MILLIY XALQ O‘YINLARI ASOSIDA BOLALARDA ODOB - AXLOQNI
O‘RGATISH
MUNDARIJA:
KIRISH.......................................................................................................................
I BOB MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA MILLIY XALQ
O'YINNING AHAMYATI ................................................................................
1.1 Maktabgacha yoshdagi bolalar faoliyatida o'yinning o'rni ...............
1.2. Maktabgacha yoshdagi bolalarga milliy xalq o'yinlari asosida odob - axloqni
o'rgatish
maqsad
va
vazifalari….........................................................
II
BOB
MAKTABGACHA
TA'LIM
TASHKILOTLARIDA
BOLALARNING MILLIY XALQ O'YINLARI ORQALI ODOB AXLOQNI
O'RGATISH YO'LLARI ..................................................................................
2.1. Maktabgacha yoshdagi bolalaning o'yin kompetensiyasini rivojlantirirish usuli
………….....................…..................................................................
2.2 Xalq o'yinlar orqal ibolalarda jismoniy barkamolikni tarbiyalash
metodi
.........................................................................................................
2.3 Milliy xalq oyinlarni o'tkazish usuli................................................................
XULOSA....................................................................................................................
ADABIYOTLAR RO’YXATI:................................................................................
I BOB MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA MILLIY XALQ
O'YINNING AHAMYATI
1.1 Maktabgacha yoshdagi bolalar faoliyatida o'yinning o'rni
Maktabgacha ta'lim uyg'un rivojlangan shaxsni tarbiyalash, bolani butun
kelajagini belgilab beradigan bilim va qadriyatlarni yosh avlod qalbiga
singdirishda juda muhim ahamiyatga ega bo'lgan muassasadir. O'yin maktabgacha
ta'lim yoshidagi bolalarning asosiy faoliyati bo'lib, u orqali bola shaxs sifatida
shakllanadi.
O'yin bolaning o'quv, mehnat faoliyati, kishilarga munosabatning qay
darajada shakllanganligimi belgilab beradi. O'yin bolalarning jismoniy rivojlanishi,
maktabgacha ta'lim muassasasining ta'lim-tarbiya ishida, bolalarni aqliy,axloqiy,
mehnat va estetik tarbiyalashda katta ahamiyatga ega. Jamiyatning ma'naviy
takomillashuvi unda amalga oshiriladigan ta'lim-tarbiya ishlarining mazmuni,
shakl va mohiyatiga bog'liqdir. Shu boisdan ham ta'limdagi yangilanishni,
respublikamizda amalga oshirilayotgan bosqichma-bosqich ta'lim tizimini
pedagogik talqin qilish, bu jarayonni samaradorli kechishini ta'minlash zaruriyati
yuzaga keladi. Haqiqatdan ham o'yin, har bir yosh bosqichda bolaning tevarak
atrofdagi hayotni va kishilar o'rtasidagi turli munosabatlarni har tomonlama bilib
olishga qaratilgan faoliyatidir. Maktabgacha yoshdagi bolaning o'yin faoliyati
mazmun jihatdan har kungi vaziyatga qarab o'zgarib turadi. O'yin doimo o'zgarib
turganligi tufayli bola o'ynab charchamaydi, zerikmaydi. Bolaning atrof muhitga,
kishilarga, narsalarga va o'ziga bo'lgan turli munosabatlari mazmun hamda shakl
jihatdan har doim o'zgarib turadigan o'yin jarayonida namoyon bo'ladi.
Bolalarning turli ehtiyojlari, istak va qiziqishlari, qobiliyatlari hamda bir
qancha shaxsiy fazilatlari o'yin jarayonida bevosita rivojlanadi. O'yin jarayonidagi
bolalar faol faoliyatining psixik taraqqiyot uchun ahamiyati shundaki, bolalarning
turli sifat va fazilatlari o'yin jarayonida faqat namoyon bo'libgina qolmasdan,
bunda sifat va fazilatlar mustahkamlanadi, o'zlashtiriladi. Shuning uchun
2
psixologik nuqtai nazardan oqilona, ya'ni, to'g'ri tashkil qilingan o'yin bola shaxsini
har tomonlama o'stiradi va shuning bilan birga bolaning butun psixik jarayonlarida
– sezish, idrok, diqqat, xotira, tafakkur, hayol va irodani ildam rivojlanishiga
yordam beradi. O'yin o'z mohiyati jihatidan katta kishilarning xatti-harakatlari va
xulq-atvorlariga faol taqlid qilishdan iborat bo'lishi tufayli bolalarda ma'naviy
sifatlarning mustahkamlanishi uchun va odob-axloq qoidalarini bilib olishlari
uchun keng imkoniyatlar beradi.
Maktabgacha yoshdagi bola o'yin jarayonida shifokorlik yoki o'qituvchilik
rolini bajarayotgan bo'lsa, shu kasbga tegishli barcha sifatlarni namoyon qilishga
intiladi. Ular o'yinga juda berilib ketsalar, bajarayotgan rollariga xos sifatlar
shunchalik samimiy, ijodiy tarzda namoyon bo'ladi. Bolalar uchun o'yin
mazmunining hech bir chegarasi yo'q. Maktabgacha yoshdagi bolalar kattalar
hayotini hamma tomonlarini o'z o'yinlarida aks ettira oladilar. O'yinning ahamiyati
bola shaxsining o'sib kamolotga yetishiga ta'sir ko'rsatishdin iboratdir. O'yin har
bir yosh bosqichda bolaning tevarak atrofdagi dunyoni va kishilar o'rtasidagi
munosabatlarni bilib olishni ifodalaydi.
Bolaning moddiy dunyoga, kishilarga, o'z-o'ziga munosabati o'zgarayotgan
o'yinda namoyon bo'ladi. Bolalarning ehtiyojlari, istak, qiziqish (havas)lari
bevosita o'yinda ifodalanadi. O'yin bolalarning xayolparastligi tufayli narsalar va
kishilar dunyosini ular uchun ma'qul tomonga “o'zgartirish” imkoniyatini
beradigan faoliyatdir. Ma'lumki, bolalarning asosiy vaqti o'yin bilan o'tadi. O'yin
maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama rivojlanishining muhim vositasi,
ularning asosiy faoliyati bo'lib hisoblanadi. O'yin jarayonida bola shaxsi faoliyat
sub'ekti sifatida shakllana boshlaydi. O'yin uzoq davrlardan beri mashhur olimlar,
pedagog-psixologlar, faylasuflar, sotsiologlar, etnograflar va madaniyat arboblari
diqqatini o'ziga qaratib kelingan dolzarb mavzudagi muammolardan biridir. Bola
psixikasining taraqqiy etishida o'yinning roli beqiyosdir. Biz bolaning psixik
taraqqiyotini o'yin faoliyatisiz tasavvur qilishimiz qiyin. Chunki, o'yin orqali bola
faqat jismoniy tomondan emas, balki psixologik tomondan ham rivojlanadi. O'yin
orqali bola olamni, undagi narsa hodisalarni, ularga xos xususiyatlarni o'rganibgina
3
qolmay, balki nutq so'zlashga, mustaqil fikrlashga, xayol qilishga, ijod qilishga,
muomala madaniyatiga o'rganadi.
