METEOROLOGIK KUZATISHLAR VA ULARNI TASHKIL
ETISH
Reja:
Meteorologik elementlar va ob-havo bashoratini tuzish.
Meteorologik stantsiyada vaqtni aniqlash
Meteorologik elementlarni muntazam kuzatish natijala-ridan ob-havo
bashoratini tuzishda, iqlim hosil bo’lishiga asos bo’lib xizmat qiluvchi
jarayonlarni o’rganish bo’yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishda va xalq
xo’jaligining turli soha-larida foydalaniladi. Barcha gidrometeorologik ishlar
va tadqi-qotlarga rahbarlik «O’zgidromet» tomonidan amalga oshiriladi.
O’zbekiston Respublikasi hududida joylashgan gidrome-teorologik
stansiya va kuzatish joylari gidrometeorologik kuza-tishlar tarmog’ini tashkil
qilib, ulardan dastlabki ob-havo ma’lumotlari olinadi.
Gidrometeorologik tarmoqqa qarashli stansiya va kuzatish joylari
ularnrng ish hajmiga va unga mos holdagi xodimlar soni va asbob-
uskunalarning mavjudligiga ko’ra I, II va III turlarga bo’linadi. Bundan
tashqari, stansiyada olib borilayotgan ishning xususiyatiga ko’ra, ular
meteorologik, aerologik, gidrologik va maxsuslashtirilgan (qishloq xo’jaligi
meteorologiyasi bo’yicha, oqim bo’yicha, ko’llar bo’yicha va boshqalar),
kuzatish joylari esa, meteorologik va gidrologik bo’lishi mumkin.
Meteorologik stantsiyada vaqtning ahamiyati. Meteoro-logik
elementlarning miqdori vaqt oralig’ida va hudud bo’ylab o’zgarib turadi. Shu
sababli atmosferada sodir bo’layotgan jarayonlarni o’rganish uchun o’lchash
ishlarini hududning ko’p-gina joylarida aniq bir vaqtda, agar kerak bo’lsa,
meteorologik stansiyalardan olingan ob-havo ma’lumotlarini o’zaro solish-
tirish mumkin bo’lishi uchun kuzatish joylari hudud bo’ylab turg’un bir joyga
o’rnatiladi, asboblar bo’yicha kelisxilgan ba-landlikda kuzatishlar olib
boriladi. Masalan, barcha gidro-meteorologik stansiyalarda havo harorati va
havo namligi yer yuzasidan 2 m balandlikda kuzatilsa, shamol yo’nalishi va
tezligi 10 -12 m balandlikda aniqlanadi.
Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligidagi barcha mamlakat-larda
meteorologik kuzatishlar kelisxilgan muddatlarda Moskva vaqti bo’yicha olib
boriladi. Buning uchun meteorologik stansi-yalarda vaqt xizmati ish yuritishi
lozim. Stansiyada soatning bo’lishi shart. Soatning to’g’ri ishlashi radio
orqali beriladigan aniq vaqt signali orqali har kuni tekshirilib turiladi.
Meteorologik asboblar haqida umumiy tushuncha. Meteo-rologik
elementlarni qayd etish uchun xizmat qiladigan asbob va uskunalar
meteorologik asboblar deb ataladi. Ko’pgina asboblar kerakli miqdorni
bevosita ko’rsatadi, lekin ayrimlari bo’yicha olingan sanoq yordamida
ma’lum hisoblashdan so’ng, kerakli natijaga erisxiladi.
Meteorologik kuzatishlarda masofadan o’lchaydigan as-boblar keng
qo’llaniladi. Ular yordamida bir necha ming metr masofada turib, ob-havo
elementlarini o’lchash mumkin. Ama-liy maqsadlarda o’lchanadigan
miqdorni aniqlashda uzluksiz yozib turadigan asboblardan foydalaniladi.
Meteorologik asboblarga bir qator talablar qo’yiladi. Ularning ba’zilari
ko’pchilik asboblarga majburiy hisoblanadi. Barcha meteorologik asboblar
har qanday iqlimiy mintaqa-lardagi tabiiy sharoitlarda ishlatish uchun
mo’ljallangan. Shuning uchun ular havo harorati -60°C dan +45°C gacha,
havo namligi 100% gacha bo’lganda, yomg’ir va qor yoqqanda, tuman
bo’lganda va boshqa holatlarda ishlatilishi mumkin. Shu tufayli bu asboblar
zanglashdan saqlaydigan materiallardan tayyor-lanib, ular shamol kuchiga,
issiq-sovuqqa, chang-to’zonga chi-damli bo’ladi. Meteorologik asboblar
meteorologik stansiya-larga ma’lum qutilarda qog’ozga o’rab yuboriladi.
Meteorologik elementlarni o’lchash natijalarini bir-biri bilan taqqoslash
uchun, odatda, bir xil turdagi asboblardan foydalaniladi.
Kuzatish ma’lumotlarida muntazam xatolarga yo’l qo’y-maslik
maqsadida, meteorologik asboblar vaqti-vaqti bilan tekshirilib turiladi.
Meteorologik asboblar Boshgidrometning tekshiruvchi bo’limlari orqali olib
borilib, ular ishlab chiqa-rilayotgan va gidrometeorologik stantsiyalarda
ishlatilayotgan asboblarning sozligi va ishonchliligi bo’yicha nazorat ishlarini
olib borishadi. Har bir meteorologik stansiya va kuzatish joylarida
kuzatishlarning uslubiy ko’rsatmalarga muvofiq olib borilayotgani
markazdagi rahbariyat tomonidan nazorat qilinib turiladi.
Nazoratchilar stantsiyada olib borilayotgan ishlar bilan batafsil
tanishadilar, asboblarning to’g’ri ishlashini tekshira-dilar, kerak bo’lsa, ayrim
ta’mirlash ishlariga boshchilik qiladilar va kuzatuvchilarga ko’rsatmalar
beradilar.
Meteorologik stansiyalar va meteorologik maydoncha. Atmosferada
sodir bo’ladigan tabiiy jarayon va hodisalar, ya’ni barcha meteorologik
elementlarni o’lchash ishlari meteorologik stansiyalarda olib boriladi.
Ko’pchilik o’lchashlar meteorologik maydonchada o’rnatilgan stansiyaning
xizmat xonasida o’rna-tilgan asboblar orqali amalga oshiriladi. O’lchash
sharoitining bir xil bo’lishiga erishish maqsadida ma’lum talablarga javob
beradigan bir xil turdagi asboblardan foydalaniladi. Shuning uchun
meteorologik asboblarni joylashtirish, joyini tanlashda unda asboblarni
o’rnatishga va ularning ishlash holatini nazorat qilib turishga katta e’tibor
beriladi.
Meteorologik stansiyalar. Ob-havoni har doim uzluksiz kuzatib
boruvchi ko’pdan-ko’p meteorologik stansiyalar mam- lakatimizning yirik
shaharlarida va ularning atrofida, cho’l va sahrolarida, tog’larida, dovonlar va
muzliklarida mavjud (3-rasm).
3-rasm. Meteorologik stansiya va maydonchalar
Mana shu stansiyalarda havo harorati maxsus budka ichiga
joylashtirilgan termometrlar yordamida o’lchanadi. Shuningdek, tuproq
yuzasining va uning 3 m gacha bo’lgan chuqurlikdagi harorati ham
o’lchanadi. Kuzatishlar oralig’ida haroratning eng katta va eng kichik
qiymatlari ham maxsus termometrlar yordamida aniqlanadi.
Havo bosimi barometrlar yoki aneroidlar yordamida o’lchanadi.
Havoning namligini o’lchash uchun gigrometrlar qo’llaniladi. Bundan
tashqari, shu maqsad uchun ikki termo-metrdan tashkil topgan psixrometrlar
ham ishlatiladi. Undagi termometrlardan birining simobli uchi suvli
likobchaga tushi-rilgan batist bo’lakchasi bilan o’ralgan «ho’llangan»
termometrning darajasi nam batistni, quruq termometrning darajasi esa
atrofdagi havoning haroratini ko’rsatadi. Ularning ayirmasi havo namligiga
qarab turlicha bo’ladi: havo quruq bo’lsa, ayirma katta bo’ladi yoki aksincha.
