MIKROSKOPNING TUZILISHI. MIKROSKOPDAN FOYDALANISH QOIDALARI VA PREPARAT TAYYORLASH. O‘SIMLIKLAR HUJAYRASINING SHAKLI VA TUZILISHI, SITOPLAZMA ORGANOIDLARI

Yuklangan vaqt

2024-05-15

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

8

Faytl hajmi

93,0 KB


 
 
 
 
MIKROSKOPNING TUZILISHI. 
MIKROSKOPDAN FOYDALANISH QOIDALARI VA PREPARAT 
TAYYORLASH. O‘SIMLIKLAR HUJAYRASINING SHAKLI VA 
TUZILISHI, SITOPLAZMA ORGANOIDLARI 
 
 
Mavzuning maqsadi. Mikroskopning qismlari bilan tanishtirish. Mikroskop 
bilan ishlashni va har xil preparatlar tayyorlash qoidalarini o‘rgatish. 
Hujayralarning shaklini, tuzilishini, piyoz po‘sti va paxta tolasi hujayralari 
misolida o‘rganish. Sitoplazma organoidlari haqida umumiy tushuncha berish. 
Plastidalarning tuzilishini, ularning vazifalarini yo‘sin bargi va qalampir mevasi 
misolida o‘rgatish. 
Kerakli asbob-uskunalar: Mikroskop, buyum va qoplag‘ich oynalar, 
ustara, chyotka, pipetka, preparoval nina, suv, yod, glitserin, spirt, toluol, ksilol, 
filtr qog‘oz, balzam, oddiy qog‘oz, pinset, har xil rangli qog‘ozlar, fiksatsiyalangan 
ildiz, poya, barg yoki o‘simlik bo‘laklari.  
Umumiy tushuncha. Mikroskop buyumlarni bir necha yuz ming 
martagacha kattalashtirib ko‘rsatadi. Mikroskopning optik qismi eng asosiy 
qismlardan hisoblanib u ko‘rish nayi(tubus)dan iborat, tubusning    yuqori qismida 
okulyar, tagida ob’ektiv joylashgan.  
SHtativ: SHtativ to‘g‘ri yoki egri kolonkadan iborat. SHtativda revolver, 
mikrovint, makrovint, buyum stolchasi, diafragma, dasta va oyna bo‘ladi. 
O‘simliklar mikroskopik tuzilishiga ega bo‘lgan hujayralardan tashkil topgan. 
Hujayra o‘zaro bog‘langan sitoplazma va yadrodan iborat. O‘simlik to‘qimalari 
tirik va o‘lik, bir yoki ko‘p hujayralardan tashkil topgan. Har bir hujayra nafas 
oladi, oziqlanadi, o‘sadi, bo‘linib ko‘payadi. Gulli o‘simliklardagi ayrim 
hujayralarning kattaligi 10-60 mmgacha boradi (paxta tolasi), olma, tarvuz, 
mandarin, pamidor, hujayralari ham yirik bo‘ladi. O‘simlik hujayrasi o‘z ichidagi 
MIKROSKOPNING TUZILISHI. MIKROSKOPDAN FOYDALANISH QOIDALARI VA PREPARAT TAYYORLASH. O‘SIMLIKLAR HUJAYRASINING SHAKLI VA TUZILISHI, SITOPLAZMA ORGANOIDLARI Mavzuning maqsadi. Mikroskopning qismlari bilan tanishtirish. Mikroskop bilan ishlashni va har xil preparatlar tayyorlash qoidalarini o‘rgatish. Hujayralarning shaklini, tuzilishini, piyoz po‘sti va paxta tolasi hujayralari misolida o‘rganish. Sitoplazma organoidlari haqida umumiy tushuncha berish. Plastidalarning tuzilishini, ularning vazifalarini yo‘sin bargi va qalampir mevasi misolida o‘rgatish. Kerakli asbob-uskunalar: Mikroskop, buyum va qoplag‘ich oynalar, ustara, chyotka, pipetka, preparoval nina, suv, yod, glitserin, spirt, toluol, ksilol, filtr qog‘oz, balzam, oddiy qog‘oz, pinset, har xil rangli qog‘ozlar, fiksatsiyalangan ildiz, poya, barg yoki o‘simlik bo‘laklari. Umumiy tushuncha. Mikroskop buyumlarni bir necha yuz ming martagacha kattalashtirib ko‘rsatadi. Mikroskopning optik qismi eng asosiy qismlardan hisoblanib u ko‘rish nayi(tubus)dan iborat, tubusning yuqori qismida okulyar, tagida ob’ektiv joylashgan. SHtativ: SHtativ to‘g‘ri yoki egri kolonkadan iborat. SHtativda revolver, mikrovint, makrovint, buyum stolchasi, diafragma, dasta va oyna bo‘ladi. O‘simliklar mikroskopik tuzilishiga ega bo‘lgan hujayralardan tashkil topgan. Hujayra o‘zaro bog‘langan sitoplazma va yadrodan iborat. O‘simlik to‘qimalari tirik va o‘lik, bir yoki ko‘p hujayralardan tashkil topgan. Har bir hujayra nafas oladi, oziqlanadi, o‘sadi, bo‘linib ko‘payadi. Gulli o‘simliklardagi ayrim hujayralarning kattaligi 10-60 mmgacha boradi (paxta tolasi), olma, tarvuz, mandarin, pamidor, hujayralari ham yirik bo‘ladi. O‘simlik hujayrasi o‘z ichidagi
 