Ko'pchilik psixologlar hamda pedagoglar o'yinning psixologik masalalari
bilan bevosita shug'ullanib, o'yinlarning bolani psixik kamol toptirishdagi
ahamiyatiga alohida to'xtalib o'tganlar. Ma'lumki, o'yin bola uchun voqelikni aks
ettirishdir. Bu voqelik bolani qurshab turgan voqelikdan ancha qiziqarlidir.
Psixologlar adabiyotlar tahliliga tayanib maktabgacha yoshdagi bolalarning o'ziga
xos xususiyatlari qatoriga quyidagilarni kiritadilar:
1) bola odamlarning faoliyati, ularning predmetlarga munosabati va o'zaro
muomalasiga qiziqadi;
2) bola rolli o'yinda atrofdagi voqelikning eng tashqi, ifodali, jo'shqin xistuyg'uli
jihatlarini aks ettiradi;
3) rolli o'yinda bola kattalar bilan bir xil sharoitda, yagona zaminda yashayotganini
his etgan holda o'z istagini amaliyotga tadbiq qiladi;
4) kattalar hayoti va faoliyatiga kirish bolaning tasavvuri timsollari tariqasida
namoyon bo'lsa ham, umuman uning chinakam shaxsiy hayotida o'chmas iz
qoldiradi.
O'yinning bola tarbiyasidagi asosiy roli bolalar muassasasi hayotini u bilan
boyitishni talab etadi. Shuning uchun ham o'yin bolalar hayotining kun tartibiga
doimiy qilib kiritilgan. O'yinlar uchun nonushtagacha va undan keyin,
mashg'ulotlardan so'ng, sayrlardan so'ng, kechqurun uyga ketishdan oldin vaqt
ajratiladi. Ertalab o'ta harakatchanlikni talab qilmaydigan o'yinlar uchun sharoit
yaratish maqsadga muvofiqdir. Mazmunan ko'proq didaktik o'yinchoqlar, stol
ustida o'ynaladigan stol-bosma o'yinlari, syujetli-rolli o'yinlarni o'ynagan ma`qul.
Sayr davomida harakatli o'yinlarni, qurish-yasash o'yinlarini tashkil etish
foydalidir. Kun tartibida o'yin uchun maxsus vaqt belgilash o'yinning mustaqil
faoliyat sifatida mavjud bo'lishining va uni bolalar hayotini tashkil etish shakli
sifatida, tarbiya vositasi sifatida qo'llanilishining eng muhim pedagogik shartidir.
Bolalar o'yinining o'ziga xosligi shundaki, u tevarak-atrofdagi hayotni,
kishilarning faoliyati, ishlari, harakatlarini, ularning ish jarayonidagi o'zaro
4
munosabatlarini aks ettiradi. O'yin paytida xona bolalar uchun dengiz, o'rmon,
metro, temir yo'l vagoni bo'lishi mumkin. Bola hech qachon jim o'ynamaydi, bitta
o'zi o'ynasa ham u o'yinchoq bilan gaplashadi, o'zi tasvirlayotgan qahramon bilan
muloqot o'rnatadi, onasi, bemor, shifokor xullas hamma-hammaning o'rniga o'zi
gapiraveradi. So'z obrazning yaxshiroq ochilishiga yordam beradi. Nutq o'yin
jarayonida juda katta ahamiyatga ega. Nutq orqali bolalar fikr almashadi, o'z his-
tuyg'u, kechilmalarini o'rtoqlashadi. So'z bolalar o'rtasida do'stona munosabatlar
o'rnatilishiga, tevarakatrofdagi hayot voqealariga bir xilda munosabatda bo'lishga
yordam beradi.Bolalarning o'zi yaratgan o'yindan kelib chiqadigan yoki kattalar
tomonidan taklif etilgan o'yinning g'oyasi, mazmuni, o'yin harakatlari, rollar, o'yin
qoidalari uning tuzilishini tashkil etuvchi qirralardir.
O'yin jarayonida bolalarning bilimlari va tasavvurlari boyib, chuqurlashib
boradi. O'yinda u yoki bu rolni bajarayotib, bola o'zining butun diqqatini o'yinga
qaratishi lozim. Bola o'ynayotganda kishilar mehnati, ularning aniq harakatlari,
munosabatlari to'g'risidagi tasavvuri etarli emasligini sezib qoladi, buning
natijasida kattalarga savol bera boshlaydi.
Tarbiyachi bolalarning bunday savollariga javob berib, ularning bilimlariga
aniqlik kiritadi, boyitadi. Tarbiyachi o'yin orqali bolalarda ona-vatanga, o'z xalqiga
boshqa millat kishilariga ijobiy munosabatni shakllantiradi, mustahkamlaydi. O'yin
orqali tarbiyachi bolalarda jasurlik, to'g'rilik, o'zini tuta bilishlik kabi sifatlarni
tarbiyalaydi. O'yin bolalarda ijtimoiy axloqni, ularning hayotga, bir-biriga bo'lgan
munosabatini shakllantiruvchi o'ziga xos maktabdir. O'yinda bola kishilarning
axloqodob me`yorlarini, mehnatga munosabatlarini bilib oladi.Tarbiyachi bolalar
o'yiniga rahbarlik qilayotib, ularni jamoa orqali ham tarbiyalab boradi. O'yin
jarayonida bolalar o'z xohishlarini jamoa xohishi bilan kelishib olishga, o'yinda
o'rnatilgan qoidalarga rioya qilishga o'rganadilar.
5
1.2. Maktabgacha yoshdagi bolalarga milliy xalq o'yinlari asosida odob -
axloqni o'rgatish maqsad va vazifalari
Jismoniy madaniyat bilan Shug’ullanish tanda, bolalarda joriy qilingan
tartibga rioya qilish odatini hamda xalq o’yinlari bilan iloji bo’lsa xar kuni
muntazam ravishda Shug’ullanish ishtiyoqini uyg’otish, ularda maktab va uyda
Shu o’yinni bilan mustaqil shug’ullana olish layoqatini rivojlantirish, ularni o’z
tengqurlari va o’zlaridan kichik bo’lgan bolalar jamoasida o’yinlarni tashkil qilish,
ularni birgalikda bajarishga o’rgatish lozim. O’quvchilarda xalq milliy
o’yinlariga mehr bilan, Shu o’yin natijalariga qiziqish bilan va sportchilar
erishadigan g’alabalariga havas bilan qarash tuyg’usini tarbiyalash lozim.
