Milliy hisobchilik va makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar

Yuklangan vaqt

2024-06-14

Yuklab olishlar soni

2

Sahifalar soni

12

Faytl hajmi

93,0 KB


 
 
 
 
 
Milliy hisobchilik va makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar 
 
 
18.1. Milliy iqtisodiyotni tahlil qilishda qoʻllaniladigan asosiy koʻrsatkichlar 
18.2. Yalpi ichki mahsulot tushunchasi va uni hisoblashning asosiy shartlari 
18.3. Milliy hisobchilik tizimidagi boshqa koʻrsatkichlar va ular oʻrtasidagi nisbat 
 
Mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishini tahlil qilish, milliy iqtisodiyot 
rivojlanishidagi muammolarni aniqlash hamda uni yanada rivojlantirish boʻyicha 
chora-tadbirlar ishlab chiqarish uchun bir qator iqtisodiy koʻrsatkichlardan 
foydalaniladi. Alohida firmalar faoliyatiga baho berishda qoʻllaniladigan 
koʻrsatkichlardan farqli tarzda bu koʻrsatkichlar milliy iqtisodiyotning barcha 
subyektlari faoliyatiga umumiy baho berish, makroiqtisodiy tahlil oʻtkazish, 
mamlakat iqtisodiyotining jahon xoʻjaligida raqobatga bardoshliligi darajasini 
aniqlash imkonini beradi.  
Bu koʻrsatkichlarga quyidagilar kiradi: 
- Yalpi ichki mahsulot (YaIM), Sof ichki mahsulot (SIM), Milliy daromad 
(MD), Shaxsiy daromad (ShD), Shaxsiy tasarrufidagi daromad (ShTD), Iste’mol 
(S), Jamgʻarish (S) koʻrsatkichlarining hajmi va oʻsish sur’atlari; 
-  iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishi; 
-  mamlakat eksporti va importi hajmi, tarkibi, YaIMdagi ulushi va oʻsish 
suratlari; 
-  resurslardan foydalanishning samaradorligini xarakterlovchi koʻrsatkichlar 
(Mehnat unumdorligi, Fond qaytimi); 
-  davlat 
byudjeti 
taqchilligi, 
deflyator, 
iste’mol 
baholari 
indeksi, 
inflyatsiyaning oʻsish sur’atlari; 
-  ishsizlik darajasi va ishsizlar soni, aholining ish bilan bandlik darajasi; 
Milliy hisobchilik va makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar 18.1. Milliy iqtisodiyotni tahlil qilishda qoʻllaniladigan asosiy koʻrsatkichlar 18.2. Yalpi ichki mahsulot tushunchasi va uni hisoblashning asosiy shartlari 18.3. Milliy hisobchilik tizimidagi boshqa koʻrsatkichlar va ular oʻrtasidagi nisbat Mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishini tahlil qilish, milliy iqtisodiyot rivojlanishidagi muammolarni aniqlash hamda uni yanada rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqarish uchun bir qator iqtisodiy koʻrsatkichlardan foydalaniladi. Alohida firmalar faoliyatiga baho berishda qoʻllaniladigan koʻrsatkichlardan farqli tarzda bu koʻrsatkichlar milliy iqtisodiyotning barcha subyektlari faoliyatiga umumiy baho berish, makroiqtisodiy tahlil oʻtkazish, mamlakat iqtisodiyotining jahon xoʻjaligida raqobatga bardoshliligi darajasini aniqlash imkonini beradi. Bu koʻrsatkichlarga quyidagilar kiradi: - Yalpi ichki mahsulot (YaIM), Sof ichki mahsulot (SIM), Milliy daromad (MD), Shaxsiy daromad (ShD), Shaxsiy tasarrufidagi daromad (ShTD), Iste’mol (S), Jamgʻarish (S) koʻrsatkichlarining hajmi va oʻsish sur’atlari; - iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishi; - mamlakat eksporti va importi hajmi, tarkibi, YaIMdagi ulushi va oʻsish suratlari; - resurslardan foydalanishning samaradorligini xarakterlovchi koʻrsatkichlar (Mehnat unumdorligi, Fond qaytimi); - davlat byudjeti taqchilligi, deflyator, iste’mol baholari indeksi, inflyatsiyaning oʻsish sur’atlari; - ishsizlik darajasi va ishsizlar soni, aholining ish bilan bandlik darajasi;
 
