Milliy oʻquv dasturi va DTS mazmuni va uni tahlili.

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

10

File size

Fayl hajmi

408,4 KB


Milliy oʻquv dasturi va DTS mazmuni va uni tahlili. 
Mashgʻulot maqsadi: Talabalarga boshlangʻich ta’lim matematika fanining
o‘qitilishi, tuzilishi, mazmuni va xususiyatlari bo‘yicha bilim, ko‘nikma, malaka
va  kompetensiyalarini  rivojlantirish,  boshlangʻich  ta’lim  matematika  fanidan
milliy  o‘quv  dasturini  hamda  darsliklar  mazmunini  puxta  o‘zlashtirishni
ta’minlash.
Mashgʻulot materiallari: Boshlang‘ich ta’lim matematikadan davlat ta’lim
standarti, umumiy o‘rta ta’limning milliy o‘quv dasturi, 1-2-3-4-sinf matematika
darsligi. 
Tayanch  tushunchalar:  fan,  milliy  o‘quv  dasturi,  darslik,  metod,
kompetensiya,  o‘rgatish,  o‘qitish,  bilim,  ko‘nikma,  malaka,  predmet,  maqsad,
vazifa, fanlararo bog‘liqlik. 
Amaliy ishlash uchun topshiriqlar: 
1. Boshlang‘ich ta’lim matematikadan davlat ta’lim standarti va milliy o‘quv
dasturi haqida tushuncha. 
2. Matematika fani bo‘yicha o‘quvchilarda rivojlantiriladigan kompetensiyalar. 
3. 1-4-sinflarda matematika darsligining o‘quv dasturi bilan mosligi. 
4. Mavzuga doir didaktik topshiriqlar. 
1. Boshlang‘ich ta’lim matematikadan davlat ta’lim standarti va milliy o‘quv
dasturi  haqida  tushuncha.  Davlat  ta’lim  standarti-  -bu  davlatning  ta’lim
darajasiga qo‘ygan me’yori sifatida qabul qilingan asosiy parametrlar tizimi bo‘lib,
muayyan shaxsning ta’lim tizimidagi mavjud imkoniyatlari va ularni ideal darajaga
yetkazishga  erishishni  anglatadi.  -ta’limning  zarur,  yetarli  darajasi  va  o‘quv
yuklamalari  hajmiga  qo‘yiladigan  asosiy  davlat  talablari  majmuasidir.  Davlat
ta’lim  standartini  bajarish  O‘zbekiston  Respublikasi  hududida  faoliyat
ko‘rsatayotgan  barcha  umumiy  o‘rta  ta’lim  muassasalari  uchun  majburiydir.
Logotip
Milliy oʻquv dasturi va DTS mazmuni va uni tahlili. Mashgʻulot maqsadi: Talabalarga boshlangʻich ta’lim matematika fanining o‘qitilishi, tuzilishi, mazmuni va xususiyatlari bo‘yicha bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalarini rivojlantirish, boshlangʻich ta’lim matematika fanidan milliy o‘quv dasturini hamda darsliklar mazmunini puxta o‘zlashtirishni ta’minlash. Mashgʻulot materiallari: Boshlang‘ich ta’lim matematikadan davlat ta’lim standarti, umumiy o‘rta ta’limning milliy o‘quv dasturi, 1-2-3-4-sinf matematika darsligi. Tayanch tushunchalar: fan, milliy o‘quv dasturi, darslik, metod, kompetensiya, o‘rgatish, o‘qitish, bilim, ko‘nikma, malaka, predmet, maqsad, vazifa, fanlararo bog‘liqlik. Amaliy ishlash uchun topshiriqlar: 1. Boshlang‘ich ta’lim matematikadan davlat ta’lim standarti va milliy o‘quv dasturi haqida tushuncha. 2. Matematika fani bo‘yicha o‘quvchilarda rivojlantiriladigan kompetensiyalar. 3. 1-4-sinflarda matematika darsligining o‘quv dasturi bilan mosligi. 4. Mavzuga doir didaktik topshiriqlar. 1. Boshlang‘ich ta’lim matematikadan davlat ta’lim standarti va milliy o‘quv dasturi haqida tushuncha. Davlat ta’lim standarti- -bu davlatning ta’lim darajasiga qo‘ygan me’yori sifatida qabul qilingan asosiy parametrlar tizimi bo‘lib, muayyan shaxsning ta’lim tizimidagi mavjud imkoniyatlari va ularni ideal darajaga yetkazishga erishishni anglatadi. -ta’limning zarur, yetarli darajasi va o‘quv yuklamalari hajmiga qo‘yiladigan asosiy davlat talablari majmuasidir. Davlat ta’lim standartini bajarish O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat ko‘rsatayotgan barcha umumiy o‘rta ta’lim muassasalari uchun majburiydir.
