“Milliy tarbiya” fanini o‘qitishning amaliy mexanizmlari.
Reja:
1. “Milliy tarbiya” fanini o‘qitishning klaster mexanizmi.
2. “Milliy tarbiya” fanini o‘qitishning monitoring mexanizmi.
3. “Milliy tarbiya” fanini o‘qitishning tayanch mexanizmlari.
“Milliy tarbiya” fanini o‘qitishning klaster mexanizmi. “Tarbiya” fanini
oliy pedagogik ta’lim jarayonida o‘qitishda bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy
xususiyatlari hisobga olinadi. Shu jihatdan mazkur ta’lim jarayonida “Boshlang‘ich
ta’limda “Tarbiya” fanini o‘qitish metodikasi” predmetini o‘qitishda klaster amaliy
mexanizmi muhim o‘rin tutadi.
Klaster – bu ta’lim va tarbiya jarayonini ta’lim oluvchilar, ta’lim beruvchilar
va bo‘lajak mutaxassislardan manfaatdor muassasalarning hamkorligi asosida
amalga oshiriladigan o‘qitishning amaliy mexanizmlaridan biridir. Shu jihatdan
oliy pedagogik ta’lim jarayonida “Boshlang‘ich ta’limda “Tarbiya” fanini o‘qitish
metodikasi” o‘quv fanini o‘qitishda quyidagi klaster tizimi muhim o‘rin tutadi:
a) Institut professor-o‘qituvchilarining mazkur fanni o‘qitishdagi nazariy,
metodologik va texnologik hamkorligi;
b) professor-o‘qituvchilar va talabalarning didaktik, kasbiy va amaliy
hamkorligi;
v) Institutning Toshkent viloyati umumiy o‘rta ta’lim maktablari bilan tashkil
etilgan “Pedagogik ta’lim innovatsion klasteri” a’zolari ishtirokida ushbu fanni
o‘qitishda amalga oshiriladigan hamkorlik;
g) Toshkent viloyatining umumiy o‘rta ta’lim maktablari boshlang‘ich sinf
o‘qituvchilari bilan mazkur fanni o‘qitishdagi amaliy hamkorligi;
d) Respublika o‘quv va ilmiy markazlari bilan ushbu fanni o‘qitishdagi
hamkorlik;
e) ilg‘or mutaxassislar bilan mazkur fanni o‘qitishdagi hamkorlik.
O‘qitishning bunday klaster mexanizmida “Boshlang‘ich ta’limda “Tarbiya”
fanini o‘qitish metodikasi”ni o‘qitishda har bir ishtirokchi o‘z vazifasidan kelib
chiqib ishtirok etadi. Misol uchun, umumiy o‘rta ta’lim maktablarining
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari “Tarbiya” fanini o‘qitishdagi tajribalarini taqdim
etadi va bu tajribalar oliy pedagogik ta’lim jarayonida bo‘lajak boshlang‘ich sinf
o‘qituvchilari tomonidan o‘zlashtiriladi.
O‘qitishning klaster mexanizmida ta’lim oluvchilar va ta’lim beruvchilar
teng ishtirok etadi. Bunda o‘qitishning elektron-modulli tizimida “Tarbiya” fanini
klaster tizimi asosida o‘qitish quyidagicha tashkild etilishi mumkin:
- umumiy o‘rta ta’lim maktablarining boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari hududiy
jihatdan xalq ta’limi bo‘limlari, ilmiy markazlar yoki institutlar orqali o‘qitishning
kredit-modul tizimiga ulanadi;
- institut yoki hududiy ilmiy-o‘quv markazlari o‘quv materiallarini tayyorlaydi
va fanning mavzulari bo‘yicha mutaxassislarni jalb etadi;
- institut professor-o‘qituvchilari “Tarbiya” fani bo‘yicha asosiy mutaxassis
sifatida klaster doirasiga kiruvchi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining o‘quv
adabiyotlari bilan ta’minlaydi.
