MENEJERNI RAHBARLIK USLUBI

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

12

File size

Fayl hajmi

21,1 KB


MENEJERNI RAHBARLIK USLUBI
Reja
6.1. Menejer va rahbarlik uslubi tushunchasi
6.2. Rahbarlik usulubiga qarab rahbarning turlarga ajratilishi
6.3. Rahbar fazilatlari to’g’risida Gippokrat fikrlari
6.4. Rahbarga qo’yiladigan talablar. Rahbar madaniyati
Tayanch iboralar
Menejer. Zamonaviy menejer. YUqori menejer. O’rta menejer. Quyi menejer.
Boshqaruv uslubi. Ish uslubi. Rahbar ish uslubi. Fazilat. Sangvinik. Flegmatik.
Xolerik. Melanxolik. Rahbar xislatlari. 
6.1.Menejer va rahbarlik uslubi tushunchasi
Menejer  -  bu  maxsus  tayyorgarlik  ko’rgan,  boshqarishning  sir-asrorlari,
qonun-qoidalarini puxta egallagan malakali mutaxassisdir. Menejer bu yollanma
boshqaruvchi bo’lib, alohida ijtimoiy qatlamga mansub bo’ladi.
Kompaniya,  firma,  korxona,  bank,  moliya  muassasalarining  ijroiya
hokimiyatiga  ega  bo’lgan  boshqaruvchi,  direktor,  rahbar,  mudir,  ma’muriy
boshqaruvchilar menejerlar deb yuritiladi.
Menejerlar boshqaruv pog’onasiga binoan uch toifaga bo’linadi:
 YUqori pog’ona menejerlari.
 O’rta pog’ona menejerlari.
 Quyi pog’ona menejerlari.
Logotip
MENEJERNI RAHBARLIK USLUBI Reja 6.1. Menejer va rahbarlik uslubi tushunchasi 6.2. Rahbarlik usulubiga qarab rahbarning turlarga ajratilishi 6.3. Rahbar fazilatlari to’g’risida Gippokrat fikrlari 6.4. Rahbarga qo’yiladigan talablar. Rahbar madaniyati Tayanch iboralar Menejer. Zamonaviy menejer. YUqori menejer. O’rta menejer. Quyi menejer. Boshqaruv uslubi. Ish uslubi. Rahbar ish uslubi. Fazilat. Sangvinik. Flegmatik. Xolerik. Melanxolik. Rahbar xislatlari. 6.1.Menejer va rahbarlik uslubi tushunchasi Menejer - bu maxsus tayyorgarlik ko’rgan, boshqarishning sir-asrorlari, qonun-qoidalarini puxta egallagan malakali mutaxassisdir. Menejer bu yollanma boshqaruvchi bo’lib, alohida ijtimoiy qatlamga mansub bo’ladi. Kompaniya, firma, korxona, bank, moliya muassasalarining ijroiya hokimiyatiga ega bo’lgan boshqaruvchi, direktor, rahbar, mudir, ma’muriy boshqaruvchilar menejerlar deb yuritiladi. Menejerlar boshqaruv pog’onasiga binoan uch toifaga bo’linadi: YUqori pog’ona menejerlari. O’rta pog’ona menejerlari. Quyi pog’ona menejerlari.
YUqori pog’ona menejerlari firma istiqbolini belgilash, uning kelajagi uchun
ahamiyatli  chora-tadbirlarni  ishlab  chiqish  bilan  shug’ullanadi.  Bir  so’z  bilan
aytganda firma rejasini ishlab chiqadi va uni amalga oshiradi.
O’rta pog’ona menejerlari firma faoliyatining ayrim tomonlarini, chunonchi,
ishlab chiqarish, tovarlarni sotish, narx belgilash, moliya faoliyati, yangi tovarlarni
o’zlashtirish, texnologiyani qo’llash, mehnatni tashkil etish kabilarni boshqarish
bilan shug’ullanadi.
Quyi pog’onali menejerlar quyi bo’g’inda, masalan, tsex, bo’lim, brigada
doirasida  ishni  tashkil  etish,  kunlik,  haftalik,  oylik  ish  topshiriqlarining
bajarilishini boshqarib boradi.