“Standart” so’zi inglizcha bo‘lib, “nusxa”, “o‘lcham”, “me’yor” degan ma’nolarini
anglatadi.  Standart,  standartlashtirish  me’yorlari  tushunchalari  DTS  ta’lim
mazmuni  shakllari,  vositalari,  usullari  va  ularning  sifatini  baholash  tartibini
belgilaydi. Ta’lim mazmunini o‘zagi hisoblangan standart vositasida, mamlakat
hududida faoliyat ko‘rsatayotgan turli ta’lim muassasalarida (davlat va nodavlat)
ta’limning  barqaror  darajasini  ta’minlash  sharti  amalga  oshiriladi.  DTS  o‘z
mohiyatiga ko‘ra o‘quv dasturlari, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari, nizomlar, o‘quv
rejasi va boshqa meyoriy hujjatlarini yaratish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
DTSni,  uning  talablarini  bajarish  O‘zbekiston  Respublikasi  hududida  faoliyat
ko‘rsatayotgan mulkchilik shakli va idoraviy bo‘ysinishdan qatiy nazar barcha
ta’lim muassasalari uchun majburiydir. DTS ning tarkibiy qismi sifatida umumiy
o‘rta (kasb – hunar va oliy) ta’lim muassasalari uchun tayanch o‘quv rejasi ishlab
chiqiladi.  Tayanch  o‘quv  reja  ta’lim  sohalarini  meyorlash  hamda  ta’lim
muassasalarini  moliyaviy  taminotini  ta’minlashga  asos  bo‘luvchi  davlat
muassasalarini  moliyaviy taminotini ta’minlashga asos bo‘luvchi davlat hujjati
sanaladi.  Tayanch  o‘quv  rejasi  o‘quv  predmeti  bo‘yicha  beriladigan  ta’lim
mazmunini  ta’lim  oluvchiga  yetkazish  uchun  ajratilgan  o‘quv  soatlarining
minimum hajmidagi miqdorini belgilaydi. Matematika fani asoslarini yaratishga
ulkan hissa qo‘shgan Muhammad al-Xorazmiy, Ahmad al Fargʻoniy, Abu Rayxon
Beruniy va Mirzo Ulugʻbek kabi buyuk allomalarimizga munosib yosh avlodni
tarbiyalash,  zamonaviy bilimlarni  o‘quvchilarga  еtkazish hamda mamlakatimiz
yoshlarini matematika go‘zallikllaridan bahramand bo‘lishlariga sharoit yaratib
berish  –  barcha  uchun  ham  qarz,  ham  farz  hisoblanadi.  Matematika  olamni
bilishning asosi bo‘lib, tevarak-atrofda kechayotgan voqea va hodisalarning o‘ziga
xos  qonuniyatlarini  ochib  berishda  hamda  ishlab  chiqarish,  fan-texnika  va
texnologiyalarning rivojlanishida muhim ahamiyatga ega. Ma’lumki, matematika
fani inson aqlini charxlaydi, diqqatini rivojlantiradi, ko‘zlangan maqsadga erishish
uchun  qat’iyat  va  irodani  tarbiyalaydi,  algoritmik  tarzda  tartib-intizomlilikka
o‘rgatadi  va  eng  muhimi  mulohaza  yuritishga  chorlaydi  hamda  tafakkurni
kengaytiradi.  Muhtaram  Prezidentimiz  Sh.M.Mirziyoyev  ta’kidlaganidek,
“Matematika  hamma  fanlarga  asos.  Bu  fanni  yaxshi  bilgan  bola  aqlli,  keng
tafakkurli  bo‘lib  o‘sadi,  istalgan  sohada  muvaffaqiyatli  ishlab  ketadi”.
