Mikroorganizmlarga tashqi muhit omillarining ta’siri. Mikroorganizmlar ekologiyasi. Ximioterapevtik preparatlar
Yuklangan vaqt
2024-12-16
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
24
Faytl hajmi
51,5 KB
Mikroorganizmlarga tashqi muhit omillarining ta’siri. Mikroorganizmlar
ekologiyasi. Ximioterapevtik preparatlar
Maruza rejasi:
1. Mikroorganizmlarga tashqi muhit omillarining ta’siri
2. Mikroorganizmlarga ta’sir etuvchi fizik faktorlar.
3. Mikroorganizmlarga kimyoviy moddalarning ta’siri.
4. Mikroorganizmlarga biologik omillarning ta’siri.
5. Kimyoterapevtik moddalar va antibiotiklar.
Asosiy va tayanch iboralar:antibiotiklar, sterilizatsiya, dezinfeksiya,
deratizatsiya, dezenseksiya, avtoklav, paster pechi, atmosfera bosimi, termofil,
psixrofil, mezofil, fizik omil, fizik omil, ximik omil.
Tabiatda mikroblarning hayoti doimo tashqi muhit bilan o‘zaro aloqada bo‘lib
turadi: bu faktorlar ularning hayotiy faoliyatiga ma’lum ta’sir ko‘rsatadi. Bu
faktorlar g‘oyatda xilma-xildir: mikroblarning turli tumanligicha va tashqi muhitdagi
turli
sharoitga
nihoyat
darajada
moslanganligiga
sabab
ham
shudir.
Mikroorganizmlarni hayot faoliyatiga ta’sir etadigan tashqi muhit faktorlari uch
gruppaga: fizik, kimyoviy va biologik faktorlarga bo‘linadi.
Mikroorganizmlarga ta’sir etuvchi fizik faktorlar. Mikroorganizmlarga
ta’sir etadigan fizikaviy faktorlarga quritish, harorat, yorug‘lik, atomsfera bosimi va
harakatlar kiradi. Harorat ta’siri. Mikroorganizmlarni yashash uchun ma’lum harorat
talab qiladi. Hamma mikroorganizmlarning haroratga bo‘lgan talabi bir xil emas.
Harorat mikroorganizmlarga uch xil ta’sir etadi: mikrob uchun ba’zan qulay, ba’zan
ortiqcha, ba’zan esa yetarsiz darajada bo‘lishi mumkin. Demak bundan xulosa qilib
shuni aytishimiz mumkinki, mikroorganizmlarni har bir turi uchun quyidagi uchta
nuqtasi: optimal, minimal va maksimal harorat bor. Optimal haroratshundasy
haroratki bunda mikroblarni muayyan turi eng aktiv hayot kechiridai, ya’ni juda tez
ko‘payib, yaxshi rivojlanadi. Ko‘pchilik patogen mikroorganizmlar uchun 36-37
daraja issiq optimal harorat hisoblanadi. Mikroorganizmlarni rivojlanishi
to‘xtaydigan past haroratni minimal temperatura deyiladi. Minimal temperaturada
mikroorganizm
o‘lmasa
ham
lekin
ko‘payishdan
to‘xtaydi,
keyinchalik
mikroorganizm normal haroratli sharoitga tushsa qaytadan ko‘paya boshlaydi.
Ba’zan harorat mikrob uchun balandlik qilishi mumkin. Bunday haroratda
mikroorganizmlar normal ko‘paya olmaydi, ko‘payishidan to‘xtasa ham lekin
o‘lmasdan tirik saqlanadi. Bunday ta’sir etuvchi temperaturaga maksimal
temperatura
deyiladi.
Maksimal
temperaturada
mikroorganizmlarni
ba’zi
xususiyatlari, chunonchi patogenlik xususiyati pasayib, o‘zgarib qolishi mumkin.
Masalan kuydirgi kasalligi qo‘zg‘atuvchisi B. ant’racis uchun 42,50S issiq maksimal
temperatura bo‘lib shu temperatura ta’sirida uning patogenligi pasayishi aniqlangan.
Temperaturaning mikroorganizmlarga har xil ta’sir etishini bilish juda
zarur hisoblanadi. Chunki laboratoriyada bironta mikrobni o‘stirib ko‘paytirishda u
mikrob
uchun
optimal
temperatura
xosil
qilishimiz
kerak
bo‘ladi.
Mikroorganizmlarni o‘stirishda zarur bo‘ladigan temperatura yaratish uchun
termostat apparatidan foydpalaniladi. Termosttat kichik shkafga bo‘lib uning ustki
qismiga termometr o‘rnatiladi va issiqlikni avtomatik ravishda yo‘lga solib turuvchi
termoregulyatori bo‘ladi. Ko‘pchilik patogen mikroblarni o‘stirish uchun
termosttatda 370S issiqlik xosil qilinadi. Past yoki yuqori darajali issiqlikda o‘sib
ko‘payuvchi mikroorganizmlar uchun esa bu haroratni termoregulyator yordamida
xosil qilinadi. Mikroorganizmlar taraqqiyot natijasida turli temperaturada yashashga
moslashib
qolganlar.
Temperaturaga
moslanish
jihatdan
tekshirilganda
mikroorganizmlarni uch fiziologik gruppaga bo‘lish mumkin: 1)Psixrofillar ya’ni
past darajali temperaturaga o‘rgangan mikroorganizmlar hisoblanib, ular uchun
optimal temperatura 15-20 ni tashkil etadi. Ular O va 6 lik temperaturada ham
yashashi mumkin. Psixrofillarga misol qilib fotobakteriya yorug‘lik beruvchi
bakteriyalar, muz dengizida yashovchi mikroorganizmlar kiradi. Ular zax uylarning
tagidagi tuproqda va tashlandiq iflos suvlarda ham uchraydi. Ba’zi bir xillari
muzxonada saqlangan oziq-ovqat mahsulotlarida ko‘payib, ularni buzishi mumkin.
2)mezofillar ya’ni o‘rta darajali temperaturaga o‘rgangan mikroorganizmlar bo‘lib,
ular uchun optimal temperatura 30-370S, maksimal temperatura esa 45 S ni tashkil
qiladi. Mezofillarga saprofitlarning ko‘pchiligi chirish protsessini yuzaga
chiqaruvchi bakteriyalar va ko‘pchilik patogen mikroorganizmlar kiradi.
