“Milliy tarbiya” fanini o‘qitishning inklyuziv ta’lim shakli

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

14

File size

Fayl hajmi

387,0 KB


“Milliy tarbiya” fanini o‘qitishning inklyuziv ta’lim shakli.
Reja:
1. Inklyuziv ta’lim xususiyatlari.
2.  “Milliy tarbiya” fanini o‘qitishda inklyuziv ta’lim asoslari.
3. Inklyuziv ta’lim asosida “Milliy tarbiya” fanini o‘qitishning ahamiyati.
Inklyuziv  ta’lim  xususiyatlari.  Inklyuziv  ta’lim  o‘qituvchi  bilan
o‘quvchining o‘zaro munosabatlarida tenglikka asoslanadi. Shu jihatdan inklyuziv
ta’lim  jismoniy  va  ruhiy  imkoniyati  cheklangan  ta’lim  oluvchilarga  va  to‘liq
imkoniyatga ega o‘quvchilarga teng ta’lim berish bilan o‘ziga xos xususiyatga ega
hisoblanadi. 
Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan sobiq “Mehribonlik uylari” o‘quv-
tarbiya  muassasalari  deb  nomlandi.  Shu  sababli  o‘quv-tarbiya  muassasalarida
amalga oshiriladigan ta’lim ham inklyuziv ta’lim shakli hisoblanadi.
Inklyuziv ta’limning quyidagi xususiyatlariga e’tibor berish lozim:
- interfaol ta’lim texnologiyalariga asoslanadi;
- tabaqalashtirilgan o‘qitish amalga oshiriladi;
- individuallashtirilgan dasturlarga asoslaniladi;
- ta’lim oluvchilar guruhlarga bo‘lib o‘qitiladi.
Shu  sababli  ta’limning  bu  shakli  ta’lim  oluvchilarning  bilim  va
ko‘nikmalarini tez shakllantirilishi bilan e’tiborga loyiq.
Inklyuziv ta’limga quyidagi o‘ziga xos xususiyatlar mavjud:
- jismoniy va  ruhiy jihatdan  imkoniyati  cheklangan  o‘quvchilarni  maxsus
o‘qitish;
Logotip
“Milliy tarbiya” fanini o‘qitishning inklyuziv ta’lim shakli. Reja: 1. Inklyuziv ta’lim xususiyatlari. 2. “Milliy tarbiya” fanini o‘qitishda inklyuziv ta’lim asoslari. 3. Inklyuziv ta’lim asosida “Milliy tarbiya” fanini o‘qitishning ahamiyati. Inklyuziv ta’lim xususiyatlari. Inklyuziv ta’lim o‘qituvchi bilan o‘quvchining o‘zaro munosabatlarida tenglikka asoslanadi. Shu jihatdan inklyuziv ta’lim jismoniy va ruhiy imkoniyati cheklangan ta’lim oluvchilarga va to‘liq imkoniyatga ega o‘quvchilarga teng ta’lim berish bilan o‘ziga xos xususiyatga ega hisoblanadi. Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan sobiq “Mehribonlik uylari” o‘quv- tarbiya muassasalari deb nomlandi. Shu sababli o‘quv-tarbiya muassasalarida amalga oshiriladigan ta’lim ham inklyuziv ta’lim shakli hisoblanadi. Inklyuziv ta’limning quyidagi xususiyatlariga e’tibor berish lozim: - interfaol ta’lim texnologiyalariga asoslanadi; - tabaqalashtirilgan o‘qitish amalga oshiriladi; - individuallashtirilgan dasturlarga asoslaniladi; - ta’lim oluvchilar guruhlarga bo‘lib o‘qitiladi. Shu sababli ta’limning bu shakli ta’lim oluvchilarning bilim va ko‘nikmalarini tez shakllantirilishi bilan e’tiborga loyiq. Inklyuziv ta’limga quyidagi o‘ziga xos xususiyatlar mavjud: - jismoniy va ruhiy jihatdan imkoniyati cheklangan o‘quvchilarni maxsus o‘qitish;
- sensor tarbiyani amalga oshirish;
- ta’lim va tarbiya olish huquqini teng ta’minlash;
- mashg‘ulotlarga maxsus yondashish;
- mashg‘ulotlarni tajribali o‘qituvchilar tomonidan olib borilishi.
Dunyo mamlakatlarida inklyuziv ta’limga alohida e’tibor beriladi. Bu borada
YUNESKO  1989-yili  dunyo  mamlakatlariga  murojaat  bilan  chiqib,  inklyuziv
ta’lim vositasida shaxsni ta’lim va tarbiyasini amalga oshirishni so‘radi. Chunki
inklyuziv ta’lim shakli shaxsning ta’lim va tarbiyaga oid huquqini to‘liq ro‘yobga
chiqarish  imkonini  beradi.  Misol  uchun,  to‘liq  nogironligi  bo‘lgan  bolalarni
individual  tarzda  oilada  maxsus  o‘qitish  aynan  inklyuziv  ta’limning  asosiy
vazifalaridan  biri  hisoblanadi.  Shu  sababli  O‘zbekiston  pedagogik  ta’lim
jarayonida va ta’lim tizimida inklyuziv ta’limning imkoniyatlariga tayaniladi. Bu
borada  pedagog  olimlarimizning  bir  qator  ilmiy-tadqiqotlari  mavjud.  Oliy
pedagogik ta’lim jarayonida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari ana shunday
ilmiy-tadqiqotlarni  o‘rganishi  va  inklyuziv  ta’limning  asoslarini  o‘zlashtirishi
tavsiya etiladi. 
