“Milliy tarbiya” fani o‘qitish amaliyotini takomillashtirish yo‘llari

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

18

File size

Fayl hajmi

5,5 MB


“Milliy tarbiya” fani o‘qitish amaliyotini takomillashtirish yo‘llari.
Reja:
1. “Milliy  tarbiya”  fanini  o‘qitish  amaliyotini  takomillashtirishda  tadqiqotlar
xulosalaridan foydalanish. 
2.  Fanni  o‘qitish  amaliyotini  takomillashtirishda  ijtimoiy  so‘rovnomalardan
foydalanish.
 3. Fanni o‘qitish amaliyotini takomillashtirishda individual amaliy tajribalardan 
foydalanish.
“Tarbiya”  fanini  o‘qitish  amaliyotini  takomillashtirishda  tadqiqotlar
xulosalaridan  foydalanish.  Oliy  pedagogik  ta’lim  jarayonida  bo‘lajak
boshlang‘ich  sinf  o‘qituvchilariga  “Boshlang‘ich  ta’limda  “Tarbiya”  fanini
o‘qitish metodikasi” o‘quv fanini o‘qitishda butunlay yangi  amaliy asoslarga
tayanish  lozim  bo‘ladi.  Chunki  bu  fan  quyidagi  jihatlari  bilan  bo‘lajak
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy faoliyatida muhim o‘rin tutadi:
1)  fan butunlay yangi bo‘lib, uni o‘qitishda yangicha asoslarga tayanish
lozim;
2)  fanning nazariy, metodologik va amaliy asoslari innovatsion g‘oyalarga,
yondashuvlarga hamda texnologiyalarga tayanadi;
3)  fanning  amaliy  samaradorligi  ta’lim  oluvchilarning  tarbiyalanganlik
darajasini amaliyoti bilan belgilanadi.
Shu sababli “Boshlang‘ich ta’limda “Tarbiya” fanini o‘qitish metodikasi”
o‘quv  fanini  oliy  pedagogik  ta’lim  jarayonida  o‘qitish  amaliyotini
takomillashtirishda  pedagogik tadqiqotlar xulosalaridan muntazam foydalanib
Logotip
“Milliy tarbiya” fani o‘qitish amaliyotini takomillashtirish yo‘llari. Reja: 1. “Milliy tarbiya” fanini o‘qitish amaliyotini takomillashtirishda tadqiqotlar xulosalaridan foydalanish. 2. Fanni o‘qitish amaliyotini takomillashtirishda ijtimoiy so‘rovnomalardan foydalanish. 3. Fanni o‘qitish amaliyotini takomillashtirishda individual amaliy tajribalardan foydalanish. “Tarbiya” fanini o‘qitish amaliyotini takomillashtirishda tadqiqotlar xulosalaridan foydalanish. Oliy pedagogik ta’lim jarayonida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilariga “Boshlang‘ich ta’limda “Tarbiya” fanini o‘qitish metodikasi” o‘quv fanini o‘qitishda butunlay yangi amaliy asoslarga tayanish lozim bo‘ladi. Chunki bu fan quyidagi jihatlari bilan bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy faoliyatida muhim o‘rin tutadi: 1) fan butunlay yangi bo‘lib, uni o‘qitishda yangicha asoslarga tayanish lozim; 2) fanning nazariy, metodologik va amaliy asoslari innovatsion g‘oyalarga, yondashuvlarga hamda texnologiyalarga tayanadi; 3) fanning amaliy samaradorligi ta’lim oluvchilarning tarbiyalanganlik darajasini amaliyoti bilan belgilanadi. Shu sababli “Boshlang‘ich ta’limda “Tarbiya” fanini o‘qitish metodikasi” o‘quv fanini oliy pedagogik ta’lim jarayonida o‘qitish amaliyotini takomillashtirishda pedagogik tadqiqotlar xulosalaridan muntazam foydalanib
borish  muhim  o‘rin  tutadi.  Bunday  tadqiqotlarning  xulosalarida  quyidagilar
bo‘yicha muhim yondashuvlar va tavsiyalar taqdim etilgan hisoblanadi:
-  mavzularning takomillashtirib borilishi va o‘quv materiallarini yangilash
asoslari yaratilganligi;
-  mazkur o‘quv fanning metodlari, texnologiyalari va ularning xususiyatlari
bo‘yicha tavsiyalar berilganligi;
-  bu  fanning  amaliy  samaradorligiga  erishish  bo‘yicha  metodik  asoslar
taqdim etilganligi.
Oliy pedagogik ta’olim jarayonida “Boshlang‘ich ta’limda “Tarbiya” fanini
o‘qitish metodikasi” o‘quv fanini o‘qitishning amaliy jihatdan takomillashtirib
borishda ilmiy tadqiqotlarda taqdim etiladigan xulosalarni muntazam o‘rganib
borish va ularni amaliyotga joriy qilish taqoza etiladi. 
Fanni
 
o‘qitish
 
amaliyotini
 
takomillashtirishda
 
ijtimoiy
so‘rovnomalardan  foydalanish.  Oliy  pedagogik  ta’lim  jarayonida  bo‘lajak
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun “Boshlang‘ich ta’limda “Tarbiya” fanini
o‘qitish metodikasi” o‘quv fanini o‘qitishning amaliyotini takomillashtirib borish
mexanizmlaridan  biri  ijtimoiy  so‘rovnomalar o‘tkazish  va  ularning  natijalari
asosida fanni o‘qitish asoslarini takomillashtirib borish muhim ahamiyatga ega.
Bunda quyidagilarga asoslanish tavsiya etiladi:
1) fan mavzularini va ularning o‘quv materiallarini takomillashtiruvchi davriy
ijtimoiy so‘rovnomalar o‘tkazib borish; 
2) fanni o‘qitishda ta’lim oluvchilar va undan manfaatdorlarning fikrini bilib
borish bo‘yicha choraklik ijtimoiy so‘rovnomalar o‘tkazib borish;
3) fanning  metodlari,  texnologiyalari  va  uning  innovatsion  asoslarini
takomillashtirib borish bo‘yicha ijtimoiy so‘rovnomalar o‘tkazib borish;
4) fanni  o‘qitishni  takomillashtirib  borish  bo‘yicha  o‘quv  va  ilmiy
muassasalarning  takliflarini  bilib  borishga  doir  yilliy  ijtimoiy  so‘rovnomalar
o‘tkazib borish.
