Menejmentning nazariy asoslari
Reja:
1. Boshqaruv va menejment
2. Boshqaruv (menejment)ning mohiyati va tizimi
3. Menejmentning ilmiy yondashuvlari va tamoyillari
4. Boshqaruv usullari
Menejment (ing. management- boshqarmoq, idora qilmoq, tashkil qilmoq) – bu:
- ishlab chiqarish, tijoratni boshqarish bo‘yicha, ma’lum maqsadlarni ko‘zlovchi
amaliy faoliyat;
- boshqaruv, nazariyasi, fani boshqaruv tamoyillari, usullari, vosita- lari va
shakllarining majmuasi;
- mamlakatimizning hozirgi zamon amaliyotida korxona, aksiyadorlik jamiyatining
rahbarlik qiluvchi tarkibidir.
“Menejment” tushunchasi bizning turmushimizga mustahkam kirib borgan va
o‘zbekcha ishga doir faoliyat uchun odatiy bo‘lib qolgan. Ammo shuni hisobga olish
zarurki, gap yangi falsafa haqida ketmoqda, bunda qadriyatlar va ustivorliklarning yangi
tizimlari amalda bo‘ladilar.
Shuning munosabati bilan “menejment” atamasining ma’nosi ustida batafsilroq
to‘xtash darkor. Ba’zi bir mualliflar o‘zbekcha “boshqaruv” so‘zi va inglizcha
“menejment”ni sinonimlar deb hisoblaydilar. Haqiqatda esa ularning mazmuni bir
muncha farqlanadi. “Menejment” atamasini qo‘llab turib biz xalqaro amaliyotda
o‘rnashib qolgan tendensiyaga rioya qilamiz, unga ko‘ra uning ostida hodisalar va
jarayonlarning butunlay ma’lum doirasi ko‘zda tutiladi. Aslida esa “ boshqaruv” atamasi
“menejment” atamasining qanoatlantiruvchi o‘rinbosari bo‘lmaydi, chunki keyingi holda
gap zamonaviy tashkilot vositasida va doirasida ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni boshqarish
haqida ketadi. Bunda ishlab chiqarish yoki tijoratni sanoatlashtirilgan tashkil qilish
asosida amalga oshirilgan xo‘jalik yuritishning bozor turi menejmentning adekvat
iqtisodiy asosi bo‘ladi.
Shunday qilib, “menejment” atamasi zamonaviy tashkilotni boshqarishga nisbatan
qo‘llaniladi, shu vaqtda esa boshqa maqsadlar uchun boshqa atamalar, masalan:
government admiristration – davlat boshqaruvi va rublik admiristration – ijtimoiy
boshqaruvdan foydalaniladi. Bizning sharoitlarda buning uchun “tashkil qilish”, “tartibga
solish”, “boshqarish” va “ma’muriy boshqarish” atamalarini qo‘llash kerak. Shunga
qaramasdan davlat, jamoa va boshqa tashkilotlar ham agar o‘z maqsadlariga kamroq
xarajatlar, faoliyat yuritish va davlat tomonidan tartibga solishning yuqori
samaradorligida erishishni istasalar, menejmentning ba’zi bir tamoyillari va usullaridan
foydalanishlari zarur.
Yuqorida bayon qilinganlari hisobga olish bilan ushbu ishda “boshqaruv” atamasi
shartlilikning ma’lum darajasi bilan “menejment” ma’nosida ham qo‘llaniladi.
Menejment tushunchasini belgilash uchun unga kiruvchi ba’zi bir holatlarni,
hammadan avval maqsadli mazmunni aniqlab olish darkor.
Masalan, boshqaruv tizimini barqaror, ishonchli, istiqbolli va samarali faoliyat
yuritishning ta’minlovchi boshqaruv nazariyasi, ilmiy yondashuvlar, jarayonlar,
tamoyillar va usullarni ishlab chiqish menejmentning fan sifatidagi maqsadi bo‘ladi.
