MILLIY URF-ODAT, QADRIYAT VA AN’ANALAR – TARBIYA ASOSI
Reja
1.Tarbiya darslarida milliy qadriyatlar, urf-odat va marosimlarni o‘rganish
2.Milliy qadriyatlarning shaxs kamolotiga tasiri.
Tayanch tushunchalar: Tarbiya, tarbiya jarayoni, tarbiyaviy ishlar, tarbiya fani,
islohotlar, milliy tiklanish.
Mamlakatimizda jismoniy sog‘lom, ma’naviy yеtuk, har tomonlama uyg‘un va
barkamol rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, intellektual salohiyatga, chuqur bilim va
zamonaviy dunyoqarashga ega, Vatanimizning taqdiri va kelajagi uchun mas’uliyatni
o‘z zimmasiga olishga qodir yosh avlodni tarbiyalab voyaga yеtkazish vazifasini
izchil davom ettirish mas’uliyati, eng avvalo, oila zimmasidadir. Ma’naviy-ruhiy
sog‘lom bolaning dunyoga kelishi masalasiga sog‘lom va ahil oila mehnatining
samarasi sifatida qarab, oilada o‘zaro hurmat va mehr-muhabbat, yuksak axloqiy va
ma’naviy qadriyatlar muhitini shakllantirish bugungi kunda har birimizning vazifamiz
hisoblanadi. Bu vazifani bajarishda milliy va umuminsoniy qadriyatlarning o‘rni
judayam katta. Qadriyatlar jamiyat rivojining negizi, millatning tarixiy taraqqiyotida
erishilgan muvaffaqiyatlarini avloddan avlodga o‘tkazuvchi qudratli omildir. Tarixiy
taraqqiyot bosqichlariga nazar tashlar ekanmiz, har bir jamiyat, davlat o‘zining milliy
qadriyatlarini rivojlantirmay hamda mustahkamlamay turib taraqqiy etmagan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2021-yil 19-
yanvar kuni ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish, bu borada
davlat va jamoat tashkilotlarining hamkorligini kuchaytirish masalalari bo‘yicha
o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida: “Agar jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot
bo‘lsa, uning joni va ruhi ma’naviyatdir. Biz yangi O‘zbekistonni barpo etishga qaror
qilgan ekanmiz, ikkita mustahkam ustunga tayanamiz. Birinchisi – bozor
tamoyillariga asoslangan kuchli iqtisodiyot. Ikkinchisi – ajdodlarimizning boy merosi
va milliy qadriyatlarga asoslangan kuchli ma’naviyat”, – deb e’tirof etdilar. Xo‘sh
qadriyatning o‘zi nima? Qadriyatlar deganda, inson va insoniyat uchun ahamiyatli
bo‘lgan barcha narsalar tushuniladi. Qadriyatlarning mohiyati insonlarning tarixiy
tajriba an’analarini kelgusi avlodlarga to‘la-to‘kis yеtkazish, o‘rgatish, ta’lim-tarbiya
berish orqali izohlaymiz. Shuning uchun milliy ma’naviy qadriyatlarni e’zozlab,
ardoqlab, chin dildan bajarish va ularni o‘z holida saqlash, shu bilan birga,
umuminsoniy qadriyatlarni oila muhitiga uyg‘unlashtirish dolzarb masaladir.
