MINTAQALARNING MADANIY-TARIXIY MEROSI, ULARDAN
FOYDALANISH VA MUHOFAZA QILISH
Reja:
1. Jahon madaniy-tarixiy merosini saqlashda YUNESKO va Butunjahon turistik
tashkilotining (BTT) o‘rni.
2. Mintaqalarda madaniy-tarixiy merosdan foydalanish va muhofaza qilish
tadbirlari.
3. Shaharlardagi arxitektura yodgorliklari va tabiatda geoturistik yodgorliklar va
ulardan foydalanish.
4. Mintaqalardagi madaniy merosda etnografiya, urf-odatlar va an’analarni
tutgan o‘rni.
5. Mintaqalarda mavjud muzeylar va ulardan foydalanish.
6. O‘zbekistonda mintaqalar bo‘yicha turistik resurslarning joylanishi.
1.Jahon madaniy-tarixiy merosini saqlashda YUNESKO va Butunjahon
turistik tashkilotining (BTT) o‘rni.
UNESCO (United Nations Educational, Scientific and Cultural
Organization — Birlashgan Millatlar Taʼlim, Bilim va Madaniyat Tashkiloti),
Birlashgan
Millatlar
Tashkilotining
maxsus tashkilotlaridan biri boʻlib,
ikkinchi dunyo urushidan soʼng, 1946-yil tashkil qilingan. Bu tashkilotning
qurilishiga, 1945-yil Noyabr oyida Londonda 44 davlatning vakillari
qatnashgan holda qaror qilingan. Tashkilotning markazi Parijda. Uch
organdan — Umumiy yigʻilish, Boshqaruv, Kotiblikdan iborat boʻlgan
UNESCO tashkilotining asl maqsadi, taʼlim, bilim va madaniyatni, unga aʼzo
boʻlgan har bir davlatdagi Milliy komissiyalar orqali amalga oshirish.
Birlashgan Millatlar tashkilotining maorif, fan va madaniyat masalalari
bilan shugʻullanuvchi tashkiloti — xalqaro hukumatlararo tashkilot;
BMTning ixtisoslashgan muassasasi. Davlatlar oʻrtasida maorif, fan,
madaniyat va kommunikatsiyalar sohasida hamkorlikni rivojlantirish yoʻli
bilan tinchlikka va xalqaro xavfsizlikka koʻmaklashish maqsadida 1946-yil
tuzilgan. 188 mamlakat (jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi 1993-yil 26
oktyabrdan) aʼzo (2004). UNESCO nizomiga koʻra, "... irqi, jinsi tili va
dinidan qatʼi nazar, barcha xalqlar uchun adolatga, qonuniylikka, inson
huquqlari va asosiy erkinliklariga umumiy hurmatni taʼminlash maqsadida
taʼlim, fan va madaniyatni rivojlantirish orqali xalqlar hamkorligiga"
koʻmaklashish tashkilotning ustuvor vazifasidir. 400 ga yaqin xalqaro
nohukumat tashkilotlar va jamgʻarmalar, xalqaro va hududiy birlashmalar
UNESCO bilan hamkorlik qiladi. UNESCO byudjeti aʼzomamlakatlar
badallaridan tashkil topadi
UNESCO Oʻzbekistonning Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga
oshirishiga bevosita yordam koʻrsatish maqsadida bir qator oliy oʻquv
yurtlarida UNESCO kafedralari, shuningdek, UNESCO maktablari tashkil
etgan. UNESCO doirasida Abu Rayhon Beruniy (1973), Abu Ali ibn Sino
(1980) tavalludining ming-yillik, Mirzo Ulugʻbekning 600-yillik (1994), Amir
Temurning 660-yillik (1996) tantanalari nishonlandi. UNESCOning Parijdagi
bosh qarorgohida Amir Temur haftaligi oʻtkazilib, "Temuriylar davrida fan,
madaniyat va maorifning gullabyashnashi" mavzuida ilmiy konferensiya va
koʻrgazma tashkil etildi. Bu tadbirda I.Karimov, Fransiya Prezidenti J.Shirak
ishtirok etdi (1996-yil 20—26 aprel). Toshkent shahrining 2000-yilligi (1980),
Xiva (1997), Buxoro (1997), Termiz (2002) shahrilarining 2500-yilligi,
Shahrisabz shahrining 2700-yilligi (2002), Ahmad alFargʻoniyning 1200-
yilligi, Imom Buxoriynning 1225 y.ligi (1998), "Alpomish" xalq dostoni
yaratilganligining 1000-yilligi (1999), Avesto kitobi yaratilganligining 2700-
yilligi (2001) nishonlandi. UNESCO rahnamoligida Samarqand shahrida
"Sharq taronalari" xalqaro musiqa festivali, Boysun tumanida folklor
festivali oʻtkazib kelinmoqda.