To’g’ri, korxonani boshqarish bevosita mulk egasining vazifasi deyishimiz
mumk in. Ammo boshqarish uchun mulk egasi bo’lish shart emas. SHu xususdan
orkestrni boshqaruvchi direjyor musiqa asMavzu:larining egasi bo’lmasa ham  o’z
ishini  qilaverishi  o’rinli.  Boshqarish  vazifasini  korxona  egasining  o’zi  yoki
yollangan, ammo mulkdor nomidan ish qiluvchi menejer bajaradi.
Iqtisodiy aloqalar murakkablashgan sari menejer xizmatiga talab oshadi, o’z
ishining ustasi bo’lgan maxsus ijtimoiy toifa-menejerlar toifasi paydo bo’ldiki,
uning alohida ijtimoiy maqomi bor. Menejer g’oyat murakkab, o’ta mas’uliyatli ish
bilan shug’ullanishi, firmaning hayot-momotiga javobgar bo’lganligi uchun ham
yollanib ishlovchilar orasida eng katta xizmat haqi oladi.
Boshqaruv funktsiyalarini bajarishda va jamoat ishlab chiqarishida zamonaviy
menejer:
rahbar-boshqaruvchi;
rahbar-diplomat;
rahbar-murabbiy, tarbiyachi;
rahbar-inson;
rahbar-tadbirkor;
 rahbar-innovator sifatida maydonga chiqadi.
Logotip
YUqori pog’ona menejerlari firma istiqbolini belgilash, uning kelajagi uchun ahamiyatli chora-tadbirlarni ishlab chiqish bilan shug’ullanadi. Bir so’z bilan aytganda firma rejasini ishlab chiqadi va uni amalga oshiradi. O’rta pog’ona menejerlari firma faoliyatining ayrim tomonlarini, chunonchi, ishlab chiqarish, tovarlarni sotish, narx belgilash, moliya faoliyati, yangi tovarlarni o’zlashtirish, texnologiyani qo’llash, mehnatni tashkil etish kabilarni boshqarish bilan shug’ullanadi. Quyi pog’onali menejerlar quyi bo’g’inda, masalan, tsex, bo’lim, brigada doirasida ishni tashkil etish, kunlik, haftalik, oylik ish topshiriqlarining bajarilishini boshqarib boradi. To’g’ri, korxonani boshqarish bevosita mulk egasining vazifasi deyishimiz mumk in. Ammo boshqarish uchun mulk egasi bo’lish shart emas. SHu xususdan orkestrni boshqaruvchi direjyor musiqa asMavzu:larining egasi bo’lmasa ham o’z ishini qilaverishi o’rinli. Boshqarish vazifasini korxona egasining o’zi yoki yollangan, ammo mulkdor nomidan ish qiluvchi menejer bajaradi. Iqtisodiy aloqalar murakkablashgan sari menejer xizmatiga talab oshadi, o’z ishining ustasi bo’lgan maxsus ijtimoiy toifa-menejerlar toifasi paydo bo’ldiki, uning alohida ijtimoiy maqomi bor. Menejer g’oyat murakkab, o’ta mas’uliyatli ish bilan shug’ullanishi, firmaning hayot-momotiga javobgar bo’lganligi uchun ham yollanib ishlovchilar orasida eng katta xizmat haqi oladi. Boshqaruv funktsiyalarini bajarishda va jamoat ishlab chiqarishida zamonaviy menejer: rahbar-boshqaruvchi; rahbar-diplomat; rahbar-murabbiy, tarbiyachi; rahbar-inson; rahbar-tadbirkor; rahbar-innovator sifatida maydonga chiqadi.
Har bir menejer o’ziga xos boshqaruv uslubiga ega. Uslub - bu ishlash,
boshqarishdagi o’ziga xos yo’l, usul ma’nosini anglatadi. SHu nuqtai nazardan
quyidagi tushunchalarni ajrata bilish lozim:
 Boshqaruv uslubi;
 ish uslubi;
 rahbarning ish uslubi.
Boshqaruv uslubi - bu boshqaruv jarayonida yuzaga chiqadigan muammolarni
hal qilish usullari, yo’llari majmuidir.