Qadriyatlar mazmunan xilma-xil turlarga bo‘linib, hayotning barcha jabhalarini
qamrab olgan. Jumladan, inson va uning hayoti eng oliy qadriyat hisoblanadi. Inson
yo‘q joyda biror narsaning qadr-qimmati haqida so‘zlashga hojat ham yo‘q. Shuning
uchun ham inson qadr-qimmatini e’zozlash, uning turmushini yaxshilash, bilimi va
madaniy saviyasini rivojlantirish, sog‘lig‘ini saqlash, hayotini himoya qilish
davlatimiz siyosatining asosiy yo‘nalishini tashkil etadi. Farzandlarimiz ongida
axloqiy qadriyatlarni shakllantirish uchun: Vatanga, ota-onaga, o‘tgan avlodlariga
hurmat, muhabbat tushunchalari va tasavvurlarini kengaytirish; burch, vijdon, insof,
mas’uliyat haqidagi tasavvurlarni vujudga keltirish; do‘stlik, o‘rtoqlik, qo‘ni-
qo‘shnichilik munosabatlari haqidagi tasavvurlarni kengaytirish hal qilinishi kerak
bo‘lgan dastlabki vazifadir. Estetik qadriyatlar farzandlarimizning estetik sezgi va
idrokini tarbiyalash, tashqi va ichki go‘zalligini shakllantirishdir. Ularda estetik
qadriyatlarni shakllantirish uchun: bola ongida ota-bobolarimizdan bizgacha yеtib
kelgan amaliy, me’morchilik, musiqa va san’at asarlarini, shuningdek, turli
xarakterdagi bayramlarni asrab-avaylash tuyg‘usini shakllantirish; go‘zallikka baho
berish, haqiqiy go‘zallikni soxta go‘zallikdan ajrata olish; tabiatning nozik, nafis
go‘zalliklarini ko‘rish, his etishni rivojlantirish talab etiladi. Qadriyatlar amal qilish
doirasiga ko‘ra, milliy va umuminsoniy turlarga bo‘linadi. Insonning qaysi millatga
mansub ekanligi haqida tasavvuri faqat g‘oyagina emas, balki tuyg‘u hamdir. Insonda
milliy ong Marufova Gulnora Maxmudovna, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash
vazirining birinchi o‘rinbosari “Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va
umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari” mavzusidagi respublika ilmiy-
amaliy anjumani materiallari to‘plami 5 va g‘urur bo‘lmasa, u o‘zining qaysi millatga
mansubligini his etmasa, uning milliy qadriyatlarini anglashini tasavvur qilish qiyin.
Shu bilan birga, hammamiz yana bir haqiqatni anglab yеtmoqdamiz, ya’ni faqatgina
chinakam ma’rifatli odam inson qadrini, millat qadriyatlarini, bir so‘z bilan aytganda,
o‘zligini anglashi, erkin va ozod jamiyatda yashashi, mustaqil davlatimizning jahon
hamjamiyatida o‘ziga munosib obro‘li o‘rin egallashi uchun fidoyilik bilan kurashishi
mumkin. Qadimdan bir ma’naviy ruhiy iqlimdan nafas olib kelgan xalqimizning,
ayniqsa, bugungi mas’uliyatli davrda aql, zakovat va shijoat, dunyoviy salohiyat va
milliy g‘urur talab etiladigan bir pallada yana ham yaqinroq va yana ham mehr
oqibatliroq bo‘lishlari lozimligini hayotning o‘zi taqozo qilmoqda. Umuminsoniy
qadriyatlar milliy qadriyatlardan mazmun jihatdan chuqur va keng bo‘lib,
umumbashariy ahamiyat kasb etadi. Umuminsoniy qadriyatlar jahondagi barcha
millatlar, elatlar va xalqlarning maqsad va intilishlariga muvofiq keladi.
Umuminsoniy qadriyatlar turkumiga insoniyat sivilizatsiyasining taraqqiyoti bilan
bog‘liq bo‘lgan umumbashariy muammolar kiradi. Ulardan eng asosiylari – yеr
yuzida ilm fanni taraqqiy ettirish, tinchlikni saqlash, xalqaro xavfsizlikni ta’minlash,
turli kasalliklarning oldini olish, tabiatni muhofaza qilish, qashshoqlik va
savodsizlikka barham berish, sanoat xomashyosi, energiya manbalari va oziq ovqat
bilan ta’minlash, koinot va jahon okeani resurslarini o‘zlashtirish, dunyo miqyosida
ahamiyatga ega bo‘lgan nodir san’at asarlari, xalq amaliy san’ati, me’morchilik va
