MIKROORGANIZMLAR KLASSIFIKATSIYASI
Reja:
1. Bakteriyalar sistematikasi mikroorganizmlarning strukturalari
2. Binominar nomenklatura
3. Tur, avlodlarning atalishi.
Bakteriyalar sistematikasi mikroorganizmlarning strukturalari, fiziologo-
kimyoviy xususiyatlari. Fenotip va genotip xususiyatlari. Binominar nomenklatura.
Tur, avlodlarning atalishi. Prokariotlar olamining to’rt bo’limi va ularga tavsif.
Bakteriyalar sistematikasi bakteriyalar orasidagi qarindoshlik aloqalari va aniq
belgilar asosida guruhlarga (taksonlarga) ajratish (klassifikatsiyasi) dir.
Zamonaviy klassifikatsiya mikroorganizmlarni atroflicha o’rganib, ularning
barcha xususiyatlarini bilishni taqozo etadi. Buning uchun mikroorganizmlarining
tashqi va ichki strukturalari, fiziologo
–
biokimyoviy
xususiyatlari,
mikroorganizmlar yuzaga keltiradigan jarayonlarini bilish zarur bo’lib, bunda
ularning quyidagi xususiyatlari asos qilib olinadi:
1. Shakli va o’lchami;
2. Harakati (hivchinlarining bor-yo’qligi va joylanishi);
3. Kapsulasi;
4. Endospora hosil qilishi;
5. Gramm usulida bo’yalishi;
6. Modda almashishi;
7. Energiya olishi;
8. Tashqi muhitni o’zgartirishi;
9. Tashqi muhitning mikroorganizmga ta’siri.
Mikrobiologiyaning rivojlanishi mikroorganizmlar tavsifini yanada
chuqurroq bilishni talab etdi. Shu vaqtgacha fenotip xususiyatlari asosiy
hisoblangan bo’lsa, endi genotip xususiyatlarini ham o’rganish kerak bo’ldi va
molekulyar biologiya erishgan yutuqlar bunga imkoniyat yaratdi. Bunda:
1) mikroorganizm nuklein kislotasining nukleotid tarkibi, purin va pirimidin
asoslarining bir-birlariga bo’lgan nisbati o’rganiladi va shu asosda ikki guruh
mikroorganizmlar farqlari aniqlanadi.
2) ikki guruhga mansub mikroorganizm nuklein kislotalarini bir-birlari bilan
gibridlab, ular orasidagi nukleotid gomologiyasi (o’xshashligi) o’rganiladi. Agar,
nuklein kislota tarkibi 80-90% ga gomolog bo’lsa, o’rganilayotgan
mikroorganizmlar yaqin “qarindosh“, gomologligi 50% dan kam bo’lsa,
mikroorganizmlar uzoq “ qarindosh” hisoblanadi.
Mikrorganizmlarning bizda ikkita sistematikasi qo’llaniladi, ya’ni amerikalik
mikrobiologlarning Bergi tahriri ostidagi (1980 y), va rus olimi N.A.Krasilnikov
(1949) sistematikasi.
Bergi hamma bakteriyalarni 4 bo’limga bo’ladi:
- Gracilicutes – Grammanfiy hujayra devori yupqa.
- Firmicutes – Grammusbat hujayra devori qalin.
- Tenericutes – mustahkam hujayra devoriga ega emas
- Mendesicutes – defekt hujayra devori bo’lgan (qadimgi arxebakteriyalar)
N.A.Krasilьnikov esa hamma mikroorganizmlarni ikki guruhga ajratadi:
1. Schizophyceae – xlorofill hosil qiluvchilar
2. Schizomyceae – xlorofillsizlar, ular o’z navbatida 4 sinfga bo’linadi:
1. Actinomycetes – aktinomitsetlar, 2. Eubacteriae – chin bakteriyalar, 3.
Myxobacteriae – miksobakteriyalar, 4. Spirochaetae – spiroxetalarga bo’linadi. Har
bir sinf qator, oila, turkum va turlarga bo’linadi.
Mikrobiologiyada maxsus terminlar keng qo’llaniladi, bular to’plam,
shtamm, klon.
To’plam – bu ozuqa muhitidagi mikroorganizmlar o’sishini ko’rish mumkin
bo’lgan bakteriyalar yig’indisi. Sof to’plam (bir turdagi mikroorganizmlar
yig’indisi) va yo’ldosh to’plam (ikki yoki undan ko’p bo’lgan mikroorganizmlar
yig’indisi) bo’lishi mumkin.
Shtamm – ma’lum manbadan olingan mikroorganizmlarning genetik
jihatdan bir xildagi toza to’plami. Masalan turli joylardan ajratib olinsa yoki biror
xususiyati bilan asosiy turdan farq qilsa shtamm deyiladi.
Klon – bu bitta hujayra naslidan tarqalgan mikroorganizmlar yig’indisi.
Mikroorganizm xususiyatlari aniq o’rganilgandan so’ng, unga K. Linney taklif
qilgan binominal nomenklatura talabi kabi, ikki lotin atamasidan tashkil topgan
ilmiy nom beriladi.
Birinchi atama avlod nomini bildirib, mikroorganizm morfologiyasi yoki
fiziologiyasi yoki shu avlodni kashf etgan olimning ismi-sharifi yoki ajratib
olingan muhitni ifodalaydi. Ikkinchisi esa kichik harflar bilan yozilib,
mikroorganizm koloniyasining rangi, kelib-chiqish manbaini, yoki Shu
mikroorganizm yuzaga keltiradigan jarayon yoki kasallik yoki boshqa bir
farqlantiruvchi belgilarni bildiradi. Masalan, Bacillus albus da birinchi so’z –
Bacillus - spora hosil qiluvchi, Grammmusbat kabi xususiyatlarni anglatsa,
ikkinchi so’z – albus - koloniyasi rangining oq ekanligini bildiradi (albus – oq).
Mikroorganizmlarga 1980-yil 1-yanvardan boshlab Xalqaro bakteriya
nomenklaturasi kodeksi qoidalariga muvofiq nom beriladigan bo’ldi.
Mikroorganizmlarni yaqin belgilariga qarab guruhlash uchun tur (speciess), avlod
(genus), oila (familia), tartib (ordo), sinf (classis), bo’lim (divisio), saltanat yoki
olam ( regnum) kabi taksonomik kategoriyalari ishlatiladi.
Tur deb, fenotipik o’xshashlikka ega bo’lgan bir genotipga mansub indvidlar
(osoblar) yig’indisini bildiruvchi taksonomik birlikka aytiladi. Ular kichik tur
(podvid) va variantlarga bo’linadi.
Quyida biz, D.X.Bergining 1984-yil 9-martda nashr etilgan “Bakteriyalar
aniqlagichi”da keltirilgan eng muhim mikroorganizmlarining qisqacha tavsifini
Ye.N.Mishustin (1987) ta’rifi bo’yicha keltiramiz.
Aniqlagichda jami mikroorganizmlar Procariotae dunyosiga birlashtirilib, u
o’z navbatida to’rt bo’limga (divisio), bo’limlar esa sinflarga ((classis), tartiblarga
(ordo) oilalarga (familia) avlodlarga (genus)va turlarga (cpeciess) bo’linadi.
Mikroorganizmlar asosan, hujayra devorining bor-yo’qligi va ularning turiga qarab
bo’limlarga, sinf va undan mayda (kichik) taksonomik birliklar esa
mikroorganizmlarning morfologiya, fiziologik-biokimyoviy belgilari yig’indisiga
qarab bo’lingan.
Bergi Procariotae dunyosini to’rtta bo’limga ajratadi.
I BO’LIM -
GRASILICUTES
(grasilus - so’zi lotincha so’z bo’lib yupqa degan, cutes - po’st, teri degan ma’noni
bildiradi). Bu bo’limga grammanfiy hujayra devoriga ega, sharsimon, ipsimon yoki
tayoqchasimon bakteriyalar kiritilgan bo’lib, ular harakatchan yoki harakatsiz,
endospora hosil qilmaydi. Lekin meva tana hosil qiluvchi miksobakteriyalar
miksosporalar hosil qiladi. Ko’payishi kurtaklanish yoki binar bo’linib sodir
bo’ladi. Bo’limga 3 sinf kiradi.
Ssotobasteria sinfi
Bu sinf eng katta sinf bo’lib, 10 guruhni o’z ichiga oladi.
1 - guruhga Spiroshaetaseae va Leptospiraseae oilalari kiradi. Saprofit,
odam va hayvonlarda yuqumli kasallik qo’zg’atadigan vakillari bor.
2 - guruhga Spirillaseae – oilasi kirib, qattiq, spiralsimon buralgan, tayoqcha
shakliga ega. Saprofit va parazit vakillari bor. Bdelvibrio degan vakili
bakteriyalarda parazitlik qiluvchi mayda, bir hujayrali mikroorganizmdir.
3 - guruhga Pseudomonaseae (vakillari tayoqchasimon shaklga ega),
Azotobasteriaseae (vakillari oval, tayoqchasimon), Rhizobiaseae (vakillari
tayoqchasimon), Methylsossaseae (vakillari tayoqcha va sharsimon) va boshqa
oilalarini o’z ichiga olib, vakillari azot o’zlashtirish jarayonida qatnashadi yoki
o’simliklarda har xil kasalliklar yuzaga keltiradi va hokazo.
4 - guruh Entherobasteriaseae va Vibrionaseae oilalaridan tashkil topgan
bo’lib, Esherihia, Salmonella, Shigella, Ervinia, Vibrio, Protobasterium va boshqa
avlodlarni o’z ichiga olib, ba’zi vakillari odam va hayvonlarda kasallik qo’zg’atsa,
ba’zilari tuproqda, suvda yoki epifit mikroflora shaklida uchraydi.
5 - guruhga odam va hayvonlar ichida uchraydigan Basterioidaseae oilasiga
mansub vakillar kiradi.
6 - guruhga ammiakni nitratga (Nitrosomonas) yoki nitritlarni nitratlargacha
oksidlaydigan tayoqchasimon, sharsimon, oval shaklli Nitrobasteriaseae oilasi
vakillari hamda sharsimon, tayoqcha shaklli kapsulali va kapsula ustida temir yoki
marganets oksidlarini to’playdigan Siderosapsaseae oilasiga mansub vakillar
kiradi.
7 - guruhga sirpanuvchi bakteriyalar - miksobakteriyalar kirib, ular ikki
tartibga (Myxobasteriales va Sytofagales) kiruvchi oilalar vakillaridan tashkil
topadi. Miksobakteriyalar bir hujayrali, shilliq qavat bilan qoplangan organizmlar.
Ularning hujayra devorlari oson egiluvchan - elastik bo’lib, hujayra shaklini
o’zgartirishi mumkin. Sirpanib harakatlanish xususiyatiga ega. Rivojlanishining
ma’lum davrida meva tanasi hosil qiladi.
8 - guruh xlamidobakteriyalar deb atalib, bakteriya hujayrasi usti qobiq
bilan o’ralgan.
9 - guruhga kurtaklanuvchi yoki poyali bakteriyalar kirib, tayoqchasimon
oval yoki loviyasimon shaklli bo’ladi
10 - guruhga rikketsiya va xlamidalar deb nomlangan Rikkettsiales va
Shlamidiales tartiblari kiradi. Tayoqchasimon, sharsimon yoki ipsimon shaklga ega
bo’lib, har xil yuqumli kasalliklarga sabab bo’ladi. Masalan, Rikketsia pravarekii
toshma tif kasalligini yuzaga keltiradi.
Grasilisutes bo’limiga kiruvchi ikkinchi sinf Anosyphotobasteria o’z ichiga
fototrof bakteriyalarni oladi va ularga Rhodospirillales (qirmizi bakteriyalar) va
Shlorobiales (yashil bakteriyalar) tartiblari ham kiradi.
Fototrof bakteriyalar sharsimon, tayoqchasimon, vibrion va spiral shakllariga
ega. Hujayralari oltingugurt tomchilarini tutadi. Fototrof bakteriyalar
bakterioxlorofill va karatinoid pigmentlarga ega bo’lib, fotosintez jarayonini
amalga oshiradi. Atmosfera molekulyar azotini o’zlashtirishi mumkin. Bular aksari
suv muhiti bakteriyalaridir.
Oxyphotobasteria
sinfiga
Syanobasteriale
(tsianobakteriyalar) va
Proshlorales (proxlorofitlar) tartiblari kiradi. Fotosintez jarayonida molekulyar
kislorod ajraladi.
Sianobakteriyalar hujayrasi kapsula bilan qoplangan bo’lib, sirpanib
harakatlanadi, bir hujayrali, koloniyali va ko’p hujayrali organizmlardir.
Hujayralari sharsimon, tayoqchasimon yoki buralgan shaklga ega. Ko’p
hujayralilari ipsimon shaklga ega bo’lib,
trixoma
deb ataladi.
sianobakteriyalarning 1000 dan ortiq turlari mavjud bo’lib, ular tuproqda, suv
havzalarida keng tarqalgan.
Proxlorofitlar - bir hujayrali, simbioz holda yashovchi sharsimon
organizmlaridir. U tsianobakteriyalarning tarkibidagi pigmenti va fotosintetik
apparatini ichki tuzilishi bilan farq qiladi.
II BO’LIM -
FIRMI
S UTES
(firmis - so’zi lotincha pishiq degan ma’noni anglatadi, cutes - po’st, teri). Bu
bo’limga hujayra devori grammusbat tipida, sharsimon, tayoqcha yoki ipsimon
shaklli, spora hosil qiluvchi yoki sporasiz bakteriyalar, aktinomitsetlar hamda
ularga yaqin prokariotlar kiradi.
