MIKROORGANIZMLARINING O’SISHI VA KO’PAYISHI

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

5

File size

Fayl hajmi

36,6 KB


MIKROORGANIZMLARINING O’SISHI VA KO’PAYISHI
Reja:
1. Bakteriya hujayrasining ichki tuzilishi
2. Mikroorganizmlarning o’sishi 
3. Mikroorganizmlarning ko’payishi
Bakteriya  hujayrasining  o’sishi.  Prokariotlarning  ko’payishi  usullari.
Bakteriyalarning rivojlanish tsikli va uning fazalari va ularning tavsifi. Uzluksiz
ko’paytirishning mikroorganizmlar xususiyatlarini tadqiq qilishdagi ahamiyati va
amaliyotda ishlatilishi.
Mikroorganizmlar  ham  o’sadi,  ham  ko’payadi.  O’sish –  deganda
hujayradagi butun kimyoviy moddalarning (oqsil, RNK, DNK va boshqalar) bir-
biriga  mutanosib  tarzda  ko’payishi  tushuniladi.  O’sish  natijasida  hujayraning
kattaligi  va  massasi  ortadi.  Hujayraning  kattaligi  ma’lum  darajaga  yetgandan
so’ng, u ko’paya boshlaydi. 
Ko’payish – deb  mikroorganizm  hujayra  sonining  oshishiga  aytiladi.
Ko’payish ko’ndalangiga bo’linish yo’li bilan, ba’zan esa kurtaklanib yoki spora
hosil  qilib  amalga  oshadi.  Umuman,  prokariotlarning  ko’payishi  jinssiz  binar
bo’linib ko’payishdir. Ko’payish jarayoni hujayraning uzayishidan, nukleoidning
ikkiga bo’linishidan boshlanadi.  Nukleoid - superspirallashgan, zich joylashgan
DNK  molekulasidir  (u  replikon ham  deyiladi).  Mikroorganizmlarda  ham
DNKning replikatsiyasi,  DNK-polimeraza fermenti orqali amalga oshadi. DNK
ning replikatsiyasi, bir vaqtning o’zida, qarama-qarshi  yo’nalishda ketadi va u
ikkilanib  qiz  hujayralarga  o’tadi.  Qiz  hujayrada  ham  DNK  ketma-ketligi  ona
hujayranikidek  bo’ladi.  Replikatsiya  bakteriya  hujayrasining  ko’payishiga
ketadigan vaqtning 80% ni egallaydi.
Logotip
MIKROORGANIZMLARINING O’SISHI VA KO’PAYISHI Reja: 1. Bakteriya hujayrasining ichki tuzilishi 2. Mikroorganizmlarning o’sishi 3. Mikroorganizmlarning ko’payishi Bakteriya hujayrasining o’sishi. Prokariotlarning ko’payishi usullari. Bakteriyalarning rivojlanish tsikli va uning fazalari va ularning tavsifi. Uzluksiz ko’paytirishning mikroorganizmlar xususiyatlarini tadqiq qilishdagi ahamiyati va amaliyotda ishlatilishi. Mikroorganizmlar ham o’sadi, ham ko’payadi. O’sish – deganda hujayradagi butun kimyoviy moddalarning (oqsil, RNK, DNK va boshqalar) bir- biriga mutanosib tarzda ko’payishi tushuniladi. O’sish natijasida hujayraning kattaligi va massasi ortadi. Hujayraning kattaligi ma’lum darajaga yetgandan so’ng, u ko’paya boshlaydi. Ko’payish – deb mikroorganizm hujayra sonining oshishiga aytiladi. Ko’payish ko’ndalangiga bo’linish yo’li bilan, ba’zan esa kurtaklanib yoki spora hosil qilib amalga oshadi. Umuman, prokariotlarning ko’payishi jinssiz binar bo’linib ko’payishdir. Ko’payish jarayoni hujayraning uzayishidan, nukleoidning ikkiga bo’linishidan boshlanadi. Nukleoid - superspirallashgan, zich joylashgan DNK molekulasidir (u replikon ham deyiladi). Mikroorganizmlarda ham DNKning replikatsiyasi, DNK-polimeraza fermenti orqali amalga oshadi. DNK ning replikatsiyasi, bir vaqtning o’zida, qarama-qarshi yo’nalishda ketadi va u ikkilanib qiz hujayralarga o’tadi. Qiz hujayrada ham DNK ketma-ketligi ona hujayranikidek bo’ladi. Replikatsiya bakteriya hujayrasining ko’payishiga ketadigan vaqtning 80% ni egallaydi.