Shuning bilan bir vaqtda, menejmentning samarali boshqaruv amaliyoti sifatidagi
maqsadi tashkilotning yuqori foydaliligi, raqobatbardoshligi va boshqa maqsadlariga
ishlab chiqarish, savdo va boshqa jarayonini ratsional tashkil qilish va tashkilotning
texnik-texnologik bazasini rivojlantirish yo‘li bilan erishishdan iboratdir
Menejmentning maqsadlari va vazifalari ishlab chiqarish va tijorat qo‘lamlarini
o‘sishi va rivojlanganligi sari uzluksiz ravishda murakkablashadi. Bajarilagan vazifalar
va mo‘ljallangan maqsadlarga erishilganligi bozorda baholanadi.
Boshqaruv nazariyasining rivojlanishi va iktisodiy-matematik usullarni ishlab
chiqilishi vazifalarning ko‘pgina sifat yechimlarini vazifalarning aniq miqdoriy baholari
yoki qarorlari bilan to‘ldirish yoki almashtirishga imkon bergan, hisoblash texnikasi va
kommunikatsiya vositalarining rivojlanishi esa boshqaruvning samaradorligi oshishiga
ko‘maklashgan. Hisoblashlarning ko‘p mehnat talab qilishi tufayli vaqtning haqiqiy yoki
yo‘l quyiladigan ko‘lamlarda hal qilinishi mumkin bo‘lmagan ko‘pgina masalalar
kundalik haqiqat bo‘lib qolgan.
Moliyaviy menejment – bu moliyalarni boshqarishning barqarorligi, ishonchliligi
va samaradorligini ta’minlashning majmuaviy tizimidir. U o‘z ichiga moliyaviy
ko‘rsatkichlarni menejmentga ilmiy yondashuvlar va tamoyillar, daromadlar va xarajatlar
balansi, resurslardan foydala- nishning samaradorligi ko‘rsatkichlari, ishlar va tovarlar
rentabelligiga rioya qilish bilan shakllantirish va rejalashtirishni oladi.
Innovatsion menejment – bu mulk egasi tomonidan innovatsiyalarning barcha
turlarini rivojlantirishga kiritiladigan investitsiyalarni boshqarishning majmuaviy usuli. U
o‘z ichiga tashkiliy tuzilmalarni qurish, innovatsiyalarning yo‘nalishlarini tanlash,
innovatsiyalar, xodimlarni boshqarishning har xil jihatlarini muvofiqlashtirishni oladi.
Savdo menejmenti – savdo korxonasi faoliyatining barcha asosiy jihatlarini
boshqarish jarayonidan iborat bo‘ladi. U aniq savdo korxonasini rivojlantirish masalalari
bo‘yicha ratsionalroq boshqaruv qarorlarini shakllantirish, uning faoliyati har xil
yo‘nalishlarini muvofiqlashtirish va bu faoliyatning yakuniy natijalari yuqori
samaradorligini ta’minlashga qaratilgan.
Maxsus menejmentning yuqorida keltirilgan turlaridan tashqari hozirgi vaqtda
quyidagi boshqa turlari ham ishlab chiqilmoqda: ijtimoiy soha, bank, soliq, tashkiliy,
xalqaro menejment va boshqalar.
Ijtimoiy rivojlanishning davriy xarakteri, inqiroz sharoitlarida qarorlar qabul qilish
zaruriyati menejmentning nazariyasi va amaliyotini rivojlanishiga jiddiy motivatsiya
bo‘lgan. G‘arbning ilg‘or mamlakatlari tajribasi shuni ko‘rsatadiki, menejment oldiga
qo‘yilgan vazifalarni bajarmoqda va uning samaradorligini oshishida juda katta rol ilmiy-
texnik taraqqiyot yutuqlaridan foydalanishga tegishlidir.
Bunda shuni ta’kidlash kerakki, keyingi yillarda boshqaruv tizimlarini rivojlantirish
markazlari zamonaviy darajada takomillashyapti. Eng rivojlangan mamlakatlar guruhida
Yaponiya, Germaniya va Shvesariya yetakchilik qilmoqda. Boshqaruvning zamonaviy
talablariga muvofiq AQSh -9, Fransiya – 12, Italiya – 14, Buyuk Britaniya -16 o‘rinda
turibdi. Keyingi 10-15 yillar ichida iqtisodiyotida keskin ko‘tarilish xos bo‘lgan
mamlakatlar orasida Singapur, Gonkong va Tayvan yetakchilik qilmoqdalar.