 
-  aholining moddiy ne’matlar va xizmatlar iste’moli hajmi, ularning 
jamgʻarmalari, ish haqining quyi miqdori va boshqalar. 
Davlat byudjeti taqchilligi va inflyatsiya surʼati kabi koʻrsatkichlar umumiy 
makroiqtisodiy vaziyatga baho berishda qoʻllanilsa, YaIM, SIM, MD, ShD, ShTD, 
S, S koʻrsatkichlari milliy ishlab chiqarishning parametrlarini va dinamikasini 
tahlil etishda foydalaniladi.  
Bu koʻrsatkichlar iqtisodiyotning barcha subyektlari faoliyatlari natijasi 
sifatida aniqlanib, ularni hisoblashning asosini Milliy hisobchilik tizimi (MHT) 
tashkil etadi. MHT mamlakat buxgalteriyasi vazifasini oʻtagani holda uning 
standartlaridan kelib chiqqan holda makroiqtisodiy koʻrsatkichlarni hisoblash, 
mamlakatlararo taqqoslovlarni amalga oshirish imkonini beradi. 
Mamlakat iqtisodiyotining haqiqiy holatini oʻrganish, unga tizimli baho 
berish uchun yuqorida sanab oʻtilgan barcha koʻrsakichlardan foydalanish zarur, 
aks holda bir tomonlama yondashuvga yoʻl qoʻyilishi mumkin. 
 
18.2. Yalpi ichki mahsulot tushunchasi va uni hisoblashning asosiy 
shartlari 
 
Makroiqtisodiy statistika va tahlilda uzoq davr mobaynida yalpi milliy 
mahsulot va yalpi ichki mahsulot koʻrsatkichlaridan baravar foydalanib kelindi. 
Har ikkala agregat koʻrsatkich ham mamlakatdagi iqtisodiy faollik darajasini 
xarakterlasada kapital va ishchi kuchi migratsiyasi mavjudligi sababli ular oʻzaro 
farq qilishadi.  
Bugungi kunga kelib Milliy hisobchilik tizimini qoʻllaydigan deyarli barcha 
davlatlarda yalpi ichki mahsulot koʻrsatkichi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkich 
sifatida tan olindi.  
Koʻpgina iqtisodiy adabiyotlarda YaIMga ishlab chiqarilishida qoʻllanilgan 
resurslar qaysi davlatga tegishliligidan qat’iy nazar, mamlakatning jugʻrofiy 
hududida yaratilgan pirovard tovarlar va xizmatlarning bozor baholari yigʻindisi 
deb ta’rif berib kelingan.  
- aholining moddiy ne’matlar va xizmatlar iste’moli hajmi, ularning jamgʻarmalari, ish haqining quyi miqdori va boshqalar. Davlat byudjeti taqchilligi va inflyatsiya surʼati kabi koʻrsatkichlar umumiy makroiqtisodiy vaziyatga baho berishda qoʻllanilsa, YaIM, SIM, MD, ShD, ShTD, S, S koʻrsatkichlari milliy ishlab chiqarishning parametrlarini va dinamikasini tahlil etishda foydalaniladi. Bu koʻrsatkichlar iqtisodiyotning barcha subyektlari faoliyatlari natijasi sifatida aniqlanib, ularni hisoblashning asosini Milliy hisobchilik tizimi (MHT) tashkil etadi. MHT mamlakat buxgalteriyasi vazifasini oʻtagani holda uning standartlaridan kelib chiqqan holda makroiqtisodiy koʻrsatkichlarni hisoblash, mamlakatlararo taqqoslovlarni amalga oshirish imkonini beradi. Mamlakat iqtisodiyotining haqiqiy holatini oʻrganish, unga tizimli baho berish uchun yuqorida sanab oʻtilgan barcha koʻrsakichlardan foydalanish zarur, aks holda bir tomonlama yondashuvga yoʻl qoʻyilishi mumkin. 18.2. Yalpi ichki mahsulot tushunchasi va uni hisoblashning asosiy shartlari Makroiqtisodiy statistika va tahlilda uzoq davr mobaynida yalpi milliy mahsulot va yalpi ichki mahsulot koʻrsatkichlaridan baravar foydalanib kelindi. Har ikkala agregat koʻrsatkich ham mamlakatdagi iqtisodiy faollik darajasini xarakterlasada kapital va ishchi kuchi migratsiyasi mavjudligi sababli ular oʻzaro farq qilishadi. Bugungi kunga kelib Milliy hisobchilik tizimini qoʻllaydigan deyarli barcha davlatlarda yalpi ichki mahsulot koʻrsatkichi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkich sifatida tan olindi. Koʻpgina iqtisodiy adabiyotlarda YaIMga ishlab chiqarilishida qoʻllanilgan resurslar qaysi davlatga tegishliligidan qat’iy nazar, mamlakatning jugʻrofiy hududida yaratilgan pirovard tovarlar va xizmatlarning bozor baholari yigʻindisi deb ta’rif berib kelingan.
 
