METEOROLOGIYA VA IQLIMSHUNOSLIK FANI HAQIDA

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

11

File size

Fayl hajmi

29,5 KB


METEOROLOGIYA VA IQLIMSHUNOSLIK FANI HAQIDA
Fanining predmeti va vazifalari. 
Meteorologiya va iqlimshunoslikning tadqiqot usullari. 
Ob-havo, meteorologik kattaliklar va hodisalar. 
Asosiy atmosfera ob’ektlari. 
Atmosfera jarayonlarining xususiyatlari. 
Yer sharining atrofini havo qobig’i - atmosfera o’rab turadi. Shuning uchun
biz yer yuzasini g’oyat katta havo okeanining tubi desak, xato qilmaymiz, chunki
havo okeanida doimo xilma-xil fizikaviy hodisalar bo’lib turadi. Masalan, kuchli
bo’ronlar, qo’r-qinchli momaqaldiroq gumbirlashi, chaqmoq chaqishi, yog’inlar,
tuman tushishi, shamol esishi  va boshqalar. Bu hodisalar atmosferada har xil
fizikaviy jarayonlarning ro’y berishidan kelib chiqadi. Atmosferada har kuni yuz
beradigan  barcha  o’zgarishlar  –  meteorologik   hodisalar    deyiladi  va
meteorologiya  fani  tomonidan  o’rganiladi.  Shunday  qilib,  meteorologiya  –
atmosferaning tuzili-shini, xossalarini   va   unda   ro’y beradigan fizikaviy
jarayonlarni o’rganuvchi fandir.
Meteorologik  hodisalar  juda   ham   murakkab  jarayondir.  Bu  hodisalar
o’zaro chambarchas bog’langan ayrim meteorologik  elementlardan iborat. Birorta
meteorologik elementning o’zgarishi, qolgan elementlarning o’zgarishiga sabab
bo’ladi. Shuning uchun atmosfera holati, ya`ni ob-havo sharoitlari hamma vaqt
o’zgarib turadi. Bir kunning ob-havosi ikkinchi kun ob-havosiga o’xshash bo’lgan
hollar juda kam uchraydi. Atmosfera havosi har doim harakatda bo’ladi. Havo
massalari  yuqori  bosimli  oblast  (antisiklon)dan  past  bosimli  oblast  (siklon)ga
tomon ko’chib yuradi. Natijada shimoldan keluvchi havo massalari past haroratli,
janubdan kelayotganlari esa yuqori haroratli, okean va dengizlardan keluvchi havo
massalari nam, quruqlik yuzasidan keluvchilari esa quruq va issiq bo’ladi. Har xil
Logotip
METEOROLOGIYA VA IQLIMSHUNOSLIK FANI HAQIDA Fanining predmeti va vazifalari. Meteorologiya va iqlimshunoslikning tadqiqot usullari. Ob-havo, meteorologik kattaliklar va hodisalar. Asosiy atmosfera ob’ektlari. Atmosfera jarayonlarining xususiyatlari. Yer sharining atrofini havo qobig’i - atmosfera o’rab turadi. Shuning uchun biz yer yuzasini g’oyat katta havo okeanining tubi desak, xato qilmaymiz, chunki havo okeanida doimo xilma-xil fizikaviy hodisalar bo’lib turadi. Masalan, kuchli bo’ronlar, qo’r-qinchli momaqaldiroq gumbirlashi, chaqmoq chaqishi, yog’inlar, tuman tushishi, shamol esishi va boshqalar. Bu hodisalar atmosferada har xil fizikaviy jarayonlarning ro’y berishidan kelib chiqadi. Atmosferada har kuni yuz beradigan barcha o’zgarishlar – meteorologik hodisalar deyiladi va meteorologiya fani tomonidan o’rganiladi. Shunday qilib, meteorologiya – atmosferaning tuzili-shini, xossalarini va unda ro’y beradigan fizikaviy jarayonlarni o’rganuvchi fandir. Meteorologik hodisalar juda ham murakkab jarayondir. Bu hodisalar o’zaro chambarchas bog’langan ayrim meteorologik elementlardan iborat. Birorta meteorologik elementning o’zgarishi, qolgan elementlarning o’zgarishiga sabab bo’ladi. Shuning uchun atmosfera holati, ya`ni ob-havo sharoitlari hamma vaqt o’zgarib turadi. Bir kunning ob-havosi ikkinchi kun ob-havosiga o’xshash bo’lgan hollar juda kam uchraydi. Atmosfera havosi har doim harakatda bo’ladi. Havo massalari yuqori bosimli oblast (antisiklon)dan past bosimli oblast (siklon)ga tomon ko’chib yuradi. Natijada shimoldan keluvchi havo massalari past haroratli, janubdan kelayotganlari esa yuqori haroratli, okean va dengizlardan keluvchi havo massalari nam, quruqlik yuzasidan keluvchilari esa quruq va issiq bo’ladi. Har xil
fizik xususiyatga ega bo’lgan havo massalari  bir-biri  bilan o’rin  almashib
turganligi  uchun  muayyan  rayonda  kuzatiluvchi  ob-havo  ham  o’zgaruvchan
bo’ladi. Bahor va kuz fasllarida ob-havo tez o’zgaruvchan bo’ladi. Ob-havoni
muntazam  o’rganib,  uni  o’zgarishlarini  oldindan  aytib  berish  meteorologiya
fanining asosiy vazifalaridan biri bo’lib hisoblanadi.