Inklyuziv  ta’limning  imkoniyatlaridan  foydalanish  uchun  o‘qituvchi  faol
bo‘lishi  kerak.  Ta’lim  oluvchiga  muntazam  ravishda  topshiriq  berib  borilishi,
imkon qadar topshiriqlarning yozma bo‘lishi va topshiriq natijalarini nazorat qilib
borish  asosida  inklyuziv  ta’lim  samaradorligiga  erishiladi.  Bularning  barchasi
inklyuziv ta’lim imkoniyatlaridan foydalanish uchun maxsus tayyorgarlikka ega
bo‘lishini taqozo etadi.
Oliy pedagogik ta’lim jarayonida majburiy (mutaxassislik) fanlarini o‘qitishda
inklyuziv ta’lim shakllari to‘g‘risida ko‘proq ma’lumot berish zaruriyat bo‘lib
turibdi. Bundan tashqari “Inklyuziv, masofaviy va integratsion ta’lim shakllari”
tanlov  fanining  ishlab  chiqilishi  maqsadga  muvofiq  bo‘ladi.  Chunki  bugungi
murakkab sharoitda ta’limning bu shakllari o‘qitish jarayonida juda qo‘l keladi. 
Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilariga inklyuziv ta’limning asoslari,
metodlari va o‘ziga xos xususiyatlarini mustaqil ta’lim vositasida chuqur o‘rganish
tavsiya etiladi. Chunki inklyuziv ta’lim shaklini bilish davlatning ta’lim siyosatini
hammaga bir xil tatbiq etishda qo‘l keladi. 
Logotip
- sensor tarbiyani amalga oshirish; - ta’lim va tarbiya olish huquqini teng ta’minlash; - mashg‘ulotlarga maxsus yondashish; - mashg‘ulotlarni tajribali o‘qituvchilar tomonidan olib borilishi. Dunyo mamlakatlarida inklyuziv ta’limga alohida e’tibor beriladi. Bu borada YUNESKO 1989-yili dunyo mamlakatlariga murojaat bilan chiqib, inklyuziv ta’lim vositasida shaxsni ta’lim va tarbiyasini amalga oshirishni so‘radi. Chunki inklyuziv ta’lim shakli shaxsning ta’lim va tarbiyaga oid huquqini to‘liq ro‘yobga chiqarish imkonini beradi. Misol uchun, to‘liq nogironligi bo‘lgan bolalarni individual tarzda oilada maxsus o‘qitish aynan inklyuziv ta’limning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Shu sababli O‘zbekiston pedagogik ta’lim jarayonida va ta’lim tizimida inklyuziv ta’limning imkoniyatlariga tayaniladi. Bu borada pedagog olimlarimizning bir qator ilmiy-tadqiqotlari mavjud. Oliy pedagogik ta’lim jarayonida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari ana shunday ilmiy-tadqiqotlarni o‘rganishi va inklyuziv ta’limning asoslarini o‘zlashtirishi tavsiya etiladi. Inklyuziv ta’limning imkoniyatlaridan foydalanish uchun o‘qituvchi faol bo‘lishi kerak. Ta’lim oluvchiga muntazam ravishda topshiriq berib borilishi, imkon qadar topshiriqlarning yozma bo‘lishi va topshiriq natijalarini nazorat qilib borish asosida inklyuziv ta’lim samaradorligiga erishiladi. Bularning barchasi inklyuziv ta’lim imkoniyatlaridan foydalanish uchun maxsus tayyorgarlikka ega bo‘lishini taqozo etadi. Oliy pedagogik ta’lim jarayonida majburiy (mutaxassislik) fanlarini o‘qitishda inklyuziv ta’lim shakllari to‘g‘risida ko‘proq ma’lumot berish zaruriyat bo‘lib turibdi. Bundan tashqari “Inklyuziv, masofaviy va integratsion ta’lim shakllari” tanlov fanining ishlab chiqilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Chunki bugungi murakkab sharoitda ta’limning bu shakllari o‘qitish jarayonida juda qo‘l keladi. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilariga inklyuziv ta’limning asoslari, metodlari va o‘ziga xos xususiyatlarini mustaqil ta’lim vositasida chuqur o‘rganish tavsiya etiladi. Chunki inklyuziv ta’lim shaklini bilish davlatning ta’lim siyosatini hammaga bir xil tatbiq etishda qo‘l keladi.
Inklyuziv ta’limning tez va qisqa muddatda amalga oshirish xususiyati uning
imkoniyatlarini  kengaytiradi.  Shu  sababli  bugungi  kunda  o‘quv-tarbiya
muassasalari uchun inklyuziv ta’limni tadbiq etish zaruriyat bo‘lib turibdi.   
“Tarbiya”  fanini  o‘qitishda  inklyuziv  ta’lim  asoslari.  Boshlang‘ich
ta’limda “Tarbiya” fanini o‘qitishda inklyuziv ta’lim asoslarini yaxshi bilish va bu
ta’lim shaklining imkoniyatlaridan oqilona foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Bu borada quyidagilarga e’tibor berish kerak:
1. Interfaol ta’lim texnologiyalariga asoslanish. Bu borada “Tarbiya” fanini
o‘qitishda imkon qadar o‘quvchilar guruhlarga bo‘lib o‘qitilishi maqsadga muvofiq
bo‘ladi. Bunda quyidagi texnologiyalardan foydalanish tavsiya etiladi:
- axborot-kommunikatsion texnologiyalar (multimediya, televideniya, virtual
aloqa va hokazo);
- kompyuterli texnologiya (darslar kompyuter vositasida o‘qitiladi);
- mustaqil  ta’lim  texnologiyasi  (bunda  o‘quvchiga  topshiriq  beriladi  va
topshiriqning ijodiy bajarilganligiga ahamiyat qaratiladi).
Bu interfaol texnologiyalar boshlang‘ich ta’limda “Tarbiya” fanini maqsadli
o‘qitish imkonini beradi. 