 
suyuqlikni o‘rab olgan po‘stga ko‘ra ma’lum shaklda bo‘ladi. Tirik hujayra ichida 
odatda protoplazmadan iborat protoplast hamda yadro bo‘ladi. Protoplazma shilliq 
qumoq modda bo‘lib, sitoplazma ham deb ataladi. Protoplazma va yadro 
hujayraning 
tirik 
qismidir. 
Hujayra 
o‘sgan, 
kattalashgan 
sari 
uning 
protoplazmasida bo‘shliq-vakuolalar paydo bo‘ladi. Vakuolalarda hujayra shirasi 
bo‘ladi.  
Hujayralar ba’zan bo‘yiga cho‘ziq, ya’ni bo‘yi enidan bir necha marta uzun 
bo‘ladi. Bunday hujayralarni prozenximatik shakldagi hujayralar deb  
ataladi, masalan paxta tolasining hujayrasi uzunligi bir necha mkmga etadi. Ba’zan 
o‘simlik hujayralari shakli yumaloq, yulduzsimon, ko‘p qirrali va boshqa shaklda 
bo‘ladi. Bo‘yi eniga teng o‘sgan hujayralarni esa parenximatik hujayra deb ataladi. 
Masalan piyoz po‘sti hujayralari. 
Ob’ektiv: Mikroskopning buyumni kattalashtirib ko‘rsatadigan qismi 
ob’ektividir. Ob’ektiv odatda 2 yoki 4 ta bo‘lib, buyumni kattalashtirib va teskari 
qilib okulyarga tushiradi.  
Okulyar: Okulyar yig‘ish va ko‘rish linzasidan iborat. Ko‘rish linzasi 
qancha kichik bo‘lsa, okulyar buyumni shuncha katta ko‘rsatadi. Okulyar va 
ob’ektivda buyumni katta qilib ko‘rsatish darajasi sonlar bilan ko‘rsatilgan. 
Ob’ektiv bilan okulyardagi sonlar bir-biriga ko‘paytirilsa buyumni necha marotaba 
kattalashtirib ko‘rsatilganligi kelib chiqadi.  
Ko‘rish nayi. Ko‘rish nayi dastaga biriktirilgan bo‘lib tagiga revolver 
joylashtirilgan. Revolver ob’ektivni harakatga keltirish uchun ishlatiladi. 
Makrovintni burash bilan ko‘rish nayini yuqoriga ko‘tarib yoki pastga tushirib 
ob’ektiv bilan okulyar o‘rtasidagi fokus masofani to‘g‘rilab olish mumkin.  
Buyum stolchasi. Buyum stolchasi o‘rtasi teshik bo‘lib, bu teshikdan 
preparatga yorug‘lik tushadi, stolchaning tagida teshikni katta-kichik qilib 
turadigan diafragma, kondensor joylashtirilgan. Buyum stolchasining pastki 
qismiga bir tomoni botiq ikkinchi tomoni tekis bo‘lgan ko‘zgu o‘rnatilgan  
Ko‘zgu. Ko‘zgu yorug‘likni ob’ektivga to‘g‘rilab, yig‘ib beradi. Ko‘zguning 
tekis tomoni kuchsiz yorug‘lik beradi. YOrug‘lik kuchli tushishi zarur bo‘lsa, botiq 
