Milliy va umuminsoniy qadriyatlar tarbiyasi. Tarbiyada milliy g‘oya
asoslari
Reja:
1. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini milliy qadriyatlar asosida tarbiyalash va
ular ongiga umuminsoniy qadriyatlarni singdirish.
2. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida
tarbiyalanganlik darajasini baholash.
3. O‘zbekistonning yangi milliy g‘oyasi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari
tarbiyasida milliy g‘oya asoslari.
4. O‘quvchilarning milliy g‘oya asosida tarbiyalanganligini aniqlash
indikatorlari.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini milliy qadriyatlar asosida tarbiyalash.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Insonparvarlik, ezgulik
va bunyodkorlik – milliy g‘oyamizning asosiy poydevoridir” kitobida hozirgi
zamon ta’lim jarayonimizda yosh avlodni milliy qadriyatlar asosida tarbiyalash
vazifasini qo‘ygan.
Milliy qadriyatlar – bu xalqimizning azaldan amal qilib kelayotgan fazilatlari,
odatlari va turmush-tarzimizning madaniy an’analari majmuidir. Shu ma’noda
tarbiya jarayonida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida quyidagi fazilatlarni
shakllantirish taqozo etiladi:
- insonni qadrlash;
- Vatanni sevish;
- o‘zgalarni hurmat qilish;
- o‘z manfaatlaridan o‘zgalar manfaatlarini ustun qo‘yish;
- mehnatsevarlik.
Bu fazilatlar xalqimizning mintalitetiga, ya’ni tabiatiga singib ketgan. Har bir
oilada ularga amal qilishga harakat qilinadi. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining
asosiy vazifasi o‘quvchilar ongiga ana shu fazilatlarni chuqurroq singdirishdan
iborat.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini halqimizga xos bo‘lgan quyidagi
odatlarni singdirish taqozo etiladi:
- jamoa bo‘lib yashash;
- qo‘shnini hurmat qilish;
- yaxshilikni baham ko‘rish;
- molparastlik va boylikka o‘ch bo‘lmaslik;
- halol mehnat evaziga yashash;
- biror kasb yoki hunarning egasi bo‘lish.
Mazkur odatlar xalqimizning milliy tabiatiga mos ekanligini xorijlik
mutafakkirlar ham e’tirof etadi. Misol uchun, buyuk qirg‘iz yozuvchisi Chingiz
Aytmatov “Qiyomat” asarida “o‘zbeklarning odatlari turkiy xalqlar uchun Bobil
vazifasini o‘tagan”, - deb yozadi. Ma’lumki, insoniyatning madaniylashuvi hozirgi
Osiyoda mavjud bo‘lgan Bobil nomli davlatdan boshlangan. Ya’ni insoniyat
vahshiylik tuzumidan insoniylik tuzumiga o‘tgan.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari xalqimizga xos bo‘lgan quyidagi madaniy
turmush-tarz an’analari bilan tanishtirilishi kerak:
- hamisha pok yurish, pok kiyinish va pokizalikka rioya qilish;
- muhtojlarga moddiy va ma’naviy yordam berish;
- o‘ziga ravo ko‘rganni o‘zgalarga ham ravo ko‘rish;
- oziq-ovqatlarni birovlar bilan baham ko‘rish;
- odamlarga yaxshi va yomon kunlarida bir xil munosabatda bo‘lish;
- oilani muqaddas bilish.
Bu an’analar o‘quvchilar ongini nafaqat ijtioiylashtiradi, balki ularda milliy
ruhning tarkib topishida muhim o‘rin tutadi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini milliy qadriyatlar asosida tarbiyalashda ana
shu tayanchlarga asoslaniladi. Ayni paytda, mamlakatimizda yashayotgan 130
millat va elatlarning milliy qadriyatlariga ham hurmatda bo‘lish ruhi o‘quvchilarga
singdiriladi. Chunki bu xalqlarning milliy qadriyatlari ham xalqimizning
qadriyatlariga mos tushadi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ongiga umuminsoniy qadriyatlarni
singdirish. Ong bu – shaxsning miya organida yuzaga keladigan tushunchalari,
fikrlari va odatlari majmuidir. Shu jihatdan boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining
ongi pedagoglarimiz to‘g‘ri ta’kidlashganidek, yozilmagan oq qog‘ozga
o‘xshaydi. Mazkur masala 7-11 yoshli o‘quvchilar ongiga maqsadli va muddaoli
qadriyatlarni shakllantirishni taqozo etadi. Bu borada umuminsoniy qadriyatlar
ham muhim o‘rin tutadi.