2. Tabaqalashtirilgan o‘qitish. Inklyuziv ta’limning bu asosidan boshlang‘ich
ta’limda “Tarbiya” fanini o‘qitishda quyidagicha foydalanish maqsadga muvofiq
bo‘ladi:
- imkon qadar o‘quvchilar guruhlarga bo‘linadi;
- har bir guruhga mavzular topshiriq sifatida beriladi;
- bajarilgan topshiriqlarning ijodiy yondashilganlik asosida baholash;
- guruhdagi o‘quvchilarning tarbiyalanganlik darajasini nazorat qilib borish.
Tabaqalashtirilgan  o‘qitishning  bunday  imkoniyatlari  boshlang‘ich  sinf
o‘quvchilarining tarbiyalanganlik darajasida  qisqa  muddatda  erishishda  muhim
o‘rin  tutadi.  Shu  sababli  bo‘lajak  boshlang‘ich  sinf  o‘qituvchilari  inklyuziv
ta’limning  tabaqalashtirilgan  tarzda  o‘qitish  shakllarini  chuqur  o‘zlashtirilishi
taqozo etiladi. 
3.  Individuallashtirilgan  o‘qitish.  Boshlang‘ich  ta’limda  “Tarbiya”  fanini
o‘qitishda individuallashtirilgan o‘qitish shakli quyidagi imkoniyatlarni beradi:
- har bir o‘quvchi bilan alohida ishlash;
Logotip
Inklyuziv ta’limning tez va qisqa muddatda amalga oshirish xususiyati uning imkoniyatlarini kengaytiradi. Shu sababli bugungi kunda o‘quv-tarbiya muassasalari uchun inklyuziv ta’limni tadbiq etish zaruriyat bo‘lib turibdi. “Tarbiya” fanini o‘qitishda inklyuziv ta’lim asoslari. Boshlang‘ich ta’limda “Tarbiya” fanini o‘qitishda inklyuziv ta’lim asoslarini yaxshi bilish va bu ta’lim shaklining imkoniyatlaridan oqilona foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bu borada quyidagilarga e’tibor berish kerak: 1. Interfaol ta’lim texnologiyalariga asoslanish. Bu borada “Tarbiya” fanini o‘qitishda imkon qadar o‘quvchilar guruhlarga bo‘lib o‘qitilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bunda quyidagi texnologiyalardan foydalanish tavsiya etiladi: - axborot-kommunikatsion texnologiyalar (multimediya, televideniya, virtual aloqa va hokazo); - kompyuterli texnologiya (darslar kompyuter vositasida o‘qitiladi); - mustaqil ta’lim texnologiyasi (bunda o‘quvchiga topshiriq beriladi va topshiriqning ijodiy bajarilganligiga ahamiyat qaratiladi). Bu interfaol texnologiyalar boshlang‘ich ta’limda “Tarbiya” fanini maqsadli o‘qitish imkonini beradi. 2. Tabaqalashtirilgan o‘qitish. Inklyuziv ta’limning bu asosidan boshlang‘ich ta’limda “Tarbiya” fanini o‘qitishda quyidagicha foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi: - imkon qadar o‘quvchilar guruhlarga bo‘linadi; - har bir guruhga mavzular topshiriq sifatida beriladi; - bajarilgan topshiriqlarning ijodiy yondashilganlik asosida baholash; - guruhdagi o‘quvchilarning tarbiyalanganlik darajasini nazorat qilib borish. Tabaqalashtirilgan o‘qitishning bunday imkoniyatlari boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining tarbiyalanganlik darajasida qisqa muddatda erishishda muhim o‘rin tutadi. Shu sababli bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari inklyuziv ta’limning tabaqalashtirilgan tarzda o‘qitish shakllarini chuqur o‘zlashtirilishi taqozo etiladi. 3. Individuallashtirilgan o‘qitish. Boshlang‘ich ta’limda “Tarbiya” fanini o‘qitishda individuallashtirilgan o‘qitish shakli quyidagi imkoniyatlarni beradi: - har bir o‘quvchi bilan alohida ishlash;
- har bir o‘quvchining jismoniy va aqliy layoqatlarini rivojlantirish;
- jismoniy va ruhiy imkoniyati cheklangan o‘quvchilar bilan alohida ishlash;
- har bir o‘quvchining teng darajada tarbiyalanib borishini nazoratga olish.
Bu  imkoniyatlardan  boshlang‘ich  ta’limda  “Tarbiya”  fanining  har  bir
mavzusini o‘qitishda foydalanish tavsiya etiladi.
“Tarbiya”  fanini  o‘qitishda  inklyuziv  ta’lim  quyidagi  shakllarda  amalga
oshiriladi:
- auditoriya va auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlarda;
- masofaviy ta’lim jarayonida;
- o‘quv-tarbiya muassasalarida;
- oilada;
- mahalla huzurlarida tashkil etilgan Ta’lim markazlarida;
- yoshlarning jamoatchilik tashkilotlarida.
E’tibor berilsa, bunday mashg‘ulotlar shakllarida shaxsning imkoniyatlaridan
qat’iy nazar ta’lim va tarbiyaga qamrab olinishi nazarda tutilgan. Shu jihatdan ana
shu shakllar vositasida “Tarbiya” fanini o‘qitish ham kutilgan samarani beradi.
