“Milliy tarbiya” fani va unga oid me’yoriy hujjatlar. “Milliy tarbiya” fani manbalari

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

12

File size

Fayl hajmi

25,6 KB


“Milliy tarbiya” fani va unga oid me’yoriy hujjatlar. “Milliy tarbiya” fani
manbalari
Reja:
1. Tarbiya nazariyasining umumiy xususiyatlari. “Milliy tarbiya” fani asoslari va
“Milliy tarbiya” fanini o‘qitish zaruriyati.
2. O‘zbek pedagogikasi tarixida tarbiyaga oid yondashuvlar. 
3. Jahon xalqlari pedagogikasida tarbiya masalalari. 
4. “Milliy tarbiya” fanining ilmiy-tadqiqot metodlari.
Tarbiya  nazariyasining  umumiy  xususiyatlari.  “Pedagogika”  fanining
asoslaridan biri tarbiya masalasidir.
Tarbiya  – shaxsda muayyan jismoniy, aqliy, ruhiy, axloqiy va ma’naviy
sifatlarni shakllantirishga qaratilgan pedagogik jarayondir.1 Insonning jamiyatda
yashashi  uchun  zarur  bo‘lgan  xususiyatlarga  ega  bo‘lishini  ta’minlash  yo‘lida
qo‘llaniladigan chora-tadbirlar majmuasi tarbiyani tashkil qiladi. Tarbiya insonning
insonligini ta’minlaydigan eng qadimiy va abadiy qadriyatdir. Tarbiyasiz alohida
odam  ham,  kishilik  jamiyati  ham  mavjud  bo‘la  olmaydi.  Chunki  odam  va
jamiyatning  mavjudligini  ta’minlaydigan  qadriyatlar  tarbiya  tufayligina  bir
avloddan boshqa avlodga o‘tadi. 
Pedagogik  adabiyotlarda  “tarbiya”  atamasi  keng  va  tor  ma’nolarda
qo‘llaniladi.2 Keng ma’noda tarbiya inson shaxsini shakllantirishga, uning jamiyat
1 Ўзбекистон миллий энциклопедияси. 8-Том. –Т., 2004. 270 –бет
2 Бордовская Н., Реян А. Педагогика. –Санкт-Петербург, 2001. –С.32
Logotip
“Milliy tarbiya” fani va unga oid me’yoriy hujjatlar. “Milliy tarbiya” fani manbalari Reja: 1. Tarbiya nazariyasining umumiy xususiyatlari. “Milliy tarbiya” fani asoslari va “Milliy tarbiya” fanini o‘qitish zaruriyati. 2. O‘zbek pedagogikasi tarixida tarbiyaga oid yondashuvlar. 3. Jahon xalqlari pedagogikasida tarbiya masalalari. 4. “Milliy tarbiya” fanining ilmiy-tadqiqot metodlari. Tarbiya nazariyasining umumiy xususiyatlari. “Pedagogika” fanining asoslaridan biri tarbiya masalasidir. Tarbiya – shaxsda muayyan jismoniy, aqliy, ruhiy, axloqiy va ma’naviy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan pedagogik jarayondir.1 Insonning jamiyatda yashashi uchun zarur bo‘lgan xususiyatlarga ega bo‘lishini ta’minlash yo‘lida qo‘llaniladigan chora-tadbirlar majmuasi tarbiyani tashkil qiladi. Tarbiya insonning insonligini ta’minlaydigan eng qadimiy va abadiy qadriyatdir. Tarbiyasiz alohida odam ham, kishilik jamiyati ham mavjud bo‘la olmaydi. Chunki odam va jamiyatning mavjudligini ta’minlaydigan qadriyatlar tarbiya tufayligina bir avloddan boshqa avlodga o‘tadi. Pedagogik adabiyotlarda “tarbiya” atamasi keng va tor ma’nolarda qo‘llaniladi.2 Keng ma’noda tarbiya inson shaxsini shakllantirishga, uning jamiyat 1 Ўзбекистон миллий энциклопедияси. 8-Том. –Т., 2004. 270 –бет 2 Бордовская Н., Реян А. Педагогика. –Санкт-Петербург, 2001. –С.32
ishlab chiqarishi va ijtimoiy, madaniy, ma’rifiy hayotida faol ishtirok etishini
ta’minlashga  qaratilgan  barcha  ta’sirlar,  tadbirlar,  harakatlar  va  intilishlar
yig‘indisini anglatadi. Bunday tushunishda tarbiya faqat oila, maktab, bolalar va
yoshlar  tashkilotlarida  olib  boriladigan  tarbiyaviy  ishlarni  emas,  balki  butun
ijtimoiy tuzum, uning yetakchi g‘oyalari va san’atning barcha turlarini o‘z ichiga
oladi. Shuningdek, keng ma’nodagi tarbiya tushunchasi ichiga ta’lim va ma’lumot
ham kiradi. 
Tor ma’noda tarbiya shaxsning jismoniy rivoji, dunyoqarashi, ma’naviy-
axloqiy qiyofasi va estetik didi o‘stirilishiga yo‘naltirilgan pedagogik faoliyatni
anglatadi. Bunda oila va tarbiyaviy muassasalar hamda jamoat tashkilotlari tarbiya
ishini amalga oshiradi. Ta’lim va ma’lumot olish tor ma’nodagi tarbiya tushunchasi
ichiga  kirmaydi.  Lekin  har  qanday  tarbiya  ta’lim  bilan  chambarchas  bog‘liq
holdagina mavjud bo‘ladi. Chunki, ta’lim va ma’lumot olish jarayonida shaxsning
faqat bilimi ko‘payibgina qolmay, balki, axloqiy-ma’naviy sifatlari qaror topishi
ham tezlashadi. 
