MENEJMENTNING ILMIY MAKTABLARI (Mamlakatimizda boshqaruvni rivojlanishi, Menejmentning xorijiy modellari)
Yuklangan vaqt
2024-05-13
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
11
Faytl hajmi
543,4 KB
Ilmiybaza.uz
MENEJMENTNING ILMIY MAKTABLARI
Reja:
1. Menejmentning ilmiy maktablari
2. Mamlakatimizda boshqaruvni rivojlanishi
3. Menejmentning xorijiy modellari
Ilmiybaza.uz
Tayanch iboralar: menejment, tarixiy sharoitlar, ilmiy maktablar, xorijiy
modellar, Amerika modeli, Yaponiya modeli, O‘zbek modeli
1. Menejmentning ilmiy maktablari
Boshqaruv fikri g‘oyatda nomuntazam holda rivojlangan. Bir necha
yondashuvlar mavjud bo‘lib, ular ba’zida bir birlariga mos kelganlar, ba’zida esa bir
birlaridan ancha farqlanganlar. Odamlar va texnika boshqaruv ob’ektlari bo‘lganlar,
shuning uchun boshqaruvdagi muvaffaqiyatlar ko‘proq boshqa sohalardagi
muvaffaqiyatlarga bog‘liq bo‘lganlar. Jamiyat, texnika rivojlangani sari boshqaruv
bo‘yicha mutaxassislar tashkilot faoliyatiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar haqida bila
boshlaganlar.
Bundan tashqari, dunyo ilmiy-texnika taraqqiyot bilan asoslangan tez
o‘zgarishlarning maydoniga aylangan va ko‘p mamlakatlarning hukumatlari
biznesga nisbatan o‘z munosabatlarini borgan sari qat’iyroq belgilay boshlaganlar.
Bu omillar boshqaruv sohasidagi tadqiqotchilar tashkilot faoliyatiga ta’sir
ko‘rsatuvchi tashqi kuchlar mavjudligini his qila boshlashlariga ta’sir ko‘rsatganlar.
Buning munosabati bilan yangi yondashuvlar ishlab chiqilgan. Hammadan avval,
boshqaruvda har bir maktablarni ajratish nuqtai nazardan yondashuv. U, o‘z
navbatida boshqaruvni har bir nuqtai nazardan ko‘rib chiquvchi quyidagi beshta
maktabni oladi: ilmiy boshqaruv, ma’muriy boshqaruv, insoniy munosabatlar, hulq
haqidagi fan, hamda boshqaruv fani, yoki miqdoriy usul.
Ilmiy boshqaruv maktabi (1885-1920). Butun dunyoda “Maktabni ilmiy
tashkil qilish” nomi bilan keng mashhur bo‘lgan bu maktabni vujudga kelishi va
rivojlanishi XX asrning boshlariga to‘g‘ri keladi. Bu maktabning boshida amerikalik
muxandis-tadqiqotchi F.Teylor (1850-1915) turgan, u o‘zining kundalik ishida
unumdorlik va samaradorlikni oshirish maqsadida ishlab chiqarish va mehnatni
faollashtirish muammolarini hal qilgan. Uning ta’limi menejment zamonaviy
Ilmiybaza.uz
konsepsiyasining asosiy nazariy maktabi bo‘lgan. Bu maktabning ko‘zga ko‘ringan
vakillari: L.Gilbert, F.Gilbert, G. Emerson, A.Gastev (Rossiya)lardir.
F.Teylor o‘z nomini butun dunyoga mashhur qilgan quyidagi kitoblarni yozgan.
