MERKANTILIZM IQTISODIY TA’LIMOTI
Reja:
1.Boylik, etishmovchilik va mo‘l-ko‘lchilik
2.Uning echimlari va yo‘nalishlari.
3.Xususiy va xo‘jalik mulki
4.Merkantilizm
5.Turli mamlakatlarda merkantilizm ta’limotining o‘ziga xos xususiyatlari
6.Boylik, etishmovchilik va mo‘l-ko‘lchilik
Adam Smit Fransiyaga sayohat qilganida u fiziokratlar, deb atalgan bir
guruh Fransuz yozuvchilaridan ta'sirlangan. Ular iqtisodiyot sohalarining bir-biriga
bog‘liqligini yaxshi tushunishgan va nazorat qilinmagan bozorlar ishlash
mexanizmini tahlil qilishgan.
Merkantilizm XVIII asrda Fransiyada keng tarqalgan bo‘lsa ham 1750-
yillarga kelib yangi fiziokratlar harakati boshlandi, lekin u uzoqqa cho‘zilmadi. U
iqtisodiyotni tushunishda ber necha tahliliy tushunchalar berganligi sababli uning
keyingi g‘oyalarining shakllanishida ahamiyatli rol o‘ynadi. Iqtisodiy ta’limotlar
olimlari ko‘pincha har xil g‘oyalarni ularning birgina o’xshash taraflarini hisobga
olib bir maktab sifatida tavsiflaydilar. Shunday bo'lsada, fiziokratlar ayrim
muammolar bo‘yicha hayratlanarli tarzda izchil qarashlarni namoyon etganlar.
Buning uch sababi mavjud.
1.
Fiziokratizm faqatgina Fransiyada yuzaga kelgan.
2.
Fiziokrtlar g‘oyalari nisbatan qisqa, 1750-yildan 1780-yilgacha
bo‘lgan davrda taqdim etilgan (fiziokratlar g‘oyalari 1750-yildan oldin va
1780-yildan keyin hech kim bilmagan, deyiladi).
3.
Fiziokratlarning
tanilgan
boshlig‘i
Fransua
Kene
(1694-
1774)ning g'oyalari o‘zining izdoshlari tomonidan so‘zsiz qabul qilinar, bu
izdoshlarining ishlari asosan boshqalari Kenening nazariyasiga ishontirish
maqsadida yozilgan edi.
Tableau Economique - Iqtisodiyot jadvali jamiyatning uch sohasini:
fermerlar, yer egalari hamda hunarmand va xizmatkoriami asosiy qilib
ko‘rsatadi. Hunarmandlardan boshqa sektorlar, tashqi savdo, davlat sektori
yoki manufaktura keltirilmagan. Fiziokratlar tahlili iqtisodiy davr boshidagi
yer egalarida qolgan 2000 livrlik sof mahsulotdan boshlanadi (livr frankdan
oldingi Fransiya pul birligi). Sof mahsulot yer egasiga oldingi davr faoliyati
uchun yer rentasi sifatida berilgan edi. Fiziokratlar faqat yer uning ishlab
chiqarish xarajatidan ko‘ra ko‘proq mahsulot ishlab chiqarishi mumkin, deb
qabul qilishadi; jadvalda bu unumdorlik 100 foiz, deb qabul qilingan.
Masalan, hunarmandlar ishlab chiqargan mahsulotlar qiymati unga
ishlatilgan ishlab chiqarish omillariga to‘lanadigan qiymat bilan teng bo’ladi.
Faqatgina yeming mahsuloti unga ketadigan xarajatdan ko‘proq bo’ladi.
Iqtisodiy jadval makroiqtisodiy sohalaring o‘zaro aloqalarining kuchli, ijodiy
tushimchasini juda sodda ifodalab beradi.
