MIKROORGANIZMLARGA TASHQI MUHIT OMILLARINING TA’SIRI
Reja:
1. Temperaturani ta’siri
2. Namlikni ta’siri
3. Kimyoviy ta’sirlar
Ma’lumki, mikroorganizmlarning hayot faoliyati tashqi muhit bilan
chambarchas bog’liqdir. Tashqi muhit faktorlari turli-tuman bo’lib, ularni uch
gruppaga ajratish mumkin:
1. Fizik faktorlar: temperatura, namlik, yorug’lik, eritmalar kontsentratsiyasi
va boshqalar.
2. Kimyoviy faktorlar: muxitning rN, oksidlanish va qaytarilish sharoiti, turli
kimyoviy moddalarning ta’siri.
3. Biologik faktorlar: mikroorganizmlar orasidagi antagonizm, simbioz,
metabioz, antibiotiklariing ta’siri, vitaminlar, faglar va boshqa faktorlar.
Mikroorganizmlarga temperaturaning ta’siri. Mikroorganizmlar yuksak
o’simliklarga qaraganda temperaturaga ancha chidamli bo’ladi. Masalan, Vas.
subtilis temperatura 5°C dan to 57°C gacha bo’lganda ham rivojlanaveradi.
Ko’pchilik saprofit bakteriyalar 20°C dan 35°C gacha temperaturada rivojlana
oladi, patogen mikroorganizm lar esa 36-37°C da rivojlanadi. Bundan yuqori
temperaturada ular nobud bo’ladi. Mikroorganizmlarning rivojlanishi uchun
temperatura 3 nuktada bo’lishi mumkin: minimum, optimum va maksimum
nuqtalari. Optimum nuqtasi eng
qulay bo’lib, bunday temperaturada
mikroorganizmlar tez ko’payadi va yaxshi rivojlanadi, minimum va maksimum
nuqtalari esa ancha chegaralidir.
Temperaturaga bo’lgan munosabatiga ko’ra, mikroorganizmlarni quyidagi
guruhdarga bo’lish mumkin:
1. Psixrofillar (psixros - sovuq), bu guruhga mansub bakteriyalar
evolyutsion taraqqiyotda past temperaturada yashashga moslashgan bo’ladi. Bu
guruh uchun temperaturaning optimum nuqtasi 20-25°C, minimumi esa 0°C dan
past bo’lishi mumkin. Psixrofil bakteriyalar uncha keng tarqalmagan. Ular
shimoliy dengiz suvlarida va tuproqlarida uchraydi.
2. Mezofillar (mezos - o’rtacha). Bu guruhga ko’pchilik mikroorganizmlar
misol bo’ladi. Bular uchun temperaturaning optimum nuqtasi 25-35°C bo’lsa,
maksimum nuqtasi 45-50°C, minimum nuqtasi 10°C. Mezofil bakteriyalar
tuproqda, suvda va boshqa oziq-ovqat maxsulotlari yuzasida uchraydi.
3. Termofillar (termos - issiq). Bu guruhga bakteriyalar, aktinomitsetlar,
ba’zi bir ko’k-yashil suvo’tlar misol bo’ladi. Termofill bakteriyalar yuqori
temperaturada rivojlanadi. Bu bakteriyalarni A.A.Imshenetskiy quyidagicha
klassifikatsiyalaydi:
a) stenotermin termofillar - bular uchun temperaturaning maksimum
nuqtasi 75-80°C, optimum nuqtasi 50-65°C, 28-30°C da esa ko’paya olmaydi. Bu
guruh tabiatda kam tarqalgan;
b) evritermin termofillar uchun temperaturaning maksimum chegarasi 70-
75°C, optimum nuqtasi 50-65°C bo’lib, 28-30°C da juda sekin ko’payadi, tabiatda
keng tarkalgan gypyx;
v) termotolerant formalar uchun temperaturaning maksimum chegarasi 50-
65°C, optimum 35-45°C, minimumi 5-10°C bo’lishi kerak. 30-60°C oralig’ida juda
tez ko’payadi, tabiatda tuproqda, go’ngda, issiq buloq suvlarida keng tarqalgan
guruh. Termofill bakteriyalarda moddalar almashinuvi protsessi juda jadal boradi,
shuning uchun ular juda tez ko’payadi va yaxshi rivojlanadi. Agar mezofillarda
bakteriyalarning katta koloniyasi uch kundan keyin hosil bo’lsa, termofillarda bir
kundan keyin hosil bo’ladi, tez o’sadi va tez nobud bo’ladi.
Termofill bakteriyalar hujayrasidagi fermentlar yuqori temperatura ta’sirida
inaktivatsiyaga uchraydi, shuning uchun bu bakteriyalardan korxonalarda keng
ravishda foydalanish mumkin.
L.A.Imshenetskiy fikricha, termofill bakteriyalar mezofillardan kelib
chiqqan. Tabiatdagi o’zgarishlar, jumladan, temperaturaning ko’tarilishi
mezofillarning ko’pchiligini nobud qilgan bo’lsa, bir qismi tirik qolgan va yuqori
temperaturaga moslashgan. Bora-bora yuqori temperatura ular uchun zaruriy faktor
bo’lib qolgan.
Termofillarga:
Bac.cellulosae,
Vas.thermophilus,
Actinomyces
thermophiluslar misol bo’ladi. Mishustin yerga go’ng solinganda termofil
bakteriyalarning soni ko’payganligini kuzatgan.
Mikroorganizmlarga namlikning ta’siri. Bakteriyalarning namlikka
chidamliligi turlicha. Ba’zilari juda chidamli bo’lsa, boshqalari nihoyatda
chidamsiz bo’ladi. Masalan, gonokokklar, meningokokklar, leptospiralar, faglar
namlikka chidamsiz bo’lsa, xolera vibrioni 2, dizenteriya tayoqchasi 7, difteriya
tayoqchasi 30, korin tifi tayoqchasi 70, stafilokokklar va sil tayoqchasi esa 90
kungacha chidaydi.
Azotobakter, nitrifikatorlar, tuganak bakteriyalari namlikka juda ham sezgir,
ularning rivojlanishi uchun namlikning optimum miqdori 40-80% (to’la suv
sig’imga nisbatan) bo’lishi kerak. Lekin vegegativ hujayrazarga nisbatan sporalar
ancha chidamli bo’ladi, chunki bularning hujayralaridagi suvning ko’p qismi
mustaxkam bog’langan suvdir. Masalan, mog’or zamburug’larining sporasi 20 yil
qurg’okchilikka chidaydi. Amerikalik olim Kameron (1962) aniqlashicha, ko’k-
yashil suvo’ti - Nostoc commune gerbariy xolatida 107 yildan so’ng
hayotchanligini namoyon qilgan. Nostok namlik yo’q vaqtlarda anabioz xolatga
o’tadi, namlik yetarli bo’lishi bilan yana hayotini davom ettiradi. Bakteriyalar
hujayrasi quritilganda, protoplazmasi suvsizlanadi va oqsillar denaturapiyaga
uchraydi, shu usuldan foydalanib, oziq-ovqatni quritilgan holda uzoq muddat
saklash mumkin bo’ladi. Masalan, go’sht, baliq yoki uzum, boshqa bir qancha
rezavor-mevalar quritilgan holda saqlanadi yoki oziq-ovqatlar, masalan,
konservalar past temperaturada va yuqori bosim ostida suvsizlantiriladi (bu usul
sublimatsiya deb nomlanadi), keyin esa tez sovitib muzlatiladi. Shakarlar,
vitaminlar, fermentlarni sublimatsiya yo’li bilan uzoq muddat saqlash mumkin.
Yorug’likning ta’siri.
Ko’pchilik bakteriyalar uchun yorug’lik
dezinfektsiyalovchi faktor hisoblanadi, chunki ultrabinafsha nurlar bakteriyalar
hujayrasidagi oqsillar va nuklein kislotalar tomonidan yutiladi va ularning
ximiyaviy tarkibini o’zgartiradi. Shuning uchun yorug’likning bu xususiyatidan
operatsiya xonalarini, vaktsinalar, antibiotiklar tayyorlaydigan xonalarni, sut va
suvni sterillashda foydalaniladi.
Yuqori bosimning ta’siri. Ko’pchilik bakteriyalar yuqori bosimga ancha
chidamli bo’ladi. Faqat 10000 atm.bosim ularga salbiy ta’sir etishi mumkin.
Dengiz va okeanlarda chukur suv katlamlari tubida bakteriyalar ko’p uchraydi.
Achitqilar 500, motor zamburug’lari 30000, fitopatogen viruslar esa 5000
atmosferagacha bosimga chidaydi. Ulьtratovush bakteriotsidlik xususiyatiga ega,
20000gts oziq-ovqat mahsulotlarini va vaktsinalarni dezinfektsiyalash uchun
yetarlidir. Havoni tozalashda aeroionizatsiyaning ahamiyati katta.
Vodorod ionlari kontsentratsiyasining ta’siri. Vodorod ionlarining
kontsentratsiyasi rN deb belgilanadi. rN 7 bo’lsa neytral, rN>7 bo’lsa ishqoriy,
rN<7 bo’lsa, muhit kislotali bo’ladi. Ko’pchilik mikroorganizmlar muhit
kontsentratsiyasi bir oz (kuchsiz) ishqoriy yoki neytral bo’lsa yaxshi rivojlanadi,
zamburug’lar bir oz nordon muhitda yaxshi rivojlanadi.
Mikroorganizmlar o’zi yashagan muhitdagi rN qisman o’zgartirishi mumkin.
Buni I.A.Rabotnova (1958) «Moslanuvchi moddalar almashinuvi» deb nomlaydi.