Logotip
“Standart” so’zi inglizcha bo‘lib, “nusxa”, “o‘lcham”, “me’yor” degan ma’nolarini anglatadi. Standart, standartlashtirish me’yorlari tushunchalari DTS ta’lim mazmuni shakllari, vositalari, usullari va ularning sifatini baholash tartibini belgilaydi. Ta’lim mazmunini o‘zagi hisoblangan standart vositasida, mamlakat hududida faoliyat ko‘rsatayotgan turli ta’lim muassasalarida (davlat va nodavlat) ta’limning barqaror darajasini ta’minlash sharti amalga oshiriladi. DTS o‘z mohiyatiga ko‘ra o‘quv dasturlari, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari, nizomlar, o‘quv rejasi va boshqa meyoriy hujjatlarini yaratish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. DTSni, uning talablarini bajarish O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat ko‘rsatayotgan mulkchilik shakli va idoraviy bo‘ysinishdan qatiy nazar barcha ta’lim muassasalari uchun majburiydir. DTS ning tarkibiy qismi sifatida umumiy o‘rta (kasb – hunar va oliy) ta’lim muassasalari uchun tayanch o‘quv rejasi ishlab chiqiladi. Tayanch o‘quv reja ta’lim sohalarini meyorlash hamda ta’lim muassasalarini moliyaviy taminotini ta’minlashga asos bo‘luvchi davlat muassasalarini moliyaviy taminotini ta’minlashga asos bo‘luvchi davlat hujjati sanaladi. Tayanch o‘quv rejasi o‘quv predmeti bo‘yicha beriladigan ta’lim mazmunini ta’lim oluvchiga yetkazish uchun ajratilgan o‘quv soatlarining minimum hajmidagi miqdorini belgilaydi. Matematika fani asoslarini yaratishga ulkan hissa qo‘shgan Muhammad al-Xorazmiy, Ahmad al Fargʻoniy, Abu Rayxon Beruniy va Mirzo Ulugʻbek kabi buyuk allomalarimizga munosib yosh avlodni tarbiyalash, zamonaviy bilimlarni o‘quvchilarga еtkazish hamda mamlakatimiz yoshlarini matematika go‘zallikllaridan bahramand bo‘lishlariga sharoit yaratib berish – barcha uchun ham qarz, ham farz hisoblanadi. Matematika olamni bilishning asosi bo‘lib, tevarak-atrofda kechayotgan voqea va hodisalarning o‘ziga xos qonuniyatlarini ochib berishda hamda ishlab chiqarish, fan-texnika va texnologiyalarning rivojlanishida muhim ahamiyatga ega. Ma’lumki, matematika fani inson aqlini charxlaydi, diqqatini rivojlantiradi, ko‘zlangan maqsadga erishish uchun qat’iyat va irodani tarbiyalaydi, algoritmik tarzda tartib-intizomlilikka o‘rgatadi va eng muhimi mulohaza yuritishga chorlaydi hamda tafakkurni kengaytiradi. Muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev ta’kidlaganidek, “Matematika hamma fanlarga asos. Bu fanni yaxshi bilgan bola aqlli, keng tafakkurli bo‘lib o‘sadi, istalgan sohada muvaffaqiyatli ishlab ketadi”.
Mamlakatimizda  matematika  2020-yildagi  ilm-fanni  rivojlantirishning  ustuvor
yunalishlaridan  biri  sifatida  belgilandi  hamda  matematika  ilm-fani  va  ta’limi
rivojlantirishini yangi sifat bosqichiga olib chiqishga qaratilgan qator tizimli ishlar
amalga oshirilmoqda. 6 Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-
yil  29-  apreldagi  PF-5712-sonli  Farmoni  asosida  qabul  qilingan  “O‘zbekiston
Respublikasi  Xalq  ta’limi  tizimini  2030  yilgacha  rivojlantirish  konsepsiyasi”,
2019- yil 9- iyuldagi “Matematika ta’limi va fanlarini yanada rivojlantirishni davlat
tomonidan  qo‘llab-quvvatlash,  shuningdek,  O‘zbekiston  Respublikasi  Fanlar
akademiyasining  V.I.Romanovskiy  nomidagi  matematika  instituti  faoliyatini
tubdan takomillashtirish choratadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4387-sonli Qarori, 2020-
yil  7-  maydagi  “Matematika  sohasidagi  ta’lim  sifatini  oshirish  va  ilmiy-
tadqiqotlarni  rivojlantirish  chora-tadbirlari  to‘g‘risida”gi  PQ-4708-sonli  Qarori,
2020- yil 24- yanvardagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida matematika fani va
ta’limini  har  tomonlama  takomillashtirish  va  rivojlantirish  yuzasidan  qator
salmoqli  vazifalar  belgilangan.  Xususan,  mazkur  dasturdan  o‘rin  olgan
“Matematika ta’limini rivojlantirish konsepsiyasi” yuqoridagi matematika ta’limini
har  tomonlama  takomillashtirish  hamda  yangi  sifat  bosqichiga  olib  chiqish
yuzasidan belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan.