“Kelishuv tizimi” (1895), “Sex menejmenti” (1903), va “Ilmiy menejment
tamoyillari” (1911). F.Teylor o‘z asarlarida kapital va mehnat manfaatlarini birga
qo‘shish, “kapitalistik korxonalarda hamkorlik falsafasi”ni amalga oshirishga
harakat qilgan. U tomonidan ishlab chiqilgan mehnatni jadallashuvini ta’minlovchi
usul turli mamlakatlar boshqaruvchilarida katta qiziqish uyg‘otgan.1
1-chizma.Ishlab chiqarish unumdorligini oshirishda F.Teylor
taklif etgan qadamlar2
F.Teylor ilmiy boshqaruvni muxandislar turi bo‘yicha sanoat mehnati sohasiga
aylantirishga jonbozlik qilgan. Uning tizimi mehnatni ijrochilar mehnati va
farmoyish beruvchilar mehnatiga taqsimlash tamoyilini izchil o‘tkazishdan iborat
bo‘lgan. Ishlab chiqarish tizimida yo‘lga qo‘yilgan mexanizm kabi ishlovchi har xil
xodim o‘zining vazifalari uchun javobgar bo‘lishi kerak. Bunda xodimlar turlarini
ishlar turlariga mos kelishiga erishishga harakat qilish kerak.
F.Teylor ilmiy menejmentga tashkilotni ishlab chiqarish va iqtisodiy
maqsadlariga erishish uchun barcha xodimlar manfaatlarini ularning farovonligini
1 Richard L.Daft. Management. Ninth edition.201. y. 37 p.
2 Ricky W.Griffin. Fundamental of management. 8 th Edition. 2015.-13 р.
Вазифаларни
топширишда илмий
ёндашув
Ходимларни
танлаш ва ўргатиш
Режалаштириш
назоратни амалга
ошириш
Бажарилган
вазифаларни
қабул қилиш,
режалаштиришни
давом эттириш
Ilmiybaza.uz
o‘sishi va xo‘jayinlar va ma’muriyat bilan yaqindan hamkorlikni yo‘lga qo‘yilishi
tufayli yaqinlashuvining haqiqiy vositasi sifatida qaragan. U, agar ilmiy menejment
tizimi to‘liq hajmda qabul qilinsa, bu narsa tomonlar o‘rtasidagi barcha bahslar va
ziddiyatlarni hal qiladi deb o‘ylagan.
Boshqaruvning klassik yoki ma’muriy maktabi (1920-1950).
Uni rivojlantirishiga fransuz olimi A.Fayol va nemes sotsiologi M.Veber eng
katta ulush qo‘shganlar.
23
Бюрократик менежмент асослари?
Қаттиққўллик
Хизматга мувофиқ
рағбатлаш
Расмий мансаб иерархияси
Ёзилган қоидалар ва
стандартлашган тартиблар
Ишни аниқ тақсимоти
Max Weber 1864-1920
2-chizma. M.Veber tomonidan boshqaruvga berilgan oltita
xarakteristika3
Bu maktabning vakillari tashkilotlarning umumiy ta’riflari va qonuniyatlarini
aniqlashga harakat qilganlar. Ularning maqsadi boshqaruvning ikkita jihatiga
daxldor bo‘lgan universal tamoyillarni yaratishdan iborat bo‘lgan. Birinchisi-
tashkilotni boshqarishning ratsional tizimini ishlab chiqish. Bu nazariyachilar
3 Richard L.Daft. Management. Ninth edition.201. y. 38 p.
Ilmiybaza.uz
biznesning asosiy xizmatlarini belgilab olib, tashkilotni bo‘linmalarga bo‘lishning
eng yaxshi usulini belgilash mumkinligiga ishonganlar. Ular moliya, ishlab
chiqarish va marketingni xuddi shunday xizmatlar deb hisoblanganlar. Ikkinchi jihat
– tashkilot va xodimlar boshqaruvining tuzilishini qurish. Yakkaboshchilik tamoyili
bunga misol bo‘lib xizmat qilgan, unga ko‘ra odam faqat bitta boshliqdan bo‘yruqlar
olishi va fakat bitta unga bo‘ysunishi kerak.
Boshqaruvdagi insoniy munosabatlar maktabi (1930-1950). M.Follett
(Angliya), E.Meyo va A.Maslou (AQSh) uning eng yirik obro‘li vakillaridir. Bu
maktab vakillari, agar rahbarlik o‘z xodimlari haqidagi g‘amxo‘rlikni oshirsa, unda
xodimlarning qanoatlanganligi darajasi oshadi, bu esa muqarrar unumdorlikni
ko‘payishiga olib keladi deb ishonganlar. Ular bevosita boshliqlarning samarali
harakatlari, xodimlar bilan maslahatlashishlar va ularga ishda muloqot qilishga
kengroq imkoniyatlarni berishni o‘z ichiga oluvchi insoniy munosabatlarni
boshqarish usullaridan foydalanishga tavsiya berganlar.
Ahloqiy fanlar yoki bixevioristik maktab (1950 yildan hozirgi vaqtgacha).
Eng ko‘zga ko‘ringan vakillari – F.Gersberg, R.Laykert, D. Mak Gregor. Ushbu
maktab insoniy munosabatlar maktabidan ancha uzoqlashib ketgan. Ushbu
yondashuvga ko‘ra xodimga tashkilotlarni boshqarishga nisbatan ahloqiy fanlar
konsepsiyalarini qo‘llash asosida o‘zining shaxsiy imkoniyatlarini his qilishga
ko‘proq darajada yordam ko‘rsatish kerak. Bu maktabning asosiy maqsadi tashkilot
faoliyati samaradorligini uning insoniy resurslari samaradorligini oshirish yo‘li bilan
oshirishdan iborat. Uning asosiy qoidasi: ahloq haqidagi fanni to‘g‘ri qo‘llash
hamma vaqt, ham alohida xodimning, ham umuman tashkilotning samaradorligini
oshishiga yordam berishi kerak.
Boshqaruv fani maktabi yoki miqdoriy usul (1950 yildan hozirgi
vaqtgacha). Eng ko‘zga ko‘ringan olimlari R.Akoff, N.Viner, V.Poreto hamda
V.Glushkov va L.Kantoravich (SSSR). Maktab boshqaruvda aniq fanlar -
matematika. statistika, muxandislik fanlari ma’lumotlaridan foydalanishga
asoslanadi va operatsiyalar va vaziyatlar modellari tadqiqotlari natijalarini keng
ko‘llashni ko‘zga tutadi. Ammo ikkinchi jahon urushiga qadar miqdoriy usullardan
Ilmiybaza.uz
boshqaruvda yetarlicha foydalanilmagan. Ehtimol, kompyuterlarni rivojlanishi
boshqaruvda ushbu usullarni ko‘llashga kuchli turtki bo‘lgan bo‘lsa kerak. Ular
o‘sib boruvchi murakkablikdagi matematik modellarni qurishga imkon berganlar,
bu modellar haqiqatga ko‘proq darajada yaqinlashadilar, demak aniqroq bo‘ladilar.
Vaziyatli yondashuv (1960 yildan hozirgi vaqtgacha). Bu yondashuvni
ishlab chiqilishi boshqaruv nazariyasiga katta hissa qo‘shgan, chunki fanni aniq
vaziyatlar va sharoitlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llash imkoniyati paydo bo‘lgan.
Vaziyatli yondashuvda asosiy tomon vaziyat, ya’ni aniq holatlardan iborat bo‘ladi,
ular tashkilotlarga ushbu aniq vaqtda katta ta’sir ko‘rsatadilar. Ham tashkilotning
o‘zida, ham atrof muhitda ko‘pgina bunday omillar mavjud bo‘lganligi sababli,
tashkilot faoliyatini boshqarishning yagona “yaxshi” usuli yo‘q bo‘ladi.
Boshqaruvning vujudga kelgan vaziyatda ko‘proq mos keluvchi usuli eng samarali
bo‘ladi.
Tizimli yondashuv (50 yillarning oxiridan hozirgi vaqtgacha).
50- yillarning oxirida boshqaruvda tizimlar nazariyasini qo‘llanishi
menejmentga boshqaruv fani maktablari va xususan, amerikalik olimlar J.Pol Getti
va Piter F. Drukerlarning muhim ulushi bo‘lgan. Bu yondashuv nisbatan yaqindan
qo‘llana boshlaganligi tufayli, hozirgi vaqtda ushbu maktabning boshqaruv
nazariyasi va amaliyotiga haqiqiy ta’sirini to‘liq darajada baholashning iloji yo‘q.
Shunga qaramasdan bugun uning ta’siri juda katta va bundan keyin ham u o‘sib
boradi. Tizimli asosda, ehtimol, kelajakda ishlab chiqiladigan yangi bilimlar va
nazariyalarni sintez qilish mumkin bo‘lar.
Jarayonli yondoshuv (1920 yildan hozirgi vaqtgacha). Bu yondashuv hozirgi
vaqtda keng qo‘llaniladi. U birinchi marta ma’muriy boshqaruv maktabi vakillari
tomonidan taklif qilingan bo‘lib, ular menejerning vazifasini ta’riflashga harakat
qilganlar. Bu konsepsiyani dastlabki ishlab chiqilishi A.Fayolga tegishlidir. Ushbu
yondashuvga ko‘ra, boshqaruv uzluksiz o‘zaro bog‘liq harakatlar (xizmatlar)
jarayoni sifatida ko‘rib chiqiladi, ularning har biri ham, o‘z navbatida bir necha
o‘zaro bog‘langan harakatlardan iborat bo‘ladi. Ular kommunikatsiyalar va qaror
qabul qilishning bog‘lovchi jarayonlari bilan birlashganlar. Bunda rahbarlik
Ilmiybaza.uz
(etakchilik) mustaqil faoliyat sifatida ko‘rib chiqiladi. U xodimlarga ta’sir
ko‘rsatishning shunday imkoniyatini ko‘zda tutadiki, ular maqsadlarga erishish
yo‘nalishida mehnat qilsinlar.
2. Mamlakatimizda boshqaruvni rivojlanishi
O‘zbekistonda iqtisodiy jarayonlarni boshqarish chuqur tarixiy tomirlarga ega.
Yuqorida aylgandek, boshqaruv fan sifatida shakllangunga qadar davrlarda ham
ushbu jarayonning tub mohiyati va mazmunini tushungan va amaliyotda qo‘llagan
turli xildagi murakkab odamlar guruhiga muvaffaqiyatli ravishda rahbarlik qilgan,
o‘z tajriba va nuqtai nazarlarini kelajak avlodga meros sifatida qoldirgan buyuk
shaxslar bo‘lganki, ularni o‘rganish hozirgi zamon boshqaruv fanini rivojlanishiga
samarali ta’sir ko‘rsatadi. Ana shunday shaxslardan Al- Xorazmiy, Abu Nasr
Farobiy, Abu Ali ibn Sino (IX-Xasrlar), Yusuf Xos Xojib (XI-XIIasrlar), Amir
Temur, Nizomulmulk (XIII-XIYasrlar), Zahriddin Muhammad Bobur, Alisher
Navoiy (XYasrlar)ning boshqaruvga oid asarlari bugungi kunda ham qo‘llanma
bo‘ladigan ko‘rsatmalar hisoblanadilar. Masalan, ”Qutadg‘i bilik”, “Temur
tuziklari” va boshqalar.
O‘zbekiston Respublikasi tashkil topgandan buyon o‘tgan 20 yil ichida bozor
islohatlariga oid qabul qilingan qonunlar, Prezident farmonlari va qarorlari , Vazirlar
Mahkamasiningqarorlari mamlakatimizda bozor mexanizmlarini iqtisodiyotiga
joriy etishga karatilgan. O‘zbekiston iqtisodiyotini Prezident Islom Karimov asoslab
bergan tamoyillar asosida bozor munosabatlariga o‘tkazish bozor mexanizmlarini
shakllantirish dasturi bir qator mamlakatlarda “O‘zbek modeli” deb e’tirof etildi.
Ushbu model jahon moliyaviy-iqtisodiy inqiroziga dosh berib, mamlakatimizni
barqaror rivojlanishi uchun mustahkam poydevor yaratdi.
3. Menejmentning xorijiy modellari