Mintaqalarda ekologik turizmni rivojlantirish resurslari va ulardan
foydalanish.
Reja:
1. Mintaqalarda ekoturizmning tutgan o‘rni va roli.
2. O‘zbekiston turistik mintaqalarining ekoturistik salohiyati va uning
o‘ziga
xos
xususiyatlari.
3. Ekoturizmni rivojlantirishda tabiati alohida muhofaza qilinadigan
hududlarning o‘rni.
4. Mintaqalarda joylashgan qo‘riqxonalar va ulardan ekoturizmda
foydalanish imkoniyatlari.
5. O‘zbekistonda ekoturizmni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari.
6.1. Mintaqalarda ekoturizmning tutgan o‘rni va roli.
Dunyo miqiyosida turizmning eng yangi yo’nalishlaridan biri ekologik
turizm yoki ekoturizmdir. «Ekologik turizm» termini birinchi marotaba 1980
yil meksikalik iqtisodchi G.Seballos –Laskureyn taklif qilgan. Ekoturizmning
asosiy maqsadi sayohat paytida yangi joylarni ko’rish, tabiat go’zalligidan,
toza tog’ yoki o’rmon havosidan bahra olish, «yovvoyi» tabiat bag’rida dam
olish, shuningdek, boshqa xalqlar urf-odati, madaniyati, san’ati, tarixiy
obidalarini ko’rishdan iborat. Turizmning bu ko’rinishi Kanada, AQSH,
G’arbiy Yevropa davlatlari, Markaziy va Janubiy Amerika, YAponiya, Xitoy
va boshqa mamlakatlarda tez rivojlanmoqda. Ekologik turizm ayniqsa
Avstraliyada yaxshi rivojlangan bo’lib, bu soha bo’yicha maxsus dasturlar
yaratilgan.
Ekologik turizmni tashkil etish va rivojlanishi uchun ob’ektlar bo’lib,
quyidagilar xizmat qiladi:
milliy bog’lar, davlat buyurtmalari, tabiat yodgorliklari;
botanik bog’lar;
davolash-sog’lomlashtirish joylari va kurortlar;
qo’riqxonalar.
Ekoturizmning muhim ob’ekti bo’lib, ekologik toza hudud, ajoyib
tabiat va boshqa rekreasiya resurslari hisoblanar ekan, mamlakatimiz bu
resurs turlariga boy hisoblanadi. Respublakamizda tarixiy, arxeologik,
arxitektura, san’at, musiqa va boshqa turistik resurslar mavjud.
O’zbekistonning boshqa mamlakatlarda uchramaydigan ekzotik tabiati,
xilma-xil landshaftlari, flora va faunasi butun turistik regionning
jozibadorligini belgilovchi asosiy omillardir.
Hozirgi vaqtda to’rt xil ekoturizm turlari va ekoturlar mavjud.
1. Ilmiy turizm. Bunda turistlar dala sharoitida kuzatish ishlari olib
boradilar, tabiatda izlanish ishlarida ishtirok etadilar. Masalan Lotin
Amerikasi mamlakatlaridan biri Kolumbiyada, u yerdagi boy qo’shlar
olamini o’rganish uchun «Kolumbiya qushlari» degan ekoturlar o’tkazilib,
unda boshqa davlatlardan kelgan ornitologlar ham qatnashib ilmiy izlanishlar
olib boradilar. Bunda turistlar aktiv harakat usullari qo’llab, tabiiy
go’zallikdan bahra oladilar. Ilmiy tushumga chet elga bo’lgan ilmiy-tekshirish
ekspedisiyalari va tabiiy fakultetlarda o’qiyotgan talabalarning dala
praktikasi ham kiradi.
2. Tabiat tarixini o’rganish turlari. Bu atrof muhitni va mahalliy
madaniyatni o’rganish uchun qilingan sayyohatdir. Ular ko’pincha
qo’riqxonalar va milliy bog’larda takshil etilishi mumkin. Bu turlar tabiat
fenamentlari bor joylarda ham tashkil qilinishi mumkin. Bunga maktab
o’quvchilarining poxodlari ham kirib, unda o’qituvchi, o’quvchilarga o’tilgan
joylarning tabiati tarixi to’g’risida hikoya qilib beradi.