2.2. Boshqaruv (menejment)ning mohiyati va tizimi
Umumiy ko‘rinishda boshqaruv ikkita ob’ektning maqsadiga qaratilgan o‘zaro
hamkorligidan iborat bo‘lib, bunda ulardan biri boshqaruv sub’ekti o‘rnida, boshqasi esa
boshqaruv ob’ekti o‘rnida bo‘ladi. Bu o‘zaro hamkorlik uchun quyidagilar xosdir:
boshqaruv sub’ekti boshqaruv ob’ektiga ta’sir ko‘rsatish impulslari (boshqaruv
buyruqlari)ni jo‘natadi, ular boshqaruv ob’ekti qanday faoliyat yuritishi haqidagi
axborotga ega bo‘ldilar;
boshqaruv ob’ekti ushbu impulslar (buyruqlar)ni oladi va ularga muvofiq harakat
qiladi 2.1. rasm.
to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir
teskari aloqa
2.1.rasm. Boshqaruv tizimining boshqaruvchi va boshqariluvchi tizimchalari
Boshqaruv sub’ekti sifatida firmalar bo‘limlari va xizmatlari majmuasini yoki
alohida bo‘linma, yakka shaxs va boshqalarni ko‘rib chiqish mumkin. Boshqaruv ob’ekti
sifatida xodim, mehnat jamoasi, tovarlar, resurslar, hujjatlar va h.q. bo‘ladi. Masalan, usta
uchastkaning ishini tashkil qiladi. Bunda u past darajadagi menejer yoki boshqaruv
sub’ekti, ishchilar esa – boshqaruv ob’ektlari bo‘ladi. Tashkilotning tijorat direktori
bo‘linmalarning ishini tashkil qiladi. Bunda u menejer yoki boshqaruv sub’ekti,
ko‘rsatilgan bo‘linmalar- boshqaruv ob’ektlari bo‘ladilar.
Boshqaruvning boshqa ta’riflari ham mavjud. Masalan, ko‘zga ko‘ringan tadqiqotchi
P. Druker (AQSh) hisoblaydiki, boshqaruv bu tashkil qilinmagan to‘dani samarali
maqsadga yo‘naltiriruvchi va ishlab chiqarish guruhiga aylantiruvchi faoliyatning asosiy
turidir. Amerikali olim K.Killen boshqaruvni “ishni boshqalarning qo‘li bilan bajarish”
sifatida belgilaydi.
Ta’qidlash kerakki, boshqaruvni ko‘pincha sub’ektning ob’ektga ta’siri sifatida
belgilaydilar, ya’ni boshqaruv sub’ektining faoliyatiga tenglashtiradilar. Bunda
boshqaruvga sub’ektning ob’ektga bir tomonlama ta’siri sifatida karaladi, bu
boshqaruvning mohiyati haqidagi noto‘g‘ri xulosalarga olib keladi. Dialektik o‘zaro aloqa
, ob’ekt va sub’ektnig birligini ularning subardinatsion joylashuvi bilan almashtirish
natijasi- da boshqaruvning harakatlanuvchi boshlanishi – sub’ekt va ob’ekt o‘rtasidagi
Бошқарув субъекти
(бошқарувчи тизимча)
Бошқарув субъекти
(бошқарилувчи тизимча
ziddiyat nazardan tashqarida qoladi. Shuning uchun boshqaruv ob’ektining boshqaruv
buyruqlarini bajarishga imkoniyati va tayyorligi kanchalik to‘lik hisobga olinmasin, agar
ular faqat samaraliroq boshqaruv ta’sirlarini qidirish uchun asos sifatida ko‘rib chiqilsa,
boshqaruv imko- niyatlarini baholash boshqaruvni amalga oshirishning haqiqiy imko-
niyatlariga adekvat bo‘lmaydi. Demak, boshqaruvni faqat boshqaruv sub’ekti holatida
ko‘rib chiqish mumkin emas.