Ish uslubi - bu boshqaruv funktsiyalarini samarali bajarish maqsadida biror-
bir organning yoki rahbarning bo’ysinuvchilarga aniq va nisbatan barqaror ta’sir
ko’rsatish usuli va yo’llari majmuidir. Masalan:
- mamlakat boshqaruv organlarining ish uslubi;
- vazirlik, qo’mita, hokimlarning ish uslubi;
- sud, prokuraturaning ish uslubi;
- korxona, tsexlarning ish uslubi;
- ayrim  rahbarlarning ish uslubi  va hk. Boshqaruvning  turli  pog’ona  va
bosqichlarida turgan boshqaruv organlari va rahbarlarning ish uslublari har xildir.
SHu nuqtai nazardan ish uslubi g’oyat ko’p qirrali tushunchadir.
Rahbarning ish uslubi - bu boshqaruv jarayonida u yoki bu masalani hal
qilishda uning o’ziga xos yondoshishidir. Rahbar qaror qabul qilganda, uning
bajarilishini tashkil etganda va qo’l ostidagi kishilar ishini nazorat qilganda o’z
vazifalariga muvofiq ish ko’radi. Biroq, har bir rahbar bunda o’ziga xos ravishda,
boshqaruv jarayonida o’zi uchun mos bo’lgan, o’z rahbarlik uslubini belgilaydigan
usullar bilan harakat qiladi. Mutlaqo bir xil ikki kishi bo’lmaganidek, rahbarlikda
ham mutlaqo bir xil uslub yo’q. Rahbarlik uslubi rahbarlarning o’z qo’l ostidagilari
bilan aloqasida, ularning o’zaro munosabatlarida tarkib topadi.
Uslub  boshqaruv  organining  intellektual  salohiyati,  sifatlari,  uning
individual xususiyatlari bilan belgilanadi.
Logotip
Har bir menejer o’ziga xos boshqaruv uslubiga ega. Uslub - bu ishlash, boshqarishdagi o’ziga xos yo’l, usul ma’nosini anglatadi. SHu nuqtai nazardan quyidagi tushunchalarni ajrata bilish lozim: Boshqaruv uslubi; ish uslubi; rahbarning ish uslubi. Boshqaruv uslubi - bu boshqaruv jarayonida yuzaga chiqadigan muammolarni hal qilish usullari, yo’llari majmuidir. Ish uslubi - bu boshqaruv funktsiyalarini samarali bajarish maqsadida biror- bir organning yoki rahbarning bo’ysinuvchilarga aniq va nisbatan barqaror ta’sir ko’rsatish usuli va yo’llari majmuidir. Masalan: - mamlakat boshqaruv organlarining ish uslubi; - vazirlik, qo’mita, hokimlarning ish uslubi; - sud, prokuraturaning ish uslubi; - korxona, tsexlarning ish uslubi; - ayrim rahbarlarning ish uslubi va hk. Boshqaruvning turli pog’ona va bosqichlarida turgan boshqaruv organlari va rahbarlarning ish uslublari har xildir. SHu nuqtai nazardan ish uslubi g’oyat ko’p qirrali tushunchadir. Rahbarning ish uslubi - bu boshqaruv jarayonida u yoki bu masalani hal qilishda uning o’ziga xos yondoshishidir. Rahbar qaror qabul qilganda, uning bajarilishini tashkil etganda va qo’l ostidagi kishilar ishini nazorat qilganda o’z vazifalariga muvofiq ish ko’radi. Biroq, har bir rahbar bunda o’ziga xos ravishda, boshqaruv jarayonida o’zi uchun mos bo’lgan, o’z rahbarlik uslubini belgilaydigan usullar bilan harakat qiladi. Mutlaqo bir xil ikki kishi bo’lmaganidek, rahbarlikda ham mutlaqo bir xil uslub yo’q. Rahbarlik uslubi rahbarlarning o’z qo’l ostidagilari bilan aloqasida, ularning o’zaro munosabatlarida tarkib topadi. Uslub boshqaruv organining intellektual salohiyati, sifatlari, uning individual xususiyatlari bilan belgilanadi.