Umuminsoniy qadriyatlar – bu dunyoda yashovchi xalqlarning tajribasidan
o‘tib o‘zgalar tomonidan qabul qilingan yondashuvlar majmuidir.1 Shu sababli
Prezidentimiz yoshlar tarbiyasida umuminsoniy qadriyatlarga e’tibor berishni
tavsiya etadi.2
Rus pedagogi va psixologi A.Rubinshteyn ongning miya, aql va his-tuyg‘udan
iboratligini ta’kidlaydi. Shu sababli 7-11 yoshli o‘quvchilar ongini
shakllantirishda quyidagi umuminsoniy qadriyatlarning o‘rni muhimdir:
-
birodarlik;
-
tinchliksevarlik;
-
bag‘rikenglik.
Birodarlik qadriyati barcha xalqlar uchun zaruriyat bo‘lib, unda har bir
xalqning buguni, o‘tmishi va kelajagiga oid yondashuvlar ifodalanadi. Shu sababli
Birlashgan Millatlar Tashkilotining ta’lim dasturlarida umuminsoniy birodarlik
qadriyatini har bir xalq va millatning farzandlari o‘zlashtirishi qayd etilgan.
Tinchliksevarlik qadriyati insoniyatning hayotida muhim o‘rin tutadi. Shu
sababli jahon Pedagogika fanida shaxsning ongiga tinchliksevarlik qadriyatini
1 Қаранг: Маънавият: асосий тушунчалар изоҳли луғати. – Тошкент, 2009
2 Мирзиёев Ш.М. Инсонпарварлик, эзгулик ва бунёдкорлик – миллий ғоямизнинг асосий пойдеворидир. –
Тошкент, 2021.
singdirish birlamchi masalalardan hisoblanadi. Biroq, bugungi kunda rivojlanish
jarayonidan ortda qolayotgan mamlakatlarda yoshlarning tarbiyasida
tinchliksevarlik qadriyatini singdirish sust kechmoqda. Shu sababli bugungi
kunda pedagog olimlar Afg‘oniston, Suriya kabi mamlakatlardagi yoshlarning
tinchliksevarlik qadriyati ko‘nikmasi past ekanligidan tashvish bildirmoqda.
Mamlakatimizda bu qadriyat ta’lim siyosatining asosiy tayanchlaridan biri sifatida
belgilangan.
Bag‘rikenglik shaxsda diniy, milliy va umuminsoniy g‘oyalarni
shakllantirishga asoslanadi. Bag‘rikenglikning diniy mazmuni bir jamiyatda turli
dinlarga e’tiqod qilish bilan belgilanadi. Bag‘rikenglikning milliy mazmuni bir
jamiyatda turli xalqlar va elatlarning birga yashashi bilan izohlanadi.
Bag‘rikenglikning umuminsoniy mazmuni dunyodagi barcha xalqlarning o‘zaro
do‘stligi va hamkorlikda yashashidan iborat. Bu g‘oyalar boshlang‘ich sinf
o‘quvchilari ongiga singdirilsa, kelgusida uni o‘z jamiyati va insoniyat hayoti
uchun mas’uliyat sezadigan shaxslar sifatida shakllanadi.
Umuman O‘zbekistonning ta’limga oid davlat siyosatida umuminsoniy
qadriyatlarni yoshlar ongiga singdirish asosiy yo‘nalishlardan biri hisoblanadi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining milliy va umuminsoniy
qadriyatlar ruhida tarbiyalanganlik darajasini baholash. Boshlang‘ich sinf
o‘quvchilarining milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashning
samarasi o‘quvchilarning keyingi ta’lim bosqichlariga tayyorgarligi bilan
baholanadi. O‘zbekistonning hozirgi ta’lim tizimida boshlang‘ich sinfni
bitiruvchilar ta’limning quyidagi turlariga tayyorlanadi:
- o‘rta umumta’lim maktablariga;
- Prezident maktablariga;
- ijod maktablariga;
- ixtisoslashtirilgan maktablariga.
Bu ta’lim turlariga boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini tayyorlash jarayonida
aynan ularning milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalanganligi muhim
o‘rin tutadi. Shu sababli bu qadriyatlar asosida tarbiyalanganlik darajasini
baholashning quyidagi indikatorlarini belgilash mumkin:
- boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining milliy qadriyatlarni bilishi;
- mazkur toifa o‘quvchilarning umuminsoniy qadriyatlardan xabardorligi;
- o‘quvchilarning milliy va umuminsoniy qadriyatlarga rioya qilish
ko‘nikmasiga egaligi;
- o‘quvchilarning o‘z millati va o‘zga millatlarni hurmat qilishi.
