagi ko‘pgina ilg‘or korxonalar umumiylashtirgan tajribani keltirsa
bo‘ladi.
Shuni ta’kidlash lozimki, ishlab chiqarish, mehnat jarayonlarini o‘rganish
hamda ularni yanada takomillashtirish – bu, ob’ektiv jarayondir. Sababi, eng
takomillashgan, mukammallashgan va nihoyat, eng samarali mehnat uslublari yoki
bo‘lmasa operatsiyaning u yoki bu elementlarini (usul, harakat, qimirlashlarni)
bajarish usullari, ishlab chiqarish, texnika, texnologik, psixofiziologik va boshqa bir
qancha tashqi va ichki omillarga, xodimga bog‘liq yoki bog‘liq bo‘lmagan hamda
to‘xtovsiz o‘zgarib turadigan ko‘pdan-ko‘p omillar ta’siri natijasida ma’lum vaqt
o‘tishi bilan yoki takomillashadi, eng samarali va foydali bo‘ladi yoki bo‘lmasa,
eskiradi, yangisi bilan almashtiriladi va takomillashtiriladi.
Undan tashqari, ishlab chiqarish ilg‘orlarining ko‘p yillik ish tajribalarini
o‘rganish va ularni kuzatish shuni ko‘rsatadiki, hatto bir turdagi ish yoki xizmat eng
yaxshi va ilg‘or hamda tajribali xodimlar tomonidan bajarilganda ham, ish vaqti
sarflarining miqdori bo‘yicha ham, tayyorlangan mahsulot yoki ko‘rsatilgan
xizmatning sifati, xom ashyolar bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘rsatgichlari ham har xil
bo‘ladi. Bunday holatning asosiy sabablaridan biri, avvalo, hatto, bir turdagi
operatsiyani bajarishda qo‘llanilayotgan ayrim mehnat usullari va harakatlari bir xil
tartibda bajarilmaydi. Ular har xil yo‘llar va tartiblar bilan ado etiladi, mehnat
usullari va boshqa elementlarining ketma-ket va birga qo‘shib bajarilishi ham har xil
bo‘ladi. Va nihoyat, ishlab chiqarish va mehnat jarayonlarini boshqarish tezligi
(intensivligi), jihozlarning ishlash tartiblari ham bir-birlaridan farq qiladi.
Ko‘pgina ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalarining tajribasi shuni
ko‘rsatadiki, ilg‘or tajribani o‘rganish, umumlashtirish, joriy qilish va yoyish uch
davrga bo‘lib amalga oshirilgani ma’qul. Bu davrlar: 1) ilg‘or tajribani har
tomonlama o‘rganish; 2) ilg‘or tajribani umumlashtirish, uni joriy qilishning
tashkiliy-texnik tadbirlarini ishlab chiqish hamda zarur tayyorgarlik va tashkiliy
ishlarni olib borish; 3) ilg‘or tajribani amaliyotga joriy qilishdan iborat.
Ilg‘or tajribani kompleks o‘rganishdan iborat bo‘lgan birinchi davrda, avvalo,
o‘rganish ob’ekti tanlanadi, so‘ngra ketma-ket mehnatning ilg‘or usul va uslublari
tahlil qilinadi, samarali mehnat jarayoni, yangi ish joylarini tashkil etish
loyihalashtiriladi.
Ilg‘or tajribani muvaffaqiyatli o‘rganish uchun, avvalo, o‘rganilayotgan
korxonadagi eng muhim va hal qiluvchi uchastka va ishchi kasbi aniqlanadi. Bu
joylarda mehnat usullarining yaxshilanishi natijasida guruh, uchastka va butun
korxonada mehnat unumdorligining xiyla oshirilishi ko‘zda tutiladi. So‘ngra birinchi
navbatda o‘rganilishi lozim bo‘lgan operatsiya va usullar belgilanadi. Bunda
umumiy mehnat hajmida eng katta salmoqqa ega bo‘lgan operatsiya va usullar,
ishchilar noto‘g‘ri bajarganliklari tufayli ish normalarini bajara olmaydigan
operatsiyalar, mahsulot sifatiga, xom ashyo va materiallar sarfiga eng ko‘p ta’sir
qiladigan operatsiyalar olinadi.