musiqiy asarlarni saqlash va kelgusi avlodga yеtkazish kabi muammolar kiradi. Ota-
bobolarimiz tomonidan yaratilgan badiiy, me’morchilik va ma’naviy asarlar har
qanday dur-u javohirlardan ham qimmatliroq boylikdir. Ushbu boyliklar asrlar
davomida unga xizmat qilyapti. Eramizdan oldin Afina demokratiyasi inqirozga
uchraganida yunon faylasuflari qadriyat masalasini ko‘targan edi. Ular ijtimoiy-
siyosiy, huquqiy tafakkur tarixida birinchi bor “inson – oliy qadriyat”, deb
ko‘rsatdilar, olamdagi barcha jihatlarni “insoniylik mezoni” bilan o‘lchashni targ‘ib
etdi. Buyuk mutafakkir Suqrot esa “qadriyat nima?”, degan savolga “har bir
insonning o‘zligini anglashi”, deb javob berdi. Qadriyatlarning shakllanish makoni
bo‘lgan oila va unga xos bo‘lgan qadriyatlar tizimi jamiyatning kelajagini belgilab
beradi. Kelajak avlod haqida qayg‘urish, sog‘lom, barkamol naslni tarbiyalab
yеtishtirishga intilish bizning milliy xususiyatimizdir. Bu muqaddas zaminda
yashayotgan har bir inson o‘z farzandlarining baxt-u saodati, fazl-u kamolini ko‘rish
uchun butun hayoti davomida kurashadi, mehnat qiladi. Oila hayotning abadiyligi,
avlodlarning davomiyligini ta’minlaydigan, muqaddas urf odatlarimizni
sayqallaydigan, shu bilan birga, kelajak nasllar qanday shaxs bo‘lib yеtishishiga
bevosita ta’sir ko‘rsatadigan tarbiya o‘chog‘idir. Oilaga xos an’analar, qadriyatlar,
urf-odatlar
bola zuvalasini
shakllantiradi. Mustaqil
Respublikamiz
Konstitutsiyasining XIV bobi Oilaga bag‘ishlangan bo‘lib, o‘zbek oilasi va
munosabatlariga doir barcha masalalar to‘laligicha hamda asosli huquqiy himoyani
o‘zida mujassam etgan. Konstitutsiyada o‘zbek oilasining shakllanishidan boshlab
tomonlarning teng huquqliligi, nikoh tuzishdagi erkin roziliklari, ota-onalar
tomonidan bolalarning ta’minoti va tarbiyasi, farzandlar tomonidan o‘z ota-onalariga
g‘amxo‘rlik qilish kabi masalalar o‘z ifodasini topgan. Shuni g‘urur va faxr bilan
ta’kidlashimiz mumkinki, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining XIV bobi
66-moddasida: “Voyaga yеtgan, mehnatga layoqatli farzandlar o‘z ota-onalari haqida
g‘amxo‘rlik qilishga majburdirlar”, – deb ko‘rsatilishi aynan milliy qadriyatimizning
qonunda aks etishidir. O‘zbek oilasining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri oilada yoshi
ulug‘ qariyalar – bobo va buvilarning yuksak mavqe va martabaga egaligi bo‘lib, ular
hamisha izzat-ikrom qilinadi, barcha masalalarda ular bilan maslahatlashib, so‘ng ish
boshlashga amal qilinadi. O‘zbek oilasiga xos mazkur xarakterli xususiyatlarni
alohida e’tirof etib o‘tishdan maqsad shuki, “oila tarbiyasi”ning o‘ziga xos qirralari
ana shundagina to‘la-to‘kis namoyon bo‘ladi. Bu tarbiya jarayonida milliy-madaniy
merosning qanday o‘rin tutishi, salmog‘i, ahamiyati xususida asosliroq fikr yuritish
imkoniyati paydo bo‘ladi. Jumladan, oilada erning mavqeyi balandligi, ayol ham
o‘zining haq-huquqlariga egaligi, farzandlarning ota-onani hurmat qilishini olaylik.
Ko‘p yillar davomida ota-bobolarimiz qalbiga singib ketgan ushbu qadriyatlarni
bugun yanada sayqallash kerakligini zamon talab etmoqda. Ayniqsa, shiddat bilan
o‘zgarib borayotgan hozirgi zamonda bema’ni ta’sirlar ko‘payib, ularning
“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni
shakllantirish masalalari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari
to‘plami 6 inson va jamiyat hayotida salbiy oqibatlari misli ko‘rilmagan darajada
kuchayib bormoqda. Ayni shu davrda oilaning jamiyatdagi o‘rni juda muhimdir.