Fiziokratlaring iqtisodiyotning o‘zaro bog‘liqligi haqidagi qarashlari makro
iqtisodiyotga oiddir. Ular Adam Smit singari mikroiqtisod darajada iqtisodning
o‘zaro bog‘liqligi haqidagi nazariyani rivojlantirishga kam harakat qilganlar.
Fiziokratlar Kenening “Iqtisodiy jadvali”ni o‘zlarining asosiy nazariy
yutuqlari, deb hisoblashadi. Ular nafaqat iqtisodning turli sektorlari
o‘rtasidagi aloqalari nazariy o‘rganishgan, balki ularing hajmini o‘lchashga
harakat qilishgan. Bu darajada Nobel Mukofoti laureati Vasiliy Leontevning
1930-yilda
Xarajatlar-natijalar jadvalini va ekonometriklar, deb tanilgan maxsus
iqtisodchilar guruhining tadqiqotlarini bashorat qila olishgan. Bu iqtisodiy jadval
iqtisodiyotning turli sektorlarining o‘zaro bog‘liqligini ko‘rsatib bergan. Ulardan
keyingi ba’zi merkantilistlar ham bu o‘zaro bog‘liqlikni tan olishgan va ularing
birgalikdagi munosabatlari Adam Smitning bozor iqtisodiyotining faoliyati
haqidagi yanada batafsil qarashlariga asos bo‘lgan.
Fiziokratlar (lot. - tabiat, hukmronlik) - XVIII asrdagi ffansuz
iqtisodchilari, klassik siyosiy iqtisod vakillaridir. Fiziokratlar maktabi Fransiyada
feodalizmdan kapitalizmga o‘tish davrida vujudga keldi. Bu tasodifiy hol emas edi.
O’sha davrda Fransiyada manufaktura ancha rivojlangan bo‘lsada, ammo
mamlakat hali ham agrar holatda edi. Aholining asosiy qismi qishloqlarda yashar,
milliy boylikning 2/3 qismi shu sohada yuzaga keltirilar edi. Qishloq xo‘jaligi
ahvolini yaxshilash tadbirlari fiziokratlar tadqiqotlarining asosini tashkil etadi. Ular
qishloq xo‘jaligini iqtisodiyotning yagona unumli sohasi, deb hisobladilar. Ularing
fikricha boylik faqat qishloq xo‘jaligida yaratiladi, sanoat va savdoda esa u qayta
ishlanadi va qayta taqsimlanadi, xolos. Shunga ko‘ra fiziokratlar tadqiqotni
muomala sohasidan ishlab chiqarish sohasiga olib o‘tdilar va bu bilan kapitalistik
tizimning keyingi tahlili uchun asos yaratdilar.
2. Uning echimlari va yo‘nalishlari.
F.Akvinskiyning iqtisodiy g ‘oyalari. G‘arbiy Yevropadagi ancha
ko‘zga ko‘ringan iqtisodiy fikrlar muallifi, deb odatda, Italiya monaxi Foma
Akvinskly (Akvinat) (1225-1274) tan olinadi. UIV asming oxiri - V asming
boshida iqtisodiy muammolarga diniy-etnik yondashuvning nomuqobil
dogmatik prinsiplarini kiritgan, dastlabki kanonizm maktabi asoschilaridan
biri hisoblangan Avgustin Blajenniyga (Avliyo Avgustin) (353-430) muxoliflik
qildi va uning g‘oyalarini ijodiy davom ettirdi. V-XI asrlar davomida bu
prinsiplarga amal qilib kelindi.
Akvinatning iqtisodiy qarashlari bilan tanishib chiqishdan oldin
dastlabki va keyingi kanonizmning o‘ziga xos xususiyatlarini ko‘rib chiqamiz.