 
1993-yilda qabul qilingan BMT MHTning yangi talqiniga koʻra Yalpi ichki 
mahsulot (YaIM) tushunchasiga aniqliklar kiritildi. 
Yangicha talqiniga koʻra:  
YaIM – mamlakat rezidentlari tomonidan ma’lum muddat davomida ishlab 
chiqarilgan pirovard tovarlar va xizmatlar bozor baholarininng umumiy 
yigʻindisidan iborat. 
 YaIMning “ichki” deb atalishiga sabab uning mamlakat rezidentlari 
tomonidan yaratilishidir. Rezident deganda faqatgina mamlakatning yuridik va 
jismoniy shaxslari tushunilmaydi. Chunki mamlakat yuridik shaxsi boshqa 
mamlakat hududida bir yildan ortiq faoliyat yuritsa oʻsha mamlakat rezidenti deb 
qaraladi.  
 “Milliy tegishliligi va fuqaroliligidan qat’iy nazar, mazkur mamlakatning 
iqtisodiy hududida iqtisodiy manfaat markaziga ega boʻlgan (ishlab chiqarish 
faoliyati bilan shugʻullanadigan, yoki mamlakat hududida bir yildan ortiq 
yashayotgan) barcha iqtisodiy birliklar ( korxonalar, uy xoʻjaliklari) rezident 
hisoblanishadi”1. 
Elchixonalar va harbiy bazalar oʻzlariga tegishli boʻlgan mamlakatlarning 
iqtisodiy makoni boʻlib qolaveradilar. Aynan shu jihat YaIMni hisoblashda 
iqtisodiy va jugʻrofiy hudud oʻrtasidagi farq deb qaraladi.  
YaIM uch xil usul bilan hioblanadi: 
1) ishlab chiqarish usuli; 
2) xarajatlar usuli; 
3) daromadlar usuli. 
Har uchala usul bilan hisoblangan YaIM koʻrsatkichi hajmi statistik xatolar 
istisno etilganda oʻzaro teng boʻlishi lozim. Shu bilan birga har uchala usul bilan 
YaIM koʻrsatkichni hisoblashda oʻziga xos talablarga amal qilinishi talab etiladi. 
Ishlab chiqarish usulida hisoblangan YaIM yakuniy tovarlar va xizmatlarni 
ishlab chiqarishning turli bosqichlarida qoʻshilgan qiymatlar yigʻindisi sifatida 
                                                           
1 Агапова Т.А., Серегина С.Ф. Макроэкономика:Учебник.-7-е изд.перераб. и доп.-
М.:Издательство “Дело и сервис”, 2005. 25-с. 
1993-yilda qabul qilingan BMT MHTning yangi talqiniga koʻra Yalpi ichki mahsulot (YaIM) tushunchasiga aniqliklar kiritildi. Yangicha talqiniga koʻra: YaIM – mamlakat rezidentlari tomonidan ma’lum muddat davomida ishlab chiqarilgan pirovard tovarlar va xizmatlar bozor baholarininng umumiy yigʻindisidan iborat. YaIMning “ichki” deb atalishiga sabab uning mamlakat rezidentlari tomonidan yaratilishidir. Rezident deganda faqatgina mamlakatning yuridik va jismoniy shaxslari tushunilmaydi. Chunki mamlakat yuridik shaxsi boshqa mamlakat hududida bir yildan ortiq faoliyat yuritsa oʻsha mamlakat rezidenti deb qaraladi. “Milliy tegishliligi va fuqaroliligidan qat’iy nazar, mazkur mamlakatning iqtisodiy hududida iqtisodiy manfaat markaziga ega boʻlgan (ishlab chiqarish faoliyati bilan shugʻullanadigan, yoki mamlakat hududida bir yildan ortiq yashayotgan) barcha iqtisodiy birliklar ( korxonalar, uy xoʻjaliklari) rezident hisoblanishadi”1. Elchixonalar va harbiy bazalar oʻzlariga tegishli boʻlgan mamlakatlarning iqtisodiy makoni boʻlib qolaveradilar. Aynan shu jihat YaIMni hisoblashda iqtisodiy va jugʻrofiy hudud oʻrtasidagi farq deb qaraladi. YaIM uch xil usul bilan hioblanadi: 1) ishlab chiqarish usuli; 2) xarajatlar usuli; 3) daromadlar usuli. Har uchala usul bilan hisoblangan YaIM koʻrsatkichi hajmi statistik xatolar istisno etilganda oʻzaro teng boʻlishi lozim. Shu bilan birga har uchala usul bilan YaIM koʻrsatkichni hisoblashda oʻziga xos talablarga amal qilinishi talab etiladi. Ishlab chiqarish usulida hisoblangan YaIM yakuniy tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarishning turli bosqichlarida qoʻshilgan qiymatlar yigʻindisi sifatida 1 Агапова Т.А., Серегина С.Ф. Макроэкономика:Учебник.-7-е изд.перераб. и доп.- М.:Издательство “Дело и сервис”, 2005. 25-с.
 