Vatan tuprog‘i oiladan boshlanadi. Farzandlarimizning axloqiy qiyofasiga salbiy
ta’sir etadigan ba’zi noxushliklarni ota-onalar seza bilmog‘i lozim. Farzandlar oilaviy
axborot vositalari, matbuot, ilmiy anjuman yangiliklari, badiiy adabiyotlar turlaridan
foydalanishlari uchun oilada kerakli shart-sharoit yaratsak, oiladagi muhit yanada
yaxshilanadi. Bizningcha, Yangi O‘zbekiston barpo etilayotgan hozirgi sharoitda
milliy oilaviy qadriyatlarning o‘rni har qachongidan ham ortib bormoqda. Xulosa
qilib aytganda, milliy va umuminsoniy qadriyatlar jamiyat rivojiga va uning negizi,
millatning tarixiy taraqqiyotida erishilgan muvaffaqiyatlarini avloddan avlodga
yеtkazuvchi qudratli omildir. Shunday ekan, oilada farzandlarimiz bolalik, o‘smirlik,
balog‘at sari borishlarida ibratli dovondan o‘tishi uchun farzandlarimizga to‘g‘ri
yo‘lni ko‘rsatguvchi bir mayoq bo‘laylik.[Marufova Gulnora Maxmudovna,Mahalla
va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirining birinchi o‘rinbosari]
Respublikamizda umuminsoniy qadriyatlar va milliy madaniyatimizni asoslarini
e’tiborga olib ta’lim-tarbiya mazmunini va milliy mafkurani shakllantirib boorish
imkoniyatlari yaratilmoqda. Bunga xalq og’zaki ijodi, pedogogikasi, mutafakkir,
ma’rifatparvar pedagog va olimlarning tarbiyaga axloq-odobga doir g’oyalarini
o’rgatib komil insonni ishlari amalga oshmoqda.”Kelajak bugundan boshlanadi”3
deydi dono xalqimiz. Yosh avlodni kelgusi hayoti uni inson qilib ko’rsatuvchi ruhiy
va ma’naviy jarayonning mezonini belgilaydi. Bu borada ta’lim-tarbiya
samaradorligini oshirish va dunyo talablari darajasiga olib chiqish ta’limni ilg’or
tajribalar asosida boyitib borish, yangi pedagogic tajribalar asosida olib boorish
ayniqsa muhimdir.
Xalq musiqasi og’zaki ijodiyoti, an’analari,urf-odatlari asosida barkamol avlodni
voyaga yetkazish ularni ko’proq o’z millatini sevishga g’ururlanishga shorqano g’oya
va ta’limotlarni o’rganib ularni kelajakka tadbiq etishga zamin yaratiladi.
Mustaqil Respublikamizda milliy madaniyatimizni o’ziga xosligini tiklash,
umumta’lim maktablarida o’quvchilarni badiiy, axloqiy tarbiyalash va kamol toptirish
hozirgi kunda dolzarb vazifalardan biridir. Ma’naviy yetuk millat qadriyatlarini
to’g’ri baholashga va uni yanada rivojlantirish imkoniyatiga ega bo’ladi. Demak,
jamiyat ma’naviyatining o’sishi qadriyatlardan keng foydalanish uchun shart-
sharoitlarni yaratib,qadriyatlarni yanada rivojlantirishga zamin hozirlaydi.Qadriyatlar
ta’rifidan kelib chiqib, umuminsoniy qadriyatlarni quyidagicha ta’riflash mumkin.
Umuminsoniy qadriyatlar-millat uchun muhim axamiyatga ega bo’lgan etnik jihat va
xususiyatlar bilan bog’liq holdagi qadriyat shaklidir. Umuminsoniy qadriyatlar
millatning tarixini yashash tarsi, ma’naviyati, madaniyati orqali namoyon bo’ladi.
Ta’lim jarayonida umuminsoniy qadriyatlar ijtimoiy-tarixiy hodisani ifodalaydi.
Ma’naviyat milliy urf-odatlar, tarbiya an’analari, axloq-odob aqidalari, e’tiqod,
madaniy-ma’rifiy jarayonlar majmuasidir.
Ta’lim tarbiya jarayonida ma’naviy qadriyatlar ijtimoiy tarixiy hodisani
ifodalaydi. Umuman xulosa qilib aytganda bugungi yoshlarni mustaqillik ruhida
tarbiyalashdan maqsad, ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirish bilan birga
jamiyatimizning iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy salohiyatini ko’tarishga xizmat qiladi.
O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligiga erishuvi ta’lim va tarbiyani milliy
shakllantirishga va rivojlantirishga keng yo’l ochib berdi. Milliy tarbiya nazariyasi
o’z qoidalarini asoslash uchun falsafa, adabiyot, etika, estetika, pedagogika,
psixologiya kabi fanlardan foydalanadi. Milliy tarbiya hayotning moxiyati ichki aloqa
va munosabatlarini aks ettiradi.Bugungi kunda shunchaki bilim egasi bo’lgan yoshlar
emas, ijodkor, iste’dodi bilan ajralib turuvchi o’quvchilarni tarbiyalash zamon
talabidir. Maktabda ta’lim olish davrida milliy tarbiya o’quvchilarni turli
qobilyatlarini rivojlantiradi. Tabiatga, jamiyatga qarash tizimi tarkib topadi, jismoniy
kuch quvvatlari yanada mustahkamlanadi. jiga kata e’tibor bergan O’rta Osiyolik
mashhur musiqachilar orasidagi olim rBolaning Yoshi ulg’aygan sari bu faoliyat
tobora ko’proq mustaqil xususiyatga ega bo’lib boraveradi. Tabiat va jamiyat
turmushda uchraydigan hodisa va sharoitlarni tushunishga ham idrok etib o’z
atrofidagilarga munosabatda bo’lishiga ko’nikib boradi.Umuminsoniy qadriyatlar
asosida milliy tarbiyaning mazmuni va tashkil etilishi quyidagi vazifalarda o’z aksini
topadi;
1.Tarbiyaning ma’lum maqsadga qaratilganligi.
