Metallurgiya sanoati.
Reja
1. Metallurgiya sanoatining iqtisodiyotda tutgan o‘rni va ahamiyati.
2. Metallurgiya majmuining tarkibi. Rangli metallurgiya sanoati.
3. Qora metallurgiya sanoati
Tayanch iboralar
Metallurgiya majmuasi, rangdor metallurgiya mis, rux, qalay, qo‘rg‘oshin,
og‘ir metallar, nodir metallar, qimmatbaho metallar, asl metallar, rafinatsiyalash,
metallotermiya, gidrometallurgiya, pirometallurgiya, qora metallurgiya sanoati,
1. Metallurgiya sanoatining iqtisodiyotda tutgan o‘rni va ahamiyati.
Savol: Siz o‘tirgan auditoriya xonasida va uyda foydalaniladigan qaysi
jihozlarni ishlab chiqarishda rangli, qaysilarini ishlab chiqarishda qora metallardan
foydalanilgan?
Metallurgiya O‘zbekiston industrial
qudratining asoslaridan biri
mashinasozlikning poydevoridir. D. I. Mendeleyev davriy sistemasidagi 109
kimyoviy elementning 87 tasi metallardan iborat. Og‘ir sanoatning bu tarmogi xom
ashyo, yoqilg‘i, mineral, yordamchi materiallarni qazib olish va tayyorlash, ulardan
buyumlar tayyorlashni o‘z ichiga oladi. Bu sanoat O‘zbekiston sanoat mahsuloti
umumiy xajmidagi tarmoqlar mahsulotlarining salmog‘i 11-12 foizini tashkil
qiladi. Metallurgiya quyidagi jarayonlarni o‘z ichiga oladi:
-rudalardan metall ajratib olish maqsadida ularga ishlov berish (rudalarni
maydalash, boyitish, bo‘laklash va boshqa);
-metallarni begona aralashmalardan tozalash (rafinatsiyalash);
-metall va qotishmalarni olishning gidrometallurgiya, pirometallurgiya, shu
jumladan, metallotermiya va elektrolitik usullarni tadqiq qilish;
1
-metall kukunlar olish va ulardan buyumlar tayyorlash;
-metallarni termik ishlash, bosim bilan ishlash, quyish, payvandlash,
kavsharlash, metallar sirtiga ximoya katlami surkash (purkash) va boshqalar.
Metallurgiya O‘zbekiston industrial
qudratining asoslaridan biri
mashinasozlikning poydevoridir. Og‘ir sanoatning bu tarmogi xom ashyo, yoqilg‘i,
mineral, yordamchi materiallarni qazib olish va tayyorlash, ulardan buyumlar
tayyorlashni o‘z ichiga oladi. Respublika sanoat ishlab chiqarishida tutgan salmog‘i
jihatidan rangdor metallurgiya yetakchi o‘rinni egallab, yalpi sanoat mahsulotining
9,4%ni, beradi. Qora metallurgiya esa 2,3%ni tashkil etadi. Shu sababli ushbu
majmuani tahlil qilishni rangdor metallurgiya sanoatidan boshlaymiz.
2. Metallurgiya majmuining tarkibi. Rangli metallurgiya sanoati.
Rangli metallurgiya - Respublikamiz metallurgiya sanoatining yetakchi
tarmog‘i. Ushbu sanoat rangli, asl va nodir metallarni qazib olish, boyitish va
eritishni o‘z ichiga oladi. Metallurgiya sanoati O‘zbekiston sanoat mahsuloti
umumiy xajmidagi tarmoqlar mahsulotlarining salmog‘i 11,7 foizini tashkil qiladi.
Shular ichida respublika halq xo‘jaligida tutgan salmog‘i jihatidan rangdor
metallurgiya yetakchi o‘rinni egallaydi. Rangli metalurgiya qator muhim
xususiyatlarga ega:
1. Ruda tarkibida kerakli metallning miqdori o‘ta oz. Shuning uchun juda
katta hajmli tog‘ jinslari qazib olinadi va qayta ishlanadi.
2. Ruda tarkibida bir necha xil metall koponentlari birgalikda uchraydi. Bu
esa olinadigan xom ashyoni kombinat usulida (kompleks) qayta ishlashni talab
qiladi.