Matematika olamni, dunyoni bilishning asosi bo‘lib, tevarak atrofimizdagi voqea
va hodisalarning o‘ziga xos qonuniyatlarini ochib berishda juda katta ahamiyatga
egaki, matematik bilimlarsiz ishlab chiqarish va fanning rivojlanishini tasavvur
qilib  bo‘lmaydi.  Shuning  uchun  ham  matematik  madaniyat  -  umuminsoniy
madaniyatning  tarkibiy  qismi  hisoblanadi.  Matematika  fanini  o‘qitishdan
ko‘zlangan zamonaviy maqsad va vazifalar quyidagilardan iborat: - o‘quvchilarda
kundalik faoliyatda qo‘llash, fanlarni o‘rganish va ta’lim olishni davom ettirish
uchun zarur bo‘lgan matematik bilim va ko‘nikmalar tizimini shakllantirish va
rivojlantirish; - jadal taraqqiy etayotgan jamiyatda muvaffaqiyatli faoliyat yurita
oladigan,  aniq  va  ravshan,  tanqidiy  hamda  mantiqiy  fikrlay  oladigan  shaxsni
shakllantirish; - milliy, ma’naviy va madaniy merosni qadrlash, tabiiy-moddiy
resurslardan  oqilona  foydalanish  va  asrab-avaylash,  matematik  madaniyatni
umumbashariy  madaniyatning  tarkibiy  qismi  sifatida  tarbiyalashdan  iborat.
Mamlakatimizning  dunyo  hamjamiyatiga  integratsiyalashuvi,  fan  texnika  va
Logotip
Mamlakatimizda matematika 2020-yildagi ilm-fanni rivojlantirishning ustuvor yunalishlaridan biri sifatida belgilandi hamda matematika ilm-fani va ta’limi rivojlantirishini yangi sifat bosqichiga olib chiqishga qaratilgan qator tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. 6 Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019- yil 29- apreldagi PF-5712-sonli Farmoni asosida qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi”, 2019- yil 9- iyuldagi “Matematika ta’limi va fanlarini yanada rivojlantirishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining V.I.Romanovskiy nomidagi matematika instituti faoliyatini tubdan takomillashtirish choratadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4387-sonli Qarori, 2020- yil 7- maydagi “Matematika sohasidagi ta’lim sifatini oshirish va ilmiy- tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4708-sonli Qarori, 2020- yil 24- yanvardagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida matematika fani va ta’limini har tomonlama takomillashtirish va rivojlantirish yuzasidan qator salmoqli vazifalar belgilangan. Xususan, mazkur dasturdan o‘rin olgan “Matematika ta’limini rivojlantirish konsepsiyasi” yuqoridagi matematika ta’limini har tomonlama takomillashtirish hamda yangi sifat bosqichiga olib chiqish yuzasidan belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan. Matematika olamni, dunyoni bilishning asosi bo‘lib, tevarak atrofimizdagi voqea va hodisalarning o‘ziga xos qonuniyatlarini ochib berishda juda katta ahamiyatga egaki, matematik bilimlarsiz ishlab chiqarish va fanning rivojlanishini tasavvur qilib bo‘lmaydi. Shuning uchun ham matematik madaniyat - umuminsoniy madaniyatning tarkibiy qismi hisoblanadi. Matematika