MIKROBIOLOGIYA TADQIQOTLARINING ASOSIY METODLARI
Reja:
1. Mikroorganizmlar bilan ishlashda rioya qilinadigan aseptika qoidalari
2. Laboratoriyada foydalanadigan elektr va boshqa asbob – uskunalar bilan
ishlashni xavfsizligi ta’minlanadi. MBR-I mikroskopining tuzilishi
3. Laboratoriya ishlarini bajarishda talabalar qanday xolatda ish boshlashlari
tuShuntiriladi
4. Fiksirlangan bo’yalgan preparat tayyorlash
Tirik mikroorganizmlar populyatsiyasiga bakteriya kulturasi deyiladi.
Laboratoriyada mikroorganizm kulturalari turli shaklda o’stiriladi (suyuq oziqa
muxitlarida, agarli "qiyshiq agar” (“kosyak") larda (sterillangan agarli oziqa muhit
ma’lum burchak ostida qiyshaytirilib qotiriladi), Petri likopchalaridagi qattik oziqa
muxitlarida). Mikroorganizmlar kulturasi faqat bir turdan iborat bo’lsa u sof
kultura deyiladi. Mikrobiologlar deyarli hamma vaqt sof bakteriya kulturalari bilan
ish olib boradilar. Agar kultura bittadan ortiq mikroorganizmlar turini tutsa, u
kultura aralash yoki iflos kultura deyiladi. Shuning uchun sof kulturalarning
tozaligini saqlash mikrobiologlarning asosiy vazifalariga kiradi. Aks holda
tadqiqodlarda olingan natijalar noto’g’ri bo’ladi. Mikroorganizmlarning atrof
muhitda keng tarkalganligi tufayli ularning sof kulturalarga tushmasligini
ta’minlash uchun muhofaza choralarini ko’rish muhim, ya’ni aseptika texnikasiga
amal qilish lozim.
Demak, aseptika texnikasiga ko’ra, mikroorganizmlar sterillangan oziqa
muxitida o’stiriladi va bu muxitni atrofdan mikrorganizmlar tushishidan muhofaza
qiliinadi. Sof kultura oziqa muxitga ekilganda quyidagi aseptika texnikasi
qoidalariga amal kilinadi: 1) sof kulturaga tegishi mumkin bo’lgan barcha
buyumlar oldindan sterillanadi; 2)ozikli muxit sterillanadi; 3) ekish va qayta ekish
vaktlarida kultura ifloslanishidan saklanishi uchun extiyot qilinadi. Buning uchun
quyidagi choralar amalga oshiriladi: a) barcha idish va oziqli muhitlar tayyor
bo’lishi bilan darxol sterillanadi; b) havodagi mikroblar tushmasligi uchun oziqli
muxitlar yopiq idishlarda saqlanadi. Bunda paxta va dokadan tayyorlangan
tiqinlardan foydalaniladi va ular faqat ekish vaktida olib turiladi, lekin hech qachon
stol yoki boshqa buyumlarga qo’yilmaydi; v) sterillangan idishlarni ichki va
ulardagi steril oziqli muhitlarga hamda sof kulturalarga tegishi mumkin bo’lgan
barcha vositalar avvaldan sterillanadi, masalan, bakteriologik ilmok; g) ekish va
kayta ekish vaqtida ishlatiladigan probirka va kolbalarni og’zi ishdan oldin
flambirlanadi va iloji boricha kam vakt davomida ochiq holda qoldiriladi: d) ish
joyini mikroorganizmlar bilan ifloslanishdan saqlanadi, bakterial ilmoqlar
ishlatilgandan so’ng ham sterillanadi, pipetkalar esa dezinfeksiya qiladigan
suyuqliklarga solinib ko’yiladi.
Laboratoriya sharoitida probirkadagi suyuq muhitdan boshqa probirkadagi
muhitga ekish yoki Petri likopchasidagi agarli qattiq muhitga ekish kabi ishlar tez-
tez amalga oshirilib turadi. Talabalar bunday mashg’ulotlarni bajarib, aseptika
texnikasi qoidalarini amalda ko’llashni o’rganishlari lozim. Probirkadan probirkaga
ekishda quyidagi ishlar bajariladi:
1. Mum qalam yordamida ekiladigan probirkalarga talabaning ismi, guruhini
raqam soni yoziladi.
2. Ilmoq alanganing yuqori qismida cho’g’ holatigacha flambirlanadi va 10
daqiqa davomida sovutiladi, lekin stolga qo’yilmaydi.
3.Chap qo’l bilan kulturali probirka olinadi va ilmoq ushlagan qo’lni bo’sh
barmoqlari bilan probirkani tiqini olinadi, lekin tiqin stolga qo’yilmay ushlab
turiladi. Probirkaning og’zi alangada qisqa vaqt qizdiriladi.
1-rasm
2-rasm
3-rasm
4-rasm
5-rasm
4. Ilmoqdan foydalanib probirkadagi suyuqlikdan olinadi, bunda ilmoq
probirkaning ichki tomoniga tegmasligi kerak.
5. Probirkani og’zi va tiqini alangada qizdirilib, probirka yopiladi va shtativga
qayta qo’yiladi.
6.Bo’sh qo’l bilan ekiladigan probirka olinadi va yuqoridagidek ochilib, og’zi
sterillash uchun qizdiriladi.
7. Ilmoqdagi suyuq kultura probirkaga asta solinadi so’ng aralashtiriladi.
8. Ilmoqdagi tomchilarni probirkani ichida qoldirish uchun ilmoq probirkani
ichidagi suyuqlik tugagan joyiga tegiziladi.
9. Ilmoq asta chiqariladi va probirkani og’zi bilan tiqin flambirlanadi, probirka
yopiladi va shtativga qo’yiladi.
10. Ilmoq cho’g’ holatigacha qizdiriladi.
Probikadan Petri likopchasiga ekishda qo’yidagi ishlar amalga oshiriladi:
1. Petri likopchasining ustiga mum qalam yordamida talabaning ismi, guruhining
raqam soni, sana yoziladi.
2. Yuqorida aytilganday, probirkadan ilmok bilan kultura solinadi.
3. Bo’sh qo’l bilan Petri likopchasining qopqog’i ochiladi, lekin stolga qo’yilmaydi
va likopcha ustida ushlab turiladi.
4. Petri likopchasidagi oziqli muhitga ilmoqdagi kultura "shtrix" usulida ekiladi.
Bunda agarni o’ymasdan extiyot qilib ekish lozim.
5. Petri likopchasi yopiladi.
6. Ilmoq flambirlanadi va joyiga qo’yiladi.Ekmalar 28 gradus0C da keyingi
darsgacha o’stiriladi.
6-rasm
1) yorug’lik va elektron mikroskoplprning bakterialarning tadqiq qilishdagi roli.
2) prokariotlarning mikroskop ostida kuzatish:
a) fiksirlangan, bo’yalgan preporat tayorlash.
b) ezilgan tomchi usulida bakteriya preparatlarni tayorlash.
v) bakterialarni boyitilgan va sof kulturalarini tayyorlash.
g) sterilizatsiya usullari.
Osma tomchi preparat tayyorlash uchun o’rtasida chuqurchasi bo’lgan
maxsus toza buyum oynasi olinib, chuqurcha chetlariga vazelin surtiladi.
Tozalangan qoplag’ich oyna o’ng qo’lga olinadi va spirt alangasi ustidan 2-3 marta
o’tkaziladi, ya’ni sterillanadi. Chap qo’lga bakteriolgik ilmoqni olib, cho’g’
bo’lguncha spirt alangasi ustiga tutib turiladi. Ilmoqni sovitib, u bilan
tekshirilayotgan mikroorganizmlar suspenziyasidan bir tomchi olib qoplag’ich
oyna ustiga tomiziladi. Qoplag’ich oynadagi tekshirilayotgan material tomchisi
buyum oynasi chuqurchasining markazida qoladigan qilib, ustiga buyum oynasi
yopiladi. Buyum oynasi ohista siqib bosiladi va tezgina ag’dariladi. Preparat to’g’ri
tayyorlangan bo’lsa, tomchi chuqurchada bemalol osilib turadi. Vazelin uni qurib
qolishdan saqlaydi. Osma tomchi preparatdan mikroorganizmlarni tirik holida
kuzatish uchun foydalaniladi.
