MEZOLIT DAVRI ARXEOLOGIYASI

Yuklangan vaqt

2024-03-27

Yuklab olishlar soni

2

Sahifalar soni

15

Faytl hajmi

999,5 KB


 
 
 
 
 
 
 
 
MEZOLIT DAVRI ARXEOLOGIYASI 
 
REJA: 
1. Mezolit 
davrining 
o'rganilish 
darajasi, 
xronologiyasi 
va 
davrlashtirish. 
2. Yevropa hududida mezolit. 
3. Rossiya va Kavkaz hududida mezolit. 
4. O'rta Osiyoning mezolit davri yodgorliklari. 
5. Mezolit davri san'ati. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
MEZOLIT DAVRI ARXEOLOGIYASI REJA: 1. Mezolit davrining o'rganilish darajasi, xronologiyasi va davrlashtirish. 2. Yevropa hududida mezolit. 3. Rossiya va Kavkaz hududida mezolit. 4. O'rta Osiyoning mezolit davri yodgorliklari. 5. Mezolit davri san'ati.
 
 
TAYANCH SO’ZLAR 
Mezolit, azil, tardenula, mikrolit, makrolit, kamalak, o’q, garpun, Jebel, Machay, 
Obishir, mezolit madaniyati. 
 
Mezolit  paleolit davridan keyingi davr bo’lib, u miloddan avvalgi 12-7 ming 
yilliklarni o’z ichiga oladi. Muzlik davrining tugashi paleolitning ob-havosiga 
nisbatan issiqroq iqlimni shakllantirdi. Flora va fauna dunyosi ham bir oz hozirgi 
hayvonot va o’simliklar dunyosiga yaqinlashdi. 
Mezolit so’zi yunoncha «mezos» - o’rta va «litos» - tosh degan so’zlardan kelib 
chiqqan1. Mezolit davri XIX asrning oxirlarida fanga ma’lum bo’ldi. Mazkur davrga 
mansub bo’lgan  dastlabki yodgorlik 1887 yilda frantsuz arxeologi D.Pet tomonidan 
Maz-d Azil g’oridan topilgan va o’rganilgan. 
Mezolit davrining xususiyati, chegarasi va atalishi haqida arxeologlar orasida 
hozirgacha qizg’in baxslar mavjud. Bir guruh olimlar bu davrga qadimgi tosh 
asrining alohida bosqichi sifatida qarasalar, boshqalari tosh asridan so’nggi bosqichi 
deb biladilar. Ammo keyingi tadqiqotlar tosh qurollar shakli, qo’llanilishi va ishlash 
texnikasidagi o’zgarishlar va yangi xususiyatlarni aniqlashi natijasida tosh davrining 
o’rta bosqichi ekanligi e’tirof etildi. 
Mezolit davrining quyi va yuqori chegarasini belgilashda ham turli fikr va 
mulohazalar mavjud. Ko’pgina olimlar mezolit davrining chegarasini aniqlashda 
geografik muhitga suyansa, boshqalari toshni ishlash texnikasiga asoslanadilar. 
Uchinchi guruh olimlar esa, bu masalada  ho’jalik mashg’ulotlarini birinchi o’ringa 
qo’yadilar. 
Mezolit davri tabiiy sharoiti muzlikning erishi bilan o’zgardi. Muzlikning 
shimolga chekinishi natijasida ko’plab ko’llar, o’simliklar o’sishi uchun yaroqli 
yerlar, botqoqliklar ko’paydi. Dastlabki bosqichda ya’ni 100 000-85000 yillar 
davomida iqlim subtropik bo’lib, poleolitga ancha yaqin edi. Keyinchalik miloddan 
                                                           
1 Egamberdiyeva N.A. Arxeologiya.-T.: “Fan va texnologiya”, 2011. 38-bet. 
TAYANCH SO’ZLAR Mezolit, azil, tardenula, mikrolit, makrolit, kamalak, o’q, garpun, Jebel, Machay, Obishir, mezolit madaniyati. Mezolit paleolit davridan keyingi davr bo’lib, u miloddan avvalgi 12-7 ming yilliklarni o’z ichiga oladi. Muzlik davrining tugashi paleolitning ob-havosiga nisbatan issiqroq iqlimni shakllantirdi. Flora va fauna dunyosi ham bir oz hozirgi hayvonot va o’simliklar dunyosiga yaqinlashdi. Mezolit so’zi yunoncha «mezos» - o’rta va «litos» - tosh degan so’zlardan kelib chiqqan1. Mezolit davri XIX asrning oxirlarida fanga ma’lum bo’ldi. Mazkur davrga mansub bo’lgan dastlabki yodgorlik 1887 yilda frantsuz arxeologi D.Pet tomonidan Maz-d Azil g’oridan topilgan va o’rganilgan. Mezolit davrining xususiyati, chegarasi va atalishi haqida arxeologlar orasida hozirgacha qizg’in baxslar mavjud. Bir guruh olimlar bu davrga qadimgi tosh asrining alohida bosqichi sifatida qarasalar, boshqalari tosh asridan so’nggi bosqichi deb biladilar. Ammo keyingi tadqiqotlar tosh qurollar shakli, qo’llanilishi va ishlash texnikasidagi o’zgarishlar va yangi xususiyatlarni aniqlashi natijasida tosh davrining o’rta bosqichi ekanligi e’tirof etildi. Mezolit davrining quyi va yuqori chegarasini belgilashda ham turli fikr va mulohazalar mavjud. Ko’pgina olimlar mezolit davrining chegarasini aniqlashda geografik muhitga suyansa, boshqalari toshni ishlash texnikasiga asoslanadilar. Uchinchi guruh olimlar esa, bu masalada ho’jalik mashg’ulotlarini birinchi o’ringa qo’yadilar. Mezolit davri tabiiy sharoiti muzlikning erishi bilan o’zgardi. Muzlikning shimolga chekinishi natijasida ko’plab ko’llar, o’simliklar o’sishi uchun yaroqli yerlar, botqoqliklar ko’paydi. Dastlabki bosqichda ya’ni 100 000-85000 yillar davomida iqlim subtropik bo’lib, poleolitga ancha yaqin edi. Keyinchalik miloddan 1 Egamberdiyeva N.A. Arxeologiya.-T.: “Fan va texnologiya”, 2011. 38-bet.
avvalgi 85000-50000 yillar davomida issiq va quruq iqlim shakllana boshladi. 
Janubda iqlim yaxshilanib, bu paytda ko’plab shoxli hayvonlar va yashil o’simliklar 
tarqaldi. Yevropa hududida esa, keng bargli yashil o’rmonlar bilan qoplandi.Bu 
davrda Boltiq dengizi va Shimoliy Yevropa ko’llari hozirgi qiyofaga keladi. Muzlik 
siljishi (muzlik yiliga taxminan 160 metr siljigan.) bilan odamlar ham shimol tomon 
harakat qiladi.  
 
Mezolit davriga kelib O’rta Osiyoda sigment, trapetsiya va uchburchak 
shaklidagi mayda qurolchalar – mikrolitlar paydo bo’ladi. Bu qurollardan odamlar 
kesish va o’rish maqsadlarida, pichoq va o’roq sifatida keng foydalanganlar. Mezolit 
davrining eng katta kashfiyoti va yutuqlaridan  biri – kamalak va o’qning kashf 
etilishi edi. Kamalak va o’q-inson kashf etgan eng dastlabki murakkab moslama 
bo’lib, u insoniyatning uzoq davom etgan mehnat tajribasi va zakovatining natijasi 
bo’ldi. O’q yoyning kashf etilishi mezolit davri ishlab chiqaruvchi kuchlarining 
o’ziga xos inqilobi edi. Avval otiladigan (uloqtiriladigan) qurollar ishlatilar edi. U 
ma’lum ma’noda jismoniy kuch talab etgan. Yangi sharoitda esa, ming yillar 
davomida shakllangan ov madaniyati o’zgaradi. Ov ob’ekti ham shunga mos holda 
avvalgi 85000-50000 yillar davomida issiq va quruq iqlim shakllana boshladi. Janubda iqlim yaxshilanib, bu paytda ko’plab shoxli hayvonlar va yashil o’simliklar tarqaldi. Yevropa hududida esa, keng bargli yashil o’rmonlar bilan qoplandi.Bu davrda Boltiq dengizi va Shimoliy Yevropa ko’llari hozirgi qiyofaga keladi. Muzlik siljishi (muzlik yiliga taxminan 160 metr siljigan.) bilan odamlar ham shimol tomon harakat qiladi. Mezolit davriga kelib O’rta Osiyoda sigment, trapetsiya va uchburchak shaklidagi mayda qurolchalar – mikrolitlar paydo bo’ladi. Bu qurollardan odamlar kesish va o’rish maqsadlarida, pichoq va o’roq sifatida keng foydalanganlar. Mezolit davrining eng katta kashfiyoti va yutuqlaridan biri – kamalak va o’qning kashf etilishi edi. Kamalak va o’q-inson kashf etgan eng dastlabki murakkab moslama bo’lib, u insoniyatning uzoq davom etgan mehnat tajribasi va zakovatining natijasi bo’ldi. O’q yoyning kashf etilishi mezolit davri ishlab chiqaruvchi kuchlarining o’ziga xos inqilobi edi. Avval otiladigan (uloqtiriladigan) qurollar ishlatilar edi. U ma’lum ma’noda jismoniy kuch talab etgan. Yangi sharoitda esa, ming yillar davomida shakllangan ov madaniyati o’zgaradi. Ov ob’ekti ham shunga mos holda
o’zgarishi tufayli yangi qurolga ehtiyoj sezila boshlaydi. Mezolit davrida kichik 
hayvonlarning tarqalishi ov usulining o’zgarishiga olib keladi. O’q-yoyning paydo 
bo’lishi ishlab-chiqarish kuchlarining rivojlanishini taqozo etib, quyidagi 
xususiyatlar bilan bog’liq edi: 
- fizik qonuniyat - o’qning tezligi - kinetik kuch (energiya) ni idrok etish uzoq 
yillik malaka va ko’nikma taqozasi; insonning (kashf etilishi bilan) birinchi marta 
kinetik energiyadan maxsus asbob yordamida foydalanishi; 
- aqlning rivojlanishi (hayvonlarni orqasidan quvib, chuqurga xaydash emas, 
balki ularni o’q-yoy otib ovlash) va faoliyatning ongliligi; 
- itni qo’lga o’rgatilishi; 
- mezolitda ovchilik ho’jaligi bilan birga baliqchilik va terimchilik 
mashg’ulotlarini ham o’z ahamiyatini yo’qotmagan ekanligi; 
- ovchilikda individual harakatlarning ko’zga tashlanish (it bilan ov qi- 
lish, tuzoq qo’yish); 
- baliqchilikda – garpunlar, to’rlar bilan, qarmoqlar bilan ov qilish usullarining 
paydo bo’lishi. 
-Mezolit davri dunyoning hamma qit’alarida hali qadam bosilmagan joylarni 
o’zlashtirish davridir. Bu davrda odam yashaydigan hududlar chegarasi kengayib 
borgan. Mezolit davrida urug’ a’zolarining kollektiv mehnati, o’zaro yordamlari ov 
va baliqchilikning zaruriy sharti bo’lgan. Tosh qurollar va o’q-yoy bilan tabiat 
kuchlari va yirtqich hayvonlarga qarshi yakka holda kurashib bo’lmas edi. Kishilar 
ochdan o’lmaslik, yirtqich hayvonlarga em bo’lmaslik yoki qo’shni jamoalar qo’lida 
halok bo’lmaslik uchun ov qilish, o’rmonda meva yig’ish, baliq ovlash ishlarini 
birgalashib bajarishga majbur edilar. 
-Kamondan foydalanish ov unumdorligini oshirishi, ho’jalikning yangi 
shakllarini vujudga keltirishi lozim edi. Shunday bo’ldi ham, natijada: 
- iste’moldan ancha ortiq o’lja topila boshladi; 
- yarador hayvonlar, tirik hayvon bolalari paydo bo’ldi va ular oziq-ovqat 
zahirasi sifatida g’amlandi; 
 - hayvonlar birin ketin qo’lga o’rgatila boshlandi. 
o’zgarishi tufayli yangi qurolga ehtiyoj sezila boshlaydi. Mezolit davrida kichik hayvonlarning tarqalishi ov usulining o’zgarishiga olib keladi. O’q-yoyning paydo bo’lishi ishlab-chiqarish kuchlarining rivojlanishini taqozo etib, quyidagi xususiyatlar bilan bog’liq edi: - fizik qonuniyat - o’qning tezligi - kinetik kuch (energiya) ni idrok etish uzoq yillik malaka va ko’nikma taqozasi; insonning (kashf etilishi bilan) birinchi marta kinetik energiyadan maxsus asbob yordamida foydalanishi; - aqlning rivojlanishi (hayvonlarni orqasidan quvib, chuqurga xaydash emas, balki ularni o’q-yoy otib ovlash) va faoliyatning ongliligi; - itni qo’lga o’rgatilishi; - mezolitda ovchilik ho’jaligi bilan birga baliqchilik va terimchilik mashg’ulotlarini ham o’z ahamiyatini yo’qotmagan ekanligi; - ovchilikda individual harakatlarning ko’zga tashlanish (it bilan ov qi- lish, tuzoq qo’yish); - baliqchilikda – garpunlar, to’rlar bilan, qarmoqlar bilan ov qilish usullarining paydo bo’lishi. -Mezolit davri dunyoning hamma qit’alarida hali qadam bosilmagan joylarni o’zlashtirish davridir. Bu davrda odam yashaydigan hududlar chegarasi kengayib borgan. Mezolit davrida urug’ a’zolarining kollektiv mehnati, o’zaro yordamlari ov va baliqchilikning zaruriy sharti bo’lgan. Tosh qurollar va o’q-yoy bilan tabiat kuchlari va yirtqich hayvonlarga qarshi yakka holda kurashib bo’lmas edi. Kishilar ochdan o’lmaslik, yirtqich hayvonlarga em bo’lmaslik yoki qo’shni jamoalar qo’lida halok bo’lmaslik uchun ov qilish, o’rmonda meva yig’ish, baliq ovlash ishlarini birgalashib bajarishga majbur edilar. -Kamondan foydalanish ov unumdorligini oshirishi, ho’jalikning yangi shakllarini vujudga keltirishi lozim edi. Shunday bo’ldi ham, natijada: - iste’moldan ancha ortiq o’lja topila boshladi; - yarador hayvonlar, tirik hayvon bolalari paydo bo’ldi va ular oziq-ovqat zahirasi sifatida g’amlandi; - hayvonlar birin ketin qo’lga o’rgatila boshlandi.
-Mezolit davri bosqichlari va yodgorliklarini Yevropa va Markaziy Osiyo 
xususan, O’zbekiston moddiy madaniyat o’rganilishi misolida ko’rib chiqamiz. 
Yevropada mezolit davri 2 bosqichga  bo’lib o’rganiladi: 
1. Ilk mezolit – azill. 
2. So’nggi mezolit – tardenula. 
 
Bu davrlar Fransiya hududlarida dastlab topilgan va o’rganilgan mezolit 
makonlari nomi bilan ataladi. Azil davrining tosh qurollarida madlen tipi saqlanib 
qolgan. Azilliklar madlenliklarning vorislari hisoblanadi. Azilda o’ziga xos, 
qalamtarosh tig’iga o’xshash maxsus o’tkir tosh parrakchalari keng tarqalgan. Bu 
davrning asosiy quroli  mayda chaqmoqtosh qurollar – mikrolitlar hisoblanadi. 
Mikrolit (mikros-kichik, litos-tosh) qurollarning aksariyati o’q uchi vazifasini 
bajarib, asosan  tol bargi shaklida bo’lgan. 
Tardenula makonlarida ham mikrolitlar uchraydi. Ammo bu makonlardagi 
chaqmoqtosh parchalari juda mayda- 1-2 sm ni tashkil etadi. Ular turli xil geometrik 
-Mezolit davri bosqichlari va yodgorliklarini Yevropa va Markaziy Osiyo xususan, O’zbekiston moddiy madaniyat o’rganilishi misolida ko’rib chiqamiz. Yevropada mezolit davri 2 bosqichga bo’lib o’rganiladi: 1. Ilk mezolit – azill. 2. So’nggi mezolit – tardenula. Bu davrlar Fransiya hududlarida dastlab topilgan va o’rganilgan mezolit makonlari nomi bilan ataladi. Azil davrining tosh qurollarida madlen tipi saqlanib qolgan. Azilliklar madlenliklarning vorislari hisoblanadi. Azilda o’ziga xos, qalamtarosh tig’iga o’xshash maxsus o’tkir tosh parrakchalari keng tarqalgan. Bu davrning asosiy quroli mayda chaqmoqtosh qurollar – mikrolitlar hisoblanadi. Mikrolit (mikros-kichik, litos-tosh) qurollarning aksariyati o’q uchi vazifasini bajarib, asosan tol bargi shaklida bo’lgan. Tardenula makonlarida ham mikrolitlar uchraydi. Ammo bu makonlardagi chaqmoqtosh parchalari juda mayda- 1-2 sm ni tashkil etadi. Ular turli xil geometrik
shaklda bo’lib, chaqmoqtosh bo’lagidan ezgich bilan urib hosil qilingan (uchburchak, 
romb, trapetsiya shaklida)2. 
Mikrolitlar o’q uchlari (tayoq uchidagi yoriqlarga joylashtirilib qotirilgan), 
qadamalar (suyak yoki yog’och qurolga qator qilib qadalgan chaqmoqtosh parchalari 
tizmasi) sifatida ishlatilgan. 
 
 
 
Mezolit davri makonlari arxeologlar tomonidan keng o’rganilgan. Yer 
yuzining turli nuqtalaridan mezolit davri yodgorliklari topilgan. Masalan, 
Frantsiyada (Maz-d Azil), MDH hududlarida - Qrimda (Murzak Koba, Zagin’ Koba), 
Volga bo’ylarida (Sobolevo, Sknyatino qishloqlari), Oka daryosi bo’ylari, Ural, 
Boltiqbo’yi hududlarida ko’plab mezolit makonlari tadqiq etilgan. 
                                                           
2 Egamberdiyeva N.A. Arxeologiya.-T.: “Fan va texnologiya”, 2011. 40-bet. 
shaklda bo’lib, chaqmoqtosh bo’lagidan ezgich bilan urib hosil qilingan (uchburchak, romb, trapetsiya shaklida)2. Mikrolitlar o’q uchlari (tayoq uchidagi yoriqlarga joylashtirilib qotirilgan), qadamalar (suyak yoki yog’och qurolga qator qilib qadalgan chaqmoqtosh parchalari tizmasi) sifatida ishlatilgan. Mezolit davri makonlari arxeologlar tomonidan keng o’rganilgan. Yer yuzining turli nuqtalaridan mezolit davri yodgorliklari topilgan. Masalan, Frantsiyada (Maz-d Azil), MDH hududlarida - Qrimda (Murzak Koba, Zagin’ Koba), Volga bo’ylarida (Sobolevo, Sknyatino qishloqlari), Oka daryosi bo’ylari, Ural, Boltiqbo’yi hududlarida ko’plab mezolit makonlari tadqiq etilgan. 2 Egamberdiyeva N.A. Arxeologiya.-T.: “Fan va texnologiya”, 2011. 40-bet.
 
O’rta Osiyo hududlarida ham mezolit davrida haroratning ko’tarilishi 
natijasida hayvonot olami va o’simliklar dunyosida o’zgarishlar yuz beradi. Qadimgi 
tosh asrining yirik hayvonlari asta-sekin yo’qolib, ular o’rniga arxar, muflon, tog’ 
echkilari, bug’u, jayron, saygoq, arslon, kabi hayvonlar ko’paya boshladi. 
Shuningdek, O’rta Osiyoda issiqtalab o’simliklar – yovvoyi boshoqli o’simliklar va 
daraxtlar ko’paya boshladi. Tabiatdagi bu o’zgarishlar odamlarining turmush tarziga 
ham ta’sir etdi. Bu davrda odamlar Pomir, Tyanshan tog’lari yon bag’irlarida, Kaspiy 
bo’ylarida, Markaziy Qozog’istondan Turkman-Xuroson tog’larigacha bo’lgan 
yerlarda makon quradilar. O’zbekiston hududida mezolit yodgorliklari arxeolog 
olimlar tomonidan keng o’rganilgan. Farg’ona vodiysidagi Obishir I, Obishir V g’or 
makonlari ahamiyatlidir. Obishir I Xaydarkon shaharchasidan 4-5 km uzoqlikda 
joylashgan bo’lib, g’orning kengligi 25,5 m, balandligi 12 m.ni tashkil etadi. Bu 
yerdan mikrolitlar, parrakchalar, nukleuslar, bigiz, qirg’ich, pichoq-qadamalar 
topilgan. Obishir V makoni Obishir I g’ori yaqinida joylashgan, kengligi 8 m, 
balandligi 10 m va chuqurligi 4-5 m. G’or 3 ta madaniy qatlamdan iborat bo’lgan. Bu 
O’rta Osiyo hududlarida ham mezolit davrida haroratning ko’tarilishi natijasida hayvonot olami va o’simliklar dunyosida o’zgarishlar yuz beradi. Qadimgi tosh asrining yirik hayvonlari asta-sekin yo’qolib, ular o’rniga arxar, muflon, tog’ echkilari, bug’u, jayron, saygoq, arslon, kabi hayvonlar ko’paya boshladi. Shuningdek, O’rta Osiyoda issiqtalab o’simliklar – yovvoyi boshoqli o’simliklar va daraxtlar ko’paya boshladi. Tabiatdagi bu o’zgarishlar odamlarining turmush tarziga ham ta’sir etdi. Bu davrda odamlar Pomir, Tyanshan tog’lari yon bag’irlarida, Kaspiy bo’ylarida, Markaziy Qozog’istondan Turkman-Xuroson tog’larigacha bo’lgan yerlarda makon quradilar. O’zbekiston hududida mezolit yodgorliklari arxeolog olimlar tomonidan keng o’rganilgan. Farg’ona vodiysidagi Obishir I, Obishir V g’or makonlari ahamiyatlidir. Obishir I Xaydarkon shaharchasidan 4-5 km uzoqlikda joylashgan bo’lib, g’orning kengligi 25,5 m, balandligi 12 m.ni tashkil etadi. Bu yerdan mikrolitlar, parrakchalar, nukleuslar, bigiz, qirg’ich, pichoq-qadamalar topilgan. Obishir V makoni Obishir I g’ori yaqinida joylashgan, kengligi 8 m, balandligi 10 m va chuqurligi 4-5 m. G’or 3 ta madaniy qatlamdan iborat bo’lgan. Bu
erdan ham pichoq-qadamalar, qirg’ichlar, teshgichlar topilgan. Moddiy manbalar 
ichida yovvoyi hayvonlarning suyaklari ham mavjud bo’lgan. G’ordan topilgan 
qadoq toshlar – baliq tutishda ishlatilgan. Obishirliklar baliqchilik, ovchilik va 
terimchilik ho’jalik mashg’ulotlari bilan shug’ullanganlar. 
 
Mezolit davri yodgorliklaridan biri Machay g’or makonidir. Bu yodgorlik 
Hisor tog’ tizmasining Ketmonchopti tog’ining janubiy yonbag’rida, Mochay 
daryosining o’ng sohilidagi Quyi va O’rta Mochay qishloqlari orasida joylashgan. 
G’orning kengligi  20 m, chuqurligi  11 m, balandligi  3,5m ni tashkil etadi. Mochay 
g’oridan bigiz, igna, suyak va tosh qurollar topilgan (15 nusxadagi qurol turlari 
aniqlangan). G’ordan 870 ta tosh qurol – parrak, nukleuslar, tosh pichoqlar, 
yo’ng’ichlar–randalar, nayza, o’q uchlari topib o’rganilgan. Mochay g’ori madaniy 
qatlamlaridan topilgan qurollar miloddan avvalgi VII-VI ming yilliklarga mansub. 
G’orni qazish davomida  antrapologik materiallar-odam bosh suyagi, tishi, jag’i, 
boshqa a’zolari qoldiqlari topilgan. Antrapologlarning ma’lumotlariga qaraganda 
topilgan suyaklarning biri voyaga etgan erkak, ikkinchisi ayol va uchinchisi yosh 
bolaniki bo’lib, ular evropoid irqiga mansub bo’lgan. Madaniy qatlamlardan qalin 
kul qatlamlari topilgan. Kuygan suyaklardan va olov qoldiqlaridan  odamlar go’shtni 
pishirib eganlar, degan xulosaga kelish mumkin. 
erdan ham pichoq-qadamalar, qirg’ichlar, teshgichlar topilgan. Moddiy manbalar ichida yovvoyi hayvonlarning suyaklari ham mavjud bo’lgan. G’ordan topilgan qadoq toshlar – baliq tutishda ishlatilgan. Obishirliklar baliqchilik, ovchilik va terimchilik ho’jalik mashg’ulotlari bilan shug’ullanganlar. Mezolit davri yodgorliklaridan biri Machay g’or makonidir. Bu yodgorlik Hisor tog’ tizmasining Ketmonchopti tog’ining janubiy yonbag’rida, Mochay daryosining o’ng sohilidagi Quyi va O’rta Mochay qishloqlari orasida joylashgan. G’orning kengligi 20 m, chuqurligi 11 m, balandligi 3,5m ni tashkil etadi. Mochay g’oridan bigiz, igna, suyak va tosh qurollar topilgan (15 nusxadagi qurol turlari aniqlangan). G’ordan 870 ta tosh qurol – parrak, nukleuslar, tosh pichoqlar, yo’ng’ichlar–randalar, nayza, o’q uchlari topib o’rganilgan. Mochay g’ori madaniy qatlamlaridan topilgan qurollar miloddan avvalgi VII-VI ming yilliklarga mansub. G’orni qazish davomida antrapologik materiallar-odam bosh suyagi, tishi, jag’i, boshqa a’zolari qoldiqlari topilgan. Antrapologlarning ma’lumotlariga qaraganda topilgan suyaklarning biri voyaga etgan erkak, ikkinchisi ayol va uchinchisi yosh bolaniki bo’lib, ular evropoid irqiga mansub bo’lgan. Madaniy qatlamlardan qalin kul qatlamlari topilgan. Kuygan suyaklardan va olov qoldiqlaridan odamlar go’shtni pishirib eganlar, degan xulosaga kelish mumkin.
 Machay g’orida yashagan ajdodlarimiz ovchilik va qisman chorvachilik bilan 
shug’ullanganlar. Shu bilan birga termachilik ham ularning ho’jaligida mavjud 
bo’lgan.G’ordan topilgan suyaklar-qizil bo’ri, tulki, bars, mo’ynali suvsar, to’ng’iz, 
jayron, Osiyo qo’yi-muflon, toshbaqa, echki va boshqa hayvonlarga tegishli bo’lgan3.  
Janubiy O’zbekistonda mezolit davri yodgorligi Ayritom makoni bo’lib, u  
Termizdan 18 km uzoqlikda joylashgan. Ayritom yodgorligi ko’p qavatli madaniy 
qatlamidan tosh parmalagichlar, nukleuslar, tosh uchrindilar, o’q uchlari topilgan. 
 
Farg’ona hududining ochiq-past tekisliklarida mezolit makonlari mavjud 
bo’lib, ular fanga «Markaziy Farg’ona mezolit yodgorliklari» nomi bilan kiritilgan. 
Markaziy Farg’onada Ittak qal’a, Shurkul, Achchiq ko’l, Yangiqadam, Bekobod, 
Zambar, Toypoq ko’l, Damko’l, Bosqum, kabi mezolit davri joy-makonlari topilgan. 
Ular 80 dan ortiq yodgorliklarni tashkil etgan bo’lib, makonlarda retushlanmagan va 
retushlangan ixcham nukleuslar ko’plab tarqalgan. Nukleuslar siniq va mayda 
parraklar olish uchun ishlatilgan. Shuningdek, qirg’ichlar, uchrindilar, mayda 
geometrik shakldagi qurollar ham (trapetsiyalar ham uchraydi) mavjud bo’lgan. 
Markaziy Farg’ona  mezolit makonlari ochiq makonlar bo’lib, ularda madaniy 
qatlamlar saqlanmagan. Bu makonlarda yashagan mezolit qabilalari termachilik, 
                                                           
3 Egamberdiyeva N.A. Arxeologiya.-T.: “Fan va texnologiya”, 2011. 43-bet. 
Machay g’orida yashagan ajdodlarimiz ovchilik va qisman chorvachilik bilan shug’ullanganlar. Shu bilan birga termachilik ham ularning ho’jaligida mavjud bo’lgan.G’ordan topilgan suyaklar-qizil bo’ri, tulki, bars, mo’ynali suvsar, to’ng’iz, jayron, Osiyo qo’yi-muflon, toshbaqa, echki va boshqa hayvonlarga tegishli bo’lgan3. Janubiy O’zbekistonda mezolit davri yodgorligi Ayritom makoni bo’lib, u Termizdan 18 km uzoqlikda joylashgan. Ayritom yodgorligi ko’p qavatli madaniy qatlamidan tosh parmalagichlar, nukleuslar, tosh uchrindilar, o’q uchlari topilgan. Farg’ona hududining ochiq-past tekisliklarida mezolit makonlari mavjud bo’lib, ular fanga «Markaziy Farg’ona mezolit yodgorliklari» nomi bilan kiritilgan. Markaziy Farg’onada Ittak qal’a, Shurkul, Achchiq ko’l, Yangiqadam, Bekobod, Zambar, Toypoq ko’l, Damko’l, Bosqum, kabi mezolit davri joy-makonlari topilgan. Ular 80 dan ortiq yodgorliklarni tashkil etgan bo’lib, makonlarda retushlanmagan va retushlangan ixcham nukleuslar ko’plab tarqalgan. Nukleuslar siniq va mayda parraklar olish uchun ishlatilgan. Shuningdek, qirg’ichlar, uchrindilar, mayda geometrik shakldagi qurollar ham (trapetsiyalar ham uchraydi) mavjud bo’lgan. Markaziy Farg’ona mezolit makonlari ochiq makonlar bo’lib, ularda madaniy qatlamlar saqlanmagan. Bu makonlarda yashagan mezolit qabilalari termachilik, 3 Egamberdiyeva N.A. Arxeologiya.-T.: “Fan va texnologiya”, 2011. 43-bet.
baliqchilik va ovchilik ho’jalik mashg’ulotlari bilan shug’ullangan. Markaziy 
Farg’ona mezoliti 2 bosqichga bo’lib o’rganiladi: 
1. Ilk mezolit – Ittak qal’a, Achchiq ko’l-1,7; Yangiqadam-1-2; Toypoq-I, ular 
miloddan avvalgi IX-VII ming yilliklar bilan belgilanadi. 
2. So’nggi mezolit – Achchiqko’l; Yangiqadam 2; Bekobod - 3-4; Sho’rko’l-
2; Madiyor-11; Yangiqadam-22; Toypoq-2; Achchiqko’l-3; Zambar-2; Toypoq - 
3,5,7, makonlari ular miloddan avvalgi VII ming yilliklar bilan belgilanadi. 
Toshkent shahri va viloyati hududlarida ham arxeloglar tomonidan mezolit 
davri yodgorliklari ham o’rganilgan. Ulardan biri Bo’zsuv  makoni hisoblanadi. 
Bo’zsuv mezolit makoni Toshkentdagi Qoraqamish jarligi yoqasida joylashgan. Bu 
yerdan nukleuslar, ixcham tosh  plastinkalar, geometrik shakldagi qurollar va 
qirg’ichlar topilgan. 
Qo’shilish mezolit makoni esa, Toshkentning g’arbida joylashgan bo’lib, 
qadimgi Bo’zsuv anhori sohilidan topilgan. Makondan chaqmoqtoshdan ishlangan 
nukleuslar, mayda parrakchalar, uchrindilar, qirg’ichlar, har xil shakldagi qurollar, 
tosh pichoqlar, silliqlangan tosh buyumlar topilgan. Tosh qurollarning deyarli 
barchasi geometrik shaklda ishlangan. Qo’shilish mezolit makoni miloddan avvalgi 
XI-X ming yilliklarga mansub bo’lib, bu erda ovchilik va terimachilik bilan 
shug’ullangan qabilalar yashagan4.  
Mezolit makonlari Qizilqum va Qoraqum cho’llarida ham keng tarqalgan.  
Masalan, Ustyurt hududlarida Jayronquduq makonlari joylashgan bo’lib, ulardan 
mayda tosh parrakchalari, retushsiz parraklar, nukleuslar va uning bo’laklari, ikkinchi 
marta ishlov berilgan tosh siniqlari, qirg’ichlar, retushli trapetsiyalar topilgan. Bu 
yerda yashagan qabilalar baliqchilik, ovchilik ho’jaligi bilan  mashg’ul bo’lgan. 
                                                           