Bu indikatorlar boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining milliy va umuminsoniy
qadriyatlar ruhida tarbiyalanganlik darajasini belgilab beradi. Shu sababli
boshlang‘ich sinf sinf rahbarlarining vazifalari kengayadi va yaqinda qabul
qilinishi kutilayotgan “O‘qituvchi maqomi to‘g‘risida”gi Qonuni asosida
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining tarbiyalanganlik darajasini o‘rganib borish Sinf
rahbarining asosiy vazifalaridan biri sifatida belgilanmoqda.
Pedagogik adabiyotlarda “indikator” tushunchasi ta’lim va tarbiyaning sifat
ko‘rsatkichini belgilovchi atama sifatida ishlatiladi. Shu ma’noda boshlang‘ich sinf
o‘quvchilarini milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash ishida aynan
indikatorlarga, ya’ni ushbu ruhda tarbiyalanganlik darajasining sifat ko‘rsatkichiga
e’tibor berish muhim ahamiyatga ega. Bunda quyidagilarga asoslanish lozim:
- o‘quvchi ongi va yurish-turishida xalqimiz tabiatiga xos bo‘lgan milliylik,
urf-odat va odoblar majmuining shaklanayotganligi;
- o‘quvchi axloqida va axloqiy munosabatlarida xalqimizning madaniyatida
mavjud bo‘lgan o‘zgalarni hurmat qilish, shaxsiy manfaatlarni ustuvor qo‘ymaslik
va o‘zgalarga doimo yordamga tayyor turish kabi umuminsoniy yondashuvlar
shakllanayotganligi;
- o‘quvchining xatti-harakati va jamoaga moslashuvida jamoaning tartib-
intizomiga va umumiy harakatlariga moslik shakllanayotganligi;
- o‘quvchining dunyoqarashida o‘zlikni anglash va indeal maqsad-
muddaolarga intilish xislatlari shakllanayotganligi.
Bularning barchasi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini milliy va umuminsoniy
qadriyatlar ruhida tarbiyalash ishini indikatorlar asosida amalga oshirish
imkoniyatlarini beradi. Shu sababli bu asoslar aynan oliy pedagogik ta’lim
jarayonida talabalar tomonidan o‘zlashtirilishi shart.
Umuman milliy va umuminsoniy qadriyatlar tarbiyasi vositasida boshlang‘ich
sinf o‘quvchilarining dunyoqarashi, axloqi va amaliy ko‘nikmalarini shakllantirish
jamiyatning eng muhim ehtiyojlaridan biri hisoblanadi.
O‘zbekistonning yangi milliy g‘oyasi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Shavkat Mirziyoyevning taklifi va tashabbusi bilan 2021-yilda O‘zbekistonning
yangi milliy g‘oyasi qabul qilindi3. Bu yangi milliy g‘oyaning asosiy tamoyillari
quyidagilardan iborat:
- insonparvarlik;
- ezgulik;
- bunyodkorlik.
Insonparvarlik g‘oyasining mazmuni insonni qadrlash, uning
sha’nini hurmat qilish, huquqlarini ro‘yobga chiqarish va unga munosib hayot
sharoitini yaratib berish tashkil etadi. Insonparvarlik g‘oyasi ta’lim tizimida
bolaparvarlik, bola huquqlarining ustuvorligi va bolaga yo‘naltirilgan ta’limni
amalga oshirish bilan ro‘yobga chiqadi. Ayni paytda, boshlang‘ich sinf
o‘quvchilarining ongida insonparvarlik g‘oyasi shakllantiriladi va ular insonni
sevishga hamda hurmat qilishga ko‘niktiriladi.
Ezgulik
g‘oyasining mazmunini “Avesto” kitobimizda
belgilanganidek, ezgu niyat, ezgu fikr va ezgu amal tashkil etadi. Bunda ezgu
so‘zi yaxshilik, yaxshilik va yomonlikni farqlash, imkon qadar yaxshilikka intilish
ma’nolarini anglatadi. O‘zbekiston pedagogik tajribasida Ezgulik g‘oyasi tarbiya
jarayonining negizi sifatida qabul qilingan. Shu ma’noda boshlang‘ich sinf
o‘quvchilarining ongi va axloqida yaxshi niyat, to‘g‘ri fikrlash va orzu-umidlarni
shakllantirish bilan Ezgulik g‘oyasi asosida tarbiya jarayoni amalga oshiriladi.
Bunyodkorlik g‘oyasining mazmuni har bir kishining erkin va
farovon yashashi, jamiyatning demokratik tuzumga ega ekanligi hamda xalqning
e’tiqod erkinligi huquqi bilan ta’minlanganligidan iborat. Boshlang‘ich sinf
o‘quvchilarining ongida bunyodkorlik g‘oyasi erkinlik, hurlik va mustaqil
fikrlikka ko‘niktirish bilan singdiriladi.