Milliy xalq o’yinlarini o’rganish jarayonida ahloqiy, aqliy, estetik va mexnat
tarbiyalarini amalga oshirish uchun katta imkoniyatlar vujudga keladi. Xalq
o’yinlarini bajarish chog’ida bolalar harakatida ijobiy (hamjihatlik, intizomlik,
kamtarinlik, mehribonlik) va ma’naviy fazilatlar (halollik, odillik, do’slik
tuyg’usi hamkorlik, zamon bilan hamnafas bo’lib ishlay olish qobiliyati,
topshiriqlarni mas’uliyat bilan bajarish) ni tarbiyalash, Shuningdek, irodaviy
xususiyatlar (jasorat, qat’iylik, o’z kuchiga ishonch, qiyinchiliklarni sobitlik bilan
yengish, chidamlik va hakozolar ) ni namoyon qilish uchun eng yaxshi sharoit va
imkoniyatlar vujudga keladi. To’g’ri tashkil qilingan milliy halq o’yinlari bolalar
aqlining rivojlanishiga qulay imkoniyatlar yaratadi, zero, bunday vaziyatda asab
tizimining ham, boshqa barcha a’zolar tizimlarning ham faoliyat ko’rsatishi uchun
qulay sharoitlar paydo bo’lishi, shubhasiz.
Xalq milliy o’yinlarini o’rgatish jarayonida o’quvchilar xalqona an’analariga
sodiq holda yaxshi tarbiya ko’radi, o’rgangan narsalarini puxta eslab qoladi.
Bolalarda ruhiy jarayonlar (tarbiya, tafakkur, xotira, tasavvur va boshqalar) ning,
Shuningdek, fikirlash faoliyatlari (kuzatish, taqqoslash, tahlil qilish, sintezlash,
umumlashtirish va hakozolar) ning, barchasi rivojlana boshlaydi. Milliy o’yinlar
jarayonida erishilgan ilm va malakalardan ijodiy foyjalanish layoqatini bolalarda
tarbiyalashga e’tibor qaratish lozim, chunki bunday layoqatga bolalar o’zlaridagi
6
ishchanlik, mustaqillik, ziyraklik, topqirlik, hozirjavoblik kabi ezgu
fazilatlaritufayli erishadilar. Bolalarda ijobiy hissiyotlarni, odamlar bilan samimiy
va quvnoq munosabatda bo’lish tuyg’ularini tarbiyalash, Shuningdek, yuz bergan
salbiy ruhiy holatlarni tez bartaraf qila olish layoqatini rivojlantirish nihoyatda
muhim ahamiyatga ega.
Buning zarurligi ijobiy hissiyotlar organizmdagi barcha a’zolarga foydali
ta’sir ko’rsatishida, harakat malakalarining jadal va mustahkam shakllanishini
ta’minlashida ko’rinadi. 5
Milliy xalq o’yinlariga asoslangan jismoniy madaniyat estetik tarbiyani
amalga oshirishga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Xalq o’yinlarini bajarish jarayonida
estetik zavqni idrok qilish va o’ziga singdirishni, go’zallik, nafosat, ma’nodorlik,
qad-qomat, liboslar bejirimligi, o’z atrofidagi barcha narsalarni tuShunish,
to’g’ri qadrlashni rivojlantirish, estetikaga va o’z xulq-atvoriga gard
yuqtirmaslikka bo’lgan moillikni, qilayotgan ishi, aytayotgan gapi va barcha hatti-
harakatida qo’rslik, dag’allikka aslo yo’l qo’yilmaslikni rivojlantirish lozim
bo’ladi.Milliy o’yinlar bilan shug’ullanish jarayonida mehnat tarbiyasi amalga
oshiriladi. Bolalarning salomatligi yaxshilanadi, ularda harakat malakalari
shakllanadi, mehnat faoliyati uchun zarur bo’lgan jismoniy fazilatlar rivojlanadi.
Bolalarni mehnatga tayyorlashda jismoniy madaniyatning, jumladan, xalq milliy
o’yinlarining tutgan o’rnini ularga tuShuntirish va bu tuShunchani ularning ongida
shakllantirish g’oyat muhim ahamiyatga ega.
Bolalar jismoniy tarbiyasining vazifalari doimo, jumladan, milliy xalq
o’yinlarini o’rganish va o’rgatish jarayonida ham uyg’un holda hal etiladi. Bu
vazifalar butun jismoniy madaniyat tizimining bolalarga ta’sir etishi tufayligina
muvaffaqiyatli bajarilishi mumkin. buning uchun maktabning butun pedagogika
jamoasi birgalikda ahil xarakat qilishi, maktabda mashg’ulotlarni tashkil etishning
turli shakl va usullaridan, ayniqsa, milliy xalq o’yinlarida, barcha vositalari
yaxlitligi (kompleksi) dan foydalanish talab etiladi.
Harakatli o'yinlarning asosiy mazmunini harakatlarning va o'yinchilar
faoliyatining xilma-xilligi tashkil etadi. O'yinlarga to'g'ri rahbarlik qilinganda ular
7
organizmning yurak- qon tomir, muskul va nafas olish tizimlariga ijobiy ta ’sir
etadi. Harakatli o'yinlar funksional imkoniyatlarni oshiradi, harakatlarni bajarishda
tananing katta va kichik muskullarini ishga soladi, bo'g'inlar harakatchanligini
oshiradi. Harakatli o'yinlarning sog'lomlashtiruvchi ahamiyati haqida gapirilganda
o'yinlarning qish va yoz fasllarida toza havoda o'tkazilishi juda ahamiyatlidir. Toza
havoda o'tkaziladigan harakatli o'yinlar modda almashinuvini, organizmni yetarli
kislorod bilan ta ’minlanishini yaxshilaydi. Shuni ta ’kidlash lozimki, o'yin
davomida holatlarning tez o'zgarishi, yuqori emotsionailik boshqaruvni
qiyinlashtiradi. Shu sababii jismoniy harakatlarning optimalligini kuzatib borish
lozim. Shug'ullanuvchilar organizmga moslashishi uchun muntazam
mashg'ulotlardagi o'yinlarni sekin-asta oshirib borish kerak. Harakatli o'yinlar
bolalar asab tizimiga ijobiy ta ’sir etishi lozim. Ma’lumki, aksariyat jismoniy
tarbiya o'qituvchilari harakatli o'yinlarni ikkinchi darajali deb hisoblashadi. Shu
tufayli sport o'yinlari, gimnastika, yengil atletika, kurash kabi darslarda harakatli
o'yinlarni nomigagina (yuzaki) tashkil qilishadi.
Harakatli o'yinlar uchun alohida ajratilgan (dasturda) soatlarni ham boshqa
turlarga qo'shib yuboradi. Shuningdek, milliy harakatli o'yinlarning ijtimoiy
pedagogic xususiyatlari haqida yetarlicha ma’lumot berishmaydi, ayrimlar hatto
eslamaydilar ham. Kuzatishiar, suhbatlar, rasmiy murojaatlarning natijalariga
asoslanilsa, umumta’lim o'rta maktablar, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari
hamda oliy o'quv yurtlarida o'zbek xalq milliy o'yinlaridan yetarli darajada
foydalanilmaydi. Chunki sof milliy o'yinlar to'plami hozirgacha ishlab chiqilmagan
yoki ular nashrda tayyorlanmagan. Mavjud bo'lgan “Harakatli o'yinlar”
to'plamlarida (adabiyot ro'yxatiga qarang) har xil millatlarga xos (tobe) bo'lgan
o'yinlar ko'proq berilgan va shu bilan birgalikda ular aralash- quralash holda
joylashtirilgan. Ta’kidlash lozimki, harakatli o'yinlar mazmunida barcha jismoniy
sifatlar mujassamlangan bo‘lsa-da, ularni turkumlarga ajratishda umumiy
mulohazalar berilgan. Shu sababdan keyingi nashrlarda to'plamlardagi milliy
harakatli o'yinlarni har bir jismoniy sifatlarga (tezlik, epchillik, kuchlilik
chidamlilik, egiluvchanlik va h.k) alohida ajratish lozim. Bu, o'z navbatida,
8
o'yinlarni darslarning turlari (gimnastika, yengil atletika, kurash, sport o'yinlari) va
sport mashg'ulotlarining mazmuniga moslashtirib, qo'llashda qulaylik yaratadi. Shu
bilan, birga, o ‘quvchilarning jismoniy tayyorgarligiga qarab o'yinlarni tashkil ilish
imkoniyatlari yaratiladi.
E’tiborli tomonlardan yana biri shuki, tuman, shahar va viloyatlardagi
malaka oshirish hamda qayta tayyorlash kurs-seminarlari, institutlarda milliy
harakatli o'yinlarning ijtimoiy pedagogik xususiyatlarini keng ko'lamda izohlab
berish, tinglovchilarni yangi o'yinlarni yozib, ularni nashrga tayyorlash kabi
faoliyatlarga jalb etish lozim. Milliy harakatli o'yinlarning jamiyat va davlat
oldidagi ahamiyatini oshirish uchun aholining jismoniy tayyorgarliklarini yanada
yaxshilash, o'quvchi-yoshlar va talabalarning jismoniy barkamolligini oshirish va
boshqa sohalardagi tadbirlarda mazkur muammolarni keng targ'ib qilish zarur.
9
II BOB MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARIDA
BOLALARNING MILLIY XALQ O'YINLARI ORQALI ODOB AXLOQNI
O'RGATISH YO'LLARI
2.1. Maktabgacha yoshdagi bolalaning o'yin kompetensiyasini
Maktabgacha ta’lim bola shaxsini sog‘lom va yetuk, maktabda o‘qishga
tayyorgarlik darajasida shakllantirish maqsadida tashkil etiladi. Ushbu ta’lim
bolaning olti-yetti yoshga to‘lguniga qadar oilada maktabgacha ta’lim muassasalari
(yaslilar uch yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun , bolalar bog‘chalari 3yoshdan 6-
7yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun) va mulk shaklidan qat’i nazar, ta’lim
muassasalarida olib boriladi.
O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, barcha sohalar qatori ta’lim-tarbiya
sohasida ham tub ijobiy o‘zgarishlar yuz berdi. 2011-yil respublikamizda
maktabgacha ta’lim rivojining asosiy yo‘nalishlari, maqsad va vazifalari,
tamoyillarini o‘z ichiga olgan “Maktabgacha ta’lim Konsepsiyasi” ishlab chiqildi.
Mazkur konsepsiya ko‘plab me’yoriy hujjatlar asosida ishlab chiqilgan bo‘lib,
unda respublikamizda maktabgacha ta’limni rivojlantirishning zamonaviy
yo‘nalishlari o‘z aksini topgan.
“O‘yin - o‘sib borayotgan bolaning tanasi uchun ehtiyoj. O‘yinda bolaning
jismoniy kuchi rivojlanadi, qo‘llari mustahkamlanadi, tanasi yanada
moslashuvchan bo‘ladi, aniqrog'i ko‘z, aql, zukkolik, tashabbuskorlik rivojlanadi ",
deb yozgan edi N.K. Krupskaya .
O‘yin - bu maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalash, ularga turli xil
harakatlarni obyektlar, usullar va aloqa vositalari bilan o‘rgatish uchun kattalar
tomonidan qo‘llaniladigan bolalar faoliyati turlaridan biridir. O‘yinda bola shaxs
sifatida rivojlanadi, u psixikaning o‘ziga xos tomonlarini shakllantiradi, uning
ta'lim va mehnat faoliyati muvaffaqiyati, odamlar bilan munosabatlariga ham
bog'liq bo‘ladi. Masalan, o‘yinda bolaning shaxsiyatining bunday sifati jamoaviy
faoliyatning vazifalarini hisobga olgan holda harakatlarni o‘z-o‘zini tartibga solish
kabi shakllanadi. Eng muhim yutuq - bu bolalarda kirishimlilik tuyg'usini
egallashdir. Bu nafaqat bolaning axloqiy xarakterini tavsiflaydi, balki uning
10
intellektual sohasini sezilarli darajada qayta tashkil qiladi, chunki jamoaviy
o‘yinda turli g'oyalarning o‘zaro ta'siri, voqea mazmunini rivojlantirish va umumiy
o‘yin maqsadiga erishish mavjud. Maktabgacha yoshdagi (6-7 yosh) bolaning
umumiy muhim kompetensiyalari quyidagilar:
Kommunikativ kompetensiya – muloqot vositalaridan turli vaziyatlarda
foydalana bilish ko‘nikmasi. O‘yin kompetensiyasi – bolaning o‘yin jarayoni va
uni tashkil qilishda tajriba, bilim va ko‘nikmalardan ijodiy foydalanishi. O‘quv-
tarbiyaviy jarayon uchun asos hisoblanadi.
Ijtimoiy kompetensiya – hayotiy vaziyatlarda kattalar va tengdoshlar bilan
muloqotda axloq qoidalari va me'yorlariga rioya qilgan holda o‘zini tuta olish
mahorati. Bilish kompetensiyasi – atrofdagi olamni ongli ravishda idrok qilish va
olingan bilim, ko‘nikma, malaka va qadriyatlardan o‘quv va amaliy vazifalarni hal
qilish uchun foydalanish. Bolaning rivojlanish sohalari kompetensiyalari Bolaning
kompetensiyalari bola rivojining quyidagi sohalarida belgilanadi:
• jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzining shakllanishi;
• ijtimoiy-hissiy rivojlanish;
• nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari;
• bilish jarayonining rivojlanishi;
• ijodiy rivojlanish.
O‘yin - buyumli, predmentli va ijtimoiy voqelikda harakat qilish va uni
anglashga yo‘naltirilgan jarayondir. O‘yin orqali bolalarga nafaqat xursandchilik
balki tarbiya va ta’lim ham berish mumkin. Har bir tarbiyachi o‘z mahoratidan
kelib chiqqan holda bolalarga turli mashg‘ulotlar orqali ta’lim beradi. O‘yin
faoliyatining turlari juda ko‘p. Ular ichida ta’limiy o‘yin sifatida bolalarning yosh
xususiyatlariga mos keladigan o‘yinlar sirasiga kiruvchi o‘yin bu- Didaktik o‘yin
hisoblanadi.
Didaktik o‘yinlarning muhim belgilaridan biri undagi qoidalarning
mavjudligidir. O‘yinda o‘yin niyati, o‘yin qoidalari, o‘yin harakatlari o‘rtasida
uzviy aloqa mavjud. Didaktik o‘yinlar orqali bolalarga yangi bilimlar, tushunchalar
berib boriladi. Bu o‘yinlarda bolaning har tomonlama rivojlanishi, bilim jarayoni,
11
sensor madaniyati, nutq faoliyati, aqliy qobiliyatlari takomillashadi. O‘yin
qoidasiga rioya qilish, unga amal qilish o‘yin mazmunini boyitadi. O'qituvchi -
pedagog didaktik o'yinli mashg'ulotlarni o'tkazishda qizg'in tayyorgarlik ko'rishi va
uni o'tkazishda quyidagi didaktik talablarga rioya qilishi talab etiladi:
✓ Didaktik o'yinli mashg'ulotlar dasturida qayd etilgan mavzularning ta'limiy,
tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsad hamda vazifalarni hal qilishga qaratilgan
bo'lishi;
✓ Jamiyatdagi va kundalik hayotdagi muhim muammolarga bag'ishlanib, ular
o'yin
davomida hal qilishi;
✓ Barkamol shaxsni musiqiy tarbiyalash tamoyillariga va sharqona odob-ahloq
normalariga mos kelishi;
✓ O'yin tuzilishi jihatidan mantiqiy ketma-ketlikda bo'lishi;
Mashg'ulotlar davomida musiqiy didaktik prinsiplarga amal qilinishi va eng
kam vaqt sarflanishiga erishishi kerak. Qoidali-harakatli o‘yinlar asosini bolaning
jismoniy rivojlanishiga qaratilgan harakatlar tizimi egallaydi. Bunda asosan yurish,
yugurish, sakrash, chirmashib chiqish, uloqtirish, emaklash kabi harakatlar o‘yin
mazmunini belgilaydi. Qoidali-harakatli o‘yinlar kelib chiqishiga ko‘ra:
a) Xalq milliy o‘yinlari
b) Mualliflik o‘yin turlariga bo‘linadi.
Har ikki o‘yin turida ham asosiy mezon- o‘yin qoidasi bo‘lib hisoblanadi.
Harakatli o‘yinlar harakatlarning aniqligi, ifodaliligi, bolalarda tezkorlik, epchillik,
qo‘rqmaslik, mardlik kabi oliyjanob fazilatlarni tarbiyalab boradi. Kichik yoshdagi
bolalar uchun o‘yin sujeti ochiq xarakterga ega bo‘ladi. Masalan, “To‘pni quvla!”,
“To‘pni ushlab ol!”. Katta yoshdagi bolalar uchun o‘yin maqsadi, qoidasi va
o‘yinni tashkil etish murakkablashadi. Shuningdek har bir o‘yin faoliyatida
bolaning har tomonlama qobiliyatlari rivojlanadi. Shuning uchun har bir tarbiyachi
yosh xususiyatlariga mos o‘yin tanlashi va bolalarga ta’lim –tarbiya berishi lozim.
Maktabgacha ta’lim tizimini isloh qilishning zamonaviy sharoitida tarbiyachining
maqomi tubdan o‘zgarib bormoqda, uning ta’lim funksiyalari, shunga muvofiq,
12
uning kasbiy va pedagogik kompetensiyasiga, uning kasbiy mahorat darajasi
talablari o‘zgaradi. Bugungi kunda maktabgacha yoshdagi bolani tarbiyalash va
rivojlantirishning zamonaviy tizimida o‘zining shaxsiy salohiyatini safarbar qilish
qobiliyatlarini rivojlantirishga qodir bo‘lgan ijodkor, mahoratli tarbiyachi talab
etiladi.
Xulosa o‘rnida shuni aytish kerakki, hozirgi vaqtda maktabgacha yoshdagi
bolalarning aksariyati ko‘p narsalarga noadekvat munosabatda bo‘lishadi, buning
asosiy sababi bola yetarli darajada shaxslararo munosabatga kiramasligini
takidlashimiz mumkin negaki, bolaning birinchi tarbiyachilari birinchi galda
televizor, zamonaviy gajjetlar, ekanligi oqibatida bola shaxsida boshqa
odamlarning his-tuyg‘ularini e'tiborsiz qoldirish holatlari bot bot uchrab turibdi ,
o‘z his-tuyg‘ularini boshqarishga harakat qilmaydilar.
Bu asosan, juda kam komunikkatsiya qilish bilan bog‘liq. Ular qancha
vaqtni shunday o‘tkazishi, ota-onalari ularga qancha vaqt ajratishlari haqida
ketmoqda . Natijada, maktabgacha yoshdagi bolalarda hissiy rivojlanish yetarli
bo‘lmay qolmoqda.
13
2.2 Xalq o'yinlari orqali bolalarda jismoniy barkamolikni tarbiyalash
metodi
Prezidentimiz. “Qaysi sohani olmaylik, biz zamonaviy etuk kadrlarni
tarbiyalamasdan turib biron-bir o‘zgarishga, farovon hayotga erisha olmaymiz.
Bunday kadrlarni, millatning sog‘lom genofondini tayyorlash, avvalo,
maktabgacha ta’lim tizimidan boshlanadi ” deb aytgan gaplari maktabgacha talim
tashkilotlarida asos bo‘lib xizmat qilmoqda.“Bola dunyoga kelganidan boshlab,
unda aynan maktabgacha bo‘lgan yoshda aqliy faollik oshadi, axloqiyestetik va
jismoniy hislatlar shakllanadi. Shu bois ham kelgusi yillarda maktabgacha ta’lim
sohasini rivojlantirish borasidagi strategik maqsadimiz–ijtimoiy ahvolidan qat’i
nazar, bog‘cha yoshidagi har bir bolani ushbu ta’lim yo‘nalishi bilan to‘liq qamrab
olish uchun zarur sharoitlarni yaratishdan iborat”. Ushbu maqsadlarni ro‘yobga
chiqarish maqsadida 2017- yilda O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim
vazirligi tashkil etildi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida xalq o‘yinlari bolalarning jismonan
barkamol bo‘lishiga xizmat qiladi. Xalq o‘yinlari maktabgacha yoshdagi bolalarda
botirlik, epchillik, tezkorlik, muvozan’atni saqlash, qaddi-qomatni shakllantirish
kabi jismoniy sifatlarini rivojlantirishda juda samarali rol o‘ynaydi. Shuningdek,
maktabgacha ta’lim muassasalarida milliy harakatli o‘yinlar orqali bolalarni mashq
qildirish quyidagi ijobiy aqliy sifatlarni rivojlantirishda muhim ahamiyatga egadir.
Odob-axloq, topqirlik, ong osti rivoji, xotira, diqqatning rivojlanishi kabi
xislatlarni sayqal toptirishda va albatta sog‘liqni mustahkamlashda samarali vosita
bo‘lib kelmoqda. Xalq o‘yinlari bolaga barcha sohalarda ijobiy ta’sir ko‘rsatishi
mumkin:masalan jismoni,
intellektual hissiy va kommunikativ. Xalq o‘yinlari bolalar salomatligiga foyda
keltiradi, yurak qon tomir , nafas olish tizimini yaxshilaydi mushaklarini va
suyaklarini mustahkamlaydi. Yuqoridagi fikr-mulohazalardan kelib chiqib, shuni
ta’kidlash mumkinki, maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning yetuk shaxs
sifatida rivojlanishi, hayotiy bilim va ko‘nikmalarining shakllanishida xalq o‘yinlar
14
alohida o‘rin egallaydi. Insoniyatning har tomonlama rivojlanishining umumiy
tizimida bola tarbiyasi muhim o‘rin tutadi.
Maktabgacha yoshdan boshlab salomatlik, jismoniy rivojlanish asoslari
qo‘yiladi,vosita ko‘nikmalari shakllanadi, jismoniy fazilatlarni tarbiyalash uchun
poydevor yaratiladi. Maktabgacha yoshdagi bolalar ketma-ket rivojlanib, jismoniy
tarbiya bilan katta zavq bilan shug‘ullanadilar. Ular, ayniqsa, xalq o‘yinlariga
qiziqishi katta. Xalq an’analari tadqiqotchisi V. M. Grigoryevning so‘zlariga ko‘ra,
“Xalq o‘yinlarining alohida ahamiyati shundaki, unda bola o‘z-o‘zini tarbiyalash
qobiliyatini namoyish etadi. U ataylab qabul qilingan rol qoidasi talab qiladigan
tarzda harakat qiladi. Bundan tashqari, o‘yinda o‘zini tutish qoidalariga rioya
qilgan holda, bola xohlagan narsasidan voz kechishi, o‘zini tutishi, xohlaganicha
harakat qilmasligi mumkin”degan edi. Bola o‘yin davomida tengqurlari bilan
do‘stlashadi. Y.A. Komenskiy o‘yinga quvnoq bolalik va bolani uyg‘un rivojlanish
sharti sifatida qarar ekan, kattalarga bolalar o‘yinlariga e’tiborli munosabatda
bo‘lishni, ularga oqilona rahbarlik qilishni masalahat bergan edi. O‘zbekiston
Respublikasining mashhur yozuvchisi Oybek o‘zining “Bolalik” qissasida xalq
milliy sporti turlaridan bo‘lgan “uloq o‘yini” ni juda yaxshi bayon qiladi: “Uloq”
xalqning qadimiy o‘yini hisoblanadi . Milliy xalq o‘yinlarining vujudga kelishi
hamda taraqqiy etishi o‘sha davrlarda kishilarning kuchli, chidamli, chaqqon va
shijoatli bo‘lishi zamon talabi bo‘lib kelgan. Milliy xalq o‘yinlari asrlar o‘tishi
bilan murakkablashib, maxsus sport turiga aylangan.
O‘yin – maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning asosiy faoliyatidir.
Rossiyalik pedagogi A.S.Makarenko aytganidek, o‘yin bola uchun bilish
manba’idir. O‘yin jarayonida bolalar egallay bilishlari qiyin bo‘lgan bilim va
ko‘nikmalarni osongina o‘zlashtirib oladilar, narsalarning o‘ziga xos
xususiyatlarini bilib oladilar. Ular tevarak-atrofdagi ko‘rgan narsalarini o‘yinda
ifodalash orqali turli harakatlarni bajaradilar, ya’ni yuradilar, yuguradilar,
sakraydilar, o‘rmalaydilar, biron buyumni irg‘itadilar. Natijada ularning qaddi-
qomati, muskullari va sezgi organlari rivojlanadi, organizmining hayot faoliyati
yanada yaxshilanadi. O‘yinda bolaning irodasi, o‘z harakatlarini o‘yin qoidasiga
15
bo‘ysundira-olish ko‘nikmasi o‘sadi, u o‘zini qo‘pol hatti-harakatlar qilishdan
tiyadi, zarur bo‘lganda chaqqon harakat qilishga o‘rganadi, oqibatda unda jismoniy
sifatlar tarkib topadi. O‘zbek xalq madaniyatining tarkibiy qismi hisoblangan
o‘zbek xalq harakatli o‘yinlari jismoniy madaniyat, yosh avlodni tarbiyalash va
sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda alohida o‘rin tutadi. O‘zbek xalq o‘yinlari
tarixida birinchi marta milliy o‘yin namunalarining bayon etilishi, ulaming ta’rifi-
tavsifi qomusiy allomalardan biri Mahmud Qoshg‘ariy qalamiga mansubdir.
Harakatli o‘yinlar inson faoliyatini ta’minlovchi mazmunga egadir. Buni eng
qadimgi ajdodlarimiz ham yaxshi bilishgan va kundalik turmushda ular bilan
shug‘ullanishg amal qilishgan. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida milliy xalq
oʻyinlari maktabgacha yoshdagi bolalarga oʻzgacha xushnudlik ulashadi, ularning
kayfiyatiga ijobiy ta’sir etadi. Bolalar orasida qo‘llanaoladigan va bolalar zavq
bilan o’ynaydigan o‘yinlar:
1. Arqon tortish. Bu o‘yin bolalarda tez harakat qilishni, chaqqonlikni, sabr-
toqatlik bilan harakat qilishni tarbiyalaydi. O‘yin ko‘proq jamoa bo‘lib harakat
qilish, chidamlilik malakalarini oshirishga yordam beradi.
2.Oq terakmi, ko‘k terak. O‘yin tez yugurishni, diqqatni, sezgirlikni
rivojlantirishga yordam beradi. O‘yin bolalarni ahil bo‘lib harakat qilishga, tezda
to‘g‘ri yo‘nalishni olishga o‘rgatadi. O‘yinni o‘ziga xos harakati tez yugurish va
zanjjiri uzish.
3.Tapur-tupir qaldirg‘och. Katta yosh guruh bolalari uchun. O‘yin bolalarda
sezgirlik, idrok qilish, eshitish va qabul qilish, chidamkorlik, kuch, tezkorlik,
qayishqoqlikni rivojlantirishga yordam beradi. O‘yinni o‘ziga xos harakati sekin va
aniq yurishdir.
4.Echki bolalar. O‘rta yosh guruh bolalari uchun. O‘yin bolalarda diqqat, sezgirlik
malakalarini tarbiyalaydi. O‘yin bolalarda chaqqonlik, tezlik, chidamlilik,
koordinatsiya harakatlarini rivojlantiradi. О‘yinning asosiy harakati yugurish
hisoblanadi.
5. Qidirib top kichik yosh guruh bolalari uchun. O‘yin bolalarda diqqat-e’tibomi,
16
sezgirlik qobilyatlarini tarbiyalaydi. Bolalar bog‘chalarida bolalar turli yosh
guruhlariga bo‘linib, ulari kichik, o‘rta va katta guhurlar deb aytishga odatlanilgan.
Chunki bolalarning jismoniy holati, o‘sish darajasi, harakat malakalari va umuman,
tana a’zolaridagi funksiyalar vazifalari tarbiya jarayonlarini belgilaydi. Shunga
asosan, jismoniy tarbiyani tashkil qilishda guruhlardagi amaliy harakatlar bir-
biridan tubdan farq qiladi.
Kichik guruhda mazmuni va qoidasiga ko‘ra sodda bo‘lgan mazmunli va
mazmunsiz harakatli o‘yinlar tashkil etiladi. Bu o‘yinlarda barcha bolalar bir xil rol
yoki harakat topshirig‘ini tarbiyachining bevosita ishtirokida (barcha bolalar –
qushchalar, tarbiyachi – ona qush bo‘ladi bajaradilar. 3 yoshli bolalar asta-sekin
yakka holda rollarni bajarishga o‘rgatib boriladi (barcha bolalar qushlar, bitta yoki
ikkita bola avtomobil bo‘ladi).
O‘rta guruhda eng oddiy musobaqa usulidagi o‘yinlarni yakka tarzda ham,
jamoa tarzda ham o‘tkazish mumkin Katta guruhda bolalar uchun harakatli
o‘yinlar o‘z mazmuni, qoidalari, rollarning miqdori, topshirishni jamoa
musobaqasiga joriy etishga ko‘ra murakkablashtiriladi. Maktabga tayyorlov guruhi
bolalari birmuncha murakkab harakatli o‘yinlar, shuningdek jamoa
musobaqalaridan iborat jamoa o‘yinlarni, o‘yin estafetasi, sport o‘yinlarini
o‘ynaydilar. Bularning hammasi chaqqonlik, tezkorlik, chidamlilikni rivojlanishi,
harakat ko‘nikmalrining takomillashuviga, axloqiy-irodaviy sifatlarni tarbiyalashga
yordam beradi. Milliy xalq oʻyinlari maktabgacha yoshdagi bolalarga oʻzgacha
xushnudlik ulashadi, ularning kayfiyatiga ijobiy ta’sir etadi. U bolalarning
jismoniy, aqliy, axloqiy rivojlanishida, kuchli, chaqqon, topqir, farosatli, mard
insonlar boʻlib kamol topishida katta ahamiyat kasb etadi.
Mustaqil yurtimiz kelajagi buyuk bo‘lishi eng avvalo farzandalari
salomatligiga bog‘liq sog‘lom yurt qudratli va boy bo‘ladi. O‘yin faoliyatida
diqqatni, idrokni rivojlantirish, ilgari hosil qilingan tasavvur, tushunchalar, mo‘ljal
olish singari xususiyatlarni yana ham aniqlashtirish uchun qulay shart-sharoitlar
yaratiladi; o‘yinlar ijodiy tasavvurni, xotirani, fikrlashni, tafakkur faoliyatini yana
ham rivojlantirishga yordam beradi. Shunday qilib harakatli o‘yinlar bolaning aqliy
17
rivojlanishiga xizmat qiladi. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, maktabgacha
ta’lim tashkilotlarida o‘yin texnologiyalaridan foydalanish orqali bolalarga yangi
bilimlar, tushunchalar berib boriladi. Xalq о‘yinlarida bolaning har tomonlama
rivojlanishi, psixologik, bilish jarayonlari, sensor madaniyati, nutq faoliyati, aqliy
qobiliyatlari takomillashadi. O‘yin faqat bilish jarayonlarini takomillashtirib
qolmay, balki bolaning xulq - atvoriga ham ijobiy ta'sir ko‘rsatadi. O‘yin faoliyati
tufayli bola nafaqat jismoniy balki ruhiy tomondan ham rivojlanadi. O‘yin tufayli
bola baquvvat, sog‘lom, bo‘lib rivojlansa, o‘yin faoliyatini tabiat qo‘ynida tashkil
etish esa bolaning estetik rivojlanishi, dunyoqarashini kengayishi, tabiatni his
qilish, sezish kabilarni hisiyotlari rivojlantiradi. Maktabgacha tarbiya muassasalari
sharoitida bolalarning harakat faoliyatini rivojlantirishning yoshga bog‘liq
xususiyatlari o‘tkazilgan tajribalar orqali aniqlandi va nazariy jihatdan asoslab
berildi.
Maktabgacha tarbiya muassasalari sharoitida jismoniy tarbiya
mashg‘ulotlarida harakatli o‘yinlarni qo‘llash bolalarning harakat imkoniyatlarini,
jismoniy tayyorgarligini rivojlantirishga yordam beradi, shuningdek, ularning
kichik maktab yoshi davriga o‘tish uchun tayyorgarligi sifatini oshiradi.
18
2.3 Milliy xalq oyinlarni o'tkazish usuli
Xalq milliy harakatli o`yinlari, raqslari va sport turlari singari o`zining
bitmas-tugalmas bilim va tajriba sarchashmasiga ega. Shu boisdan milliy harakatli
o`yinlarni o`rganish, keng jamoatchilik asosida tadqiq qilish, ularni
o`quvchilarning jismoniy madaniyati jarayoniga tadqiq etish, ayni muddaodir.