Buning  uchun  oliy  pedagogik  ta’lim  jarayonida  bo‘lajak  boshlang‘ich  sinf
o‘qituvchilari inklyuziv ta’lim asoslari bilan qurollantirilishi kerak. Shu ma’noda
“Tarbiya”  fanini  inklyuziv ta’lim  asosida  o‘qitishning  metodologiyasini  ishlab
chiqish dolzarb bo‘lib turibdi. Bunday metodologiyani ishlab chiqishda milliy va
jahon  pedagogikasi  tajribalariga  asoslanish  maqsadga  muvofiq  bo‘ladi.  Misol
uchun, Germaniya Respublikasida “Inklyuziv ta’lim markazi” faoliyat yuritmoqda.
Bu markaz vositasida mamlakatning imkoniyati cheklangan shaxslari ruhiy, sensor
va  ijtimoiy  jihatdan  tarbiyalanadi.  Markazning  har  bir  umumiy  o‘rta  ta’lim
maktablarida filiallari mavjud.
Bizning mamlakatimizda inklyuziv ta’limning o‘quv-tarbiya muassasalarida
amalga  oshirish  tajribasi  mavjud.  Ana shu  tajribalar  asosida  “Tarbiya”  fanini
inklyuziv ta’lim vositasida o‘qitish metodologiyasini ishlab chiqish mumkin.
 Inklyuziv  ta’lim  asosida  “Tarbiya”  fanini  o‘qitishning  ahamiyati.
Boshlang‘ich ta’limda “Tarbiya” fanini inklyuziv ta’lim asosida o‘qitish muhim
ahamiyatga  ega.  Bunda  o‘qitish  va  tarbiya  jarayonida  quyidagilarga  erishish
kuzatiladi:
Logotip
- har bir o‘quvchining jismoniy va aqliy layoqatlarini rivojlantirish; - jismoniy va ruhiy imkoniyati cheklangan o‘quvchilar bilan alohida ishlash; - har bir o‘quvchining teng darajada tarbiyalanib borishini nazoratga olish. Bu imkoniyatlardan boshlang‘ich ta’limda “Tarbiya” fanining har bir mavzusini o‘qitishda foydalanish tavsiya etiladi. “Tarbiya” fanini o‘qitishda inklyuziv ta’lim quyidagi shakllarda amalga oshiriladi: - auditoriya va auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlarda; - masofaviy ta’lim jarayonida; - o‘quv-tarbiya muassasalarida; - oilada; - mahalla huzurlarida tashkil etilgan Ta’lim markazlarida; - yoshlarning jamoatchilik tashkilotlarida. E’tibor berilsa, bunday mashg‘ulotlar shakllarida shaxsning imkoniyatlaridan qat’iy nazar ta’lim va tarbiyaga qamrab olinishi nazarda tutilgan. Shu jihatdan ana shu shakllar vositasida “Tarbiya” fanini o‘qitish ham kutilgan samarani beradi. Buning uchun oliy pedagogik ta’lim jarayonida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari inklyuziv ta’lim asoslari bilan qurollantirilishi kerak. Shu ma’noda “Tarbiya” fanini inklyuziv ta’lim asosida o‘qitishning metodologiyasini ishlab chiqish dolzarb bo‘lib turibdi. Bunday metodologiyani ishlab chiqishda milliy va jahon pedagogikasi tajribalariga asoslanish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Misol uchun, Germaniya Respublikasida “Inklyuziv ta’lim markazi” faoliyat yuritmoqda. Bu markaz vositasida mamlakatning imkoniyati cheklangan shaxslari ruhiy, sensor va ijtimoiy jihatdan tarbiyalanadi. Markazning har bir umumiy o‘rta ta’lim maktablarida filiallari mavjud. Bizning mamlakatimizda inklyuziv ta’limning o‘quv-tarbiya muassasalarida amalga oshirish tajribasi mavjud. Ana shu tajribalar asosida “Tarbiya” fanini inklyuziv ta’lim vositasida o‘qitish metodologiyasini ishlab chiqish mumkin. Inklyuziv ta’lim asosida “Tarbiya” fanini o‘qitishning ahamiyati. Boshlang‘ich ta’limda “Tarbiya” fanini inklyuziv ta’lim asosida o‘qitish muhim ahamiyatga ega. Bunda o‘qitish va tarbiya jarayonida quyidagilarga erishish kuzatiladi:
- o‘quvchilarning faol bo‘lishi; 
- o‘quvchilarda ijodiy fikrning tarkib topishi;
- o‘quvchilar layoqatining namoyon bo‘lishi;
- dars mavzularining qiziqarli o‘qitilishi;
- o‘qituvchi va o‘quvchining dars jarayonida teng va faol ishtirok etishi.
Bu imkoniyatlar boshlang‘ich ta’limda “Tarbiya” fanini yangicha asoslarda
o‘qitish va uning samaradorligiga erishishda qo‘l keladi. Shu sababli inklyuziv
ta’limning imkoniyatlaridan oqilona foydalanish ko‘nikmalarini egallash lozim. 
Inklyuziv ta’limda tushuntirish, o‘rgatish va kuzatish metodlariga asoslanish
maqsadga muvofiq bo‘ladi. Shu sababli oliy pedagogik ta’lim jarayonida inklyuziv
ta’lim asoslarini chuqur o‘rganish tavsiya etiladi. 
O‘quv-tarbiya muassasalarida  “Tarbiya” o‘quv fanini o‘qitishda inklyuziv
ta’lim shaklining metodlari, texnologiyalari va yo‘nalishlariga tayanish maqsadga
muvofiq bo‘ladi. Shu sababli  bu borada o‘quv adabiyotlarini yaratish dolzarb
bo‘lib turibdi.
Boshlang‘ich  sinf  o‘quvchilarining  mustaqil  fikrlash,  ijodkorlik  va
ko‘nikmalilik kompetensiyalarini “Tarbiya” fani vositasida shakllantirish samarali
hisoblanadi. Bunda ko‘proq inklyuziv ta’lim vositalariga tayanish amaliy natija
beradi. 