3. Rangli metallarni eritish nihoyatda ko‘p elektr energiyasini ise’mol
qiladi. Demak, bu tarmoqning yuqori texnologik bosqichlari elektr manbalariga
yaqinroq joylashtirilishi kerak.
4. Rangli metallarni eritish ekologik jihatdan ancha xavfli hisoblanadi.
O‘zbekistonning rangli metallurgiya sanoati hissasiga Markaziy Osiyo
respublikalarida ishlab chiqarilgan rangli metallarning 2/3 qismidan ko‘prog‘i
to‘g‘ri keladi. Rangli metallar quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
1. Og‘ir metallar – mis, qalayi, qo‘rg‘oshin, nikel, rux va boshqalar.
2
2. Yyengil metallar – alyuminiy, magniy, titan va boshqalar.
3. Qimmatbaho metallar – oltin, kumush, platina va boshqalar.
4. Qiyin eruvchi metallar – volfram, molibden va boshqalar.
5. Nodir metallar – uran, germaniy, plutoniy va boshqalar.
O‘zbekiston Respublikasi hududlaridan oltin, mis, qo‘rg‘oshin, rux, volfram,
molibden, xrom va boshqa rangli metall rudalarining zahiralari topilgan.
Respublikada 1935 yilda volfram, molibden, 1952 yilda kurgoshin, rux, 1959 yilda
mis qazib chiqarish va boyitish hamda ularning konsentratlarini tayyorlash sanoati
vujudga keldi. Hozirgi vaqtda 40ta qimmatbaho metall konlari topilgan.
O‘zbekison oltinning tasdiqlangan zahirasi bo‘yicha jahonda 4-o‘rinni qazib olish
bo‘yicha 7- o‘rinni egallaydi. Muruntov koni dunyodagi gigant konlar jumlasiga
kiradi. Bu yerda oltin ochiq usulda qazib olinadi. Qalmoqqir konidan mis-molibden
rudalari qazib chiqariladi va Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida qayta
ishlanadi.
«O‘zbekoltin» birlashmasi negizida O‘zbekiston Respublikasining
Qimmatbaho metallar davlat qo‘mitasi tashkil etildi (1992). Bu qo‘mita 1994 yil
O‘zbekiston oltin qazib olish va olmosga ishlov berish korxonalari uyushmasi
«O‘zolmosoltin»ga aylantirildi. «O‘zolmosoltin» uyushmasi tarkibida Angren,
Marjonbuloq, (Jizzax),Chodak (Namangan), Kauldi (Toshkent), Zarmitan
(Samarqand) oltin qazib olish konlari, olmos qirralash fabrikasi (Toshkent viloyati)
va boshqa tashkilotlar bor. Respublika oltin qazib olish sanoatining ikkinchi yirik
markazi - 1991 yildan Navoiy shahrida «Qizilqum kamyob metall oltin» konsyerni
faoliyat ko‘rsatilmoqda. «Qizilqum kamyob metall oltin»konsyernining bosh
korxonasi Navoiy kon-metallurgiya kombinatidir. Kombinat Muruntov va boshqa
oltin konlarini ishga tushirish maqsadida 1958 yildan qurila boshlangan. Uning
asosiy ishlab chiqarish quvvatlari Zafarobod, Nurobod, Zarafshon, Uchquduq
shaharlarida joylashgan. Navoiy kon-metallurgiya kombinatida olingan oltin
yombilar London rangli metallar birjasining sertifikatini olgan.
Rangli metallurgiya sanoatiga kiruvchi korxonalar turli-tuman (alyuminiy,
mis, kumush, oltin, qo‘rg‘oshin, qalay va h.k.). Ular tabiatda alohida-alohida
uchramaydi. Shuning uchun rangli metallarni qazib olishda kompleks, kombinat
3
usuli qo‘llaniladi. Tog‘ metallurgiya kombinatlari xom ashyo rayonlarida quriladi.