 
aniqlanadi. YaIMni bu usulda aniqlash statistik jihatdan qulay boʻlishi bilan birga 
uni hisoblashning muhim shartiga amal qilish, ya’ni bir qiymatni ikki bor hisobga 
olish yoki oraliq mahsulot qiymatini YaIMga kiritib yuborishning oldini oladi. 
Ishlab chiqarish hajmini toʻgʻri hisoblash uchun joriy yilda ishlab chiqarilgan 
tovar va koʻrsatilgan xizmatlar qiymati bir marta hisobga olinish kerak. Koʻpgina 
mahsulotlar bozorga borguncha bir nechta ishlab chiqarish bosqichini oʻtaydi. Shu 
sababli YaIMda ayrim mahsulotlarni ikki va undan koʻp marta hisobga olmaslik 
uchun, faqat pirovard mahsulotning bozor qiymati hisobga olinadi, oraliq 
mahsulotlar esa hisobga olinmaydi. 
Yakuniy tovarlar va xizmatlar deganda ularning ishlab chiqarish, yoki ichki 
ayirboshlash siklidan chiqqan, yakuniy iste’mol, jamgʻarish yoki eksport uchun 
foydalaniladigan qismi tushuniladi. 
Yakuniy tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarishda sarflangan oraliq tovarlar 
va xizmatlar bahosi YaIMga qoʻshilmaydi. 
Qoʻshilgan qiymat tovar va xizmatlarning sotish bahosi bilan ularni ishlab 
chiqarish uchun foydalanilgan xomashyo va materiallarni sotib olishga qilingan 
xarajatlar oʻrtasidagi farq koʻrinishida aniqlanadi. 
Ishlab chiqarish usulida aniqlangan YaIM koʻrsatkichining strukturasini va 
undagi siljishlarni tahlil qilish juda muhim xulosalar beradi. Alohida tarmoqlarning 
mamlakat iqtisodiyotida yaratilgan yalpi qoʻshilgan qiymatdagi ulushi, bu 
ulushning oʻzgarishi bu mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasi va 
kutilayotgan istiqboliga baho berish imkonini beradi. 
Bu usul yakuniy foydalanish usuli deb ham yuritilib, unda YaIMni hisoblash 
uchun yakuniy mahsulotlarni sotib olishga qilingan barcha xarajatlar oʻzaro 
qoʻshib chiqiladi. Bu xarajatlar quyidagicha guruhlanadi: 
Uy xoʻjaliklarining iste’mol xarajatlari (S): 
a) uzoq muddat foydalaniladigan iste’mol buyumlari sotib olishga; 
b) kundalik foydalaniladigan iste’mol buyumlari sotib olishga; 
d) iste’mol xizmatlari toʻloviga. 
Yalpi ichki xususiy investitsiya xarajatlari (I): 
aniqlanadi. YaIMni bu usulda aniqlash statistik jihatdan qulay boʻlishi bilan birga uni hisoblashning muhim shartiga amal qilish, ya’ni bir qiymatni ikki bor hisobga olish yoki oraliq mahsulot qiymatini YaIMga kiritib yuborishning oldini oladi. Ishlab chiqarish hajmini toʻgʻri hisoblash uchun joriy yilda ishlab chiqarilgan tovar va koʻrsatilgan xizmatlar qiymati bir marta hisobga olinish kerak. Koʻpgina mahsulotlar bozorga borguncha bir nechta ishlab chiqarish bosqichini oʻtaydi. Shu sababli YaIMda ayrim mahsulotlarni ikki va undan koʻp marta hisobga olmaslik uchun, faqat pirovard mahsulotning bozor qiymati hisobga olinadi, oraliq mahsulotlar esa hisobga olinmaydi. Yakuniy tovarlar va xizmatlar deganda ularning ishlab chiqarish, yoki ichki ayirboshlash siklidan chiqqan, yakuniy iste’mol, jamgʻarish yoki eksport uchun foydalaniladigan qismi tushuniladi. Yakuniy tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarishda sarflangan oraliq tovarlar va xizmatlar bahosi YaIMga qoʻshilmaydi. Qoʻshilgan qiymat tovar va xizmatlarning sotish bahosi bilan ularni ishlab chiqarish uchun foydalanilgan xomashyo va materiallarni sotib olishga qilingan xarajatlar oʻrtasidagi farq koʻrinishida aniqlanadi. Ishlab chiqarish usulida aniqlangan YaIM koʻrsatkichining strukturasini va undagi siljishlarni tahlil qilish juda muhim xulosalar beradi. Alohida tarmoqlarning mamlakat iqtisodiyotida yaratilgan yalpi qoʻshilgan qiymatdagi ulushi, bu ulushning oʻzgarishi bu mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasi va kutilayotgan istiqboliga baho berish imkonini beradi. Bu usul yakuniy foydalanish usuli deb ham yuritilib, unda YaIMni hisoblash uchun yakuniy mahsulotlarni sotib olishga qilingan barcha xarajatlar oʻzaro qoʻshib chiqiladi. Bu xarajatlar quyidagicha guruhlanadi: Uy xoʻjaliklarining iste’mol xarajatlari (S): a) uzoq muddat foydalaniladigan iste’mol buyumlari sotib olishga; b) kundalik foydalaniladigan iste’mol buyumlari sotib olishga; d) iste’mol xizmatlari toʻloviga. Yalpi ichki xususiy investitsiya xarajatlari (I):
 