E’tibor  berilsa,  ijtimoiy  so‘rovnoma  va  ularning  natijasida  olinadigan
tahlillar oliy pedagogik ta’lim jarayonida “Boshlang‘ich ta’limda “Tarbiya” fanini
o‘qitish  metodikasi”  o‘quv  fanini  o‘qitishni  amaliy  takomillashtirib  borishda
o‘ziga xos laboratoriya manbaidir. Bunday yondashuv asosida fanni o‘qitishning
Logotip
borish muhim o‘rin tutadi. Bunday tadqiqotlarning xulosalarida quyidagilar bo‘yicha muhim yondashuvlar va tavsiyalar taqdim etilgan hisoblanadi: - mavzularning takomillashtirib borilishi va o‘quv materiallarini yangilash asoslari yaratilganligi; - mazkur o‘quv fanning metodlari, texnologiyalari va ularning xususiyatlari bo‘yicha tavsiyalar berilganligi; - bu fanning amaliy samaradorligiga erishish bo‘yicha metodik asoslar taqdim etilganligi. Oliy pedagogik ta’olim jarayonida “Boshlang‘ich ta’limda “Tarbiya” fanini o‘qitish metodikasi” o‘quv fanini o‘qitishning amaliy jihatdan takomillashtirib borishda ilmiy tadqiqotlarda taqdim etiladigan xulosalarni muntazam o‘rganib borish va ularni amaliyotga joriy qilish taqoza etiladi. Fanni o‘qitish amaliyotini takomillashtirishda ijtimoiy so‘rovnomalardan foydalanish. Oliy pedagogik ta’lim jarayonida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun “Boshlang‘ich ta’limda “Tarbiya” fanini o‘qitish metodikasi” o‘quv fanini o‘qitishning amaliyotini takomillashtirib borish mexanizmlaridan biri ijtimoiy so‘rovnomalar o‘tkazish va ularning natijalari asosida fanni o‘qitish asoslarini takomillashtirib borish muhim ahamiyatga ega. Bunda quyidagilarga asoslanish tavsiya etiladi: 1) fan mavzularini va ularning o‘quv materiallarini takomillashtiruvchi davriy ijtimoiy so‘rovnomalar o‘tkazib borish; 2) fanni o‘qitishda ta’lim oluvchilar va undan manfaatdorlarning fikrini bilib borish bo‘yicha choraklik ijtimoiy so‘rovnomalar o‘tkazib borish; 3) fanning metodlari, texnologiyalari va uning innovatsion asoslarini takomillashtirib borish bo‘yicha ijtimoiy so‘rovnomalar o‘tkazib borish; 4) fanni o‘qitishni takomillashtirib borish bo‘yicha o‘quv va ilmiy muassasalarning takliflarini bilib borishga doir yilliy ijtimoiy so‘rovnomalar o‘tkazib borish. E’tibor berilsa, ijtimoiy so‘rovnoma va ularning natijasida olinadigan tahlillar oliy pedagogik ta’lim jarayonida “Boshlang‘ich ta’limda “Tarbiya” fanini o‘qitish metodikasi” o‘quv fanini o‘qitishni amaliy takomillashtirib borishda o‘ziga xos laboratoriya manbaidir. Bunday yondashuv asosida fanni o‘qitishning
yangicha  asoslari  kashf  etib  boriladi  va  bo‘lajak  boshlang‘ich  sinf
o‘qituvchilarining kasbiy ko‘nikmalarini amaliy shakllantirib borish imkoniyatiga
ega  bo‘linadi.  Shu  sababli  ijtimoiy  so‘rovnoma  mexanizmlaridan  oqilona
foydalanish  bo‘lajak  boshlang‘ich  sinf  o‘qituvchilari  va  amaliy  faoliyatdagi
o‘qituvchilarga tavsiya etiladi.
Fanni  o‘qitish  amaliyotini  takomillashtirishda  individual  amaliy
tajribalardan  foydalanish. Oliy  pedagogik  ta’lim  jarayonida  bo‘lajak
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun “Boshlang‘ich ta’limda “Tarbiya” fanini
o‘qitish  metodikasi”  o‘quv  fanini  o‘qitish  amaliyotini  takomillashtirishda
individual amaliy tajribalardan foydalanish ham muhim ahamiyatga ega. 
Individual  amaliy  tajribalar   bu–  “Tarbiya”   fanini  o‘qitishni  amalga
oshiruvchi professor va o‘qituvchilarning o‘ziga xos yondashuvlari, metodlari va
texnologiyalari majmuidir. Shu sababli bu tajriba majmui fanni o‘qitishda o‘ziga
xos tayanchlardan biri hisoblanadi. 
Oliy pedagogik ta’lim jarayonida “Boshlang‘ich ta’limda “Tarbiya” fanini
o‘qitish metodikasi” o‘quv fanini o‘qitishning individual amaliy tajribalaridan
foydalanish uchun quyidagilarga amal qilish maqsadga muvofiq bo‘ladi:
1)  oliy, o‘rta maxsus va umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida “Tarbiya”
o‘quv  fani  bo‘yicha  faoliyat  olib  borayotgan  professor  va  o‘qituvchilarning
faoliyatini monitoring qilib borish;
2)  mazkur  fanni  o‘qitishda  muvaffaqiyatga  erishayotgan  professor  va
o‘qituvchilarning yutuqlarini tahlil qilib borish;
3)  mazkur fan bo‘yicha ta’lim oluvchilar, ta’lim beruvchilar, o‘quv va ilmiy
muassasalarning tashabbuslarini o‘rganib borish;
4)  o‘rganilayotgan individual amaliy tajribalarni fanni o‘qitish jarayoniga
tadbiq etish mexanizmlarini yaratib borish.
Bunday yondashuv oliy pedagogik ta’lim jarayonida “Boshlang‘ich ta’limda
“Tarbiya”  fanini  o‘qitish  metodikasi”  o‘quv  fanini  o‘qitish  amaliyotini
takomillashtirishning muhim mexanizmi hisoblanadi. 
Shunday  qilib  oliy  pedagogik  ta’lim  jarayonida  “Boshlang‘ich  ta’limda
“Tarbiya”  fanini  o‘qitish  metodikasi”  o‘quv  fanini  o‘qitishning  amaliyotini
takomillashtirib borishda ilmiy- tadqiqot xulosalari, ijtimoiy so‘rovnoma va ilg‘or
Logotip
yangicha asoslari kashf etib boriladi va bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy ko‘nikmalarini amaliy shakllantirib borish imkoniyatiga ega bo‘linadi. Shu sababli ijtimoiy so‘rovnoma mexanizmlaridan oqilona foydalanish bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari va amaliy faoliyatdagi o‘qituvchilarga tavsiya etiladi. Fanni o‘qitish amaliyotini takomillashtirishda individual amaliy tajribalardan foydalanish. Oliy pedagogik ta’lim jarayonida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun “Boshlang‘ich ta’limda “Tarbiya” fanini o‘qitish metodikasi” o‘quv fanini o‘qitish amaliyotini takomillashtirishda individual amaliy tajribalardan foydalanish ham muhim ahamiyatga ega. Individual amaliy tajribalar bu– “Tarbiya” fanini o‘qitishni amalga oshiruvchi professor va o‘qituvchilarning o‘ziga xos yondashuvlari, metodlari va texnologiyalari majmuidir. Shu sababli bu tajriba majmui fanni o‘qitishda o‘ziga xos tayanchlardan biri hisoblanadi. Oliy pedagogik ta’lim jarayonida “Boshlang‘ich ta’limda “Tarbiya” fanini o‘qitish metodikasi” o‘quv fanini o‘qitishning individual amaliy tajribalaridan foydalanish uchun quyidagilarga amal qilish maqsadga muvofiq bo‘ladi: 1) oliy, o‘rta maxsus va umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida “Tarbiya” o‘quv fani bo‘yicha faoliyat olib borayotgan professor va o‘qituvchilarning faoliyatini monitoring qilib borish; 2) mazkur fanni o‘qitishda muvaffaqiyatga erishayotgan professor va o‘qituvchilarning yutuqlarini tahlil qilib borish; 3) mazkur fan bo‘yicha ta’lim oluvchilar, ta’lim beruvchilar, o‘quv va ilmiy muassasalarning tashabbuslarini o‘rganib borish; 4) o‘rganilayotgan individual amaliy tajribalarni fanni o‘qitish jarayoniga tadbiq etish mexanizmlarini yaratib borish. Bunday yondashuv oliy pedagogik ta’lim jarayonida “Boshlang‘ich ta’limda “Tarbiya” fanini o‘qitish metodikasi” o‘quv fanini o‘qitish amaliyotini takomillashtirishning muhim mexanizmi hisoblanadi. Shunday qilib oliy pedagogik ta’lim jarayonida “Boshlang‘ich ta’limda “Tarbiya” fanini o‘qitish metodikasi” o‘quv fanini o‘qitishning amaliyotini takomillashtirib borishda ilmiy- tadqiqot xulosalari, ijtimoiy so‘rovnoma va ilg‘or
individual amaliy tajribalar muhim ahamiyatga ega. Bu tajribalar asosida bo‘lajak
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyasini zamonaviy talablar
asosida rivojlantirishga muhim tayanchlar bo‘lib xizmat qiladi. 