DNK  replikatsiyasidan  so’ng,  hujayralararo  to’siq  hosil  bo’ladi,  bu
murakkab  jarayondir.  Avvalo  hujayraning  ikki  tomonidan  sitoplazmatik
membrananing ikki qavati o’sadi, so’ngra, ular orasida  peptidoglikan  (murein)
sintezlanadi  va  nihoyat  to’siq  hosil  bo’ladi.  To’siq  ikki  qavat  sitoplazmatik
membrana va peptidoglikandan iborat. DNK replikatsiyasi davomida va bo’luvchi
to’siq hosil bo’lishi vaqtida hujayra uzluksiz o’sadi. Bu vaqtda hujayra devorining
peptidoglikani,  sitoplazmatik  membranasi,  yangi  ribosomalar  va  boshqa
organellalar,  birikmalar,  xullas,  sitoplazmadagi  birikmalar  hosil  bo’ladi.
Bo’linishning oxirgi stadiyasida qiz hujayralar bir-biridan ajraladi. Ba’zan esa
bo’linish  jarayoni  oxirigacha  bormay,  bakteriya  hujayralarining  zanjiri  hosil
bo’ladi. 
Tayoqchasimon bakteriyalar bo’linishidan oldin u bo’yiga o’sadi va ikkiga
bo’lina boshlaydi. Tayoqcha o’rtadan sal torayadi va ikkiga bo’linadi. Agar hujayra
ikki bir xil bo’laklarga bo’linsa, bunga  izomorf bo’linish (izo-teng ) deyiladi.
Ko’pincha geteromorf bo’linish kuzatiladi. 
Agar  hivchinli  hujayra  bo’linsa,  qiz  hujayrada  ko’pincha  hivchinlar
bo’lmaydi ular ona hujayrada qoladi. Keyinchalik qiz hujayradan hivchin o’sadi.
Demak, ona hujayra birlamchi hujayra devori, fimbriylar, hivchinlarga ega bo’ladi.
Spiroxetlar, rikketsiylar, ba’zi achitqilar, zambrug’lar, sodda hayvonlar (protistlar)
ko’ndalangiga bo’linib ko’payadi. Miksobakteriyalar “tortilib” («peretyajka» hosil
qilib) ko’payadi. Avval hujayra bo’linadigan joyidan torayadi, so’ngra hujayra
devori ikki tomonidan hujayraning ichki tomoniga qarab bo’rtadi va oxirida ikkiga
bo’linadi.  Qiz  hujayra  o’zi  sitoplazmatik  membranasi  bo’lgani  holda,  hujayra
devorini vaqtincha saqlab qoladi.
Ba’zi  bakteriyalarda  jinsiy jarayon  ham  kuzatilib,  unga  kon’yugatsiya
deyiladi.  Shunday  qilib,  o’sish  va  ko’payish  natijasida  mikroorganizmlar
koloniyasi hosil bo’ladi. Ularning ko’payishi juda katta tezlikda amalga ochadi.
Generatsiya vaqti mikroorganizm turi, yoshi, tashqi muhit (oziqa muhit tarkibiga,
temperaturaga, rN) ga bog’liq. Generatsiya vaqtining eng optimal muddati 20-30
minut bo’lsa, 2 soatda 6 ta generatsiya olish mumkin. Odamning shuncha avlodini
olish uchun esa 120 yil vaqt lozim bo’ladi. Ammo bakteriyalar uzoq vaqt 20
minutlik  generatsiya hosil qilish yo’li bilan ko’paya olmaydi. Agar ular bir xil
Logotip