fanini o‘qitishdan ko‘zlangan zamonaviy maqsad va vazifalar quyidagilardan iborat: - o‘quvchilarda kundalik faoliyatda qo‘llash, fanlarni o‘rganish va ta’lim olishni davom ettirish uchun zarur bo‘lgan matematik bilim va ko‘nikmalar tizimini shakllantirish va rivojlantirish; - jadal taraqqiy etayotgan jamiyatda muvaffaqiyatli faoliyat yurita oladigan, aniq va ravshan, tanqidiy hamda mantiqiy fikrlay oladigan shaxsni shakllantirish; - milliy, ma’naviy va madaniy merosni qadrlash, tabiiy-moddiy resurslardan oqilona foydalanish va asrab-avaylash, matematik madaniyatni umumbashariy madaniyatning tarkibiy qismi sifatida tarbiyalashdan iborat. Mamlakatimizning dunyo hamjamiyatiga integratsiyalashuvi, fan texnika va
texnologiyalarning  rivojlanishi  yosh  avlodning  o‘zgaruvchan  dunyoda
raqobatbardosh bo‘lishi fanlarni mukammal egallashni taqozo etadi, bu esa ta’lim
tizimiga,  jumladan,  matematikani  o‘rgatish  bo‘yicha  ham  xalqaro  tajriba  va
andozalarni joriy etish orqali ta’minlanadi. Bundan ta’lim bo‘yicha qator xalqaro
tashkilotlarning  tadqiqotlari  ham  dalolat  bermoqda.  Shu  o‘rinda,  Iqtisodiy
hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD)ning 15 yoshli o‘quvchilarning ona tili,
matematika va tabiiy fanlar bo‘yicha savodxonlik darajasini baholashga qaratilgan
PISA  -  o‘quvchilar  yutuqlarini  baholash  xalqaro  dasturi  tadqiqotlari  natijalari
e’tiborga molik. Bundan tashqari, ta’limiy yutuqlarni baholash xalqaro uyushmasi
(IEA)  tomonidan  tashkil  etilgan  TIMSS -  matematika  va  tabiiy fanlar  ta’lim
sifatining xalqaro monitoringi dasturini ham keltirish mumkin. Ushbu tadqiqot
o‘quvchilarning turli davlatlarda matematika va tabiiy fanlardan bilim darajasi va
sifatini  solishtirishga  hamda  milliy  ta’lim  tizimidagi  farqlarni  aniqlashga
ko‘maklashadi.  Tadqiqotlar  natijalariga  asoslangan  holda  matematika  fanini
o‘qitishga  xalqaro  baholash  dasturlarining  mazmuni,  baholash  me’zonlari  va
mexanizmlari mahalliy sharoitdan kelib chiqqan holda joriy etilishi  maqsadga
muvofiq bo‘ladi. STEAM (S – science - tabiiy fanlar T – technology - texnologiya,
E – engineering - muhandislik, A – art - san’at, M – mathematics - matematika)
ta’lim texnologiyasi aniq fanlar blok-modulida o‘quvchilarning egallagan bilim,
ko‘nikma va malakalarini kundalik hayot bilan bog‘liqligini ko‘rsatishda dars va
sinfdan  tashqari  mashg‘ulotlarda  o‘quv  tadqiqotlarini  o‘tkazish,  tajribalarni
bajarish,  loyihalashtirishga  yo‘naltirilgan  ijodkorligini  tarbiyalash,  yangiliklar
yaratishga  bo‘lgan  qiziqishlarini  rivojlantirishga  qaratilgan.  Bu  texnologiyani
amalga oshirishda o‘quvchilar tomonidan turli texnik qurilmalarni yasash uchun
loyihalar yaratish, loyiha asosida qurilmaningmaketini yaratish va uni amaliyotda
ishlatib ko‘rish, kamchiliklarini topish hamda uni bartaraf etish kabi vazifalar
bajariladi.