Tarbiya har qanday jamiyat va har qanday mamlakat hayotida hal qiluvchi
ahamiyatga ega. Yosh avlodning, umuman, jamiyat a’zolarining tarbiyasi bilan
yetarlicha shug‘ullanmagan mamlakat turg‘unlik va inqirozga uchraydi. Negaki,
o‘sishi va rivojlanishi uchvun har qanday jamiyatda ham moddiy va ma’naviy
boyliklar qatorida tarbiya ham rivojlanib boradi. 
Tarbiya nazariyasining umumiy xususiyatlari quyidagilar bilan belgilanadi:
- tarbiyaning nazariy asoslari;
-  tarbiya didaktikasi;
- tarbiya amaliyoti.
Mazkur masalalar tarbiya nazariyasining negizi sifatida O‘zbekistonda ta’sis
etilgan  yangi  “Tarbiya”  fani  asoslarini  tashkil  etadi.  Shu  sababli  jamiyatda
tarbiyaning o‘rni, ahamiyati va amaliyoti odamlar tomonidan yetarli darajada idrok
etilmoqda. Mazkur  masala  bo‘yicha   bo‘lajak  boshlang‘ich sinf  o‘qituvchilari
nazariy  bilim,  kasbiy  ko‘nikma  va  amaliy  kompetensiyalar  bilan  qurollanishi
kerak. 
Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini kasbiy tayyorlashda yangi fan
“Tarbiya” asoslari bo‘yicha maqsadli bilim berish, tarbiyaning yangi metodlari va
Logotip
ishlab chiqarishi va ijtimoiy, madaniy, ma’rifiy hayotida faol ishtirok etishini ta’minlashga qaratilgan barcha ta’sirlar, tadbirlar, harakatlar va intilishlar yig‘indisini anglatadi. Bunday tushunishda tarbiya faqat oila, maktab, bolalar va yoshlar tashkilotlarida olib boriladigan tarbiyaviy ishlarni emas, balki butun ijtimoiy tuzum, uning yetakchi g‘oyalari va san’atning barcha turlarini o‘z ichiga oladi. Shuningdek, keng ma’nodagi tarbiya tushunchasi ichiga ta’lim va ma’lumot ham kiradi. Tor ma’noda tarbiya shaxsning jismoniy rivoji, dunyoqarashi, ma’naviy- axloqiy qiyofasi va estetik didi o‘stirilishiga yo‘naltirilgan pedagogik faoliyatni anglatadi. Bunda oila va tarbiyaviy muassasalar hamda jamoat tashkilotlari tarbiya ishini amalga oshiradi. Ta’lim va ma’lumot olish tor ma’nodagi tarbiya tushunchasi ichiga kirmaydi. Lekin har qanday tarbiya ta’lim bilan chambarchas bog‘liq holdagina mavjud bo‘ladi. Chunki, ta’lim va ma’lumot olish jarayonida shaxsning faqat bilimi ko‘payibgina qolmay, balki, axloqiy-ma’naviy sifatlari qaror topishi ham tezlashadi. Tarbiya har qanday jamiyat va har qanday mamlakat hayotida hal qiluvchi ahamiyatga ega. Yosh avlodning, umuman, jamiyat a’zolarining tarbiyasi bilan yetarlicha shug‘ullanmagan mamlakat turg‘unlik va inqirozga uchraydi. Negaki, o‘sishi va rivojlanishi uchvun har qanday jamiyatda ham moddiy va ma’naviy boyliklar qatorida tarbiya ham rivojlanib boradi. Tarbiya nazariyasining umumiy xususiyatlari quyidagilar bilan belgilanadi: - tarbiyaning nazariy asoslari; - tarbiya didaktikasi; - tarbiya amaliyoti. Mazkur masalalar tarbiya nazariyasining negizi sifatida O‘zbekistonda ta’sis etilgan yangi “Tarbiya” fani asoslarini tashkil etadi. Shu sababli jamiyatda tarbiyaning o‘rni, ahamiyati va amaliyoti odamlar tomonidan yetarli darajada idrok etilmoqda. Mazkur masala bo‘yicha bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari nazariy bilim, kasbiy ko‘nikma va amaliy kompetensiyalar bilan qurollanishi kerak. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini kasbiy tayyorlashda yangi fan “Tarbiya” asoslari bo‘yicha maqsadli bilim berish, tarbiyaning yangi metodlari va
texnologiyalari  bilan  qurollantirish  dolzarb  vazifa  bo‘lib  turibdi.  Shu  sababli
mazkur  yangi  tipdagi  elektron-modulli  darslikning  materiallariga  diqqat  qilish
tavsiya etiladi. 
“Tarbiya”  fani  asoslari. 
O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining
tashabbusi bilan 2020-yilda o‘zbek “Pedagogika” fani tarixida ilk bor “Tarbiya”
yangi  fani  ishlab  chiqildi.   Bu  borada  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar
Mahkamasining  2020-yil  6-iyuldagi  422-sonli  “Umumiy  o‘rta  ta’lim
muassasalarida “Tarbiya” fanini bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilindi va mazkur Qaror bilan “Umumiy o‘rta
ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun “Tarbiya” fani Konsepsiyasi” tasdiqlandi.