3)Termofillar ya’ni baland darajali temperaturaa o‘rgangan mikroorganizmlar
bo‘lib, bular ham tabiatda ko‘p uchraydigan mikroorganizmlardir. Termofillar issiq
suv chiqadigan buloqlarda, o‘simliklarda, tuproqni ustki qatlamlarida, suvda va
boshqa joylarda uchraydi. Termofillar uchun 350S issiqlik pastlik qilib bu ularga
minimal temperatura hisoblanadi. Ular uchun optimal temperatura 50-600S bo‘lib,
+70-800S esa maksimal temperatura hisoblanadi. Termofillarga streptokokk, ba’zi
aktinomitsetlarni turlari misol bo‘la oladi. Termofillar orasida shunday bakteriyalar
borki ularda issiqlik xosil qilish xususiyati g‘oyat kuchli bo‘lib ularni termogen
bakteriyalar deyiladi. Termogen bakteriyalar pigan, paxol, tamaki, paxta, donlarni
nam xolda saqlaganda ularni qizdirib temperaturani 110 gacha yetkazishi mumkin.
Termogenlar ta’sirida qizib ketgan o‘simlik va boshqa organik moddalarning
parchalanishi natijasida yonuvchi metan gazlardan metan gazi xosil bo‘ladi, buning
natijasida
qizib
ketgan
o‘simlik
ba’zan
o‘z
o‘zidan
yonib
ketadi.
Mikroorganizmlarda past va baland temperatura turlicha ta’sir etishi aniqlangan.
Past temperatura umuman mikroorganizmlarga zararli ta’sir etmaydi. Ko‘p
tekshirishlarning natijasi shuni ko‘rsatdiki, past temperatura mikroorganizmrga
ta’sir qildirilgandan keyin ham yashab qolishi mumkin ekan. Masalan: vabo vibrioni
320S ta’sirida yashashqobiliyatini yo‘qotmaydi. Gripp virusi –700S da 6 oygacha,
koksaki virusi 400S da 1 yilgacha va undan ortiq davrgacha o‘z patogenligini
yo‘qotmaydi. Mikrobga past temperatura doimiy ta’sir etish bezarar bo‘lgan xolda
past temperaturadan keyin yana qaytadan issiq bilan ta’sir qilish bir necha bor
takrorlansa mikrobga zararli ta’sir etishi isbotlangan. Masalan: qorin tifini
qo‘zg‘ovchi mikrob kulturasini muzlatib bir necha oy saqlansa u tirik qolishi
mumkin. Lekin bu kulturani avval muzlatib keyin eritib shu tartibda bir necha
morotaba takrorlansa bu kultura 7-8 takrorlanishida o‘lishi mumkin. Past
temperatura mikrobni o‘ldira olmasa ham uning ko‘payishiga to‘sqinlik qilib
bioximik faoliyatini to‘xtatadi. Past temperaturani mikrobga shu xilda ta’sir
etishidan foydalanib tez buziluvchi turli ovqat mahsulotlarini muzda saqlash, ularni
uzoq joylarga muzxonalik vagonlarda yetkazib berishda foydalaniladi. Baland
temperatura ya’ni temperaturani ko‘tarilishi patogen mikroorganizmlarga halokatli
ta’sir etadi. 40-420S temperatura uzoq vaqt ta’sir etganda ba’zi mikroorganizmlar
masalan zaxm qo‘zg‘atuvchisi oqimtir spiroxeta nobud bo‘ladi. Spora xosil qilmaydi
ko‘pgina mikroorganizmlar suyuq muhitda 56-58-60-temperaturada 30-60 minutda
halok bo‘ladi. Spora xosil qilmaydigan ko‘pchilik mikroorganimzlar 70 li
temperaturada 5-10 minutdan so‘ng 100 li temperaturada esa darxol o‘ladi.
Mikroblarning sporalari baland temperaturaga chidamlidir. Lekin turli mikrob
sporalarining baland temperaturaga chidamliligi bir xilda emas, masalan kuydirgi
kasalligini qo‘zg‘ovchi Bac. Antracis ning sporasini 15 minutgacha qaynatilganda
o‘ldirish mumkin. Bakteriya sporalari 10-15 minut ba’zilari xatto bir necha soat
qaynatishga ham chidamli bo‘ladi. Masalan: qoqshol kasalligi qo‘zg‘atuvchisi
closhtetani va botulizm kasalligi qo‘zg‘atuvchisi clostr botulinum ning sporasi 3
soatgacha qaynatilganda o‘lishi mumkin.
Mikroorganizmlarga quritishning ta’siri.
Mikroorganizmlarni ta’sir etadigan fizikaviy faktorlar haqida so‘zlaganda
quritishning ta’sirini ham aytish kerak. Mikrob normal yashashi uchun unga ma’lum
miqdorda namlik kerak. Mikroorganizm suvsiz qoqquruqsharoitga tushib qolsa
uning tanasidagi suv kamayadi va protoplazmasi qaqraydi va natijada mikrob
hujayrasida hayotiy protsesslar sustlashadi so‘ngra esa yashash faoliyati to‘xtaydi.
Quruqlikning mikroblarga zararli ta’sir etishiga asoslanib turli ovqat mahsulotlarini
va hashaklarni uzoq saqlash uchun ularni quritish rasm bo‘lgan. Quritilgan olma,
o‘rik,uzum, nok va boshqa mahsulotlarda mikroorganizm o‘sib ko‘paya olmaydi,
chunki quritilgan mahsulotlarda mikrob o‘ziga kerakli suv topa olmasdan aksincha
o‘z hujayrasidagi suvni yo‘qotib natijada o‘ladi va quritilgan mahsulot buzilmasdan
uzoq saqlanadi. Ovqat mahsulotlarini va boshqa narsalarni quritib saqlashqadim
zamonlardan beri ma’lum bo‘lsa ham u vaqtlarda bu usullar fan orqali asoslanmagan
edi. Xozirda esa bu usullar fan asosida qo‘llanilmoqda. Ko‘pchilik mikroorganilmar
quritish ta’siriga chidamli bo‘lib, ma’lum vaqtlargacha o‘lmasdan saqlanishi
mumkin. Masalan: Vabo vibrioni quritish ta’sirida 2 kungacha,shigellalar 7
kungacha, o‘lat tayoqchasi 8, difteriya 30,qorin tifi 70, stafilokokklar va sil
mikobakteriyalarni 90 kungacha tirik saqlanishi mumkin. Sil tayoqkchasi
mikroorganizmi qurigan balg‘amda 10 oygacha, kuydirgi kasalligi batsillasi
sporalari 10 yilgacha, zamburug‘larni ba’zilari 20 yilgacha saqlanishi mumkin. Agar
mikrob kulturasini vakuumda sovuqsharoitda tezlik bilan quritilsa va buni havosiz
joyda saqlansa u uzoq vaqt tirik turadi. Masalan, odatda quritilishga juda chidamsiz
bo‘lib 1-2 kunda o‘lib qoladigan mikroblardan gonokokk kulturasini ana shu usulda
quritilib saqlansa ular bir necha oy tirik turishi mumkin. Smikrobiologiya sohasida
keyingi yillarda mikrob kulturasini saqlash uchun shu usuldan foydalanilmoqda.