Buning asosiy sababi - rangli metallar rudada juda oz miqdorda uchraydi. Bevosita
tozalangan metall esa iste’mol rayonlarida va xususan arzon elektr energiyaga
yaqin joyda joylashtiriladi. Masalan, tozalangan yoki «rafinatsiya» qilingan
misning bir tonnasiga 9-10 kVt/s.gacha, alyuminiyga 18-19, titan va nikel uchun 50
ming kVt/s gacha elektr energiyasi ishlatiladi. Shu bilan birga rangdor metallurgiya
korxonalarini joylashtirishda ekologik omilning ham o‘rni sezilarli.
Rangli metallarning ko‘pchiligi tabiatda sof holda uchraydi. Masalan,
alyuminiy o‘z rudalarida A12O3 va A1(ON)3 tarkibli birikmalar holida bo‘ladi.
Lotincha alumen (achchiqtosh) so‘zidan kelib chiqqan. Metall holidagi alyuminiyni
birinchi marta 1825 yili
X.K.Ersted topgan. Alyuminiy tabiatda sof holda uchramaydi, uning eng ko‘p
uchraydigan birikmalari: alyumosilikatlar, kaolin, andaluzit, alunit minerali,
korund (alyuminiy oksid) va boksit. O‘zbekistonda shulardan kaolin - Toshkent
viloyatida va boksit - Navoiy va Farg‘ona viloyatlari topilgan. Mis tabiatda, asosan,
tog jinslari tarkibida mis sulfidlari va oksidlari tarzida uchraydi. Magniy tabiatda
har xil birikmalar, minerallar, magniy rudalari tarkibida uchraydi. Magniy rudalari
jumlasiga magnezit, dolomit, karnallit va boshqalar kiradi.
Hozirgi vaqtda 40ta qimmatbaho metall konlari topilgan. O‘zbekison
oltinning tasdiqlangan zahirasi bo‘yicha jahonda 4-o‘rinni qazib olish bo‘yicha 7-
o‘rinni egallaydi. Muruntov koni dunyodagi gigant konlar jumlasiga kiradi. Bu
yerda oltin ochiq usulda qazib olinadi. U Yevrosiyo materigidagi ruda tarkibida
oltin yuqori darajada bo‘lgan eng yirik kon hisoblanadi. Muruntovdan har yili
millionlab m3 ruda qazib olinadi. Oltin tozalashda affinaj (eng sof metall olish)
jarayonining zamonaviy texnologiyasi joriy etilgan.
O‘rta Osiyoda, xususan hozirgi O‘zbekiston yerlarida oltin qazib olish va
undan turli taqinchoqlar, zargarlik buyumlari, bezaklar yasash miloddan avvalgi
VI-V asrlarda mavjud bo‘lganligi arxeologik topilmalardan ma’lum. Tug‘ma (erkin
uchraydigan) oltin konlarini o‘zlashtirishga qadar oltin, asosan sochma konlarda
juda ibtidoiy usullarda - oltin zarralari aralash qumni qo‘y terisi qoplangan yog‘och
tog‘oralarda yuvib, ajratib olingan. Sochma oltin olish X-XI acrlarda Chotqol,
4
Chirchiq, Norin, Koson, So‘x, Zarafshon, Darvoz daryolari vodiylarida olib
borilganligi haqida ma’lumotlar bor. Yillik oltin olish bir necha o‘n kg dan oshmas
edi. Keyinchalik o‘sha joylarda rudali oltin konlari topildi. O‘rta asrlarda oltinli
qumlarni yuvish bilan birga mo‘g‘ullar bosqiniga qadar Chatqol - Qurama, Nurota
tog‘larida, Markaziy Qizilqumdagi konlardan tug‘ma oltin qazib olingan kon
lahimlari hozirgacha saqlanib qolgan. Mo‘g‘ullar bosqinidan keyin O‘rta Osiyoda
kon qazish ishlari, shu jumladan oltin olish asta-sekin inqirozga yuz tutdi, ko‘pgina
oltin konlari unutildi.