Ilg‘or tajriba umumlashtiriladigan ikkinchi davrda ilg‘or tajribani joriy qilishni
ta’min etadigan tashkiliy-texnik tadbirlar ishlab chiqiladi. Bunda shu tadbirlarning
amalga oshirilishi natijasida hosil qilinishi ko‘zda tutilgan iqtisodiy samara, mehnat
unumdorligining o‘sishi, mahsulot yoki ko‘rsatiladigan xizmat sifatining
yaxshilanishi va tannarxining pasaytirilishi hisoblab chiqiladi.
Odatda, ilg‘or tajribani umumlashtirish ishi bilan sex yoki umuman,
korxonaning texnika-texnologiya sohasidagi mutaxassislar kengashi shug‘ullanadi.
Bu kengash bir xil operatsiyaning bir necha ta’rifini muhokama qilib, har bir
ta’rifdagi yaxshi tomonlarni hisobga olish bilan birga, boshqa turdosh korxonalar
tajribasini ham nazarga olib, ularga tegishli texnik va texnologik tuzatishlar,
qo‘shimchalar kiritishi, ya’ni taqdim qilingan ma’lumotlarni ijodiy ishlab chiqishi
lozim. Shundan keyingina bitta emas, bir necha xodimning tajribasi bayon qilingan
ta’rifning muhandislik fikrlari qo‘shilgan uzil-kesil nusxasi tuziladi.
Uchinchi davrda tadbirni joriy qilish ishlari bajariladi. Korxona rahbariyati
buning bajarilishini nazorat qiladi. Bu davrda shu tadbirlarni amalga oshirish
natijasida haqiqatda erishilgan iqtisodiy samaradolik hisoblab chiqiladi.
Ilg‘orlar tajribasini joriy qilish g‘oyat ma’suliyatli jarayon bo‘lib, bu jarayonni
iqtisodchilardan tashqari sex, korxonaning barcha texnik xodimlari va uslubchilar
kuzatib borishlari lozim.
Dastlab tegishli ish uslublari yoki operatsiyalarni noto‘g‘ri bajaradigan yoxud
ish vaqtini bekor sarf qiladigan ishchilarga ilg‘or usullarni o‘rgatish kerak.
Ommaviy kasb ishchilarininggina emas, balki ustalar, ularning yordamchilari,
texniklar va muhandislarning ham ilg‘or tajribalarini o‘rganish va umumlashtirish
lozim. Ayrim muhandislar va boshliqlarning ishlarini tahlil qilish shuni ko‘rstadiki,
ularning faoliyatida ham umumlashtirishga va joriy qilish uchun tavsiya etishga
arziydigan ish usul va uslublari oz emas. Korxonani, uning bo‘limlarini boshqarish
uslublari, bo‘lim, sex boshlig‘i olib boradigan ish yoki xizmat hajmini belgilash, eng
muvofiq kun tartibi, sex boshlig‘i sexni aylanib chiqish davomida bajaradigan
ishlarning mazmunini aniqlash, texnologik tartib uchun samarali uslublar ishlab
chiqish, xom ashyolar sifati va shu kabi boshqa masalalar muhandislar va ishlab
chiqarish, xizmat ko‘rsatish rahbarlari mehnatining yaxshiroq tashkil etilishiga va
boshqarilishiga ko‘maklashadi.
Ommaviy axborot vositalari, har xil byuro va komissiyalar, mashg‘ulotlar,
texnologiya kechalari, kengashlar, ishlab chiqarish bilan bog‘liq ekskursiyalar,
ko‘rgazma va boshqa xil ko‘rgazmali agitatsiya vositalari ham xodimlarning
bilimlarini oshirishga va ilg‘or tajribani amaliyotga joriy qilishga katta yordam
beradi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida, bir qancha tajribali sanoat korxonalarida ilg‘or
ishlab chiqarish tajribalari almashinishini tashkil etishning boshqa samarli shakllari
ham qo‘llaniladi. Bu shakllar:
korxonaning yangilik yaratuvchilar (novatorlar) kengashi; vazifalaridan
biri – ishlab chiqarishdagi hamda xizmat ko‘rsatish sohasidagi ilg‘or tajribalarni
tashviq qilish va joriy etishdir;
jamoatchilik yo‘li bilan ish olib boradigan ilg‘or mehnat uslublari
labaratoriyasi; bu labaratoriya ishining eng samarli va qulay usul hamda uslublarini
o‘rganish va umumlashtirish bilan shug‘ullanadi.