Qutirish ta’sirida bakteriyalar oqsillari denaturatsiyasi va sitoplazmasining
suvsizlanishi kuzatiladi. Oziq-ovqat mahsulotlarini konservalashda sublimatsiya
metodidan foydalaniladi. Bunda oziq-ovqatlarni saqlanishi 2 yil va undan ortiq
bo‘lishi mumkin. Sublimatsion quritishda qandlar, vitaminlar, fermentlar va boshqa
komponentlarni saqlanib qolishi ta’minlanadi. Vakuumda past haroratda quritish
ta’sirida ayrim mikroorganizmlar o‘lmasdan qolishi mumkin. Bu metod esma sil
kasalligiga qarshi qo‘llaniladigan tirik vaksina, toun, tulyaremiya, brusellyoz, gripp
va boshqa kasalliklarga qarshi uzoq muddatli va stabil vaksinalar ishlab chiqarish
kulturalarini saqlashda ishlatiladi.
Mikroorganizmlarga yorug‘likning ta’siri.
Bevosita tushib turadigan quyosh nuri ko‘pchilik mikroorganizmlarga zararli
ta’sir etadi. Faqat oltingugurt to‘plovchi pur-purlik bakteriyalargina o‘z rivojlanishi
uchun quyosh yorug‘lik talab qiladi. Bular dengiz tagida yashovchi va yorug‘ga
tomon harakatlanuvchi mikroorganizmlar bo‘lib ularda fototropizm hodisasi
ko‘riladi. Patogen mikroblar quyosh ta’siridan bir necha soatda o‘ladi. Shuning
uchun mikroorganizm kulturasini kun tushmaydigan joylarda saqlash lozim. Sil
tayoqchalariga o‘xshash chidamli mikroorganizmlar ham to‘g‘ri tushgan quyosh
nurining ta’sirida qisqa vaqt ichida o‘ladi. Agar balg‘amni buyum oynasiga yupqa
qilib surtib to‘g‘ri tushuvchi quyosh nuriga qo‘yilsa mikroblar 20-30 minut
mobaynida halok bo‘ladi. Yana quyosh nurining mikroorganizmlarga ta’sirini oddiy
tajriba yordamida bilib olsa bo‘ladi. Masalan: petri kosachasiga yupqa qilib
qo‘yilgan go‘sht pepton agariga qorin tifi tayoqchasini sidirga qilib ekiladi va tif
tayoqchasi ekilgan petri kosachasini tashqi yuzasiga qora qog‘ozdan qirqilgan
harflar yopishtiriladi. So‘ngra Petri kosachasi to‘g‘ri quyosh nurida 1-2 soat
nurlantiriladi ya’ni qoldiriladi. Shundan so‘ng yopishtirilgan harflar ko‘chirib
olinadi va Petri kosachasi 370S haroratli termostatda 1 sutka qoldiriladi. Bir sutkadan
keyin qora qog‘ozdan harf yopishtirilib quyosh nuridan saqlangan qismlardagina
mikroblar sidirg‘a bo‘lib o‘sib chiqqanligi kuzatiladi.
Har xil nurlantirish mikroorganizmlarga bakteriotsid yoki sterillash darajasida
ta’sir etadi. Bularga ultrafiolet nurlar, rentgen nurlari, gamma nurlar va boshqalar
misol bo‘la oladi.
Qisqa to‘lqinli nurlar palatalarni dezinfeksiya qilishda materiallarni
zararsizlantirishda vaksina tayyorlashda operatsion xonalarni mikroorganizmlardan
tozalashda qo‘llaniladi.
Mikroorganizmlarga baland bosimni va harakatning ta’siri.
Atmosfera bosimi har qancha baland bo‘lsa ham mikroorganizmlarga ta’sir
etmasligi aniqlangan. Dengiz ostida 100 atmosfera bosimi –900 atm. Bosimida tirik
bakteriyalar uchrashi mumkin. Umuman 3000 atm. Bosimning bakteriyalar
mog‘orlar, drojjalarga ta’sir etmasligi xattoki ba’zi bir patogen viruslarga-5000 atm
bosimi ta’sir etmasligi aniqlangan (masalan, achitqilarni bijg‘ish xususiyatini xatto
5000 atm bosim ham to‘xtata olmaydi). Bakteriotsid ta’sir qilish qobiliyatiga
ultratovush xarakterlidir. Ultra tovushlarni ta’sir qilish mexanizmida bakteriya
sitoplazmasida gravitatsion bo‘shliq xosil bo‘lib, suyuqlik bug‘lari bilan to‘ladi.
Unda 10000 atm bosim xosil bo‘lib sitoplazma tuzilishining dezintegratsiyasiga olib
keladi.
Mikroorganizmlarga kimyoviy moddalarning ta’siri.
Kimyoviy moddalar mikroorganizmlarga turliga ta’sir etishi mumkin.
Ko‘pchilik mikroorganizmlar kimyoviy moddalarga g‘oyat sezuvchandir. Ba’zi bir
kimyoviy modda bilan mikroorganizmlarga ta’sir qilganda mikroorganizm shu
moddaga yaqinlasha boshlaydi, ba’zida esa boshqa bir mikroorganizmlarga
kimyoviy modda ta’sir qildirilganda undan qochib uzoqlashadi. Bu hodisaga
ximiotaksis
deyiladi.