Logotip
texnologiyalarning rivojlanishi yosh avlodning o‘zgaruvchan dunyoda raqobatbardosh bo‘lishi fanlarni mukammal egallashni taqozo etadi, bu esa ta’lim tizimiga, jumladan, matematikani o‘rgatish bo‘yicha ham xalqaro tajriba va andozalarni joriy etish orqali ta’minlanadi. Bundan ta’lim bo‘yicha qator xalqaro tashkilotlarning tadqiqotlari ham dalolat bermoqda. Shu o‘rinda, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD)ning 15 yoshli o‘quvchilarning ona tili, matematika va tabiiy fanlar bo‘yicha savodxonlik darajasini baholashga qaratilgan PISA - o‘quvchilar yutuqlarini baholash xalqaro dasturi tadqiqotlari natijalari e’tiborga molik. Bundan tashqari, ta’limiy yutuqlarni baholash xalqaro uyushmasi (IEA) tomonidan tashkil etilgan TIMSS - matematika va tabiiy fanlar ta’lim sifatining xalqaro monitoringi dasturini ham keltirish mumkin. Ushbu tadqiqot o‘quvchilarning turli davlatlarda matematika va tabiiy fanlardan bilim darajasi va sifatini solishtirishga hamda milliy ta’lim tizimidagi farqlarni aniqlashga ko‘maklashadi. Tadqiqotlar natijalariga asoslangan holda matematika fanini o‘qitishga xalqaro baholash dasturlarining mazmuni, baholash me’zonlari va mexanizmlari mahalliy sharoitdan kelib chiqqan holda joriy etilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. STEAM (S – science - tabiiy fanlar T – technology - texnologiya, E – engineering - muhandislik, A – art - san’at, M – mathematics - matematika) ta’lim texnologiyasi aniq fanlar blok-modulida o‘quvchilarning egallagan bilim, ko‘nikma va malakalarini kundalik hayot bilan bog‘liqligini ko‘rsatishda dars va sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda o‘quv tadqiqotlarini o‘tkazish, tajribalarni bajarish, loyihalashtirishga yo‘naltirilgan ijodkorligini tarbiyalash, yangiliklar yaratishga bo‘lgan qiziqishlarini rivojlantirishga qaratilgan. Bu texnologiyani amalga oshirishda o‘quvchilar tomonidan turli texnik qurilmalarni yasash uchun loyihalar yaratish, loyiha asosida qurilmaningmaketini yaratish va uni amaliyotda ishlatib ko‘rish, kamchiliklarini topish hamda uni bartaraf etish kabi vazifalar bajariladi.
1-4-sinflarda matematika darsligining milliy o‘quv dasturi bilan mosligi.
Logotip
1-4-sinflarda matematika darsligining milliy o‘quv dasturi bilan mosligi.
MATEMATIK MAZMUN STANDARTLARI (Bilim va ko‘nikmalar) Qisqacha
tavsifi: Asosiy matematik tushunchalar va munosabatlar mohiyatini tushunish va
ulardan  tipik  o‘quv  topshiriqlarini  bajarishda  foydalanish.  Ushbu  standartlar
o‘quvchilar  matematikani  o‘rganish  orqali  nimani  tushunishi  va  nimalarni
bajarishga qodir bo‘lish kerakligini belgilab beradi. Matematikada tushunishning
o‘ziga xos belgilaridan biri - bu o‘quvchining matematik o‘zlashtirish darajasidan
kelib chiqqan holda muayyan matematik ifodaning to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekani yoki
muayyan  matematik  qoidaning  qayerdan  kelib  chiqishini  asoslab  berish
qobiliyatidir. Matematik tushuncha mohiyatini tushunish va tipik amallarni bajarish
ko‘nikmasi  bir  xilda  muhim  bo‘lib,  ular  muayyan  murakkablik  darajasidagi
standart  topshiriqlar  yordamida  baholanadi.  Matematik  mazmun  standartlari
umumlashgan  talablar  ko‘rinishida  ifodalanib,  ular  matematikaning  quyidagi
bo‘limlarini qamrab oladi (kelgusida ishlatish qulay bo‘lsin uchun bo‘limlar nomi
ikki bosh harfi bilan kodlanadi):
 - sonlar va amallar (SA); 
- algebra va funksiyalar (AF): 
- geometriya va o‘lchashlar (GO‘); 
- statistika va ehtimollik (SE); 
- matematik analiz asosari (MA)
MATEMATIK AMALIYOT STANDARTLARI (Kompetensiyalar) Qisqacha
tavsifi: O‘zlashtirilgan bilim va ko‘nikmalarini amaliy masalalarni  еchishda va
notanish vaziyatlarda qo‘llay olish  (kompetensiyalar). Mazkur  standartlar  ham
umumlashgan  mazmundagi  amaliy  tatbiq  standatlardan  iborat  bo‘lib,  ular