E’tibor berilsa, O‘zbekistonning yangi milliy g‘oyasida umuminsoniy
g‘oyalar va qadriyatlar mujassam bo‘lgan. Shu sababli boshlang‘ich ta’limda
tarbiya jarayonini amalga oshirishda mazkur milliy g‘oyaga asoslanish taqozo
etiladi.
3 Мирзиёев Ш.М. Инсонпарварлик, эзгулик ва бунёдкорлик-миллий ғоямизнинг асосий пойдеворидир. –
Тошкент, 2021
Rossiyalik rus mutafakkir pedagogi K.D.Ushinskiy “Ijtimoiy
tarbiyada xalq ruhi haqida” nomli asarida XIX asrda Yevropaning quyidagi
xalqlarida mavjud bo‘lgan va hozir ham yashovchan bo‘lib kelayotgan quyidagi
milliy g‘oyalarning tarbiyadagi ahamiyatini alohida ta’kidlab ko‘rsatadi:
1) Germaniyada ta’lim tizimidagi tarbiya jarayonida haqgo‘ylik milliy
g‘oyasiga asoslanishi;
2) Angliyada har bir shaxsni oliyjanoblik ko‘nikmasi bilan tarbiyalash milliy
g‘oyasiga asoslanishi;
3) Fransiyada ma’rifatparvarlik milliy g‘oyasiga asoslanishi;
4) AQSHda pragmatizm, ya’ni hayotiy haqiqatlarga asosan milliy tarbiyani
amalga oshirishi;
5) Italiyada dunyo xalqlarini hurmat qilish milliy g‘oyasiga asosan tarbiya
jarayonini amalga oshirishi tahlil qilib berilgan.
Shu jihatdan O‘zbekistonning yangi milliy g‘oyasi tarbiya jarayonining
jahon Pedagogikasi tajribasi asosida amalga oshiriladi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari tarbiyasida milliy g‘oya asoslari.
O‘zbekistonning yangi milliy g‘oyasi asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilari yangi
avlod vakillari sifatida tarbiyalanadi. Bu tarbiyaning mexanizmlari quyidagicha,
boshlang‘ich sinf o‘quvchilari:
1) ongida – insonparvarlik g‘oyasining ustuvor bo‘lishi;
2) axloqida – ezgulik fazilatlarining tarkib topishi;
3) dunyoqarashida – bunyodkorlik g‘oyalarining shakllanishi.
E’tibor berilsa, milliy g‘oya asoslari boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining
ongini, axloqini va dunyoqarashini to‘g‘ri shakllantirishga asoslanadi. Shu sababli
7-11 yoshli shaxslarning milliy g‘oya asosida tarbiyalash boshlang‘ich ta’lim
o‘quv fanlari va ayniqsa, “Tarbiya” fanini o‘qitish jarayonida amalga oshiriladi.
Mamlakatimizda ilk bor nashr etilgan boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun
mo‘ljallangan “Tarbiya” fani darsliklarida aynan milliy g‘oyaning asosiy
tamoyillariga tayanilgan.
Bizning yondashuvimizga ko‘ra, milliy g‘oya asosida boshlang‘ich sinf
o‘quvchilarining xarakteri ham shakllantirilishi kerak. Bunda pedagogik
psixologiyada qabul qilingan temperamentlarni milliy g‘oya asosida
shakllantirishga asosiy e’tibor qaratilishi kerak. Bu tempetamentlar
quyidagilardir:
- sangvinik (bosiqlik);
- xolerik (jo‘shqin);
- melanxolik (tashvishsizlik);
- flegmatik (oqibatlilik).
Bu temperamentlarning shaxs hayotida muhim o‘rni mavjud. Shu
sababli boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining xarakterini shakllantirishda milliy
g‘oya asosida aynan ana shu temperamentlarning imkoniyatlariga tayanish
kutilgan samarani beradi.
Jahon Pedagogika fani tajribasida shaxsning xarakterini
shakllantirishga doir juda ko‘p tajribalar bor. Shulardan biri aniq milliy g‘oya
asosida shakllantirishdir. Mamlakatimizda qabul qilingan milliy g‘oyamizning
shaxs xarakterini shakllantirishdagi o‘rni masalasiga doir nazariy-metodologik
ishlanmalar yaratish taqozo etiladi.