suyuqlikni o‘rab olgan po‘stga ko‘ra ma’lum shaklda bo‘ladi. Tirik hujayra ichida odatda protoplazmadan iborat protoplast hamda yadro bo‘ladi. Protoplazma shilliq qumoq modda bo‘lib, sitoplazma ham deb ataladi. Protoplazma va yadro hujayraning tirik qismidir. Hujayra o‘sgan, kattalashgan sari uning protoplazmasida bo‘shliq-vakuolalar paydo bo‘ladi. Vakuolalarda hujayra shirasi bo‘ladi. Hujayralar ba’zan bo‘yiga cho‘ziq, ya’ni bo‘yi enidan bir necha marta uzun bo‘ladi. Bunday hujayralarni prozenximatik shakldagi hujayralar deb ataladi, masalan paxta tolasining hujayrasi uzunligi bir necha mkmga etadi. Ba’zan o‘simlik hujayralari shakli yumaloq, yulduzsimon, ko‘p qirrali va boshqa shaklda bo‘ladi. Bo‘yi eniga teng o‘sgan hujayralarni esa parenximatik hujayra deb ataladi. Masalan piyoz po‘sti hujayralari. Ob’ektiv: Mikroskopning buyumni kattalashtirib ko‘rsatadigan qismi ob’ektividir. Ob’ektiv odatda 2 yoki 4 ta bo‘lib, buyumni kattalashtirib va teskari qilib okulyarga tushiradi. Okulyar: Okulyar yig‘ish va ko‘rish linzasidan iborat. Ko‘rish linzasi qancha kichik bo‘lsa, okulyar buyumni shuncha katta ko‘rsatadi. Okulyar va ob’ektivda buyumni katta qilib ko‘rsatish darajasi sonlar bilan ko‘rsatilgan. Ob’ektiv bilan okulyardagi sonlar bir-biriga ko‘paytirilsa buyumni necha marotaba kattalashtirib ko‘rsatilganligi kelib chiqadi. Ko‘rish nayi. Ko‘rish nayi dastaga biriktirilgan bo‘lib tagiga revolver joylashtirilgan. Revolver ob’ektivni harakatga keltirish uchun ishlatiladi. Makrovintni burash bilan ko‘rish nayini yuqoriga ko‘tarib yoki pastga tushirib ob’ektiv bilan okulyar o‘rtasidagi fokus masofani to‘g‘rilab olish mumkin. Buyum stolchasi. Buyum stolchasi o‘rtasi teshik bo‘lib, bu teshikdan preparatga yorug‘lik tushadi, stolchaning tagida teshikni katta-kichik qilib turadigan diafragma, kondensor joylashtirilgan. Buyum stolchasining pastki qismiga bir tomoni botiq ikkinchi tomoni tekis bo‘lgan ko‘zgu o‘rnatilgan Ko‘zgu. Ko‘zgu yorug‘likni ob’ektivga to‘g‘rilab, yig‘ib beradi. Ko‘zguning tekis tomoni kuchsiz yorug‘lik beradi. YOrug‘lik kuchli tushishi zarur bo‘lsa, botiq
 