“Tarbiya” fani umumiy o‘rta ta’lim o‘quv fanlarining ichida muhim o‘rin
tutadi. Shu sababli bu fanni o‘qitishda ta’limning turli shakllariga asoslanish taqozo
etiladi. Inklyuziv ta’lim mazkur fanni butun jamiyatning yosh avlodini qamrab
olish  imkonini  beradi.  Bizning  yondashuvimizga  ko‘ra,  mamlakatimizning
inklyuziv  ta’lim  bo‘yicha  o‘qituvchilarining  tajribalarini  ommlashtirish  taqozo
etiladi.
Mustahkamlash uchun savollar va topshiriq:
1. Inklyuziv ta’lim xususiyatlari nimalardan iborat?
2. “Tarbiya” fanini o‘qitishda inklyuziv ta’lim asoslari  deganda nimalarni
tushunasiz?
3. Inklyuziv ta’lim asosida “Tarbiya” fanini o‘qitishning ahamiyati nimalar
bilan belgilanadi?
Logotip
- o‘quvchilarning faol bo‘lishi; - o‘quvchilarda ijodiy fikrning tarkib topishi; - o‘quvchilar layoqatining namoyon bo‘lishi; - dars mavzularining qiziqarli o‘qitilishi; - o‘qituvchi va o‘quvchining dars jarayonida teng va faol ishtirok etishi. Bu imkoniyatlar boshlang‘ich ta’limda “Tarbiya” fanini yangicha asoslarda o‘qitish va uning samaradorligiga erishishda qo‘l keladi. Shu sababli inklyuziv ta’limning imkoniyatlaridan oqilona foydalanish ko‘nikmalarini egallash lozim. Inklyuziv ta’limda tushuntirish, o‘rgatish va kuzatish metodlariga asoslanish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Shu sababli oliy pedagogik ta’lim jarayonida inklyuziv ta’lim asoslarini chuqur o‘rganish tavsiya etiladi. O‘quv-tarbiya muassasalarida “Tarbiya” o‘quv fanini o‘qitishda inklyuziv ta’lim shaklining metodlari, texnologiyalari va yo‘nalishlariga tayanish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Shu sababli bu borada o‘quv adabiyotlarini yaratish dolzarb bo‘lib turibdi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining mustaqil fikrlash, ijodkorlik va ko‘nikmalilik kompetensiyalarini “Tarbiya” fani vositasida shakllantirish samarali hisoblanadi. Bunda ko‘proq inklyuziv ta’lim vositalariga tayanish amaliy natija beradi. “Tarbiya” fani umumiy o‘rta ta’lim o‘quv fanlarining ichida muhim o‘rin tutadi. Shu sababli bu fanni o‘qitishda ta’limning turli shakllariga asoslanish taqozo etiladi. Inklyuziv ta’lim mazkur fanni butun jamiyatning yosh avlodini qamrab olish imkonini beradi. Bizning yondashuvimizga ko‘ra, mamlakatimizning inklyuziv ta’lim bo‘yicha o‘qituvchilarining tajribalarini ommlashtirish taqozo etiladi. Mustahkamlash uchun savollar va topshiriq: 1. Inklyuziv ta’lim xususiyatlari nimalardan iborat? 2. “Tarbiya” fanini o‘qitishda inklyuziv ta’lim asoslari deganda nimalarni tushunasiz? 3. Inklyuziv ta’lim asosida “Tarbiya” fanini o‘qitishning ahamiyati nimalar bilan belgilanadi?
Quyidagi kitobdan inklyuziv ta’lim asoslarini o‘rganing: Xasanboyev J. va 
boshqalar. Pedagogika fanidan izohli lug‘at. – Toshkent, 2009
“Milliy tarbiya” fanini o‘qitishning inklyuziv ta’lim shakli
Inklyuziv ta’lim uchun 5 yillik reja: jamiyat va maktablar imkoniyati
cheklangan bolalarni qabul qilishga tayyormi?
O‘zbekistonda umumta’lim maktablarida inklyuziv ta’lim joriy etish reja
qilinmoqda. Keyingi o‘quv yilida alohida ta’lim ehtiyoji bor bolalarning 24 foizi,
2025-yilgacha esa 40 foizi odatiy maktablarga jalb qilinishi kutilmoqda. Inklyuziv
ta’lim bilan bog‘liq qator muammolar va xavotirlar ham mavjud.
Oxirgi paytda inklyuziv ta’lim tushunchasi tez-tez tilga olinmoqda,
ko‘pchilik bu tushunchani nogironligi bor bolalarning sog‘lom bolalar bilan bir
maktabda, bir sinfda o‘qishi, bir partada o‘tirishi deb tushunadi xolos.
Logotip
Quyidagi kitobdan inklyuziv ta’lim asoslarini o‘rganing: Xasanboyev J. va boshqalar. Pedagogika fanidan izohli lug‘at. – Toshkent, 2009 “Milliy tarbiya” fanini o‘qitishning inklyuziv ta’lim shakli Inklyuziv ta’lim uchun 5 yillik reja: jamiyat va maktablar imkoniyati cheklangan bolalarni qabul qilishga tayyormi? O‘zbekistonda umumta’lim maktablarida inklyuziv ta’lim joriy etish reja qilinmoqda. Keyingi o‘quv yilida alohida ta’lim ehtiyoji bor bolalarning 24 foizi, 2025-yilgacha esa 40 foizi odatiy maktablarga jalb qilinishi kutilmoqda. Inklyuziv ta’lim bilan bog‘liq qator muammolar va xavotirlar ham mavjud. Oxirgi paytda inklyuziv ta’lim tushunchasi tez-tez tilga olinmoqda, ko‘pchilik bu tushunchani nogironligi bor bolalarning sog‘lom bolalar bilan bir maktabda, bir sinfda o‘qishi, bir partada o‘tirishi deb tushunadi xolos.