Milliy harakatli o`yinlarni tashkil qilish va o`tkazishning o`ziga xos
tomonlari mavjud. Shuning uchun ham, o`yinning nozik tomonlarini bilishning
ahamiyati kattadir.
O`yinning bolalarni o`yinga chaqirish va to`plash, o`yinni boshlash uchun
qur`a tashlash, o`yinni tamomlash kabi o`yin mazmunini to`liq ochib beradigan
o`ziga xos xususiyatlarini bilmasdan turib sog’lomlashtirish, ta`lim-tarbiyaviy
vazifalarni, jismoniy sifatlarni (tezkorlik, chidamlilik, kuch, chaqqonlik va
boshqalarni) tarbiyalab bo`lmaydi. Xalqning mehr qo`ri bilan yaratilgan har bir
o`yini, o`yinning umrboqiyligi, unga qanday munosabatda bo`lishiga ham bog’liq.
Binobarin, o`yin har bir xalqning qalb ohanglari, hayol tashvishlar va
quvonchlarni, turmush tarzini, xususiyatlarini belgilaydi. Uni saqlab, e`zozlab,
me`yoriga etkazib o`ynay bilish faqat shu xalq vakiligagina xosdir. Birorta millat
o`zgalar o`yinini, ularchalik zavq-shavq bilan, ko`tarinki ruh bilan o`ynay olmaydi.
Sababi har bir millat o`ziga xos uslubga, xususiyatga ega. Bu esa shu millatga ona
tabiat tomonidan berilgan in`omdir, ne`matdir. Uni ko`r-ko`rona o`zgartirish
mumkin emas, o`zgartirishlarni turmushning o`zi taraqqiyot, rivojlanish, turmush
tarzidan kelib chiqib kiritib boradi.
Xalq og’zaki ijodini o`rganish va ilmiy adabiyotlar tahlili bolalarni o`yinga
chaqirish va o`ynovchilarni to`plash odat tusiga kirganligini, harakatli o`yinlarni
o`ynash uchun ma`lum belgilangan vaqt, joy tanlanmagan yoki maxsus hozirlik
ko`rilmaganligini ko`rsatadi. Ular qachon to`planishsa o`sha payt, o`sha vaqtda
o`yin o`ynalavergan. Shuning uchun ham o`yinlar boshlanishidan oldin bolalarni
yig’ish, ularni bir joyga to`plashda har bir bolaning jonbozlik, tashabbus
ko`rsatishi talab qilingan.
19
Bolalar buni juda yaxshi bilishadi, ular o`rtog’ini uydan chaqirib olish
yo`lini qidiradilar. Bu haqda G.Jahongirov o`zining “O`zbek bolalar folklori"
nomli risolasida juda yaxshi to`xtalgan: Ular uch-to`rtta bo`lib, o`rtog’ining
hovlisiga boradilar, ko`chada turib chaqira boshlaydilar.
Masalan, qizlar dugonalarini chaqiradilar
-Kel, o`rtoq, kurchoq-kurchoq o`ynaylik!
-Yur, bekinmachoq o`ynaymiz!
O`g’il bolalar o`rtog’ining laqabini aytib chaqirishi mumkin:
-Laylak, chiq o`ynaymiz!
Ba`zi joylarda o`yinga quyidagicha chaqiriladi:
-Tokchaga bug’doy sepuvdim,
Undimikino, unidimikin?
Mashrabboy uydan chiqmaydi,
yotdimikino, yotdimikin?
Ayrim joylarda esa keskinroq, murosasizroq ravishda chaqiriladi:
-Tomda tovuq qolarmu,
Ayvoningdan otarmi?
O`yin yoqmas bolalar.
Nomozshomdan qotarmu?
Kel-ho, kel!
Dangasalik qilib ko`chaga chiqishga eringanlarga darhol tanqidga uchraydi,
bolalar ularni mustaqillikka, dadil bo`lishga undaydilar:
-Keragida paxta bor,
Uyqung kelsa yotaver.
Onang qurg’ur qo`ymaydi,
Mushday qorning to`ymaydi?
Kel-ho, kel!
Agar chaqiriluvchi qiz bola bo`lsa, u birmuncha muloyim ohangda
chaqiriladi. Mabodo, qizning onasi o`gay bo`lib, qiziga yomon qarashini
20
dugonalari bilguday bo`lsa ham, termada „o`gay ona" so`zi ishlatilmaydi, imo-
ishora bilan o`z noroziligini ifoda qiladilar
-Oylar oydin ho bo`libdi, dugona,
o`ynagingiz kelibdi,. dugona,
Yoki onang qo`ymaydimi, dugona,
Mushtak qoring to`ymaydimi, dugona?
Shuncha chorlovdan keyin ham chiqishmasa, ularning nomiga kesatiq
so`zlar aytiladi, o`yinyoqmas qizlar esa kampirlarga o`xshatiladi:
Kip botti, oyijon momo yotdi,
Yotishi bilan uyg’onmay qopti!
Bolalar bir-birlarini qo`shiq aytib, o`ynagani chaqirganlar. Bunday o`yinlar
xalq ichida chorlamalar deb yuritiladi. Bu o`yin chorlov kechirmalarini ayni bir
vaziyatga bog’liq holda ifodalaydi va o`yinga da`vat etish, chaqirish, to`plash
vazifasini bajaradi:
Bola bo`lsang, kelaver,
o`ynab-o`ynab kelaver.
Kel-ho, kel!
Kel-ho, kel!
Chorlamalar, asosan, hayqirib aytiladi, bu esa bolalardagi o`ynash
ishtiyoqini oshiruvchi alanga kabi ta`sirchan vositadir.
O`yinga chaqirish va tashkil qilishning turlari, shakllari juda ko`p, biz faqat
ayrim namunalarinigina keltirdik. Uning asosiy vazifasi bolalarni o`yinga da`vat
qilish, qalblarini qitiqlash, undash, esga solish va ularning qiziqishlarini
kuchaytirishdan iboratdir.O`yinni boshlash uchun qur`a tashlash.
Xalq harakatli o`yinlarining asosiy shartlaridan biri qur`a yoki chek tashlash
bo`lib, u bo`lajak o`yinning haqqoniy, shiddatli, qizg’in o`tishiga kafolat beradi.
Xar bir o`yinning jiddiy baxs, musobaqa usulida olib borilishida chek tashlashning
tarbiyaviy ahamiyati kattadir. CHek tashlash haqidagi ma`lumot Mahmud
Koshg’ariyning mashhur „Devon-u lug’atit turk" kitobida bayon qilingan. Ushbu
kitobda bu so`z “chekashdi" ma`nosida berilgan. Boshqa bir sahifada chek
21