6.2. Ilg‘or tajriba turlarining turkumlanishi
Ilg‘or tajribaning ta’sirchanligi va samaradorligini oshirish, uni aniqlash va
yoyish ma’lum tizimni, boshqacha aytganda, tashkiliy yondashishni talab qiladi.
Avvalo, ilg‘or tajriba turlarini uning har xil alomatlariga qarab, jumladan, vujudga
kelish manbaiga, qo‘llanish sohasiga, muddatiga, qo‘llanishdan hosil bo‘ladigan
samaraga qarab tasniflash (klassifikatsiyalash) kerak.
Vujudga kelish manbaiga karab yakka tartibdagi (individual) ilg‘or tajriba bilan
jamoaviy ilg‘or tajriba bir-biridan farq qiladi. Yakka tartibdagi va jamoaviy ilg‘or
tajribani aniqlash, uning ahamiyatini baholash, o‘rganish va amaliyotga keng tatbiq
etishga har xil yo‘llar bilan yondashilishi va bunda har xil uslublar qo‘llash talab
qilinganligi bois ularni shu tariqa ikki turga bo‘lib qarash lozim.
Yakka tartibdagi ilg‘or tajriba egasi maxsus kasbiy tayyorgarligi va muayyan
amaliy malakasi bo‘lgan hamda bevosita individual ish joyida ishlaydigan (yakka
tartibdagi mehnat usullari va uslublarini yaxshilash, ish joyini oqilona rejalashtirish,
ish zonasini tashkil etish, bir necha operatsiyani sifatli qilib bajarish va h.k.lar
yuzasidan ish olib boradigan) xodim bo‘ladi.
Jamoaviy ilg‘or tajriba mehnatni jamoa (brigada) shaklini tashkil etish
sharoitida vujudga keladi. Jamoaviy mehnat shaklini tashkil etishga, avvalo, jamoa
a’zolari o‘rtasida vazifalarni aniq taqsimlash, mehnatni tashkil etish talablariga
qattiq rioya qilish, sermehnat ishni kamaytirishning yangi zahira imkoniyatlarini
muttasil qidirib topish yo‘li bilan erishiladi. Shu bilan birga, brigadalarning eng
yaxshi tajribalari, texnika adabiyotlari yangiliklari bilan doim tanishib boriladi.
Bunda jamoaning har bir a’zosi topshiriqni bajarishnigina emas, balki uni kamroq
xom ashyo va mehnat sarflagan holda, tez va sifatli qilib bajarish to‘g‘risida bosh
qotirishi, bir-birlari bilan fikrlashishni ham qoida qilib oladilar.
Korxonalar ichidagi ilg‘or tajriba asosan shu korxonaga xos, boshqa korxonada
kilinmaydigan ishni bajarish bilan bog‘liq. U mehnat samaradorligini o‘stirish, xom
ashyo va asbob-uskunalarni tejash va h.k.larning ishlab chiqarish ichida zahiralar
mavjud bo‘lgan joyda vujudga keltiriladi. Boshqacha qilib aytganda, korxona
ichidagi ilg‘or tajriba ish vaqti imkoniyatlaridan keng foydalanish, mahsulotni ishlab
chiqarishda mehnat va materialni tejagan holda sifatini yanada yaxshilash bo‘yicha
mehnatkashlarning tashabbuskorligi yanada oshishi natijasida vujudga keladi.
Mazkur imkoniyatlardan, muvaffakiyatlardan foydalanish va xodimlarning bu
yo‘nalishdagi tashabbuskorligini rivojlantirish korxonadagi har bir xodimning
konkret iqtisodiyotni o‘rganishi tashkil etilishini talab qiladi.