"Aslida, faqat bu emas. Inklyuziv ta’lim hamma bolalarning bir xil maktab
va bir xil sinfxonada – bir xil sharoitda ta’lim olishini anglatadi. Ya’ni imkoniyati
cheklangan bola sog‘lom bolalar bilan bir xil e’tiborda o‘qiy olishi kerak. Kam
ta’minlangan oilaning farzandi kambag‘al oiladan bo‘lgani uchun ta’mirlanmagan
maktabga borishi kerak emas", – deydi O‘zbekiston   Nogironlar uyushmasi raisi
Oybek Isoqov.
O‘zbekistonda  oilaviy  sharoitidan  qat’i  nazar,  barcha  bolalar  davlat
umumta’lim  maktablariga qatnaydi. Bu  davlat  tomonidan  kafolatlangan.  Faqat
xohlovchilar o‘z yonidan pul to‘lab xususiy maktablarda o‘qishi mumkin. Lekin
imkoniyati cheklangan bolalarning boshqa sog‘lom bolalar bilan teng sharoitda
o‘qiyotgani haqida maqtanib bo‘lmaydi. Bu borada muammolar ko‘p. 2020-yil 13-
oktyabrda qabul qilingan «Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim-
tarbiya  berish  tizimini  yanada  takomillashtirish  chora-tadbirlari  to‘g‘risida»gi
prezident qarorida bu boradagi asosiy muammolar sanalgan:

alohida ta’lim ehtiyoji bo‘lgan bolalar o‘qitiladigan ayrim ta’lim muassasalarida
ular uchun to‘siqsiz muhit va imkoniyatlar yaratilmagan;

alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar o‘qitiladigan ta’lim muassasalari zarur
adabiyotlar, metodik qo‘llanmalar, turli kasblarga o‘qitishga mo‘ljallangan
uskuna va jihozlar bilan to‘liq ta’minlanmagan;

alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning bilim olish huquqi, inklyuziv ta’lim
tizimining mazmun-mohiyati haqida jamoatchilik o‘rtasida tushuntirish ishlarini
olib borish yo‘lga qo‘yilmagani natijasida ota-onalar alohida ta’lim ehtiyojlari
bo‘lgan  farzandlarini  umumta’lim  muassasalarida  o‘qitishi  mumkinligi
haqida yetarli ma’lumotga ega emas;

alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni inklyuziv ta’limga jalb qilish bilan
bog‘liq muammolarni hal etish masalalariga mahalliy ijro hokimiyati organlari
tomonidan yetarli e’tibor qaratilmayapti;

pedagogika  yo‘nalishidagi  OTMlar  o‘quv  dasturlariga inklyuziv  ta’lim  berish
metodikasiga oid fanlar kiritilmagan;

pedagogika  va  metodika  fanlariga  oid  darsliklarda  inklyuziv  ta’lim  dasturlari
kiritilmagani,  shuningdek,  bo‘lajak  pedagoglarning  alohida  ta’lim  ehtiyojlari
Logotip
"Aslida, faqat bu emas. Inklyuziv ta’lim hamma bolalarning bir xil maktab va bir xil sinfxonada – bir xil sharoitda ta’lim olishini anglatadi. Ya’ni imkoniyati cheklangan bola sog‘lom bolalar bilan bir xil e’tiborda o‘qiy olishi kerak. Kam ta’minlangan oilaning farzandi kambag‘al oiladan bo‘lgani uchun ta’mirlanmagan maktabga borishi kerak emas", – deydi O‘zbekiston  Nogironlar uyushmasi raisi Oybek Isoqov. O‘zbekistonda oilaviy sharoitidan qat’i nazar, barcha bolalar davlat umumta’lim maktablariga qatnaydi. Bu davlat tomonidan kafolatlangan. Faqat xohlovchilar o‘z yonidan pul to‘lab xususiy maktablarda o‘qishi mumkin. Lekin imkoniyati cheklangan bolalarning boshqa sog‘lom bolalar bilan teng sharoitda o‘qiyotgani haqida maqtanib bo‘lmaydi. Bu borada muammolar ko‘p. 2020-yil 13- oktyabrda qabul qilingan «Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim- tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident qarorida bu boradagi asosiy muammolar sanalgan:  alohida ta’lim ehtiyoji bo‘lgan bolalar o‘qitiladigan ayrim ta’lim muassasalarida ular uchun to‘siqsiz muhit va imkoniyatlar yaratilmagan;  alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar o‘qitiladigan ta’lim muassasalari zarur adabiyotlar, metodik qo‘llanmalar, turli kasblarga o‘qitishga mo‘ljallangan uskuna va jihozlar bilan to‘liq ta’minlanmagan;  alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning bilim olish huquqi, inklyuziv ta’lim tizimining mazmun-mohiyati haqida jamoatchilik o‘rtasida tushuntirish ishlarini olib borish yo‘lga qo‘yilmagani natijasida ota-onalar alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan farzandlarini umumta’lim muassasalarida o‘qitishi mumkinligi haqida yetarli ma’lumotga ega emas;  alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni inklyuziv ta’limga jalb qilish bilan bog‘liq muammolarni hal etish masalalariga mahalliy ijro hokimiyati organlari tomonidan yetarli e’tibor qaratilmayapti;  pedagogika yo‘nalishidagi OTMlar o‘quv dasturlariga inklyuziv ta’lim berish metodikasiga oid fanlar kiritilmagan;  pedagogika va metodika fanlariga oid darsliklarda inklyuziv ta’lim dasturlari kiritilmagani, shuningdek, bo‘lajak pedagoglarning alohida ta’lim ehtiyojlari
bo‘lgan  bolalar  jalb  qilingan  ta’lim  muassasalarida  amaliyot  o‘tamayotgani
ularning kasbiy tayyorgarlik sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Shunday vaziyatda 86 ta ixtisoslashtirilgan maktabda 21,2 mingdan ortiq,
sanatoriy turdagi maktab-internatlarda 6,1 mingdan ortiq, uy sharoitida esa 13,3
ming nafar o‘quvchi uyda ta’lim oladi. 2020-yil statistikasiga ko‘ra, O‘zbekistonda
3,2  mingdan  ortiq  umumiy  o‘rta  ta’lim  maktablarida  13  ming  nafarga  yaqin
o‘quvchilar inklyuziv ta’lim bilan qamrab olingan.