Sub’ektning boshqaruv ob’ekti bilan o‘zaro hamkorligi uchun ular o‘rtasida
majmuaviy xarakterga ega munosabatlar mavjud bo‘lishi zarur. Bunda boshqaruvning
ayrim darajalaridagi munosabatlarning u yoki bu turlari ustunlik qiladilar. Iqtisodiy
munosabatlarga
asoslangan
boshqaruv
munosabatlari
keng
tarqalgandirlar.
Munosabatlarning
quyidagi
ikki
turi
boshqaruv
uchun
prinsipial
bo‘ladi:
assotsiatsiyalangan mulk egalarining birgalikdagi faoliyati jarayonida mehnatni
taqsimlanishi va kooperatsiyalashuvida vujudga keluvchi munosabatlar va mulk egalari
va ishlab chiqarish vositalaridan foydalanuvchilar o‘rtasida vujudga kelgan yollash
munosabatlari (to‘lov munosabatlari).
Agar bir tomondan boshqaruv sub’ektida boshqarishga ehtiyoj va imkoniyat, boshqa
tomondan esa – boshqaruv ob’ekti boshqaruv buyruqlarini bajarishga ehtiyoji va
imkoniyati bo‘lsa, boshqaruv haqiqiy bo‘ladi.
Sub’ektni boshqaruvchi faoliyati bunda u qanday maqsadlarni ko‘zlashiga ko‘ra
ma’lum yo‘nalishni oladi. Agar boshqaruv maqsadlari sub’ektning boshqaruv faoliyati
jarayonida ko‘zlangan maqsadiga mos kelsa, u samarali boshqarishga qaratilgan bo‘ladi.
Boshqaruv sub’ektining boshqaruvni amalga oshirish imkoniyati, birinchidan
tashkiliy-texnik jihatlar bilan xodimlarda aloqa va axborotlarni uzatishning kerakli
kanallari, boshqaruvning talab qilishidagi texnikasi va h.k. mavjudligi bilan, ikkinchidan,
boshqaruv sub’ektida boshqaruv ob’ektiga ta’sir ko‘rsatishning, uning yordamida
buyruqlarni bajarishga undovchi dastaklarning mavjudligi bilan, ya’ni boshqaruv
obektining boshqaruv buyruqlarini bajarishga imkoniyati va tayyorligi bilan asoslanadi.
Masalan, agar boshqaruv obekti ishlab chiqarish vositalarining mulk egasi bo‘lmasa,
unda uning boshqaruv buyruqlarini bajarishga tayyorligi uning ehtiyoji buning natijasida
qanchalik qanoatlanishiga bog‘liq bo‘ladi, buyruqni bajarish imkoniyati esa uning ishlab
chiqarish imkoniyatlari bilan bog‘langan. Bu holda boshqaruv obekti va sub’ekti
o‘rtasidagi ziddiyatni hal qilish uchun rag‘batlantirish mexanizmini ishlab chiqish
zarurdir. Agar boshqaruv ob’ekti mulk egasi bo‘lsa, unda boshqarish imkoniyati
boshqaruv ob’ektining ham mulk egasi, ham ijrochi sifatidagi bir vaqtdagi manfaatlarini
biriktirish mexanizmi bilan beriladi, bunda mulk egasining manfaatlari ustunlik qiladi.
Boshqaruvni faqat tashkilotning tarkibiy qismi bo‘lgan haqiqiy harakat qiluvchi
tizim mavjud bo‘lgandagini amalga oshirish mumkin, u tizimli boshqaruv deb ataladi.
Zamonaviy tashkilotni boshqarish tizimi quyidagi talablarga javob berishi kerak:
yuqori egiluvchanlikka ega bo‘lish;
ishlab chiqarishning mehnatni nazorat qilish, tashkil etish va taqsimlashning
tegishli shakllarini talab qiluvchi texnologiyasiga o‘xshash bo‘lish;
korxonaning tashqi va ichki muhiti, bozor holatining omillari o‘zgarishlariga
operativ javob qaytarish;
tashkilotni boshqarishning yuqori samaradorligini ta’minlash;
tashkilotning rivojlanishiga ko‘maklashish;
fan va ilg‘or amaliyot yutuqlarini tadbiq etilishini ta’minlash;
o‘zini o‘zi tartibga solish xususiyatiga ega bo‘lish.
