• Sinf: 9
• Mavzu: § Me’morchilik va tasviriy sana’t
• Darsning maqsadi: Me’morchilik va
tasviriy sana’t haqida ma’lumot berish
•
Ta’limiy maqsad:
O’quvchilarni Turkiston arxitekturasi va badiiy
sana’tining o’ziga xosligi haqida ma’lumot
berish va shu mavzuda ularning bilim
ko’nlikmalarini oshirish, o’quvchilarga Xorazm
va Buxoro arxitekturasining o’ziga xosligi va
ularning bir-biridan farqi haqida ma’lumot
berish.
• Tarbiyaviy maqsad:
O’quvchilarni o’zligimizni anglagan holda
milliy arxitekturamiz bilan faxrlanish ruxida
tarbiyalash va yurtimizning har tamonlama
rivojlanishida o’z xissasini qo’shishga chorlash.
Rivojlantiruvchi maqsad:
Shaharlarning o’ziga xos arxitekturasi va badiiy
sana’tining afzalliklarini gavdalantirish,
o’quvchilarda arxitekturaviy esdaliklarning
e’tiborli tamonlarini tasvirlash, fikrlash
ko’nlikmalarini rivojlantirish.
Darsning turi:
XIX-asr oxiridagi arxitektura
bo’yicha yangi tushincha berish,
o’quvchilarning bilim,
ko’nlikmalarini rivojlantiruvchi dars.
Darsda foydalanadigan metod:
Aralash metod(Uy vazifasini aqliy
hujum metodi asosida savollar, yangi
mavzuga oid slaydlar, intervyu
mashqi orqali mustahkamlash).
Darsda foydalanadigan jihozlar:
Darslik, texnik
vositalar(proektor,multimedia),
slaydlar, rangli rasmlar qo’shimcha
adabiyotlar, ko’rgazmali materiallar,
baholash kartochkalari.
• Vaqti: 45 daqiqa
• Tashkiliy qism
• 2 daqiqa
• O’tilgan mavzuni takrorlash
• 8 daqiqa
• Yangi mavzuni tushintirish
• 12 daqiqa
• Yangi mavzuni mustahkamlash
• 10 daqiqa
• Prezentatsiya
• 7 daqiqa
• O’quvchilarni baholash
• 4 daqiqa
• Uyga vazifa berish
• 2 daqiqa
1 Buxoro amirligida badiy san’atning
qanday yo’nalishlari bo’lgan?
(masqarabozlik, qo’g’irchoqbozlik,ayoq
o’yini).
2 Xorazm teatr sa’natida necha xil
turkum tamoshalar bo’lgan va ular ular
qanday? (2 xil,kulguli va havfli)
3XIX asirning ikkinchi yarmida shaharda
bir necha dasturiy teatr turkumlari tashkil
topgan bo’lib,ularning eng mashurlari?
(Qo’qanda Zakir Ishon,Buxoroda Tola
Masqara)
4 Qog’irchoq teatri tamoshalarining
asosiy markazida qanday obraz turgan?
(Kashal Palvon)
5 Samara teatri nechanchi yili Turkiston
o’lkasida bir necha kunlik tamoshalar
ko’rsatgan edi? (1870 yili).
6. 1910 yili Komissarjevskaya truppasi
qaysi shararlarda gastrol dasturlarini
o’tkazgan? (Samarqand va Toshkent).
7. “Teatr-bu ibodatxonadur” – fikri kimga
tegishli? (Maxmudxo’ja Behbudiy).
Yangi mavzuning tayanch
tushunchalari va atamalari,
tarixiy sanalar.
Buxoro va Xiva arxitektura
maktabi, Evropa usulida qurilgan
Sitorai moxi Xosa, Sharq va g’arb
arxitekturasining uyg’unligi,
Xivadagi Nurillaboy
saroyi,(1877-yilgi) Andijon jome
masjidi, naqsh va amaliy sana’t
markazi.
Dars jarayoni:
Tashkillashtirish bo’limi:
Salomlashish davomatnoma olish,
o’quvchilarning diqqatini darsga
jalb qilish, ishchi muhitni
shakllantirish.(2 daqiqa)
O’tilgan mavzuni
takrorlash(savollar yozilgan
qog’ozlarning orqasida rasmlar
chizilgan bolib, u orqali yangi
mavzuni motivatsiya bilan ochib
berish,yani aqliy hujim asosida uy
vazifasini sorash)
8. Nechanchi yili Turkistonda dastlabki
milliy saxna asarlari yaratildi?(1911 yil)
9. Turkistonda birinchi marta o’zbek milliy
teatri qaerda va kim tamonidan tashkil
qilingan? (Samarqandda, M Behbudiy).