2. Tarbiyaning insonparvarlik qoidalari.\
3. Tarbiyaning hayot bilan va mehnat bilan bog’liqligi.
4. Tarbiyada milliy madaniy va umuminsoniy qadriyatlarining ustuvorligi.
5. O’quvchilarni yoshi, sinfi, psixologik, fiziologik xususiyatlarini hisobga olish.
Musiqa san’atining muhim xususiyatlaridan biri shundaki, insonning his-
tuyg’ularini, kechinmalarini o’ziga xos badiiy tilda ifodalaydi. O’quvchilarni
qiziqtiradigan, o’ziga jalb etadigan, zavqlantiradigan sharoit yaratadi. Ulardagi milliy
tarbiyaga oid his-tuyg’ularni o’stirishda muhim ahamiyat kasb etadi.Umumta’lim
maktablarining musiqa madaniyati darslarida umuminsoniy qadriyatlar tarbiyasi kuy-
qo’shiqlar yordamida hakllanadi.Bunday asarlarga DTS musiqa dasturiga kiritilgan
qo’shiq va tinglash uchun asarlarni misol keltirishimiz mumkin. “Salom maktab” Sh.
Yormatov musiqasi, “Paxtaoy” F. Nazarov musiqasi,”O’zbekistonim” Sh.
Ramazonov musiqasi, “Oy Vatanim” E.SHvarts musiqasi, “Ex orzular”
N.Norxo’jayev musiqasi kabi qo’shiqlar o’quvchilarda vatanga muhabbat, milliy
qadriyatlarga xurmat tuygularini tarbiyalaydi. Umumta’lim maktablarida
umuminsoniy qadriyatlarni o’quvchilarga tanishtirib borishni ahamiyati
katta.Boshlang’ich sinflarda umuminsoniy qadriyatlarni o’rganishda suhbat, hikoya,
savol-javob va qo’shimcha adabiyotlardan unumli foydalanish lozim. Umuminsoniy
qadriyatlar asosida ommaviy kuy-qo’shiqlarni o’rganishdan oldin ularga asar
xususiyatini badiiy-g’oyaviy kelib chiqish tarixi haqida qisqacha suhbat o’tkazish
maqsadga muofiqdir. Umuminsoniy qadriyatlarni o’rganishda boshqa fanlar bilan,
masalan, adabiyot darslarida o’tiladigan mavzular bilan bog’lab olib borish maqsadga
muvofiqdir. To’rtinchi sinf o’quvchilari bilan xalq musiqa san’atining asosiy
xususiyatlari, ommaviy janrlari, an’analari haqida tushuncha berib, ular uzoq tarixga
ega ekanliklarini soda, ravon, yorqin ohangda ijro etilishini tushuntirish shuningdek
ularni ijro etadigan hofizlar, xonandalar, folklore guruhlar haqida savol-javoblar
o’tkazish kerak. Milliy va umuminsoniy qadriyatlar xalqimizning milliy iftixori
hisoblanadi.
Asrlar davomida mehnat, kurash va ijod jarayonida u kishilarni ezgulikka
yetaklovchi ilhom manbai bo’lib kelmoqda. Musiqa tilsiz falsafa deb bejiz
aytilmagan.Inson qo’shiq bilan, musiqa bilan tirik. Kuy-qo’shiqlarsiz hayotning
mazmunini, atrofdagi go’zallikni tasavvur etish qiyin.Qo’shiq zavq ehtiyoji, eng
go’zal, eng oliyjanob orzu va hayotiy g’oya hayqirig’idir. Musiqa madaniyati
darslarida umuminsoniy qadriyatlar o’quvchilarni dunyoqarashi, musiqiy didini
rivojlantiradi.
1. Umuminsoniy qadriyatlar o’quvchilarda milliy kuy-qo’shiqlarga ixlos
uyg’otadi. Ularni musiqiy qobiliyatlarini ritm tiyg’usini o’stirib, musiqiy o’quvi va
didini o’stiradi