Olrta asming dastlabki davrida hukmronlik qilgan dastlabki kanonistlar
g‘oyasi savdo foydasini va sudxo‘rlik foizini qat’iy qoraladi. Ular noto‘g‘ri
ayirboshlash va birovning mehnatini o‘zlashtirish natijasi sifatida tavsiflanib,
gunoh sanaldi. Faqat «Odil narx» o‘matilgan sharoitdagina ekvivalentli va
proporsional ayirboshlash bo‘lishi mumkinligi uqtirildi (“Odil narx” - mehnat va
moddiy sarflar bilan ifodalanadigan narx). Shuningdek, cherkov qonunlari
mualliflari antik dunyo qarashlariga xos bo‘lgan jismoniy mehnatga nisbatan
nafratli munosabatlarga, ko‘pchilik aholining zarar ko‘rishi hisobiga ayrim
shaxslaring boylik orttirish huquqiga qarshi chiqdilar. Yirik savdo, ssuda
operatsiyalari gunohli ish sifatida, umuman man etilgan.
Ammo jamiyatning tabaqalashuvi kuchaygan, shaharlaring soni va
iqtisodiy qudrati oshgan, unda dehqonchilik bilan birga hunarmandchilik, savdo va
sudxo‘rlik rivojlana boshlagan, ya’ni tovar- pul munosabatlari jamiyat va davlat
taqdiri uchun muhim ahamiyatga aylangan O’rta asming oxirgi davriga kelib,
keyingi kanonistlar iqtisodiy muammo va ijtimoiy tengsizlik sabablarini
tushuntiruvchi «dalillar» doirasini ancha kengaytirdilar. Bu yerda shu narsa
nazarda tutiladiki, dastlabki kanonistlar asoslangan metodologik baza eng avvalo,
avtoritarli isbo’llash (diniy kitob va cherkov nazariyachilari asarlaridan dalil (izoh)
keltirish vositasi orqali) va iqtisodiy kategoriyalaring axloqiy-etnik tavsifi (shu
jumladan «odil narx» to‘g‘risidagi qoida ham) bo‘lgan. Bu prinsiplarga keyingi
kanonistlar izohlash, aniqlash, qo‘shimcha qilish yo‘li bilan o‘rganilayotgan
konkret xo‘jalik hodisalaring va iqtisodiy kategoriyalaring avvalgi tadqiqot
ma'nosini o‘zgartirish va hatto qarama-qarshi ma’no keltirib chiqarish imkonini
bemvchi yana ikkiyoqlara baholash prinsipini qo‘shdi. Akvinat undan foydalangan
holda boylik, qiymat (qimmat), pul, savdo foydasi, sudxo‘rlik foizi singari boshqa
iqtisodiy kategoriyalari tadqiq qildi.
3.Xususiy va xo‘jalik mulki.
Xususiy mulk — ayrim sohibkorlarga qarashli yollanma mehnatga
asoslangan
va
oʻz
egasiga
foyda
keltiruvchi
mulkdir.
Oʻzbekiston
Respublikasining mulkchilik toʻgʻrisidagi qonunida (7-modda), xususiy mulk oʻz
mol-mulkiga xususiy egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish
huquqidan iboratdir deb koʻrsatilgan. Shu bilan birga xususiy mulk boʻlgan mol-
mulkning miqdori va qiymati cheklanmasligi taʼkidlanadi.
Xususiy mulk - ayrim kishilar yoki xonadonlar ixtiyoridagi mulk; bozor
iqtisodiyotidagi xilmaxil mulklar orasida yetakchi mulk shakli. Xususiy mulkning
obʼyekti moddiy va moliyaviy boyliklar, ish kuchi, intellektual mehnat mahsuli,
yer, suv, yer osti boyliklari, korxonalar, xoʻjaliklar, aksiya va obligatsiyalar, pul
mablagʻlari, transport vositalari, turar joy, isteʼmol tovarlari, mehnat qobiliyati,
ishbilarmonlik mahorati, ilmiy kashfiyotlar, texnikaviy ixtirolar, sanʼat va adabiyot
asarlari va boshqalar boʻlishi mumkin. Xususiy mulk subʼyekti unga egalik
qiluvchi kishilar, ayrim shaxslar va xonadon axli xisoblanadi.