Tashqi muhitdagi eritmalarning kontsentratsiyasi oshganda (masalan, tuzlashda,
murabbo pishirishda) bakteriyalar hujayrasidagi suv tashqariga chiqadi va unda
plazmoliz ro’y beradi, ular ko’paya olmaydi. Shundan foydalanib go’sht, baliq
tuzlanadi, povidlo tayyorlaganda shakar eritmasining kontsentratsiyasi 70% ga
yetkaziladi.
KIMYOVIY FAKTORLAR
Mikroorganizmlarga kimyoviy omillarning ta’siri. Kimyoviy moddalar
turli Mikroorganizmlarga turlicha ta’sir etadi. Ba’zi bir mikroblar ta’sir qilgan
kimyoviy moddalarga yaqinlashadi, boshqa xil kimyoviy moddalardan
uzoqlashadi. Bu hodisa ximiotaksis deyiladi. U ikki xil bo’ladi:
1. O’ziga tortuvchi — musbat.
2. O’zidan uzoqlashtiruvchi — manfiy.
Bu hodisani quyidagi tajribada ko’rish mumkin. Bir idishdagi suvga
harakatchan mikroblar solinib, unga shakar eritmasi to’ldirilgan naycha tushiriladi.
Natijada, suvdagi mikroblar naycha teshigi atrofiga to’plana boshlaydi. Bu o’ziga
tortuvchi ximiotaksisdir. Agar naychaga kislota quyilgan bo’lsa, mikroblar
kapillyar atrofidan uzoqlasha boshlaydi, bu uzoqlashtiruvchi ximiotaksis. Shunga
o’xshagan hodisa kislorodga nisbatan ham bo’lishi mumkin. Aeroblar kislorod bor
joyga to’planadi, anaerob bo’lsa uzoqlashadi. Bu hodisaga aerotaksis deb ataladi.
Pepton, mineral tuzlar juda oz konsentratsiyalarda (0,007—0,0018) o’ziga
tortuvchi ximiotaksisni hosil qiladi. Uzoqlashtiruvchi ximiotaksislar esa erkin
kislotalar, spirtlar hosil qiladi. Ximiotaksis hodisasida tirik mikrob protoplazmasi
atrof-muhit ta’siriga sezgir bo’ladi va shu ta’sirga javob qaytaradi. Ba’zi kimyoviy
moddalarning mikroblarga ta’siri bor, shu sababli ular mikroblarni o’ldirish uchun
ishlatiladi va dezinfeksiyalovchi vositalar deyiladi. Bu dizenfeksion moddalarning
mikroblarga ta’siri ham bir xil bo’lmaydi. Misol: efir, spirt va ishqorning kuchsiz
eritmalari mikrob hujayrasining tarkibidagi lipoid (yog’simon) moddalarni
parchalaydi. Og’ir metall tuzlari (sulema, rtut, mis kuporosi), kislotalar, formalin
— bular mikrob hujayrasidagi oqsil moddalarni uyushtirib, ularning hayot
faoliyatini buzadi va halokatga olib boradi. Ba’zi bir moddalar: azot kislotasi, xlor,
xlor oxagi, kaliy permanganati va boshqalar mikrob hujayralarini to’g’ridan-to’g’ri
buzadi. Glitserin, shakar va osh tuzining yuqori konsentratsiyali eritmalari
mikroblarning osmotik bosqichiga ta’sir etadi. Mikroblarga: kimyoviy
moddalarning ta’siri ba’zi bir omillarga kimyoviy moddalarning konsentratsiyasi
ta’sir qilish davriga va temperaturasiga bog’liqdir. Kimyoviy moddalar mikrob
hujayrasiga uning qobig’i orqali kirsa halok bo’ladi. Kimyoviy moddalar suvda
eritilgan bo’lishi lozim. Ishlatiladigan kimyoviy zahar moddalar +40, +45 darajada
qo’llansa, u mikroblarga kuchli va tez ta’sir etadi. Agar kimyoviy moddalar bilan
birga oqsil, sut, zardob bo’lsa ta’siri pasayadi. Chunki hujayraning atrofida
kimyoviy zahar oqsil moddani koagulyatsiya qiladi va zaharni hujayraning ichiga
qo’ymaydi. Natijada zahar mikrobga ta’sir etmay qoladi. Bu hodisa zaharli
kimyoviy moddaning konsentratsiyasiga bog’liq. Masalan, karbol kislotasi 2,5%
formalin — 1%, xlor oxagining suvi — 1:10, sulema — 1:1000 — 1:5000
eritmalar barcha mikroblarga ta’sir etadi. Spirt 70—80% mikroblarga halokatli
ta’sir qiladi. Kimyoviy moddalar to’liq dissotsiyalanib, eritmada erkin ionlar ko’p
hosil bo’lsa, uning mikroblarga ta’siri kuchli bo’ladi, aksincha, spirtda, atsetonda
yoki moylarda eritilgan bo’lsa, ular mikrobga kuchsiz ta’sir etadi. Dezinfeksiya,
eritmalarini stafilokokk kulturasida sinab ko’riladi, chunki sporasiz mikroblardan