6.2. Rahbarlik usulubiga qarab rahbarning turlarga ajratilishi
Rahbarlik usulubi, belgisi va bo’ysunuvchilarga nisbatan munosabatiga qarab,
barcha rahbarlarni quyidagi uch turga ajratish mumkin: 
Avtokratik rahbar
Liberal rahbar
Demokratik rahbar 
Ushbu  rahbarlarning   ijobiy  va  salbiy  xislatlari,  ularning  ish  uslublari
to’g’risida   7- jadval ma’lumotlaridan ko’rishimiz mumkin.
7- jadval.  Rahbarlik usulubiga qarab rahbarning turlarga ajratilishi
№
Rahbarlik
turlari 
Izoh
1
. 
Avtokratik
rahbar
Bunday turdagi rahbar:
Buyruq chiqarish, qaror qabul qilish, xodimlarga jazo
berish  yoki  rag’batlantirishda  jamoa  fikrini  hisobga
olmaydi;
O’zini  jamoadan  uzoqda  tutadi,  jamoa  a’zolarni
bevosita muloqotda bo’lishini chegaralab qo’yadi;
O’zining  noo’rin  harakatlarining  tanqid  qilinishiga
chiday olmaydi;
O’ziga  bo’ysunuvchilarning  harakatlarini  keskin
ravishda tanqid qilishni yaxshi ko’radi;
Muttasil  buyruq  berishga  hammani  o’z  istaklariga
so’zsiz bo’ysundirishga intiladi;
Ko’p gapirishni yoqtirmaydi, lekin bo’ysinuvchilari
bilan   muomalada  bo’lganda   uning  rahbarlik  g’ururi
balandligi, o’zini katta tutishi sezilib turadi;
O’ziga  bo’ysinuvchilari  oldida  qovog’i  solingan
kayfiyatda bo’ladi.
Xullas  avtokratik  rahbar,  o’ziga  bino  qo’ygan,
Logotip
6.2. Rahbarlik usulubiga qarab rahbarning turlarga ajratilishi Rahbarlik usulubi, belgisi va bo’ysunuvchilarga nisbatan munosabatiga qarab, barcha rahbarlarni quyidagi uch turga ajratish mumkin: Avtokratik rahbar Liberal rahbar Demokratik rahbar Ushbu rahbarlarning ijobiy va salbiy xislatlari, ularning ish uslublari to’g’risida 7- jadval ma’lumotlaridan ko’rishimiz mumkin. 7- jadval. Rahbarlik usulubiga qarab rahbarning turlarga ajratilishi № Rahbarlik turlari Izoh 1 . Avtokratik rahbar Bunday turdagi rahbar: Buyruq chiqarish, qaror qabul qilish, xodimlarga jazo berish yoki rag’batlantirishda jamoa fikrini hisobga olmaydi; O’zini jamoadan uzoqda tutadi, jamoa a’zolarni bevosita muloqotda bo’lishini chegaralab qo’yadi; O’zining noo’rin harakatlarining tanqid qilinishiga chiday olmaydi; O’ziga bo’ysunuvchilarning harakatlarini keskin ravishda tanqid qilishni yaxshi ko’radi; Muttasil buyruq berishga hammani o’z istaklariga so’zsiz bo’ysundirishga intiladi; Ko’p gapirishni yoqtirmaydi, lekin bo’ysinuvchilari bilan muomalada bo’lganda uning rahbarlik g’ururi balandligi, o’zini katta tutishi sezilib turadi; O’ziga bo’ysinuvchilari oldida qovog’i solingan kayfiyatda bo’ladi. Xullas avtokratik rahbar, o’ziga bino qo’ygan,
dimog’dor,  o’z  qobiliyati  va  imkoniyatlariga  ortiqcha
ishonadigan,  hukmini  o’tkazishga  intiladigan  kishilarda
etishib chiqadi.  
Bunday rahbar  nazoratdan chetda qolsa, o’sha erda
dag’allik, takabburlik, tazyiq o’tkazish, majbur qilish kabi
o’ta salbiy holatlar avj uradi.
Biroq  avtokratik  boshqaruv  usulini  har  jihatdan
yomon  deb  bo’lmaydi.  Ba’zi  bir  hollarda
bo’ysinuvchilarning  madaniy  darajasi,  ahloqi  pastligi
sababli  avtokratik uslubni   tanlab  olish  ham  ish berib
qolishi mumkin.
2
.