Bu
esa
mikroorganizmlarni
kimyoviy
moddalarga
sezgirligidan dalolat beradi. Buni bilishimiz uchun bir idishdan suvga harakatchan
mikroorganizm kulturasidan aralashtirib unga shakar eritmasi to‘ldirilgan bir
kapilyar naycha botiriladi. Shundan keyin esa suvdagi mikroblar kapilyarlarning
uchidagi teshikka to‘plana boshlaydi. Bu o‘ziga tortuvchi ximiotaksis deyiladi.
Aksincha shikor yoki kislota quyilgan bo‘lsa mikroblar kapilyar atrofidan uzoqlasha
boshlaydi. Bu esa uzoqlashtiruvchi ximiotaksis hisoblanadi. Kimyoviy moddalarni
mikroorganizmlarga ta’sir qilishiga qarab yuza aktiv moddalarga fenol va uning
xosil alariga bo‘yoqlar, og‘ir metal tuzlari, oksidlovchilarga va formaldegid
gruppasiga bo‘linadi.
Yuza aktiv moddalar. Mikroorganizmni yuza qismiga yig‘ilib tezlik bilan yuza
cho‘zilish qobiliyatini sekinlashtirish xususiyatiga ega. Bu esa mikroorganizm
hujayra devori va sitoplazmatik membranani normal ishlashga ta’sir qilib uni buzadi.
Bularga yeg‘ kislotalari, sovunni misol qilishimiz mumkin. Bular faqat hujayra
devorini shikastlaydi lekin hujayralarga kirmaydi.
Fenol krezol va uning xosil alari. Avval hujayra devorini shikastlaydilar keyin
esa oqsillarni shikastlaydi.
Bo‘yoqlar esa mikroorganizmlarni o‘sishini to‘xtatish xususiyatiga ega.
Bakteriotsid ta’sir qiluvchi bo‘yoqlardan brilliant kuki, rivanol tripoflovni va
akriflovchi va boshqalar ma’lumdir.
Og‘ir metall tuzlari simob, kumush, oltin va boshqalarning ba’zi bir ionlari
mikroblarga shunday ta’sir etadiki mikroblar ana shu moddalarning minimal
konsentratsiyasida ma’lum vaqt ichida nobud bo‘ladi. Og‘ir metallarning bunday
ta’sirini oligodinamik ta’sir deyiladi. Bunga misol qilib kumushdan ishlangan
idishlarni mikroorganizmlarga bakteriotsid ta’sir eitish va kumush eritmalari
1:100000000 nistabda suyultirilgani patogen mikroorganizmlarni o‘ldirishini
bilishimiz mumkin.
Kumush nitratning 1% li eritmasi yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda blenoreyaning
oldini olishda ishlatiladi. Oligodinamik ta’sir mexanizmi shundan iboratki musbat
zaryadlangan metall ionlari manfiy zaryadlangan bakteriyalarni yuzasiga
adsorbsiyalanadi
va
bakteriyalarning
sitoplazmatik
membranasini
o‘tkazuvchanligini o‘zgartiradi. Shundan keyin albatta bakteriyani oziqlanishi va
ko‘payishi buziladi. Kumush, oltin, simob va boshqalar hujayra oqsillari
koagulyatsiyasini chiqaradi. Og‘ir metall tuzlari bilan oqsillarini o‘zaro ta’siri
natijasida metall albuminati va erkin kislota xosil bo‘ladi.
Oksidlovchilar. Aktiv oqsillarning sulfgidril gruppalariga ta’sir qiladi.
Kuchliroq oksidlovchilar boshqa gruppalarga zararli ta’sir qiladi. Oksidlovchilarga
xlor, xloramin, yod, vodorod, neroksid, kaliy permanganat va boshqalar misol bo‘la
oladi.
Formaldegid. 40% li eritmasi formalin ishlatiladi. U mikrorganizmlarga qarshi
ta’sirini oqsil aminogruppalariga birikib ularni denaturatsiyaga uchratadi.
Fermaldegid vegatativ va spora holatidagi makroorganizmlarni o‘ldiradi.
Formaldegidlar yordamida mikroorganizmlar tomonidan ishlab chiqariladigan
ekzotoksinlardan statoksinlar olishda foydalaniladi.
Biologik faktorlarni mikroorganizmlarga ta’siri.
Tabiiy sharoitda mikroorganizmlar odatda o‘simliklar va hayvonlar bilan birga
rivojlanib
boradi
va
biotsenozning
tarkibiy
qismini
tashkil
etadi.
Mikroorganizmlarning har xil gruppalari va turlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar
xilma xil bo‘lib asosan sintez metabioz va antoganizmdan iboratdir.
Simbiozda bor muhitning o‘zida ikki yoki undan ortiq tur bir-biriga xalaqt
bermasdan totuv yashaydi. ba’zan esa ayrim turlarning hayotiy faoliyati kuchaya
boradi.
Metabiozda
bir
turdagi
mikroorganizmlar
ikkinchi
bir
turdagi
mikroorganizmlar yashashi rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratib beradi. Misolan
aerob mikroorganizm anaerob mikroorganizmlarga kislorodni yutib sharoit yaratib
beradi.
Antogenezimda bir mikroorganizm rivojlanishiga ikkinchi bir mikroorganizm
to‘sqinlik qilishiga aytiladi. Masalan ichak tayoqchasi dizenteriya mikroblarini
antegonisti bo‘lsa, ko‘k-yashil yiring tayoqkchasi vabo vibrioni, dizenteriya,qorin
tifi, stafilookklar va meningokokklarni o‘sishini to‘xtatib qo‘yadi.
Antibiotiklar (lat. Antibioca – bakteriyalarga qarshi modda)- turli organizmlar:
zamburug‘lar, bakteriyalarda, shuningdek hayvon va o‘simlik organizmining
hujayralarida ishlanib chiqadigan va mikroblarni ko‘payishini to‘xtatadigan yoki
ularni halok qiladigan moddalardir. Ba’zi mikroorganizmlarning yashash faoliyatiga
boshqa mikroorganizmlarning to‘sqinlik qilishini birinchi bo‘lib I. I. Mechnikov
aniqlagan edi: u davolash maqsadlari uchun mikroorganizmlarni ana shu xossasidan
foydalanishni, jumladan ichakdagi zararli chirituvchi bakteriyalarning faoliyatini
to‘xtatitsh uchun sut kislota tayoqchalarini prostokvasha bilan iste’mol qilishini
taklif etdi.