 
a) asbob-uskunalar, mashinalarni yakuniy sotib olishga; 
b) korxonalar, inshootlar, turar-joy binolarini qurishga sarflangan; 
d) tovar zaxiralari oʻrtasidagi farqlar yoki zaxiralarning oʻzgarishi. 
Tovar va xizmatlarning davlat xaridi (G). 
 Bu guruh xarajatlariga mahalliy va markaziy boshqaruv hokimiyati idoralari 
tomonidan korxonalarning pirovard mahsulotlari va resurslari xaridi (avtomobil 
yoʻllari va pochta muassasalari qurilishi, davlat korxonalarida toʻlanadigan ish 
haqi) xarajatlari kiritiladi. Lekin shu oʻrinda ta’kidlash lozimki, bu xarajatlarga 
davlat transfert toʻlovlari kiritilmaydi. 
YaIMni xarajatlar orqali hisoblash formulasini quyidagicha tasvirlash 
mumkin: 
YaIM = S + I + G + Xp 
Sof eksport (Xp): mamlakatning import va eksport operatsiyalari boʻyicha 
xarajatlar oʻrtasidagi farq. 
YaIMni daromadlar boʻyicha aniqlashda yakuniy mahsulotni ishlab chiqarish 
jarayonida rezident-ishlab chiqarish birliklari tomonidan, qoʻshilgan qiymatlar 
hisobidan, toʻlangan dastlabki daromadlar qoʻshib chiqiladi. 
YaIMni daromadlari yigʻindisi koʻrinishida hisoblashda asosan quyidagi 
koʻrsatkichlardan foydalaniladi: 
- sof bilvostia soliqlar (Tn) – bilvosita soliqlar (qoʻshilgan qiymat soligʻi, 
aksizlar, bojxona bojlari) va subsidiyalar hajmlari oʻrtasidagi farq; 
 - yollanma ishchilarning ish haqlari (W) – xususiy va davlat 
kompaniyalarining yollanma ishchilarga hisoblagan barcha turdagi mehnat haqi 
toʻlovlarining nominal miqdori plyus ish beruvchilar tomonidan ish haqi fondiga 
nisbatan hisoblanib toʻlanadigan ijtimoiy sugʻurta ajratmalari.  
- Korporatsiyalarning yalpi foydasi + nokorporativ korxonalar daromadi (R). 
Nokorporativ korxonalar – kichik hajmdagi, uy xoʻjaliklariga tegishli 
korxonalar boʻlib, ularda korxona foydasi va korxona egasining ish haqi 
elementlari oʻzaro qoʻshilib ketgan boʻladi. Bu holat aralash daromad atamasini 
qoʻllashga sabab boʻladi. 
a) asbob-uskunalar, mashinalarni yakuniy sotib olishga; b) korxonalar, inshootlar, turar-joy binolarini qurishga sarflangan; d) tovar zaxiralari oʻrtasidagi farqlar yoki zaxiralarning oʻzgarishi. Tovar va xizmatlarning davlat xaridi (G). Bu guruh xarajatlariga mahalliy va markaziy boshqaruv hokimiyati idoralari tomonidan korxonalarning pirovard mahsulotlari va resurslari xaridi (avtomobil yoʻllari va pochta muassasalari qurilishi, davlat korxonalarida toʻlanadigan ish haqi) xarajatlari kiritiladi. Lekin shu oʻrinda ta’kidlash lozimki, bu xarajatlarga davlat transfert toʻlovlari kiritilmaydi. YaIMni xarajatlar orqali hisoblash formulasini quyidagicha tasvirlash mumkin: YaIM = S + I + G + Xp Sof eksport (Xp): mamlakatning import va eksport operatsiyalari boʻyicha xarajatlar oʻrtasidagi farq. YaIMni daromadlar boʻyicha aniqlashda yakuniy mahsulotni ishlab chiqarish jarayonida rezident-ishlab chiqarish birliklari tomonidan, qoʻshilgan qiymatlar hisobidan, toʻlangan dastlabki daromadlar qoʻshib chiqiladi. YaIMni daromadlari yigʻindisi koʻrinishida hisoblashda asosan quyidagi koʻrsatkichlardan foydalaniladi: - sof bilvostia soliqlar (Tn) – bilvosita soliqlar (qoʻshilgan qiymat soligʻi, aksizlar, bojxona bojlari) va subsidiyalar hajmlari oʻrtasidagi farq; - yollanma ishchilarning ish haqlari (W) – xususiy va davlat kompaniyalarining yollanma ishchilarga hisoblagan barcha turdagi mehnat haqi toʻlovlarining nominal miqdori plyus ish beruvchilar tomonidan ish haqi fondiga nisbatan hisoblanib toʻlanadigan ijtimoiy sugʻurta ajratmalari. - Korporatsiyalarning yalpi foydasi + nokorporativ korxonalar daromadi (R). Nokorporativ korxonalar – kichik hajmdagi, uy xoʻjaliklariga tegishli korxonalar boʻlib, ularda korxona foydasi va korxona egasining ish haqi elementlari oʻzaro qoʻshilib ketgan boʻladi. Bu holat aralash daromad atamasini qoʻllashga sabab boʻladi.
 
 
R = Korporatsiyalarning sof foydasi (R1) + nokorporativ korxonalar sof 
daromadlari (R2) + amortizatsiya (A);  
YaIMni daromadlar koʻrinishida yalpi qoʻshilgan qiymatni koʻrsatilgan uch 
guruhga boʻlib topish mumkin:  
YaIM = Tn + W+R 
Olingan dastlabki daromadlar qayta taqsimlanishi natijasida dividend, renta, 
toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalardan olingan reinvestitsiya koʻrinishidagi 
daromadlar paydo boʻladi. 
Shuningdek, 
YaIMni 
daromadlar 
koʻrinishida 
aniqlashda, 
iqtisodiy 
nazariyada, daromadlarni quyidagi komponentlarga boʻlish koʻzda tutiladi:  
 - amortizatsiya (A);  
- bilvostia soliqlar (T); 
- yollanma ishchilarning ish haqlari (W); 
- ijara haqi toʻlovi va renta koʻrinishidagi daromadlar (R1); 
- kapital uchun olingan foiz daromadlari (R2); 
-mulkdan keladigan daromad (nokorporativ korxonalar daromadi) (R1); 
- korporatsiya foydasi (R2).   
Korporatsiyalar foydasi oʻz navbatida quyidagilarga boʻlinadi: 
a) korporatsiyasi foydasidan toʻlanadigan soliqlar (R1.1); 
b) hissadorlar oʻrtasida taqsimlanadigan dividendlar (R1.2); 
d) korporatsiyaning taqsimlanmagan foydasi(R1.3). 
Keltirilgan yondashvuga koʻra: 
YaIM (Y) = A + T + W + R1 + R2 + R1 + R2 
 Xarajatlar va daromadlar koʻrinishida hisoblab topilgan YaIM hajmi oʻzaro 
mos keladi. Chunki milliy iqtisodiyot doirasida bir subyekt tomonidan qilingan har 
qanday xarajat ikkinchi subyekt uchun daromad boʻlib tushadi. 
          
18.3. Milliy hisobchilik tizimidagi boshqa koʻrsatkichlar va ular oʻrtasidagi 
nisbat 
R = Korporatsiyalarning sof foydasi (R1) + nokorporativ korxonalar sof daromadlari (R2) + amortizatsiya (A); YaIMni daromadlar koʻrinishida yalpi qoʻshilgan qiymatni koʻrsatilgan uch guruhga boʻlib topish mumkin: YaIM = Tn + W+R Olingan dastlabki daromadlar qayta taqsimlanishi natijasida dividend, renta, toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalardan olingan reinvestitsiya koʻrinishidagi daromadlar paydo boʻladi. Shuningdek, YaIMni daromadlar koʻrinishida aniqlashda, iqtisodiy nazariyada, daromadlarni quyidagi komponentlarga boʻlish koʻzda tutiladi: - amortizatsiya (A); - bilvostia soliqlar (T); - yollanma ishchilarning ish haqlari (W); - ijara haqi toʻlovi va renta koʻrinishidagi daromadlar (R1); - kapital uchun olingan foiz daromadlari (R2); -mulkdan keladigan daromad (nokorporativ korxonalar daromadi) (R1); - korporatsiya foydasi (R2). Korporatsiyalar foydasi oʻz navbatida quyidagilarga boʻlinadi: a) korporatsiyasi foydasidan toʻlanadigan soliqlar (R1.1); b) hissadorlar oʻrtasida taqsimlanadigan dividendlar (R1.2); d) korporatsiyaning taqsimlanmagan foydasi(R1.3). Keltirilgan yondashvuga koʻra: YaIM (Y) = A + T + W + R1 + R2 + R1 + R2 Xarajatlar va daromadlar koʻrinishida hisoblab topilgan YaIM hajmi oʻzaro mos keladi. Chunki milliy iqtisodiyot doirasida bir subyekt tomonidan qilingan har qanday xarajat ikkinchi subyekt uchun daromad boʻlib tushadi. 18.3. Milliy hisobchilik tizimidagi boshqa koʻrsatkichlar va ular oʻrtasidagi nisbat
 
 
 