Firmibasteria sinfi
Bu sinfga 3 guruh prokariotlar kiradi.
1 guruh - grammusbat Misrososcaceae, Streptososcaceae va Peptososcaceae
oilalari kiradi.
Misrososcaceae oilasiga sharsimon shaklli bakteriyalar kirib, har xil
tekislikda bo’linib, har xil shaklli to’plamlar, paketlar hosil qiladi. Tuproqda, suvda
uchraydi. Issiq qonli hayvonlar terisi va shilliq qavatlarida uchrab, kasalliklar
vujudga keltiradi.
Streptososcaceae oilasining vakillari sut-qatiq mahsulotlari olishda, silos
tayyorlashda va boshqalarda katta ahamiyatga ega bo’lib, sharsimon yoki oval
ko’rinishga ega, hujayralar juft-juft bo’lib, ikkitadan yoki to’rttadan birgalashib har
xil uzunlikda zanjir hosil qiladi. Tuproqda, o’simlik barglarida, sut va undan
tayyorlangan mahsulotlarda uchraydi.
Peptososcaceae oilasi vakillari tuproqda, o’simliklar ustida, odam va
hayvonlarning oshqozon-ichak yo’llarida uchrab, sharsimon shaklli, ular alohida
ikkitadan zanjir, to’rttadan kubsimon paketlar hosil qiluvchi prokariotlardir.
2 guruh - spora hosil qiluvchi Basullaseae oilasi vakillari kiradi.
Tayoqchasimon, harakatchan vakillari peritrixal hivchinlar bilan ta’minlangan.
Sporalari hujayraning har xil qismlarida hosil bo’lib, hujayra shakli o’zgarmasligi
yoki baraban tayoqchasi yoki dug shaklida bo’lishi mumkin. Tuproqda, suvda,
odam va hayvonlar hazm sistemasida uchraydi.
3 guruh - spora hosil qilmaydigan tayoqchasimon shaklli Lastobasillaseae
oilasi vakillari kirib, tuproq, o’simlik, hayvonlarning oshqozon-ichak yo’llarida va
sut mahsulotlarida uchraydi.
Tallobasteria sinfi
Bu sinfga aktinomitsetlar va ularga yaqin organizmlar kiradi va 3 guruhga
bo’linadi.
1 guruhga korineform bakteriyalari kirib, spora hosil qilmaydigan, bir
tomoni yo’g’onlashgan tayoqcha shakliga ega bakteriyalar kiradi. Ularga
polimorfizm xususiyati xos bo’lib, ba’zan katta tayoqcha shakliga ega bo’lishi va
o’sish jarayonida kalta tayoqcha va sharsimon shaklli bakteriyalar hosil bo’lishi
mumkin. Vakillari odam, hayvon va o’simliklarda kasallik qo’zg’atadi. Artrobakter
ham shu guruhga kirib, sharsimon shaklli formalar hosil qiladi, ba’zan esa gigant,
limon shaklli ko’rinishga ega bo’ladi.
2 guruhga Propionibasteriaseae oilasi kirib, Propionobasterium va
Eubasterium avlodlaridan tashkil topgandir.
Propionobasterium avlodi hujayralari to’g’ri, shohlangan tayoqcha,
to’g’nag’ich yoki ipsimon shakllarga ega. Ba’zan sharsimon shaklli bo’lishi ham
mumkin. Sut mahsulotlarida, odam terisida, oshqozon-ichak yo’llarida uchraydi.
Ba’zi vakillari pishloq tayyorlashda ishlatiladi. Ba’zilari odam va hayvonlarda
kasallik ko’zg’atadi.
Eubasterium avlodiga tayoqchasimon shaklli sporasiz bakteriyalar kirib,
odam va hayvon organizmida, hayvon va o’simliklardan tayyorlangan
mahsulotlarda keng tarqalgan. Ba’zi turlari kasallik qo’zg’atuvchilardir.
3 guruhga Astinomyssetales tartibi kiradi. Ular shoxlangan gifalardan
iborat bo’lib, ulardan mitseliy hosil bo’ladi. Gifalar bir hujayrali, diametri 0.5-2
mkm. Agarli oziqa muhitda o’stirilgan aktinomitsetlarda substrat va havo
mitselliylari bo’ladi. Havo mitsellalari to’g’ri shohlangan, spiralsimon ko’rinishda
bo’ladi. Spora olib yuruvchilari bo’lib, sporalar ko’payish uchun xizmat qiladi.
Ba’zi aktinomitsetlarda havo mitsellalari o’rnida har xil shoxlangan tayoqchalar