1969 yilda BMT Bosh assambleyasining rezolyutsiyasiga muvofiq,
MSOTO Hukumatlararo Jahon turizm tashkilotiga (JTT) aylandi. Bu fakt
xalqaro turizmning ham iqtisodiy, ham siyosiy ahamiyatga egaligini
ko’rsatadi.
JTT yuridik jihatdan 1970 yil 28 sentyabrda MSOTO bosh
assambleyasining favqulodda sessiyasida Jahon turizm tashkilotining
Nizomini qabul qilinishi hamda uning 1975 yil 2 yanvardan 51 ta davlat
tomonidan ratifikatsiya qilinishi bilan kuchga kirishi orqali rasmiylashtirildi.
JTT - maxsus xalqaro tashkilot bo`lib, Nizomining 1-bandiga muvofiq
hukumatlararo tashkilotlar qatoriga kiradi.
JTTning asosiy maqsadi - turizmni rivojlantirish va rag’batlantirish
orqali iqtisodiy rivojlanish, xalqaro tinchlik, taraqqiyot, inson huquqlariga
hamda irqi, jinsi, tili va dinidan qat`iy nazar, barcha uchun asosiy
erkinliklarga rioya qilishga o`z hissasini qo’shishdan iborat.
Tashkilot ochiq bo`lib, uch xil a`zolar bo`lishini nazarda tutadi: haqiqiy,
assotsiyalashgan va qo’shilgan a`zolar.
Har qanday suveren davlat haqiqiy a`zo bo`lishi mumkin.
Assotsiyalashgan a`zo statusini o`z tashqi munosabatlarini olib borish
huquqiga ega bo’lmagan hududlar olishi mumkin. Turizmda o’zining
qiziqishlari bo`lgan hukumatlararo va nohukumat tashkilotlari, maqsadlari
JTTda ko’zda tutilgan maqsadlarga mos keluvchi tijorat tashkilotlari
qo’shilgan a`zo bo`lishlari mumkin.
JTT Nizomiga muvofiq, uning boshqaruv organlari bo`lib, Bosh
assambleya, Ijroiya kengashi va kotibiyat hisoblanadi.
Bosh assambleya - JTTning oliy organi bo`lib, haqiqiy a`zolarning vakili
bo`lgan delegatlardan iborat bo’ladi.
Bosh assambleya sessiyalar shaklida faoliyat yuritadi: navbatdagi
sessiyalar ikki yilda bir marta, favqulodda sessiyalar esa zarur bo`lgan
hollarda chaqiriladi.
Assambleya keng vakolatlarga ega. Bu vakolatlar asosan quyidagilardan
iborat: tashkilotga, yangi a`zolarni qabul qilish; a`zolikni to’xtatish yoki
bekor qilish; moliyaviy qoida va reglamentni tasdiqlash; JTT vakolatiga
to’g’ri keluvchi har qanday masalar bo`yicha xalqaro kelishuvlarni tayyorlash
va tavsiya qilish va h.k.
Bosh assambleya Yevropa, Afrika, Amerika, Janubiy Osiyo, Yaqin
Sharq, Sharqiy Osiyo va Tinch okeani mintaqasi bo`yicha olti mintaqaviy
komissiya, shuningdek Meksikada turizm bo`yicha oliy o’quv markazi
(SIEST) ta`sis etgan.