Xususiy mulk mulkchilikning eng koʻhna shakli, bundan bir necha ming
yillar oldin qabila, urugʻaymoqlarning jamoa mulkidan oʻsib chiqqan jamoa mulki
ayrim kishilar qoʻliga oʻtib Xususiy mulkga aylangan. Xususiy mulk anʼanaviy va
bozor tizimida asosiy mulk hisoblangan. Rejali iqgisodiy tizim xususiy mulkni
yoʻqotib davlat mulkini oʻrnatgan, isteʼmolga xizmat qiluvchi mulkni, jumladan
uyroʻzgor buyumlari va tomorqa xoʻjaligini shaxsiy mulk, deb eʼlon qilgan. Rejali
tizimdan bozor iqtisodiyotiga qaytilgach, Xususiy mulk yangidan tiklanadi. Bunga
quyidagi yoʻl bilan erishiladi: 1) davlat mulki Xususiy mulkga aylantiriladi; 2) uz
mablaga xisobidan xususiy mulkni yaratishga ruxsat beriladi; 3) jamoa (kolxoz)
mulkidan xususiy mulk ajralib chiqadi; 4) shaxsiy mulk xisoblangan tomorka va
xonadon molmulkiga Xususiy mulk maqomi beriladi; 5) Xususiy mulk chet eldan
kirib keladi, mavjud mulkchilik tizimiga qoʻshiladi.
Boylik - Avgustin davridan boshlab kanonistlar tomonidan moddiy
ne’matlar yig‘indisi sifatida, ya’ni natural shaklda qaralgan. Agar boylik unga
sarflangan mehnat bilan emas, balki boshqa vositalar yordamida yaratilgan bo'lsa,
gunoh deb tan olingan. Bu qat’iy qoidaga muvofiq noinsoflik bilan oltin va
kumushning ko‘paytirilishi (jamg‘arilishi) jamiyatning axloqiy va boshqa
me’yorlariga zid hisoblangan. Ammo Akvinat fikri bo‘yicha «odil narx» xususiy
mulkni ko‘paytirish va «o'rtacha» boylik yaratishda inkor etib bo‘lmaydigan
manba bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Bu uningcha, gunoh hisoblanmaydi.
Ayirboshlash - Qadimgi Dunyo va o‘rta asrda tadqiqotchilar tomonidan
proporsional va ekvivalent qoidasiga asoslangan, odamlaring xohishi tufayli
bo'ladigan akt sifatida qabul qilingan. Bu prinsipni inkor etmagan holda,
noekvivalent boiib tuyulgan ayirboshlash, subyektiv jarayon sifatida, tomonlarga
teng foyda keltirishi mumkinligini Akvinat ko‘rsatib berdi. Boshqacha aytganda,
buyum «bir odamning foydasiga boshqa odamning zarar ko‘rishi hisobidan kelib
tushsa», o‘shandagina ayirboshlash sharti buzilgan boladi.
«Odil narx» bu kategoriya kanonistlar taiimotida «qiymat» (qimmat),
«bozor bahosi» kategoriyalari o‘rnida ishlatilgan. U muayyan feodal
oqsuyaklar hududida o‘matilgan va biriktirib qo‘yilgan. Dastlabki kanonistlar
uning darajasini tovar ishlab chiqarish jarayonidagi mehnat va moddiy sarflarga
bog‘lab tushuntirganlar. Ammo Akvinat «odil narx»ga bo‘lgan sarfli yondashuv
tushunchasini yetarli emas, deb hisobladi. Uning fikricha sotuvchi o‘z mavqeyiga
qarab buyumni «o ‘z narxidan ko ‘ra qimmatroq sotishi mumkin».