Mustahkamlash uchun savollar va topshiriq:
1. “Tarbiya”  fanini  o‘qitish  amaliyotini  takomillashtirishda  tadqiqotlar
xulosalaridan foydalanish qanday bo‘ladi?
2. Fanni o‘qitish amaliyotini takomillashtirishda ijtimoiy so‘rovnomalardan
foydalanishning asoslari nimalardan iborat?
3. Fanni  o‘qitish  amaliyotini  takomillashtirishda  individual  amaliy
tajribalardan foydalanish tayanchlarini nimalar tashkil etadi?
“Milliy tarbiya” fani o‘qitish amaliyotini takomillashtirish yo‘llari
Nima uchun Oʻzbekiston maktablarida “Tarbiya” fani joriy etildi?
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻqituvchi va
murabbiylar  kuniga  bagʻishlangan  tantanali  marosimdagi  nutqida  nima  uchun
maktablarida “Tarbiya” fani joriy etilganining mohiyatini ochib berdi.
Uning  soʻzlariga  koʻra,  bugungi  murakkab  globallashuv  davrida
jamiyatimizda milliy gʻoya va mafkuraviy immunitetni kuchaytirish, yoshlarimizni
turli zararli gʻoya va tahdidlardan asrash, ularni oʻz mustaqil fikriga ega, irodali,
fidoyi  va  vatanparvar  insonlar  etib  tarbiyalash  har  qachongidan  ham  dolzarb
ahamiyat kasb etmoqda.
“Shu sababli biz birinchi marta umumtaʼlim maktablarida “Tarbiya” fanini
joriy etmoqdamiz”, — deya taʼkidladi Prezident.
Uning  fikriga  koʻra,  maʼrifatparvar  bobomiz  Abdulla  Avloniyning  asriy
qadriyatlarimiz asosida yaratgan “Turkiy “Guliston” yoxud axloq” asari sharqona
tarbiyaning  noyob  qoʻllanmasi  sifatida bugungi  kunda ham  oʻzining  qadri  va
ahamiyatini yoʻqotgan emas.
“Biz “Tarbiya” fanining nazariy asoslarini ishlab chiqishda mana shunday
bebaho asarlardan samarali foydalanishimiz zarur”- oʻz soʻzini yakunladi davlat
rahbari.
Logotip
individual amaliy tajribalar muhim ahamiyatga ega. Bu tajribalar asosida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyasini zamonaviy talablar asosida rivojlantirishga muhim tayanchlar bo‘lib xizmat qiladi. Mustahkamlash uchun savollar va topshiriq: 1. “Tarbiya” fanini o‘qitish amaliyotini takomillashtirishda tadqiqotlar xulosalaridan foydalanish qanday bo‘ladi? 2. Fanni o‘qitish amaliyotini takomillashtirishda ijtimoiy so‘rovnomalardan foydalanishning asoslari nimalardan iborat? 3. Fanni o‘qitish amaliyotini takomillashtirishda individual amaliy tajribalardan foydalanish tayanchlarini nimalar tashkil etadi? “Milliy tarbiya” fani o‘qitish amaliyotini takomillashtirish yo‘llari Nima uchun Oʻzbekiston maktablarida “Tarbiya” fani joriy etildi? Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻqituvchi va murabbiylar kuniga bagʻishlangan tantanali marosimdagi nutqida nima uchun maktablarida “Tarbiya” fani joriy etilganining mohiyatini ochib berdi. Uning soʻzlariga koʻra, bugungi murakkab globallashuv davrida jamiyatimizda milliy gʻoya va mafkuraviy immunitetni kuchaytirish, yoshlarimizni turli zararli gʻoya va tahdidlardan asrash, ularni oʻz mustaqil fikriga ega, irodali, fidoyi va vatanparvar insonlar etib tarbiyalash har qachongidan ham dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. “Shu sababli biz birinchi marta umumtaʼlim maktablarida “Tarbiya” fanini joriy etmoqdamiz”, — deya taʼkidladi Prezident. Uning fikriga koʻra, maʼrifatparvar bobomiz Abdulla Avloniyning asriy qadriyatlarimiz asosida yaratgan “Turkiy “Guliston” yoxud axloq” asari sharqona tarbiyaning noyob qoʻllanmasi sifatida bugungi kunda ham oʻzining qadri va ahamiyatini yoʻqotgan emas. “Biz “Tarbiya” fanining nazariy asoslarini ishlab chiqishda mana shunday bebaho asarlardan samarali foydalanishimiz zarur”- oʻz soʻzini yakunladi davlat rahbari.
Shuhrat Sattorov: "“Tarbiya”ning ortidan barcha darsliklarni oʻquvchi uchun
qiziq va foydali yaratilishini maqsad qildik"
“Tarbiya” darsliklari 7 tilda, jami 63 nomdan iborat toʻliq tarkibida tayyor
boʻldi.  Nafaqat  bolalar,  balki  kattalar  uchun  ham  foydali  darslik  deya  eʼtirof
etilayotgan kitobning  ilk sahifalariga tushirilgan mundarijalarni (Ilk bor darslik
mundarijasi old sahifaga koʻchirildi) oʻqishdan boshlab, mazmundagi oʻzgarishni
his qilish mumkin.
“2020-yilda “Tarbiya” darsliklari tayyorlab toʻliq chop etilishi Xalq taʼlimi
vazirligi,  Respublika  taʼlim  markazi  uchun  yilning  eng  katta  yutugʻi  deyish
mumkin.  Oliy  Majlisga murojaatnomada yoshlarni ijodiy fikrlashga oʻrgatadigan,
koʻnikmalarni  shakllantiruvchi  hayotiy  darsliklar  yaratish  ehtiyoji  davlatimiz
rahbari tomonidan koʻtarilganida, endi barcha darsliklarni “Tarbiya”ning ortidan
oʻquvchi uchun qiziq va foydali yaratilishini maqsad qildik”, -deydi Respublika
taʼlim markazi direktori Shuhrat Sattorov.
1-SINF "TARBIYA" DARSLIGINI O`QITISH | “TARBIYA”
DARSLARI MAKTABDA QANDAY OʻTILADI?