Milliy hisobchilik tizimiga koʻra milliy iqtisodiyot rivojlanishini tahlil etish 
uchun 
YaIM 
koʻrsatkichidan 
boshqa 
yana 
bir 
qator 
koʻrsatkichlardan 
foydalaniladi. Bu koʻrsatkichlar jumlasiga Yalpi milliy daromad (YaMD) 
koʻrsatkichi ham kiradi. Bu koʻrsatkich MHTning oldingi koʻrinishida hisoblangan 
Yalpi milliy mahsulot (YaMM) koʻrsatkichi bilan mohiyatan bir xil.  
 YaMD – mamlakat rezidentlari tomonidan, mamlakatda va mamlakat 
tashqarisida, ishlab chiqarishda ishtirok etish va mulkdan olgan boshlangʻich 
daromadlari yigʻindisidir.  
YaIM va YaMD koʻrsatkichlari oʻrtasidagi farqni quyidagi formula 
koʻrinishida tasavvur etish mumkin: 
YaMD = YaIM + mamlakat rezidentlari tomonidan xorijdan olingan 
daromadlari – norezidentlarning mamlakatdan xorijga joʻnatgan daromadlari. 
  YaIM va YaMD ning prinsipal farqlari shundaki, ulardan birinchisi 
mamlakat rezidentlari tomonidan ishlab chiqarilgan yakuniy tovarlar va xizmatlar 
oqimini oʻlchasa, ikkinchisi ular olgan boshlangʻich daromadlarni oʻlchaydi. 
Sof ichki mahsulot (SIM) va Sof milliy daromad (SMD) koʻrsatkichlari 
YaIM va YaMD koʻrsatkichlaridan amortizatsiya (iste’mol qilingan asosiy kapital) 
summasi miqdoriga farq qiladi.       
SIM = YaIM - A 
SMD = YaMD - A 
Makroiqtisodiy tahlilda, shuningdek, MHTga kirmagan Shaxsiy daromad 
(ShD) koʻrsaikichi ham qoʻlaniladi. 
ShD = SMD –[ISA (Ijtimoiy sugʻurta ajratmalari) + T (bilvosita soliqlar) 
+ (R1.1) korporatsiya foydasiga soliqlar) + R1.3 (Korporatsiya-larning 
taqsimlanmagan foydasi + biznesning foiz daromadlari] + transfert toʻlovlari 
(TR) + foizlar koʻrinishida olingan shaxsiy daromad. 
Foizlar koʻrinishida aholi olgan daromadga davlat qarzlari boʻyicha olingan 
foiz daromadlari ham kiritiladi.  
Milliy hisobchilik tizimiga koʻra milliy iqtisodiyot rivojlanishini tahlil etish uchun YaIM koʻrsatkichidan boshqa yana bir qator koʻrsatkichlardan foydalaniladi. Bu koʻrsatkichlar jumlasiga Yalpi milliy daromad (YaMD) koʻrsatkichi ham kiradi. Bu koʻrsatkich MHTning oldingi koʻrinishida hisoblangan Yalpi milliy mahsulot (YaMM) koʻrsatkichi bilan mohiyatan bir xil. YaMD – mamlakat rezidentlari tomonidan, mamlakatda va mamlakat tashqarisida, ishlab chiqarishda ishtirok etish va mulkdan olgan boshlangʻich daromadlari yigʻindisidir. YaIM va YaMD koʻrsatkichlari oʻrtasidagi farqni quyidagi formula koʻrinishida tasavvur etish mumkin: YaMD = YaIM + mamlakat rezidentlari tomonidan xorijdan olingan daromadlari – norezidentlarning mamlakatdan xorijga joʻnatgan daromadlari. YaIM va YaMD ning prinsipal farqlari shundaki, ulardan birinchisi mamlakat rezidentlari tomonidan ishlab chiqarilgan yakuniy tovarlar va xizmatlar oqimini oʻlchasa, ikkinchisi ular olgan boshlangʻich daromadlarni oʻlchaydi. Sof ichki mahsulot (SIM) va Sof milliy daromad (SMD) koʻrsatkichlari YaIM va YaMD koʻrsatkichlaridan amortizatsiya (iste’mol qilingan asosiy kapital) summasi miqdoriga farq qiladi. SIM = YaIM - A SMD = YaMD - A Makroiqtisodiy tahlilda, shuningdek, MHTga kirmagan Shaxsiy daromad (ShD) koʻrsaikichi ham qoʻlaniladi. ShD = SMD –[ISA (Ijtimoiy sugʻurta ajratmalari) + T (bilvosita soliqlar) + (R1.1) korporatsiya foydasiga soliqlar) + R1.3 (Korporatsiya-larning taqsimlanmagan foydasi + biznesning foiz daromadlari] + transfert toʻlovlari (TR) + foizlar koʻrinishida olingan shaxsiy daromad. Foizlar koʻrinishida aholi olgan daromadga davlat qarzlari boʻyicha olingan foiz daromadlari ham kiritiladi.
 
 
Shaxsiy daromaddan aholi toʻlaydigan daromad soligʻi, mulk soligʻi va ayrim 
nosoliq toʻlovlarini ayirib tashlab shaxsiy tasarrufdagi daromad (ShTD) 
koʻrsatkichi topiladi.  
ShTD uy xoʻjaliklari tomonidan iste’mol (C) va jamgʻarish (S) uchun 
ishlatiladi. 
ShTD =C + S 
Makroiqtisodiy tahlilda uy xoʻjaliklarining ShTD va Yalpi milliy tasarrufdagi 
daromad (YaMTD) koʻrsatkichlari oʻzaro farqlanadi. 
YaMTD= YaMD + Xorijdan olingan sof transfertlar 
Xorijdan olingan sof transfertlar = Mamlakat tashqarisidan olingan 
transfertlar – Mamlakatdan tashqariga berilgan transfertlar) 
Yalpi milliy tasarrufidagi daromad yakuniy iste’mol va milliy jamgʻarish 
uchun ishlatiladi. 
YaMTD = Yakuniy iste’mol + Milliy jamgʻarmalar 
Yakuniy iste’mol uy xoʻjaliklarining iste’mol xarajatlaridan tashqari 
hukumatning iste’molga xarajatlarini ham oʻz ichiga oladi.  
 
18.4. Nominal va real YaIM 
 
Iqtisodiyotda mavjud boʻlgan inflyatsiya jarayonlari YaIMni hisoblashni 
qiyinlashtiradi. 
Bu 
koʻrsatkich 
dinamikasi 
bir 
vaqtning 
oʻzida 
ishlab 
chiqarilayotgan mahsulotlar miqdor va baho darajalarining oʻzgarishini ifodalaydi. 
Bu shuni bildiradiki, YaIM miqdoriga bir vaqtning oʻzida ham ishlab 
chiqarilayotgan mahsulotlarning fizik hajmi, ham baho darajasi oʻzgarishi ta’sir 
koʻrsatadi. 
Iqtisodiyotda doimiy inflyatsiya jarayonining mavjudligi makroiqtisodiy 
koʻrsatkichlarni taqqoslama baholarda hisoblashni zarur etib qoʻyadi. Chunki, 
inflyatsiya iqtisodiyotning real holatini buzib koʻrsatadi. Iqtisodiyotni tahlil qilish, 
muammolarni aniqlash hamda boshqaruv qarorlarini qabul qilishni qiyinlashtiradi. 
Bu vazifani bajarish uchun joriy baholarda hisoblangan nominal koʻrsatkichlardan 
Shaxsiy daromaddan aholi toʻlaydigan daromad soligʻi, mulk soligʻi va ayrim nosoliq toʻlovlarini ayirib tashlab shaxsiy tasarrufdagi daromad (ShTD) koʻrsatkichi topiladi. ShTD uy xoʻjaliklari tomonidan iste’mol (C) va jamgʻarish (S) uchun ishlatiladi. ShTD =C + S Makroiqtisodiy tahlilda uy xoʻjaliklarining ShTD va Yalpi milliy tasarrufdagi daromad (YaMTD) koʻrsatkichlari oʻzaro farqlanadi. YaMTD= YaMD + Xorijdan olingan sof transfertlar Xorijdan olingan sof transfertlar = Mamlakat tashqarisidan olingan transfertlar – Mamlakatdan tashqariga berilgan transfertlar) Yalpi milliy tasarrufidagi daromad yakuniy iste’mol va milliy jamgʻarish uchun ishlatiladi. YaMTD = Yakuniy iste’mol + Milliy jamgʻarmalar Yakuniy iste’mol uy xoʻjaliklarining iste’mol xarajatlaridan tashqari hukumatning iste’molga xarajatlarini ham oʻz ichiga oladi. 18.4. Nominal va real YaIM Iqtisodiyotda mavjud boʻlgan inflyatsiya jarayonlari YaIMni hisoblashni qiyinlashtiradi. Bu koʻrsatkich dinamikasi bir vaqtning oʻzida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar miqdor va baho darajalarining oʻzgarishini ifodalaydi. Bu shuni bildiradiki, YaIM miqdoriga bir vaqtning oʻzida ham ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning fizik hajmi, ham baho darajasi oʻzgarishi ta’sir koʻrsatadi. Iqtisodiyotda doimiy inflyatsiya jarayonining mavjudligi makroiqtisodiy koʻrsatkichlarni taqqoslama baholarda hisoblashni zarur etib qoʻyadi. Chunki, inflyatsiya iqtisodiyotning real holatini buzib koʻrsatadi. Iqtisodiyotni tahlil qilish, muammolarni aniqlash hamda boshqaruv qarorlarini qabul qilishni qiyinlashtiradi. Bu vazifani bajarish uchun joriy baholarda hisoblangan nominal koʻrsatkichlardan