Tarmoq ichidagi ilg‘or tajriba esa shu soha korxonalarining almashadigan
tajribasidir. Bunday ilg‘or tajriba, odatda, ma’lum tarmoq doirasidagi barcha
korxonalar uchun yoki uning biron-bir guruhi uchun amaliy ahamiyatga ega. Tarmoq
ichidagi ilg‘or tajribalarni aniqlash va ularni keng yoyishda to‘qimachilik va trikotaj
korxonalari yaqqol misol bo‘la oladi.
Tarmoq ko‘lamida olib boriladigan ishlarni va ilg‘orlar tajribalarini vazirlik
rahbarlari tinmay kuzatib boradilar. To‘qimachilik sanoati korxonalarining mehnat
va ish haqi boshqarmasi ilg‘or jamoalardagi mehnatni tashkil etish shakllarini
muntazam suratda o‘rganadi, ularni keng yoyish tadbirlarini ko‘radi. Ilg‘orlar va eng
yaxshi jamoalarning ilg‘or tajribasi, eng muhim rekordlari sinchiklab o‘rganiladi,
bunga erishish omillari tahlil qilinadi, so‘ngra esa eng yaxshi ilg‘or tajribani barcha
to‘qimachilik korxonalariga yoyish ishlari olib boriladi.
Tarmoq ichidagi ilg‘or tajribani yoyish ishiga shu tarmoq vazirligi rahbariyati,
uning axborot organlari hamda kadrlar tayyorlash va malaka oshirish bilan
shug‘ullanadigan rahbarlari tomonidan jiddiy e’tibor berilgan taqdirdagina
muvaffaqiyat qozoniladi.
Tarmoq ichidagi ilg‘or tajriba shunday tajribaki, u avvalo, ishlab chiqarishning
bitta sohasida vujudga kelib, boshqa ko‘p tarmoqlarda o‘zgartirilmasdan yoki har bir
tarmoqning o‘z xususiyatlariga qarab bir oz o‘zgartirilib, qo‘llanilishi mumkin.
Ilg‘or tajriba amalga oshirish muddatiga qarab joriy va perspektiv ilg‘or
tajribalarga ajratiladi. Kun sayin bevosita ish joyida vujudga kelib, u bilan tanishgan
zamon boshqa ish joylariga joriy qilish mumkin bo‘lgan ilg‘or tajriba – joriy ilg‘or
tajribadir. Joriy ilg‘or tajriba ishlab chiqarish, mehnat va boshqarishni tashkil etishni,
odatda, o‘zgartirishni talab qilmaydi. Uni joriy etish xiyla mehnat, vaqt yoki mablag‘
sarfi bilan bog‘liq.
Aniqlanishi, o‘rganilishi, umumlashtirlishi, qo‘llanishi va keng yoyilishi juda
ko‘p vaqt, mehnat va sarmoya sarflash bilan bog‘liq bo‘lgan ilg‘or tajriba
perespektivdir. Perespektiv ilg‘or tajribalar ishlab chiqarishni (xizmat ko‘rsatishni)
rivojlantirishning ko‘p yillik rejalarini tuzgan vaqtda umumlashtiriladi va hisobga
olinadi.
Ilg‘or tajriba turlarining joriy va perespektiv turlarga bo‘linishi uning ishlab
chiqarishda joriy va perespektiv rejalarini bajarishdagi rolini aniqroq belgilashga,
boshqarishning funksional bo‘g‘inlari va jamoat tashkilotlarining rejalaridagi
ma’lum vaqt ichida hal etilishi lozim bo‘lgan vazifalarni belgilashga, ayrim ishlab
chiqarish bo‘g‘inlari va davriy vaqtlar bo‘yicha aholining ijodiy tashabbuskorligini
rivojlantirishning konkret rejalarini tuzishga va ularni hayotda qo‘llashga imkon
tug‘diradi.