DNK replikatsiyasidan so’ng, hujayralararo to’siq hosil bo’ladi, bu murakkab jarayondir. Avvalo hujayraning ikki tomonidan sitoplazmatik membrananing ikki qavati o’sadi, so’ngra, ular orasida peptidoglikan (murein) sintezlanadi va nihoyat to’siq hosil bo’ladi. To’siq ikki qavat sitoplazmatik membrana va peptidoglikandan iborat. DNK replikatsiyasi davomida va bo’luvchi to’siq hosil bo’lishi vaqtida hujayra uzluksiz o’sadi. Bu vaqtda hujayra devorining peptidoglikani, sitoplazmatik membranasi, yangi ribosomalar va boshqa organellalar, birikmalar, xullas, sitoplazmadagi birikmalar hosil bo’ladi. Bo’linishning oxirgi stadiyasida qiz hujayralar bir-biridan ajraladi. Ba’zan esa bo’linish jarayoni oxirigacha bormay, bakteriya hujayralarining zanjiri hosil bo’ladi. Tayoqchasimon bakteriyalar bo’linishidan oldin u bo’yiga o’sadi va ikkiga bo’lina boshlaydi. Tayoqcha o’rtadan sal torayadi va ikkiga bo’linadi. Agar hujayra ikki bir xil bo’laklarga bo’linsa, bunga izomorf bo’linish (izo-teng ) deyiladi. Ko’pincha geteromorf bo’linish kuzatiladi. Agar hivchinli hujayra bo’linsa, qiz hujayrada ko’pincha hivchinlar bo’lmaydi ular ona hujayrada qoladi. Keyinchalik qiz hujayradan hivchin o’sadi. Demak, ona hujayra birlamchi hujayra devori, fimbriylar, hivchinlarga ega bo’ladi. Spiroxetlar, rikketsiylar, ba’zi achitqilar, zambrug’lar, sodda hayvonlar (protistlar) ko’ndalangiga bo’linib ko’payadi. Miksobakteriyalar “tortilib” («peretyajka» hosil qilib) ko’payadi. Avval hujayra bo’linadigan joyidan torayadi, so’ngra hujayra devori ikki tomonidan hujayraning ichki tomoniga qarab bo’rtadi va oxirida ikkiga bo’linadi. Qiz hujayra o’zi sitoplazmatik membranasi bo’lgani holda, hujayra devorini vaqtincha saqlab qoladi. Ba’zi bakteriyalarda jinsiy jarayon ham kuzatilib, unga kon’yugatsiya deyiladi. Shunday qilib, o’sish va ko’payish natijasida mikroorganizmlar koloniyasi hosil bo’ladi. Ularning ko’payishi juda katta tezlikda amalga ochadi. Generatsiya vaqti mikroorganizm turi, yoshi, tashqi muhit (oziqa muhit tarkibiga, temperaturaga, rN) ga bog’liq. Generatsiya vaqtining eng optimal muddati 20-30 minut bo’lsa, 2 soatda 6 ta generatsiya olish mumkin. Odamning shuncha avlodini olish uchun esa 120 yil vaqt lozim bo’ladi. Ammo bakteriyalar uzoq vaqt 20 minutlik generatsiya hosil qilish yo’li bilan ko’paya olmaydi. Agar ular bir xil
jadallikda  ko’payganda edi, bir dona Ye. coli 24 soatdan so’ng 272 yoki 1022
avlod qoldirgan bo’lar edi, bu esa 10 minglab tonnani tashkil qiladi. Bakteriyaning
o’sishi  shu  tarzda  davom  etsa, 24  soatdan  so’ng  to’plangan  massa  yer  shari
massasidan  bir  necha  marta  og’ir  bo’lib  chiqar  edi.  Ammo,  amalda  bunday
bo’lmaydi, chunki oziqa moddalarning yetishmasligi va hosil bo’lgan mahsulotlar
bakteriyaning ko’payishini cheklaydi. Oziqa muhiti oqib turganda bakteriyalar har
15-18 minutda bo’linib turadi. Suyuq oziqa muhitda bakteriyalar o’sish tezligining
vaqtga  qarab
 o’zgarishini  kuzatish  mumkin.  Oziqa  muhitga  tushgan
mikroorganizmlar  avvalo  unga  moslashadi,  so’ng  tezlik  bilan  ko’payadi  va
maksimumga  chiqadi.  Oziqa  moddalarning  kamayishi  va  hosil  bo’lgan
mahsulotlarning ko’payishiga qarab, o’sish sekinlashadi va to’xtaydi. 
Bakteriyaning rivojlanish tsikli bir necha fazadan tashkil topadi:
1. Sta
 