O‘qitishning pedagogik ta’lim innovatsion klasteri bo‘yicha Toshkent
viloyati Chirchiq davlat pedagogika institutida yaxshi tajriba to‘plangan. Misol
uchun, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 14-apreldagi
213-sonli “Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti faoliyatini
yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori bilan 2021/2022
o‘quv yilidan boshlab viloyatning 10 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabining 3-4 -sinf
o‘quvchilari uchun “O‘qish va matematik savodxonlik bo‘yicha sinflar” tashkil
etildi. Mazkur klaster tizimi asosida tashkil etilgan sinflarda boshlang‘ich
ta’limning xalqaro dasturlari asosida tadqiqotlar amalga oshiriladi. Shu jihatdan
umumiy o‘rta ta’lim maktablarining boshlang‘ich sinflarida “Tarbiya” fanini mana
shunday klaster tizimi asosida o‘qitish fanning amaliy asoslari bo‘yicha muhim
ahamiyatga ega. O‘qitishning klaster mexanizmida ta’lim oluvchilar va undan
manfaatdorlar teng ishtirok etishi bilan bu fanning amaliy asoslarini belgilashda
muhim ahamiyatga ega. Shu sababli oliy pedagogik ta’lim jarayonida pedagogik
ta’limning innovatsion klaster tizimini barcha ijtimoiy-gumanitar fanlarga tatbiq
etish metodologiyasini ishlab chiqish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bizning
yondashuvimizga ko‘ra, “Tarbiya” fanini o‘qitishga klaster tizimini tatbiq etishning
metodologiyasida quyidagilar muhim o‘rin tutadi:
- fanni o‘qitishning hamkorlik mexanizmlarini belgilash;
-
fan asoslarini belgilashda imkon qadar auditoriyadan tashqari
mashg‘ulotlarning o‘rnini belgilash va shu asosda fanni amaliy jihatlarini ishlab
chiqish;
- o‘qituvchilarning o‘zaro tajriba almashinuvini yo‘lga qo‘yish;
- har bir o‘quv yili boshida fanning o‘quv materiallarini takomillashtirib
borish va bunda mutaxasislarning imkoniyatlaridan foydalanish.
Bunday yondashuv “Tarbiya” fanini klaster mexanizmi asosida o‘qish
jarayonini takomillashtiradi.
“Boshlang‘ich ta’limda “Tarbiya” fanini o‘qitish metodikasi” fanini
o‘qitishda klaster mexanizmi nazariya va amaliyotni o‘zaro bog‘lashi bilan ajralib
turadi. Shu sababli bu fanni o‘zlashtirishda nazariy, metodologik va amaliy
ko‘nikmalar ham nazariy, ham amaliy jihatdan uyg‘un o‘zlashtirilishi kerak.
Chunki bu fan kelajakda “Tarbiya” fanini mutlaqo yangicha yondashuvlar asosida
o‘qitishda asos bo‘ladi.
Fanni o‘qitishning monitoring mexanizmi. “Boshlang‘ich ta’limda
“Tarbiya” fanini o‘qitish metodikasi” o‘quv fanini o‘qitishda o‘qitishning
monitoring mexanizmi muhim o‘rin tutadi.
O‘qitishning monitoring mexanizmi amalga oshirilayotgan o‘quv va tarbiya
jarayonini nazorat qilish, uning samaradorligini aniqlab borish hamda
yondashuvlarni yangilab borishga asoslanadi. “Boshlang‘ich ta’limda “Tarbiya”
fanini o‘qitish metodikasi” o‘quv fanini o‘qitishda o‘qitishning quyidagi
monitoringi mexanizmlariga amal qilish tavsiya etiladi:
A) mazkur fanning ilmiy-nazariy asoslari talabalar tomonidan qanday
o‘zlashtirilayotganligini kuzatib borish;
B) bu fanning metodologik asoslari va kasbiy ko‘nikma kompetensiyalari
talabalar tomonidan o‘zlashtirilayotganligining darajasini o‘rganib borish;
V) mazkur fanning har bir mavzusining o‘quv materiallarini yangi
ma’lumotlar, axborotlar va yo‘naltirishlar bilan muntazam to‘ldirib borish;
G) ushbu fanning o‘qitayotgan professor-o‘qituvchilarning tajribalarini
ommalashtirib borish;
D) mazkur fanni o‘qitishda imkon qadar bo‘lajak boshlang‘ich sinf
o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyasini shakllantirishga xizmat qiluvchi amaliy
va mustaqil ta’lim mashg‘ulotlari imkoniyatlariga ustuvor darajada ahamiyat
berish.
Bunday yondashuv oliy pedagogik ta’lim jarayonida bo‘lajak boshlang‘ich
sinf o‘qituvchilariga “Boshlang‘ich ta’limda “Tarbiya” fanini o‘qitish metodikasi”
fanini o‘qitishning monitoring mexanizmi ta’lim sifati va samaradorligini
oshirishga xizmat qiladi. Bunda o‘qitishning monitoring mexanizmining asosiy
vazifasi talabalarning kasbiy kompetensiyasini va ularning tarbiya ishiga bo‘lgan
tayyorgarligini yangilab borish hamda kengaytirishdan iborat.
O‘qitishning monitoring mexanizmida quyidagi xususiyatlar ajralib turadi:
- o‘quvchilarning tarbiyalanganlik darajasini muntazam o‘rganib va kuzatib
borish;
- o‘rganishlar natijasida fanni o‘qitish bo‘yicha yangi yo‘nalishlarni belgilash;
- belgilangan yangi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘quv materiallarini tayyorlash;
- fanni o‘qitishda keng jamoatchilikni jalb etish.