Atmosferada  ro’y  beradigan  hodisalarning  kuzatish  natijalari  haqidagi
birinchi ma`lumotlarni grek faylasufi Aristotel  «Meteoro-logiya» nomli kitobida
ko’rsatib o’tgan. X-XI  asrlarda yashagan O’rta Osiyolik olimlar Abu Rayhon
Beruniy va Abu Ali ibn Sinolar  ham ob-havoni kuzatib borganlar. XVI asrning
boshlarida termometr va barometrning kashf qilinishi meteorologiyaning alohida
fan sifatida rivojlanishiga sabab  bo’ldi. 1730-yilda Sankt Peterburgda dunyoda
birinchi  bo’lib  meteorologik  stansiya  o’z  ishini  boshladi.  Rus  olimi  M.  V.
Lomonosov  meteorologiya  fanining  rivojlanishiga  katta  hissa  qo’shdi.  U
meteorologik hodisalarning taraqqiyotida  vertikal  havo  oqimlarining rolini ochib
berdi  va  bir  qancha  meteorologik  asboblarni  ixtiro  qildi.  1849-yilda  Sankt
Peterburgda Bosh fizika observatoriyasi tashkil etildi. XIX asrning 60-yillarida
O’rta Osiyoda Kazalinsk va Perovsk (hozirgi Qizilo’rda) shaharlarida meteorologik
kuzatishlar olib borish boshlandi. Toshkentda  birinchi  meteorologik stansiya 1867
yilda ishga tushirilgan. 1921-yilda Toshkentda Turkiston (1925-yildan boshlab
O’rta Osiyo) meteorologiya institutga tashkil etildi. 1936-yil 14 noyabrda Gidro-
meteorologiya xizmatining Bosh boshqarmasi tuzildi. O’zbekistonda 1926-yilda 25
ta gidrometeorologik stansiya bo’lgan bo’lsa, 1985- yilga kelib ularning soni 130
dan oshdi. O’zbekistonlik bir necha olimlar ham  (T. A. Sarimsoqov, V. A. Jorjio,
V. A. Bug’aev) meteorologiya fanining rivojlanishiga katta hissa qo’shdilar.
Ob-havoni  oldindan  aytib  berishning  xalq  xo’jaligidagi  ahamiyati  juda
muhimdir. Ayniqsa qishloq xo’jalik ekinlarini tabiiy ofatlardan saqlab qolishda,
dengiz va havo transportlarining muntazam qatnab turishida, yig’im-terim ishlarini
muvaffaqiyatli o’tkazishda meteorologiya fani va uning bergan ma`lumotlarni juda
katta ahamiyatga egadir.
Iqlimshunoslik.
Iqlimning  shakllanish  sharoitlarini  o’rganuvchi  fan  iqlimshunoslik  deb
ataladi.  Astronomik  va  fizikaviy-geografik  sharoitlarning  murakkab  kompleksi
Logotip
fizik xususiyatga ega bo’lgan havo massalari bir-biri bilan o’rin almashib turganligi uchun muayyan rayonda kuzatiluvchi ob-havo ham o’zgaruvchan bo’ladi. Bahor va kuz fasllarida ob-havo tez o’zgaruvchan bo’ladi. Ob-havoni muntazam o’rganib, uni o’zgarishlarini oldindan aytib berish meteorologiya fanining asosiy vazifalaridan biri bo’lib hisoblanadi. Atmosferada ro’y beradigan hodisalarning kuzatish natijalari haqidagi birinchi ma`lumotlarni grek faylasufi Aristotel «Meteoro-logiya» nomli kitobida ko’rsatib o’tgan. X-XI asrlarda yashagan O’rta Osiyolik olimlar Abu Rayhon Beruniy va Abu Ali ibn Sinolar ham ob-havoni kuzatib borganlar. XVI asrning boshlarida termometr va barometrning kashf qilinishi meteorologiyaning alohida fan sifatida rivojlanishiga sabab bo’ldi. 1730-yilda Sankt Peterburgda dunyoda birinchi bo’lib meteorologik stansiya o’z ishini boshladi. Rus olimi M. V. Lomonosov meteorologiya fanining rivojlanishiga katta hissa qo’shdi. U meteorologik hodisalarning taraqqiyotida vertikal havo oqimlarining rolini ochib berdi va bir qancha meteorologik asboblarni ixtiro qildi. 1849-yilda Sankt Peterburgda Bosh fizika observatoriyasi tashkil etildi. XIX asrning 60-yillarida O’rta Osiyoda Kazalinsk va Perovsk (hozirgi Qizilo’rda) shaharlarida meteorologik kuzatishlar olib borish boshlandi. Toshkentda birinchi meteorologik stansiya 1867 yilda ishga tushirilgan. 1921-yilda Toshkentda Turkiston (1925-yildan boshlab O’rta Osiyo) meteorologiya institutga tashkil etildi. 1936-yil 14 noyabrda Gidro- meteorologiya xizmatining Bosh boshqarmasi tuzildi. O’zbekistonda 1926-yilda 25 ta gidrometeorologik stansiya bo’lgan bo’lsa, 1985- yilga kelib ularning soni 130 dan oshdi. O’zbekistonlik bir necha olimlar ham (T. A. Sarimsoqov, V. A. Jorjio, V. A. Bug’aev) meteorologiya fanining rivojlanishiga katta hissa qo’shdilar. Ob-havoni oldindan aytib berishning xalq xo’jaligidagi ahamiyati juda muhimdir. Ayniqsa qishloq xo’jalik ekinlarini tabiiy ofatlardan saqlab qolishda, dengiz va havo transportlarining muntazam qatnab turishida, yig’im-terim ishlarini muvaffaqiyatli o’tkazishda meteorologiya fani va uning bergan ma`lumotlarni juda katta ahamiyatga egadir. Iqlimshunoslik. Iqlimning shakllanish sharoitlarini o’rganuvchi fan iqlimshunoslik deb ataladi. Astronomik va fizikaviy-geografik sharoitlarning murakkab kompleksi
ta’sirida  shakllanuvchi  atmosfera  jarayonlarini  o’rganish  iqlimshunoslikning
predmeti  hisoblanadi.  Iqlimshunoslik  iqlimni  shakllantiruvchi  turli  omillar
o’rtasidagi bog’liqlikni ularning to’shalgan sirt bilan o’zaro ta’sirida ko’rib chiqadi.