Pul (moneta)ni Akvinat Qadimgi Dunyo va dastlabki kanonizm
mualliflariga o‘xshash talqin qiladi. Uning ta’kidlashicha, «savdoda ...
ishonchli o ‘lchov birligiga» ega bo‘lish uchun pul kishilaring xohishi tufayli
kelib chiqqan. Olim monetaning «ichki qimmatga» ega ekanligini tan olsada,
davlat moneta qimmatini uning «ichki qimmatiga» nisbatan bir oz
o'zgartirishga haqli, deb hisobladi. Bu yerda Akvinat o‘zining ikkiyoqlaralik
prinsipiga sodiqligini yana bir bor ko‘rsatdi, ya’ni bir tomondan, monetalari
buzish tashqi savdoda pulning qadr-qimmatini yo‘qotilishiga olib kelishini tan
olgach, ikkinchi tomondan esa - pulning «nominal qimmatini» davlatning o‘z
xohishi bo‘yicha o‘matish huquqiga ishongan.
Savdo foydasi va sudxo‘rlik foizi kanonistlar tomonidan qoralangan va
gunoh, deb hisoblangan. Akvinat ham ulari shartli ravishda «aybladi». Uning
fikricha agar ular bunda axloq-odob doirasida ish yuritgan bo‘lsalar, savdo foydasi
va ssuda uchun foiz muvofiq ravishda savdogar va sudxo‘r tomonidan
o‘zlashtirilishi kerak.
Boshqacha so‘z bilan aytganda, mazkur turdagi daromad savdo va ssuda
operatsiyalaridagi mehnat, transport va boshqa xarajatlar va hatto xatar uchun
to'lanadigan haq bo‘lmog‘i kerak.
4.Merkantilizm tushunchasi, uning mohiyati va mazmuni.
1600-yildan 1750-yilga qadar 150 yil iqtisodiy faoliyatning yuksalish
davri sifatida xarakterlanadi va bu holat sanoat inqilobining kelib chiqishiga
asos bo‘ldi.
Bu davrda iqtisodiy qarashlar individual, ro‘zg‘or, oila va ishlab
chiqaruvchilar haqidagi g‘oyalar oddiy talqinda iqtisodiy qonun va huquqiy
tamoyillar bilan o‘zaro bog‘langan holda rivojlana bordi. Merkantilizm davri har
bir shaxs o‘z - o‘zi uchun iqtisodchi, degan aqida bilan xarakterlandi. Qarashlar,
fikrlar xilma - xil bo‘lganligi sababli 1500-1750yillarda umumlashgan adabiyot
yaratish qiyin kechdi. Bundan tashqari bir yozuvchi birgina mavzuga e’tibor
qaratgan bo‘lib, hech bir yozuvchi bu tushunchalmi jamlab va sintezlab keyingi
iqtisodiy g‘oyalargaturtki bo‘la oladigan fikrlari yarata olmadi.
Merkantilizm atamasi 1500-1750-yillar oralig‘ida yaratilgan iqtisodiy
adabiyotlar va amaliy takliflarga nisbatan ishlatiladi. Merkantilistlar
adabiyoti G‘arbiy Yevropaning barcha rivojlanayotgan iqtisodiyotlarida
yaratilgan bo‘lsa ham, uning asosiy g‘oyalari Ingliz va Fransuzlar tomonidan
ishlab chiqilgan.
Sxolastik iqtisodiy adabiyotlar o‘rta asr cherkov ruhoniylari tomonidan
yozilgan bo'lsa, merkantilizm iqtisodiy nazariyasi savdogar tadbirkorlar tomonidan
yozilgan. Bu adabiyotlar iqtisodiy siyosatdagi masalalarga qaratilgan bo‘lib odatda
savdogarlari qiziqtirgan muammolarga bog‘liq bo‘lgan. Shu sababdan ularing
xulosalarining haqqoniyligiga va alohida munozalaring tahliliy ahamiyatiga shubha
bilan qaraldi. Faqatgina ayrim yozuvchilargina obyektiv tahlil muammolaridan
yetarlicha xoli ravishda ish olib bora olishgan. Shunday bo‘lsada, merkantilistik