Amalga oshirilishi korxonalarning uzoq muddatga mo‘ljallangan rivojlanish
rejalarida nazarda tutilgan perespektiv ilg‘or tajribaga misol qilib ishlab chiqarish
yoki xizmat ko‘rsatish xarakteri bilan yaqin korxonalarning tajribalarini, namunali
ish joylarini tashkil etish va uskunalash-jihozlash tajribasini, eski texnologik
jarayonlar o‘rniga yangi, perespektivroq jarayonlarni joriy qilish bilan birga yangi
uskunalar, asbob-jihozlar o‘rnatish, tegishli xodimlarni yangicha ishlashga o‘rgatish,
mahsulot sifatini oshirishning samarali tizimini joriy qilish tajribalarini
o‘zlashtirishni misol qilib ko‘rsatsa bo‘ladi.
Olinadigan samara xarakteriga qarab tajriba ikki turga bo‘linadi. Ilg‘or tajriba
qo‘llanishi natijasida korxonaning mahsulot ishlab chiqarishi, loyihadagi
mo‘ljallangan quvvatlarni ishga solish, mehnat samardorligini, amaldagi vaqt
normalari yoki ishlab chiqarish normalarining bajarilish darajasi, mahsulot ishlab
chiqarishning sermehnatligi, ish kuni davomida isrof bo‘lgan vaqt salmog‘i va
boshqa shu kabi ko‘rsatgichlarni yaxshilashga erishish mumkin bo‘lsa, u birinchi tur
ilg‘or tajriba bo‘ladi.
Ish joylarida mehnat sharoitining yaxshilanishi, ishlab chiqarish madaniyati va
intizomining o‘sishi, xodimlar bilimining oshishi, ishchilar, muhandis-texnik
xodimlar va rahbarlarning iqtisodiy bilim darajalari o‘sishi va shu kabilar ilg‘or
tajribaning ikkinchi turini tashkil etadi. Bu ilg‘or tajriba turini birinchi turdan ajratib
turadigan xislat shuki, uning korxona ichidagi asosiy texnik, iqtisodiy
ko‘rsatgichlarga ta’sirini aniq hisoblash ancha murakkab.
Ilg‘or tajriba turlarining tasnifini yanada takomillashtirib borish talab qilinadi.
Mehnatni tashkil etish bo‘yicha olib boriladigan amaliy ishlarga uni tatbiq qilishdan
maqsad bu ishda o‘rganishning ilmiy uslublarini qo‘llash, ishlab chiqarish ilg‘orlari
va ilg‘or jamoalar erishgan eng yaxshi va samarali yutuqlar ta’siriga to‘g‘ri baho
berish va bu yutuqlarni keng yoyishdir.
6.3.Ilg‘or mehnat usullari va uslublarini joriy qilish
Ishlab
chiqarishda
yoki
xizmat
ko‘rsatishda
mehnat
jarayonlari
samaradorligini oshirishning eng ta’sirchan vositalaridan biri - maqsadga muvofiq
mehnat usuli va uslublarini tanlab olish va ularni joriy qilishdir.
Mehnat uslubi – mehnat jarayonini amalga oshirish yo‘lidir. U asosan
usullar yig‘indisi va ularni ma’lum izchillikda bajarish bilan xarakterlanadi.
Mehnat usullarini va ularni takomillashtirshni o‘rganish uchun, mehnat
jarayonlarini mehnatdagi tor harakatlar (harakatlar, qimirlashlar), keng
harakatlar va mehnat usullariga bo‘lib ko‘rish lozim.
Mehnatdagi tor harakat – xodimning mehnat jarayonida oyoq, qo‘l barmoqlari
yoki tanasini bir bor jildirishidir. Masalan, qo‘lni mahsulotga o‘zatish, mahsulotni
qo‘lga olish, uni kerakli joyga quyish kabilar shunday haraktdir.
Mehnat jarayonida xodimning oyoq, qo‘li yoki tanasi bir bor jilishi mehnat
harakati hisoblanib, u o‘z navbatida, qimirlashlar yig‘indsidan iborat. Masalan,
qo‘lni mahsulotga uzatish mehnat harakati bo‘lib, u quyida ko‘rsatilgan
qimirlashlar yig‘indisidan iborat: gavdani rostlash, qo‘lni ko‘tarish, qo‘lni
mahsulotga uzatish.