Samarqand shahridan janubiy – g’arbda Nurobod tumanida qoratepa
tog’ tizmasi joylashgan bo’lib, undagi cho’qqi ustida Xazrati Dovut g’ori
joylashgan. Bu g’orga borish yo’li obodonlashtirilgan va unga hamma ham
borishi mumkin. Lekin g’orga borgan vaqtda malakali ekskursovod rahbarlik
qilib, u g’orni paydo bo’lish tarixi va sabablarini tushuntirib bersa, unda
mistikaga yo’l qolmas va g’or to’g’risida afsonalarga izoh berilgan bo’lar edi.
Bundan tashqari ekoturistlar olib borgan tozalash ishlarida g’or va
tashqarisining ko’rinishi ancha manzarali bo’lishi mumkin.
3.Sarguzasht turizmi. Bu tur turizm barcha aktiv xarakatni turlarini
o’zida jamlangan sayohatlarni o’z ichiga oladi hamda tabiatda dam olish
turlari ham bunga kirib ulardan maqsad yangi xissiyotlarni sezish,
taassurotlarni boshdan kechirish, turistlarni fizik formasini yaxshilash va
yangi sport muvoffaqitlarga erishishidir. Bu tur turizmga alpinizm, qoyalarda
yurish, tog’ va piyoda yurish turizmi, suv, chang’i va tog’-chang’i turizmi,
otda yurish turizmi kiradi.
6.2. O‘zbekiston turistik mintaqalarining ekoturistik salohiyati va uning
o‘ziga xos xususiyatlari.
O’zbekiston ekologik turizm va uning sarguzasht turlaridan rafting,
trekking, miniladigan turizm (“door of road”), agroturizm, alpinizm va
boshqa sport turlarini rivojlantirish uchun boy imkoniyatlarga va o’ziga xos
xususiyatlariga ega. Ekoturistlar uchun qiziqarli bo’lgan ob’ektlar, ya’ni
alohida muhofazaga olingan hududlar doirasidagi turli tabiiy va madaniy
vujudga kelgan landshaftlar, o’simlik va hayvonot olami resurslari, kam
uchraydigan va kamayib borayotgan organizmlar genofondi, ajoyib tabiiat
komplekslari, tabiat yodgorliklari ekoturizmni rivojlantirishning muhim asosi
hisoblanadi.
Ekologik turizm nuqtai-nazaridan alohida muhofaza etiladigan tabiiy
hududlar tayanch hududlar sifatida qaralmog’i lozim. G’arbiy Yevropa
mamlakatlari o’zlarining tabiiy landshaftlaridan allaqachon mahrum
bo’lganliklari sababli, yildan-yilga boshqa mamlakatalrning tabiatiga bo’lgan
qiziqishi tobora ortib bormoqda. SHuning uchun turistik resurslardan
samarali foydalanishda tabiat muhofazasining o’rni katta.
Ekologik turizm hozirgi kunga kelib jadal sur’atlarda rivojlanib
borayotgan turizm sohasiga aylandi. O’zbekistonda ekoturizm rivojlanishi
tabiatni muhofaza qilish, ekoturistlarni vatanimizga jalb etish, noyob
o’simliklar va hayvonot dunyosini saqlash, ko’paytirish muammolarini hal
qilishga, balki mahalliy aholini ish bilan ta’minlab iqtisodiyotimizni
rivojlantirishiga katta hissa qo’shadi. Ekoturizm faoliyatidan kelib chiqib
alohida muhofaza etilayotgan tabiiy hududlarda amalga oshirish katta
ahamiyatga ega. Mahalliy, aholini ehtiyojini qondirish ko’proq tabiatdan
foydalanish turlariga borib taqaladi.
Tabiiy resurslardan ishlab chiqarishda tobora ko’proq foydalanish,
jamiyatning turli-tuman ehtiyojlarini qondirish, inson hayoti va faoliyatini
ta’minlash uchun tabiiy muhitdan foydalanishning kuchayishi tabiatning
ayrim hududlarini tabiiy holatda saqlash zaruratini keltirib chiqaradi.