Qarorga  binoan  “Tarbiya”  fani  amaldagi  quyidagi  fanlarni  qo‘shish  hisobiga
tashkil etildi:
1)  boshlang‘ich sinflarda o‘qitiladigan “Odobnoma” va “Vatan tuyg‘usi”
o‘quv fanlari;
2)  yuqori  sinflarda  o‘qitiladigan  “Milliy  istiqlol  g‘oyasi  va  ma’naviyat
asoslari” hamda “Dunyo dinlari tarixi” o‘quv fanlari.
Buning  natijasida  yangi  fan  shakllantirildi.  Ushbu  “Tarbiya”  fanining
metodologik asoslarini quyidagilar tashkil etadi:
- ta’lim-tarbiyaga oid me’yoriy hujjatlar;
- tarbiya asoslari va manbalari;
- tarbiya qonuniyatlari, metodlari va texnologiyalari;
- tarbiyaning amaliy masalalari.
Aynan  mazkur  asoslar  o‘quv  fanining  negizini  tashkil  etadi.  Bo‘lajak
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari bu asoslarni talab darajasida o‘zlashtirishi kerak.
Aks holda, ularning mazkur fan metodikasi bo‘yicha kasbiy tayyorgarligi talab
darajasida bo‘lmaydi. Shuningdek, qaror bilan 2021-2022 -o‘quv yilidan boshlab
“Tarbiya” fani bo‘yicha pedagog kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi. 
“Umumiy  o‘rta  ta’lim  muassasalari  o‘quvchilari  uchun  “Tarbiya”  fani
Konsepsiyasi”ga  ko‘ra,  mazkur  fanning  umumiy  asoslarini  quyidagilar  tashkil
etadi:
- huquqiy asoslar;
- tashkiliy asoslar;
Logotip
texnologiyalari bilan qurollantirish dolzarb vazifa bo‘lib turibdi. Shu sababli mazkur yangi tipdagi elektron-modulli darslikning materiallariga diqqat qilish tavsiya etiladi. “Tarbiya” fani asoslari. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi bilan 2020-yilda o‘zbek “Pedagogika” fani tarixida ilk bor “Tarbiya” yangi fani ishlab chiqildi. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyuldagi 422-sonli “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida “Tarbiya” fanini bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilindi va mazkur Qaror bilan “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun “Tarbiya” fani Konsepsiyasi” tasdiqlandi. Qarorga binoan “Tarbiya” fani amaldagi quyidagi fanlarni qo‘shish hisobiga tashkil etildi: 1) boshlang‘ich sinflarda o‘qitiladigan “Odobnoma” va “Vatan tuyg‘usi” o‘quv fanlari; 2) yuqori sinflarda o‘qitiladigan “Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari” hamda “Dunyo dinlari tarixi” o‘quv fanlari. Buning natijasida yangi fan shakllantirildi. Ushbu “Tarbiya” fanining metodologik asoslarini quyidagilar tashkil etadi: - ta’lim-tarbiyaga oid me’yoriy hujjatlar; - tarbiya asoslari va manbalari; - tarbiya qonuniyatlari, metodlari va texnologiyalari; - tarbiyaning amaliy masalalari. Aynan mazkur asoslar o‘quv fanining negizini tashkil etadi. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari bu asoslarni talab darajasida o‘zlashtirishi kerak. Aks holda, ularning mazkur fan metodikasi bo‘yicha kasbiy tayyorgarligi talab darajasida bo‘lmaydi. Shuningdek, qaror bilan 2021-2022 -o‘quv yilidan boshlab “Tarbiya” fani bo‘yicha pedagog kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi. “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun “Tarbiya” fani Konsepsiyasi”ga ko‘ra, mazkur fanning umumiy asoslarini quyidagilar tashkil etadi: - huquqiy asoslar; - tashkiliy asoslar;
- ilmiy-metodik asoslar.
Bunda  huquqiy asoslar ta’lim-tarbiyaga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlardan
iborat,  tashkiliy asoslar fanni umumta’lim maktablarida, jumladan, boshlang‘ich
ta’limda  talab  darajasida  o‘qitishni  va  ilmiy-metodik  asoslar esa  fanning
metodologiyasini anglatadi.  
Qarorga ko‘ra, “Tarbiya” fanining  asosiy tamoyillarini quyidagilar tashkil
etadi:
a) milliy va umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligi;
b) ongli vatanparvarlik ruhini rivojlantirish;
v) fanga oid zamonaviy ilmiy-tadqiqotlarga asoslanish;
g) ochiqlik va shaffoflik;
d) tarbiya sohasiga oid tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish;
e) tarbiya sohasiga doir siyosatni amalga oshirishda ishtirok etuvchi davlat
organlari,  nodavlat  notijorat  tashkilotlari  va  xususiy  sektor  faoliyatining
muvofiqligi hamda mutanosibligi.
Bo‘lajak  boshlang‘ich  sinf  o‘qituvchilarining  fanga  oid  bu  tamoyillarni
chuqur o‘zlashtirishi taqozo etiladi. Shu sababli oliy pedagogik ta’lim jarayonida,
tarbiyaviy  tadbirlarda  va  mustaqil  ta’lim  izlanishlarida  ana  shu  tamoyillarni
o‘zlashtirish, faoliyatda qo‘llash ko‘nikmasiga ega bo‘lish hamda kasbiy faoliyatda
ularga amal qilish kompetensiyasini egallash dolzarb masalalardan biridir. Buning
uchun har bir talabaning individual shug‘ullanishi, Ustozlar bilan hamkorlikda faol
ishlashi  va tarbiya tamoyillarining hayotdagi ifodasini o‘rganib borishi taqozo
etiladi.  Bunda  oliy  ta’lim  muassasalarining  imkoniyatlari,  ta’lim  jarayonining
sharoitlari va faoliyatning amaliy samaradorligidan oqilona foydalanish kerak. Har
bir  talabaning  mazkur  fan  tamoyillarini,  asoslarini  va  istiqbolli  maqsad-
muddaolarini o‘zlashtirishi kasbiy tayyorgarlikning negizlaridan biri hisoblanadi.  