“Tarbiya” fanini o‘qitishda monitoring mexanizmidan foydalanish mazkur
fanning amaliy jihatlarini kuchaytiradi. Eng asosiysi o‘qitishning monitoring
mexanizmida keng jamoatchilik ishtirok etadi. Shu sababli hozirgi zamon
Pedagogika fanida o‘qitishning monitoring mexanizmiga alohida e’tibor
berilmoqda.
Mamlakatimizda o‘qitishning monitoring mexanizmiga amal qilish yangi
hodisa bo‘lib, mazkur mexanizmdan foydalanishning metodologik asoslarini ishlab
chiqish taqozo etiladi. Shu jihatdan “Tarbiya” fanini o‘qitishning monitoring
mexanizmidan foydalanish uchun “Tarbiyaviy ishlar metodikasi” fani tajribasidan
foydalanish tavsiya etiladi.
Fanni o‘qitishning tayanch mexanizmlari. Oliy pedagogik ta’lim
jarayonida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilariga o‘qitiladigan “Boshlang‘ich
ta’limda “Tarbiya” fanini o‘qitish metodikasi” fanini o‘qitishda tayanch
mexanizmlarga tayanish muhim o‘rin tutadi.
O‘qitishning amaliy mexanizmlari auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlarga
asoslanadi. Shu ma’noda oliy pedagogik ta’lim jarayonida “Boshlang‘ich ta’limda
“Tarbiya” fanini o‘qitish metodikasi” o‘qitishda ta’limning quyidagi tayanch
mexanizmlariga tayanish kutilgan samarani beradi:
A) ushbu fanni o‘qitishda auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlar hisoblangan
ekskursiyalar, uchrashuvlar, to‘garaklar, klublar va tanlovlar imkoniyatlariga
tayanish;
B) mazkur fanni o‘qitishda chuqurlashtiruvchi mashg‘ulotlar hisoblanuvchi
maxsus kurslar, to‘garaklar va hamkorlik darslarining imkoniyatlaridan oqilona
foydalanish;
V) bu fanni o‘qitishda, misol uchun, Toshkent viloyati Chirchiq davlat
pedagogika institutida tashkil etilgan “Pedagogik ta’lim innovatsion klasteri” kabi
amaliy tuzilmalarning hamkorligiga tayanish;
G) ushbu fanni o‘qitishda ta’lim oluvchilarning ijodkorligi, ijodiy ishlanmalari
va loyihalari taqdimotlariga tayanish.
O‘qitishning bunday tayanch mexanizmlari vositasida “Boshlang‘ich
ta’limda “Tarbiya” fanini o‘qitish metodikasi” o‘quv fani kutilgan darajada amalga
oshiriladi. Mazkur amaliy mexanizmlar vositasida bo‘lajak boshlang‘ich sinf
o‘qituvchilarida quyidagi amaliy ko‘nikmalarning shakllantirilishiga erishiladi:
- nazariy bilimdonlik;
- tarbiyaviy ko‘nikmalik;
- kasbiy faollik;
- pedagogik ijodkorlik.
“Tarbiya” fanini o‘qitishda nazariy bilimdonlik mazkur fanning
metodologik, didaktik va amaliy asoslarini chuqur o‘zlashtirishga, tarbiyaviy
ko‘nikmalik ushbu fan bo‘yicha o‘quvchilar tarbiyasini izchil amalga oshirishga,
kasbiy faollik o‘qituvchining samarali faoliyatiga hamda pedagogik ijodkorlik esa
fanni o‘qitishda turli metodlar va texnologiyalarga asoslanishni nazarda tutadi. Shu
sababli bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari “Tarbiya” fanini o‘qitishning
tayanch mexanizmlarini o‘zlashtirishda mazkur ko‘nikmalarni va
kompetensiyalarni o‘rganish taqoza etiladi. Bu borada ayniqsa, keyingi paytlarda
pedagogik ijodkorlik masalasi ilk rejaga chiqmoqda. Haqiqatan ham, “Tarbiya”
fani kabi yangi o‘quv predmetlarini o‘qitishda pedagogik ijodkorlik tayanch
mexanizmlardan biridir.
Pedagogik ijodkorlik ushbu fanni noan’anaviy dars shakllarida, axborot-
kommunikatsion texnologiyalar asosida o‘qitishga va muntazam ravishda
individual o‘qitish uslubini takomillashtirib borishga asoslanadi. Shu sababli
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari oliy pedagogik ta’lim jarayonida
pedagogik ijodkorlik bo‘yicha ko‘nikmaga ega bo‘lishi va uning asoslari bilan
qurollanishi taqoza etiladi. Bularning barchasi “Boshlang‘ich ta’limda “Tarbiya”
fanini o‘qitish metodikasi” o‘quv predmeti asosida amalga oshiriladi.