 ts  ionar faza
 
  – mikroorganizmning oziqa muhitga tushgandan boshlab,
1-2 soat davom etadi. Bu fazada hujayra soni ortmaydi.
2. Lag faza – ko’payishning tormozlanishi. Bu fazada bakteriyalar intensiv
o’sadi,  ammo  ularning  bo’linishi  juda  kam  bo’ladi.  Bu  ikki  fazani  bakteriya
populyatsiyasi rivojlanishining muhitga moslashuv fazasi desa bo’ladi. 
3. Logarifmik - 
 
 e  ksponen
 
 ts  ial ko’payish fazasi
 
 . Ko’payish katta tezlikda
ketadi, hujayralar soni geometrik progressiya bo’yicha ortadi.
4. Manfiy tezlanish fazasi - Hujayralar kamroq aktiv bo’ladi, generatsiya
vaqti cho’ziladi, chunki oziqa kamayadi, zaharli moddalar hosil bo’ladi, natijada
ko’payish susayadi, ba’zi hujayralar o’ladi ham.
5. M
  aksimal 
 
 s  ta
  ts  ionar faza
 
  - Hosil bo’ladigan hujayralar soni o’ladiganlari
soni bilan tenglashadi. Shuning uchun tirik hujayralar soni ma’lum vaqt davomida
bir hil darajada turadi. Tirik va o’lgan hujayralar soni sekin-asta ko’payadi. Bu
fazada hujayralar soni maksimumga yetadi. 
6- fazada o’lgan hujayralar soni ko’payadi.
7- faza - hujayralarning logarifmik o’lim fazasi deb nomlanib, o’lish doimiy
tezlikda davom etadi.
6 va 7- faza birgalikda o’lim fazasi deb atalib unda o’luvchi hujayralar soni
ko’payuvchi hujayralar sonidan ko’p bo’ladi. 
8- fazada hujayralarning o’lishi asta sekin kamayadi.
Logotip
jadallikda ko’payganda edi, bir dona Ye. coli 24 soatdan so’ng 272 yoki 1022 avlod qoldirgan bo’lar edi, bu esa 10 minglab tonnani tashkil qiladi. Bakteriyaning o’sishi shu tarzda davom etsa, 24 soatdan so’ng to’plangan massa yer shari massasidan bir necha marta og’ir bo’lib chiqar edi. Ammo, amalda bunday bo’lmaydi, chunki oziqa moddalarning yetishmasligi va hosil bo’lgan mahsulotlar bakteriyaning ko’payishini cheklaydi. Oziqa muhiti oqib turganda bakteriyalar har 15-18 minutda bo’linib turadi. Suyuq oziqa muhitda bakteriyalar o’sish tezligining vaqtga qarab o’zgarishini kuzatish mumkin. Oziqa muhitga tushgan mikroorganizmlar avvalo unga moslashadi, so’ng tezlik bilan ko’payadi va maksimumga chiqadi. Oziqa moddalarning kamayishi va hosil bo’lgan mahsulotlarning ko’payishiga qarab, o’sish sekinlashadi va to’xtaydi. Bakteriyaning rivojlanish tsikli bir necha fazadan tashkil topadi: 1. Sta ts ionar faza – mikroorganizmning oziqa muhitga tushgandan boshlab, 1-2 soat davom etadi. Bu fazada hujayra soni ortmaydi. 2. Lag faza – ko’payishning tormozlanishi. Bu fazada bakteriyalar intensiv o’sadi, ammo ularning bo’linishi juda kam bo’ladi. Bu ikki fazani bakteriya populyatsiyasi rivojlanishining muhitga moslashuv fazasi desa bo’ladi. 3. Logarifmik - e ksponen ts ial ko’payish fazasi . Ko’payish katta tezlikda ketadi, hujayralar soni geometrik progressiya bo’yicha ortadi. 4. Manfiy tezlanish fazasi - Hujayralar kamroq aktiv bo’ladi, generatsiya vaqti cho’ziladi, chunki oziqa kamayadi, zaharli moddalar hosil bo’ladi, natijada ko’payish susayadi, ba’zi hujayralar o’ladi ham. 5. M aksimal s ta ts ionar faza - Hosil bo’ladigan hujayralar soni o’ladiganlari soni bilan tenglashadi. Shuning uchun tirik hujayralar soni ma’lum vaqt davomida bir hil darajada turadi. Tirik va o’lgan hujayralar soni sekin-asta ko’payadi. Bu fazada hujayralar soni maksimumga yetadi. 6- fazada o’lgan hujayralar soni ko’payadi. 7- faza - hujayralarning logarifmik o’lim fazasi deb nomlanib, o’lish doimiy tezlikda davom etadi. 6 va 7- faza birgalikda o’lim fazasi deb atalib unda o’luvchi hujayralar soni ko’payuvchi hujayralar sonidan ko’p bo’ladi. 8- fazada hujayralarning o’lishi asta sekin kamayadi.