Prezident qarori bilan 2025-yilgacha inklyuziv umumta’limni bosqichma-
bosqich joriy etish masalasi qo‘yilgan. Bunda imkoniyati cheklangan bolalarning
maktablarga kelishi uchun to‘siqsiz muhit yaratish, yangi quriladigan maktablarni
xuddi shunday sharoitlar bilan qurish, pedagog kadrlar tayyorlash, o‘quv bazasini
takomillashtirish kabi vazifalar belgilangan. Keyingi o‘quv yilida shaharlarda va
Toshkent shahrining tumanlarida joylashgan bittadan umumta’lim maktablarida
inklyuziv ta’lim tizimini joriy qilish, tayanch korreksion sinf ochish reja qilingan.
Ayni paytda ixtisoslashtirilgan maktablarda dars berayotgan o‘qituvchilar
O‘zbekistonda maktablarda hali to‘laqonli inklyuziv ta’lim muhiti, kerakli sharoit,
o‘quv qo‘llanmalar, kadrlar bo‘lmasdan turib, 5 yilda inklyuziv ta’limga o‘tilishi
reja  qilinayotganidan  xavotirda.  Ularning  aytishicha,  ixtisoslashtirilgan
maktablarning o‘zida nogironligi bor shaxslarning harakatlanishi uchun sharoit
yaratilganiga ko‘p bo‘lmadi, darsliklarda muammolar bor.
Shunday o‘qituvchilardan bir guruhi 77-sonli ko‘zi ojiz bolalar maxsus
maktab internatidan Kun.uz'ga o‘z mulohazalarini yuborishdi.
Logotip
bo‘lgan bolalar jalb qilingan ta’lim muassasalarida amaliyot o‘tamayotgani ularning kasbiy tayyorgarlik sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Shunday vaziyatda 86 ta ixtisoslashtirilgan maktabda 21,2 mingdan ortiq, sanatoriy turdagi maktab-internatlarda 6,1 mingdan ortiq, uy sharoitida esa 13,3 ming nafar o‘quvchi uyda ta’lim oladi. 2020-yil statistikasiga ko‘ra, O‘zbekistonda 3,2 mingdan ortiq umumiy o‘rta ta’lim maktablarida 13 ming nafarga yaqin o‘quvchilar inklyuziv ta’lim bilan qamrab olingan. Prezident qarori bilan 2025-yilgacha inklyuziv umumta’limni bosqichma- bosqich joriy etish masalasi qo‘yilgan. Bunda imkoniyati cheklangan bolalarning maktablarga kelishi uchun to‘siqsiz muhit yaratish, yangi quriladigan maktablarni xuddi shunday sharoitlar bilan qurish, pedagog kadrlar tayyorlash, o‘quv bazasini takomillashtirish kabi vazifalar belgilangan. Keyingi o‘quv yilida shaharlarda va Toshkent shahrining tumanlarida joylashgan bittadan umumta’lim maktablarida inklyuziv ta’lim tizimini joriy qilish, tayanch korreksion sinf ochish reja qilingan. Ayni paytda ixtisoslashtirilgan maktablarda dars berayotgan o‘qituvchilar O‘zbekistonda maktablarda hali to‘laqonli inklyuziv ta’lim muhiti, kerakli sharoit, o‘quv qo‘llanmalar, kadrlar bo‘lmasdan turib, 5 yilda inklyuziv ta’limga o‘tilishi reja qilinayotganidan xavotirda. Ularning aytishicha, ixtisoslashtirilgan maktablarning o‘zida nogironligi bor shaxslarning harakatlanishi uchun sharoit yaratilganiga ko‘p bo‘lmadi, darsliklarda muammolar bor. Shunday o‘qituvchilardan bir guruhi 77-sonli ko‘zi ojiz bolalar maxsus maktab internatidan Kun.uz'ga o‘z mulohazalarini yuborishdi.
Oqmurod Otamurodov, informatika fani o‘qituvchisi:
«Bizda ham xuddi chet eldagi kabi imkoniyati cheklangan bolalar uchun
umumta’lim maktablarida sharoit yaratilsa, juda zo‘r bo‘ladi. Lekin bizda ba’zi
muammolar bor. Masalan, kadrlar masalasi. Ko‘rish qobiliyatida muammosi bor
bolalar toifasi  bilan tiflopedagog alohida ishlashi kerak. Bizda hali hatto oliy
ta’limda tiflopedagogikani o‘qitadigan kadrlarning o‘zi yo‘q.
Bundan  tashqari,  o‘qituvchilarni  ham  ruhan  tayyorlab  olish  kerak.
Maktablarda o‘qituvchilar qo‘pincha lider o‘quvchilar bilan ishlashga o‘rgangan.