1871 –1872 ytllarda V. A. Manassein va A. T. Polotebnov birinchi bo‘lib
Penicillium zamburug‘i mahsulotlarini davolash xossalaridan foydalanganlar. 1929
yildagina antibiotiklarni o‘rganila boshlandi va shu yili A. Fleming Penicillium
nototum zamburug‘ini bulondagi kulturasi filtrati antibakteriali ta’sir etishini isbot
qildi. 1940 yilda E. Cheyn va G. Flori penitsillin preparatini olishdi. 1942 yilda esa
E. V. Yermoleva Penicillium crustosum dan pensillin tayyorladi. Antibiotiklar
meditsina ishlab chiqarishda maxsus usullar yordamida olinmoqda. Xozirgacha 6000
dan ortiq antibiotiklar mavjud bo‘lib, shulardan 60 dan ortig‘i tibbiyotda keng
qo‘lanilmoqda. Antibiotiklarni aktivligi xalqaro birliklarda ko‘rsatiladi. Masalan
pensillin antiboitikichini 1 ta’sir birinchi (TB) (oksoford birligi) uchun shu
preparatni stafilookk etolon shtammini o‘sishini to‘xtatib qo‘yuvchi eng kam
miqdori olingan. Pensillinni ta’sir birligi 0,6 mkg toza ximiyaviy kristal tuziga to‘g‘ri
keladi. Benzilpenitsillinni natriyli tuzida 1 mg-1667 ta’sir birligi bo‘lsa, kaliyli
tuzida 1 mg-1600 ta’sir birligi bordir. Quruq yoki suyuqlikdagi antibiotiklarning
miqdori 1 gr quruq moddadagi yoki 1 ml suyuqlikdagi aktiv moddaning
mikroorganizmi bilan o‘lchanadi. Antiboitiklar kelib chiqishiga kimyoviy tarkibiga
mikroorganizmlarga ta’sir qilish xususiyatiga va ta’sir qilish doirasiga qarab
klassifiksiyalanadi.
Kelib chiqish jixatidan antibiotiklar:
1) Zamburug‘lar, antibiotiklar va bakteriyalardan olinuvchi antibiotiklarga:
2) hayvonlardan olinuvchi antibotiklarga
3) sintetik va yarim sintetik antiboitiklarga
4) Yuqori darajali o‘simliklardan olinuvchi fitonsidlarga bo‘linadi.
Kimyoviy tarkibi jihatidan esa antibiotiklar.
1)Azot va geterotsitik birikmalar saqlovchi antibiotiklarga pensillin,
sefalosporin va boshqalar.
2)Aromatik birikmalar saqlovchi antiboitiklarga levomitsitin.
3)Tetratsiklin birikmalari tetratsiklin, streptomitsin, kanamitsin, monomitsin.
Mikroorganizmlarga antibiotiklar asosan 2 xilda ta’sir qilishi mumkin.
1)Bakteriostatik 2)Bakteritsid bunda antibiotik mikroorganizmlarga salbiy ta’sir etib
ularni xalok bo‘lishi kuzatiladi. Bakteriostatik ta’sir qilishi esa mikroorganizmlarni
o‘sishi va rivojlanishi to‘xtalishi tushiniladi.
Mikroorganizmlarga ta’sir etish doirasiga qarab antibiotiklari 2 guruhga
ajratiladi:
1)Tor doirada ta’sir qiluvchi antiboitiklar
2)Keng doirada ta’sir qiluvchi antibiotiklar.
Tor doirada ta’sir etuvchi antibotiklar faqat ma’lum bir mikroorganizmlarga
ta’sir etib, boshqa mikroorganizmlarga esa ta’sir qilishi kuzatilmaydi. Masalan:
pensillin antibiotiki gr + kokklar va bakteriyalarga ta’sir etsa kislotaga chidamli va
gr – mikroorganizmlarga ta’sir etmaydi. Ta’sir doirasi keng antibiotiklar esa
ko‘pchilik mikroorganizmlarga salbiy ta’sir etadi. Masalan: levomitsetin, tetratsiklin
antibiotiklari gr +, - va kislotaga chidamli bakteriyalarga ta’sir etadi.
Antibiotiklarni biologik ta’sir mexanizmlari har xil bo‘lib, bu antibiotiklarni
ximiyaviy kelib chiqishiga miqdoriga organizmni turiga mikrostrukturasiga va
qanday sharoitda qo‘llanishiga bog‘liqdir. Bundan tashqari antibiotiklarni
bakteriyalar tomonidan qanday shimilishiga ham bog‘liq bo‘ladi. Antibiotiklarni
biologik ta’sir mexanizmi shartli ravishda quyidagi gruppalarga bo‘lish mumkin.
1)Hujayra devorini sintezini to‘xtatib qo‘yuvchi antibiotiklar (penitsillin,
linkollitsin, sefalaporin).
2)Hujayra memebranasi funksiyasini buzuvchi antibioitklar (albomitsinsin,
gramitsidin, nistatin).
3)Tanlab nuklein kislotalar sintezini to‘xtatib qo‘yuvchi antiboitklar:
a)RNK sintezini to‘xtatib qo‘yuchi antibiotiklar (aktinomitsin, kanamitsin,
neomitsin).
b)DNK sintezini to‘xtatib qo‘yuvchi antiboitiklar (aktidion, novobiotsin)
4)Purin va pirimidin asoslari sintezini buzuvchi antibiotiklar azaserin.
5)Oqsil sintezini to‘xtatib qo‘yuvchi antibiotiklar (kanamitsin, tetratsiklin).
6)Nafas olishni to‘xtatib qo‘yuvchi antiboitiklar oligomitsin.
7)Oksidlanish
qaytarilish
jarayonlariga
ta’sir
qiluvchi
antibiotiklar
(gramitsidin, oligomitsin).
Antimetobolit moddalar.