Logotip
Shuhrat Sattorov: "“Tarbiya”ning ortidan barcha darsliklarni oʻquvchi uchun qiziq va foydali yaratilishini maqsad qildik" “Tarbiya” darsliklari 7 tilda, jami 63 nomdan iborat toʻliq tarkibida tayyor boʻldi. Nafaqat bolalar, balki kattalar uchun ham foydali darslik deya eʼtirof etilayotgan kitobning ilk sahifalariga tushirilgan mundarijalarni (Ilk bor darslik mundarijasi old sahifaga koʻchirildi) oʻqishdan boshlab, mazmundagi oʻzgarishni his qilish mumkin. “2020-yilda “Tarbiya” darsliklari tayyorlab toʻliq chop etilishi Xalq taʼlimi vazirligi, Respublika taʼlim markazi uchun yilning eng katta yutugʻi deyish mumkin. Oliy Majlisga murojaatnomada yoshlarni ijodiy fikrlashga oʻrgatadigan, koʻnikmalarni shakllantiruvchi hayotiy darsliklar yaratish ehtiyoji davlatimiz rahbari tomonidan koʻtarilganida, endi barcha darsliklarni “Tarbiya”ning ortidan oʻquvchi uchun qiziq va foydali yaratilishini maqsad qildik”, -deydi Respublika taʼlim markazi direktori Shuhrat Sattorov. 1-SINF "TARBIYA" DARSLIGINI O`QITISH | “TARBIYA” DARSLARI MAKTABDA QANDAY OʻTILADI?
“Onlayn  kasbiy  rivojlantirish”  loyihasi  asosidagi  ushbu  videoroliklar
oʻqituvchilar uchun tayyorlangan. Videorolikni  YouTube orqali ko‘rish havolasi
bu yerda:
(https://www.youtube.com/watch?v=iewpNPa6kuk)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻqituvchi va
murabbiylar  kuniga  bagʻishlangan  tantanali  marosimdagi  nutqida  nima  uchun
maktablarida  “Tarbiya”  fani  joriy  etilganining  mohiyatini  ochib  berdi:  “Bizni
hamisha o‘ylantirib keladigan yana bir muhim masala – bu yoshlarimizning odob-
axloqi, yurish-turishi, bir so‘z bilan aytganda, dunyoqarashi bilan bog‘liq. Bugun
zamon shiddat bilan o‘zgaryapti. Bu o‘zgarishlarni hammadan ham ko‘proq his
etadigan kim – yoshlar. Mayli, yoshlar o‘z davrining talablari bilan uyg‘un bo‘lsin.
Lekin ayni paytda o‘zligini ham unutmasin. Biz kimmiz, qanday ulug‘ zotlarning
avlodimiz, degan da’vat ularning qalbida doimo aks-sado berib, o‘zligiga sodiq
qolishga undab tursin. Bunga nimaning hisobidan erishamiz? Tarbiya, tarbiya va
faqat tarbiya hisobidan”.
"TARBIYA" HADISLARDAN BOSHLANADI
Hadislar “Tarbiya” darsligi orqali 1-sinfdan boshlab oʻquvchilarga oʻrgatib 
boriladi.
1-sinf “Tarbiya”
1. Hojatxonaga chap oyogʻingiz bilan kiring, oʻng oyogʻingiz bilan chiqing.
2. Ishlatilgan qogʻozlarni maxsus idishlarga tashlang.
3. Qoʻlingizni sovunlab yuving.
4. Hojatxonada gaplashmang.
                                                                
3-sinf “Tarbiya”
Rivoyat qilinishicha, bir kuni Muhammad (s.a.v.) Hiro gʻorida oʻtirganlarida
Jabroil farishta kelib: “Oʻqing!” — dedi. U kishi: “Men oʻqishni bilmayman”, —
dedilar. Farishta yana: “Oʻqing” — dedi. “Men oʻqishni bilmayman”, — dedilar. U
yana bir bor: “Oʻqing!” — dedi. “Men oʻqishni bilmayman”, — deb uchinchi
Logotip
“Onlayn kasbiy rivojlantirish” loyihasi asosidagi ushbu videoroliklar oʻqituvchilar uchun tayyorlangan. Videorolikni YouTube orqali ko‘rish havolasi bu yerda: (https://www.youtube.com/watch?v=iewpNPa6kuk) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻqituvchi va murabbiylar kuniga bagʻishlangan tantanali marosimdagi nutqida nima uchun maktablarida “Tarbiya” fani joriy etilganining mohiyatini ochib berdi: “Bizni hamisha o‘ylantirib keladigan yana bir muhim masala – bu yoshlarimizning odob- axloqi, yurish-turishi, bir so‘z bilan aytganda, dunyoqarashi bilan bog‘liq. Bugun zamon shiddat bilan o‘zgaryapti. Bu o‘zgarishlarni hammadan ham ko‘proq his etadigan kim – yoshlar. Mayli, yoshlar o‘z davrining talablari bilan uyg‘un bo‘lsin. Lekin ayni paytda o‘zligini ham unutmasin. Biz kimmiz, qanday ulug‘ zotlarning avlodimiz, degan da’vat ularning qalbida doimo aks-sado berib, o‘zligiga sodiq qolishga undab tursin. Bunga nimaning hisobidan erishamiz? Tarbiya, tarbiya va faqat tarbiya hisobidan”. "TARBIYA" HADISLARDAN BOSHLANADI Hadislar “Tarbiya” darsligi orqali 1-sinfdan boshlab oʻquvchilarga oʻrgatib boriladi. 1-sinf “Tarbiya” 1. Hojatxonaga chap oyogʻingiz bilan kiring, oʻng oyogʻingiz bilan chiqing. 2. Ishlatilgan qogʻozlarni maxsus idishlarga tashlang. 3. Qoʻlingizni sovunlab yuving. 4. Hojatxonada gaplashmang. 3-sinf “Tarbiya” Rivoyat qilinishicha, bir kuni Muhammad (s.a.v.) Hiro gʻorida oʻtirganlarida Jabroil farishta kelib: “Oʻqing!” — dedi. U kishi: “Men oʻqishni bilmayman”, — dedilar. Farishta yana: “Oʻqing” — dedi. “Men oʻqishni bilmayman”, — dedilar. U yana bir bor: “Oʻqing!” — dedi. “Men oʻqishni bilmayman”, — deb uchinchi
marotaba  javob  qaytardilar.  Jabroil  farishta:  “Oʻqing,  Rabbingiz  ismi  bilan!
Oʻqing!” — dedi qatʼiylik bilan.
                                                                 ***                                                               
Darslikda hadislar oʻquvchilarga sodda va tushunarli tilda keltirilgan:
1.  Shaxsiy gigiyena Uyingizni ozoda tuting.
2.  Qoʻllaringizni va tanangizni tez-tez yuving.
3.  Toza ichimlik suvidan foydalaning.
4.  Mevalarni yeyishdan avval yuvishni unutmang.
5.  Kiyimlaringizni toza tuting.
                                                               ***
Taomdan avval qoʻllarni yuvish sogʻligʻingizga, taomdan keyin qoʻl yuvish
boylikka foyda.
8-sinf “Tarbiya”
Goʻzal xulq musulmon kishiga xos sifatlardandir. Musulmon kishi soʻkib
haqorat  qilinsa,  u  ham  shunday  javob  qaytarmaslikka,  balki  tilini  tiyib,  sabr
qilishga buyurilgan. Agar sizni biror kishi soʻksa, unga: “Alloh seni kechirsin”, deb
ayting.  
                                                                                                                               
Shuningdek, ushbu darslik orqali islomshunos olimlar-Imom -al Buxoriy
hayotlari hamda ular yaratgan asarlari oʻquvchilarning yoshga xos xususiyatlarni
inobatga  olgan  holda  yetkaziladi.  Ilk  bor  aynan  “Tarbiya”darsligiga  Shayx
Muhammad   Sodiq   Muhammad   Yusufning   umr  yoʻllari  haqida  kiritilgan
maʼlumotlar hamda ularning shaxsiy sifatlari haqidagi matn ham eʼtiborga molik.