Aloqa boshqaruvning har qanday tizimining muqarrar elementi bo‘ladi. Aloqalar
to‘g‘ridan to‘g‘ri, teskari, vertikal, gorizontal va diagonalli va h.k bo‘lishi mumkin.
To‘g‘ridan to‘g‘ri aloqa - bu boshqaruv sub’ektining ob’ektga boshqaruv
buyruqlari, qarorlar, tavsiyalar va x.q ko‘rinishidagi ta’siridir. Teskari aloqa - bu
boshqaruv ob’ektidan boshqaruv sub’ektiga chiquvchi axborotdir.
Keltirilgan to‘g‘ridan to‘g‘ri va teskari aloqalar vertikalga kiradilar. Ulardan tashqari
rasmiy va norasmiy munosabatlarni amalga oshishiga imkon beruvchi, bilimlar va
ko‘nikmalarni uzatishga ko‘maklashuvchi, boshqaruv tizimining o‘zining oldiga qo‘ygan
maqsadlariga
erishish
bo‘yicha
bitta
darajadagi
sub’ektlarning
harakatlari
mufoviqlashuvini ta’minlovchi gorinzontal aloqalar ham mavjud. Dioganal aloqa,
masalan, bitta bo‘limning mutaxassisi va boshqa bo‘limning boshlig‘i o‘rtasida mavjud
bo‘ladi.
Boshqaruv tizimini ikkita tizimchalar – boshqaruvchi (boshqaruv sub’ekti) va
boshqariluvchi (boshqaruv ob’ekti), hamda ular o‘rtasidagi to‘g‘ridan to‘g‘ri va teskari
aloqani tashkil qiluvchilarni elementar ko‘rinishida tasavvur qilish mumkin.
O.S. Vixanskiy va A.I. Naumov boshqaruv tizimida uchta tizimchani belgilaydilar.
Birinchi tizim boshqaruv tizimi sifatida avvalroq qabul qilingan. Bu o‘zlarining oldilariga
qo‘yilgan vazifalarni bajaruvchi boshqaruv idoralari, bo‘linmalar va ijrochilar majmuasi,
ular yordamida boshqaruv amalga oshiriladigan usullar yig‘indisidir. Ushbu tizimchani
tashkilot, texnologiya va boshqaruv usullarining birligi deb belgilash mumkin. U tarkibiy-
vazifaviy deb ataladi va boshqaruv tizimining “negizi” sifatida bo‘ladi.
Ikkinchi tizimcha – axborotli - ahloqiy. Quyidagilar uning asosiy bloklari bo‘ladilar:
- boshqaruv g‘oyasi va boshqaruv tizimini qiymatga yo‘naltirish;
- boshqaruv jarayoni ishtirokchilarining manfaatlari va axloqiy me’yorlari;
- boshqaruv tizimidagi axborotlar va kommunikatsiyalar.
Tashqi
muhit
Kirish chiqishkch Chiqish Chiqish
Teskari
aloqa
2.2. rasm. Menejment tizimining tuzilishi
Ushbu bloklar yig‘indisi asosan butun ko‘rib chiqilayotgan tizimchani qamrab oladi,
ammo boshqaruvning alohida tizimlarida qo‘shimcha bloklar, masalan: milliy manfaatlar,
milliy boshqaruv steorotiplari va x.q bo‘lishi mumkin. Hozirgi vaqtda ob’ektiv sodir
bo‘layotgan axborotlarni jadal va keng tarqalish munosabatlari bilan ushbu tizimchaning
roli keskin o‘sadi.
Менежмент-
нинг илмий
ёндашувлар
тамойиллариус
уллар
Вазифавий тизимча
Бошқарувчи тизимча
Таъминлочи
тизимча
Мақсадий
тизимча
Boshqaruv tizimining o‘zini o‘zi rivojlantirish tizimchasi uchinchi tizimcha bo‘ladi.