Gr + va gr – mikroorganizmlar hujayra devorlari tuzilishi jihatidan bir biridan
tubdan farq qiladi. Gr + mikroorganizmlar hujayra devorida peptidoglikan moddasi
ko‘p bo‘lganligi tufayli pensitsillin antibiotigi peptidoglikan moddasini sintezini
burib ularni hujayra devori shakllanishini to‘xtatib qo‘yadi. Yana bu antibiotik
bakteriyalar
hujayra
devorini
shakllanishida
ishtirok
etuvchi
ba’zi
bir
aminokislotalar sinteziga ham ta’sir etadi. Pensillin antibiotigi ta’sirida bakteriya
hujayra devori sintezi buzilib, devor shakllanishi to‘xtaydi, lekin hujayra
sitoplazmatik oqsillarini sintezi to‘xtamaydi. Buni natijasida bakteriya hujayrasi tez
kattalasha borib, bu yerda hujayra devori bo‘lmaganligi tufayli mikroorganizmlar
turli shakllarda bo‘lishi mumkin. Pepratsinlin, streptomitsin va boshqalar oqsil
sintezini to‘xtatib kuyuvchi antiboitiklar hisoblanadi. Antibiotiklar yuqumli va
boshqa har xil kasalliklarni davolashda ijobiy natijalar berishi bilan birgalikda yana
ular shu organizmga salbiy ya’ni yonaki ta’sir etishi ham mumkin.
Bular 1) Bir antibiotikni uzoq vaqt qo‘llanilsa organizmga zaharli ta’sir etishi
mumkin. Masalan: kanamitsin va streptomitsinlar uzoq vaqt qo‘llanilsa ular
organizmga otogen ta’sir etishi ya’ni eshitish nerviga va vestibulyar apparatiga ta’sir
etib kar bo‘lishga olib keladi. Eritromitsin, oleandomitsin jigarga ta’sir etishi
mumkin.
2)Antibiotiklarni muttasil qo‘llanilishi organizmni shu antibiotiklarga nisbatan
sezuvchanligini oshirishga va bu allergik kasalliklarga olib keladi.
3)O‘rinsiz organizmga yuborilgan antibiotiklar ichak mikroflorasiga ta’sir etib,
ichak disbakteriozi kasalligini keltirib chiqaradi.
4)Antibiotiklar immunogeneziga ta’sir etib, ikkilamchi immunodefitsit
kasalliklarini keltirib chiqaradi.
5) Kasallikka qarshi ishlatiladigan antibiotikni noto‘g‘ri tanlanilishi va
qo‘llanilishi natijasida patogen mikroorganizmlarni antibiotiklarga chidamli
shtamlari xosil bo‘ladi.
Mikroorganizmlarni antibiotiklarga sezgirligini quyidagi usullari yordamida
aniqlanadi.
1) Disk usuli yordamida mikroorganizmlarni antibiotiklarga sezgirligini
aniqlash.
2) Qator suyultirish usuli bilan antibiotiklarga bo‘lgan mikroorganizmlar
sezgirligini aniqlash.
Meditsina amaliyotida yuqumli kasalliklar bilan kasallangan bemorlarni
davolashda va qator kasalliklarni oldini olishda makroorganizmlar zararli ta’sir
etmaydigan mikroorganizmlarga esa o‘ldiruvchi ta’sir etadigan kimyoviy moddalar
keng qo‘llanilmoqda. Xozirgi zamon kimyoterapiyasiga P. Erlix va D. Ya.
Romanovskiylar asos solishgan. I. I. Mechnikov tomonidan esa ximiyaviy
preparatlarda
klinik
va
eksperimental
tekshirish
ishlarini
olib
borgan.
Kimyopreparatlar spesifik ta’sir qilishi ya’ni organizmga maksimal terapevtik
effektda minimal toksik ta’sir kursatish lozimdir. Yuqumli kasalliklar davolash
uchun quyidagi preparatlar ishlatiladi.
Vismut preparatlari (vismut nitrat asosi kseroform, vismut salitsilat asosi,
bioxinol, bismoverol, bitiuraol, pentabisman va boshqalar). Bu preparatlar zaxm va
enterokolitda qo‘llaniladi.
Rtut preparatlari (solitsil rtuti, kolomen va boshqalar) zaxm kasalligi bilan va
yiningli kasalliklarni davolash uchun ishlatiladi.
Akridin preparatlari. (rivanal, tripaflavin, akriflavin akritsid flavo‘id va
boshqalar). Bular burun, xalqum, tomoq yallig‘lanishlarida yiringli kasalliklarda
ishlatiladi.
Malyariyaga qarshi 30 dan ortiq preparatlar: xinin, mepakrin, rodoxin, xloroxin,
proguanil, pirimetamin, primaxin, xinotsid va boshqalar qo‘llaniladi.
Sulfanilamid preparatlari. Sulfanilamid preparatlari yiringli kasalliklarda
angina,skarlatina, zotiljam, ichburug‘, aerob infeksiyalar so‘zak, venerik
limfogranulomatoz, ortitoz, traxoma, blenoreya va boshqa kasalliklarni davolashda
yaxshi davolash effektini beradi.
Nitrovurak qatoriga mansub preparatlar (furazolidon, furodonin, furagipid)
bular ichak infeksiyalari bilan kasallangan bemorlarni davolashda qo‘llaniladi.
Sintetik preparatlar: PASK. Tibon, ftivazid, izoniazid, etionamiz, sikloserin,
samozid, mentaziya, larusan, etoksiya sulfonin, yuglon, krizanol va boshqa
preparatlar sil kasalligi bilan kasallangan bemorlarni davolashda ishlatiladi.
Antibakterial preparatlarga ya’ni effektiv ta’sir qiluvchi preparatlarga xinoksidin,
dioksidin va boshqa preparatlarni misol qilishimiz mumkin.
Viruslarga
qarshi
ishlatiladigan
preparatlar.
Virusli
kasalliklarni
ximiyaterapevtik preparatlar bilan davolash juda og‘ir va aktual masala bo‘lib
qolmoqda. Xozirgi paytda ko‘pchilik virusli infeksiyalarni davolashda davolash
moddalari yo‘q. Virusli kasalliklarni davolash va oldini olishda interferon preparati
juda effektiv preparat hisoblanadi. 1957 yilda L. Ayzeks va I. Lindeman tomonidan
kashf qilingan bo‘lib, ekzogen interferonnni qisman tozalangan va konsentirlangan
holatda inson leykotsitlaridan olinadi. Organizmni stimulyatsiyasi uchun va shaxsiy
interferon xosil qilish uchun interferogenlardan stotalan, ilein, sintetik poli
nukleotidlar, Polioniollar, aminotiollar, polisaxaridlar, oddiy ribonuklein kislotalar,
zamburug‘lar, bakteriyalar, mikoplazm fag va reoviruslar ishlatiladi.