9- sinf “Tarbiya” 
Tarbiyali va odobli inson har qanday holatda ham gunoh va beodoblikni
oʻziga ep koʻrmaydi.  
Iymon va axloqi qayerda, qachon va qanday holatda boʻlsa ham, uni faqat
yaxshilikka chorlaydi.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
Logotip
marotaba javob qaytardilar. Jabroil farishta: “Oʻqing, Rabbingiz ismi bilan! Oʻqing!” — dedi qatʼiylik bilan. *** Darslikda hadislar oʻquvchilarga sodda va tushunarli tilda keltirilgan: 1. Shaxsiy gigiyena Uyingizni ozoda tuting. 2. Qoʻllaringizni va tanangizni tez-tez yuving. 3. Toza ichimlik suvidan foydalaning. 4. Mevalarni yeyishdan avval yuvishni unutmang. 5. Kiyimlaringizni toza tuting. *** Taomdan avval qoʻllarni yuvish sogʻligʻingizga, taomdan keyin qoʻl yuvish boylikka foyda. 8-sinf “Tarbiya” Goʻzal xulq musulmon kishiga xos sifatlardandir. Musulmon kishi soʻkib haqorat qilinsa, u ham shunday javob qaytarmaslikka, balki tilini tiyib, sabr qilishga buyurilgan. Agar sizni biror kishi soʻksa, unga: “Alloh seni kechirsin”, deb ayting. Shuningdek, ushbu darslik orqali islomshunos olimlar-Imom -al Buxoriy hayotlari hamda ular yaratgan asarlari oʻquvchilarning yoshga xos xususiyatlarni inobatga olgan holda yetkaziladi. Ilk bor aynan “Tarbiya”darsligiga Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning umr yoʻllari haqida kiritilgan maʼlumotlar hamda ularning shaxsiy sifatlari haqidagi matn ham eʼtiborga molik. 9- sinf “Tarbiya” Tarbiyali va odobli inson har qanday holatda ham gunoh va beodoblikni oʻziga ep koʻrmaydi. Iymon va axloqi qayerda, qachon va qanday holatda boʻlsa ham, uni faqat yaxshilikka chorlaydi. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
2-SINF "TARBIYA" DARSLIGINI O`QITISH | “TARBIYA”
DARSLARI MAKTABDA QANDAY OʻTILADI?
“Onlayn  kasbiy  rivojlantirish”  loyihasi  asosidagi  ushbu  videoroliklar
oʻqituvchilar uchun tayyorlangan. Videorolikni  YouTube orqali ko‘rish havolasi
bu yerda:
(https://youtu.be/5txVnZMNfTo) 
Bugungi kunda rivojlangan davlatlarda yoshlar bilan ishlashning yangicha
modellarini yaratishda innovatsion mexanizm va texnologiyalarni qo‘llashga doir
ko‘plab amaliy ishlar qilinmoqda. 
Shiddat  bilan  o‘zgarayotgan dunyoda  o‘quvchi-yoshlarni  muvaffaqiyatli
ijtimoiy hayotga tayyorlashda mas’uliyat, majburiyat, huquqiy ong va huquqiy
madaniyat, teran dunyoqarash, sog‘lom e’tiqodlilik, ma’rifatlilik, diniy va milliy
bag‘rikenglik,  ma’naviy,  fuqaroviy,  madaniyatlararo,  ijtimoiy  kabi  fazilatlarni
shakllantirish kun tartibidagi asosiy masalalarga aylanib bormoqda. 
Shu bois yoshlar tarbiyasiga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan “Milliy istiqlol
g‘oyasi:  asosiy  tushuncha  va  tamoyillar”  turkumiga  kiruvchi  fanlarni  o‘qitish
ta’lim  jarayoniga  yangicha  yondashuvni  taqozo  etmoqda.  Jumladan,  yoshlar
tarbiyasida  dunyoda  yuz  berayotgan  murakkab  geosiyosiy  va  mafkuraviy
jarayonlarga to‘g‘ri baho bera olish, ijtimoiy muammolarni hal etishda to‘g‘ri qaror
qabul qilish, hayotda o‘z o‘rnini topish bilan bog‘liq bo‘lgan aniq maqsadlarni
shakllantira  olishga  o‘rgatish,  buning  natijasi  o‘laroq,  oila-jamiyat  o‘rtasidagi
munosabatlarning  uzilib  qolishining  oldini  olish,  loqaydlik,  huquqbuzarlik,
“ommaviy madaniyat”ning turli ko‘rinishlaridan saqlash imkoni yaratiladi. 
Bu, o‘z o‘rnida, O‘zbekiston Respublikasini siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va
madaniy-ma’naviy  rivojlantirishning  muhim  omili  bo‘lgan  yoshlar  tarbiyasi
shaxsan  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  tashabbuskorligida  davlat
siyosati  darajasiga  ko‘tarilganini  inobatga  olib,  ushbu  yo‘nalishdagi  prinsipial
yondashuvlarni  takomillashtirish,  strategik maqsad  va vazifalarning konseptual
asoslarini ishlab chiqish zaruratini talab qildi.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida Tarbiya fanini o‘qitish talablari quyidagi
bosqichlarda ishlab chiqilishi zarur:
Logotip
2-SINF "TARBIYA" DARSLIGINI O`QITISH | “TARBIYA” DARSLARI MAKTABDA QANDAY OʻTILADI? “Onlayn kasbiy rivojlantirish” loyihasi asosidagi ushbu videoroliklar oʻqituvchilar uchun tayyorlangan. Videorolikni YouTube orqali ko‘rish havolasi bu yerda: (https://youtu.be/5txVnZMNfTo) Bugungi kunda rivojlangan davlatlarda yoshlar bilan ishlashning yangicha modellarini yaratishda innovatsion mexanizm va texnologiyalarni qo‘llashga doir ko‘plab amaliy ishlar qilinmoqda. Shiddat bilan o‘zgarayotgan dunyoda o‘quvchi-yoshlarni muvaffaqiyatli ijtimoiy hayotga tayyorlashda mas’uliyat, majburiyat, huquqiy ong va huquqiy madaniyat, teran dunyoqarash, sog‘lom e’tiqodlilik, ma’rifatlilik, diniy va milliy bag‘rikenglik, ma’naviy, fuqaroviy, madaniyatlararo, ijtimoiy kabi fazilatlarni shakllantirish kun tartibidagi asosiy masalalarga aylanib bormoqda. Shu bois yoshlar tarbiyasiga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan “Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar” turkumiga kiruvchi fanlarni o‘qitish ta’lim jarayoniga yangicha yondashuvni taqozo etmoqda. Jumladan, yoshlar tarbiyasida dunyoda yuz berayotgan murakkab geosiyosiy va mafkuraviy jarayonlarga to‘g‘ri baho bera olish, ijtimoiy muammolarni hal etishda to‘g‘ri qaror qabul qilish, hayotda o‘z o‘rnini topish bilan bog‘liq bo‘lgan aniq maqsadlarni shakllantira olishga o‘rgatish, buning natijasi o‘laroq, oila-jamiyat o‘rtasidagi munosabatlarning uzilib qolishining oldini olish, loqaydlik, huquqbuzarlik, “ommaviy madaniyat”ning turli ko‘rinishlaridan saqlash imkoni yaratiladi. Bu, o‘z o‘rnida, O‘zbekiston Respublikasini siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy-ma’naviy rivojlantirishning muhim omili bo‘lgan yoshlar tarbiyasi shaxsan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbuskorligida davlat siyosati darajasiga ko‘tarilganini inobatga olib, ushbu yo‘nalishdagi prinsipial yondashuvlarni takomillashtirish, strategik maqsad va vazifalarning konseptual asoslarini ishlab chiqish zaruratini talab qildi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida Tarbiya fanini o‘qitish talablari quyidagi bosqichlarda ishlab chiqilishi zarur:
boshlang‘ich sinf (A2), to‘qqizinchi sinf (A2+), o‘n birinchi sinf (V1)
bitiruvchisiga qo‘yiladigan minimal malaka talablari, kompetensiyalar, baholash
tartibi va o‘quv dasturlari. Har bir bosqich ma’naviy-axloqiy, tafakkur, huquqiy,
fuqaroviy, iqtisodiy, jismoniy, ekologik, estetik tarbiya turlarini o‘z ichiga olishi
lozim;
har  bir  bosqichda  o‘quvchilarni  milliy  va  umuminsoniy  qadriyatlarni
hurmat qilish ruhida tarbiyalash;
o‘quvchilar tarbiyasida oilaning maktab bilan o‘zaro samarali hamkorligini
mustahkamlash,  ota-onalarga,  boshqa  millat  va  madaniyat  vakillariga  bo‘lgan
hurmatni  umuminsoniy  tamoyildan  kelib  chiqib  shakllantirishni  qo‘llab-
quvvatlash;
bola  huquqlarini  himoya  qilish  va  ularning  qonuniy  manfaatlarini
ta’minlash;
uzluksiz  ta’lim  tizimiga  “Milliy  tiklanishdan  —  milliy  yuksalish  sari”
tamoyiliga asoslangan milliy qadriyatlarni singdirish;
o‘quvchilarni  har  tomonlama,  jismoniy,  ruhiy,  ma’naviy-axloqiy
rivojlantirish orqali ijtimoiy hayotga moslashtirish va turli murakkab vaziyatlarda
to‘g‘ri qaror qabul qilishga o‘rgatish;
bolada faol fuqarolik pozitsiyalarini shakllantirish;
dunyo dinlarining ko‘p asrlar davomida avloddan avlodga o‘tib kelayotgan
ma’naviy qadriyat ekanini tushuntirish bilan bir qatorda, hech bir dunyo dinida
zo‘ravonlik, terrorizm va ekstremizm g‘oyalari targ‘ib etilmasligini tushuntirish; 
shaxs  faoliyatida  ijtimoiy-ma’rifiy  institutlar  bilan  hamkorlikni
kuchaytirish;
ma’naviy-axloqiy  jihatdan  muammosi  bor  yoki  tarbiyasida  bo‘shliqlar
mavjud bo‘lgan yoki notinch oila farzandlari, jinoyatchilikka moyil bo‘lgan yoki
profilaktik ro‘yxatda turadigan yoshlar  bilan individual tarzda ishlash tizimini
takomillashtirish  (Vazirlar  Mahkamasining  2020-yil  6-iyundagi  422-sonli
“Umumiy  o‘rta  ta’lim  muassasalarida  “Tarbiya”  fanini  bosqichma-bosqich
amaliyotga joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori bilan tasdiqlangan
“Umumiy  o‘rta  ta’lim  muassasalari  o‘quvchilari  uchun  “Tarbiya”  fani
Konsepsiyasi”dan).
Logotip
boshlang‘ich sinf (A2), to‘qqizinchi sinf (A2+), o‘n birinchi sinf (V1) bitiruvchisiga qo‘yiladigan minimal malaka talablari, kompetensiyalar, baholash tartibi va o‘quv dasturlari. Har bir bosqich ma’naviy-axloqiy, tafakkur, huquqiy, fuqaroviy, iqtisodiy, jismoniy, ekologik, estetik tarbiya turlarini o‘z ichiga olishi lozim; har bir bosqichda o‘quvchilarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qilish ruhida tarbiyalash; o‘quvchilar tarbiyasida oilaning maktab bilan o‘zaro samarali hamkorligini mustahkamlash, ota-onalarga, boshqa millat va madaniyat vakillariga bo‘lgan hurmatni umuminsoniy tamoyildan kelib chiqib shakllantirishni qo‘llab- quvvatlash; bola huquqlarini himoya qilish va ularning qonuniy manfaatlarini ta’minlash; uzluksiz ta’lim tizimiga “Milliy tiklanishdan — milliy yuksalish sari” tamoyiliga asoslangan milliy qadriyatlarni singdirish; o‘quvchilarni har tomonlama, jismoniy, ruhiy, ma’naviy-axloqiy rivojlantirish orqali ijtimoiy hayotga moslashtirish va turli murakkab vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilishga o‘rgatish; bolada faol fuqarolik pozitsiyalarini shakllantirish; dunyo dinlarining ko‘p asrlar davomida avloddan avlodga o‘tib kelayotgan ma’naviy qadriyat ekanini tushuntirish bilan bir qatorda, hech bir dunyo dinida zo‘ravonlik, terrorizm va ekstremizm g‘oyalari targ‘ib etilmasligini tushuntirish; shaxs faoliyatida ijtimoiy-ma’rifiy institutlar bilan hamkorlikni kuchaytirish; ma’naviy-axloqiy jihatdan muammosi bor yoki tarbiyasida bo‘shliqlar mavjud bo‘lgan yoki notinch oila farzandlari, jinoyatchilikka moyil bo‘lgan yoki profilaktik ro‘yxatda turadigan yoshlar bilan individual tarzda ishlash tizimini takomillashtirish (Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyundagi 422-sonli “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida “Tarbiya” fanini bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun “Tarbiya” fani Konsepsiyasi”dan).
3-SINF "TARBIYA" DARSLIGINI O`QITISH | “TARBIYA”
DARSLARI MAKTABDA QANDAY OʻTILADI?
“Onlayn  kasbiy  rivojlantirish”  loyihasi  asosidagi  ushbu  videoroliklar
oʻqituvchilar uchun tayyorlangan. Videorolikni  YouTube orqali ko‘rish havolasi
bu yerda:
https://www.youtube.com/watch?v=PJkb7pXq5w0
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan Prezidentimiz
Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan 2019-yil 23-avgust kuni Xalq ta’limi
tizimini  rivojlantirish  masalalariga  bag‘ishlangan  videoselektorda  maktablarda
“Tarbiya” fanini joriy etish zarurligini qayd etildi. 
Davlatimiz  rahbari  “Milliy  tiklanishdan  –  milliy  yuksalish  sari”  degan
tamoyilga  asoslangan  holda  yosh  avlodni  bolalikdan  milliy  g‘urur  va
vatanparvarlik ruhida tarbiyalash dolzarb ahamiyatga ega ekanligini ta’kidladilar.
Ta’lim-tarbiya sohasida zamonaviy va oqilona tizim yaratish, o‘qitish metodlari,
ta’lim standartlari, darslik va o‘quv qo‘llanmalarini yangilash zarurligi, tarbiyada
milliy an’ana va qadriyatlarga suyanish muhimligi qayd etildi. 
Shu tavsiyalarga ko‘ra, hukumat qarori bilan “Uzluksiz ma’naviy tarbiya
konsepsiyasi” tasdiqlandi. Ushbu konsepsiyada “Tarbiya” fanini joriy etish haqida
alohida bo‘lim ajratilgan. 
Haqiqatdan ham “Tarbiya” fani maktablar uchun juda ham kerak. Tariximizga
nazar  tashlasak,  buyuk  mutafakkirlarimiz  ham  tarbiya  faniga  katta  e’tibor
qaratishgan.  Bunda  jadid  adabiyotining  yirik  vakili,  shoir,  muallim  Abdulla
Avloniy  (1878-1934)ning  xizmatlari  ko‘p.  U  maktablar  ochib,  shaxsan  o‘zi
muallimlik qilish bilan birga maktablarni darsliklar bilan ta’minlashga katta hissa
qo‘shgan.  Uning  qalamiga  mansub  “Turkiy  Guliston  yoxud  axloq”,  “Birinchi
muallim”,  “Ikkinchi  muallim”,  “Maktab  Gulistoni”  asarlarida  “Tarbiya”  fani
haqida mukammal fikrlar bayon etgan. Ayniqsa, “Turkiy Guliston yoxud axloq”
asari o‘zbek klassik pedagogikasining ajoyib namunasi sifatida tan olingan va
hozirgi kungacha yoshlarni tarbiyalashda foydalanib kelinmoqda. 
Abdulla  Avloniyning  fikricha  Tarbiya  –  “Pedagogiya”  ya’ni  bola
tarbiyasining  fani  demakdir.  Muallifning  ushbu  kitobidagi  berilgan  tarbiya
Logotip
3-SINF "TARBIYA" DARSLIGINI O`QITISH | “TARBIYA” DARSLARI MAKTABDA QANDAY OʻTILADI? “Onlayn kasbiy rivojlantirish” loyihasi asosidagi ushbu videoroliklar oʻqituvchilar uchun tayyorlangan. Videorolikni YouTube orqali ko‘rish havolasi bu yerda: https://www.youtube.com/watch?v=PJkb7pXq5w0 O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan 2019-yil 23-avgust kuni Xalq ta’limi tizimini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektorda maktablarda “Tarbiya” fanini joriy etish zarurligini qayd etildi. Davlatimiz rahbari “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” degan tamoyilga asoslangan holda yosh avlodni bolalikdan milliy g‘urur va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash dolzarb ahamiyatga ega ekanligini ta’kidladilar. Ta’lim-tarbiya sohasida zamonaviy va oqilona tizim yaratish, o‘qitish metodlari, ta’lim standartlari, darslik va o‘quv qo‘llanmalarini yangilash zarurligi, tarbiyada milliy an’ana va qadriyatlarga suyanish muhimligi qayd etildi. Shu tavsiyalarga ko‘ra, hukumat qarori bilan “Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasi” tasdiqlandi. Ushbu konsepsiyada “Tarbiya” fanini joriy etish haqida alohida bo‘lim ajratilgan. Haqiqatdan ham “Tarbiya” fani maktablar uchun juda ham kerak. Tariximizga nazar tashlasak, buyuk mutafakkirlarimiz ham tarbiya faniga katta e’tibor qaratishgan. Bunda jadid adabiyotining yirik vakili, shoir, muallim Abdulla Avloniy (1878-1934)ning xizmatlari ko‘p. U maktablar ochib, shaxsan o‘zi muallimlik qilish bilan birga maktablarni darsliklar bilan ta’minlashga katta hissa qo‘shgan. Uning qalamiga mansub “Turkiy Guliston yoxud axloq”, “Birinchi muallim”, “Ikkinchi muallim”, “Maktab Gulistoni” asarlarida “Tarbiya” fani haqida mukammal fikrlar bayon etgan. Ayniqsa, “Turkiy Guliston yoxud axloq” asari o‘zbek klassik pedagogikasining ajoyib namunasi sifatida tan olingan va hozirgi kungacha yoshlarni tarbiyalashda foydalanib kelinmoqda. Abdulla Avloniyning fikricha Tarbiya – “Pedagogiya” ya’ni bola tarbiyasining fani demakdir. Muallifning ushbu kitobidagi berilgan tarbiya
haqidagi  ilmiy  qarashlarini  hozirgi  yangi  joriy  etilayotgan  “Tarbiya”  fanida
qo‘llansa, maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Chunki, bu qarashlar bizning o‘zbekona
milliy mentalitetimizga juda ham mos keladi. 
Kitobdagi tartibga ko‘ra 1-o‘rinda: 
I. Badan tarbiyasi: bunda kun tartibi; shaxsiy gigiena; to‘g‘ri ovqatlanish;
sport  bilan  shug‘ullanish;  jismoniy  mehnat  qilish;  zararli  yomon  odatlardan
saqlanish qoidalari berilgan. 
Joriy etiladigan “Tarbiya” fani darsligiga bu tartib juda ham mos keladi. 
1.Kun  tartibi.  O‘quvchining  to‘g‘ri  tashkil  etilgan  kun  tartibi  asosida
muayyan ritm yotadi. Xilma-xil faoliyat turlarini sutkaning bir xil vaqtlarida izchil
bajarib borilganda  markaziy  nerv tizimida faoliyatning  bir  turidan  boshqasiga
o‘tishni  yengillashtiradigan,  ishni  eng  kam  quvvat  sarflab  bajarish  imkonini
beradigan murakkab bog‘liqliklar hosil bo‘ladi. 
O‘quvchining kun tartibi uning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda
tuziladi.  Bu  esa,  bolaning  o‘sishi  va  rivojlanishi,  uning  nerv  tizimini
takomillashuvi,  og‘irroq  yumushlarni  bajarishga  nisbatan  chidamlilikni  ortib
borishi,  organizmning  ko‘proq  charchamasdan  bajara  olishga  ko‘nikishi  bilan
bog‘liq. 
2.Shaxsiy gigiena qoidalari. Yaxshilab yuvinish, ayniqsa qo‘llarni parvarish
qilishga alohida e’tibor berish talab etiladi. Kasallik chaqiruvchi mikroblarning eng
ko‘p miqdori tirnoqlar ostida to‘planadi (taxminan 95% mikroorganizmlar qo‘l
terisida bo‘ladi). Shaxsiy gigienada ichki kiyimning, kiymlarning tozaligiga rioya
qilish, paypoqlarni har kuni almashtirish muhim o‘rin tutadi. 
Og‘iz bo‘shlig‘ida tishlar alohida parvarish qilishga muhtoj. 
Bundan tashqari o‘quvchining portfelida, u o‘quv kuni davomida qo‘lni bir
necha  marta  artishi  uchun  gigienik-antiseptik  salfetkalar  bo‘lishi  maqsadga
muvofiqdir. 
3.To‘g‘ri ovqatlanish. To‘g‘ri va meyorida ovqatlanish – inson salomatligini
saqlashning muhim sharti hisoblanadi. Organizmimiz ovqat bilan oqsillar, yog‘lar,
uglevodlar,  mikroelementlar,  biriktiruvchi  to‘qimalar,  suv  va  vitaminlar  qabul
qilish zarur va shart. 