4 Egamberdiyeva N.A. Arxeologiya.-T.: “Fan va texnologiya”, 2011. 41-bet. 
baliqchilik va ovchilik ho’jalik mashg’ulotlari bilan shug’ullangan. Markaziy Farg’ona mezoliti 2 bosqichga bo’lib o’rganiladi: 1. Ilk mezolit – Ittak qal’a, Achchiq ko’l-1,7; Yangiqadam-1-2; Toypoq-I, ular miloddan avvalgi IX-VII ming yilliklar bilan belgilanadi. 2. So’nggi mezolit – Achchiqko’l; Yangiqadam 2; Bekobod - 3-4; Sho’rko’l- 2; Madiyor-11; Yangiqadam-22; Toypoq-2; Achchiqko’l-3; Zambar-2; Toypoq - 3,5,7, makonlari ular miloddan avvalgi VII ming yilliklar bilan belgilanadi. Toshkent shahri va viloyati hududlarida ham arxeloglar tomonidan mezolit davri yodgorliklari ham o’rganilgan. Ulardan biri Bo’zsuv makoni hisoblanadi. Bo’zsuv mezolit makoni Toshkentdagi Qoraqamish jarligi yoqasida joylashgan. Bu yerdan nukleuslar, ixcham tosh plastinkalar, geometrik shakldagi qurollar va qirg’ichlar topilgan. Qo’shilish mezolit makoni esa, Toshkentning g’arbida joylashgan bo’lib, qadimgi Bo’zsuv anhori sohilidan topilgan. Makondan chaqmoqtoshdan ishlangan nukleuslar, mayda parrakchalar, uchrindilar, qirg’ichlar, har xil shakldagi qurollar, tosh pichoqlar, silliqlangan tosh buyumlar topilgan. Tosh qurollarning deyarli barchasi geometrik shaklda ishlangan. Qo’shilish mezolit makoni miloddan avvalgi XI-X ming yilliklarga mansub bo’lib, bu erda ovchilik va terimachilik bilan shug’ullangan qabilalar yashagan4. Mezolit makonlari Qizilqum va Qoraqum cho’llarida ham keng tarqalgan. Masalan, Ustyurt hududlarida Jayronquduq makonlari joylashgan bo’lib, ulardan mayda tosh parrakchalari, retushsiz parraklar, nukleuslar va uning bo’laklari, ikkinchi marta ishlov berilgan tosh siniqlari, qirg’ichlar, retushli trapetsiyalar topilgan. Bu yerda yashagan qabilalar baliqchilik, ovchilik ho’jaligi bilan mashg’ul bo’lgan. 4 Egamberdiyeva N.A. Arxeologiya.-T.: “Fan va texnologiya”, 2011. 41-bet.