Bunday uchastkalar alohida muhofaza qilinadigan hududlar (akvatoriyalar)
bo’lib, ular ekologik, genetik, asrash, muhofaza qilish, sanitariya-gigiena,
sog’lomlashtirish, madaniy-maorifiy funksiyalarni bajaradi va ular faol
xo’jalik o’zlashtirilishidan chiqariladi. Alohida muhofaza qilinadigan
hududlar ekologik balansni qo’llab-quvvatlash, tabiiy resurslarni takror
ishlab chiqarish, ekotizimlar va organizmlar genofondlari etalonlarini
saqlash, atrof-muhitni muhofaza qilish va saqlash, rekreasiya va tabiat
muhofazasi ta’lim–tarbiyasi, shuningdek, ham tabiiy sharoitlarda, ham inson
ta’sirida kechadigan mahalliy, mintaqaviy va global tabiiy jarayonlarni
o’rganish maqsadlariga xizmat qiladi.
Ekologik turizmni tashkil etish va rivojlanishi uchun ob’ektlar bo’lib,
quyidagilar xizmat qiladi:
milliy bog’lar, davlat buyurtmalari, tabiat yodgorliklari;
botanik bog’lar;
davolash-sog’lomlashtirish joylari va kurortlar;
qo’riqxonalar.
6.3
Ekoturizmni rivojlantirishda tabiati alohida muhofaza
qilinadigan hududlarning o‘rni.
Alohida muhofaza etiladigan tabiat hududlarga sayohat (AMETHS) etish
ekoturizmning asosiy turi hisoblanadi.
Ekoturizm funksiyalarining asosiy farqi va o’ziga xosligi.
Ekoturizm o’ziga xos xususiyatlarga ega:
- mahalliy aholining o’z hududlarining ijtimoiy - iqtisodiy
rivojida ishtirok etishi;
- turizm ob’ektlari ichida tabiiylikni ko’pligi;
- mutadil tabiatdan foydalanish
- energiyani kam iste’mol etishi;
- Turistlarni ekologiyadan bilimli bo’lishi
Alohida muhofaza qilinadigan hududlar statusi, funksiyasi, rejimi va
boshqarishni tashkil etishdagi farqlari hisobga olinib, quyidagi
kategoriyalarga bo’linadi (tasniflanadi):
1. Davlat tabiat qo’riqxonalari, shu jumladan, biosfera qo’riqxonalari.
2. Milliy parklar.
3. Davlat milliy tabiat parklari (bog’lari).
4. Davlat tabiat buyurtma qo’riqxonalari (zakazniklar).
5. Davlat tabiat yodgorliklari.
6. Alohida muhofaza qilinadigan boshqa tabiiy hududlar: suv
muhofazasi mintaqalari, kurort-sog’lomlashtirish tabiiy hududlari, rekreasiya
zonalari, botanika bog’lari, dendrologiya bog’lari, qo’riqlanma (oraliq)
tegralari, o’rmonlarning taqiqlangan mintaqalari, hayvonot bog’lari,
baliqchilik xo’jaligi tegralari.
Bundan tashqari alohida muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarning
boshqa shakllari – yashil zonalar, shahar o’rmonlari, shahar parklari, bog’-
park san’ati yodgorliklari, muhofaza qilinadigan qirg’oq liniyalari, muhofaza
qilinadigan daryo tizimlari, muhofaza qilinadigan landshaftlar, biologik
stansiyalar, mikroqo’riqxonalar va boshqalar ham tashkil etilishi mumkin.
Alohida muhofaza qilinadigan hududlar tizimining roli atrof-
muhitning barqarorligini ta’minlash, jamiyatning ijtimoiy talablari va moddiy
ehtiyojlarni ta’minlash bilan belgilanadi. SHunga muvofiq alohida muhofaza
qilinadigan hududlar quyidagi iqtisodiy -ekologik funksiyalarni bajaradi:
genofondni saqlash;
fundamental ekologik jarayonlar va hayot ta’minoti tizimlarini
qo’llab-quvvatlash;
ilmiy, bilish va tarbiyaviy maqsadlarda muhofaza qilinadigan tabiat
komplekslari to’g’risidagi axborot ma’lumotlarini to’plash va ilmiy
tadqiqotlarni o’tkazish imkoniyatlarini ta’minlash.