Uni paydo bo‘lishi boshqaruv tizimida o‘zini o‘zi takomil- lashtirishga intilish, ilg‘or
g‘oyalarini qidirib topish va ishlab chiqish, ularni amaliyotga tadbiq etish kabi sifatlarni
vujudga kelishi bilan asoslanadi. Bu tizimcha nafaqat ko‘rsatib o‘tilgan sifatlarni aks
ettiradi, balki, ularni qayta ishlab chiqilishi, tarqatilishi va amalga tadbiq etilishiga
yordam beradi.
Ushbu tizimcha ikkita qismga ajratilishi mumkin, birinchisi – boshqaruv tizimini
muntazam ravishda takomillashish va rivojlanishga yo‘naltiradi. Ikkinchisi uni
rivojlanishini ta’minlaydi.
R.A.Fatxutdinov tashkilot menejmenti tizimining quyidagi tuzilishini taklif etadi
(2.2. – rasm)
Bunda quyidagilar tashkilotning menejment tizimi maqsadli tizimchasining tarkibiy
qismlari bo‘ladilar: ishlab chiqarilayotgan tovarlar va xizmatlarning sifatini oshirish,
resurslarni tejash, tovarlarni sotish bozorlarini kengaytirish, ishlab chiqarishni tashkiliy-
texnik rivojlantirish, jamoani ijtimoiy rivojlanishi va atrof-muhitni muhofaza qilish.
Tashkilot menejment tizimining ta’minlovchi tizimchasi quyidagilarni o‘z ichiga
oladi: uslubiy ta’minot, resurslar ta’minoti, axborot ta’minoti va xuquqiy ta’minot.
Vazifaviy tizimcha quyidagi tarkibiy qismlarni o‘z ichiga oladi: marketing,
rejalashtirish, jarayonlarni tashkil qilish, hisobga olish va nazorat, motivatsiya va tartibga
solish.
Tashkilot menejmenti tizimini boshqaruvchi tizimchasi quyidagilarni o‘z ichiga
quyidagilarni oladi: xodimlarni boshqarish,
menejmentning sotsiologiyasi va
psixologiyasi, boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, qarorlarni qabul
qilishdagi tahlil, qarorlarni qabul qilishdagi bashorat.
2.3. Menejmentning ilmiy yondashuvlari va tamoyillari
Menejmentning
samaradorligi
ko‘proq
darajada
ilmiy
yondashuvlar
va
tamoyillardan foydalanish bilan belgalanadi. Hozirgi vaqtda amaliyotda menejmentga
nisbatan faqat ba’zi bir ilmiy yondashuvlar va tamoyillar qo‘llaniladi., bu uni tushunishni
“torligi” bilan izohlanadi.
Har bir ob’ektni boshqarishning nazariyasi va amaliyoti tahlili R.A.Fatxutdinov
bo‘yicha menejmentga nisbatan o‘z ilmiy yondoshuvlarini qo‘llash zarurligini belgilashga
imkon beradi. (2.1- jadval).
Ushbu yondoshuvlarni boshqaruvning asosiy tamoyillariga kiritish mumkin.
Boshqaruv
jarayonlarini
aniq
ob’ektlarini
boshqarish
jarayonida
boshqaruv
sub’ektlari(idoralari) amal qilishlari kerak bo‘lgan jamiyatning ob’ektiv qonunlari va
qonuniyatlaridan kelib chiquvchi asosiy qoidalar sifatida belgilash mumkin.