“Tarbiya” fanini o‘qitish zaruriyati. O‘zbekiston ta’lim tizimida,  jumladan,
oliy ta’lim jarayonida “Tarbiya” fani asoslarini zamonaviy talablar asosida o‘qitish
va  o‘rganish  zaruriyat  hisoblanadi.  Shu  jihatdan  bo‘lajak  boshlang‘ich  sinf
o‘qituvchilarining  mazkur  fanni  o‘zlashtirish  va  uni  o‘qitishning  metodikasini
o‘rganish zaruriyati quyidagilar bilan belgilanadi:
- fanning asoslarini chuqur bilish;
Logotip
- ilmiy-metodik asoslar. Bunda huquqiy asoslar ta’lim-tarbiyaga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlardan iborat, tashkiliy asoslar fanni umumta’lim maktablarida, jumladan, boshlang‘ich ta’limda talab darajasida o‘qitishni va ilmiy-metodik asoslar esa fanning metodologiyasini anglatadi. Qarorga ko‘ra, “Tarbiya” fanining asosiy tamoyillarini quyidagilar tashkil etadi: a) milliy va umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligi; b) ongli vatanparvarlik ruhini rivojlantirish; v) fanga oid zamonaviy ilmiy-tadqiqotlarga asoslanish; g) ochiqlik va shaffoflik; d) tarbiya sohasiga oid tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish; e) tarbiya sohasiga doir siyosatni amalga oshirishda ishtirok etuvchi davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va xususiy sektor faoliyatining muvofiqligi hamda mutanosibligi. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining fanga oid bu tamoyillarni chuqur o‘zlashtirishi taqozo etiladi. Shu sababli oliy pedagogik ta’lim jarayonida, tarbiyaviy tadbirlarda va mustaqil ta’lim izlanishlarida ana shu tamoyillarni o‘zlashtirish, faoliyatda qo‘llash ko‘nikmasiga ega bo‘lish hamda kasbiy faoliyatda ularga amal qilish kompetensiyasini egallash dolzarb masalalardan biridir. Buning uchun har bir talabaning individual shug‘ullanishi, Ustozlar bilan hamkorlikda faol ishlashi va tarbiya tamoyillarining hayotdagi ifodasini o‘rganib borishi taqozo etiladi. Bunda oliy ta’lim muassasalarining imkoniyatlari, ta’lim jarayonining sharoitlari va faoliyatning amaliy samaradorligidan oqilona foydalanish kerak. Har bir talabaning mazkur fan tamoyillarini, asoslarini va istiqbolli maqsad- muddaolarini o‘zlashtirishi kasbiy tayyorgarlikning negizlaridan biri hisoblanadi. “Tarbiya” fanini o‘qitish zaruriyati. O‘zbekiston ta’lim tizimida, jumladan, oliy ta’lim jarayonida “Tarbiya” fani asoslarini zamonaviy talablar asosida o‘qitish va o‘rganish zaruriyat hisoblanadi. Shu jihatdan bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining mazkur fanni o‘zlashtirish va uni o‘qitishning metodikasini o‘rganish zaruriyati quyidagilar bilan belgilanadi: - fanning asoslarini chuqur bilish;
- fanni  o‘qitishning  ilg‘or  va  zamonaviy  pedagogik,  innovatsion  hamda
axborot texnologiyalarini egallash;
- tarbiya masalasiga doir ilmiy-tadqiqotlarni o‘rganib borish;
- inson va jamiyat hayotida tarbiyaning tutgan o‘rnini to‘liq idrok etish;
- fan  vositasida  boshlang‘ich  sinf  o‘quvchilarini  tarbiyalash  metodlari  va
texnologiyalarini bilish;
- fanni o‘qitish bo‘yicha individual pedagogik tajribaga ega bo‘lish.
Mazkur  fanni  o‘rganish  zaruriyati  ilmiy, metodologik va amaliy jihatdan
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun kasbiy talablardan hisoblanadi.
Chunki bu fan gumanitar fanlar ichida tarbiya jarayonini tashkil etish, uni amalga
oshirish va samaradorligini o‘rganib borish ishlarini muvofiqlashtiradi.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida “Milliy o‘quv dasturi” talablariga asosan
o‘qitiladigan  fanlar  aniq, tabiiy va gumanitar  fanlar  turkumiga  ajratiladi.  Shu
jihatdan  umumiy  o‘rta  ta’lim  maktablari,  ayniqsa,  boshlang‘ich  ta’limda
tarbiyaning  mazmuni  nisbatan  o‘zgaradi.  Unga  ko‘ra,  quyidagicha  yondashuv
amalga kiritilishi mo‘ljallanmoqda:
A)  aniq fanlar: Matematika va uning takibiga kiruvchi fanlarni o‘qitish
vositasida  o‘quvchilarning  dunyoqarashini  shakllantirish  bilan  tarbiya  jarayoni
amalga oshiriladi;
B)
 tabiiy  fanlar:  Boshlang‘ich  ta’limda  “Atrofimizdagi  
 olam”,
“Tabiatshunoslik” (Science) fanlarini o‘qitish vositasida o‘quvchilarning mustaqil
qarashlari, xohish va istaklarini to‘g‘ri tarbiyalash amalga oshiriladi;
V) gumanitar fanlar: “Tarbiya”, “Ona tili va o‘qish”, “Musiqa”, “Jismoniy
tarbiya”,  “Tasviriy  san’at”  fanlarini  o‘qitish  vositasida  o‘quvchilarning  aqliy,
jismoniy va estetik tarbiyasi amalga oshiriladi.  