Mehnatdagi keng harakat – kishining bitta yoki bir nechta organi tomonidan
uzluksiz bajariladigan mehnat harakatlari yig‘indisidir. Masalan, qo‘lni hisoblash
apparatiga uzatib, barmoq bilan klavishni bosish, ana shunday keng harakat
hisoblanadi.
Mehnat usuli – bu, mehnatdagi keng harakatlar yig‘indisidir. Bu harakatlar
uzluksiz va bir maqsadga qaratilgan bo‘lib, operatsiyaning ma’lum qismi ijro etiladi.
Masalan, omborchi xodimga asbob-uskuna topshirish operatsiyasini qilishi uchun
quyidagi jarayonlarni bajaradi: uskunani qo‘liga oladi, uning ishga yaroqli yoki
yaroqsiz ekanligini tekshiradi va so‘ngra uni xodimga topshiradi.
Shunday qilib, mehnat uslubi mehnatdagi tor harakat, keng harakat va usullar
yig‘indisidan tashkil topadi.
Ishchilarning ayrim mehnat usullarini shu usul xarakteriga va ishchininng
tayyorgarligiga, tajriba va malakasiga hamda kasbiy-ruhiy holatiga qarab bir-biridan
farq qilish mumkin. Shuning uchun ham mehnat usullarini o‘rganishda eng kam vaqt
sarf qilinadigan, eng kam toliktiradigan, eng xavfsiz va maqsadga muvofiq mehnat
usulini ishlab chiqish lozim. Mehnatning ilg‘or usul va uslublarini ishlab chiqish va
ularni amaliyotga joriy etishning umumiy tartibi asosan uchta bosqichdan iborat:
qo‘llanadigan usul va uslublarni tahlil etish, oqilona mehnat jarayonlarining sintezi
va shu operatsiyani bajaruvchi hamma xodimlarni uni (operatsiyani) ijro etishda
qo‘llanilayotgan ilg‘or usul va uslublar bo‘yicha o‘qitish.
Ilg‘or mehnat usullari va uslublarini joriy qilish 1-chizmada ko‘rsatilgan
tartibda amalga oshiriladi. Ya’ni, dastlab qo‘llaniladigan mehnat usullari va uslublari
o‘rganib chiqiladi, tekshirish natijalari tahlil qilinib, eng qulay mehnat usullari tanlab
olinadi. So‘ngra bu usullar loyihalashtirilib, ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi.
Qo‘llanilayotgan mehnat usullari va uslublari operatsiyalarining murakkabligi,
qayta-qayta takrorlanishi va miqdoriga qarab har xil yo‘llar bilan o‘rganiladi. Shu
bilan birga, ayrim ijodkorlarning tajribasi emas, balki ishlab chiqarishda bir xil
operatsiyani bajaradigan ko‘p ijodkor va ilg‘orlarning ish tajribalari o‘rganiladi. Bu
holda ilg‘orlar va ijodkorlarning o‘zlari o‘z mehnatlarining unumdorligi va sifatini
boshqa xodimlar yaxshiroq bajaradigan usul va uslublarni, harakatlarni ishlatib,
yanada oshirishlari mumkin. Mehnat usullarni takomillashtirish yuzasida ishlab
chiqarish ijodkorlari va muhandislar quyidagi ishlarni bajarishlari lozim:
ikki qo‘lni ham bir vaqtning o‘zida ishga solib, vaqt, makondagi tor va keng
harakatlar o‘rindoshligini;
yaxshiroq yasalgan moslamalarni ishlatib, asboblar konstruksiyasini
o‘zgartirib va boshqa tadbirlarni amalga oshirib, tor va keng harakatlarning
puxta o‘ylangan izchilligini ta’minlashni, qo‘lning oldinga qarab qilingan
harakatdan, keyin qaytish harakatidan unumli foydalanishni;
mashina va mexanizmlarning harakati bilan kishi qilayotgan ishning
sinroxligini;
mehnat va buyumlarning yuqori sifatini ta’minlashlari.
Hozirgi vaqtdagi ko‘pgina mehnat tashabbuslari eng avvalo, ilg‘or mehnat usul
va uslublarini joriy qilish bilan bog‘liqdir. O‘z zamonining dongdor to‘qimachilari -
Lidiya Pavlovna Kazanseva bilan Yevgeniya Aleksandrovna Gubinaning ajoyib
tashabbuslari Toshkent to‘qimachilik kombinatidan tashqari respublikamizning
uzoq hududularida ham shuhrat qozongan. Xizmat ko‘rsatish normasiga muvofiq 24
ta to‘quv jihozida ishlash o‘rniga Kazanseva 48 ta jihozda, Gubina esa 42 ta jihozda
ishlaydigan bo‘ldilar.
Bunday katta muvaffaqiyatga birdaniga erishilgani yo‘q. Bular mehnatning
ilg‘or usul va uslublarini o‘rganish, shaxsiy mahoratni takomillashtirish yuzasidan
tinmay olib borilgan katta ish natijasidir. Masalan, L.P.Kazansevaning ish uslubini
o‘rganish uning ishi g‘oyat murakkabligini, ammo shu murakkab ish aniq hisoblarga
asoslanganligini ko‘rsatadi. Birinchidan, ish kuni davomida 300 martagacha
uziladigan o‘rish ipining har birini L.P. Kazanseva me’yordagi 26 sekund o‘rniga 16
sekundda ulaydi. Shu tariqa har bir operatsiyada 10 sekunddan, smena davomida 50
minutgacha vaqt tejaladi. Ikkinchidan, u chaqqonlik, ish usullarini ratsional
navbatlashtirish hisobiga ko‘p vaqt tejaydi. Uchinchidan, va eng muhimi, o‘rish
iplari uzilishini qisqartirish yuzasidan tashkiliy-texnikaviy tadbirlar ko‘rish,
qo‘llanilayotgan usukunalarning texnik holatini yaxshilash, ayrim o‘zellarni
zamonaviylashtirish, texnologiyani takomillashtirish va hokazo yo‘llar bilan yuqori
mehnat unumdorligi ta’min etilgan. L.P.Kazanseva ishlaydigan kompleksda ip
uzilishi 30% kamaytirilgan. To‘qimachilik sanoatiga tegishli korxonalarning
xususiyatlaridan biri – bunda bir xil ish usullari ish kuni (smena) davomida hadeb
takrorlanaverishidir. Masalan, to‘quvchi ish kuni davomida 160-170 marta uzilgan
ipni ulaydi. To‘qimachilik korxonalaridagi novatorlar ish usullarini qo‘llanishda
doimo vaqtni tejash payida bo‘ladilar. Ish usulida tejalgan har bir sekund hisobiga,
ish kuni davomida juda ko‘p miqdorda minutlar, hatto soatlar tejaladi.
1-chizma
Mehnat jarayonlarini mukammallashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan
ishlarning asosiy bosqichlari sxemasi
1-босқич
Умумий (дастлабки) таҳлил
Мукаммалаштириш объетини танлаш
Татбиқ этиш имкониятининг чегарасини аниқлаш
Дастлабки иқтисодий баҳо (фикр)
Кузатиш объектини танлаш
Батафсил таҳлил этишга тайёргарлик
Текшириш услубини танлаш
Меҳнат жараёнини дифиренциалаш
Фиксаж нуқталарини аниқлаш
Кузатишни ташкил этиш
Батафсил таҳлилни ытказиш
Керакли кузатувларни ўтказиш
Кузатув натижаларига ишлов бериш
Кузатув натижаларини расмийлаштириш
2-босқич
Мукаммал мещнат жараёнларини лойиҳалаштириш
Кетма-кет бажаришнинг мукаммалашган усулларни
аниқлаш
Синтез меҳнат усулларини давом эттишини
аниқлаш
Операция учун кетган вақт сарфини щисоблаш
Инструкцион- технологик картани тузиш
Иш жойлари учун ташкилий-техникавий тадбирларни
ишлаб чиқиш
Операцияларни мукаммаллаштириш
натижасидаги иқтисодий самарадорликни
аниқлаш
Ходимларни меҳнат жараёнларини мукаммаллаштириш
быйича ўқитиш
Ходимларни меҳнатнинг илғор услублари бўйича
кўргазмали ўқитиш
Ҳар бир иш жойида режалаштирилган ташкилий-
техникавий тадбирларни жорий этиш
Меҳнат усулларининг тўғри бажарилишини
назорат =илиш
3-босқич
Shuning uchun ham to‘qimachilik korxonalarida mehnatning usul va uslublarini
o‘rganib, ularni joriy qilishga doimo katta e’tibor berib kelinadi va kelinmoqda.
Odatda, mehnatning ilg‘or uslublarini joriy qilgandagi singari ilg‘or mehnat
usullarini joriy qilishda ham masalaning kompleks hal etilishi ko‘proq samara
beradi. Mehnatning aniqlangan ilg‘or uslublarini amalga tatbiq qilish bilan birga
ilg‘or mehnatni tashkil etishni ham joriy qilish, mehnatning sanitariya-gigiena
sharoitini yaxshilash va boshqa tadbirlarni ham amalga oshirish zarur.
Mehnatni ilg‘or usul va uslublarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish
ishlarining 3-bosqichi, ya’ni ularni amaliyotga joriy etishning o‘zi ham to‘rt
bosqichdan iborat: a) mehnatning ilg‘or usul va uslublarini joriy qilishga
tayyorgarlik ko‘rish; b) mehnatning ilg‘or usul va uslublarini nazariy o‘rganish; v)
mehnatning ilg‘or usul va uslublarini ish joylarida amaliy o‘rganish; g) mehnatning
ilg‘or usul va uslublarini joriy qilish natijalarini amalga oshirish yuzasidan tashkiliy-
texnik tadbirlar ko‘rish.
Mehnatni tashkil etishning yakka tartibdagi (individual) shakli va ilg‘or mehnat
usul, uslublarini o‘rganish ko‘rsatmali va ixtisoslashtirish tartibidagi operatsiyalarda
ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish ko‘payadi va ishlab chiqilgan mahsulotning
yoki ko‘rsatilgan xazmatning sifati yaxshilanadi. Boshqacha qilib aytganda, shunday
ish joylarida mehnat unumdorligi bevosita oshadi. Yigiruvchi, to‘quvchi, kalava
pishituvchilarning ish joylarida ana shunday hol yuz beradi. Shuningdek, norma yoki
smena topshiriqlarini oshirib bajarish uchun cheksiz imkoniyat beruvchi sharoit
yaratiladi.
Uzluksiz - potok ishlab chiqarishdagi ish joylarida bunday sharoit yaratilmaydi.
Chunki potokdagi har bir ish joyida qilinadigan ish hajmi cheklangan bo‘lib,
potokning umumiy ishlab chiqarish qobiliyati oshmay turib, xodim o‘z xohishi bilan
ishlab chiqarish hajmini oshira olmaydi.
Ilg‘or mehnat usullari va uslublari potokdagi ayrim ish joylarida joriy ishlab
chiqarish unumdorligini bevosita oshirishga olib kelmaydi, balki xodimning band
bo‘lishi darajasini pasaytiradi, uning toliqishini kamaytiradi. Ammo bunda ish yoki
mahsulot sifati yaxshilashnishi mumkin.
Yuqoridagi hollarda ilg‘or mehnat usul va uslublarini joriy qilib erishiladigan
jiddiy natija mehnatni tashkil etish shakli – potok hamma uchastkalarda
takomillashtirilganida hosil qilinadi.
Ilg‘or mehnat usul va uslublarini joriy qilish maqsadida eng ilg‘or korxonalarni
tanlash ma’qul emas. Chunki, biz ko‘rayotgan holatda butun korxona jamoasining
tajribasi emas, balki kasbiy tajriba aniqlanadi. Ma’lum operatsiyalarni bajarish
bo‘yicha ilg‘or kasbiy tajriba o‘rtacha korxonalarda ham bo‘lishi mumkin.