2.1-jadval
Menejmentga nisbatan yondoshuvlar
Nomi
Qisqacha mazmuni
Ma’muriy
Qayta ishlab
chiqaruvchi
Dinamik
Integratsiyali
Miqdoriy
Majmuaviy
Marketingli
Ma’muriy yondoshuvda me’yoriy hujjatlardagi menejment tiziminin
vazifalari, huquqlari, majburiyatlari, element- lari tartibga solinadi
Qayta ishlab chiqaruvchi yondoshuv bozor ehtiyojlarini kamroq xarajatl
bilan qanoatlantirish uchun tovar ishlab chiqarishni doimo qaytada
boshlashga mo‘ljallangan
Dinamik yondoshuvda boshqaruv ob’ekti dialektik rivojlanishda, saba
natija aloqalarida va birgalikdagi tobelikda ko‘rib chiqiladi
Integratsiyali yondoshuvda alohida tizimchalar va boshqaruv tiziminin
elementlari o‘rtasida o‘zaro aloqa o‘rnatiladi
Miqdoriy yondoshuvning mohiyati matematik, statistik va muxandisl
hisoblashlar yordamida miqdoriy baholashdan foydalanishdan iboratdir
Majmuaviy yondoshuvda menejmentning texnik, iqtisodiy ijtimoiy v
boshqa jihatlari hisobga olinadi
Marketing yondoshuvi boshqaruvchi tizimchalarni iste’molchi- g
qaratishni ko‘zda tutadi
Me’yoriy yondoshuvda boshqaruvdagi me’yorlar va normativl
belgilanadi
Me’yoriy
Ahloqiy
Jarayonli
Tizimli
Vaziyatli
Vazifaviy
Ahloqiy yondoshuv xodimga shaxsiy imkoniyatlarini his qilishga yorda
berishdan iboratdir.
Jarayonli yondoshuvda boshqaruv o‘zaro bog‘liq vazifalarning majmua
sifatida ko‘rib chiqiladi
Tizimli yondoshuvda har qanday tizimga o‘zaro bog‘liq elementlarnin
majmuasi sifatida qaraladi
Vaziyatli yondoshuv boshqaruvning har xil usullar qo‘llanishi aniq vaziy
bilan belgilanishi nazarda tutiladi
Vazifaviy yondoshuvning mohiyati ehtiyojni qanoatlashtirish uchu
bajarish kerak bo‘lgan vazifalarning majmuasi sifatida ko‘rib chiqilishid
iborat bo‘ladi
Birinchi marta “boshqaruv tamoyillari” atamasini F. Teylor kirit- gan, u 1911 yilda
“Ilmiy menejment tamoyillari” nomi ostida asarini nashr qilgan. Ishlarni bajarish asoslari
va mehnat operatsiyalarini o‘rganish asosida ishchilarning shaxsiy mehnatlarini
boshqarishning to‘rtta tamoyillarini shakllantirgan:
ishning har bir elementini bajarilishiga ilmiy yondoshuv;
ishchilarni tanlash, o‘qitish va mashq qildirishga ilmiy yondoshuv;
ishchilar bilan kooperatsiyalashish;
natijalar uchun javobgarlikni menejerlar va ishchilar o‘rtasida taqsimlash.
Menejment sohasidagi boshqa mashhur mutaxassis A.Fayol 1916 yilda “Umumiy va
sanoat boshqaruvi” kitobida tashkilotlardagi boshqaruvchilar ishini shakllantirilgan holda
ta’riflashni taklif qilgan va boshqaruvning 14 tamoyillarini shakllantirgan, boshqaruv
vazifalarini hal qilish va menejment vazifalarini bajarishda ularga amal qilish taklif etiladi
(2.2. - jadval).
2.2 - jadval
Menejment tamoyillari (A.Fayol bo‘yicha)
Tamoyil
Tamoyilning mazmuni
Mehnat taqsimoti
Vakolatlar va
javobgarlik
Intizom
Yakka hukmronlik
Harakatlar birligi
Shaxsiy manfaat-larni
bo‘ysindiri-lishi
Xodimlarni muko-
fatlash
Markazlashtirish
Qoyali zanjir
Tartib
Adolat
Xodimlarning
barqarorligi
Tashabbus
Ish kuchidan samarali foydalanish uchun ishlarni ixtisos-lashtiri
(ishlovchilarning harakatlari yo‘naltiriladigan maqsadlar soni
qisqartirish hisobiga)
Har bir ishlovchiga ishni bajarish uchun javobgarlikka ega bo‘li
uchun yetarli bo‘lgan vakolatlarni berish kerak
Ishchilar rahbariyat bilan bitim shartlariga bo‘ysunishlari kera
menejerlar intizomni bizuvchilarga nisbatan adolatli jazolar
qo‘llashlari kerak
Xodim ko‘rsatmalarni oladi va faqat bitta bevosita boshliq oldida hiso
beradi
Bir xil maqsadga ega bo‘lgan barcha harakatlar guruhlarga bi
lashtirilishlari va yagona reja bo‘yicha amalga oshirilishlari kerak
Tashkilot manfaatlari yakka shaxslar manfaatlaridan ustunlik- ka egal
Xodimlar tomonidan o‘z manfaatlari uchun adolatli mukofotni olinis
Boshqaruvchi
markazga
ega
tashkilotdagi
yagona
tarti
Markazlashtirish va markazlashtirmaslik o‘rtasida eng to‘g‘
nisbatlarda eng yaxshi natijalarga erishiladi. Vakolatlar (hukmronli
javobgarlikka mutanosib ravishda berilishi kerak
Buyruqlarning uzilmaslik zanjiri, u bo‘yicha farmoyishlar uzatiladi v
ierarxiyaning barcha bosqichlar o‘rtasidagi kommunikatsiyalar amalg
oshiriladi (“boshliqlar zanjiri”)
Har bir xodim uchun ish joyi va har bir xodim o‘zining ish joyida
Ma’lum qoidalar va bitimlar qoyali zanjirning har bir bosqichid
hayotga adolatli ravishda tadbiq etilishlari kerak
Ishlovchilarning tashkilot va uzoq muddatli ishga nisbatan sodiqligi
o‘rnatish, chunki xodimlar qo‘nimsizligi samarador- likni pasaytiradi
Ishlovchilarni ularga topshirilgan vakolatlar va bajarilayotgan ishla
doirasida mustaqil fikr yuritishni ishlab chiqishga rag‘batlantirish.
Xodimlar va tashkilot manfaatlarining uyg‘unligi harakatlar birligi
ta’minlaydi (“kuch - birlashishda”)
Korporativ ruh
Sotsiolog M.Veber ma’muriy tashkilotlar tomonidan boshqaruvning prus tajribasini
umumlashtirish asosida universal qoidalar deb ataluvchilarni ishlab chiqqan. Uning
fikriga ko‘ra, boshqaruvning har qanday idoralari ularga amal qilishlari kerak. Boshqaruv
tamoyillarini o‘rganish keyinchalik bir qator mamlakatimiz va xorij olimlari tomonidan
davom ettirilgan.
Boshqaruv tamoyillari boshqaruvning erishishga harakat qilishi zarur bo‘lgan
nazariy idealini aks ettiradilar. Bu tamoyillarni amalga oshirilishi boshqaruvning barcha
bosqichlaridagi samaradorligi va ilmiy- ligining mezoni bo‘ladi.
Boshqaruv tamoyillari cheklovchi shartlar sifatida bo‘ladilar. Bundan tashqari,
boshqaruv sifatini, ya’ni boshqaruv jarayoni natijalarini baholashda ularga amal qilish
zarur. Bu ma’noda boshqaruv idoralari ishining sifati, natijaviyligi baholashning
mezonlariga aylanadilar.
Menement tizimini shakllanishi, faoliyat yuritishi va rivojlanishi uchun ko‘rsatib
o‘tilgan asosiy tamoyillardan tashqari yana qo‘shimcha tamoyillarga rioya qilish zarur,
ular boshqaruv tizimining barcha tizimchalari uchun umumiy bo‘ladilar:
boshqaruvni amalga oshirishda ixtisoslashish va universallashishni muvofiq
biriktirish (boshqaruv ishlarini bajarishda ixtisoslashish va universalashish o‘rtasidagi
muvofiq nisbat ta’minlanishi kerak);
tashqi muhitga nisbatan barqarorlik (tashkilot makro- yoki mikro- muhitining
ayrim elementlarini o‘zgarishida boshqaruv tizimi faoliyat yuritishni davom ettirishi va
qo‘yilgan maqsadlarni bajarishi kerak);
boshqaruvning tejamkorligi (boshqaruvni amalga oshirish va maqsadlarga erishish
uchun usullar va vositalarni tanlashda mehnat, moddiy, vaqt, moliyaviy va boshqa
xarajatlarni chegaralash zarur);
boshqaruvning samaradorligi;
boshqaruvning insonparvarligi;