 
tomonidan foydalaniladi. Mikroskop stolchasi ustiga ikkita tutqich o‘rnatilgan 
bo‘lib, preparatni ushlab turish uchun ishlatiladi.  
Ish tartibi. Mikroskop tozaligi tekshiriladi. Mikrosopga yorug‘lik 
tushadigan qilib, dastani ushlagich tomonini o‘ziga qaratib qo‘yiladi, yorug‘likni 
ob’ektivga to‘g‘rilab, stolcha ustiga preparat qo‘yiladi. Makrovintni burab, 
ob’ektivni preparatga yaqin tushiriladi va ko‘rish nayidan qarab turib namunani 
ko‘rinish darajasiga moslashtiriladi.  
Yorug‘lik 
kuchli 
bo‘lsa 
diafragma 
teshigini 
kichraytirib 
yorug‘likni 
kuchsizlantiramiz. Tasvirni aniq ko‘rish uchun mikrovintdan foydalaniladi. 
Stolchaga 
qo‘yilgan 
buyum 
ravshan 
ko‘ringandan 
keyin 
mikroskopni 
qimirlatmasdan okulyardan qarab turib buyumning tasvirini daftarga chizib olamiz.  
Preparat tayyorlash:  
Mikroskopda ko‘rib o‘rganish uchun fiksatsiyalangan, ildiz poya barg, 
meva, meva eti, po‘stloq, tolalar yoki tirik o‘simlik bo‘laklari olinadi. Ob’ektlar 
qattiq bo‘lsa suv va glitserin aralashmasiga solib qaynatiladi, bunda hujayra 
yumshaydi, yupqa kesik olish mumkin bo‘ladi yoki marjon daraxti o‘zagi orasiga 
solib kesib olinadi. Kesma juda kichik va yupqa bo‘lishi kerak, uni buyum 
oynasiga qo‘yib, suv tomizamiz va nina yordamida to‘g‘rilaymiz gorizontal 
ushlagan holatda ustidan qoplag‘ich oynani yopamiz, ikkala oyna o‘rtasida havo 
qolmasligi uchun ortiqcha suvni so‘rg‘ich yordamida so‘rdirib olamiz. 
Sitoplazmani yoki hujayra yadrosini aniqroq ko‘rish uchun tayyorlangan (kesikka) 
preparatga kaliy yod eritmasi tomiziladi. Ob’ektni bo‘yash uchun metilen ko‘ki va 
shunga o‘xshash bo‘yoqlardan foydalaniladi. Bu eaktivlardan tomizg‘ich 
yordamida bir tomchi olib ob’ekt ustiga tomiziladi va bir necha minutdan so‘ng 
ortiqcha bo‘yoqni tozalash uchun ob’ekt ustiga toza suv qo‘yib bir necha marotaba 
yuviladi. Yuvilgan kesiklarni nina yoki chyotka yordamida olib, glitserin 
tomizilgan buyum oynachasi ustiga qo‘yiladi, qoplag‘ich oyna bilan yopiladi. 
Glitserinda saqlangan ob’ekt bir qancha vaqt buzilmay turadi. Bu preparat chang 
tegmaslik uchun maxsus tayyorlangan qutichaga solib qo‘yiladi. Glitserinda 
saqlangan ob’ekt uzoq vaqt turishi uchun buyum va qoplag‘ich oyna orasi 
tomonidan foydalaniladi. Mikroskop stolchasi ustiga ikkita tutqich o‘rnatilgan bo‘lib, preparatni ushlab turish uchun ishlatiladi. Ish tartibi. Mikroskop tozaligi tekshiriladi. Mikrosopga yorug‘lik tushadigan qilib, dastani ushlagich tomonini o‘ziga qaratib qo‘yiladi, yorug‘likni ob’ektivga to‘g‘rilab, stolcha ustiga preparat qo‘yiladi. Makrovintni burab, ob’ektivni preparatga yaqin tushiriladi va ko‘rish nayidan qarab turib namunani ko‘rinish darajasiga moslashtiriladi. Yorug‘lik kuchli bo‘lsa diafragma teshigini kichraytirib yorug‘likni kuchsizlantiramiz. Tasvirni aniq ko‘rish uchun mikrovintdan foydalaniladi. Stolchaga qo‘yilgan buyum ravshan ko‘ringandan keyin mikroskopni qimirlatmasdan okulyardan qarab turib buyumning tasvirini daftarga chizib olamiz. Preparat tayyorlash: Mikroskopda ko‘rib o‘rganish uchun fiksatsiyalangan, ildiz poya barg, meva, meva eti, po‘stloq, tolalar yoki tirik o‘simlik bo‘laklari olinadi. Ob’ektlar qattiq bo‘lsa suv va glitserin aralashmasiga solib qaynatiladi, bunda hujayra yumshaydi, yupqa kesik olish mumkin bo‘ladi yoki marjon daraxti o‘zagi orasiga solib kesib olinadi. Kesma juda kichik va yupqa bo‘lishi kerak, uni buyum oynasiga qo‘yib, suv tomizamiz va nina yordamida to‘g‘rilaymiz gorizontal ushlagan holatda ustidan qoplag‘ich oynani yopamiz, ikkala oyna o‘rtasida havo qolmasligi uchun ortiqcha suvni so‘rg‘ich yordamida so‘rdirib olamiz. Sitoplazmani yoki hujayra yadrosini aniqroq ko‘rish uchun tayyorlangan (kesikka) preparatga kaliy yod eritmasi tomiziladi. Ob’ektni bo‘yash uchun metilen ko‘ki va shunga o‘xshash bo‘yoqlardan foydalaniladi. Bu eaktivlardan tomizg‘ich yordamida bir tomchi olib ob’ekt ustiga tomiziladi va bir necha minutdan so‘ng ortiqcha bo‘yoqni tozalash uchun ob’ekt ustiga toza suv qo‘yib bir necha marotaba yuviladi. Yuvilgan kesiklarni nina yoki chyotka yordamida olib, glitserin tomizilgan buyum oynachasi ustiga qo‘yiladi, qoplag‘ich oyna bilan yopiladi. Glitserinda saqlangan ob’ekt bir qancha vaqt buzilmay turadi. Bu preparat chang tegmaslik uchun maxsus tayyorlangan qutichaga solib qo‘yiladi. Glitserinda saqlangan ob’ekt uzoq vaqt turishi uchun buyum va qoplag‘ich oyna orasi
 
 
glitserin-jelatin bilan 
yopishtiriladi. Bu 
usullarda 
tayyorlangan 
preparat 
vaqtinchalik preparat bo‘lib hisoblanadi. Doimiy preparat tayyorlash ancha 
murakkab bo‘ladi. Bo‘yalgan kesiklarni suvsizlantirish uchun dastlab 50, 96, 100% 
li spirtlarda, so‘ngra toluol, ksilol bilan ikki marta yuviladi, kesiklarni buyum 
oynasiga joylab, ustiga balzam tomiziladi va qoplag‘ich oyna bilan yopib, 
kleylanadi. Hujayralarning shaklini, tuzilishini, piyoz po‘sti va paxta tolasi 
hujayralari misolida o‘rganish. Sitoplazma organoidlari haqida umumiy tushuncha 
berish. Plastidalarning tuzilishini, ularning vazifalarini yo‘sin bargi va qalampir 
mevasi misolida o‘rgatish. Mikroskop, piyoz, buyum va qoplag‘ich oynalar, 
chyotka, suv, nina, lanset, pinset, yod, paxta tolasi, yo‘sin bargi va qalampir 
mevasi.  
 
Piyoz po‘stidagi parenximatik hujayralarni o‘rganish 
Ish tartibi: Piyozning seret qobig‘ini ajratib, uning orasidagi pqa pardasidan 
bir bo‘lak olib buyum oynasidagi suv tomchisiga qo‘yiladi, so‘ngra nina bilan 
to‘g‘rilab ustiga qoplag‘ich oyna yopiladi. SHu usulda tayyorlangan preparatni 
mikroskop stolchasiga qo‘yib, kichik qilib ko‘rsatadigan ob’ektivi orqali 
qaraganda, piyoz po‘stining parenximasi yonma-yon joylashgan, cho‘ziq rangsiz 
hujayralaridan iborat ekanligi ko‘rinadi. Preparatga mikroskopning katta qilib 
ko‘rsatadigan ob’ektivi orqali qaralganda esa uning juda yupqa po‘st bilan 
qoplanganligi va ichida vakuola, sitoplazma, yadro borligini ko‘ramiz. YAdro 
hujayra o‘rtasida yoki po‘stga yaqin o‘rnashgan bo‘ladi. Piyoz po‘stidan 
tayyorlangan preparatga yod tomizilsa sitoplazmasi va yadrosi sarg‘ish rangga 
kiradi.  
Paxta tolasi prozenxima hujayrasining tarkibini aniqlash 
Ish tartibi: Paxtaning bir necha tolasini olib, buyum oynasidagi suv 
tomchisiga qo‘yiladi. So‘ngra nina uchi bilan to‘g‘rilab ustiga qoplag‘ich oyna 
yopiladi. Tayyorlangan preparat eng avval mikroskopning kichik ob’ektivi orqali 
ko‘rib tekshiriladi. Mikroskopning kichik ob’ektivida har bir tola rangsiz po‘st va 
o‘lik prozenxima hujayra shaklida ko‘rinadi. Bu hujayraning ayrim joylarida 
glitserin-jelatin bilan yopishtiriladi. Bu usullarda tayyorlangan preparat vaqtinchalik preparat bo‘lib hisoblanadi. Doimiy preparat tayyorlash ancha murakkab bo‘ladi. Bo‘yalgan kesiklarni suvsizlantirish uchun dastlab 50, 96, 100% li spirtlarda, so‘ngra toluol, ksilol bilan ikki marta yuviladi, kesiklarni buyum oynasiga joylab, ustiga balzam tomiziladi va qoplag‘ich oyna bilan yopib, kleylanadi. Hujayralarning shaklini, tuzilishini, piyoz po‘sti va paxta tolasi hujayralari misolida o‘rganish. Sitoplazma organoidlari haqida umumiy tushuncha berish. Plastidalarning tuzilishini, ularning vazifalarini yo‘sin bargi va qalampir mevasi misolida o‘rgatish. Mikroskop, piyoz, buyum va qoplag‘ich oynalar, chyotka, suv, nina, lanset, pinset, yod, paxta tolasi, yo‘sin bargi va qalampir mevasi. Piyoz po‘stidagi parenximatik hujayralarni o‘rganish Ish tartibi: Piyozning seret qobig‘ini ajratib, uning orasidagi pqa pardasidan bir bo‘lak olib buyum oynasidagi suv tomchisiga qo‘yiladi, so‘ngra nina bilan to‘g‘rilab ustiga qoplag‘ich oyna yopiladi. SHu usulda tayyorlangan preparatni mikroskop stolchasiga qo‘yib, kichik qilib ko‘rsatadigan ob’ektivi orqali qaraganda, piyoz po‘stining parenximasi yonma-yon joylashgan, cho‘ziq rangsiz hujayralaridan iborat ekanligi ko‘rinadi. Preparatga mikroskopning katta qilib ko‘rsatadigan ob’ektivi orqali qaralganda esa uning juda yupqa po‘st bilan qoplanganligi va ichida vakuola, sitoplazma, yadro borligini ko‘ramiz. YAdro hujayra o‘rtasida yoki po‘stga yaqin o‘rnashgan bo‘ladi. Piyoz po‘stidan tayyorlangan preparatga yod tomizilsa sitoplazmasi va yadrosi sarg‘ish rangga kiradi. Paxta tolasi prozenxima hujayrasining tarkibini aniqlash Ish tartibi: Paxtaning bir necha tolasini olib, buyum oynasidagi suv tomchisiga qo‘yiladi. So‘ngra nina uchi bilan to‘g‘rilab ustiga qoplag‘ich oyna yopiladi. Tayyorlangan preparat eng avval mikroskopning kichik ob’ektivi orqali ko‘rib tekshiriladi. Mikroskopning kichik ob’ektivida har bir tola rangsiz po‘st va o‘lik prozenxima hujayra shaklida ko‘rinadi. Bu hujayraning ayrim joylarida
 