Interferon mazi pufakchali o‘rab oluvchichi temperatkilarni oddiy gerpes va
boshqa teri shilliq qavatlari virusli infeksiyalarini davolashda keng qo‘llanilmoqda.
Ba’zi bir virusli infeksiyalarni davolashda dezoksiribonukleaza, ribonukleaza
ishlatiladi. Ular esa yuqumli agentlarni olib yuruvchi funksiyasini bajaruvchi virus
nuklein kislotalarni zararlantiradi. Adenoviruslar keltirib chiqaradigan gerpetik
keratitni davolashda dezoksiribonukleazalar bemor konyuktivasiga ko‘zning
biriktiruvchi pardasi tomizilib yuqori darajali effektlarga erishilmoqda. Birok
nukleazalar hamma vaqt ham terapevtik effekt bera olmaydi, chunki virus nuklein
kislotalari ferment ta’siridan oqsil qavatlari yordamida himoyalanadi.
Antiblastom preparatlari. O‘smalarga qarshi kimyoterapevtik preparatlardan
foydalanish ham bir qancha qiyinchiliklar keltirib chiqaradi. O‘smalarga qarshi
preparatlarga azotipritlar degranol, xlormetin, dopon, embixin, novoembixin,
melfalsin, endoksan, siklofasfan di-trietilenaminlar, diepoksidlar, antimetobolitlar,
antipurinlar, antipiridinlar gormon va boshqalar qo‘llanilmoqda.
Limfogranulematozlarni limfatik tugunlarning o‘smasimon o‘sishlari bilan
kechadigan kasallik davolashda degranol, nitramin, vinblastin, endoksan va
boshqalar ishlatish tavsiya etiladi. O‘tkir va surunkali leykozlarda esa dopan,
mielosan (mileran) 6-merkaptopurin, metatreksat, vinkristin foliev kislotasi
analoglari qo‘llaniladi. Yuqorida aytilgan preparatlar yonaki ta’sir qilishi mumkin.
Masalan: pasaytirishi sog‘lom hujayralarni mutatsiyasini chaqirish mumkin.
Umuman olganda kimeterapevtik preparat organizm yuborilganda kuchli va
yetarli bulishi lozim. Bu kimeterapevtik preparatlarni sifatini belgilovchi indeksni 1
bo‘lib Erlix taklif kildi.
Dezinfeksiya.
Dezinfeksiya
bu
atrof
muhitdagi
ob’ektlarni
mikroorganizmlardan zararsizlantirish ya’ni odamlar va hayvonlar uchun patogen
bo‘lgan mikroorganizmlarga qarshi kimyoviy va fizik usullar bilan kurashishdir.
Dezinfeksiyalovchi moddalarning quyidagi eritmalari ko‘proq ishlatiladi. 3-5% li
fenol yoki karbol kislotasi, 1-2-3% li lizol, 0,5-2-3 % xloramin, 2-4-10-20% li xlorli
oxak, 70% li spirt va x. k.
Sterilizatsiya. Sterilizatsiya bu mikroorganizmlarni sporali va vegetativ
formalaridan butunlay xalos bo‘lishga aytiladi. Sterilizatsiya qilishni bir necha
usullari bor. 1)Spirt lampasi yoki gaz gorelkasida chug‘lantirib sterilizatsiya kilish.
Bu usul bilan bak-k xalqa, buyum oynachalari, pinsetlar va boshqa metal va shisha
idishlar sterillanadi. 2) Qaynatish yo‘li bilan sterillash. Bu usul 20-30 minut
davomida maxsus metol sterilizatorliklardaamalga oshiriladi. Bunda shprislar,
mayda jarrohlik asboblari, shisha buyumlari qaynatib sterillanadi. Qaynatilayotgan
suvga 1-2% li bikirbonat nartiy eritmasi qo‘shiladi bu esa sterilizatsiya qilinayotgan
buyumlarni yaxshi tozalaydi va qaynash temperaturasini oshiradi. Bu usulni
kamchiligi shundan iboratki, bu usul to‘lik sterillash imkonini bermaydi, ya’ni
sporali bakteriyalar va ayrim viruslar yashashqobiliyatini saqlab qoladi.
3) Quruq issiqlik bilan sterillash. Bu usul 165-1800S gacha qizdirilgan
havoning mikroorganizmlarni o‘ldirish xususiyatiga asoslangan. Buning uchun
Paster pechidan foydalaniladi. Bu ko‘sh devorli metall shkaf bo‘lib sirtdan issiqlikni
yomon o‘tkazadigan modda bilan qoplangan. Ustki devorini teshigiga termometr
qo‘yiladi. Asbob pastidan primus gaz gorelkasi yoki elektr toki bilan ishlatiladi.