Komissiyalar keng miqyosdagi sohada faoliyat yuritadilar va har yili o`z
mintaqalarida Assambleyaning texnik tavsiyalarini amalga oshirish bo`yicha
katta ishlar qilishadi. Kengash a`zolarining vakolat muddati 4 yil.
Jahon sayyohlik tashkiloti YUNVTO yoki UNWTO (BMT Jahon
sayyohlik tashkiloti)
Turizm sohasida yetakchi xalqaro tashkilot.
Bosh kotibi - Zurab Pololikashvili (Gruziyalik).
YUNVTOning yuqori boshqaruv organi ikki yillik Bosh Assambleya
hisoblanadi.
Ijroiya kengashi YUNVTOning boshqaruv organi hisoblanadi.
Har ikki yilda bir marta Kengash a'zolarining yarmi qayta saylanadi.
2. Mintaqalarda madaniy-tarixiy merosdan foydalanish va muhofaza
qilish tadbirlari
Tarixiy va madaniy yodgorliklar muhofazasi - insoniyat madaniy
merosini saklash va muhofaza qilish yoʻlidagi xalqaro, davlat va jamoatchilik
tadbirlari tizimi. Tarixiy yodgorliklar, meʼmoriy obidalar, adabiyot, tasviriy
va amaliy sanʼat asarlari, arxeologik topilmalar, milliy va xalqaro ahamiyatga
ega boʻlgan majmualar, muhim i.t.lar muhofaza etiladi. Bu asosan, Uygʻonish
davridan boshlangan. Buyuk fransuz inqilobi davrida shaxs i y kolleksiyalar
natsionalizatsiya qilingan (Luvr muzeyinm tashkil etish toʻgʻrisidagi dekret,
1793).
19-20-asrboshlarida koʻpgina Yevropa davlatlarida tarixiy va madaniy
yodgorliklar davlat muhofazasiga olingan. Ikkinchi jahon urushidan soʻng
YUNESKO tashabbusi bilan 1954 yilda (Gaaga konferensiyasi) Xalqaro
konvensiya va "Qurolli konfliktlar roʻy berganda madaniyat boyliklarini
himoya qilish toʻgʻrisida" bayonnoma imzolangan.T. va m.yo.m. bilan
Xalqaro muzeylar kengashi (1946), Madaniyat boyliklarini muhofaza etish va
restavratsiya qilish xalqaro tadqiqot markazi (1959), Yodgorliklar va
diqqatga sazovor joylarni muhofaza etish boʻyicha xalqaro kengash (1965)
shugʻullanadi.
O‘zbekiston xalqining umummilliy boyligi hisoblanadigan madaniy
merosimizni muhofaza qilish, ilmiy o‘rganish va undan foydalanish borasida
mamlakatimizda qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Buxoro, Samarqand, Xiva va Shahrisabz shaharlari tarixiy markazlari
YUNESKOning madaniy merosi ro‘yxatiga, “Boysun madaniy muhiti”,
“Shashmaqom musiqasi”, “Navro‘z”, “Katta ashula”, “Askiya”, “Palov
madaniyati va an’analari” nomzodlari nomoddiy madaniy merosi
reprezentativ ro‘yxatiga, Sharqshunoslik instituti qo‘lyozmalar to‘plami, Xiva
xonligi devonxonasi hujjatlari Jahon xotirasi ro‘yxatiga kiritilgani adaniy
merosining dunyo miqyosida e’tirof etilganiga misol bo‘la oladi.
Qadimiy yozma manbalarni saqlash, tadqiq va targ‘ib qilish tizimi
yanada takomillashtirildi, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi,
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida O‘zbekistonga oid
xorijdagi madaniy boyliklarni tadqiq etish markazi va O‘zbekistondagi Islom
sivilizatsiyasi markazi tashkil etildi.
Shu bilan birga, moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish