Mikrobiologiya, virusologiya va immunologiya moduliga kirish
Yuklangan vaqt
2024-12-16
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
24
Faytl hajmi
49,5 KB
Mikrobiologiya, virusologiya va immunologiya moduliga kirish
Maruza rejasi:
1. Mikrobiologiya, virusologiya va immunologiya fanining maqsadi.
2. Mikrobiologiya, virusologiya va immunologiya fanining vazifalari.
3. Mikroorganizmlarning sistematikasi
4. Mikroorganizmlarning klassifikatsiyasi
5. Mikroorganizmlar morfologiyasi.
6. Prokariotlar gaploid organizmlar
7. Bakteriya hujayrasining tuzilishi
8. Bakteriyalarning kapsula, spora xosil qilishi
9. Bakteriyalarning xarakatlanishi.
Asosiy va tayanch iboralar: Mikrobiologiya, parazitologiya, sistematika,
klassifikatsiya,
morfologiya,
bakteriologiya,
virusologiya,
immunologiya,
mikologiya, protozoologiya, klon, shtamm, aralash kultura,sof kultura. Prokariot,
kapsula, spora, nukleoid, sitoplazma xivchin, monotrix, amfitrix, lofotrix, peretrix,
pili, fimbriya.
Mikroorganizmlar tabiatda 3,5 mlrd yil oldin paydo bo‘lgan degan tahminlar
bo‘lib, mikrobiologiya (kichik, hayot, fan) – mayda, sodda, ko‘zga ko‘rinmaydigan
1 hujayrali organizmlar to‘g‘risidagi fan. Bu fan mikroblarning hayot faoliyati, ular
ta’sirida odam, hayvon va o‘simliklar organizmida sodir bo‘ladigan o‘zgarishlar
qonuniyatlarini o‘rganadi.
«Mikrob» terminini-1878 yil fransuz olimi Sedillo ishlatgan.
Mikrobiologiya - 1 necha tarmoqlarga bo‘lingan bo‘lib:
1. Qishloq xo‘jalik mikrobiologiyasi
2. Veterinariya mikrobiologiyasi
3. Sanoat yoki texnika mikrobiologiyasi
4. Oziq ovqatlar mikrobiologiyasi
5. Kosmik mikrobiologiyasi
6. Tibbiyot meditsina mikrobiologiyalar bo‘linadi.
Tibbiyot mikrobiologiyasi o‘z navbatida:
A) Bakteriologiya (bakteriyalar to‘g‘risida ta’limot)
B) Virusologiya (viruslar to‘g‘risidagi ta’limot)
V)Immunologiya (organizmni begona, yot moddalardan himoya qilish
vositasi)
G)Mikologiya (organizmga ziyoni bo‘lgan zamburug‘lar faoliyatini o‘rganish)
D)Protozoologiya (1 hujayrali potogen sodda jonivorlar faoliyatini o‘rganish)
Tibbiyot mikrobiologiyasi 2 qismdan iborat bo‘lib:
1. Umumiy mikrobiologiya – bu qismda mikroblarning tuzilishi, fiziologiyasi,
genetikasi, ko‘payishi, nafas olish va oziqlanishi, mikroblar bilan makroorganizm
o‘rtasidagi munosabati, immunitetni o‘rganadi.
2. Xususiy mikrobiologiya – yuqumli kasallik qo‘zg‘atuvchilarining
morfologik, biokimyoviy, patogenlik xususiyatlari, bu kasalliklarni laboratoriya
usulida aniqlash, maxsus davolashva profilaktikasi o‘rganiladi.
Virusologiyaning asosiy vazifalari:
Yangi topilgan viruslar qo‘zg‘atadigan kasalliklar,xususan viruslarning o‘sma
kasalliklaridagi o‘rnini aniqlash, virusli kasalliklarga aniq vato‘g‘ri tashxis qo‘yish,
ularni oldini olish va davolash usullarini ishlab chiqishdan iborat.
Immunologiya fani keyingi yillarda tez suratda rivojlanib - Immunitet –
organizmning ichki muhit gomeostazini ham ekzogen (tashqi), ham (endogen)yot
omillar ta’siriga nisbatan normada ushlabturuvchi tizim tushuniladi.
Meditsina
mikrobiologiyasi
patogen
va
shartli
mikroblarning
xossalarini,ularning kasallik qo‘zg‘atishdagi, yani infeksion jarayondagi rolini,
kasalliklarini laborotoriya diagnostikasini, oldini olish choralarini va boshqalarini
ko‘rib chiqadi.
Meditsina mikrobiologiyasi o‘z navbatida virusologiya, immunologiya sanitar
mikrobiologiya, parazitologiya, mikologiya kabi bo‘limlarga bo‘linadi.
Mikrobiologiya, virusologiya va immunologiyaning muvaffaqiyatlaridan biri
infeksion kasalliklarga qarshi kurash choralari aniqlanganligidir. Kasallikni o‘z
vaqtida aniqlash, infeksiya manbaini zararsizlantirish, umumiy va maxsus
profilaktika qilish, infeksion kasallikni xalqimiz orasida kamaytirishga va butunlay
yo‘q qilishga olib keladi.
Tibbiyot
mikrobiologiyasi,
immunologiyasi
va
virusologiyasining
vazifalari – yuqumli kasalliklar qo‘zg‘atuvchilarini aniqlash, bunday kasalliklarni
oldini olish, ularni iloji boricha kamaytirish, patogen mikroorganlarni bartaraf etish
hisoblanadi. Bunday ishlar asosan: (SES), bakteriologik, virusologik immunologik
laboratoriyalarda, ilmiy tekshirish institutlarida va tibbiyot oliy yurtlarining
mikrobiologik, virusologik, immunologik laboratoriyalaridaamalga oshiriladi.
Yuqumli kasalliklarga tashxis qo‘yishda mikrobiologik tekshirish usullaridan
foydalaniladi. Bunda:
1. Mikroskop yordamida tekshirish – bu tekshirishning 5 bosqichi bo‘lib,
asosan
kasallik
qo‘zg‘atuvchisining
morfologik,
tinktorlangan
xususiyatlari,mikroblarning bo‘linishi, shakli, harakati aniqlanadi.
2. Bakteriologik usul – mikroblar sun’iy oziq muhitga ekiladi, gumon qilingan
mikroblarning sof kulturasi ajratib olinadi, olingan mikroblarning fermentativ
faolligi, antibakterial dorilarga ta’sirchanligi, antigenlik va boshqa xususiyatlari
o‘rganiladi.
3. Biologik usul – yuqumli materiallarni turli hayvonlarga yuqtirish yo‘li bilan
kasallik qo‘zg‘atuvchisini ajratib olinadi va uning patogenligi, tekshiruv materialida
zaharli moddalar bor-yo‘qligi aniqlanadi.
4. Serologik usul – immun zardob yordamida reaksiyalar qo‘yilib kasallik
tashxisi aniqlanadi. Bu usul kasallik qo‘zg‘atuvchisini ajratish mushkul bo‘lganda
yaxshi samara beradi va tezkor usul hisoblanadi.
5. Allergik usul – ma’lum bir yuqumli mikrobga nisbatan organizmda yuqori
sezgirlik holati paydo bo‘lib, bu makroorganizmlarning mikrob antigeniga javoban
o‘ziga xos reaksiyasi bo‘lib – bu holat allergik sinamalar yordamida aniqlanadi.
Tibbiyot mikrobiologiyasining tarixi va rivojlanishi 3 davrga bo‘linadi:
1. Kuzatuv davri yoki mikroskopik davr – 1700 yil oxirigacha. Bulardan
mikroskopik davr bo‘lib, buning asoschisi gollandiyalik olim Antoniy Levenguk
(1632-1723y. ) hisoblanadi. Birinchi marotaba linza yordamida mikroblarni har xil
ko‘rinishida ekanligini ko‘rgan va tabiat mo‘jizalarini ochib bergan.
2. Morfologik davr – 1700-1800 yillar Mikroblarning morfologik davrining
asoschisi fransuz olimi Lui Pasterdir. Bu olim mikroorganizmlarni morfologik va
fiziologik
xususiyatlari
bilan
farq
qilishini
aniqladi.
Bundan
tashqari
mikroorganizmlarning odam hayotidagi roli, sterilizatsiya, aseptika, antiseptika,
kasallikka qarshi vaksina tayyorlash kabi ishlarni bajaradi.
3. Fiziologik davr – 19 asr va xozirgi vaqtgacha bo‘lgan davrlar
Mikrobiologiyaning fiziologik davri asoschilardan biri Robert Kox hisoblanadi. Bu
olim mikroblarni o‘stirish, sof kultura olish kabi ishlarni bajaradi. Bundan tashqari
sil kasalligi qo‘zg‘atuvchisini sof xolda ajratib oldi. Mikrobiologiya rivojlanishida
viruslarning ochilishi, immunologiyaning rivojlanishi davrlari mavjud bo‘lib, har
birlarining asoschilari bu sohada juda ko‘p ishlarni bajarishgan. Bu olimlar-D. I.
Ivanovskiy, I. I. Mechnikov va boshqalardir.
Abu Ali Ibn Sino (980-1037) – yuqumli kasalliklarni ko‘zga ko‘rinmaydigan
tirik mavjudotlar qo‘zg‘atishi, bular suv, havo orqali tarqalishini aniqlagan.
1590y. - Gans va Yansenlar shishadan asbob yasab – mayda jism ko‘rdilar.
1609-1610 Galiley 1-marta oddiy mikroskop yaratgan.
Levenguk – 160-300 marta kattalashtirib ko‘rsatadigan mikroskop kashf
qilgan. Samoylovich – rus olimi – toun kasalligini mikroblar tomonidan paydo
bo‘lishini aytgan edi.
E. Jenner (1749-1823) – sigirdan olingan chinchechak virusi bilan odamlarni
emlab, bu infeksiyaga qarshi immunitet xosil qilish usulini ishlab chiqdi.
1839y. Sheynleyn kal (favus) kasalligini patogen zamburug‘lar qo‘zg‘atishini
ishlab chiqdi.
1843 y. Grubi kirma temiratki
1849-1854 y. Pollender Daven kuydirgi mikrobini topdi.
Lui
Paster
(1822-1945)
uglevodlarning
bijg‘ishi,
sutning
achishi
(mikroblarning fermentlik faoliyati sababli) – 1860-61, O2 – siz sharoitda
yashaydigan – anaeroblar borligini, bijg‘ish ham faoliyati tufayli vujudga kelishini
isbotladi, vino, pivolarning achib qolishi, - oziq-ovqat mikrobiologiyasiga asos soldi.
U parrandalar vabosi, kuydirgi, qutirish kasalliklariga qarshi vaksina tayyorlash
usulini ishlab chiqdi. U oziq muhitlarga tashqaridan yot mikroorganlar tushmaslik
usulini topdi. U anaerob bakteriyalarni topdi.
Robert Kox (1843-1910) – mikroorganizmlarni quyuq muhitlarda ekib,
mikrobning toza kulturasini ajratib oldi. Mikroskop bilan ishlashda immersion
sistemasini joriy etdi. 1) Sil kasalligi mikrobini (1882) topdi(tuberkulin moddasini
ajratib oldi). 2) Vabo mikrobini topdi. 3) Mikrobning sof kulturasini ajratib oldi.
Mechnikov (1845-1916) - fagatsitoz paz-ya va antibiotiklarni ajratib olish
texnikasini ishlab chiqdi.
1924-25 y. - Ramon – anatoksinlarni tayyorlash usullarini ishlab chiqdi.
1919 y. - Kalmet, Geren silga qarshi BSJ ni
1931 y. - Jerar – toun kasalligiga qarshi
1939 y. – Teyler – sariq isitmaga.
1942 y. – Gayskiy – tulyaremiyaga
1955 y. – Seben bolalardagi shol (poliemilit) – tirik vaksina ishlab chiqdilar.
Rus olimiIvanovskiy 1892 yilda tamaki bargi kasalligini viruslar qo‘zg‘atishini
isbotladi.
Gamaley (1859-49) – bakteriyalarning viruslari – bateriofaglar faoliyati bilan
tanishdi.
Zilber (1894-66) kanali ensefalit virusini topdi.
Timakov (1905-77) – mikroorganizmlar genetikasi L-shakl bakteriyalar,
mikoplazmalarning oddiy yuqumli kasalligini aniqladi.
Isaev – rishta kasalligini yo‘qotdi.
Klassifikatsiya (tasnif) – organizmlarning o‘xshashligi va qarindoshligiga
qarab, taksopometrik (taksop) guruhlarga joylashishi.
Nomenklatura – taksopometrik guruhlarning xalqaro qoidalarga mos
keladigan nomlari.
1923 yil Berji bakteriyalarning 1-xalqaro aniqlagichini tuzdi. 1980 yil 1
yanvarda kuchga kirgan bakteriyalarning yangi nomenklaturasi kodeksi bo‘yicha
prokariot olamining quyidagi tasnifi kategoriyalari joriy qilindi: tur – urug‘ – oila –
tartib – sinf – bo‘lim.
Bakteriyalar turi quyidagi xossalari bo‘yicha aniqlanadi:
1) Kelib chiqishi umumiy.
2) Muayyan yashash muhitga moslashishi.
3) Moddalar almashinuvi va tur orasidagi munosabatlari o‘xshash
4)Irsiy apparativa fiziologik belgilari o‘zaro yaqin bo‘lgan populyatsiyalar
yig‘indisi.
Bakteriyalarni nomlash uchun binomenal K. Linney nomenklaturasi (2 nomlik)
qabul qilingan. Bunda har bir mikroorganizm urug‘ va tur nomi bilan ataladi. Urug‘
katta harf bilan, tur kichik harf bilan yoziladi. Masalan: yiring x\k kokklar –
Stafilokokkus aureus
Klon – 1 mikrob hujayrasining ko‘payishidan xosil bo‘ladigan hujayralar
yig‘indisi.
Shtamm – odam va hayvon organizmiva tashqi muhitdan ajratib olingan 1
turdagi bakteriyalar kulturasi.
Aralash kultura – tabiiy substratlar, nosteril bo‘shliqlar (oziq moddalar, suv,
havo, tuproq) lardan ajratib olingan har xil mikroblar yig‘indisi.
Sof kultura – 1tur vakillaridan tashkil topgan populyatsiya yig‘indisi.
Bakteriyalar sistematikasi: 1994 yilda sistematikaning yangi 4 jildi chop
etildi. Bu sistemada bakteriyalarning 35 guruhi bor.
Meditsina mikrobiologiyasi asosan patogen mikroorganizmlarni o‘rganadi,
bular xilma-xil bo‘lib, quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
Bakteriyalar, spiroxetalar, rikketsiyalar, xlamidiyalar, mikroplazmalar,
aktinomitsetlar, zamburug‘lar, sodda hayvonlar.
Mikrobiologiya fanini o‘rganish har bir sohadagi shifokor uchun zarurdir.
Yuqumli kasalliklarni keltirib chiqarishda mikroorganizmlarning roli kattadir.
Bularni mikrobiologik usullarda tekshirib, to‘g‘ri diagnoz qo‘yib davolashda
davolovchi shifokorlar uchun ahamiyati kattadir.
Bakteriyalar-(yunoncha so‘z bo‘lib, bacterion-tayoqcha demakdir) bir
hujayrali, xlorofilsiz mikroorganizmlar bo‘lib, asosan bo‘linib ko‘payish
xususiyatiga ega.
Bakteriyalar bir-birlaridan shakllariga qarab, surtmada joylanishiga qarab,
katta-kichikligiga qarab farqlanadi.
Shakliga qarabbakteriyalar sharsimon, tayoqchasimon yoki silindrsimon (asl
bakteriyalar) burama bakteriyalar, spirallilarga bo‘linadi.
Bundan tashqari, tayoqchasimon bakteriyalar ham mavjuddir.
Tayoqchasimon bakteriyalar yoki asl bakteriyalar (yunoncha so‘z bo‘lib
bacteria-tayoqcha demakdir) silindrsimon shaklda bo‘lib, bu bakteriyalar ham katta-
kichikligiga, surtmada joylanishiga, tayoqchani uchining ko‘rinishiga qarab bir-
biridan farq qiladi. Katta-kichikligiga qarab (razmer)
Bakteriyalar quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
A) juda mayda- 0,1 - 1,0 mkm (ko‘kyo‘tal qo‘zg‘atuvchisi)
B) mayda- 1,2 mkm (brusullyoz, tulyaremiya qo‘zg‘atuvchisi)
V) o‘rtacha- 10 mkm (ichak tayoqchasi va boshqalar)
G)katta, yirik-10 mkm,undan yuqori (kuydirgi kasalligini qo‘zg‘atuvchisi)
Surtmada joylanishiga qarab: yakka-yakka bo‘lib joylashadi, juft-juft bo‘lib
joylashsa-diplobakteriyalar, agar spora xosil qilsa diplobatsillalar deb ataladi,
bakteriyalar surtmada zanjirsimon bo‘lib joylashsa streptobakteriyalar deb ataladi,
agar spora xosil qilsa streptobatsillalar deb ataladi, tayoqchaning uchini ko‘rinishiga
qarab ham har xil bo‘lishi mumkin (misollar keltiriladi).
Bakteriyalarni
kattaligi
mikrofologiyasini
o‘rganish
meditsina
mikrobiologiyasining amaliy mashg‘ulotlarida katta ahamiyatga ega bo‘lib, patogen
mikroblarni ajratib olishda va ularni bir-biridan farqlashda (differensirovka) va bazi
bakteriyalarni morfologik belgisini o‘rganib, shu kasallikka diagnoz qo‘yishda
xizmat qiladi. Shuni esda saqlash kerakki. bazi xollarda tashqi muhit ta’sirlari
natijasida bakteriyalar o‘z shaklini o‘zgartiradi, bu hodisani polimorfizm hodisasi
deb ataladi va fenotipda namayon bo‘ladi. Bakteriyalarning bu xususiyati
mikrobiologiya fanining amaliy mashg‘ulotida katta ahamiyatga egadir.
Mikroorganizmlarning tuzilishi va o‘rganish usullari.
Prokariotlar gaploid organizmlar bo‘lib, bitta genomdan tashkil topgan.
Mitoxondriya va Golji apparati yo‘q. Amyobasimon harakatlanmaydi. Ular nukleoid
tarkibida bo‘lgan turli xil kiritmalar bo‘lgan sitoplazma, qobiq va boshqa
elementlardan tashkil topgan murakkab tuzilishga ega.
Bakteriya hujayrasining tuzilishi elektron mikroskop va kimyoviy tekshirishlar
yordamida aniqlanadi.
Nukleoid prokariotlarda yadro vazifasini bajaradi, ammo tuzilishi va kimyoviy
tarkibiga ko‘ra eukariotlar yadrosidan farq qiladi. Nukleoidda yadro membranasi va
xromosoma bo‘lmaydi. Uning tarkibida asosiy oqsil – gistonlar ham yo‘q.
Nukleoidda DNK ning ikki ipli molekulasi, oz miqdorda RNK va oqsillar bor. Unda
hujayraning barcha irsiy ma’lumotlari joylashgan. Bakteriyalarda DNK molekulasi
xromosoma deb ataladi. Bakteriya hujayrasida bitta xromosoma bor, chunki ular
gaploid
Sitoplazmada nukleoid bilan birga avtonom holatda kichik xalqaga o‘xshash
DNK molekulasi, ya’ni irsiy ma’lumotlar yozilgan, plazmidalar ham bo‘ladi. Ular
bakteriya hayotida muhim rol o‘ynamaydi. Ko‘pgina bakteriyalar sitoplazmasi
kolloid holatda bo‘lib, suv, oqsillar, uglevodlar, lipoidlar, mineral tuzlar
aralashmasidan iborat. Tiniq suvsimon, sal yopishqoq sitoplazmatik membrana bilan
o‘ralgan bo‘ladi.
Sitoplazmada diametri 100-200 A ga teng bo‘lgan ribonukleoproteid
donachalari mavjud. Bu donachalar ribosomalar deb ataladi. Bakteriyalar
sitoplazmasida turli kiritmalar ham uchraydi. Masalan, bug‘ma tayoqchalarida
bo‘ladigan valyutin donachalari, lipoproteid tanachalari, glikogen, granulyoma,
oltingugurt, kalsiy donachalari va x. k. Bir necha ribosomalar qo‘shilib polisomalarni
tashkil qiladi. Ribosoma va polisomalar qo‘shilib, membrana va fibrillyar tuzilmaga
birikadi. Ribosomalar bakteriyalarda ribonukleoprotein zarrachalaridan tashkil
topgan.
Ribosomalar RNK va oqsildan iborat bo‘lib bakteriyalar sitoplazmasida erkin
xolda yotadi. Ribosomalar soni har bir hujayrada 100 tagacha va undan ham ortiq
bo‘lishi mumkin. Bakteriyalar protoplazmasida ribosomal RNK (rRNK) dan tashkari
informatsion RNK (iRNK) ham bo‘ladi.
Mezosomalar bakteriyalar hujayrasining asosiy qismi bo‘lib, ular hujayraning
bo‘linishi
hamda
oksidlanish-qaytarilish
jarayonlarida
ishtirok
etadi
va
mitoxondriyalar vazifasini o‘taydi.
Lipoproteid tanachalar yog‘ tomchilari ko‘rinishida ko‘pincha batsilla va
spirallarda uchraydi. Ular uglevodi ko‘p bo‘lgan oziq muhitlarda bakteriyalarni
o‘stirganda ko‘payadi va aksincha. Bu tanachalarni sitoplazmada fuksin bilan bo‘yab
ko‘rish mumkin. Valyutin donachalari metoxromatik granula (polimetafosfat) lar
hisoblanib, ko‘pincha bakteriyaning chetida joylashadi.
Hujayra ichidagi kiritmalarga glikogen va granulyozalar kiradi. Ularni Lyugol
eritmasi bilan bo‘yab ko‘riladi. Glikogen donachalari aerob batsillalarda, granulyoza
esa ko‘pincha yog‘li-nordon bakteriyalarda uchraydi.
Bakteriyalar sitoplazmasida vakuollar xam bor. Ular suvda eruvchan turli
moddalardan iborat bo‘lib, lipoproteid tabiatli membrana (monoplast) bilan o‘ralgan.
Vakuollar soni 6-10 ta, faol o‘sish davrida 20 tagacha yetadi. Ayrim olimlarning
fikricha vakuollar bakteriya hujayrasidagi zaharli moddalar, jumladan ekzotoksin
yig‘iladigan joy, 2chi guruh tadqiqotchilarining fikricha ko‘p suv to‘planganda xosil
bo‘ladigan tuzilmalardir.
Mikrobakteriya, streptokokk, protey, aktinomitset, klostridiy va boshqa
mikroorganizmlar rapidosomlar yoki mayda naychalar bo‘ladi. Mikrobakteriyalarda
bu naychalar qattiq muhitda harakatni ta’minlaydi.
Bakteriya qobig‘i. Bu sitoplazmatik membrana, hujayra devori va kapsula
kavati, ayrim bakteriyalarda haqiqiy kapsuladan tashkil topgan.
Hujayra devori. Qalinligi 10-35 nm, tarkibi asosan peptidoglikan, murein,
mukopeptiddan iborat. Devor mikrob hujayrasini atrof muhitdan ajratib turadi va
uning shaklini saqlaydi. Kimyoviy tarkibiga ko‘ra hujayra devori grammusbat va
grammanfiy bakteriyalardan keskin farq qiladi. Grammusbatlarda bu devor 95%
gacha glikopeptidlardan, 2,5% lipidlar, polisaxaridlar va teyxol kislotalardan,
grammanfiy bakteriyalardaatigi 5-10 glikopeptidlar, 25% cha lipidlar, oqsillar va
polisaxaridlardan iborat. Bakteriyalarning Gramm usulida turlicha bo‘yalishi
hamhujayra devorining kimyoviy tarkibiga bog‘liq.
Hujayra devori faqat bakteriyalar, aktinometsetlar, ko‘k-yashil suv o‘tlari va
rikketsiyalarda bo‘ladi. Spiroxeta, mikoplazma va mikobakteriyalarda bu tuzilma
bo‘lmaydi. Hujayra devorining mikroblar oziqlanishida katta ahamiyati bor. U
moddalarni tanlab o‘tkazish xususiyatiga ega bo‘lganligi uchun turli moddalarning
hujayra ichiga o‘tib almashinuv mahsulotlarining tashqariga chiqib turishini
ta’minlaydi. Molekulalari uncha katta bo‘lmagan suv, glyukoza, aminokislotalar,
yog‘ kislotalar hujayra devori orqali oson o‘tadi. Murakkabrok tuzilishga ega
bo‘lgan yirikroq organik moddalar molekulalari hujayra sintez qiladigan fermentlar
ta’sirida parchalanib, maydaroq molekulalarga aylangandan keyin teshiklardan
sitoplazmaga kiradi.
Sitoplazmatik membrana – bakteriya hujayrasi devorining tagida joylashgan
tuzilma. Uning qalinligi 5-7,5 nm. U lipid, protein va polisaxarid qavatlaridan iborat.
Sitoplazmatik membrananing kimyoviy tarkibi oqsil, fosfolipid, lipoprotein, qisman
uglevod va boshqa birikmalardan tashkil topgan. Bu membrana hujayra devorini
sitoplazmadan ajratib turadi, membranadan fermentlar (permeaza) yordamida
doimiy ravishda bakteriya hayoti uchun zarur bo‘lgan turli moddalar va ionlar o‘tib
turadi. Sitoplazmatik membranada bakteriyalar atrof muhitdan kelgan signallar, oziq
muhitlar va antibakterial birikmalarni farqlaydi.
Membrananing yuzasida joylashgan faol ferment tizimi oqsil, taksin,
fermentlar, nuklein kislota va boshqa moddalar sintezida qatnashadi.
Sitoplazmatik membranada bir-biri bilan bog‘liq turli xil reaksiyalar amalga
oshadi. Hujayra membranasining sitoplazma ichiga botishi natijasida mezosomalar
xosil bo‘ladi. Ular hujayra devorining paydo bo‘lishi va hujayraning bo‘linishida
ma’lum darajada qatnashadi. Mezosomalar nukleoidlar bilan bog‘liq bo‘lganligi
sababli spora xosil qilishda ishtirok etadi.
Sitoplazmatik
membrana
bakteriya
hujayrasining
osmotik
bosimini
ta’minlaydi, hujayra bilan tashqi muhit o‘rtasida to‘siq vazifaini o‘taydi. Turli
omillar ta’sirida bakteriya hujayra devoridan maxrum bo‘lishi mumkin. Masalan,
lizotsim ta’sirida tayoqchasimon grammanfiy bakteriyalaring hujayra devori qisman
erib ketsa, hujayra sferik shaklni egallaydi. Shuning uchun ular sferoplastlar deb
ataladi. Bakteriyalarning hujayra devori to‘liq erib ketsa, u xolda protoplastlar
deyiladi.
Protoplastlar ko‘payish, oqsil, nuklein kislota va fermentlar sintez qilish, spora
xosil qilishga moyil, lekin chidamsiz, ayniqsa osmotik bosimning o‘zgarib turishi va
mexanik ta’sirotlarga sezgirdir. Ularga bakteriofag ta’sir qilmaydi. Protoplastlarga
bakteriyalarning L-shakli misol bo‘la oladi. Uni 1chi marta 1935 yilda Lister
institutida aniqlanganligi uchun shu nom berilgan. L-shakl mikrobning
o‘zgaruvchanligi natijasidir. Bunday o‘zgaruvchanlik va bakteriyaning hujayra
devoridan maxrum bo‘lishi dorilar, jumladan penitsilin ta’sirida vujudga kelishi
mumkin. Penitsilin ta’sirida hujayra devori sintezi buziladi, natijada hujayraning
o‘sishi, ko‘payishi ham o‘zgaradi. Bakteriyalarning L-shakli turg‘un va noturg‘un
bo‘ladi. Noturg‘un shakllar ta’sir etadigan omil bartarf etilsa, bakteriya L-shakldan
yana o‘zining tabiiy shaklini olishi mumkin. Turg‘un L-shakl mikoplazmaga
o‘xshaydi.
Bakteriyalarning kapsula xosil qilishi. Ayrim bakteriyalar turli omillar
ta’sirida ko‘plab shilimshiq modda ishlab chiqarib hujayrani qoplaydi. Ba’zi
mikroblar faqat odam yoki hayvon organizmiga tushganda kapsula xosil qiladi.
Bular pnevmokokklar, kuydirgi, qorason qo‘zg‘atuvchilaridir. Boshqalari (kapsulali
bakteriyalar guruhi vakillari) doimo oziq muhitda ham kapsula xosil qiladi. Kapsula
mikrob hujayrasini himoyalaydi. , ularga fagotsit hujayralar, antitelolar sezilarli
darajada ta’sir qilmaydi. Kimyoviy tarkibi jihatdan aksari bakteriyalarning
kapsulalari
polisaxaridlardan,
kuydirgi
tayoqchasining
kapsulasi
esa
polipeptidlardan tuzilgan deb topilgan.
Ayrim bakteriyalar (stafilokokk, streptokokk, bug‘ma qo‘zg‘atuvchisi va
boshqalar) mikrokapsula xosil qiladi, buni faqat elektron mikroskop yordamida
aniqlash mumkin.
Uglevodi mo‘l bo‘lgan oziq muhitlarda ko‘pgina bakteriyalar mikrokapsula,
saprofit bakteriyalar esa bir necha bakteriya hujayra uchun umumiy bo‘lgan kapsula
xosil qiladi. Bunday bakteriyalar zoogleyalar deyiladi.
Sporalar. Spora xosil qilish tayoqchasimon bakteriya batsilla va klostridiylarga
xos bo‘lib, bu hodisa tashki muhitning noqulay sharoitiga tushganda (masalan,
haroratning o‘zgarishi, oziq muhit yetishmasligi, kulturaning qarishi, turli kimyoviy
moddalar ta’sir etishi) ro‘y beradi. Sporalar turli omillar ta’siriga chidamli bo‘lib,
turni saqlashda muhim rol o‘ynaydi. Odatda bitta hujayrada bitta spora xosil bo‘ladi.
Har bir bakteriyaning sporasi o‘ziga xos joylashgan. Masalan, kuydirgi
tayoqchasining sporasi faqat bakteriya markazida, qoqshol tayoqchasining sporasi
esa uchida bo‘ladi. Spora bakteriyalar vegetativ shaklinig sitoplazmasidagi suvning
bug‘lanishi va sitoplazma quyuqlashishi tufayli vujudga keladi. Sporalarda suv
miqdori 40% atrofida bo‘lsa, vegetativ shaklda 80-90% hajmda bo‘ladi.
Spora xosil bo‘lish jarayoni 16-20 soat davom etadi. Bu jarayonda
sitoplazmaning nukleoid tutuvchi bir qismida ko‘p qavatli zich qobiq xosil bo‘lib,
hujayraning qolgan qismi nobud bo‘ladi.
Sporaning chidamliligi uning tarkibida lipidlar, oqsil, kalsiy tuzlarining ko‘p-
ozligi va erkin suv miqdorining keskin kamayib qolishiga bog‘liq. Sporalar atrof
muhitda, anabioz tarzda yillab yashashi mumkin. Sharoit yaxshilansa, ya’ni oziq
muhit, issiqlik, namlik yetarli bo‘lsa, 4-5 soat davomida spora vegetativ shaklga
o‘tib, mikrob yana faoliyatini davom ettiraveradi. Sporalar bakteriyalar tanasida
joylashishiga qarab 3 guruhga bo‘linadi: 1-markaziy; 2-subterminal – tayoqchaning
bir uchiga yaqin joylashgan; 3-terminal - tayoqchaning eng uchida joylashgan
sporalar.
Spora xosil qiluvchi patogen bakteriyalar (kuydirgi, qoqshol, gazli gangrena
qo‘zg‘atuvchilari) odam va hayvon organizmida spora xosil qilmaydi. Bu jarayon
faqat organizmdan tashqarida kislorod yetarli miqdorda bo‘lgan muhitda ruy beradi.
Chunki bu mikroblar obligat va fakultativ anaeroblar hisoblanadi.
Mikroorganizmlarni tasnifdlashda ularning spora xosil qilish xususiyatiga
e’tibor beriladi. Turli ashyo‘lar, oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmon va
boshqalarni mikrobsizlantirish usullarini tanlashda avvalo sporalarning chidamliligi
va ulardan muhofaza qilish tadbirlari ko‘zda tutiladi.
Xivchinlar. Harakatlanuvchi bakteriyalar ikkiga: 1) sirg‘anib harakatlanuvchi;
2) suzib harakatlanuvchi bakteriyalarga bo‘linadi.
Sirg‘anib harakatlanuvchi bakteriyalar tanasining to‘lqinsimon bo‘lishi
natijasida harakat qiladi. Bularga Myxococcus, Beggiatoa, T’iot’ri’ lar kiradi.
Suzib harakatlanuvchi bakteriyalar suyuq muhitda erkin harakat qiladi.
Ularning xivchinlari ingichka, ipsimon, yo‘g‘onligi 0,02-0,06 mkm, uzunligi 6-9
mkm, ayrim spirallarda esa 80-90 mkm. Xivchinlar soni va hujayrada joylashishi
bakteriyalarni turga xos belgisi hisoblanadi.
Xivchinlar flagellin deb ataladigan, qisqaruvchan oqsildan tuzilgan bo‘lib,
keratin, miozin, fibrinogenlar, shuningdek lizin, asparagin va glutamin kislotalar,
alanin va boshqa kislotalardan tarkib topgan. Xivchinlar bakteriya tanasi bilan ikkita
xalqa orqali birikkan bo‘lib, tashqi xalqa hujayra devorida, ichki xalqa esa
sitoplazaitik membranada joylashgan.
Xivchinli bakteriyalarning harakatlanishi yorug‘ va qorong‘ilashtirilgan
maydonli hamda elektron mikroskoplarda ko‘rib o‘rganish mumkin.
Xivchinlar bakteriya hujayrasida joylashishiga ko‘ra 4 guruhga bo‘linadi: 1.
Monotrixlar – bita xivchini bo‘lgan bakteriyalar. Bularga vabo vibrioni, ko‘k-yashil
yiring qo‘zg‘atuvchisi va x. k. kiradi; 2. Amfitrixlar – bakteriya hujayrasining ikala
qutbida bittadan yoki bir tutamdan xivchini bo‘ladi; 3. Lofotrixlar – hujayraning bir
qutbida bir dasta xivchinlar bo‘ladi (Ko‘k-yashil tayoqchalar, Alcaligenes faecalis);
4. Peritrixlar – xivchinlar bakteriyaning butun tanasi buylab joylashadi (ichak
tayoqchasi, tif-parafit bakteriyalar, salmonellalar)
Xivchinlar bakteriyalarning asosiy harakat a’zosi hisoblanadi. Bakteriyalarning
parmaga o‘xshab buralib harakat qilishi natijasida suyuqlik xivchin bo‘ylab tarqaladi
va bakteriyaning tezligi 50 mkm/sek ga yetadi.
Bakteriyaning harakati xivchinlar soni, kulturaning yoshi va xususiyatiga,
kimyoviy moddalarning bor-yo‘qligiga, oziq muhitning konsistensiyasi, kimyoviy
tarkibi va boshqa omillarga bog‘liq. Monotrix bakteriyalar juda tez harakatlapnadi,
60 mkm/sek ga ham yetishi mumkin. Peritrix bakteriyalar harakati esa juda sust, 5-
10 mkm/sek.
Harakatchan bakteriyalar taksis xususiyatiga ega. Bakteriyalarni harakatga
keltiruvchi omillarga ko‘ra xemotaksis, aerotaksis va fototaksislar ajratiladi.
Bakteriyalar harakatini o‘rganib ayrim bakteriyalar, jumladan vabo vibrioni, tif-
paratif, esherixiylar va boshqalarni idenfikatsiya qilishda foydalaniladi.
Har xil turdagi bakteriyalar ustida tukchalar (fimbriyalar) bo‘ladi. Ular
xivchinlarga nisbatan kalta va ingichka, uzunligi 0,3-1 mkm, yo‘g‘onligi 0,01 mkm,
soni 100dan 400gacha.
Fimbriyalar 2 tipga bo‘linadi. 1-tipga fimbriyalar ko‘p turdagi bakteriyalarda
bo‘lib, adgeziya (yopishish) xususiyatiga ega. Ular yordamida bakteriyalar hayvon
va odam hujayralariga yopishadi. 2-tipdagi fimbriyalarga pililar kiradi. Ular
enterobakteriyalar, neysseriya, gemofil bakteriyalarda, streptokokkning A guruhida,
korinobakteriyalar va boshqalarda topilgan. Pililar hamxivchinlarga o‘xshash
bakteriya hujayralarining doimiy tuzilmasi emas. Jinsiy F-pililar asosan E. coli
bakteriyalarida topilgan, soni to‘rttagacha, uzunligi 0,3-1 mkm, yo‘g‘onligi 0,01
mkm. Bular naychasimon bo‘lganligi uchun irsiy chatishish jarayonida donordan
resipientga pililar orqali irsiy material o‘tadi. Bundan tashqari pililarga ayrim RNK
tutuvchi maxsus faglar birikadi.
Ko‘pincha bakteriyalar ustida polisaxarid ipchalar chigallari – glikokalikslar
(yunoncha calix-qobiq) xosil qiladi.
Streptokokklarda protein ipchalardan tashkil topgan tashqi qobiq bo‘ladi va M-
oqsil (M-protein) deb ataladi. Qobiq makroorganizm bilan bakteriyalarning o‘zaro
ta’sirida muhim ahamiyatga ega.
Mikroorganizmlar tuzilish xususiyatiga qarab eukariot va prokariotlarga
bo‘linadi. Eukariotlar yuqori darajali mikroorganizmlar hisoblanib, ularning
hujayralarida yadro pardasi bilan sitoplazmadan ajralib turadigan differensiallashgan
yadrosi mitoxondriya, goldji apparatlaridan iboratdir. Bularga misol qilib sodda
jonivorlarni, suv o‘tlari, zamburug‘larni misol qilishimiz mumkin.
Prokariotlar esa yadro pardasiga ega emas differensiallashgan yadrosi goldji
apparati yo‘q bo‘lib bularga misol qilib bakteriyalarni olishimiz mumkin.
Mikroorganizmlarni tashqi tarafdan ichkariga qarab o‘rganilsa ularda kapsula
hujayra devori sitoplazmatik parda sitoplazma va undagi moddalar harakat qiluvchi
mikroorganizmlarda xivchin kiprikcha spora xosil qiluvchi mikroorganizmlarda
spora borligi aniqlanadi.
Kapsula. Ba’zi bir mikroorganizmlar tashqi muhit kuchlarining ta’siridan
himoyalanish maqsadida hujayra devorini o‘rab turuvchi kuchli shilimshiq modda
xosil qilishadi. Kapsula asosan polisaxarid mukopolisaxarid yoki polipeptidlardan
tashkil topgan. Asosan bakteriya kapsulasini komponentlari polisaxarid va suvdan
iboratdir. Shuning uchun ham bakteriya kapsulasini aniqlashda ishlatiladigan
bo‘yoqlarni kapsula yaxshi qabul qilmaydi, ya’ni bo‘yalmaydi. Streptokokk
shtammlarining ba’zilarini kapsulalari glyukoza va fruktoza polimerlaridan tashkil
topgan. Bac. Ant’racis ni kapsulasi esa poliglutamin kislotalaridan iboratdir.
Bakteriya kapsulasini qalinligi har xil bo‘lib mikrometr bo‘lakchalaridan to 10
mikrometrgacha bo‘ladi. Agar kapsula qalinligi 0,2 mkm dan kichik bo‘lsa unda
bularni mikrokapsula deb ataladi. Kapsula bu hujayrani zaruriy bir qismi bo‘lmay
balki bu mikroorganizmlarni ba’zi bir muhitga moslashishi fagotsitoz va boshqa
tashqi ta’sirlardan himoya qilish vazifasini bajaradi. Shuning uchun ham kapsula
xosil qiladigan ba’zi bir mikroorganizmlar fagotsitoz va boshqa ta’sirlarga chidamli
hisoblanadi. Mikroorganizmlarni tashki tomondan o‘rab turuvchi shilimshiq
moddani fermentlar yordamida bakteriyaga hech qanday zarar yetkazmasdan
bakteriya tanasidan ajratib olish mumkin, bunda albatta mana shu mikroorganizmni
virulentligi pasayadi. Kapsula xosil qiluvchi mikroorganizmlar kapsula xosil
qilishiga qarab ikki guruhga bo‘linadi.
1) faqat odam va hayvon organizmida kapsula xosil qiluvchi mikroorganizmlar.
Bularga misol qilib kuydirgi kasallik qo‘zg‘atuvchisi Cl. Perfringens pnevmokokkni
olishimiz mumkin.
2) organizmda va tashqi muhitda kaapsula xosil qiluvchi mikroorganizmlar.
Bularga misol qilib klebsiellani olishimiz mumkin.
Ba’zi bir mikroorganizmlar esa mikrokapsula xosil qiladilar. Bularga misol
qilib stafilokokk, streptokokk va boshqa mikroorganizmlar kiradi. Mikrokapsula
borligini va ularni hujayra devoriga mikrofibrilla xolida mahkam bog‘langan holatni
elektron mikroskop yordamida aniqlash mumkin. Qisqacha qilib aytganda kapsula
quyidagi vazifalarni bajaradi. 1) himoya vazifasi 2) patogen bakteriyalarda
virulentlik vazifasi 3) bakteriyalarni tashqi oziq muhitlarga yopishishini ta’minlaydi
4) ba’zi bakteriyalarda antigenlik vazifasini bajaradi. Masalan: pnevmokokklarni
kapsula antigeniga qarab ularni 85 ta tipi ma’lum bo‘lib bulardan 1, 2, 3 tiplari
odamlarda zotiljam kasalligini keltirib chiqaradi. Meditsina praktikasida
mikroorganizmlarni kapsulasini aniqlash muhim diagnostik ahamiyatga ega bo‘lib
bunda mikroorganizm turi aniqlanadi. Kapsulani aniqlash uchun esa Burri Gins
bo‘yash usulidan foydalaniladi. Bundan tashqari oltu antoni giss bo‘yicha bo‘yash
usullaridan foydalaniladi.
Hujayra devori tuzilishi qalinligi va kimyoviy tarkibi grammusbat va
grammanfiy mikroorganizmlarda har xil bo‘lib mana shu belgilari bilan ular
tubdan farq qiladi. Grammusbat bakteriyalarni hujayra devori qalinligi 15-80 nm ni
tashkil etib 60-90% peptiglikan moddasidan iboratdir. Hujayra devorini
glyukopeptid qavati teyxol va kislotasiga boy bo‘lib bu kislota magniy ionlarini
bog‘lab hujayra devorining ustki qatlamida kationlarni zichligini saqlaydi. Murein
qavati esa mikroorganizmlarga ma’lum bir qiya berib turadi va ularda RNK ni DNK
ga nisbatan 8:1 ni tashkil etadi. Hujayra devori qavatlari orasida yotuvchi kanalchalar
uzun diametri kichik bo‘ladi. Grammusbat mikroorganizmlarni Gramm usuli bilan
bo‘yaganda binafsha rangga bo‘yalishiga sabab ularni hujayra devori tarkibida
peptidoglikan moddasini ko‘p bo‘lishi va gensian binafsha bo‘yog‘ini yaxshi qabul
qilishi hisoblanadi. Grammanfiy mikroorganizmlar hujayra devori qalinligi 10-15
nm dan iborat bo‘lib,qisman murakkab 3 qavatdan tashkil topgan 1) Tashqi qavat
mnopolisaxarid qavat hisoblanib ichki yog‘ tuzilmalari sal yuza joylashgan
polisaxaridlar bilan birikmalar xosil qiladi. Lipopolisaxarid qavat antigenlik
xususiyatiga ega hisoblanadi. 2)O‘rta qavat bu minoprotein qavat hisoblanadi.
3)Ichki qavat glyukopeptid qavat hisoblanib peptidoglikan lipopolisaxarid ostida
chuqur bir qatlamli joylashgan bo‘lib 5-10 % ni tashkil etadi. Grammanfiy
bakteriyalarda RNK ni DNK ga nisbatan 1:1 ni tashkil etadi. Hujayra devori qavatlari
orasida yotuvchi kanalchalar kalta diametri keng bo‘ladi. Grammanfiy bakteriyalar
hujayra devorida yog‘lar ko‘p miqdorda bo‘lganligi uchun hujayra devori kam
o‘tkazuvchan bo‘ladi. Shuning uchun ham grammanfiy bakteriyalarni Gramm
usulida bo‘yaganda ularni noralari spirt bilan ishlagandan keyin yetarli darajada
keng bo‘lib gension fiolet yod kompleklarini ajralib chiqishi olib keladi.
Hujayra devori bakteriya aktinomitset rikkitsiyalarga xos bo‘lib spiroxeta
mikoplazmalarda bo‘lmaydi. Hujayra devori asosan quyidagi vazifalarni bajaradi:
1) bakteriyalarga ma’lum shakl beradi.
2) hujayra devoridagi peralarda modda almashinuvi bo‘ladi.
3) hujayra devori bakteriyalarni tashqi muhit faktorlaridan himoya qiladi. 4)
hujayra devorida bakteriyalarni maxsusligini bildiruvchi antigenlari mavjud.
5) hujayra devori mikroorganizmlarni o‘sishi va ko‘payishida qatnashadi.
6) hujayra devori mikroorganizmlarni egiluvchanligini tashqi va ichki osmatik
bosimni saqlab turadi.
7) patogen bakteriyalar hujayra devori linopolisaxaridlari va uni mahsulotlari
endotoksin rolini bajaradi. Pensillin ta’sirida hujayra devori normal sintezini buzilish
va natijada mikroorganizm to‘liq hujayra devoridan ajralishi kuzatiladi. Hujayra
devoridan to‘liq ajralgan mikroorganizmlarga protoplastlar deb ataladi. Bu holatni
grammusbat mikroorganizmlarga lizotsimta’sir qildirilgandan keyin ham kuzatish
mumkin. Bu moddalar ta’sirida mikroorganizm hujayra devori yemrilib sharsimon
ko‘rinishda bo‘ladi. Protoplastlar bo‘linish nafas olish oqsil nuklein kislota
fermentlar spora xosil qilishlariga qaramasdan bakteriyalardan chidamsizligi va
zaifligi osmotik o‘zagarishlari boshqa ta’sir faktorlarga o‘ta sezgirligi bilan ajralib
turadi. Lizotsim immun zardoblar va boshqalar ta’sirila mikroorganizm hujayra
devoridan qisman ajralishi mumkin. Hujayra devorinidan qisman ajralgan