o‘quvchilarning  quyidagi  aqliy  faoliyati  sohalarini  qamrab  oladi  (kelgusida
ishlatish qulay bo‘lsin uchun aqliy faoliyat sohalari, mos ravishda M1, M2, M3,
M4 va M5 bilan kodlanadi): 
-  mulohaza  yuritish (M1);  matematikaga  oid  fikrni  asoslash,  isbotlash  yoki
o‘zgalar fikriga munosabat bildirish uchun mantiqan asosli va tushunarli dalillarni
keltirish; 
-  modellashtirish  (M2):  o‘quv  va  hayotiy  muammolarni  matematika  tilida
ifodalash, ularning matematik modelini qurish;
Logotip
MATEMATIK MAZMUN STANDARTLARI (Bilim va ko‘nikmalar) Qisqacha tavsifi: Asosiy matematik tushunchalar va munosabatlar mohiyatini tushunish va ulardan tipik o‘quv topshiriqlarini bajarishda foydalanish. Ushbu standartlar o‘quvchilar matematikani o‘rganish orqali nimani tushunishi va nimalarni bajarishga qodir bo‘lish kerakligini belgilab beradi. Matematikada tushunishning o‘ziga xos belgilaridan biri - bu o‘quvchining matematik o‘zlashtirish darajasidan kelib chiqqan holda muayyan matematik ifodaning to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekani yoki muayyan matematik qoidaning qayerdan kelib chiqishini asoslab berish qobiliyatidir. Matematik tushuncha mohiyatini tushunish va tipik amallarni bajarish ko‘nikmasi bir xilda muhim bo‘lib, ular muayyan murakkablik darajasidagi standart topshiriqlar yordamida baholanadi. Matematik mazmun standartlari umumlashgan talablar ko‘rinishida ifodalanib, ular matematikaning quyidagi bo‘limlarini qamrab oladi (kelgusida ishlatish qulay bo‘lsin uchun bo‘limlar nomi ikki bosh harfi bilan kodlanadi): - sonlar va amallar (SA); - algebra va funksiyalar (AF): - geometriya va o‘lchashlar (GO‘); - statistika va ehtimollik (SE); - matematik analiz asosari (MA) MATEMATIK AMALIYOT STANDARTLARI (Kompetensiyalar) Qisqacha tavsifi: O‘zlashtirilgan bilim va ko‘nikmalarini amaliy masalalarni еchishda va notanish vaziyatlarda qo‘llay olish (kompetensiyalar). Mazkur standartlar ham umumlashgan mazmundagi amaliy tatbiq standatlardan iborat bo‘lib, ular o‘quvchilarning quyidagi aqliy faoliyati sohalarini qamrab oladi (kelgusida ishlatish qulay bo‘lsin uchun aqliy faoliyat sohalari, mos ravishda M1, M2, M3, M4 va M5 bilan kodlanadi): - mulohaza yuritish (M1); matematikaga oid fikrni asoslash, isbotlash yoki o‘zgalar fikriga munosabat bildirish uchun mantiqan asosli va tushunarli dalillarni keltirish; - modellashtirish (M2): o‘quv va hayotiy muammolarni matematika tilida ifodalash, ularning matematik modelini qurish;
 - muammoni yеchish (M3): matematikani qo‘llab muammoni hal qilish;
 -  muloqot  qilish  (M4): matematik  tushuncha,  belgi  va  timsollar  asosida
matematika tilida o‘zaro muloqot qilish;
 -  ma’lumotlar bilan ishlash (M5): ma’lumotlarni yig‘ish, tahlil qilish va turli
shakllarda tasvirlash.
Matematika fanidan 1-sinf ta’lim standartlari matematik mazmun va amaliyot
standartlaridan iborat. Matematik mazmun standartlari 1-sinfda matematik mazmun
standartlari matematikaning:
 - Sonlar va amallar (SA);
 - Geometriya va o‘lchashlar (GO‘);
 - Ehtimollik va statistika (ES) bo‘limlarini qamrab oladi. Kelgusida ishlatish qulay
bo‘lsin uchun 1-sinfda qamrab olingan bo‘limlar nomi - avval sinfning tartib
raqami, so‘ng bo‘limning ikki bosh harfi bilan kodlanadi. Standartlar kodida esa
avval  sinf  tartib  raqami,  song  bo‘lim  nomi  va  oxirida  standart  tartib  raqami
keltirladi. Masalan, 1.SA.3 kod - birinchi sinfning “Sonlar va amallar” bo‘limi
bo‘yicha  3-  standartini  bildiradi.  Muayyan  sinfga  kiritilgan  standartlar  o‘z
navbatida sinflar kesimida yanada aniqlashtiriladi. Ular quyida kichik lotin harflari
bilan  keltirilmoqda.  1-sinf  o‘quvchilari  ta’lim  jarayoni  yakunida  matematika
fanidan quyidagi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari lozim.