Hozirgi vaqtda O’zbekiston hududida – qo’riqxonalar, milliy bog’lar,
tabiatning nodir yodgorliklari mavjud. Bu yerda qo’riqxona bilan milliy bog’
va tabiatning nodir yodgorliklari o’rtasida farq nima va ularda ekoturizmni
qanday rivojlantirish mumkin degan savol tug’iladi.
Qo’riqxonalar xo’jalik faoliyati taqiqlangan tabiat komplekslari va
ob’ektlari hisoblanadi va ular tabiatni muhofaza qilish, ilmiy, ekologik
ahamiyatga ega bo’lgan joylar bo’lib, tabiatning doimiy yoki kamyob
landshaftlar, o’simliklar va jonivorlar olamining genetik fondi saqalanadigan
yerlar hisoblanadi. YOki boshqacha ta’riflaganda davlat qo’riqxonalari deb,
tabiatni qo’riqlanishi shart bo’lgan ilmiy, ekologik – ma’naviy ahamiyatli,
tabiiy muhit nishonalari tipik yoki nodir landshaftlar, o’simlik va jonivorlar
genetik fondi saqlanadigan va xo’jalik foydalanishidan to’liq chiqarilgan
tabiiy komplekslar va ob’ektlar tushuniladi.
Qo’riqxonada dam olish va turizm tabiatga zarar yetkazishi mumkin,
lekin oldindan hisoblab chiqarilgan zarar yetkaza olmaydigan rekreasion
bosimga rioya qilish, turizm orqali bo’ladigan salbiy o’zgarishlarni oldini
olish mumkin.
Milliy bog’lar. «Milliy bog’» jumlasi 19 asrda AQSHda alohida
muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda paydo bo’ldi. Ularni tashkil etishning
asosiy xususiyati nodir tabiiy ob’ektlarni odamlarni erkin kirishi va ayni
vaqtda oddiy xo’jalik maqsadida foydalanishni taqiqlash yo’li bilan paydo
bo’ldi. Milliy bog’ning qo’riqxonadan farqi shuki, unda insonning xo’jalik
faoliyatidan faqat turizmga ruxsat beriladi, qolganlari taqiqlanadi.
SHu maqsadda milliy bog’larning faoliyatini har bir hudud uchun tipik
go’zal landshaftlarni, shu yerdagi tarix, madaniyat, arxitektura yodgorliklari
bilan saqlab qolish, hamda flora va faunaning genetik fondini ko’paytirish
asosida olib borish muhimdir. Asosiysi turizmni rivojini tabiatga zarar
yetkazmasdan olib borish asosida ishlab chiqish lozim. Milliy bog’larda ilmiy
tekshirish, ma’rifiy ishlarni tashkil etish va ular tabiat muhofazasining
nazariy va amaliy tomonlari masalalarini yechish, aholini turli yodgorliklar va
e’tiborga molik joylari bilan tanishtirish ishlarini olib boriladi.
Zomin milliy bog’i, 10,5 ming gektar yerni egallaydi va zomin tog’
o’rmon qo’riqxonasi sifatida 1960 yil Turkiston tog’ sistemasining g’arbiy
qismidagi tabiat komplekslarini muhofaza qilish uchun tashkil etildi.
Keyinroq boy turistik resurslari e’tiborga olinib milliy bog’ga aylantirildi.
Milliy bog’ga xarakterli o’simlik archa (zarafshon, turkiston yarim sharsimon
turlari)hisoblanadi.
Milliy bog’da yayov yurish va tog’ turizmni rivojlantirish uchun
imkoniyat katta. Bu joyning shifobaxshlik xususiyatidan foydalanib, davolash
turizmini rivojlantirish mumkin. Lekin milliy bog’ Samarqand, Toshkent,
Buxoro va boshqa Jizzax kabi shaharlardan bir muncha uzoq bo’lganligi va
unga boradigan yo’llari yaxshi bo’lmagani uchun uning turistik
imkoniyatidan to’liq foydalanila olinmayapti.