O‘quvchilarning milliy g‘oya asosida tarbiyalanganligini
aniqlash indikatorlari. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini milliy g‘oya asosida
tarbiyalash tarbiya jarayonining negizini tashkil etadi. Ammo asosiy masala
o‘quvchilarning tarbiyalanganlik darajasini aniqlash bilan bog‘liqdir. Chunki
bugungi o‘quvchi Internet vositasida juda ko‘p va keng axborotlar olamida
yashamoqda. Bu axborotlarning nisbatan ko‘pchiligi haqqoniylikdan yiroqligi
ma’lum. Masalan, Internet tarmoqlarida vahshiylik, hudbinlik va o‘zni unutishga
da’vat qiluvchi mulьtimediya axborotlari bor. Shu sababli boshlang‘ich sinf
o‘quvchilarini milliy g‘oya asosida tarbiyalanganligini aniqlash indikatorlari
shakllantirilishi lozim.
Mazkur masalada bizning yondashuvimiz quyidagicha:maxsus
tuzilgan So‘rovnoma asosida o‘quvchilarning milliy g‘oya asosida
tarbiyalanganligini quyidagi indikatorlar asosida aniqlash mumkin:
1)bolaning ongida insonparvarlik tushunchasining mavjudligi;
2)bolaning axloqida ezgulik fazilatlarining tarkib topayotganligi;
3)bolaning
dunyoqarashida
bunyodkorlik
tushunchasining
shakllanganligi.
Bu indikatorlar boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining milliy g‘oya
asosida tarbiyalanganlik darajasini belgilaydi. Bu o‘rinda e’tiboringizga namuna
sifatida quyidagi Savolnomani taqdim etamiz:
1.
Siz o‘rtog‘ingizga yaxshilik qilishni istaysizmi?
A. Ha
B. Yo‘q
V. Bilmayman
2. Siz odamlar bilan birga bo‘lishni hoxlaysizmi?
A. Bilmayman.
B. Yo‘q
V. Ha.
3. Siz sinfdoshlaringiz bilan sinf tozaligiga va maktabning ozodaligiga
rioya qilasizmi?
A. Ha
B. Ba’zan
V. Yo‘q.
Bunday savollar tarkibi qisqa, aniq va o‘n beshtadan oshmasligi lozim.
Chunki boshlang‘ich sinf o‘quvchilari qisqa savollarga aniq javob berish
psixologiyasiga ega. Sinf rahbari aynan mana shu qoida asosida “Tarbiya” fani
o‘qituvchisi bilan o‘quvchilarning milliy g‘oya asosida tarbiyalanganlik darajasini
har chorak ohirida o‘rganib borishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bunday o‘rganish
natijasida o‘quvchilarning kelgusi tarbiya jarayoni yo‘nalishlari belgilab olinadi.
O‘zbekiston yangi taraqqiyotinig hozirgi bosqichida o‘quvchilarni, ayniqsa 1-
sinf o‘quvchilarini milliy g‘oya asosida tarbiyalashda amaliy jihatlarga e’tibor
berish asosiy vazifalardan hisoblanadi. Chunki bugungi kunga qadar amalga
oshirilgan milliy g‘oya asosida yosh avlodni tarbiyalash jarayonida nazariy
yondashuvning ustuvor bo‘lib kelganligi ma’lum. Shu sababli bugungi kunda
yangi milliy g‘oyamiz asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini tarbiyalashda
amaliy jihatga alohida e’tibor berish taqozo etiladi. Bu borada pedagogik
vositalardan biri Ijtimoiy so‘rovnoma metodidan oqilona foydalanish lozim.
Ijtiomiy so‘rovnoma maxsus tuzilgan savollar asosida amalga oshiriladi va
unda o‘quvchilarning javoblari to‘liq aks etadi. Ayniqsa boshlang‘ich sinf
o‘quvchilari so‘rovnoma savollariga ochiq, to‘liq va mustaqil javob berishlari
tajribadan o‘tgan. Shu sababli har chorakda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini
milliy g‘oyamiz asosida tarbiyalash jarayoni Ijtimoiy so‘rovnoma asosida
o‘rganib borilishi taqozo etiladi. Uning natijalariga asosan milliy g‘oya asosida
tarbiyalashning navbatdagi tadbirlari, yo‘nalishlari va tuzatish ishlari belgilab
olinadi. Natijada boshlang‘ich sinf bitiruvchilari ta’limning keyingi bosqichiga
milliy g‘oya asosida tarbiyalanganlik ko‘nikmasi bilan o‘tadi. Shu sababli oliy
pedagogik ta’lim jarayonida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari Ijtimoiy
so‘rovnoma pedagogik metodining barcha jihatlarini chuqur o‘zlashtirishi muhim
ahamiyatga ega.
Shunday qilib boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini milliy g‘oya asosida
tarbiyalash jarayoni o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, boshlang‘ich ta’lim
o‘qituvchilarining pedagogik faolligini taqozo etadi.
Mustahkamlash uchun savollar va topshiriq:
1. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini milliy qadriyatlar asosida tarbiyalash
deganda nimani tushunasiz?
2. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ongiga umuminsoniy qadriyatlarni
singdirish qanday shakllarda amalga oshiriladi?
3. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining milliy va umuminsoniy qadriyatlar
ruhida tarbiyalanganlik darajasini baholash indikatorlarini bilasizmi?
4.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning
“Insonparvarlik, ezgulik va bunyodkorlik – milliy g‘oyamizning asosiy
poydevoridir” (Toshkent, 2021) kitobini o‘qib chiqing.
5. O‘zbekistonning yangi milliy g‘oyasining asosiy tamoyillari nimalardan
iborat?
6. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari tarbiyasida milliy g‘oya asoslarini nimalar
tashkil etadi?
7. O‘quvchilarning milliy g‘oya asosida tarbiyalanganligini aniqlash
indikatorlarini bilasizmi?
Rus pedagogi K.D. Ushinskiyning “Ijtimoiy tarbiyada xalq ruhi haqida” asarini
(Toshkent, 1959) va o‘zbek pedagogi M.Quronovning “Milliy tarbiya” kitobi
(Toshkent, 2007) bilan tanishib chiqing.
Milliy va umuminsoniy qadriyatlar tarbiyasi. Tarbiyada milliy g‘oya asoslari
Reja:
1. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini milliy qadriyatlar asosida tarbiyalash
2. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ongiga umuminsoniy qadriyatlarni
singdirish
3. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining milliy va umuminsoniy qadriyatlar
ruhida tarbiyalanganlik darajasini baholash
Tayanch tushunchalar:
Milliylik, umuminsoniylik, tarbiya, qadriyat, sinf, o‘quvchi, singdirish,
tarbiyalash, baholash, bilim, ko‘nikma.
Shaxs tarbiyasi va hayotida milliy va umuminsoniy qadriyatlar muhim o‘rin
tutadi. Shu sababli mazkur mavzuni o‘zlashtirishda quyidagilarga e’tibor berish
kerak:
- milliy qadriyatlar deganda xalqimizning qadimdan kelayotgan va xalq
tajribasidan o‘tgan tarbiyaga oid odatlar, udumlar, odoblar hamda yondashuvlar
tushuniladi;
- xalqimizning milliy qadriyatlarida oila tizimi, jamoaparvarlik va
o‘zgalarga yordam tamoyillari muhim o‘rin tutadi;
- umuminsoniy qadriyatlar deganda insoniyat hayotiga xos bo‘lgan ideal
maqsad-muddaolar, tinchlikparvarlik va Yer yuzida birodarlikni o‘rnatish
tamoyillari tushuniladi;
- boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini tarbiyalashda ularning ongi va xarakterida
umuminsoniy qadriyatlarning eng muhim tushunchalari singdiriladi.
O‘zbekiston boshlang‘ich ta’lim tizimida bugungi kunda milliy qadriyatlar
quyidagi yangi milliy g‘oyalarga asoslanadi:
- insonparvarlik;
- ezgulik;
- bunyodkorlik.
Eslatib o‘tish joizki, boshlang‘ich ta’limda milliy va umuminsoniy
qadriyatlar o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘ladi. Chunki boshlang‘ich sinf
o‘quvchilarining ongi, dunyoqarashi, axloqi hamda xarakteri shakllanish
jarayonida bo‘lganligi uchun ular milliy va umuminsoniy qadriyatlar olamiga olib
kiriladi.
Boshlang‘ich ta’limda milliy va umuminsoniy qadriyatlar tarbiyasini
amalga oshirishda milliy tarbiya konsepsiyasiga asoslaniladi. Milliy tarbiya
konsepsiyasi 7-11 yoshli shaxslarni ma’naviy shakllantirish, ularni
ijtimoiylashtirish va jismoniy rivojlantirishga asoslaniladi.
Milliy va umuminsoniy qadriyatlarning ta’kidlab o‘tilgan ta’riflarini
o‘zlashtiring va yozib oling.
1-topshiriq: “Kichik guruhlarda ishlash” (bunda talabalar 4 ta guruhga
bo‘lingan holda 4 ta flipchart (vatman qog‘ozining ¼ bo‘lagi)dan foydalanib
“Tushunchalar tahlili” texnologiyasi asosida jadvalni to‘ldiradilar, guruhlar
o‘zlariga nom va marker rangini tanlaydilar hamda har bir flipchartga guruhlarning
nomlari tepa o‘ng burchagiga yozib qo‘yiladi).
1-guruh
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Insonparvarlik,
ezgulik va bunyodkorlik – milliy g‘oyamizning asosiy poydevoridir” kitobida
hozirgi zamon ta’lim jarayonimizda yosh avlodni milliy qadriyatlar asosida
tarbiyalash vazifasini qo‘ygan.
Milliy qadriyatlar bu – xalqimizning azaldan amal qilib kelayotgan
fazilatlari, odatlari va turmush-tarzimizning madaniy an’analari majmuidir.
MAVZU BO‘YICHA TOPSHIRIQLAR
2-guruh
Bu fazilatlar xalqimizning mentalitetiga, ya’ni tabiatiga singib ketgan. Har
bir oilada ularga amal qilishga harakat qilinadi. Boshlang‘ich sinf
o‘qituvchisining asosiy vazifasi o‘quvchilar ongiga ana shu fazilatlarni chuqurroq
singdirishdan iborat.
3-guruh
Mazkur odatlar xalqimizning milliy tabiatiga mos ekanligini xorijlik
mutafakkirlar ham e’tirof etadi. Misol uchun, buyuk qirg‘iz yozuvchisi Chingiz
Shu ma’noda tarbiya jarayonida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida
quyidagi fazilatlarni shakllantirish taqozo etiladi:
BOSHLANG‘ICH
SINF
O‘QUVCHILARI
TAFAKKURIGA
XALQIMIZGA XOS
BO‘LGAN
QUYIDAGI
ODATLARNI
SINGDIRISH
TAQOZO ETILADI:
Aytmatov “Qiyomat” asarida “o‘zbeklarning odatlari turkiy xalqlar uchun Bobil
vazifasini o‘tagan”, - deb yozadi. Ma’lumki, insoniyatning madaniylashuvi
hozirgi Osiyoda mavjud bo‘lgan Bobil nomli davlatdan boshlangan. Ya’ni
insoniyat vahshiylik tuzumidan insoniylik tuzumiga o‘tgan.
4-guruh
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida
tarbiyalashning samarasi o‘quvchilarning keyingi ta’lim bosqichlariga
tayyorgarligi bilan baholanadi. O‘zbekistonning hozirgi ta’lim tizimida
boshlang‘ich sinfni bitiruvchilar ta’limning quyidagi turlariga tayyorlanadi:
- o‘rta umumta’lim maktablariga;
- Prezident maktablariga;
- ijod maktablariga;
- ixtisoslashtirilgan maktablariga.
Bu ta’lim turlariga boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini tayyorlash jarayonida
aynan ularning milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalanganligi
muhim o‘rin tutadi.
Boshlang‘ich sinf
o‘quvchilari
xalqimizga xos
bo‘lgan quyidagi
madaniy turmush-
tarz an’analari
bilan
tanishtirilishi
kerak:
2-topshiriq: “Tushunchalar tahlili” texnologiyasi asosida jadvalni to‘ldiring
TUSHUNCHA
TAHLILI
Milliy qadriyatlar
Milliy mentalitet
Ong bu –
Umuminsoniy qadriyatlar bu –
Tarbiya indikatorlari –
3-topshiriq: Quyidagi milliy va umuminsoniy qadriyatlar aks etgan dars
ishlanmani o‘rganib chiqing.
Sana:____________________________
Mavzu: Bobolarimizning bebaho merosi
Maqsad: Ta’limiy: O`quchilarga bugungi mavzuga oid bilim va tushunchalar
berish. Yuksak insoniy fazilatlar mohiyatini anglatish, ularga ongli munosabatda
bo‘lish, hamma millat vakillariga yaxshi munosabatda bo‘lish bilimini
shakllantirish
TK2: axborot manbalari (televizor, telefon)dan to‘g‘ri foydalana olish
FK1 suhbatdoshni tinglash, sukut saqlash va o‘z fikrini to‘g‘ri bayon qilish ;
Tarbiyaviy: Odob-inson ko‘rki va ma’naviy boyligi ekanligini va mutafakkir
ma’rifatparvarlar asarlaridagi hikmat, rivoyat va o‘g‘itlarini, milliy sharqona odob-
Shu sababli bu
qadriyatlar asosida
tarbiyalanganlik
darajasini baholashning
quyidagi indikatorlarini
belgilash mumkin:
axloq qoidalari, fazilatlarini, o‘zbekona urf-odat va an’analarining millliy
xususiyatlarni farqlash va amalga oshirish usullarini o‘rgatish .
TK4: Davlat ramzlariga hurmat va ehtirom ko‘rsatish;
Rivojlantiruvchi:O`quvchilarning mavzuga oid bilim, ko`nikma , malakalarini
rivojlantirish, matn bilan ishlash orqali fikrlash qobiliyatlarini, og`zaki nutqini
o`stirish. FK1: O‘zbekistonda yashayotgan millatlar va elatlar haqida ma’lumot
bera olish
Dars turi: Yangi bilim beruvchi
Dars usuli: Suhbat, tushuntirish, savol-javob, kichik guruhlarda ishlash.
Dars jihozi: Darslik, taxta, bo`r, mavzuga oid rasmlar, tarqatmalar, texnik
vositalar.
Darsning borishi.
T/R
Bo‘limlar
Vaqti
1
Tashkiliy qism
3 daqiqa
2
O`tgan mavzuni mustahkamlash
5 daqiqa
3
Yangi mavzu bayoni
15 daqiqa
4
Yangi mavzuni mustahkamlash
1O daqiqa
5
O`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlash.
1O daqiqa
6
Uyga vazifa
2 daqiqa
Jami
45 daqiqa
I. Tashkiliy qism: Salomlashish, navbatchi axboroti, sinf va o`quvchilarning
darsga tayyorgarligi tekshiriladi, o`quvchilar ehtiyojlari aniqlanadi.
II. O`tilgan mavzuni mustahkamlash. O`tilgan mavzu yuzasidan suhbat, savol-
javob o`tkaziladi. O`tilgan mavzuga oid savol va topshiriqlar yozilgan kartochkalar
tarqatiladi. O`quvchilar topshiriqlarni bajarib, o`tilgan mazuni qismlarga bo`lib
gapirishadi, xulosa chiqarishadi, o`qituvchi tomonidan umumlashtiriladi.
1. «Yurt tinchligi - el boyligi» iborasini qanday tushunasiz?
2. Vatan ravnaqi uchun siz qanday hissa qo‘sha olasiz?
3. Atrofingizdagi insonlardan kimlarni qahramon sifatida ko‘rsata olasiz?
4. Yurtimizda yashagan mard va jasur bobolardan kimlarni bilasiz? Ularning
nomlarini va amalga oshirgan ishlarini gapirib bering.
III. Yangi mavzu bayoni.
KOINOTNI ZABT ETGAN BOBOM
Bundan 1200 yillar avval yashagan
bobomiz Ahmad al-Farg‘oniy yerdan turib
yulduzlarni o‘rgangan. U bolaligidan
kitoblarni sevib o‘qir, bilmaganlarini ustozi-
dan so‘rab o‘rganar edi.
Bag‘dod shahrida ta’lim olgan Ahmad al-
Farg‘oniy ko‘p vaqtini kutubxonada
o‘tkazgan. U yunon va hind olimlarining
kitoblarini o‘qigan, ularni arab tiliga tarjima
qilgan va o‘quv- chilar uchun sodda tilda sharh-i lagan. Ahmad al-Farg‘oniyning
«Astronomiya asoslari haqida kitob» asari uzoq vaqt davomi- da jahondagi
ko‘plab universi- tetlarda astronomiyadan asosiy darslik sifatida o`tilgan.
0‘zbekistonda Ahmad al-Farg‘oniy nomidagi bog‘lar, ko‘chalar mavjud.
861-yilda Misrda AI-Farg‘oniy bobomiz Nil daryosi suvi sathini o‘lchaydigan
inshoot barpo etgan.
Undagi matematik hisob-kitoblar bo‘yicha ishlaydigan suv tarozisi qaysi dehqon
qancha yer solig‘i to‘lashini aniq belgilab bergan Uni «adolat tarozisi» ham
deyishgan. Tarixiy suv tarozisi poyida Ahmad al-Farg‘oniyning ulug‘vor va
ko‘rkam hay kali qad rostlagan
1. Ahmad al-Farg‘oniydek buyuk olim bo‘lish uchun uning qanday xislatlari
sizda ham bo‘lishini xohlar edingiz?
2. Ahmad al-Farg‘oniy yozgan kitoblar dunyo rivojiga qanday hissa qo‘shgan?
3. Misrliklar Ahmad al-Farg‘oniyni nima sababdan hurmat qilishadi?
Abu Abdulloh Muhammad ismli bola uzoq yurtlarga ilm o‘rganish uchun
chiqadigan bo‘libdi. Uning bu ishini onasi qo‘llab-quwatlab, bilim yo‘lida har qan-
day to‘siqlarni yengib O‘tishi uchun sabr va matonat kerakligini aytib, oq fotiha
beribdi. Bola uzoq O‘lkalarga borib, u yerlardagi mavjud bilimlarni o‘rganibdi va
odam- larni o‘z iqtidori bilan lol qoldiribdi.
Odamlar bolakaydan ismini so‘rashsa, «Men Muhammad, Buxorodanman»,
deb javob berar ekan. Keyinchalik uni Muhammad Buxoriy deb chaqiradigan
bo`lishdi. Buxoriy Payg‘ambar Muhammad (s.a.v.) ning hayot va faoliyatlari,
qilgan ishlari nasihatlarini o‘rgandi. U to‘plagan ma’lumotlarini qog‘ozga tushirdi.