Logotip
haqidagi ilmiy qarashlarini hozirgi yangi joriy etilayotgan “Tarbiya” fanida qo‘llansa, maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Chunki, bu qarashlar bizning o‘zbekona milliy mentalitetimizga juda ham mos keladi. Kitobdagi tartibga ko‘ra 1-o‘rinda: I. Badan tarbiyasi: bunda kun tartibi; shaxsiy gigiena; to‘g‘ri ovqatlanish; sport bilan shug‘ullanish; jismoniy mehnat qilish; zararli yomon odatlardan saqlanish qoidalari berilgan. Joriy etiladigan “Tarbiya” fani darsligiga bu tartib juda ham mos keladi. 1.Kun tartibi. O‘quvchining to‘g‘ri tashkil etilgan kun tartibi asosida muayyan ritm yotadi. Xilma-xil faoliyat turlarini sutkaning bir xil vaqtlarida izchil bajarib borilganda markaziy nerv tizimida faoliyatning bir turidan boshqasiga o‘tishni yengillashtiradigan, ishni eng kam quvvat sarflab bajarish imkonini beradigan murakkab bog‘liqliklar hosil bo‘ladi. O‘quvchining kun tartibi uning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda tuziladi. Bu esa, bolaning o‘sishi va rivojlanishi, uning nerv tizimini takomillashuvi, og‘irroq yumushlarni bajarishga nisbatan chidamlilikni ortib borishi, organizmning ko‘proq charchamasdan bajara olishga ko‘nikishi bilan bog‘liq. 2.Shaxsiy gigiena qoidalari. Yaxshilab yuvinish, ayniqsa qo‘llarni parvarish qilishga alohida e’tibor berish talab etiladi. Kasallik chaqiruvchi mikroblarning eng ko‘p miqdori tirnoqlar ostida to‘planadi (taxminan 95% mikroorganizmlar qo‘l terisida bo‘ladi). Shaxsiy gigienada ichki kiyimning, kiymlarning tozaligiga rioya qilish, paypoqlarni har kuni almashtirish muhim o‘rin tutadi. Og‘iz bo‘shlig‘ida tishlar alohida parvarish qilishga muhtoj. Bundan tashqari o‘quvchining portfelida, u o‘quv kuni davomida qo‘lni bir necha marta artishi uchun gigienik-antiseptik salfetkalar bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. 3.To‘g‘ri ovqatlanish. To‘g‘ri va meyorida ovqatlanish – inson salomatligini saqlashning muhim sharti hisoblanadi. Organizmimiz ovqat bilan oqsillar, yog‘lar, uglevodlar, mikroelementlar, biriktiruvchi to‘qimalar, suv va vitaminlar qabul qilish zarur va shart.
4.Sport  bilan  shug‘ullanish.  O‘quvchilarning  jismoniy  va  ma’naviy
takomillashuviga yo‘naltirilgan tarbiya bo‘lib, maktabda va uyda harakat faoliyati
mashg‘ulotning pedagogik tizimini tashkil etadi. Kichik maktab yoshi davrida
jismoniy  tarbiyaning  ahamiyati  har  tomonlama  jismoniy  rivojlanish  uchun
poydevor yaratish, salomatlikni mustahkamlash har xil harakat ko‘nikmalari va
malakalarini shakllantirishdan iborat. 
II.Fikr tarbiyasi – axloq-odobga taaluqli tarbiyadir. 
Boshlang‘ich sinflarda asosan yaxshi va yomon xulqlar, insoniy fazilatlar
haqida  tushunchalar  berib  boriladi.  Soddalashtirib  aytadigan  bo‘lsak,  “Nima
yaxshi-yu, nima yomon?” tarzida tarbiyalab boriladi. 
Fikr tarbiyasiga vatanparvarlik, xush tabiatlilik, tejamkorlik, mehribonlik,
rostgo‘ylik,  ahillik,  adolatlilik,  kechirimli  bo‘lish,  g‘ayratlilik  kabi  fazilatlar
kiritilgan. Fikr tarbiyasi haqidagi Abdulla Avloniyning quyidagi to‘rtligi juda ham
o‘rinli bayon etilgan: 
Fikr agar yaxshi tarbiya topsa, 
Xanjar-u olmosdan bo‘lur o‘tkir, 
Fikrning oyinasi olursa zang, 
Ruhi ravshan zamir o‘lur benur 
Muallifning  ushbu  mukammal  axloq  kitobidan  yangi  joriy  etilayotgan
“Tarbiya” fanida keng foydalanish  kerak  deb hisoblayman. Chunki,  kitobdagi
oltinga teng, purma’no fikrlar hozirgi zamon “Tarbiya” fani talablariga mos keladi.
Zero,  Prezidentimiz  Sh.M.Mirziyoyev  aytganlaridek,  “Ta’lim-tarbiya
sohasidagi tub islohotlarni yuksak bosqichga ko‘tarish, mamlakatimiz taqdiri va
kelajagi uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir bo‘lgan yangi avlod
kadrlarini  voyaga  etkazishga  qaratilgan  ishlarni  izchil  davom  ettirish
hammamizning nafaqat vazifamiz, balki, muqaddas burchimizdir”.
4-SINF "TARBIYA" DARSLIGINI O`QITISH | “TARBIYA”
DARSLARI MAKTABDA QANDAY OʻTILADI?
“Onlayn  kasbiy  rivojlantirish”  loyihasi  asosidagi  ushbu  videoroliklar
oʻqituvchilar uchun tayyorlangan. Videorolikni  YouTube orqali ko‘rish havolasi
bu yerda:
https://youtu.be/334QjJTKHk8 
Logotip
4.Sport bilan shug‘ullanish. O‘quvchilarning jismoniy va ma’naviy takomillashuviga yo‘naltirilgan tarbiya bo‘lib, maktabda va uyda harakat faoliyati mashg‘ulotning pedagogik tizimini tashkil etadi. Kichik maktab yoshi davrida jismoniy tarbiyaning ahamiyati har tomonlama jismoniy rivojlanish uchun poydevor yaratish, salomatlikni mustahkamlash har xil harakat ko‘nikmalari va malakalarini shakllantirishdan iborat. II.Fikr tarbiyasi – axloq-odobga taaluqli tarbiyadir. Boshlang‘ich sinflarda asosan yaxshi va yomon xulqlar, insoniy fazilatlar haqida tushunchalar berib boriladi. Soddalashtirib aytadigan bo‘lsak, “Nima yaxshi-yu, nima yomon?” tarzida tarbiyalab boriladi. Fikr tarbiyasiga vatanparvarlik, xush tabiatlilik, tejamkorlik, mehribonlik, rostgo‘ylik, ahillik, adolatlilik, kechirimli bo‘lish, g‘ayratlilik kabi fazilatlar kiritilgan. Fikr tarbiyasi haqidagi Abdulla Avloniyning quyidagi to‘rtligi juda ham o‘rinli bayon etilgan: Fikr agar yaxshi tarbiya topsa, Xanjar-u olmosdan bo‘lur o‘tkir, Fikrning oyinasi olursa zang, Ruhi ravshan zamir o‘lur benur Muallifning ushbu mukammal axloq kitobidan yangi joriy etilayotgan “Tarbiya” fanida keng foydalanish kerak deb hisoblayman. Chunki, kitobdagi oltinga teng, purma’no fikrlar hozirgi zamon “Tarbiya” fani talablariga mos keladi. Zero, Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev aytganlaridek, “Ta’lim-tarbiya sohasidagi tub islohotlarni yuksak bosqichga ko‘tarish, mamlakatimiz taqdiri va kelajagi uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir bo‘lgan yangi avlod kadrlarini voyaga etkazishga qaratilgan ishlarni izchil davom ettirish hammamizning nafaqat vazifamiz, balki, muqaddas burchimizdir”. 4-SINF "TARBIYA" DARSLIGINI O`QITISH | “TARBIYA” DARSLARI MAKTABDA QANDAY OʻTILADI? “Onlayn kasbiy rivojlantirish” loyihasi asosidagi ushbu videoroliklar oʻqituvchilar uchun tayyorlangan. Videorolikni YouTube orqali ko‘rish havolasi bu yerda: https://youtu.be/334QjJTKHk8