Liberal rahbar
Bunday turdagi rahbar:
Irodasiz, tashabbussiz bo’ladi;
O’z zimmasiga ma’suliyat olishni yoqtirmaydi;
Ishni o’z holiga tashlab qo’yadi; 
Idoraga nisbatan qat’iy bo’lishdan hayiqadi; 
O’zini haddan tashqari ehtiyot qiladi; 
Biron xodim bilan ham aloqani buzishni istamaydi; 
Talabchan emas, sust nazorat qiladi.
3
.
Demokratik
rahbar
Bunday turdagi rahbar:
Boshqarish  funktsiyalarini  jamoa  fikri  bilan
hisoblashib amalga oshiradi;
Ishlab  chiqarishni  boshqarishga  xodimdlarni  jalb
qiladi, ularning bildirgan fikriga quloq soladi, ular bilan
maslahatlashadi, ijobiy natijalarini inobatga oladi;
Barcha  bilan  barobar  va  samimiy  munosabatda
bo’ladi, ustunligini bildirmaydi;
Buyruq  berish  yo’li  bilan  emas,  balki  ishontirish
uslubida ish tutadi;
Bo’ysunuvchilarning  shaxsiy  tashabbusini,  ijodiy
Logotip
dimog’dor, o’z qobiliyati va imkoniyatlariga ortiqcha ishonadigan, hukmini o’tkazishga intiladigan kishilarda etishib chiqadi. Bunday rahbar nazoratdan chetda qolsa, o’sha erda dag’allik, takabburlik, tazyiq o’tkazish, majbur qilish kabi o’ta salbiy holatlar avj uradi. Biroq avtokratik boshqaruv usulini har jihatdan yomon deb bo’lmaydi. Ba’zi bir hollarda bo’ysinuvchilarning madaniy darajasi, ahloqi pastligi sababli avtokratik uslubni tanlab olish ham ish berib qolishi mumkin. 2 . Liberal rahbar Bunday turdagi rahbar: Irodasiz, tashabbussiz bo’ladi; O’z zimmasiga ma’suliyat olishni yoqtirmaydi; Ishni o’z holiga tashlab qo’yadi; Idoraga nisbatan qat’iy bo’lishdan hayiqadi; O’zini haddan tashqari ehtiyot qiladi; Biron xodim bilan ham aloqani buzishni istamaydi; Talabchan emas, sust nazorat qiladi. 3 . Demokratik rahbar Bunday turdagi rahbar: Boshqarish funktsiyalarini jamoa fikri bilan hisoblashib amalga oshiradi; Ishlab chiqarishni boshqarishga xodimdlarni jalb qiladi, ularning bildirgan fikriga quloq soladi, ular bilan maslahatlashadi, ijobiy natijalarini inobatga oladi; Barcha bilan barobar va samimiy munosabatda bo’ladi, ustunligini bildirmaydi; Buyruq berish yo’li bilan emas, balki ishontirish uslubida ish tutadi; Bo’ysunuvchilarning shaxsiy tashabbusini, ijodiy
faoliyatini rivojlantiradi va jamoada o’rtoqlik va ishchan
muhitni yaratadi.
Qayd etilgan rahbarlik uslublari  sof holda uchramaydi. hayotda har bir
rahbarning ish uslubi har hil bo’ladi, lekin yuqoridagi uch uslubdan biri yaqqolroq
sezilib turadi. Turli xil ishlab chiqarish vaziyatlarida xar xil xodimga nisbatan
rahbarlikining ijobiy tomonlaridan  foydalanish kerak. Rahbar haqiqiy ahvolga
qarab ish tutishi va bo’ysinuvchilarning o’ziga xos shaxsiy xislatlarini hisobga olib
muomala qilishi kerak
6.3. Rahbar fazilatlari to’g’risida Gippokrat fikrlari
Fazilat  -  bu  ijobiy  xislat,  yaxshi  sifat  yoki  xususiyatdir.  Kishilarda
fazilatlarning turlicha bo’lishi hamda har xil xulq-atvorlar insonning badanida
aylanib  yuradigan  suyuq  moddalarga  ko’p  jihatdan  bog’liq  ekanligi  tajribada
kuzatilgan. 