E’tibor  berilsa,  bundan  keyin  boshlang‘ich  ta’limda  tarbiya  jarayoni
umumta’lim fanlarini o‘qitish jarayonida amalga oshiriladi. Shu sababli bunday
tarbiya jarayonini muvofiqlashtirib borish “Tarbiya” fani zimmasiga yuklanadi. 
Bundan tashqari, boshlang‘ich sinflarda istisno tariqasida estetik, aqliy va
jismoniy rivojlanishni nazarda tutuvchi tarbiyaviy tadbirlar maqsadli o‘tkaziladi,
shuningdek, bayramlar va tantanalar vositasida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining
ijtimoiy tarbiyasi amalga oshiriladi. Bu jarayonni tashkil etish va amalga oshirish
Logotip
- fanni o‘qitishning ilg‘or va zamonaviy pedagogik, innovatsion hamda axborot texnologiyalarini egallash; - tarbiya masalasiga doir ilmiy-tadqiqotlarni o‘rganib borish; - inson va jamiyat hayotida tarbiyaning tutgan o‘rnini to‘liq idrok etish; - fan vositasida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini tarbiyalash metodlari va texnologiyalarini bilish; - fanni o‘qitish bo‘yicha individual pedagogik tajribaga ega bo‘lish. Mazkur fanni o‘rganish zaruriyati ilmiy, metodologik va amaliy jihatdan bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun kasbiy talablardan hisoblanadi. Chunki bu fan gumanitar fanlar ichida tarbiya jarayonini tashkil etish, uni amalga oshirish va samaradorligini o‘rganib borish ishlarini muvofiqlashtiradi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida “Milliy o‘quv dasturi” talablariga asosan o‘qitiladigan fanlar aniq, tabiiy va gumanitar fanlar turkumiga ajratiladi. Shu jihatdan umumiy o‘rta ta’lim maktablari, ayniqsa, boshlang‘ich ta’limda tarbiyaning mazmuni nisbatan o‘zgaradi. Unga ko‘ra, quyidagicha yondashuv amalga kiritilishi mo‘ljallanmoqda: A) aniq fanlar: Matematika va uning takibiga kiruvchi fanlarni o‘qitish vositasida o‘quvchilarning dunyoqarashini shakllantirish bilan tarbiya jarayoni amalga oshiriladi; B) tabiiy fanlar: Boshlang‘ich ta’limda “Atrofimizdagi olam”, “Tabiatshunoslik” (Science) fanlarini o‘qitish vositasida o‘quvchilarning mustaqil qarashlari, xohish va istaklarini to‘g‘ri tarbiyalash amalga oshiriladi; V) gumanitar fanlar: “Tarbiya”, “Ona tili va o‘qish”, “Musiqa”, “Jismoniy tarbiya”, “Tasviriy san’at” fanlarini o‘qitish vositasida o‘quvchilarning aqliy, jismoniy va estetik tarbiyasi amalga oshiriladi. E’tibor berilsa, bundan keyin boshlang‘ich ta’limda tarbiya jarayoni umumta’lim fanlarini o‘qitish jarayonida amalga oshiriladi. Shu sababli bunday tarbiya jarayonini muvofiqlashtirib borish “Tarbiya” fani zimmasiga yuklanadi. Bundan tashqari, boshlang‘ich sinflarda istisno tariqasida estetik, aqliy va jismoniy rivojlanishni nazarda tutuvchi tarbiyaviy tadbirlar maqsadli o‘tkaziladi, shuningdek, bayramlar va tantanalar vositasida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ijtimoiy tarbiyasi amalga oshiriladi. Bu jarayonni tashkil etish va amalga oshirish
ishlari “Tarbiya” fani vositasida amalga oshiriladi, unda mazkur fan o‘qituvchisi va
Sinf rahbari mas’ul hisoblanadi.
Bularning  barchasi  bo‘lajak  boshlang‘ich  sinf  o‘qituvchilarining  oliy
pedagogik ta’lim jarayonida “Tarbiya” fanini o‘qitish zaruriyati, uning asoslarini
o‘zlashtirish  va  o‘zlashtirilgan  ko‘nikmalarni  amaliyotda  qo‘llay  olish
ko‘nikmalarini  egallashi  taqozo  etiladi.  Shu  sababli  “Boshlang‘ich  ta’limda
“Tarbiya”  fanini  o‘qitish  metodikasi”  o‘quv  fani  bo‘yicha  o‘zlashtiriladigan
nazariy bilim, didaktik ko‘nikma va amaliy kompetensiyalar bo‘lajak boshlang‘ich
sinf o‘qituvchilari uchun birlamchi talablar hisoblanadi. Bugungi kunda mazkur
bilim,  ko‘nikma  va  kompetensiyalarni  shakllantirish,  ularni  talabalarda  tarkib
toptirish  va talabalarni kasbiy yo‘naltirish masalalari ushbu fan vositasida amalsha
oshirilishi ishlari tashkil etilmoqda. Kelgusida ushbu fanni o‘zlashtirish natijalari
bo‘yicha  bo‘lajak  boshlang‘ich  sinf  o‘qituvchilarining  kompetensiya  darajasini
aniqlash monitoringi o‘rnatiladi.
    Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari oliy pedagogik ta’lim jarayonida
“Tarbiya” fani bo‘yicha quyidagi malakalarga ega bo‘lishi taqoza etiladi:
a) fan asoslari bo‘yicha nazariy-kasbiy bilimli bo‘lish;
b) fanni o‘qitish metodikasi bo‘yicha ko‘nikmaga ega bo‘lish;
v)  fan  vositasida  boshlang‘ich  sinf  o‘quvchilarini  tarbiyalash
kompetensiyasini egallashi.
Mazkur  masalalar  oliy pedagogik ta’lim  jarayonida o‘zlashtirilishi  taqoza
etiladi. 
Boshlang‘ich  sinf  o‘quvchilarining  tarbiya  jarayoni  muhim  pedagogik
masalalardan biri bo‘lib, unda o‘qituvchi hozirgi talablarni hisobga olishi kerak.
Shu jihatdan  yuqorida  ta’kidlangan  Qarorda belgilanganidek,  “Tarbiya”  fanini
o‘qitishda quyidagilarga e’tibor berish va ularni o‘zlashtirish zaruriyat hisoblanadi:
- davlat  ta’lim  standartlari  talablari  asosida  o‘quvchilar  tomonidan  odob-
axloq, bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalarning to‘liq o‘zlashtirilishiga
erishish;
- o‘quvchilarda  mustaqil  va  erkin  fikrlashni  hamda  ularning  ijodiy
qobiliyatlarini rivojlantirish;
Logotip
ishlari “Tarbiya” fani vositasida amalga oshiriladi, unda mazkur fan o‘qituvchisi va Sinf rahbari mas’ul hisoblanadi. Bularning barchasi bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining oliy pedagogik ta’lim jarayonida “Tarbiya” fanini o‘qitish zaruriyati, uning asoslarini o‘zlashtirish va o‘zlashtirilgan ko‘nikmalarni amaliyotda qo‘llay olish ko‘nikmalarini egallashi taqozo etiladi. Shu sababli “Boshlang‘ich ta’limda “Tarbiya” fanini o‘qitish metodikasi” o‘quv fani bo‘yicha o‘zlashtiriladigan nazariy bilim, didaktik ko‘nikma va amaliy kompetensiyalar bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun birlamchi talablar hisoblanadi. Bugungi kunda mazkur bilim, ko‘nikma va kompetensiyalarni shakllantirish, ularni talabalarda tarkib toptirish va talabalarni kasbiy yo‘naltirish masalalari ushbu fan vositasida amalsha oshirilishi ishlari tashkil etilmoqda. Kelgusida ushbu fanni o‘zlashtirish natijalari bo‘yicha bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kompetensiya darajasini aniqlash monitoringi o‘rnatiladi. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari oliy pedagogik ta’lim jarayonida “Tarbiya” fani bo‘yicha quyidagi malakalarga ega bo‘lishi taqoza etiladi: a) fan asoslari bo‘yicha nazariy-kasbiy bilimli bo‘lish; b) fanni o‘qitish metodikasi bo‘yicha ko‘nikmaga ega bo‘lish; v) fan vositasida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini tarbiyalash kompetensiyasini egallashi. Mazkur masalalar oliy pedagogik ta’lim jarayonida o‘zlashtirilishi taqoza etiladi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining tarbiya jarayoni muhim pedagogik masalalardan biri bo‘lib, unda o‘qituvchi hozirgi talablarni hisobga olishi kerak. Shu jihatdan yuqorida ta’kidlangan Qarorda belgilanganidek, “Tarbiya” fanini o‘qitishda quyidagilarga e’tibor berish va ularni o‘zlashtirish zaruriyat hisoblanadi: - davlat ta’lim standartlari talablari asosida o‘quvchilar tomonidan odob- axloq, bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalarning to‘liq o‘zlashtirilishiga erishish; - o‘quvchilarda mustaqil va erkin fikrlashni hamda ularning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish;
- o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarash va global tafakkur yuritish kompetentligini
shakllantirish;
- umumta’lim fanlarini o‘qitishning printsipial yangi metodologiyasi asosida
tarbiyaning uzviyligi va uzluksizligini ta’minlash.
Bularning barchasi bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari tomonidan to‘liq
o‘zlashtirilishi lozim.
Shunday qilib “Tarbiya” fani va unga oid me’yoriy hujjatlar oliy pedagogik
ta’lim jarayonida talab darajasida o‘zlashtirilishi taqoza etiladi.
O‘zbek pedagogikasi tarixida tarbiyaga oid yondashuvlar. “Tarbiya” fani
manbalari  va  ularni  o‘rganish  bo‘lajak  boshlang‘ich  sinf  o‘qituvchisi  uchun
zaruriyat hisoblanadi. Bu borada o‘zbek pedagogikasi tarixida tarbiyaga oid muhim
yondashuvlar  bayon  qilingan.  Mazkur  o‘rinda  namuna  sifatida  ularning  eng
muhimlariga e’tiboringizni tortamiz. 