Mavzuga doir didaktik topshiriqlar. Talabalar kichik guruhlarga bo‘linadi va
berilgan topshiriqlarni bajarishadi. Topshiriqni bajarish uchun ularga 15 daqiqa
beriladi. 
1-GURUH 1. 1-sinf milliy o‘quv dasturi va darsligini tahlil qiling. 
2. “Idrok xaritasi” metodi orqali taqdimot qiling. 
2-GURUH 1. 2-sinf milliy o‘quv dasturi va darsligini tahlil qiling. 
2. “Idrok xaritasi” metodi orqali taqdimot qiling. 
3-GURUH 1. 3-sinf milliy o‘quv dasturi va darsligini tahlil qiling. 
2. “Idrok xaritasi” metodi orqali taqdimot qiling. 
4-GURUH 1. 4-sinf milliy o‘quv dasturi va darsligini tahlil qiling. 
2. “Idrok xaritasi” metodi orqali taqdimot qiling. 
“Idrok  xaritasi”  metodi  yordamida  1-2-3-4-sinf  o‘quv  dasturi  va  darsligining
mosligini  tahlil  qiling.  Idrok  xaritasi  -  fikrlashning  vizuallashgan  ko‘rinishi.
Logotip
- muammoni yеchish (M3): matematikani qo‘llab muammoni hal qilish; - muloqot qilish (M4): matematik tushuncha, belgi va timsollar asosida matematika tilida o‘zaro muloqot qilish; - ma’lumotlar bilan ishlash (M5): ma’lumotlarni yig‘ish, tahlil qilish va turli shakllarda tasvirlash. Matematika fanidan 1-sinf ta’lim standartlari matematik mazmun va amaliyot standartlaridan iborat. Matematik mazmun standartlari 1-sinfda matematik mazmun standartlari matematikaning: - Sonlar va amallar (SA); - Geometriya va o‘lchashlar (GO‘); - Ehtimollik va statistika (ES) bo‘limlarini qamrab oladi. Kelgusida ishlatish qulay bo‘lsin uchun 1-sinfda qamrab olingan bo‘limlar nomi - avval sinfning tartib raqami, so‘ng bo‘limning ikki bosh harfi bilan kodlanadi. Standartlar kodida esa avval sinf tartib raqami, song bo‘lim nomi va oxirida standart tartib raqami keltirladi. Masalan, 1.SA.3 kod - birinchi sinfning “Sonlar va amallar” bo‘limi bo‘yicha 3- standartini bildiradi. Muayyan sinfga kiritilgan standartlar o‘z navbatida sinflar kesimida yanada aniqlashtiriladi. Ular quyida kichik lotin harflari bilan keltirilmoqda. 1-sinf o‘quvchilari ta’lim jarayoni yakunida matematika fanidan quyidagi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari lozim. Mavzuga doir didaktik topshiriqlar. Talabalar kichik guruhlarga bo‘linadi va berilgan topshiriqlarni bajarishadi. Topshiriqni bajarish uchun ularga 15 daqiqa beriladi. 1-GURUH 1. 1-sinf milliy o‘quv dasturi va darsligini tahlil qiling. 2. “Idrok xaritasi” metodi orqali taqdimot qiling. 2-GURUH 1. 2-sinf milliy o‘quv dasturi va darsligini tahlil qiling. 2. “Idrok xaritasi” metodi orqali taqdimot qiling. 3-GURUH 1. 3-sinf milliy o‘quv dasturi va darsligini tahlil qiling. 2. “Idrok xaritasi” metodi orqali taqdimot qiling. 4-GURUH 1. 4-sinf milliy o‘quv dasturi va darsligini tahlil qiling. 2. “Idrok xaritasi” metodi orqali taqdimot qiling. “Idrok xaritasi” metodi yordamida 1-2-3-4-sinf o‘quv dasturi va darsligining mosligini tahlil qiling. Idrok xaritasi - fikrlashning vizuallashgan ko‘rinishi.