Ular o‘qituvchini tez ilg‘aydi, tushunadi va yaxshi natijalar ko‘rsata oladi. Sog‘lom
bolalar bilan bir maktabga boradigan imkoniyati cheklangan bolaning esa lider
bo‘la  olish  ehtimoli  kam,  sababi  ular  eshitishga,  ko‘rishga  va  tushunishga
boshqalardan  ko‘ra  ko‘proq  kuch  sarflashi  kerak  bo‘ladi.  SHu  narsalarni
o‘qituvchilar to‘g‘ri qabul qila olishi va ular bilan yaxshi munosabatni yo‘lga qo‘ya
olishi zarur. Buning uchun esa avvalo ularning o‘zi tayyor bo‘lishi kerak. Agar
umuman  imkoniyati  cheklangan  bolaga  dars  o‘tmagan  o‘qituvchining  sinfiga
shunday  bolalar  borsa,  u  dastlab  bola  tilini  tushunmasligi,  uning  qiyin
o‘zlashtirishini  qabul  qila  olmasligi  mumkin.  Shuning  uchun  o‘qituvchilarni
imkoniyati cheklangan bolalar bilan ham ishlashga o‘rgatish lozim».
Baxtiyor Hojiboyev, maktab psixologi:
«Bolaning  inklyuziv  muhitda  boshqalardan  o‘zini  kam  his  qilmasligi,
jismoniy imkoniyati cheklanganidan siqilmasligi uchun sharoit yaratish muhim.
Stadionda boshqalar bilan yugurayotgan zaif ko‘ruvchi bola kimgadir turtilib ketsa,
boshqa bolalar uning ustidan kulishlari kerak emas. Agar kimdir masxara qiladigan
bo‘lsa, bola battar qobig‘iga o‘ralib oladi.
Masalan, qizimning ko‘rish qobiliyatida muammolari bor edi, umumta’lim
maktabida 2-sinfgacha o‘qidi. Lekin uning dars qilishga qiziqishi so‘nayotganini
ko‘rdim. Maktabdan ham hech o‘rtoqlari bilan qaytmasdi, faqat o‘zimiz borib olib
kelardik. U ruhan boshqa tengdoshlari bilan yaqin bo‘la olmadi. Shundan so‘ng
qizimni mana shu ixtisoslashtirilgan maktabga olib keldim. Hozir yaxshi o‘qiyapti.
Umumta’lim  maktabiga  boradigan  imkoniyati  cheklangan  bolalarga
o‘qituvchi alohida yondashishi kerak bo‘ladi. Kichik sinf o‘quvchilari nogironligi
bor  bolalar  haqida  hech  qanday  tasavvurga  ega  bo‘lmaydi.  Ularning  ustidan
Logotip
Oqmurod Otamurodov, informatika fani o‘qituvchisi: «Bizda ham xuddi chet eldagi kabi imkoniyati cheklangan bolalar uchun umumta’lim maktablarida sharoit yaratilsa, juda zo‘r bo‘ladi. Lekin bizda ba’zi muammolar bor. Masalan, kadrlar masalasi. Ko‘rish qobiliyatida muammosi bor bolalar toifasi bilan tiflopedagog alohida ishlashi kerak. Bizda hali hatto oliy ta’limda tiflopedagogikani o‘qitadigan kadrlarning o‘zi yo‘q. Bundan tashqari, o‘qituvchilarni ham ruhan tayyorlab olish kerak. Maktablarda o‘qituvchilar qo‘pincha lider o‘quvchilar bilan ishlashga o‘rgangan. Ular o‘qituvchini tez ilg‘aydi, tushunadi va yaxshi natijalar ko‘rsata oladi. Sog‘lom bolalar bilan bir maktabga boradigan imkoniyati cheklangan bolaning esa lider bo‘la olish ehtimoli kam, sababi ular eshitishga, ko‘rishga va tushunishga boshqalardan ko‘ra ko‘proq kuch sarflashi kerak bo‘ladi. SHu narsalarni o‘qituvchilar to‘g‘ri qabul qila olishi va ular bilan yaxshi munosabatni yo‘lga qo‘ya olishi zarur. Buning uchun esa avvalo ularning o‘zi tayyor bo‘lishi kerak. Agar umuman imkoniyati cheklangan bolaga dars o‘tmagan o‘qituvchining sinfiga shunday bolalar borsa, u dastlab bola tilini tushunmasligi, uning qiyin o‘zlashtirishini qabul qila olmasligi mumkin. Shuning uchun o‘qituvchilarni imkoniyati cheklangan bolalar bilan ham ishlashga o‘rgatish lozim». Baxtiyor Hojiboyev, maktab psixologi: «Bolaning inklyuziv muhitda boshqalardan o‘zini kam his qilmasligi, jismoniy imkoniyati cheklanganidan siqilmasligi uchun sharoit yaratish muhim. Stadionda boshqalar bilan yugurayotgan zaif ko‘ruvchi bola kimgadir turtilib ketsa, boshqa bolalar uning ustidan kulishlari kerak emas. Agar kimdir masxara qiladigan bo‘lsa, bola battar qobig‘iga o‘ralib oladi. Masalan, qizimning ko‘rish qobiliyatida muammolari bor edi, umumta’lim maktabida 2-sinfgacha o‘qidi. Lekin uning dars qilishga qiziqishi so‘nayotganini ko‘rdim. Maktabdan ham hech o‘rtoqlari bilan qaytmasdi, faqat o‘zimiz borib olib kelardik. U ruhan boshqa tengdoshlari bilan yaqin bo‘la olmadi. Shundan so‘ng qizimni mana shu ixtisoslashtirilgan maktabga olib keldim. Hozir yaxshi o‘qiyapti. Umumta’lim maktabiga boradigan imkoniyati cheklangan bolalarga o‘qituvchi alohida yondashishi kerak bo‘ladi. Kichik sinf o‘quvchilari nogironligi bor bolalar haqida hech qanday tasavvurga ega bo‘lmaydi. Ularning ustidan