So’ngra maxsus jadval yordamida havo namligi topiladi.
Meteorologik (psixrometrik) budka – bu meteorologik asboblarni
Quyosh ta’siri, yer nurlanishi, atrofdagi buyumlar, shuningdek, shamol va
yog’inlardan saqlaydigan ichiga meteo-rologik asboblar – namlik va harorat
o’lchagichlar o’rnatila-digan yaxshi shamollatiladigan maxsus quticha.
Dunyodagi barcha kuzatish stansiyalarida bir xil, ya’ni yer sirtidan 2 m
balandlikda o’rnatiladi.
Meteobudka XIX asrning 60- yillarida Angliyada Stivenson tavsiya etgan
konstruktsiya bo’yicha qurilgan. Budkaning eshigi shimol tomonga qaratilgan
bo’lib, 2 qavat tomi bor.
Demak, biz har kuni ommaviy axborot vositalaridan eshita-digan havo
harorati va namligining qiymati deganda, aynan ana shu budka ichida qayd
etilgan haqiqiy o’lchov tushuniladi.
Shamol tezligi va uning yo’nalishi fiyugerlar yordamida o’lchanadi.
Yerga tushgan yog’inlarning miqdorini o’lchash uchun maxsus yog’in
o’lchagichlar ishlatiladi. Bulardan tashqari, meteorologik stantsiyalarda havo
haroratini, uning namligi va bosimini uzluksiz yozib borish uchun o’zi
yozuvchi asboblar: termograf, gigrograf va barograflardan foydalaniladi.
Ayrim stantsiyalarda yomg’ir miqdorini yozib boruvchi asbob -
plyuviografiar ham o’rnatilgan. Bu asbob yordamida yomg’ir-ning yog’a
boshlagan va to’xtash vaqtini, uning miqdorini hamda qay vaqtda qanday
yoqqanligini bilib olish mumkin.
So’nggi vaqtlarda hozirgi zamon texnikasiga asoslangan yangidan-
yangi asboblar yuqoridagi maqsadlar uchun ishlatil-moqda. Shamol tezligi va
uning yo’nalishini uzluksiz yozib bo-ruvchi avtomat anemorumbograf,
shudring miqdorini o’lchov-chi rosograf, haroratni o’lchashda ishlatiladigan
termistorlar shular jumlasidandir. Shuni ham aytib o’tish kerakki, meteoro-
logik stansiyalar inson borishi qiyin bo’lgan tog’larda va inson
yashamaydigan orollarda ham bor. Bunday joylarda muta-xasissiz ishlaydigan
va ob-havo haqida muntazam ma’lumot yuborib turadigan avtomat
radiometeorologik stantsiyalar o’rnatilgan. Mana shunday stansiyalardan bir
nechtasi tog’larda joylashgan. Meteorologik stantsiyalardan tashqari, yana
meteo-rologik post, balanddagi kuzatish majmui, aerologik stansiyalar va
meteorologik radiolokatsiya stansiyalari (MRL) mavjud.
Meteorologik maydoncha. Meteorologik maydoncha shun-day joyga
o’natiladiki, unda o’lchangan meteorologik element-lari chor-atrofdagi hudud
ob-havosini ifodalashi kerak.
«Gidrometeorologik stansiya va kuzatish joylari uchun ko’rsatmalar» (3-
nashr, 1-qism, 1958-y) ga ko’ra, meteorologik maydonchaning o’lchami
26x26 m (eng kichik o’lcham 16x20 m ruxsat beriladi). Maydoncha chor-
atrofning qanday bo’lishidan qat’iy nazar, iloji boricha tekis va ochiq joyda
joylashgan bo’lib, сув havzalaridan 100 m dan ortiq masofadagi uzoqlikda