Mineral moddalarni tadbiq qilish uslublari
Mineral moddalar almashinuvi. Aralash holdagi hayvonot va o’simliklar
ozuqalaridagi (sabzavotlar, mevalar, sut, go’sht, tuxumlarda) mineral moddalarning
miqdori organizmni talabini to’lig’icha qoplaydi. Bundan faqatgina osh tuzi
mustasno, ya’ni voyaga yetgan odamlar ovqatiga bir-kecha kunduzda o’rtacha 10-
15 g qo’shiladi. O’rtacha osh tuziga bo’lgan talab 21 g ni tashkil qilsa, og’ir
jismoniy ish bajarganda 25-30 g.gacha ortishi mumkin. Voyaga yetgan odamlar
organizmidagi osh tuzining zahirasi 100-120 g.ni tashkil etadi. Mineral
moddalarning fiziologik ahamiyati juda katta. Ular oqsillar, skelet suyaklari,
fermentlar, gormonlar tarkibiga kiradi. Organizmdagi mineral moddalarning
umumiy miqdori, tana og’irligining 4,5 % ini tashkil etadi, ularning 5/6 qismi
suyaklar tarkibida bo’ladi.
Mineral moddalar organizmdagi barcha funksiyalarni mo’’tadil bajaralishini
ta’min etadi. Mineral moddalarning ionlari to’qima va qonning osmotik bosimini,
ishqor-kislota muvozanatini va faol reaksiyasini doimiyligini ta’min etadi. Ular
asab tizimi faoliyati, qon ivishi, so’rilish, gazlar almashinuvi, sekresiya va ayiruv
jarayonlari uchun juda zarur, lekin ular energiya manbai hisoblanmaydi. Ovqatlar
tarkibida osh tuzining miqdori normadan ortiqcha bo’lganida terida natriy
xloridning zahirasi yuzaga keladi va osh tuziga taqchil ovqatlar iste’mol
qilinganida ulardan foydalaniladi.
Jigarda va to’qimalarda temir saqlanadi, suyaklarda kalsiy va fosfor,
muskullarda esa kaliy saqlanadi.
Xloridlar, fosfatlar, sulfatlar, karbonatlar va silikatlarning anionlari va natriy,
kaliy, kalsiy, temir, magniy va misning kationlari ancha jiddiy ahamiyatga egadir.
Bundan tashqari fosfor, oltingugurt, yod, rux, brom, ftor organizmdagi barcha
fiziologik jarayonlarni bajarilishida ishtirok etadi.
Voyaga yetgan odamlarning bir kecha-kunduzlik mineral moddalarga bo’lgan
talabi (grammda) Na-4-6, Ca-1 (homilador ayollar va emizikli onalar –1,5-4), K-3-
5 , P-1,5-2, S-1, Mg-0,5-0,7. erkaklar uchun bir kecha-kunduzlik temirga bo’lgan
talabi – 0,9-1,2 mg, ayollar uchun 1,3-2,5 mg, homiladorlik paytida esa – 5 mg.ni
tashkil etadi.
Fosforning kalsiyga bo’lgan nisbati 1,5;1,0 ga teng va bu nisbat o’zgarganida
organizm tomonidan fosforning o’zlashtirilishi buziladi. Jismoniy ish bajarganida
sutkalik fosforga bo’lgan talab 1,5-2 martagacha ortadi va 3-4 g.yetadi.
Sitoplazmaning asosiy qismini tashkil qiluvchi mineral moddalar
makroelementlar (Na, Ca, P va boshqa.) deb ataladi, juda kam miqdorda
saqlanuvchilarni esa (foizning mingdan bir bo’lagidan kam bo’lgani)
mikroelementlar (Mn, Co, Zn, Br, J, Cr, Fp, mishyak, molibden, temir va
boshq.) deb yuritiladi.
Mikroelementlar organlarda notekis jamlanadi; masalan, mis-jigar va qizil
ilikda, xrom, marganes va brom-gipofizda, rux-asosan jinsiy bezlarda gipofiz va
me’daosti bezida, nikel – me’daosti bezida, kadmiy-buyrakda, stronsiy-suyaklarda.
Mikroelementlar fermentlar, gormonlar va vitaminlarning tarkibiga kirib
ularning ta’sirini kuchaytiradi. Rux-oqsillar almashinuvi fermentlari va
karbongidraza, temir-nafas fermentlari, xrom-tripsin tarkibida bo’ladi. Kobalt –
muskullar fermentlarini marganes – qon va to’qimalar fosfatazasini faollashtiradi.
Qalqonsimon bez gormonlarida yod, me’daosti bezi – rux, qalqonsimon bez-brom
ko’p bo’ladi. Vitamin B12 tarkibiga kobalt kiradi. Marganes – B1, mis – A, B, C,
E, PP vitaminlarini faollashtiradi, ovqat tarkibida mis katta miqdorda bo’lsa
vitamin B1 ning ortishini ta’min etadi.
Mikroelementlarning amaliy ahamiyati juda katta. Masalan, kobalt
homilaning rivojlanishiga va qon hosil bo’lishi uchun zarur. Mis-to’qimalararo
nafas olishda ishtirok etadi va hayvonlarni ko’payishiga ta’sir ko’rsatadi. Kobalt
qishloq xo’jalik hayvonlarining go’sht va jun mahsuldorligini oshiradi. Har ikkala
mikroelement ham asosan jigarda saqlanadi.
Yosh bolalarning suyaklari va asab to’qimalarini o’sishi jarayonida natriy,
kaliy, kalsiy, fosforlardan foydalaniladi. Organizmni suyaklarini o’sishiga va
hayvonlarni ko’payishi uchun marganes, eritrositlarni hosil bo’lishi uchun temir va
mis zarur.
Kobalt, mis va rux kartoshka, karam (asosan rangli) osh lavlagi, sabzi,
otquloq, tuxum sarig’ida, jigar, qoramol go’shti, seld, sudak, zagora va cho’rtan
baliqlarda katta miqdorda saqlanadi. Malinada marganes, o’rikda- esa mis
mavjuddir.
Turli hududlardagi geoximik zonalarning o’simliklar ozuqalari va suvlarida
turli mikroelementlar saqlanadi. Shu sababli, ularni ozuqalar va suvlari miqdori
mo’’tadillashtirilishi va yetmagan qismi to’ldirilishi kerak.
Mikroelementlar organizmdan siydik, najas va ter bilan ajratiladi, shu sababli
bu yo’qotishlarning organizmga tushayotgan miqdor bilan tenglashishini
ta’minlash kerak.
Noorganik birikmalarning yetishmasligi fiziologik funksiyalarning
buzilishiga va hatto o’limga olib kelishi mumkin. Ikkinchi tomondan ularning
miqdori ortib ketganida ham organizm funksiyalarini buzilishi mumkin, masalan,
yosh bolalarning organizmiga katta miqdorda osh tuzini kiritilishi tana haroratining
ko’tarilishini – tuzli isitmani chaqiradi.
Ayrim mikroelementlarning organizm uchun ahamiyati.
Sayyoramizda uchraydigan ko’pchilik kimyoviy elementlar hayvonlar
tanasida ham uchraydi va organizmning asosiy tarkibiy qismini tashkil qiladi.
Odam va hayvon tanasida nisbatan kamroq uchraydigan va ba’zi to’qimalarning
asosiy qismini tashkil etadigan ana shunday elementlarga mikroelementlar
deyiladi. Mana shu mikroelementlardan tashqari hayvonlarning organizmida juda
oz miqdorda bo’lsada boshqa elementlar ham uchraydi. Bularni emission spektral
yoki radioaktivatsion analiz yordami bilangina aniqlasa bo’ladi.Bu elementlar
organizmda fermentlar, gormonlar va vitaminlar tarkibiga kiradi va fiziologik
jihatidan juda katta ahamiyatga ega. Hozir mikroelementlarning organizmda
yetishmasligi yoki aksincha, ko’payib ketishi natijasida turli kasalliklar paydo
bo’lishi tekshirishlarda isbotlangan. Mikroelementlarning organizm uchun
ahamiyati 1891 yilda rus olimi V.I.Vernadskiy tomonidan ko’rsatib berildi.
Keyinchalik tuproq, suv, o’simlik va hayvon organizmlaridagi mikroelementlar
miqdorini aniqlashda A.P.Vinogradov, V.V.Kovalskiy, F.Ya.Berenshteyn,
Ya.M.Berzin va boshqalar ko’p ish qildilar. Hozirgi vaqtda hamdo’stlik
mamlakatlari hududlarida mikroelementlar miqdori aniqlanib, biogeokimyoviy
zonalar belgilangan. Bu zonalarning qaysisida qaysi mikroelementning qanchaligi
o’rganilgan. Ana shularga qaysi hududning tuprog’ida, suvida yoki o’simliklari
tarkibida, qaysi mikroelement yetishmasa, shu mikroelement hayvonlar
organizmining ehtiyojiga qarab qo’shimcha ravishda beriladi. Hayot uchun zarur
ahamiyatga ega bo’lgan mikroelementlar qatoriga -temir, mis, marganets, ruh, yod,
ftor, brom, kobalt va boshqalar kiradi.
Temir. Organizmda benihoya katta ahamiyatga ega. Ozuqalar bilan birga
organizmga tushgan temir ikki valentli holida ichak devori orqali qonga so’riladi.
Temir organizmda gemoglobin bilan miogemoglobin tarkibiga kiradi. Shuningdek
katalaza, peroksidaza, sitoxrom oksidaza va nafas olish jarayonlarida ishtirok
etuvchi boshqa fermentlarning tarkibida ham temir bo’ladi. Organizmdagi ortiqcha
temir ozuqalar bilan tushgan va gemoglobinning parchalanishi natijasida hosil
bo’lgan temir organizmda to unga ehtiyoji tug’ilguncha jigarda, taloqda va ichak
devorlarining shilliq pardalarida ferritin shaklida jamg’arilgan holatda saqlanadi.
Ferritin temir gidroksid bilan oqsil birikmasidir. Organizmda temir yetishmasa,
yuqorida qayd qilingan fermentlarning sintezlanishi buziladi. Tirik vazni 5-10kg
keladigan cho’chqa bolalarining temirga bo’lgan sutkalik ehtiyoji 20mg.ga teng.
Ularning yoshi kattalashib borgan sari temirga bo’lgan ehtiyoji kamayib boradi.
Mis. Organizmda qon va boshqa barcha to’qimalarda, jigarda va taloqda esa
bir oz zahira holda saqlanadi. Masalan, sigirlarning 1kg. jigarida 30mg.gacha,
buzoqlarnikida 45mg.gacha mis bo’lishi to’g’risida ma’lumotlar bor. Organizmda
mis erkin, ya’ni ion holatda va ko’proq miqdorda oqsillar bilan birikkan holda
uchraydi. Eritrotsitlarning tarkibidagi oqsil gemodlobulinning tarkibida 0,34%
gacha mis saqlanadi. Keyingi ma’lumotlarga qaraganda, bu birikma misning alfa
globulin bilan hosil qilgan birikmasidir. Mis organizmda nafas olishda
qatnashadigan bir qator fermentlarning sintezlanishida ishtirok etadi. Shuning
uchun ham to’qimalarning nafas olish jarayonlarida juda katta ahamiyatga ega. Mis