O‘rta Osiyoning mineral xom ashyo resurslarini o‘rganishda jonlanish XIX
asrning 80-yillarida, Rossiya imperiyasi Turkiston o‘lkasini bosib olgan davrda yuz
berdi; o‘lkaning barcha joylarida tadqiqotlar o‘tkazildi, geologik xaritalar tuzildi,
ayrim konlar tavsiflandi. XX asrning 20-yillari boshiga qadar Chirchiq, Piskom va
Chatqol daryolari vodiylarida kichik-kichik oltin izlovchilar korxonalari oltin olish
bilan shug‘ullanganlar, 1913-17 yillarda Obirahmat darasi (Toshkent viloyati)dagi
«Nikolay» oltin konidan foydalanilgan. 1941-45 yillarda oltin izlovchilik (artel)
yo‘li bilan oltin ajratib olish jadal olib borildi, olingan yillik oltin miqdori qariyb
50 kg ga etdi. 1950 yil sochma oltin izlash ishlari to‘xtatildi. 1950-yillardan rudali
oltin konlarini izlash va razvedka qilish bo‘yicha olib borilgan fundamental
tadqiqotlar natijasida Qoraqo‘ton, Bichanzor, Pirmirob, G‘o‘zaksoy, so‘ngra
Ko‘chbuloq, Muruntov, Chormitan, Marjonbuloq, Kauldi, Qizilolmasoy, Sarmich
va boshqa oltin ruda konlari topildi. 1965 yili sobiq Ittifoq rangli metallurgiya
vazirligiga bo‘ysunuvchi «O‘zbekoltin» birlashmasi va boshqa oltin qazib olish
korxonalari tashkil etildi. 1970 yili Chodak oltin koni ishga tushirildi. O‘sha
vaqgdan respublikada oltin qazib olish sanoati shakllandi, oltin olish oldingi
yillarga nisbatan uch marta ko‘paydi. 1972 yil Ko‘chbuloq koni va Angren oltin
ajratish fabrikasi loyiha quvvatlarida ishlay boshladi. 1977 yil Kauldi, 1980 yil
Marjonbuloq oltin qazib olish kompleksi, 1989 yil Zarmitan va Qizilolmasoy
konlari foydalanishga topshirildi. O‘zbekistonda 600 ga yaqin oltin rudali kon
ma’lum bo‘lib, ulardan 12 tasida oltin qazib olish ishlari olib borilmoqda.
«O‘zbekoltin» birlashmasi negizida O‘zbekiston Respublikasining Qimmatbaho
metallar davlat qo‘mitasi tashkil etildi (1992). Bu qo‘mita 1994 yil O‘zbekiston
5
oltin qazib olish va olmosga ishlov berish korxonalari uyushmasi
«O‘zolmosoltin»ga aylantirildi. «O‘zolmosoltin» uyushmasi tarkibida Angren,
Marjonbuloq, (Jizzax),Chodak (Namangan), Kauldi (Toshkent), Zarmitan
(Samarqand) oltin qazib olish konlari, olmos qirralash fabrikasi (Toshkent viloyati)
va boshqa tashkilotlar bor.
Respublika oltin qazib olish sanoatining ikkinchi yirik markazi - 1991 yildan
Navoiy shahrida «Qizilqum kamyob metall oltin» konsyerni faoliyat
ko‘rsatilmoqda. «Qizilqum kamyob metall oltin»konsyernining bosh korxonasi
Navoiy kon-metallurgiya kombinatidir. Kombinat Muruntov va boshqa oltin
konlarini ishga tushirish maqsadida 1958 yildan qurila boshlangan. Uning asosiy
ishlab chiqarish quvvatlari Zafarobod, Nurobod, Zarafshon, Uchquduq shaharlarida
joylashgan. Navoiy kon-metallurgiya kombinatida olingan oltin yombilar London
rangli metallar birjasining sertifikatini olgan. Mustaqillik yillarida Buyuk
Britaniyaning «Lonro» firmasi bilan hamkorlikda Markaziy Qizilqumda oltin
rudlari konini ishga tushirish va oltin ajratib olish bo‘yicha katta korxona
«AmanToshGU Goldfildz» qo‘shma korxonasi loyihasi amalga oshirildi. Ko‘p
yillar foydalanish natijasida Muruntov konining chetida katta hajmda
minerallashgan uyumlar to‘planib qolgan edi. Ana shu minerallashgan uyumlar
AQSHning “Nyumont Mayning Korporeyshn” kompaniyasi ishtirokida qayta
ishlanib, tarkibidagi oltin ajratib olinmoqda. Korxona 1995 yildan ishga
tushirilgan. Mustaqillik yillarida Samarqand va Toshkent viloyatlarida oltin rudali
konlar aniqlandi. Shuningdek, Ajibugut, Bulutkon, Balpantov, Aristontov, To‘lboy
va boshqa konlar aniqlanib o‘rganilmoqda.