Qadimgi tibbiyotning yirik namoyandasi Gippokratning inson badanida qon
asosiy  o’rinni  ishg’ol  etsa,  bunday  odam  harakatchan,  engil  bo’ladi,
taassurotlarning  almashinishiga  tez  ko’nikib  keta  qoladi,  o’z  atrofida  sodir
bo’layotgan voqealarga darhol va ishtiyoq bilan aralashadi, degan fikri bejiz emas.
Mana shu xil kishilarni Gippokrat sangviniklar (xushchaqchaq kishilar) deb atagan.
Bu lotincha "sangvinis", ya’ni "qon" degan so’zdan kelib chiqqan.
Sangviniklar tuyg’u (jo’shqin) xususiyatlari bilan ajralib turadi. Ular: 
yangi kishilar bilan tez til topishadigan;
bir ish turidan ikkinchi ish turiga tezda ko’nikadigan;
bir turda bajariladigan ishlarni yoqtirmaydigan;
yangi sharoitga osonlik bilan o’rganadigan;
xushchaqchaq;
harakatlari shiddatli;
nutqi tez;
kelajakka ishonch bilan qaraydigan;
Logotip
faoliyatini rivojlantiradi va jamoada o’rtoqlik va ishchan muhitni yaratadi. Qayd etilgan rahbarlik uslublari sof holda uchramaydi. hayotda har bir rahbarning ish uslubi har hil bo’ladi, lekin yuqoridagi uch uslubdan biri yaqqolroq sezilib turadi. Turli xil ishlab chiqarish vaziyatlarida xar xil xodimga nisbatan rahbarlikining ijobiy tomonlaridan foydalanish kerak. Rahbar haqiqiy ahvolga qarab ish tutishi va bo’ysinuvchilarning o’ziga xos shaxsiy xislatlarini hisobga olib muomala qilishi kerak 6.3. Rahbar fazilatlari to’g’risida Gippokrat fikrlari Fazilat - bu ijobiy xislat, yaxshi sifat yoki xususiyatdir. Kishilarda fazilatlarning turlicha bo’lishi hamda har xil xulq-atvorlar insonning badanida aylanib yuradigan suyuq moddalarga ko’p jihatdan bog’liq ekanligi tajribada kuzatilgan. Qadimgi tibbiyotning yirik namoyandasi Gippokratning inson badanida qon asosiy o’rinni ishg’ol etsa, bunday odam harakatchan, engil bo’ladi, taassurotlarning almashinishiga tez ko’nikib keta qoladi, o’z atrofida sodir bo’layotgan voqealarga darhol va ishtiyoq bilan aralashadi, degan fikri bejiz emas. Mana shu xil kishilarni Gippokrat sangviniklar (xushchaqchaq kishilar) deb atagan. Bu lotincha "sangvinis", ya’ni "qon" degan so’zdan kelib chiqqan. Sangviniklar tuyg’u (jo’shqin) xususiyatlari bilan ajralib turadi. Ular: yangi kishilar bilan tez til topishadigan; bir ish turidan ikkinchi ish turiga tezda ko’nikadigan; bir turda bajariladigan ishlarni yoqtirmaydigan; yangi sharoitga osonlik bilan o’rganadigan; xushchaqchaq; harakatlari shiddatli; nutqi tez; kelajakka ishonch bilan qaraydigan;
so’zini aniq va ma’noli qilib, imo-ishoralar bilan gapiradigan kishilardir.
Sangviniklar ish jarayonida kechgan ko’ngilsiz hodisalarni tezda unutadilar.
Ular  o’z  kuchi  hamda  qobiliyatlariga  ortiqcha  baho  berish  xususiyatiga  ega
bo’ladilar.
Rahbarlar sangviniklarning ishini salbiy baholashdan ko’ra ularga nisbatan
qattiqqo’l va talabchan bo’lsalar, ijobiy natijaga erishishlari mumkin.
Sangviniklar yuqori lavozimga intiladigan kishilar bo’ladi.
Agar  kishida  shilliq  hukmron  o’rin  tutsa,  unday  kishilar  og’ir,  tepsa
tebranmas,  kayfiyatlari  va  intilishlari  ancha  barqaror,  voqealar  va  hayot
taassurotlariga loqayd qaraydigan bo’ladilar. Bunday xil kishilar flegmatiklar deb
atalgan. Qadimgi shilliqni "flegma" deyishgan.
Flegmatiklar:
 ta’sirchanligi sust bo’ladi;
 bir turdagi ishdan ikkinchi turdagi ishga sekinlik bilan ko’chadilar;
 faolliklari kam;
 yangi sharoitga qiyinchilik bilan moslashadilar;
 harakatlari va nutqlari sust;
 ko’ngilsiz hodisa yuz berganda osoyishtaliklarini buzmaydilar;
 sabr-toqatli,  chidamli  bo’lib,  so’zlaganda  xotirjam,  o’zga  shaxslar  bilan
hayajonlanmay gaplashadilar.
Flegmatiklar chidamliligi, matonati, o’zini tuta bilishi bilan ajralib turadi.
Gippokratning fikricha, agar kishida za’faron safro ustun tursa, bunday kishi
tezkor, qat’iy, harakatchan bo’ladi. Bu toifa kishilarni Gippokrat xoleriklar (qoni
qiziq kishilar) deb atagan. Qadimgi yunonlar safroni "xoley" deyishgan. 
Xoleriklar - ko’tarinki ruhda ishlay oladigan, qarshiliklarni enga oladigan
kishilar bo’lib, ularning ishlash zavqi kayfiyatining buzilishi bilanoq tez o’zgarishi
mumkin. Ular serjahl, o’zini yaxshi ko’radigan, tez gapiradigan odamlar bo’lib,
boshqalardan gapining ohangi o’zgaruvchanligi bilan ajralib turadi. Xoleriklarning
vazminlik darajasi xuddi sangviniklarnikidek bo’ladi. Rahbar va boshqa kishilarga
nisbatan o’zini to’g’ri tutadi.
Logotip
so’zini aniq va ma’noli qilib, imo-ishoralar bilan gapiradigan kishilardir. Sangviniklar ish jarayonida kechgan ko’ngilsiz hodisalarni tezda unutadilar. Ular o’z kuchi hamda qobiliyatlariga ortiqcha baho berish xususiyatiga ega bo’ladilar. Rahbarlar sangviniklarning ishini salbiy baholashdan ko’ra ularga nisbatan qattiqqo’l va talabchan bo’lsalar, ijobiy natijaga erishishlari mumkin. Sangviniklar yuqori lavozimga intiladigan kishilar bo’ladi. Agar kishida shilliq hukmron o’rin tutsa, unday kishilar og’ir, tepsa tebranmas, kayfiyatlari va intilishlari ancha barqaror, voqealar va hayot taassurotlariga loqayd qaraydigan bo’ladilar. Bunday xil kishilar flegmatiklar deb atalgan. Qadimgi shilliqni "flegma" deyishgan. Flegmatiklar: ta’sirchanligi sust bo’ladi; bir turdagi ishdan ikkinchi turdagi ishga sekinlik bilan ko’chadilar; faolliklari kam; yangi sharoitga qiyinchilik bilan moslashadilar; harakatlari va nutqlari sust; ko’ngilsiz hodisa yuz berganda osoyishtaliklarini buzmaydilar; sabr-toqatli, chidamli bo’lib, so’zlaganda xotirjam, o’zga shaxslar bilan hayajonlanmay gaplashadilar. Flegmatiklar chidamliligi, matonati, o’zini tuta bilishi bilan ajralib turadi. Gippokratning fikricha, agar kishida za’faron safro ustun tursa, bunday kishi tezkor, qat’iy, harakatchan bo’ladi. Bu toifa kishilarni Gippokrat xoleriklar (qoni qiziq kishilar) deb atagan. Qadimgi yunonlar safroni "xoley" deyishgan. Xoleriklar - ko’tarinki ruhda ishlay oladigan, qarshiliklarni enga oladigan kishilar bo’lib, ularning ishlash zavqi kayfiyatining buzilishi bilanoq tez o’zgarishi mumkin. Ular serjahl, o’zini yaxshi ko’radigan, tez gapiradigan odamlar bo’lib, boshqalardan gapining ohangi o’zgaruvchanligi bilan ajralib turadi. Xoleriklarning vazminlik darajasi xuddi sangviniklarnikidek bo’ladi. Rahbar va boshqa kishilarga nisbatan o’zini to’g’ri tutadi.
Nihoyat, Gippokrat yana bir tur kishilarni ajratadiki, bundaylarning ahvoli,
ruhiyati bir xilda turmaydi. Ular yomon kayfiyatga ko’proq moyil bo’ladilar, arzir-
arzimas  narsalardan  qattiq  kuyunaveradilar.  Bunday  kishilarni  ulug’  shifokor
melanxoliklar deb atagan. Qadimgi yunonlarda "melanxolik" so’zi "qora safro"
degan ma’noni birdirgan.
Melanxoliklar:
o’ta ta’sirlanuvchi xususiyatga ega;
tez toliqadigan va o’ziga ishonmaydigan;
tashvishsiz, lekin juda sezuvchan;
nihoyatda arazchan;
juda oz kuladigan;
faolligi sust, tortinchoq, kamg’ayrat;
arzimagan sabablarga ko’zidan yosh oqib ketaveradigan;
yangi xodimlar bilan qiyinchilik bilan til topishadigan kishilardir.
Melanxoliklar qulay sharoitda oldiga qo’yilgan masalalarni muvaffaqiyatli
bajaradi.  Agar  ishda  sharoit,  ya’ni  vaziyat  o’zgarsa,  qiyinchilik  tug’ilsa,  ular
o’zlarini olib turishadi.
6.4. Rahbarga qo’yiladigan talablar. Rahbar madaniyati
Rahbar bir qator talablarga javob berishi kerak. "Rahbarlik qilish" degan
so’zga  izohli  lug’atlarda  boshqarish,  maslahat  berish,  kuzatish,  yo’naltirish,
ko’rsatma  berish  degan turli  ma’lumotlar  berilgan. Bundan  ko’rinib turibdiki,
hozirgi davrda menejer (rahbar)lar qondirishi zarur bo’lgan talablar juda ko’pdir.
Ularni quyidagi beshta yirik guruhga bo’lish mumkin (8-jadval).
8-jadval. Rahbarga qo’yiladigan talablar
№
Talabla
r
Izoh 
Ma’nav
iy etuklik
siyosiy etuklik; 
huquqiy etuklik; 
axloqiy etuklik; 
Logotip
Nihoyat, Gippokrat yana bir tur kishilarni ajratadiki, bundaylarning ahvoli, ruhiyati bir xilda turmaydi. Ular yomon kayfiyatga ko’proq moyil bo’ladilar, arzir- arzimas narsalardan qattiq kuyunaveradilar. Bunday kishilarni ulug’ shifokor melanxoliklar deb atagan. Qadimgi yunonlarda "melanxolik" so’zi "qora safro" degan ma’noni birdirgan. Melanxoliklar: o’ta ta’sirlanuvchi xususiyatga ega; tez toliqadigan va o’ziga ishonmaydigan; tashvishsiz, lekin juda sezuvchan; nihoyatda arazchan; juda oz kuladigan; faolligi sust, tortinchoq, kamg’ayrat; arzimagan sabablarga ko’zidan yosh oqib ketaveradigan; yangi xodimlar bilan qiyinchilik bilan til topishadigan kishilardir. Melanxoliklar qulay sharoitda oldiga qo’yilgan masalalarni muvaffaqiyatli bajaradi. Agar ishda sharoit, ya’ni vaziyat o’zgarsa, qiyinchilik tug’ilsa, ular o’zlarini olib turishadi. 6.4. Rahbarga qo’yiladigan talablar. Rahbar madaniyati Rahbar bir qator talablarga javob berishi kerak. "Rahbarlik qilish" degan so’zga izohli lug’atlarda boshqarish, maslahat berish, kuzatish, yo’naltirish, ko’rsatma berish degan turli ma’lumotlar berilgan. Bundan ko’rinib turibdiki, hozirgi davrda menejer (rahbar)lar qondirishi zarur bo’lgan talablar juda ko’pdir. Ularni quyidagi beshta yirik guruhga bo’lish mumkin (8-jadval). 8-jadval. Rahbarga qo’yiladigan talablar № Talabla r Izoh Ma’nav iy etuklik siyosiy etuklik; huquqiy etuklik; axloqiy etuklik;