Yuqori temperaturada paxtali probka idish o‘ralgan qog‘ozlar biroz qo‘yilib
jigarrang yoki qora rangga aylanadi. Past temperaturada esa uzoq vaqt sterillashga
to‘g‘ri keladi. Quruq issiqlik bilan shisha idishlar Petri kosachasi, probirka , pipetka
va boshqalar sterillanadi. 4)Avtoklavda bug‘ bilan bosim ostida sterillash. Avtoklav
jips yopiladigan qalin qopoqoli va ko‘sh ichki tashqi qozondan iborat bo‘lib sirtdan
metall g‘ilof bilan qoplangan. Tashqi qozonga suv quyiladi, ichki qozonning
teshiklari bo‘lib ular orqali tashqi qozondan chiquvchi bug‘ o‘tib turadi. Ichki
qozonning tagida bug‘ni chiqarib yuboradigan naycha kiritiladigan teshik qilingan
bu nayning oxiri chiqarish jo‘mragi bilan tugaydi. Avtoklavni yon devoriga
manometr biriktirilgan. Manometr avtoklav ichidagi suv bug‘larining bosimini
ko‘rsatib turadi avtoklavni yon devoridan ehtiyot klapani va suv o‘lchovchi naycha
bor. Avtoklavdagi bosim shu avtoklav uchun belgilangan miqdordan oshib ketsa
ehtiyot klapani ortiqcha bug‘ni avtomatik ravishda chiqarib yuboradi. Sterilizatsiya
quyidagi tarzda amalga oshiraladi. Avval voronka orqali tashqi qozonga suv quyiladi
va sterilizatsiya qilinadigan narsalar oziq muhitlar bikslardagi bog‘lov materiallari
va x. k. ichki qozonga joylanadi. So‘ngra qopqoqdagi vintlar burab mahkamlanadi
va kuchli gaz alangalari yoki elektr toki yordamida avtoklav isitiladi. Bunda
chiqarish jo‘mragi ochib qo‘yilishi kerak. Suv qaynagandan keyin avtoklav devorlari
orasidan ko‘tariluvchi bug‘ ichki qozonga kirib undagi havoni qisib chiqaradi, bu
havo chiqarish jo‘mragi orqali chiqib ketadi. Bug‘ sekin-asta avtoklavni hamma
bo‘shliklarini to‘ldiradi. Chiqarish jo‘mragidan uzluksiz kuchli bug‘ okib chiqa
boshlashi bilan jo‘mrak yopiladi. Shundan so‘ng manometr strelkasi kuzatilib
turiladi. Bug‘ bo‘shliqda qolib to‘plana boshlaydi uning bosimi oshadi buni esa
manometr qayd qiladi: manometrdagi o raqami normal atmosfera bosimiga mos
keladi. Sterilizatsiya protsessi tomom bo‘lgach alangalar o‘chiriladi yoki elektr toki
berish to‘xtatiladi va manometr strelkasi 0 ga tushib avtoklav sovugunga qadar
turiladi. Shundan keyin chiqarish jo‘mragi asta-sekin ochiladi bug‘ sekin chiqarib
yuboriladi, avtoklav ochiladi va undan sterilangan materiallar olinadi. Agar avtoklav
monometri strelkasi 0 ga tushmasdan oldin ochilsa bosimning tez pasayishi tufayli
suyuqlik probirka larni otib yuborib, idishlardan to‘kilab ketishi mumkin.
Avtoklavda bug‘ bilan bosim ostida sterillash bu eng samarali sterillash usullaridan
biri bo‘lib faqatgina mikrobiologiya amaliyotida emas balki klinik meditsinada ham
keng qo‘llanilmoqda. Avtoklavda ishlash uchun maxsus qo‘llanma va havfsizlik
qoidalariga qat’iy rioya qilish lozim. Ko‘pchilik oziq muhitlar bog‘lam uchun
ishlatiladigan materiallar 1 atm bosimida 15-20 minut mikrob tushgan materiallarni
zararsizlantirish uchun 15 2 atm bosimida 20-25 min davomida sterillanadi.
Avtoklavni to‘g‘ri ishlab turganligini tekshirish uchun yuqori temperaturada
eriydigan kimyoviy moddalar: benzonaftol, benzol kislotkasidan va boshqalardan
foydalaniladi.
6)Kox apparati yoki avtoklavda oquvchi bug‘ bilan sterillash.
Sterillashning bu turi bug‘ning bakteriya vegetativ shakllariga ta’sir qilish
kuchiga asoslangan. Bu usul bilan yuqori temperaturada sterillash mumkin
bo‘lmagan
materiallar
vitkaminli
va
qandli
oziq
muhitlar
sterilanadi.
Mikroorganizmlarni to‘liq yo‘qotish uchun bo‘lib sterillash usuli qo‘llaniladi.
Materiallar 1000S da 20-30 minut davomida 3 kun surunkasiga sterillanadi. Bu xolda
vegetativ hujayralar o‘ladi, sporalar esa qoladi va bir sutka ichida vegetativ
hujayralarga aylanadi. Keyingi ikki marta qaytadan sterillash natijasida ular butunlay
o‘ladi va material to‘liq sterillangan hisoblanadi. 6)Tindalizatsiya materiallar 5-6
kun bir soat davomida 56-580S da surunkasiga bo‘lib sterillanadi. Bu usul yordamida
yuqori
temperaturada
tez
buziladigan
moddalarni
sterilizatsiya
qilinadi.
7)Patserizatsiya bu usul temperaturaning bakteriya sporasi emas faqat vegetativ
hujayrasiga ta’sir qilish xususiyatiga asoslangan. Material 50-650S da 15-30 minut
yoki 70-800S da 5-10 minut qizdiriladi, so‘ngra tezlikda sovitiladi. Ko‘pincha
ichimliklar va oziq-ovqat mahsulotlari pasterizatsiyalanadi. 8)Ultrabinafsha nurlar
bilan sterillash. Bu usul bilan sterillash asosan 260-300 mkm to‘lqin uzunligidagi
ultrabinafsha nurlarning mikroorganizmlarni o‘ldirish xususiyatiga asoslangan
bo‘lib, operatsiya xonalari,shifoxona palatalarini havosini mi/olardan tozalash
maqsadida bakteriotsid lampalardan foydalaniladi. Mikroorganizmlardan tozalash
maqsadida bakteriotsid lampalardan foydalaniladi. Mikroorganizmlarga qarshi
kurashishda ximik usullardan ham foydalaniladi. Ular meditsina praktikasida ham
keng qo‘llanib asosan ikki maqsadda ya’ni antisep va asepdan iborat.
1)Antiseptika- mavjud bo‘lgan yoki tashqaridan tushgan mikroorganizmlarga
qarshi kurashishga antiseptika deyiladi. M: yiringli moddalarni ximik moddalar
yordamida tozalash. 2)aseptika mikroorganizmlarni tashqaridan tushishiga qarshi
kurashishga aytilib bunga xiruglarni operatsiyadan oldin qo‘llarini yuvishi,
operatsiya kilinadigan joylarni ximik moddalar bilan tozalashga aytiladi.
Mikroorganizmlar ekologiyasi. Suv, tuproq, havo mikroflorasi.
Mikroorganizmlar ekologiyasini umumiy mikrobiologiyaning ekologik
mikrobiologiya bo‘limi o‘rganadi. Aniqrog‘i ekologik mikrobiologiya muayyan
biotoplarda birgalikda yashovchi mikro va makroorganizmlarning o‘zaro
munosabatlarini o‘rganadi.