Bunday amaliy mexanizmlardan foydalanish “Tarbiya” fanini butunlay yangi
asoslarda o‘qitish tizimining tarkib topishiga olib keladi.
E’tibor berilsa, oliy pedagogik ta’lim jarayonida “Boshlang‘ich ta’limda
“Tarbiya” fanini o‘qitish metodikasi” o‘qitishning klaster, monitoring va tayanch
mexanizmlari bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy
kompetensiyasini amaliy jihatdan tarkib toptirish asosiy vositalardan hisoblanadi.
Mustahkamlash uchun savollar va topshiriq:
1. “Tarbiya” fanini o‘qitishning klaster mexanizmi deganda nimalarni
tushunasiz?
2. Fanni o‘qitishning monitoring mexanizmlarini nimalar tashkil etadi?
3. Fanni o‘qitishning amaliy mexanizmlarining mazmuni nimalardan iborat?
“Milliy tarbiya” fanini o‘qitishning amaliy mexanizmlari
Tarbiya fani 2020-2021-o‘quv yilidan boshlab mustaqil fan sifatida
O‘zbekiston Respublikasida amal qiladigan uzluksiz tarbiya tizimining nazariy
asoslari, qonuniyat va prinsiplari, o‘ziga xos yo`nalishlari tarbiya berish va
tarbiyalash jarayonining shakllanishi, tarixiy taraqqiyot bosqichlarini o‘rgatuvchi
fandir. Tarbiya fani O‘zbekiston Respublikasida fanning alohida sohasi sifatida
e’tirof etiladi. Shuning uchun ham, Tarbiya fanining metodologiyasi sifatida Jahon
va Sharq pedagogik tafakkurining tarbiya va tarbiyalashga oid durdonalarini
mujassamlashtirgan manbalar, tasavvuf ta’limot namoyandalarining badiiy va ilmiy
asarlari, sharqona tarbiya vositalari va metodlarini o‘z ichiga olgan manbalar,
milliy istiqlol g‘oyasi, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, O‘zbekiston
Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 31-dekabrdagi 1059-sonli qarori bilan
tasdiqlangan «Uzluksiz ma’naviy tarbiya Konsepsiyasi», Vazirlar Mahkamasining
2020-yil 6-iyundagi 422-sonli “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida “Tarbiya”
fanini bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
Qarori va ushbu qaror bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari
o‘quvchilari uchun “Tarbiya” fani Konsepsiyasi”, dialektik bilish nazariyasi va
tabiiy ilmiy majmui e`tirof etiladi.
Tarbiya fani O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi bilan
umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida 2020-2021-o‘quv yilidan boshlab joriy
qilindi. Ushbu fan Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasining bir qismi sifatida
o‘quvchilarda “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” g‘oyasini singdirish,
ularni ijtimoiy muvaffaqiyatli hayotga tayyorlash, faol fuqarolik pozitsiyasi,
mas’uliyat, majburiyat, huquqiy ong va madaniyat, teran dunyoqarash, sog‘lom
e’tiqodlilik, ma’rifatparvarlik, bag‘rikenglik kabi fazilatlarni shakllantirishni
maqsad qilib qo‘ygan. Fan va darslik konsepsiyasini yaratishda Yaponiya,
Singapur, Angliya, BAA, Xitoy, Koreya, Rossiya, Germaniya kabi xorijiy
davlatlarning tajribasidan foydalanildi. Ta’lim jarayoni nihoyatda murakkab
jarayon bo‘lganligi uchun ta’lim samaradorligi pedagog va o‘quvchi faolliligiga,
ta’lim vositalarining mavjudligiga, ta’lim jarayonining tashkiliy, ilmiy, metodik
mukammalligiga bog‘liq.
Ta’lim-tarbiya jarayonini ilg‘or vositalari, metodlar, texnik vositalar,
usullariga tayanib takomillashtirish tizimi hisoblanadi. Bu tizim o‘qituvchi
tomonidan yaratiladi, ta’lim-tarbiya bosqichlarini o‘zaro bog‘lashga xizmat qiladi.
Uning mzmuni va vazifalarini, maqsadini oldindan belgilash, ta’lim-tarbiyaning
shakllari va vositalarini tayyorlash, o‘quvchida shakllantirish ko‘zda tutilgan
ma’naviy sifatlarni o‘zlshtirishga yo‘naltirilgan darslarni rejalashtirish kabilarni
o‘z ichiga oladi. Bugungi kunda fan-tеxnikaning rivojlanishi bilan inson faoliyati
nihoyatda kеngayib, yangi tеxnologiyalar kirib kеlmoqda. Sifat o‘zgarishlari
shundan dalolat bеradiki, endilikda yangi mеtodikalarni talab etadigan va ta’lim