U turli meteorologik hodisalar va iqlim turlarining yer shari sirtidagi taqsimotining
qonuniyatlarini  o’rganadi.  Va  nihoyat,  iqlimshunoslik  iqlimning  geologik
o’tmishdagi,  hozirgi  zamondagi,  shu  jumladan  inson  faoliyati  bilan  bog’liq
o’zgarishi  muammolarini  o’rganadi.  SHunday  qilib,  iqlimshunoslik  ilmiy  fan
bo’lib, iqlimning shakllanish jarayonlari, o’tmish, hozirgi zamon va kelajakdagi
tavsifi  va  tasnifini,  iqlimning  inson  faoliyatiga  va  insonning  iqlimga  ta’sirini
o’rganadi. 
Tarixning turli davrlarida olimlar iqlimga turlicha ta’rif berganlar. Qadimgi
yunonlar Yerning sharsimon ekanligini hisobga olib, iqlimni quyosh nurlarining
yer sirtiga qiyaligi bilan tushintirganlar va shundan iqlim haqidagi fanning nomi
(χλіμα – qadimgi yunonchada qiyalik) kelib chiqqan. O’rta asrlarga kelib, joyning
kengligidan tashqari iqlimga boshqa, masalan, joyning okeandan uzoqligi, yer
yuzasining turi kabi omillar ham ta’sir etishi aniqlangan. XIX asrda iqlimni ob-
havoning biror qonuniyatga bo’ysinuvchi to’plami yoki ketma-ketligi sifatida qaray
boshladilar. Iqlim yer orbitasi ko’rsatkichlarining o’zgarishi va boshqa omillar
bilan bog’liq bo’lishi mumkinligiga e’tibor qaratilgan.
Iqlim  shakllanishi  nazariyasining  rivojlanishi  Yer  sharining  atmosfera,
okean, quruqlik va muz qoplamlaridagi jarayonlarning o’zaro ta’sirini miqdoriy
hisobga olishni talab qildi.  SHunga muvofiq global iqlim tushinchasi paydo bo’ldi.
Atmosfera  –  okean  –  quruqlik  –  kriosfera  tizimi  meteorologik  tashkil
etuvchilarining uzoq (bir necha o’n yildan kam bo’lmagan) vaqt davomida o’tuvchi
holatlari ansambli (yoki rejimi) global iqlim deb tushiniladi.
Global  iqlimning  muayyan  fizikaviy-geograifk  sharoitlardagi  xususiy
ko’rinishi  lokal  (yoki  mahalliy)  iqlim  deyiladi.  Lokal  iqlim  –  bu  quyosh
radiatsiyasi, uning yer sirtining faol qatlamidagi o’zgarishlari va ularga bog’liq
atmosfera  va  okeanlar  tsirkulyatsiyasi  bilan  belgilanuvchi  muayyan  joyga
xarakterli bo’lgan ob-havoning ko’p yillik rejimidir. Bunday tushinishda iqlim
joyning fizikaviy-geografik xarakteristikalaridan biri hisoblanadi.
Logotip
ta’sirida shakllanuvchi atmosfera jarayonlarini o’rganish iqlimshunoslikning predmeti hisoblanadi. Iqlimshunoslik iqlimni shakllantiruvchi turli omillar o’rtasidagi bog’liqlikni ularning to’shalgan sirt bilan o’zaro ta’sirida ko’rib chiqadi. U turli meteorologik hodisalar va iqlim turlarining yer shari sirtidagi taqsimotining qonuniyatlarini o’rganadi. Va nihoyat, iqlimshunoslik iqlimning geologik o’tmishdagi, hozirgi zamondagi, shu jumladan inson faoliyati bilan bog’liq o’zgarishi muammolarini o’rganadi. SHunday qilib, iqlimshunoslik ilmiy fan bo’lib, iqlimning shakllanish jarayonlari, o’tmish, hozirgi zamon va kelajakdagi tavsifi va tasnifini, iqlimning inson faoliyatiga va insonning iqlimga ta’sirini o’rganadi. Tarixning turli davrlarida olimlar iqlimga turlicha ta’rif berganlar. Qadimgi yunonlar Yerning sharsimon ekanligini hisobga olib, iqlimni quyosh nurlarining yer sirtiga qiyaligi bilan tushintirganlar va shundan iqlim haqidagi fanning nomi (χλіμα – qadimgi yunonchada qiyalik) kelib chiqqan. O’rta asrlarga kelib, joyning kengligidan tashqari iqlimga boshqa, masalan, joyning okeandan uzoqligi, yer yuzasining turi kabi omillar ham ta’sir etishi aniqlangan. XIX asrda iqlimni ob- havoning biror qonuniyatga bo’ysinuvchi to’plami yoki ketma-ketligi sifatida qaray boshladilar. Iqlim yer orbitasi ko’rsatkichlarining o’zgarishi va boshqa omillar bilan bog’liq bo’lishi mumkinligiga e’tibor qaratilgan. Iqlim shakllanishi nazariyasining rivojlanishi Yer sharining atmosfera, okean, quruqlik va muz qoplamlaridagi jarayonlarning o’zaro ta’sirini miqdoriy hisobga olishni talab qildi. SHunga muvofiq global iqlim tushinchasi paydo bo’ldi. Atmosfera – okean – quruqlik – kriosfera tizimi meteorologik tashkil etuvchilarining uzoq (bir necha o’n yildan kam bo’lmagan) vaqt davomida o’tuvchi holatlari ansambli (yoki rejimi) global iqlim deb tushiniladi. Global iqlimning muayyan fizikaviy-geograifk sharoitlardagi xususiy ko’rinishi lokal (yoki mahalliy) iqlim deyiladi. Lokal iqlim – bu quyosh radiatsiyasi, uning yer sirtining faol qatlamidagi o’zgarishlari va ularga bog’liq atmosfera va okeanlar tsirkulyatsiyasi bilan belgilanuvchi muayyan joyga xarakterli bo’lgan ob-havoning ko’p yillik rejimidir. Bunday tushinishda iqlim joyning fizikaviy-geografik xarakteristikalaridan biri hisoblanadi.
Quyosh energiyasining asosiy o’zgarishlari to’shalgan sirt yaqinida sodir
bo’ladi. Bu sirtning optik (albedo), mexanik (relef) va issiqlik (quruqlik, suv)
xossalari  bo’yicha  birjinsli  emasligi  uning  o’zaro  yonma-yon  uchastkalarida
meteorologik rejimlar o’rtasidagi farqlarga olib keladi. Biroq, bu farqlar katta
balandliklarga tarqalmaydi. SHu sababli yer sirtining o’lchamlari odatda yuzlab
kilometrlardan katta bo’lmagan har xil turdagi hududlari ustida katta masshtabli
jarayonlar (tsiklon, antitsiklon, atmosfera frontlari va boshq.)ga bog’liq bo’lgan ob-
havo bir xil xarakterga ega bo’ladi. 
Birjinsli  bo’lmagan  to’shalgan  sirtning  gorizontal  o’lchamlariga  bog’liq
ravishda  katta  bo’lmagan  alohida  geografik  tuzilmalarning  mezoiqlim  va
mikroiqlim deb ataluvchi iqlimlari ajratiladi. 
Mezoiqlim – bu o’lchami yuz kilometrdan katta bo’lmagan (o’rmon, vodiy,
shahar va boshq.) alohida geografik landshaft tarkibiy qismining iqlimidir.
Mikroiqlim – bu o’lchami bir necha yuz metrlardan katta bo’lmagan (o’rmon
chekkasi, bog’, ko’l qirg’og’i, o’rmon yalangligi va boshq.) sun’iy tuzilma yoki
kichik hududning iqlimidir.
Iqlimshunoslikning asosiy vazifalari quyidagilar:
1.
Iqlimni shakllantiruvchi barcha omillar va jarayonlarning o’zaro ta’sirini
tadqiq etish yo’li bilan iqlimning shakllanish qonuniyatlarini o’rganish.
2.
Iqlimning  o’zgarish  sabablarini,  shu  jumladan,  tabiiy  va  antropogen
jarayonlar  ta’sirida  uning  kelajakda  yuz  berishi  mumkin  bo’lgan
o’zgarishlarini tadqiq etish.
3.
Iqlimiy tizimning shakllanishi va uning o’zgarishlarini fizikaviy-matematik
modellashtirish.
4.
Iqlimlarning  geografik  taqsimoti  qonuniyatlarini  o’rganish,  iqlimlarni
tasniflash va iqlimiy hududlashtirish.
5.
Mikroiqlimni tadqiq etish, uning hosil bo’lish qonuniyatlarini o’rganish va
mikroiqlim turlarini tasniflash.
6.
Inson faoliyatining turli tarmoqlarini ta’minlash, shuningdek ob-havoning
uzoq muddatli prognozlari uchun iqlim xarakteristikalarini yetkazib berish.
Iqlimshunoslikning tadqiqot usullari
Logotip
Quyosh energiyasining asosiy o’zgarishlari to’shalgan sirt yaqinida sodir bo’ladi. Bu sirtning optik (albedo), mexanik (relef) va issiqlik (quruqlik, suv) xossalari bo’yicha birjinsli emasligi uning o’zaro yonma-yon uchastkalarida meteorologik rejimlar o’rtasidagi farqlarga olib keladi. Biroq, bu farqlar katta balandliklarga tarqalmaydi. SHu sababli yer sirtining o’lchamlari odatda yuzlab kilometrlardan katta bo’lmagan har xil turdagi hududlari ustida katta masshtabli jarayonlar (tsiklon, antitsiklon, atmosfera frontlari va boshq.)ga bog’liq bo’lgan ob- havo bir xil xarakterga ega bo’ladi. Birjinsli bo’lmagan to’shalgan sirtning gorizontal o’lchamlariga bog’liq ravishda katta bo’lmagan alohida geografik tuzilmalarning mezoiqlim va mikroiqlim deb ataluvchi iqlimlari ajratiladi. Mezoiqlim – bu o’lchami yuz kilometrdan katta bo’lmagan (o’rmon, vodiy, shahar va boshq.) alohida geografik landshaft tarkibiy qismining iqlimidir. Mikroiqlim – bu o’lchami bir necha yuz metrlardan katta bo’lmagan (o’rmon chekkasi, bog’, ko’l qirg’og’i, o’rmon yalangligi va boshq.) sun’iy tuzilma yoki kichik hududning iqlimidir. Iqlimshunoslikning asosiy vazifalari quyidagilar: 1. Iqlimni shakllantiruvchi barcha omillar va jarayonlarning o’zaro ta’sirini tadqiq etish yo’li bilan iqlimning shakllanish qonuniyatlarini o’rganish. 2. Iqlimning o’zgarish sabablarini, shu jumladan, tabiiy va antropogen jarayonlar ta’sirida uning kelajakda yuz berishi mumkin bo’lgan o’zgarishlarini tadqiq etish. 3. Iqlimiy tizimning shakllanishi va uning o’zgarishlarini fizikaviy-matematik modellashtirish. 4. Iqlimlarning geografik taqsimoti qonuniyatlarini o’rganish, iqlimlarni tasniflash va iqlimiy hududlashtirish. 5. Mikroiqlimni tadqiq etish, uning hosil bo’lish qonuniyatlarini o’rganish va mikroiqlim turlarini tasniflash. 6. Inson faoliyatining turli tarmoqlarini ta’minlash, shuningdek ob-havoning uzoq muddatli prognozlari uchun iqlim xarakteristikalarini yetkazib berish. Iqlimshunoslikning tadqiqot usullari
1.  Kuzatish  va  meteorologik  stantsiyalarning  o’lchash  ma’lumotlarini
yig’ish  usuli.  Iqlimshunoslik  muammolarini  hal  qilish  uchun  kuzatilgan
meteorologik kattaliklar va hodisalarning uzun qatorlari eng katta ahamiyatga ega.
Bu ma’noda meteorologik stantsiyalarni tashkil etish, ularni bir xil uskunalar va
kuzatish  uslubiyatlari  bo’yicha  ko’rsatmalar  bilan  ta’minlash,  ma’lumotlarni
yig’ish,  nazorat  qilish  va  tarqatish  asosiy  majburiyati  hisoblangan  markaziy
meteorologik  muassasalarning  paydo  bo’lishi  iqlimshunoslikning  rivojlanishida
yirik bosqich bo’ldi.
Bu maqsadda Peterburgda 1849 yilda Bosh fizik observatoriya (hozirda
A.I.Voeykov nomidagi Bosh geofizik observatoriya) tashkil etilgan. Rossiya kabi
bepoyon  mamlakatning  barcha  meteorologik  ishlarini  boshqarish  majburiyati
yuklangan bu observatoriya jahonda dastlabki markaziy meteorologik muassasa
edi. 1851 yilda Avstriyada, 1855 yilda Buyuk britaniyada, 1870 yilda AQSHda,
1878 yilda Frantsiyada markaziy meteorologik institutlar tashkil etildi.
SHunday  qilib,  XIX  asrning  ikkinchi  yarmida  bir  xil  uskunalar  bilan
ta’minlangan yagona meteorologik uslub asosida ishlovchi yagona meteorologik
kuzatishlar  tarmog’i  shakllandi.  Rossiya  va  MDHning  o’nlab  stantsiyalarida
meteorologik  o’lchashlarning  uzun  qatorlari  yig’ildi.  Peterburg,  Moskva,
Yekaterinburg,  Irkutsk,  Tiflis  va  boshqalar  shu  stantsiyalar  qatoriga  kiradi.
O’zbekistonda  uzluksiz  meteorologik  kuzatishlar  Toshkentdagi  geofizik
observatoriyada 1873 yildan boshlab olib borilmoqda.
Meteorologik stantsiyalar faoliyatida kuzatish muddatlarini belgilash muhim
hisoblangan. Kuzatishlar mahalliy o’rtacha quyosh vaqti bilan soat 7, 13 va 19
larda amalga oshirilgan. 1936-1961 yillar mobaynida bu muddatlarga tungi soat 1
kiritilgan. Ular iqlimiy muddatlar deb atalgan. 1966 yilning 1 yanvaridan jahonning
barcha meteorologik stantsiyalarda kuzatishlar grinvich vaqti bo’yicha soat 00 dan
boshlab  har  uch  soatda  sinxron  ravishda  o’tkazilmoqda.  Ayrim  meteorologik
kattaliklar kamroq kuzatiladi. Masalan, yog’inlar miqdori sutkada ikki marta, qor
qoplamining balandligi bir marta o’lchanadi.
Aktinometrik kuzatishlar sutkada olti marta, mahalliy o’rtacha quyosh vaqti
bilan 00.30, 6.30, 9.30, 12.30, 15.30 va 18.30 larda amalga oshiriladi.
Logotip
1. Kuzatish va meteorologik stantsiyalarning o’lchash ma’lumotlarini yig’ish usuli. Iqlimshunoslik muammolarini hal qilish uchun kuzatilgan meteorologik kattaliklar va hodisalarning uzun qatorlari eng katta ahamiyatga ega. Bu ma’noda meteorologik stantsiyalarni tashkil etish, ularni bir xil uskunalar va kuzatish uslubiyatlari bo’yicha ko’rsatmalar bilan ta’minlash, ma’lumotlarni yig’ish, nazorat qilish va tarqatish asosiy majburiyati hisoblangan markaziy meteorologik muassasalarning paydo bo’lishi iqlimshunoslikning rivojlanishida yirik bosqich bo’ldi. Bu maqsadda Peterburgda 1849 yilda Bosh fizik observatoriya (hozirda A.I.Voeykov nomidagi Bosh geofizik observatoriya) tashkil etilgan. Rossiya kabi bepoyon mamlakatning barcha meteorologik ishlarini boshqarish majburiyati yuklangan bu observatoriya jahonda dastlabki markaziy meteorologik muassasa edi. 1851 yilda Avstriyada, 1855 yilda Buyuk britaniyada, 1870 yilda AQSHda, 1878 yilda Frantsiyada markaziy meteorologik institutlar tashkil etildi. SHunday qilib, XIX asrning ikkinchi yarmida bir xil uskunalar bilan ta’minlangan yagona meteorologik uslub asosida ishlovchi yagona meteorologik kuzatishlar tarmog’i shakllandi. Rossiya va MDHning o’nlab stantsiyalarida meteorologik o’lchashlarning uzun qatorlari yig’ildi. Peterburg, Moskva, Yekaterinburg, Irkutsk, Tiflis va boshqalar shu stantsiyalar qatoriga kiradi. O’zbekistonda uzluksiz meteorologik kuzatishlar Toshkentdagi geofizik observatoriyada 1873 yildan boshlab olib borilmoqda. Meteorologik stantsiyalar faoliyatida kuzatish muddatlarini belgilash muhim hisoblangan. Kuzatishlar mahalliy o’rtacha quyosh vaqti bilan soat 7, 13 va 19 larda amalga oshirilgan. 1936-1961 yillar mobaynida bu muddatlarga tungi soat 1 kiritilgan. Ular iqlimiy muddatlar deb atalgan. 1966 yilning 1 yanvaridan jahonning barcha meteorologik stantsiyalarda kuzatishlar grinvich vaqti bo’yicha soat 00 dan boshlab har uch soatda sinxron ravishda o’tkazilmoqda. Ayrim meteorologik kattaliklar kamroq kuzatiladi. Masalan, yog’inlar miqdori sutkada ikki marta, qor qoplamining balandligi bir marta o’lchanadi. Aktinometrik kuzatishlar sutkada olti marta, mahalliy o’rtacha quyosh vaqti bilan 00.30, 6.30, 9.30, 12.30, 15.30 va 18.30 larda amalga oshiriladi.
2.  Statistik tahlil usuli. Bu usul quyidagi vazifalarni hal qilish imkonini
beradi. Birinchidan, ehtimollik-statistik apparat kuzatish natijalarini iqlimiy qayta
ishlashning  asosini  tashkil  etadi.  Bunday  qayta  ishlashning  asosiy  bosqichlari
quyidagilar:
-
iqlimiy qatorlarni hosil qilish va ularning nazorati;
-
umumiy iqlimiy axborotlarni olish va ularning aniqligini baholash;
-
iqlim diagnozi va prognozi uchun axborotlarni olish;
-
amaliy maqsadlarda iqlim ko’rsatkichlarini ishlab chiqish va ularni hisoblash;
-
iqlimiy axborotlarni fazoviy umumlashtirish.
Bu  usul  yordamida  vaqtning  ma’lum  oralig’i  uchun  umumlashtirilgan
kuzatish qatorlari tuziladi. Boshlang’ich ma’lumotlar qatori gradatsiyalar bo’yicha
qiymatlar  taqsimotiga  aylantiriladi.  So’ngra  taqsimotlarning  asosiy  xossalarini
ifodalovchi qatorning statistik ko’rsatkichlari ajratiladi.
Ikkinchidan,  korrelyatsiya  va  spektral  tahlil  usullari  yordamida  turli
meteorologik  kattaliklar  va  hodisalar  o’rtasidagi  aloqadorlikni  (yoki  uning
yo’qligini) aniqlash, shuningdek bu aloqadorlikni miqdoran ifodalash mumkin.
Uchinchidan, trend tahlili usuli yordamida mteorologik qatorlarning vaqt
bo’yicha o’zgarish qonuniyatini o’rganish mumkin.
3.  Xaritalash usuli. Iqlimiy xaritalarga ko’p yillik kuzatishlarning statistik
qayta ishlash natijalari tushiriladi. Iqlimiy xarita bir yoki bir nechta meteorologik
kattaliklar  iqlimiy  xarakteristikalarining  geografik  taqsimotini  ko’rsatadi.
Meteorologik kattalik yoki atmosfera hodisalarining o’rtacha qiymatlari, o’rtacha
kvadratik chetlanishlari, gradatsiyalarining takrorlanuvchanligi va boshqalarning
izochiziqlari  xaritalari  tuziladi.  Bunday  xaritalarni  tuzishdan  asosiy  maqsad
shundaki, ularning yordamida mteorologik kuzatishlar o’tkazilmaydigan joylardagi
ma’lumotlarni interpolyatsiya usuli  bilan hosil  qilish mumkin bo’ladi. Iqlimiy
xaritalar,  shuningdek,  iqlimning  asosiy  fazoviy  qonuniyatlari  to’g’risida
ko’rgazmali tasavvur hosil qilish imkonini beradi.
Izochiziqlarni  o’tkazishda  fizikaviy  qonuniyatlarni  hisobga  olish  va
xaritalarning mo’ljallanishidan kelib chiqish lozim. Izochiziqlarni o’tkazish vaqtida
ularni  gipsometriya,  morfometriya,  suv  havzalarining  mavjudligi,  suv  havzasi
Logotip
2. Statistik tahlil usuli. Bu usul quyidagi vazifalarni hal qilish imkonini beradi. Birinchidan, ehtimollik-statistik apparat kuzatish natijalarini iqlimiy qayta ishlashning asosini tashkil etadi. Bunday qayta ishlashning asosiy bosqichlari quyidagilar: - iqlimiy qatorlarni hosil qilish va ularning nazorati; - umumiy iqlimiy axborotlarni olish va ularning aniqligini baholash; - iqlim diagnozi va prognozi uchun axborotlarni olish; - amaliy maqsadlarda iqlim ko’rsatkichlarini ishlab chiqish va ularni hisoblash; - iqlimiy axborotlarni fazoviy umumlashtirish. Bu usul yordamida vaqtning ma’lum oralig’i uchun umumlashtirilgan kuzatish qatorlari tuziladi. Boshlang’ich ma’lumotlar qatori gradatsiyalar bo’yicha qiymatlar taqsimotiga aylantiriladi. So’ngra taqsimotlarning asosiy xossalarini ifodalovchi qatorning statistik ko’rsatkichlari ajratiladi. Ikkinchidan, korrelyatsiya va spektral tahlil usullari yordamida turli meteorologik kattaliklar va hodisalar o’rtasidagi aloqadorlikni (yoki uning yo’qligini) aniqlash, shuningdek bu aloqadorlikni miqdoran ifodalash mumkin. Uchinchidan, trend tahlili usuli yordamida mteorologik qatorlarning vaqt bo’yicha o’zgarish qonuniyatini o’rganish mumkin. 3. Xaritalash usuli. Iqlimiy xaritalarga ko’p yillik kuzatishlarning statistik qayta ishlash natijalari tushiriladi. Iqlimiy xarita bir yoki bir nechta meteorologik kattaliklar iqlimiy xarakteristikalarining geografik taqsimotini ko’rsatadi. Meteorologik kattalik yoki atmosfera hodisalarining o’rtacha qiymatlari, o’rtacha kvadratik chetlanishlari, gradatsiyalarining takrorlanuvchanligi va boshqalarning izochiziqlari xaritalari tuziladi. Bunday xaritalarni tuzishdan asosiy maqsad shundaki, ularning yordamida mteorologik kuzatishlar o’tkazilmaydigan joylardagi ma’lumotlarni interpolyatsiya usuli bilan hosil qilish mumkin bo’ladi. Iqlimiy xaritalar, shuningdek, iqlimning asosiy fazoviy qonuniyatlari to’g’risida ko’rgazmali tasavvur hosil qilish imkonini beradi. Izochiziqlarni o’tkazishda fizikaviy qonuniyatlarni hisobga olish va xaritalarning mo’ljallanishidan kelib chiqish lozim. Izochiziqlarni o’tkazish vaqtida ularni gipsometriya, morfometriya, suv havzalarining mavjudligi, suv havzasi
qirg’og’idan uzoqlik va boshqa fizikaviy-geografik omillar bilan muvofiqlashtirish
kerak bo’ladi.
So’nggi  yillarda  geografik  informatsion  tizimlar  (GIT)ni  qo’llash
izochiziqlarning  o’tkazilishini  ob’ektivlashtirish  bo’yicha  katta  imkoniyatlarni
ochib bermoqda.