Ezilgan tomchi preparatini tayyorlash uchun esa buyum oynachasiga bir
tomchi suyuqlik tomiziladi. Suyuqlik quvur suvi (bakteriyalar bilan ishlanganda)
yoki etil spirti va glitserinning bir xil hajmdagi aralashmasi (mikroskopik
zamburug’lar bilan ishlanganda) bo’lishi mumkin. Tomchi ustiga tekshirilishi
kerak bo’lgan mikroorganizmlar kiritilib aralashtiriladi va qoplag’ich oynani
sekingina tomchi ustiga qoplanadi. Qoplag’ich oyna atrofidan chiqqan ortiqcha
suyuqlikni filtr qog’ozga shimdirib olinadi. Qattiq oziq muhitiga o’stirilgan
bvkteriyalarning tomchisini bakterial ilmoq yordamida, mikroskopik
zamburug’larni bir-biriga bog’langan ikki igna yordamida, suyuq muhitda
o’stirilgan mikroorganizmlarni esa tomizgich yordamida buyum oynasiga
qo’yiladi. Suyuq muhitdan olingan mikroorganizmlardan foydalanib preparat
tayyorlanganida suyuqlik ishlatilmaydi. Suyuq muhitni quyidagicha tayyorlash
mumkin: 20-25 g quruq pichanni maydalab 200 ml suvga botiriladi va 30oli
termostatda 2-3 kun saqlanadi. Mikroorganizmlar neytral sharoit-da yaxshi
rivojlanishini nazarda tutib, unga ozgina bo’r qo’shiladi.
Tirik hujayralarni bo’yash. Hujayralar ba’zi xususiyatlarini va ulardagi
qo’shilmalarni aniqlash uchun mikroorganizmlar tirik holda bo’yash usulidan
foydalaniladi. Bo’yoq moddalarning zaxarliligini hisobga olgan xolda, tirik
hujayralar neytral qizil, neytral binafsha, metilen ko’ki, fuksin, eozin va
eritrozinlarning juda kam miqdordagi (0,001-0,0001%) kontsentratsiyalari bilan
bo’yaladi. O’rganilayotgan mikroorganizmlar tomchisi buyum oynasida bo’yoq
aralashmasi tomchisi bilan aralashtiriladi, qoplagich oyna bilan yopiladi va 2-3
minutdan so’ng mikroskopda ko’riladi.
Mikroorganizmlarning tabiiy shakli, kattaligi va tuzilishi, ularning ayrim
tuzilmalari (hujayradan tashqaridagi shilimshiqlar) to’g’risidagi tushunchalarni
negativ preparatlar beradi. Negativ bo’yash uchun suyuq tushь, qizil kongoning 3%
li suvli eritmasi, nitrozinning 10% li eritmasi va mikrob hujayralariga
singmaydigan boshqa bo’yoqlar ishlatiladi. Tush yoki boshqa bo’yoq eritmasini
tomchisi o’rganilayotgan kulьtura tomchisi bilan aralashtiriladi, ustidan qoplagich
oyna bilan yopiladi. Bo’yoqlar hujayrani o’rab turgan bo’shliqni to’ldiradi.
Natijada bo’yalmagan mikroorganizmlar preparatning to’q fonida yaxshi yoritilgan
rangsiz kamsulalar ko’rinishida aniq ajralib turadi.
Negativ bo’yash boshqacha tarzda amalga oshirilishi ham mumkin. Buyum
oynasiga qizil kongoning 3% li suvdagi eritmasininig tomchisi tomiladi. Bu
tomchiga o’rganilayotgan material qo’shiladi va sal aralashtiriladi. Shundan keyin
hosil bo’lgan aralashma ilmoq yordamida spiral ko’rinishida yoyiladi. Bunda ilmoq
har gal yangi joydan olib o’tiladi. Material qon surtmasi tayyorlash jarayonidagi
singari qoplag’ich oyna bilan ham yopilishi mumkin. Surtma havoda quritiladi,
fiksirlanmaydi va immersion ob’ektiv bilan mikroskopda ko’riladi. Qizil-jigarrang
fonda mikroorganizmlarning bo’yalmagan shakllari yaxshi ko’rinadi.
Fiksatsiya qilingan mikroorganizmlar preperatlarini tayyorlash.
Yashash jarayoni to’xtatilgan, lekin nozik tuzilmalari to’liq saqlangan
mikroorganizmlar hujayralari fiksatsiya qilingan hisoblanadi. Fiksatsiya qilingan
bo’yalgan hujayralar va ularning tuzilish detallari preparatda yaqqol ajralib turadi.
Bu hujayralarning shakli va ichki elementlarini o’rganishni yengillashtiradi.
Fiksatsiya qilingan preparatlar odatda immertsiya orqali ko’rinadi. Fiksatsiya
qilingan bo’yalgan preparatlarni tayyorlash quyidagi bosqichlarni o’z ichiga oladi:
surtmani tayyorlash, quritish, fiksatsiya qilish va uni bo’yash.