 
protoplastning o‘lik qoldiqlari uchraydi. Elektron mikroskopda, hujayraning 
tarkibini, uning bir qancha organoidlardan tuzilganligini ko‘rish mumkin. 
Jumladan 
hujayra 
po‘sti, 
sitoplazma, 
yadro, 
plastidalar 
mitoxondriya, 
(xondrisoma), Goldji apparati, endoplazmatik to‘r, ribosoma va shunga o‘xshash 
submikroskopik organlar ko‘rinadi. Bulardan tashqari hujayra protoplastidagi 
moddalar almashinuvi natijasida hosil bo‘lgan mahsulot- vakuola, oziqli ergastik 
va biologik aktiv moddalar (vitamin, ferment, garmonlar) ham bo‘ladi.  
Sitoplazma organoidlari Umumiy tushuncha. Sitoplazma hujayraning asosiy 
massasi bo‘lib, ko‘rinishi tuxum oqiga o‘xshash tiniq, rangsiz shilimshiqsimon 
suyuqlikdir. Sitoplazmaning ximiyaviy tarkibini 70-80% suv tashkil qiladi. SHu 
bilan birga anorganik moddalar, RNK, moysimon moddalar, uglevodlar va oqsil 
moddalari ham bo‘ladi. Sitoplazma yosh hujayralarning barcha bo‘shliqlarini 
to‘ldirib turadi. 
1).Plazmalemma-hujayra po‘sti hosil bo‘lishida ishtirok etadi. Hujayradagi 
o‘tkazuvchanlikni va moddalarning shimilishini tartibga soladi.  
2).Mezoplazma-sitoplazmaning o‘rta qavati bo‘lib, uning asosiy qismini 
tashkil etadi. Bunda barcha organoidlar joylashgan bo‘ladi. Jumladan, 
endoplazmatik to‘r, ribosoma, mitoxondriya, Goldji apparati, yadro va boshqalar.  
3).Tonoplast- «tonus» lotincha taranglashish degan ma’noni beradi.  
Bu esa hujayradagi vakuolani tashqi tomonidan o‘rab turadi, yarim o‘tkazgich  
xususiyatiga ega.  
Endoplazmatik to‘r-o‘zaro bog‘langan pufak va sisternalardan iborat. 
Endoplazmatik to‘r hujayralarga singib ketgan, o‘zaro bog‘langan, to‘qimalar hosil 
qilgan bo‘shliqlar tizimidan iborat. YAdro qobig‘ini tashkil qiluvchi qo‘sh 
membrana bo‘shlig‘i bilan endoplazmatik to‘rning bo‘shliqlari sistemasi o‘zaro 
bog‘liq bo‘ladi. Endoplazmatik to‘r hujayra ichida moddalarning harakati va 
taqsimotida, moddalar almashinish jarayonida, assimilyasion mahsulotlarni 
o‘simlik bo‘ylab harakatida, assimilyatorlar-oqsil va fermentlar sintezida ishtirok 
etadi. Endoplazmatik to‘r hujayradagi moddalarni tashishda asosiy rol’ o‘ynaydi.  
protoplastning o‘lik qoldiqlari uchraydi. Elektron mikroskopda, hujayraning tarkibini, uning bir qancha organoidlardan tuzilganligini ko‘rish mumkin. Jumladan hujayra po‘sti, sitoplazma, yadro, plastidalar mitoxondriya, (xondrisoma), Goldji apparati, endoplazmatik to‘r, ribosoma va shunga o‘xshash submikroskopik organlar ko‘rinadi. Bulardan tashqari hujayra protoplastidagi moddalar almashinuvi natijasida hosil bo‘lgan mahsulot- vakuola, oziqli ergastik va biologik aktiv moddalar (vitamin, ferment, garmonlar) ham bo‘ladi. Sitoplazma organoidlari Umumiy tushuncha. Sitoplazma hujayraning asosiy massasi bo‘lib, ko‘rinishi tuxum oqiga o‘xshash tiniq, rangsiz shilimshiqsimon suyuqlikdir. Sitoplazmaning ximiyaviy tarkibini 70-80% suv tashkil qiladi. SHu bilan birga anorganik moddalar, RNK, moysimon moddalar, uglevodlar va oqsil moddalari ham bo‘ladi. Sitoplazma yosh hujayralarning barcha bo‘shliqlarini to‘ldirib turadi. 1).Plazmalemma-hujayra po‘sti hosil bo‘lishida ishtirok etadi. Hujayradagi o‘tkazuvchanlikni va moddalarning shimilishini tartibga soladi. 2).Mezoplazma-sitoplazmaning o‘rta qavati bo‘lib, uning asosiy qismini tashkil etadi. Bunda barcha organoidlar joylashgan bo‘ladi. Jumladan, endoplazmatik to‘r, ribosoma, mitoxondriya, Goldji apparati, yadro va boshqalar. 3).Tonoplast- «tonus» lotincha taranglashish degan ma’noni beradi. Bu esa hujayradagi vakuolani tashqi tomonidan o‘rab turadi, yarim o‘tkazgich xususiyatiga ega. Endoplazmatik to‘r-o‘zaro bog‘langan pufak va sisternalardan iborat. Endoplazmatik to‘r hujayralarga singib ketgan, o‘zaro bog‘langan, to‘qimalar hosil qilgan bo‘shliqlar tizimidan iborat. YAdro qobig‘ini tashkil qiluvchi qo‘sh membrana bo‘shlig‘i bilan endoplazmatik to‘rning bo‘shliqlari sistemasi o‘zaro bog‘liq bo‘ladi. Endoplazmatik to‘r hujayra ichida moddalarning harakati va taqsimotida, moddalar almashinish jarayonida, assimilyasion mahsulotlarni o‘simlik bo‘ylab harakatida, assimilyatorlar-oqsil va fermentlar sintezida ishtirok etadi. Endoplazmatik to‘r hujayradagi moddalarni tashishda asosiy rol’ o‘ynaydi.