Qo‘rg‘oshin Oltintopgan polimetal konlaridan qazib olingan rudalar
qo‘rg‘oshin-rux boyitish fabrikasida boyitiladi. Rux konsentrati kombinat
tarkibidagi rux zavodida eritiladi, qo‘rg‘oshin konsentranti eritish uchun
respublikamizdan chetga chiqariladi. Olmaliq tog‘-metallurgiya kombinati
tarkibiga sulfat kislotalari ishlab chiqaruvchi korxonalar ham kiradi.
Respublikamizda mis rudalari ochiq usulda qazib olinadi. Umuman respublikada
rangdor va nodir metall konlarining 95%i ochiq usulda qazib olinadi.
Respublikmizning istiqbolli konlariga Janubiy O‘zbekistondagi Xandiza,
6
Chaqchar, Buxoro viloyatidagi Qizilqum, Farg‘ona vodiysidagi bir qator konlar
kiradi. Respublikamizda 15 dan ortiq mis konlarini ishga solish Olmaliq tog‘-
metallurgiya kombinatini xom ashyo bilan to‘liq ta’minlaydi. Mis-metallurgiya
kombinati Olmaliq ammafos zavodiga sulfat kislotasi etqazib berdi.
Respublikamizda rangli metalurgiyaning muhim ahamiyatga ega bo‘lgan
yana bir tarmog‘i volfram-molibden rudalarini qazib olish, boyitish va ular asosida
qiyin eriydigan va o‘tga chidamli qotishmalar tayorlash sanoati hisoblanadi.
Volfram-molibden konsentratlari Chirchiqdagi “O‘zbekiston qiyin eriydigan va
o‘tga chidamli qotishmalar kombinati”da eritiladi. Kombinat Ingichka volfram va
Qo‘ytosh volfram-molibden konlari rudalar hamda mis rudalaridan ajratib olingan
molibden negizida ishlaydi. Kombinat mahsulotlari (100 turdan ortiq)
elektrotexnika, po‘lat eritish, kon burg‘ilash sohalarida keng qo‘llaniladi. 1996
yildan kombinatda respublika ehtiyojlarini to‘la qoplaydigan elektr lampochkalari
ishlab chiqarish quvvatlari ishga tushirildi. 1990 yildan O‘zbekiston
metallurgiyasida kamyob va kamyob-yer elementlari metallurgiyasi sanoati
shakllanmoqda. Kamyob-yer metallarining alyuminiy va magniy bilan
qotishmalari-yengil qotishmalar, magniy bilan qotishmalari – o‘tga chidamli
qotishmalar turli sanoat tarmoqlarida keng qo‘llaniladi.
Volfram 1781 yilda shved kimyogari K.V.SHeele volframni ajratib olgan.
Uzok yillar davomida sanoat miqyosida qo‘llanilmay keldi. Tabiatda kam tarqalgan
bo‘lib, Mineral holida asosan volframatlar sifatida uchraydi. Undan elektr
lampalarda, radioelektronika va rentgen texnikasida elektrovakuum asboblari
tayyorlash uchun foydalaniladi. Molibden (yunoncha molibdos-qo‘rg‘oshin;
lotincha “molybdaenum”). Metall holdagi sof molibdenni 1817 yil L.Ya.Berselius
olgan. Tabiatda kam tarqalgan, minerallari ham sanoat ahamiyatiga ega bo‘lib,
kvarslangan jinslar va gidrotermal hosilalar tarkibida uchraydi. AQSH, Meksika,
Chili, Kanada, Norvegiya, Avstraliya va Rossiyada konlari mavjud. Elektron
asboblarda, kermetlar va olovbardosh materiallar sifatida ishlatiladi. Po‘lat ishlab
chiqarishda legirlovchi qo‘shimcha, aviatsiya, raketa va atom texnikasida issiqlikka
chidamli hamda antikorrozion qotishmalar tayyorlashda qo‘llanadi
7