Zakazniklar maydonida tabiatning ob’ektlarining bir qisminigina
xo’jalik tomonidan ishlatiladi va bu ishlatilishi, ma’lum muddatlarda, ma’lum
mavsumlarda hamda tabaitga zarar yetkizmaydigan darajada amalga
oshiriladi. Ovchilik buyurtmalardan tashqari oxirgi yillarda botanik-
landshaft, gidrologik va boshqa maqsadli hamda kompleks tabiat zakazniklari
(qo’riqlar) ajratila boshlandi.
Kompleks landshaft zakazniklari (qo’riqlar) deb muhofaza etiladigan
tabiat maydonlarni qo’riqlovchi muhim tabiat hududlari tushunilib, unda h
turli xil tabiat komplekslari muhofaza etiladi va ayni bir vaqtda unda
xo’jalikning boshqa faoliyatlari to’xtatilmaydi.
Tabiat yodgorliklari. Noyob tabiat yodgorliklari, bu – muhofaza
qilinadigan ob’ekt turlaridan hisoblanadi. Ayrim hollarda tabiiy ob’ektlarni
muhofaza qilish uchun katta maydonlarni ishg’ol qilinadigan qo’riqxonalar
tashkil qilish maqsadga muvofiq bo’lmaydi. SHuning uchun kichikroq
maydonlardagi tabiiy ob’ektlar «tabiat yodgorliklari» deb qilinadi va
muhofaza ostiga olinadi. «Tabiat yodgorliklari» terminini dastlab A.Gumbolt
taklif qilgan. O’tgan asrimizning boshlaridayoq Yevropada tabiat
yodgorliklarini muhofaza qilish boshlangan edi.
Tabiat yodgorliklari tabiatning o’zgarishi va unda sodir bo’layotgan
jarayonlar haqida ma’lum darajada aniq guvohlik beradi. Tabiat
yodgorliklari ilmiy – tarixiy va madaniy – estetik ahamiyatga ega.
Umumiy xarakteriga ko’ra, tabiat yodgorliklari geologik –
geomorfologik, botanik, paleontologik, astronomik va landshaft
yodgorliklariga bo’linadi.
O’zbekiston hududining muhofaza etilayotgan tabiiy hududlar
tarkibida 2164 km2 maydonni tashkil etgan 9 ta davlat qo’riqxonasi, 6061 km 2
maydonni tashkil etgan 2 ta milliy bog’ va noyob turlarga kiruvchi
hayvonlarni ko’paytirish “Jayron ekomarkazi”, 12186 km2 maydonni tashkil
etgan 9 ta davlat buyurtmaxonalari mavjud. Muhofaza etiladigan tabiiy
hududlarni umumiy maydoni 20520 km2, yoki O’zbekiston hududining 5,2 %
ni tashkil etadi. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda yetarli darajada shart
– sharoitlar, infratuzilma, hamda moddiy – texnik bazasining, servis
xizmatlarini yaxshi yaratilmaganligi mamlakatimizda ekoturizmni
rivojlanishiga to’sqinlik qilmoqda. SHu munosabat bilan, Prezidentimizning
2006 yil 17 – aprelda “O’zbekiston Respublikasi 2006 – 2010 yillarda xizmat
ko’rsatish sohasini rivojlantirishni jadallashtirish chora – tadbirlari
to’g’risida”gi 325 sonli qarori chiqdi. Bu bo’yicha Respublikamizda ayrim
ishlar boshlangan. Masalan, hozirgi kunda O’zbekistonda ekoturizm
yo’nalishlari «Ekosan» xalqaro jamg’armasining ekoturizm bo’linmasi
tomonidan ishlab chiqilmoqda.
Yo’nalishlar hozircha Zomin milliy bog’i va Nurota qo’riqxonalariga
uyushtirilgan. Undan tashqari ekoturizmni rivojlantirish maqsadida Tabiatni
muhofaza qilish Davlat qo’mitasi “O’zbekiston Respublikasida ekologik
turizmni rivojlantirish Konsepsiyasi va uning yaqin kelajakdagi
istiqbollari”ni ishlab chiqdi. Albatta, bu mavjud imkoniyatlardan unumli
foydalanishimiz uchun bir qancha ishlarni amalga oshirishimiz lozim deb
hisoblaymiz:
qo’riqxonalar va milliy bog’lar sonini oshirish;
mavjud qo’riqxonalar va milliy bog’larni turistik resurs sifatida ilmiy
jihatdan o’rganib chiqish;