4. Tizimli yondashuv usuli. Bu usul iqlim va uning o’zgarishlarini geografik
qobiq  chegarasida  shakllanuvchi  atmosfera,  gidrosfera  va  litosferadagi
jarayonlarning o’zaro aloqadorlik va o’zaro ta’siridagi majmuasi sifatida fizika va
matematikaning asosiy qonunlari asosida tadqiq etadi.
5. Eksperiment va modellashtirish usuli. Kuzatishlardan farqli bu usul keng
diapozondagi  tashqi  omillar  ta’sirida  o’rganilayotgan  ob’ektlarning  tabiati
to’g’risida  tasavvur  hosil  qilish  imkonini  beruvchi  tadqiqotlarning  faol  usuli
hisoblanadi. 
Iqlim xarakteridagi eksperimentlar qatoriga hududiy va global ko’lamlarda
iqlim o’zgarishlariga olib keluvchi insonning atrof-muhitga ixtiyoriy ta’sirlarini
kiritish mumkin. Bular suv omborlarini qurish, yerlarni sug’orish, botqoqlarni
quritish, o’rmonlarni kesish, Orol dengizining qurib borishi, atmosferaga “parnik”
gazlarining chiqarilishi va h.k.
Sun’iy  iqlim  kameralari,  okean  tsirkulyatsiyasining  asosiy  elementlarini
hosil  qiluvchi  basseynlar,  atmosfera  umumiy  tsirkulyatsiyasini  fizikaviy
modellashtirish uchun maxsus qurilmalar kabi fizikaviy-geografik ob’ektlarning
analoglari modellar sifatida foydalanilishi mumkin.
Iqlimiy tizimning matematik modellari iqlim umumiy nazariyasini yaratish
masalasini hal qilish imkonini beradi.
Bunday modellarda tizim  tashkil etuvchilarining holatini  tavsiflovchi  va
tizimda yuz berayotgan u yoki bu shakldagi fizikaviy jarayonlarni, shuningdek
boshlang’ich  va  chegaraviy  shartlarni  hisobga  oluvchi  termogidrodinamika
tenglamalari tizimlari tuziladi.
 
Iqlimshunoslikning  boshqa  fanlar  bilan  aloqasi.  Uning  fan
tarmoqlariga bo’linishi
Iqlimshunoslik,  birinchi  navbatda,
 atmosfera  fizikasi 
(umumiy
meteorologiya)ning  tarkibiy  qismi  hisoblanadi.  Bu  quyosh  radiatsiyasining
Logotip
qirg’og’idan uzoqlik va boshqa fizikaviy-geografik omillar bilan muvofiqlashtirish kerak bo’ladi. So’nggi yillarda geografik informatsion tizimlar (GIT)ni qo’llash izochiziqlarning o’tkazilishini ob’ektivlashtirish bo’yicha katta imkoniyatlarni ochib bermoqda. 4. Tizimli yondashuv usuli. Bu usul iqlim va uning o’zgarishlarini geografik qobiq chegarasida shakllanuvchi atmosfera, gidrosfera va litosferadagi jarayonlarning o’zaro aloqadorlik va o’zaro ta’siridagi majmuasi sifatida fizika va matematikaning asosiy qonunlari asosida tadqiq etadi. 5. Eksperiment va modellashtirish usuli. Kuzatishlardan farqli bu usul keng diapozondagi tashqi omillar ta’sirida o’rganilayotgan ob’ektlarning tabiati to’g’risida tasavvur hosil qilish imkonini beruvchi tadqiqotlarning faol usuli hisoblanadi. Iqlim xarakteridagi eksperimentlar qatoriga hududiy va global ko’lamlarda iqlim o’zgarishlariga olib keluvchi insonning atrof-muhitga ixtiyoriy ta’sirlarini kiritish mumkin. Bular suv omborlarini qurish, yerlarni sug’orish, botqoqlarni quritish, o’rmonlarni kesish, Orol dengizining qurib borishi, atmosferaga “parnik” gazlarining chiqarilishi va h.k. Sun’iy iqlim kameralari, okean tsirkulyatsiyasining asosiy elementlarini hosil qiluvchi basseynlar, atmosfera umumiy tsirkulyatsiyasini fizikaviy modellashtirish uchun maxsus qurilmalar kabi fizikaviy-geografik ob’ektlarning analoglari modellar sifatida foydalanilishi mumkin. Iqlimiy tizimning matematik modellari iqlim umumiy nazariyasini yaratish masalasini hal qilish imkonini beradi. Bunday modellarda tizim tashkil etuvchilarining holatini tavsiflovchi va tizimda yuz berayotgan u yoki bu shakldagi fizikaviy jarayonlarni, shuningdek boshlang’ich va chegaraviy shartlarni hisobga oluvchi termogidrodinamika tenglamalari tizimlari tuziladi. Iqlimshunoslikning boshqa fanlar bilan aloqasi. Uning fan tarmoqlariga bo’linishi Iqlimshunoslik, birinchi navbatda, atmosfera fizikasi (umumiy meteorologiya)ning tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu quyosh radiatsiyasining