“Avesto” kitobida  yosh  avlodni  Ezgu  niyatli,  Ezgu  fikrli  va  Ezgu
faoliyat(amal)li  shaxslar  sifatida  voyaga  yetkazish  alohida  ta’kidlangan.3
Keyinchalik  bu  pedagogik  tamoyillar  jahon  xalqlari  tarbiya  jarayonida  qabul
qilingan. Misol uchun, bu tamoyillar milliy pedagogikamizdan tashqari XIX asrda
Germaniya pedagogikasida asosiy tamoyillar sifatida belgilangan.  4  Shu sababli
mazkur  tamoyillar  hozirgi  zamon  tarbiya  jarayonida  ham  amaliyotga  tadbiq
etilmoqda. Masalan, yangi milliy g‘oyamizning ikkinchi tamoyili Ezgulikdir.5
Qur’oni karimda va  Hadisi shariflarda yoshlarni E’tiqodli, Yaxshilik va
Yomonlikni farqlash ruhida tarbiyalash ta’limi berilgan. Buning natijasida VIII
asrdan boshlab to hozirgi kunga qadar Pedagogika fanimizda mazkur tamoyillar
tarbiyaning  asoslaridan  biri  bo‘lib  kelmoqda.  Chunki  e’tiqodli,  yaxshilik  va
yomonlikni farqlovchi shaxs insonparvar, xalqparvar va vatanparvar kishi sifatida
faoliyat yuritadi. 
XI  asr  mutafakkiri  Yusuf  Xos  Hojib “Qutadg‘u  bilig”  asarida  yoshlarni
Adolatli, Qanoatli  va Bilimli  qilib voyaga yetkazish metodologiyasini  asoslab
bergan. Uning yozishicha, bunday fazilatlarga ega inson eng yetuk hisoblanadi.  
3 Авесто. – Тошкент, 2001.
4 Қаранг: З.Фрейд. Менинг Зардўштим. – Тошкент, 2006
5 Мирзиёев Ш.М. Инсонпарварлик, эзгулик ва бунёдкорлик – миллий ғоямизнинг асосий пойдеворидир. – 
Тошкент, 2021.
Logotip
- o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarash va global tafakkur yuritish kompetentligini shakllantirish; - umumta’lim fanlarini o‘qitishning printsipial yangi metodologiyasi asosida tarbiyaning uzviyligi va uzluksizligini ta’minlash. Bularning barchasi bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari tomonidan to‘liq o‘zlashtirilishi lozim. Shunday qilib “Tarbiya” fani va unga oid me’yoriy hujjatlar oliy pedagogik ta’lim jarayonida talab darajasida o‘zlashtirilishi taqoza etiladi. O‘zbek pedagogikasi tarixida tarbiyaga oid yondashuvlar. “Tarbiya” fani manbalari va ularni o‘rganish bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi uchun zaruriyat hisoblanadi. Bu borada o‘zbek pedagogikasi tarixida tarbiyaga oid muhim yondashuvlar bayon qilingan. Mazkur o‘rinda namuna sifatida ularning eng muhimlariga e’tiboringizni tortamiz. “Avesto” kitobida yosh avlodni Ezgu niyatli, Ezgu fikrli va Ezgu faoliyat(amal)li shaxslar sifatida voyaga yetkazish alohida ta’kidlangan.3 Keyinchalik bu pedagogik tamoyillar jahon xalqlari tarbiya jarayonida qabul qilingan. Misol uchun, bu tamoyillar milliy pedagogikamizdan tashqari XIX asrda Germaniya pedagogikasida asosiy tamoyillar sifatida belgilangan. 4 Shu sababli mazkur tamoyillar hozirgi zamon tarbiya jarayonida ham amaliyotga tadbiq etilmoqda. Masalan, yangi milliy g‘oyamizning ikkinchi tamoyili Ezgulikdir.5 Qur’oni karimda va Hadisi shariflarda yoshlarni E’tiqodli, Yaxshilik va Yomonlikni farqlash ruhida tarbiyalash ta’limi berilgan. Buning natijasida VIII asrdan boshlab to hozirgi kunga qadar Pedagogika fanimizda mazkur tamoyillar tarbiyaning asoslaridan biri bo‘lib kelmoqda. Chunki e’tiqodli, yaxshilik va yomonlikni farqlovchi shaxs insonparvar, xalqparvar va vatanparvar kishi sifatida faoliyat yuritadi. XI asr mutafakkiri Yusuf Xos Hojib “Qutadg‘u bilig” asarida yoshlarni Adolatli, Qanoatli va Bilimli qilib voyaga yetkazish metodologiyasini asoslab bergan. Uning yozishicha, bunday fazilatlarga ega inson eng yetuk hisoblanadi. 3 Авесто. – Тошкент, 2001. 4 Қаранг: З.Фрейд. Менинг Зардўштим. – Тошкент, 2006 5 Мирзиёев Ш.М. Инсонпарварлик, эзгулик ва бунёдкорлик – миллий ғоямизнинг асосий пойдеворидир. – Тошкент, 2021.
Sohibqiron  Amir  Temur “Tuzuklar”  asarida  shaxsni  ijtimoiy  tarbiyalash
masalasini  talqin  qilgan  va  bunda  shaxsda  murosa  (kompromiss)  fazilatini
shakllantirish lozimligini ta’kidlaydi. Uning fikricha, yetuk shaxs do‘stu dushman
bilan murosa qiladi. Do‘stga murosa qilish tushunarli, lekin dushmanga murosa
qilish qanday bo‘ladi? Dushman bilan murosa qilish shaxsning aqliy va axloqiy
yetukligini bildiradi. 
Alisher Navoiy “Xamsa” asarida bir qator komil insonlar timsolini tavsiflab
bergan. Misol uchun, “Farhod va Shirin” dostonida Farhodni 9 yoshida komil inson
bo‘lib yetishganini va buning uchun u eng yetuk Ustozlardan saboq olganligini
tasvirlaydi. Shirin esa o‘z davrining eng axloqiy, aqliy va estetik yetuk kishi
sifatida taqdim etiladi. Ular bunday komillikka yoshligida olgan tarbiyalari tufayli
yetishgan.
Jadid  mutafakkiri
 Mahmudxo‘ja  Behbudiy 
“Padarkush”  pedagogik
dramasida  bilim olmagan bolaning padarkush bo‘lib yetishini tasvirlab bergan.
Chunki bilim tarbiyaning ilmiy va nazariy asosi hisoblanadi. 
Keltirilgan manbalardan ma’lum bo‘ladiki, tarbiya jarayonida shaxsda bir
talay fazilatlar, tamoyillar va g‘oyalarni shakllantirish lozim bo‘ladi. Har qanday
tarbiya jarayonida bu pedagogik merosga tayaniladi. 
Jahon  xalqlari  pedagogikasida  tarbiya  masalalari.  Jahon  xalqlari
pedagogikasida bir qator tarbiyaga oid tajribalar shakllantirilgan. Mazkur o‘rinda
ularning eng muhimlariga diqqatingizni tortamiz. 
Chex  pedagogi  Yan  Amos  Komenskiy “Buyuk  didaktika”  asarida  yosh
avlodni o‘qitish vositasida tarbiyalashni asoslab bergan. Bunda o‘quv fanlarini
o‘qitish jarayoni shaxsning aqliy, axloqiy va estetik tuyg‘ularini shakllantirishga,
shaxsni hayotga tayyorlashga asosiy e’tibor qaratiladi. 
Fransuz pedagogi  Jan Jak Russo “Emil” asarida oila tarbiyasi masalasini
talqin qilib bergan. Uning fikricha, oilada bola tarbiyasi bilan oilaning eng yetuk
a’zosi  shug‘ullanishi  kerak.  Pedagog  bu  borada  onalarning  tarbiyaviy  o‘rnini
alohida ta’kidlaydi va Emil ismli onaning o‘z farzandini qanday tarbiyalaganligini,
bu bu ayol “Kundaliklar” tutib borganligini ko‘rsatib beradi. Shu ma’noda tarbiya
ishi  bilan  shug‘ullanuvchi  shaxsning  Kundaliklari  bo‘lishi  maqsadga  muvofiq
bo‘ladi.  
Logotip
Sohibqiron Amir Temur “Tuzuklar” asarida shaxsni ijtimoiy tarbiyalash masalasini talqin qilgan va bunda shaxsda murosa (kompromiss) fazilatini shakllantirish lozimligini ta’kidlaydi. Uning fikricha, yetuk shaxs do‘stu dushman bilan murosa qiladi. Do‘stga murosa qilish tushunarli, lekin dushmanga murosa qilish qanday bo‘ladi? Dushman bilan murosa qilish shaxsning aqliy va axloqiy yetukligini bildiradi. Alisher Navoiy “Xamsa” asarida bir qator komil insonlar timsolini tavsiflab bergan. Misol uchun, “Farhod va Shirin” dostonida Farhodni 9 yoshida komil inson bo‘lib yetishganini va buning uchun u eng yetuk Ustozlardan saboq olganligini tasvirlaydi. Shirin esa o‘z davrining eng axloqiy, aqliy va estetik yetuk kishi sifatida taqdim etiladi. Ular bunday komillikka yoshligida olgan tarbiyalari tufayli yetishgan. Jadid mutafakkiri Mahmudxo‘ja Behbudiy “Padarkush” pedagogik dramasida bilim olmagan bolaning padarkush bo‘lib yetishini tasvirlab bergan. Chunki bilim tarbiyaning ilmiy va nazariy asosi hisoblanadi. Keltirilgan manbalardan ma’lum bo‘ladiki, tarbiya jarayonida shaxsda bir talay fazilatlar, tamoyillar va g‘oyalarni shakllantirish lozim bo‘ladi. Har qanday tarbiya jarayonida bu pedagogik merosga tayaniladi. Jahon xalqlari pedagogikasida tarbiya masalalari. Jahon xalqlari pedagogikasida bir qator tarbiyaga oid tajribalar shakllantirilgan. Mazkur o‘rinda ularning eng muhimlariga diqqatingizni tortamiz. Chex pedagogi Yan Amos Komenskiy “Buyuk didaktika” asarida yosh avlodni o‘qitish vositasida tarbiyalashni asoslab bergan. Bunda o‘quv fanlarini o‘qitish jarayoni shaxsning aqliy, axloqiy va estetik tuyg‘ularini shakllantirishga, shaxsni hayotga tayyorlashga asosiy e’tibor qaratiladi. Fransuz pedagogi Jan Jak Russo “Emil” asarida oila tarbiyasi masalasini talqin qilib bergan. Uning fikricha, oilada bola tarbiyasi bilan oilaning eng yetuk a’zosi shug‘ullanishi kerak. Pedagog bu borada onalarning tarbiyaviy o‘rnini alohida ta’kidlaydi va Emil ismli onaning o‘z farzandini qanday tarbiyalaganligini, bu bu ayol “Kundaliklar” tutib borganligini ko‘rsatib beradi. Shu ma’noda tarbiya ishi bilan shug‘ullanuvchi shaxsning Kundaliklari bo‘lishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.