10. Toshkent shahridagi Turon nomidagi
teatr qachon kim tamonidan tashkil
qilingan?(1914-yili Abdulla Avloniy)
11. Hamza Hakimzoda Niyoziy
boshchiligidagi havaskorlar teatri qachon
va qayerda tuzilgan?(1916 yil Qo’qonda)
12. Hozirgi Milliy teatrning asoschisi kim
va o’zbek teatrning birinchi aktrisasi kim
edi?(Mannon Uyg’ur, Masuma Qoriyeva)
13. Andijon, Buxoro, Xivada dastlabki
teatrlar qachon ochildi?(1919-1922 yil)
14. Xorazm maqom va musiqa maktabi
kimning davrida rivojlanadi? (Muhammad
Raximxon II davrida,(Feruz))
15. “Xorazm maqomlari xalqining mislsiz
mulki deb joriy qilinsin” ushbu farmon
Muhammad Raximxon tamonidan
nechanchi yili chiqarilgan? (1882 yili)
16. Qo’qon havaskorlar teatrida qo’yilgan
birinchi spektakl qanday nomlangan?
(Zaharli hayot yohud ishq qurbonlari)
Yangi mavzu. (kichik ma’ruza usulida
slayd orqali tushuntirish).
Arxitektura maktablari Buxoro va Xivada
o’zgacha uyg’unlikka ega bo’lishi. Evropa
uslubidagi imoratlar qurilishi, XIX-
asrning ikkinchi yarmida (1877)
Evropa va milliy arxitektura uslubida
solingan Andijon jome masjidi, Sitorai
mox Xosa,Nurillaboy saroyi (Muhammad
Raximxon II)
Ta’sviriy sana’t. Ustalar: Ablaqul,
Ibrohim Hofizovlar, Mo’minjon Solihov,
Shirin Muradov, Odina Muhammad
Murod, usta gulalardan Nurmuhammad,
Abdujabbar,Sofi Muhammad Niyoz,
Abdulla.
XIX- asr oxirida har bir shaharda shahar
bosh arxitektori lavozimi tayinlanib, u
arxitekturaviy qurishlarni nazorat qilgan.
Ammo bu yerda arxitektura sana’tining
nozik tamonlari e’tiborga olinmasdan,
ko’pincha ma’lum bir vazifalarni bajarish
lozim bo’lgan imoratlar- maktablar ,
hokimchilik imoratlari qurilgan. O’sha
payt shahar qurilishida metal va betondan
foydalanib, davrga mos yangi usullar
rivojlangan. Andijon asrlar davomida
Farg’onaning darvozasi bo’lib keldi. Bu
yerdagi yagona arxitekturaviy imorat
1902 –yildagi zilzilada omon qolgan katta
jome masjid. XIX asrning oxirida
qurilgan bu imoratning uzinligi 123 m.
Nikolay Konstantinovish Romanov
saroyi. O’g’il bolalar va qizlar
maktablari, yuksak texnika maktabi va
hukumat imorati joylashgan
Toshkentdagi ko’pgina imoratlarni :
O’qituvchilar seminariyasi 1881 yili va
uning chirkovi Kirxa 1892 yil shahar
dumasi imoratlarining muallifi
arxitektor Aleksey Leontyevich Benua
(1838-1902) edi. U Toshkentga 1874-
yili kelgan. 1896-yilda ochilgan
hunarmandchilik sana’ti
ko’rgazmalarining bir necha
pavilonlarining rejalarini tuzgan. XIX
asr oxiri XX asr boshlaridagi
arxitekturaviy esdaliklarga mahalliy va
evropa usullari uyg’unlashib bordi.
Buxoroda . XIX asr oxirida qurilgan
arxitekturaviy esdaliklar ichida
shahardan 42 km masofada
joylashgan, Buxoro amrligining yozgi
saroyi hisoblangan Sitorai Mohi Xosa
juda mashhur.
Bu saroy ko’kalamzorlashtirilgan katta
hududni egallagan bo’lib,orasidan kesib
o’tuvchi yo’l bilan u ikki bo’limga
ajralgan.Saroy rang-barang Evropa va
milliy arxitekturaviy uslubdan iborat.Saroy
usta Hoji Hofiz boshchiligida mahalliy
ustalar tamonidan qurilgan.Saroydagi katta
ayvon nozikligi va go’zalligi bilan ajralib
turadi.Usta Shirin Murodov
boshchiligidagi ustalar ayvonni ikki yil
davomida bezagan.Soray shu darajada
bezalganki,uni O’rta Osiyo
arxitekturasining bebaho durdonalaridan
biri desak bo’ladi.Devorga chizilgan
naqshlar,derazalarga ishlangan
o’ymakorlik ishlari,rasmlar yengil va
hujrani keng qilib ko’rsatadi.Sorayni
qurishda va bezashda o’zbek
arxitektorlarining yangi vakillari
Hasanjon,Abduraxim Hayatov,Abdulg’afur
va boshqa ustalar qatnashgan.Xiva
arxitekturasi deyarli kam
modernizatsiyaga uchrahan bo’lib,XIX asr
oxirida Muxammad Raximxon II farmoni
bilan Xivaning muqaddas maskani-
Paxlavon Maxmud maqbarasini tiklash
amalga oshirildi.
Shunday mashhur reformachilardan
biri Islomxoja bo’lib,u jadidchilik
maktablarini, shifoxonalar,pochta
boshqarmalari,dorixonalar qurishni
amalga oshirdi.Dasturiy Xiva
arxitekturasida yangi konstuktiv usullar
yuzaga kela boshladi.Bu narsa ishon
qal’a tashqarisidagi XX asr boshlarida
qurilgan Diyshan qal’ada qurilgan
Nurillaboy saroyida seziladi. U 1906
yildan boshlab qurildi.Saroyda ayoq
ostida taxta to’shalgani va zinalar
qurilgani Evropa arxitekturasining
ta’siri edi,lekin qurilish bezaklarida
mahalliy dasturiy bezaklar ustunlik
qiladi.Pardozlavchi ustalardan g’isht
teruvchi ustalar Quryaz Babajanov va
Qudaybergen hoji,naqsh o’ymakorligi
ustalardan Babajan Qalandarov,Ata
Shohov va Ismoyil
Abdiniyazov,ganchkor ustalardan
Nurmat va Ro’zmat
Masharifovlar,rasmlarni Sodiq Xoja
Matkarimovlar ishladi.
• 4.Xivaning bosh vaziri 1908-1910 yilda
kim minora qurdirgan va Xivaning faxriga
aylandi? Islomxo’ja.
• 5. Naqsh amaliy san’atining markazi
qaysi shahar bo’lgan? Buxoro.
• 6. XX asr boshlarida dasturiy devor
naqshlariga avval ishlatilmagan qanday
ko’rinishlar chizila boshladi. Suzib
ketayotgan kema,temir yo’llar va
hayvonlar tasvirlana boshladi.
• 7. O’zbek xalq badiiy san’atida diniy
mantiqiy mazmundagi naqsh
o’ymakorligidan qanday badiiy turiga o’ta
boshladi? Real tasvirlashga
• 8.Xorazm arxitektura maktabi ko’proq
nimaga e’tibor bergan? Xorazm
arxitektura maktabining e’tiborli tamoni
shundaki,bosh eshik tomlari arabcha
yozuvlar bilan bezatilgan edi.
Mavzuni mustahkamlash.(intervyu
mashqi orqali savollar asosida
mustahkamlash.)
1. XIX asr oxirlarida Buxoro va Xiva
arxitekturasi qanday usulda rivojlanib
bordi? Eski an’analarni saqlagan holda
zamon ruxi bilan boyib bordi.
2. XIX asr oxiri XX asr boshlarida faqat
Buxoroda gina emas,balki Xiva
xonligi,Turkiston va Xorasonda
mashhur bo’lgan ustalardan kimlarni
bilasiz?
Ablaqul, Ibrohim Hofizovlar,
Mo’minjon Solihov, Shirin Muradova,
Odina Muhammad Murod.
3.Oddiy loydan betakror asarlar
yaratib,ular tabiatdagi har xil
o’simliklardan betakror ranglar kashf
etgan usta kulallardan kimlarni bilasiz?
usta gulalardan Nurmuhammad,
Abdujabbar, Sofi Muhammad Niyoz,
Abdulla
Kaligrafistlar bu yozuvlarni juda
mohirlik bilan imorat bezagiga
uyg’unlashtirgan.
9. XIX asr oxiri - XX asr boshlarida
Turkistonda tasviriy san’at
Samarqand,Buxoro,Qo’qon
miniatyurashilaridan kimlarni bilasiz?
Ahmad Donish,Abdulxoliq Maxmud,
S.Siddiqov.
10. Naqsh san’atida Buxorolik
ustalarning foydalangan oq,qizil kabi
ranglar qanday ma’noni bildiradi? Oq-
baxt-soodat va omad, qizil- quvonch va
salomatlikni bildiradi
Darsni yakunlash. Darsga faol
qatnashgan o’quvchilarni
rag’batlantirish.Mavzu yuzasidan
o’quvchilar tamonidan berilgan
savollarga javob berish.
Uyga vazifa berish: Mavzuni o’qib
hozirgi kunda qanday arxitekturaviy
qurilishlar amalga oshirilayotgani
haqida ma’lumot yozib
kelish,darslikdagi “O’zingni sinang”
topshig’ini bajarish.
•ETIBORLARINGIZ UCHUN
•
RAHMAT!