Surtmani tayyorlash. Surtmalar yog’sizlantirilgan toza buyum oynalarda
tayyorlanadi. Buyum oynasi pintset yordamida yoki ikki chetidan barmoqlar bilan
ushlagan xolda olinadi va gorelka alangasiga tutib sal kuydiriladi. Shundan keyin
kuydirilgan tomonini tepaga qaratib vannacha ustidagi ko’prikchaga (rezina shlang
parchalari bilan tutashtirilgan ikkita shisha tayoqcha) qo’yiladi. “Ezilgan tomchi”
preparati tayyorlanadi, ilmoq yordamida yaxshilab aralashtiriladi va hosil bo’lgan
suspenziya yupqa tekis qatlam ko’rinishida 1-2 sm maydonga yoyiladi.
Surtmani quritish. Surtma xona haroratida quritiladi. Agar quritish jarayoni
sekin kechsa, surtma tepaga qaratilgan preparat gorelka alangasi ustida balandroq
ko’tariladi va oynani qizdirmasdan iliq havoda quritiladi. Aks xolda hujayralar
shakli buzilishi mumkin.
Fiksatsiya qilish. Fiksatsiya qilish jarayoni mikroorganizm hujayralari
o’ldiriladi va havfsizlantiriladi. Bu esa patogen kulьturalar bilan ishlashga muhim
ahamiyatga ega. Fiksatsiya qilish natijasida hujayralar oynaga jips yopishib qoladi
va keyingi jarayonlarda tushib ketmaydi. O’lik hujayralar bo’yoqni o’ziga yaxshi
singdiradi, yaьni yaxshi bo’yaladi.
Fiksatsiya qilish uchun preparat pintset yordamida yoki bosh va ko’rsatkich
barmoqlar bilan ushlanadi va gorelka alangasi ustidan 3-4 olib o’tiladi. Buyum
oynasi barmoq tekkizilganda sal kuydiradigan darajada 2-3 sekund mobaynida
qizdiriladi. Bundan ortiq termik fiksatsiya mikrob hujayralarining tuzilishi va
shaklini o’zgartirib yuborishi mumkin. Shuningdek, kimyoviy moddalar bilan
fiksatsiya qilish ham qo’llaniladi. Buning uchun surtmali buyum oynasi 96% li
etonol solingan menzurkaga 15-20 min, suvsiz metanolga 3-5 min, atsetonga 5
min, Nikiforov aralashmasiga 15-20 min, etanol va 40% li formalinning 95:5
nisbatdagi aralashmasiga 2 minut solib qo’yiladi. Fiksatorni bevosita surtma ustiga
qo’yish va ko’rsatilgan vaqtgacha tutib turish ham mumkin. Fiksatsiya tugagandan
keyin surtma distillangan suv oqimi bilan yuviladi va shundan keyin bo’yaladi.
Bo’yash. Mikroorganizmlarni bo’yashning oddiy, murakkab va differentsial
usullari mavjud. Oddiy bo’yash usulida bitta bo’yoq ishlatiladi va barcha
hujayralar bo’yaladi. Murakkab bo’yash usulida ikki yoki bir nechta bo’yoqlardan
foydalanish ko’zda tutiladi. Masalan, bakteriyalarning Gram bo’yicha bo’yashga
munosabatini diagnostik aniqlash. Differentsial bo’yash usuli hujayra biologik
tuzilmalarining turli bo’yoqlarga nisbatan individual munosabatiga asoslangan
(sporalarni, qobiqni, xivchinlarni, yadroni, kapsulani va h.k ni bo’yash).
Fiksatordan yuvilgan surtma vannacha ustiga o’rnatilgan ko’prikchaga
joylashtiriladi. Surtma ustiga bo’yoq eritmasi tomizg’ich bilan quyiladi. Bo’yash
davomiyligi har xil bo’ladi: suvli fuksin uchun – 1-2 min, ko’k metilen uchun – 3-5
min. Bo’yash jarayoni tugagandan keyin preparat oynaning chetidan ushlagan
xolda olinadi, qiya xolatda tutiladi va kuchsiz suv oqimi yordamida bo’yoq yuvib
tashlanadi. Yuvish oqib tushayotgan suvda bo’yoq deyarli qolmagunga qadar
davom ettiriladi. Shundan keyin preparat havoda yoki oynaga ehtiyotlik bilan filtr
qog’ozini tegizib quritiladi. Bo’yalgan surtma immertsion ob’ektiv orqali
mikroskopda ko’riladi. Puxta tayyorlangan va to’g’ri bo’yalgan preparatda ko’rish
maydoni toza bo’lib, faqat hujayralar bo’yalgan bo’ladi xolos. Toza fon hosil qilish
uchun byoq eritmasini surtma ustiga qo’yilgan filtr qog’ozga qo’yish yoki oldindan
tegishli bo’yoq singdirilgan filtr qog’ozdan foydalanish mumkin. Fiksatsiya
qilingan surtma ustiga bir necha distillangan suv tomchisi tomiziladi, uning ustidan
esa surtma o’lchamiga moslab qirqib olingan va tegishli bo’yoq bilan bo’yalgan
filtr qog’oz qo’yiladi, u oyna sirtiga bosiladi va belgilangan muddatda shunday
ushlab turiladi. Shundan keyin qog’oz olib tashlanadi, preparat suv bilan yuviladi,
quritiladi va immertsiya orqali mikroskopda ko’riladi.
Elektron mikroskopni yaratilishi bilan oddiy yorug’lik mikroskoplar ham o’z
mavqeini yo’qotgani yo’q. Hozirgi zamon mikroskoplari 2000–2500 ga qadar
kattalashtirib berganligi uchun turli ayrim bakteriyalarning morfologiyasini oson
aniqlanadigan bo’ldi. Eng kattalashtirish 90x15 immersion ob’ekt qobiliyati
deyiladi. Uni ko’paytirish va ozaytirish ikki usulda qilinadi.
1. Eng katta operturali ob’ektlardan foydalanish. Bu esa har bir ob’ektivga
yozilgan. Eng katta operturali ob’ektiv bu MI–90 yoki OI–90, bundan morfologlar
foydalaniladigan ob’ektivlar hisoblanadi.
2. Ikkinchi usuli esa ob’ektga kelayotgan nurni to’lqin uzunligini qisqartirish.
Bunda ultrabinafsha nurlardan foydalaniladi. Buning uchun maxsus moslama UF
mikroskopidan foydalaniladi. Ya’ni nurni to’lqin uzunligi 1/3 ga qisqartiradi. Bu
degani oddiy yorug’lik mikroskopida 0.2–0.3 mkm kattalikga ega bo’lgan
mikroorganizmlarni ko’rish mumkin.
Biologik mikroskoplar yordamida har tomonlama o’rganish uchun
mikroorganizmlarni fiksatsiyalab bo’yash orqali erishiladi.
Mikroorganizmlarni tirik holida o’rganish uchun mikroskopga turli
moslamalar o’rnatilib o’rganiladi.
Biz shulardan Koller yorug’ligini xususiyati va undan foydalanish
usullaridan birini ko’rib chiqamiz.
Koller yorug’ligi.
1. Hozirgi zamon biologik mikroskoplarni to’la imkoniyatdan foydalanish uchun
Koller usulida yoritishdan foydalanish kerak.
2. Yoritgich OI–19 yoki OI–9 ni mikroskop oldida o’rnatish uchun shotivga
maxkamlanib mikroskop va yoritgich orqali bir xil masofada bo’lishi kerak.
Yoritkichni burab mikroskop oynasini o’rtasiga tushuriladi.
3. Mikroskop kondensatori to’la tepaga ko’tarilib uni diafragmasi to’la berkitiladi.
4. Maydon diafragmasini yoritgich maydon diafragmasi 1,0 – 1,2 sm diametrli qilib
olinadi.
5. Yoritgich lampasini burab uzoq yaqinlashtirish bilan oynadagi speralni aniq
ko’rinishiga olib keladi. Buning uchun yorug’lik tushayotgan oynaga oq qog’oz
qo’yib to’g’rilab olinadi.
6. Mikroskopni oynasidagi yorug’likni ko’rish maydoniga to’g’rilab olinadi.
Zarurat tug’ilganda yorug’lik kuchini transformator yordamida pasaytirib
kuchaytirish mumkin.
7. Mikrokopni buyum stolchasiga preparatni joylashtirib kichik ob’ektiv orqali
yorug’likni aniq yo’nalishini topib oladi.
8. Mikroskop oynasini burash yordamida ko’rish maydonini diafragma yoritgichga
to’g’rilab moslanadi.
9. Mikroskopni immersion ob’ektividan foydalanish usullari.
Hozirgi zamon mikroskoplari ichida o’quvchilarga moslangan qulay
mikroskop markalaridan MBI–1; MBI–3; va biolama modeli hisoblanadi.
Mikroskopni qimmatini oshiradigan qismi bu uni ob’ektivi hisoblanadi.
Ob’ektiv xususiyatlarini bilish uchun quyidagi tomonlarini eslatib o’tamiz: