Mintaqalarning turistik resurlari tasnifi

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

14

File size

Fayl hajmi

45,3 KB


Mintaqalarning turistik resurlari tasnifi
Reja:
1. Turistik resurslar tushunchasining mohiyati va ahamiyati.
2. Turistik resurslarning o‘ziga xos xususiyallari.
3. Turistik resurslar tasnifi va ularga qo‘yiladigan talablar.
4. Turistik resurslar tasnifiga yondoshuvlar.
5. Turistik resurslarning turlari.
4.1 Turistik resurslar tushunchasining mohiyati va ahamiyati.
Hozirgi vaqtda ko’pgina tarmoqlar kabi turizm industriyasi ham tez
rivojlanib bormoqda. Turistik biznesni mavjud kapital, texnologiya, hamda
malakali ishchi – xodimlar orqaligina shakllantirib bo’lmaydi. Buning uchun
birinchi navbatda turistik resurslarga ega bo’lish lozim.
Mutaxasislar turistik resurslarga quyidagicha ta’rif berishgan: turistik
resurslar – tabiiy, tarixiy, ijtimoiy – madaniy va boshqa turistlarni sayohatga
qiziqtiradigan,  insonning  jismoniy,  ruhiy  va  aqliy  kuchini  tiklashi  va
rivojlanishi ehtiyojlarini qondirishga qodir ob’ektlarga aytiladi. Rekreasiya
faoliyati  nuqtai  nazardan  turistik  resurslarga  tabiiy  va  antropogen
geosistemalar  kiradi,  tabiat  manzaralari,  rekreasiya  faoliyati  ehtiyoji
qiymatiga va maishiy xususiyatga ega, insonlarni ko’rsatilgan vaqtda ma’lum
texnologiyalar  yordamida  sog’ligini  tiklash  va  dam  olishida  foydalanish
mumkin bo’lgan, rekreasiya faoliyati qobiliyatiga ega resurslar kiradi.
Turistik  resurslarning  mohiyati  shundan  iboratki,  turistik  mahsulot
shakllanishiga  asos  hisoblanadi.  Umumiy  qilib  aytganda,  aniq  hududda
turistik  faoliyatda  foydalanish  mumkin  bo’lgan  barcha  ob’ektlar  kiradi.
Logotip
Mintaqalarning turistik resurlari tasnifi Reja: 1. Turistik resurslar tushunchasining mohiyati va ahamiyati. 2. Turistik resurslarning o‘ziga xos xususiyallari. 3. Turistik resurslar tasnifi va ularga qo‘yiladigan talablar. 4. Turistik resurslar tasnifiga yondoshuvlar. 5. Turistik resurslarning turlari. 4.1 Turistik resurslar tushunchasining mohiyati va ahamiyati. Hozirgi vaqtda ko’pgina tarmoqlar kabi turizm industriyasi ham tez rivojlanib bormoqda. Turistik biznesni mavjud kapital, texnologiya, hamda malakali ishchi – xodimlar orqaligina shakllantirib bo’lmaydi. Buning uchun birinchi navbatda turistik resurslarga ega bo’lish lozim. Mutaxasislar turistik resurslarga quyidagicha ta’rif berishgan: turistik resurslar – tabiiy, tarixiy, ijtimoiy – madaniy va boshqa turistlarni sayohatga qiziqtiradigan, insonning jismoniy, ruhiy va aqliy kuchini tiklashi va rivojlanishi ehtiyojlarini qondirishga qodir ob’ektlarga aytiladi. Rekreasiya faoliyati nuqtai nazardan turistik resurslarga tabiiy va antropogen geosistemalar kiradi, tabiat manzaralari, rekreasiya faoliyati ehtiyoji qiymatiga va maishiy xususiyatga ega, insonlarni ko’rsatilgan vaqtda ma’lum texnologiyalar yordamida sog’ligini tiklash va dam olishida foydalanish mumkin bo’lgan, rekreasiya faoliyati qobiliyatiga ega resurslar kiradi. Turistik resurslarning mohiyati shundan iboratki, turistik mahsulot shakllanishiga asos hisoblanadi. Umumiy qilib aytganda, aniq hududda turistik faoliyatda foydalanish mumkin bo’lgan barcha ob’ektlar kiradi.
Turizmni  rekreasiyaning  ko’rinishi  sifatida  olsak,  «turistik  resurslar»
tushunchasi «rekreasiya resurslari» bilan birgalikda uyg’unlashadi.
Turistik  resurslarning  asosini  rekreasiya  resurslari  tashkil  etadi.
Rekreasiya resurslari bu - turli komponentlar birikmasidan iborat, insonning
dam  olishi  va  davolanishi  ehtiyojlarini  qondirishda  xizmat  qiladigan
vositalardir.Kelib chiqishi  va foydalanish xususiyatlariga ko’ra rekreasion
resurslar ikki guruhga ajratiladi: tabiiy va antropogen rekreatsion resurslar
(1-chizma).
Tabiiy  rekreasion  resurslarga,  hududiy  tabiiy  komponentlar
birikmasidan iborat, go’zal tabiat go’sha(landshaft)lari kiradi. Ular daryo,
ko’l, dengiz bo’ylari, tog’ etaklaridagi o’simlik dunyosi, xilma – xil manzarali
joylar, mineral suvli shifobaxsh maskanlar bo’lishi mumkin. Undan tashqari
aholining dam olishi, sport bilan shug’ullanishi, ov qilishi imkoniyatlari uchun
keng hududlar, shahar atrofidagi yashil mintaqalar, park va bog’lar yoki
qo’riqxona va milliy bog’lar ham tabiiy rekreasiya resurslaridir.
      1-chizma
Rekreasion resurslar
Tabiiy
Antropogen
Iqlimiy 
(quyosh
 
radiasiyasi,
harorat,yog’in,  namlik,
shamol va b.)
Geologik
(mineral, dengiz suvlari,
shifobaxsh balchiqlar)
Biologik 
(  o’simlik  va  hayvonot
dunyosi,  tuproqlar  va
b.)
Landshaftlar
Madaniy – tarixiy
(madaniy  va  diniy
markazlar,
ziyoratgohlar,  muzey,
milliy  bog’lar,  tarixiy
obidalar)
Axborot
(kutubxona,
ko’rgazmalar)
Sport
Ko’ngilochar ob’ektlar
Urbanistik
Logotip
Turizmni rekreasiyaning ko’rinishi sifatida olsak, «turistik resurslar» tushunchasi «rekreasiya resurslari» bilan birgalikda uyg’unlashadi. Turistik resurslarning asosini rekreasiya resurslari tashkil etadi. Rekreasiya resurslari bu - turli komponentlar birikmasidan iborat, insonning dam olishi va davolanishi ehtiyojlarini qondirishda xizmat qiladigan vositalardir.Kelib chiqishi va foydalanish xususiyatlariga ko’ra rekreasion resurslar ikki guruhga ajratiladi: tabiiy va antropogen rekreatsion resurslar (1-chizma). Tabiiy rekreasion resurslarga, hududiy tabiiy komponentlar birikmasidan iborat, go’zal tabiat go’sha(landshaft)lari kiradi. Ular daryo, ko’l, dengiz bo’ylari, tog’ etaklaridagi o’simlik dunyosi, xilma – xil manzarali joylar, mineral suvli shifobaxsh maskanlar bo’lishi mumkin. Undan tashqari aholining dam olishi, sport bilan shug’ullanishi, ov qilishi imkoniyatlari uchun keng hududlar, shahar atrofidagi yashil mintaqalar, park va bog’lar yoki qo’riqxona va milliy bog’lar ham tabiiy rekreasiya resurslaridir. 1-chizma Rekreasion resurslar Tabiiy Antropogen Iqlimiy (quyosh radiasiyasi, harorat,yog’in, namlik, shamol va b.) Geologik (mineral, dengiz suvlari, shifobaxsh balchiqlar) Biologik ( o’simlik va hayvonot dunyosi, tuproqlar va b.) Landshaftlar Madaniy – tarixiy (madaniy va diniy markazlar, ziyoratgohlar, muzey, milliy bog’lar, tarixiy obidalar) Axborot (kutubxona, ko’rgazmalar) Sport Ko’ngilochar ob’ektlar Urbanistik
(tog’,
 
o’rmon,
sharshara,  sohillar  va
b.) 
Boshqalar
Turli  davrlarda  inson  aql  –  zakovati  bilan  yaratilgan  tarixiy,
arxeologik  va  san’at  obidalari,  yodgorliklar,  muzeylar  hamda  rekreasiya
maqsadida  foydalish  mumkin  bo’lgan  ijtimoiy  ob’ektlar,  antropogen
rekreasiya  resurslariga  kiradi. Undan  tashqari,  rekreasion  resurslarni
qo’yidagi asosiy belgilariga ko’ra ajratish mumkin:

landshaft – iqlimiy xususiyati;

tabiiy resurslar potensial zahirasi;

jozibadorlik va sayyohlik ahamiyati;

qo’laylik va foydalanish imkoniyati;

manzara va ekologik xususiyati;

ijtimoiy – demografik xususiyati.  
4.4 Turistik resurslar tasnifiga yondoshuvlar.
Turistik resurslar tasnifiga bir qancha yondashuvlar mavjud. Ulardan
polyak  iqtisodchisi  M.Truasi  (1963y)  va  fransuz  iqtisodchisi  P.Deferem
(1972y) taklif qilgan tasnifi ancha takomillashgan.
Truasi turistik resurslarni uch guruhini ajratadi:
1. Tabiiy turistik resurslar, «turistik kapital potensiali» sifatida unga
iqlim, havo, manzara, dengiz, ko’l, daryolar, tog’lar, o’rmon va
boshqalar kiradi. Boshqacha qilib aytganda, bu resurslarni tabiiy –
iqlimiy resurslar deb atash mumkin.
2. Inson tomonidan yaratilgan turistik resurslar,  ya’ni arxitektura
binolari,  yodgorliklar,  madaniy  ob’ektlar  va  boshqalar.  Bular
ekskursiya ob’ektlari hisoblanadi.
3. «Qo’shimcha»  turistik  resurslar,  inson  mehnati  tomonidan
yaratilgan ma’lum mintaqadagi barcha turistlarni qabul qiluvchi
va xizmat ko’rsatuvchi korxonalar hisoblanadi. Bu resurslar orqali
turistlarga xizmat ko’rsatish darajasini baholash mumkin.
Logotip
(tog’, o’rmon, sharshara, sohillar va b.) Boshqalar Turli davrlarda inson aql – zakovati bilan yaratilgan tarixiy, arxeologik va san’at obidalari, yodgorliklar, muzeylar hamda rekreasiya maqsadida foydalish mumkin bo’lgan ijtimoiy ob’ektlar, antropogen rekreasiya resurslariga kiradi. Undan tashqari, rekreasion resurslarni qo’yidagi asosiy belgilariga ko’ra ajratish mumkin:  landshaft – iqlimiy xususiyati;  tabiiy resurslar potensial zahirasi;  jozibadorlik va sayyohlik ahamiyati;  qo’laylik va foydalanish imkoniyati;  manzara va ekologik xususiyati;  ijtimoiy – demografik xususiyati. 4.4 Turistik resurslar tasnifiga yondoshuvlar. Turistik resurslar tasnifiga bir qancha yondashuvlar mavjud. Ulardan polyak iqtisodchisi M.Truasi (1963y) va fransuz iqtisodchisi P.Deferem (1972y) taklif qilgan tasnifi ancha takomillashgan. Truasi turistik resurslarni uch guruhini ajratadi: 1. Tabiiy turistik resurslar, «turistik kapital potensiali» sifatida unga iqlim, havo, manzara, dengiz, ko’l, daryolar, tog’lar, o’rmon va boshqalar kiradi. Boshqacha qilib aytganda, bu resurslarni tabiiy – iqlimiy resurslar deb atash mumkin. 2. Inson tomonidan yaratilgan turistik resurslar, ya’ni arxitektura binolari, yodgorliklar, madaniy ob’ektlar va boshqalar. Bular ekskursiya ob’ektlari hisoblanadi. 3. «Qo’shimcha» turistik resurslar, inson mehnati tomonidan yaratilgan ma’lum mintaqadagi barcha turistlarni qabul qiluvchi va xizmat ko’rsatuvchi korxonalar hisoblanadi. Bu resurslar orqali turistlarga xizmat ko’rsatish darajasini baholash mumkin.
Lekin,  Rossiyalik  mutaxasislar  M.E.Nemolyaeva  va  L.F.Xodorkov
qabul  qiluvchi  va  xizmat  ko’rsatuvchi  korxonalari  turistik  resurslarga
qo’shish  mumkin emas  deb hisoblashadi.  Chunki, bu korxonalar mavjud
turistik resurslardan foydalangan holda ish yuritadilar, aks holda bir butun
turistik sayohatni qamrab olgan holda xizmat ko’rsata olmaydilar.
Deferem barcha turistik resurslarni 4ta guruhga ajratadi:  gidrom,
fitom, litom va antronom.
Gidrom – bunga suv bilan bog’liq turistik resurslar kiradi. Bu guruh
tarkibiga  ko’l,  daryolar,  dengiz  bo’yi,  muzliklar,  mineral  suv  manbalari,
gidroelektrstansiyalar,  sharsharalar  va  boshqalar  kiradi.  Misol  uchun,
mashhur Niagara sharsharasi, Amozonka daryosi, Ispaniyadagi dengiz bo’yi
plyajlarini kiritish mumkin.
Fitom – tabiiy turistik resurslar, buning tarkibi ikki turda bo’lishi
mumkin: tabiiy ravishda yaratilgan (o’rmon, tog’lar, cho’qqilar, vulqonlar,
tabiiy manzaralar) va inson tomonidan yaratilgan (milliy bog’lar, parklar).
Litom – inson tomonidan yaratilgan va o’zi yoki belgilariga ko’ra
turistlar qiziqishini orttiradigan resurslar bo’lib, uning tarkibiga arxitektura
yodgorliklar, qadimgi insonlar yashash joylari, ochiq osmondagi muzeylar
kiradi.  Undan  tashqari  litomlarga  zamonaviy  qurilmalar:  ko’priklar,
aeroportlar, sport majmualari, universitetlar, akvariumlar, observatoriyalar
va boshqalar kiradi.
Antronom –  turistik  qiziqishni  orttiradigan  barcha  inson  faoliyati
ko’rinishlarini  kiritish  mumkin.  Antronom  elementlariga  insonning  o’zi,
uning hayoti, urf – odatlari, yo`qolgan yoki yuqolish arafasida turgan, ya’ni
milliy xalq bayramlari, folkrol, milliy musiqa va kiyimlarni kiritish mumkin.
Undan tashqari antronomga sanoat va qishloq xo’jaligi korxonalari, o’quv
dargohlari va ijtimoiy – maishiy ob’ektlarni ham kiritish mumkin. Misol
uchun  Rio-de-Janeyrodagi  mashhur  karnaval,  Fransiyaning  Shampan
provensiyasidagi mashhur uzumzorlar va vino ishlab chiqarishni ko’rsatish
mumkin. Deferem tasnifini xususiyati shundaki, unda ayrim turistik resurslar
bir necha guruhda birdaniga uchratish mumkin. 
Rossiyalik  mutaxasis  Xristov  T.T.  turistik  resurslarni  5  ta  asosiy
Logotip
Lekin, Rossiyalik mutaxasislar M.E.Nemolyaeva va L.F.Xodorkov qabul qiluvchi va xizmat ko’rsatuvchi korxonalari turistik resurslarga qo’shish mumkin emas deb hisoblashadi. Chunki, bu korxonalar mavjud turistik resurslardan foydalangan holda ish yuritadilar, aks holda bir butun turistik sayohatni qamrab olgan holda xizmat ko’rsata olmaydilar. Deferem barcha turistik resurslarni 4ta guruhga ajratadi: gidrom, fitom, litom va antronom. Gidrom – bunga suv bilan bog’liq turistik resurslar kiradi. Bu guruh tarkibiga ko’l, daryolar, dengiz bo’yi, muzliklar, mineral suv manbalari, gidroelektrstansiyalar, sharsharalar va boshqalar kiradi. Misol uchun, mashhur Niagara sharsharasi, Amozonka daryosi, Ispaniyadagi dengiz bo’yi plyajlarini kiritish mumkin. Fitom – tabiiy turistik resurslar, buning tarkibi ikki turda bo’lishi mumkin: tabiiy ravishda yaratilgan (o’rmon, tog’lar, cho’qqilar, vulqonlar, tabiiy manzaralar) va inson tomonidan yaratilgan (milliy bog’lar, parklar). Litom – inson tomonidan yaratilgan va o’zi yoki belgilariga ko’ra turistlar qiziqishini orttiradigan resurslar bo’lib, uning tarkibiga arxitektura yodgorliklar, qadimgi insonlar yashash joylari, ochiq osmondagi muzeylar kiradi. Undan tashqari litomlarga zamonaviy qurilmalar: ko’priklar, aeroportlar, sport majmualari, universitetlar, akvariumlar, observatoriyalar va boshqalar kiradi. Antronom – turistik qiziqishni orttiradigan barcha inson faoliyati ko’rinishlarini kiritish mumkin. Antronom elementlariga insonning o’zi, uning hayoti, urf – odatlari, yo`qolgan yoki yuqolish arafasida turgan, ya’ni milliy xalq bayramlari, folkrol, milliy musiqa va kiyimlarni kiritish mumkin. Undan tashqari antronomga sanoat va qishloq xo’jaligi korxonalari, o’quv dargohlari va ijtimoiy – maishiy ob’ektlarni ham kiritish mumkin. Misol uchun Rio-de-Janeyrodagi mashhur karnaval, Fransiyaning Shampan provensiyasidagi mashhur uzumzorlar va vino ishlab chiqarishni ko’rsatish mumkin. Deferem tasnifini xususiyati shundaki, unda ayrim turistik resurslar bir necha guruhda birdaniga uchratish mumkin. Rossiyalik mutaxasis Xristov T.T. turistik resurslarni 5 ta asosiy
turlarini  ajratgan.  Ularga  tabiiy  –  rekreasiyali,  ekskursiyali,  iqtisodiy,
infrastruktura va axborot beruvchi resurslarni kiritgan. Bu resurslarni o’zi
yana  bir  qancha  guruhlarga  bo’lingan.  Masalan,  ekskursiyali  resurslar
qo’yidagi guruhlarga bo’lingan: madaniy – tarixiy meros, ijtimoiy, ijtimoiy –
madaniy va etnografik resurslar. Bu turistik resurslar tanishuv turizmida
keng qo’llaniladi. Bunda madaniy – tarixiy resurslar guruhiga yodgorliklar,
turli tarixiy arxitektura obidalari kirsa, ijtimoiy resurslar guruhiga diniy
bayram, marosimlar, insonlarning turli an’ana va rusumlari kiradi. Ijtimoiy –
madaniy resurslar negizini turli muzeylar, yarmarkalar tashkil etadi.
Infrastruktura resurs  sifatida qo’yidagi guruhlarni o’z ichiga oladi:
transport  ta’minoti,  joylashtirish  tizimi,  ovqatlantirish  tizimi,  suvener
mahsilotlari ishlab chiqarish tizimi. Hozirgi kunda turizmni rivojlanishini
turizm  infrastrukturasini  jadallashuvisiz  ko’rish  mumkin  emas.  Chunki
mavjud turistik resurslardan samarali foydalanishda bu resurslarning o’rni
benihoya katta.
Yana bir rus olimi  A.D  Chudnovskiy  turistik resurslarni  tabiiy –
hududiy turistik muasssalar asosida ularni tabiiy – quruqlik va tabiiy – suvlik
resurslariga, ularni o’z navbatida  tabiiy (qo’riqxona, daryo vodiylari va b.)
tabiiy  –  antropogen (bog’lar,  milliy  bog’lar  va  b.)  va  noyob  resurslarga
bo’lgan1. Turistik resurslar turli turistik dasturlar va marshrutlar yaratishga
asos hisoblanadi. Ana shu nuqtai – nazardan sayohatchilar maqsadiga ko’ra
olim, resurslarni shartli ravishda 4 ta guruhga bo’lishni taklif etgan:
1. Kurortli;
2. Rekreasiyali;
3. Diniy – madaniy;
4. Axborot – ish yuzasidan.
Umuman olganda turistik resurslarga turlicha qarashlar mavjud. Shuni
ta’kidlash lozimki, turizm maqsadida turistik resurslardan to’g’ridan – to’g’ri
foydalanib bo’lmaydi. Buning uchun ko’pgina qo’shimcha xizmatlar, ya’ni
joylashtirish, ovqatlantirish, sayohat va transport xizmatini tashkillashtirish
kabi  xizmatlardan  foydalanish  orqaligina  turistik  resurslardan  turizm
1 А.Д Чудновский. Управление индустрией туризма России в современных условиях. М.: КНОРУС,
2007.
Logotip
turlarini ajratgan. Ularga tabiiy – rekreasiyali, ekskursiyali, iqtisodiy, infrastruktura va axborot beruvchi resurslarni kiritgan. Bu resurslarni o’zi yana bir qancha guruhlarga bo’lingan. Masalan, ekskursiyali resurslar qo’yidagi guruhlarga bo’lingan: madaniy – tarixiy meros, ijtimoiy, ijtimoiy – madaniy va etnografik resurslar. Bu turistik resurslar tanishuv turizmida keng qo’llaniladi. Bunda madaniy – tarixiy resurslar guruhiga yodgorliklar, turli tarixiy arxitektura obidalari kirsa, ijtimoiy resurslar guruhiga diniy bayram, marosimlar, insonlarning turli an’ana va rusumlari kiradi. Ijtimoiy – madaniy resurslar negizini turli muzeylar, yarmarkalar tashkil etadi. Infrastruktura resurs sifatida qo’yidagi guruhlarni o’z ichiga oladi: transport ta’minoti, joylashtirish tizimi, ovqatlantirish tizimi, suvener mahsilotlari ishlab chiqarish tizimi. Hozirgi kunda turizmni rivojlanishini turizm infrastrukturasini jadallashuvisiz ko’rish mumkin emas. Chunki mavjud turistik resurslardan samarali foydalanishda bu resurslarning o’rni benihoya katta. Yana bir rus olimi A.D Chudnovskiy turistik resurslarni tabiiy – hududiy turistik muasssalar asosida ularni tabiiy – quruqlik va tabiiy – suvlik resurslariga, ularni o’z navbatida tabiiy (qo’riqxona, daryo vodiylari va b.) tabiiy – antropogen (bog’lar, milliy bog’lar va b.) va noyob resurslarga bo’lgan1. Turistik resurslar turli turistik dasturlar va marshrutlar yaratishga asos hisoblanadi. Ana shu nuqtai – nazardan sayohatchilar maqsadiga ko’ra olim, resurslarni shartli ravishda 4 ta guruhga bo’lishni taklif etgan: 1. Kurortli; 2. Rekreasiyali; 3. Diniy – madaniy; 4. Axborot – ish yuzasidan. Umuman olganda turistik resurslarga turlicha qarashlar mavjud. Shuni ta’kidlash lozimki, turizm maqsadida turistik resurslardan to’g’ridan – to’g’ri foydalanib bo’lmaydi. Buning uchun ko’pgina qo’shimcha xizmatlar, ya’ni joylashtirish, ovqatlantirish, sayohat va transport xizmatini tashkillashtirish kabi xizmatlardan foydalanish orqaligina turistik resurslardan turizm 1 А.Д Чудновский. Управление индустрией туризма России в современных условиях. М.: КНОРУС, 2007.
faoliyatida foydalanish mumkin.
4.5 Turistik resurslar turlari
Turistik resurslarni foydalanish xususiyatiga ko’ra bevosita va bilvosita
turlarga bo’linadi. Bevosita turdagi resurslarga turistlarni o’zlari to’g’ridan –
to’g’ri foydalanidigan tabiiy va tarixiy – madaniy resurslar kiradi. Bilvosita
turdagi resurslarga bevosita turistik resurslardan foydalanish asos bo’ladigan
ijtimoiy – iqtisodiy resurslar – moddiy, moliyaviy, mehnat, axborot beruvchi
resurslar kiradi.
V.S.Bogolyubov  va  V.P.Orlovskayalar  (Ekonomika  turizma.
M.2005,151b.) turistik resurslarda alohida ajralib turuvchi qo’yidagi asosiy
belgilarni ajratishgan:

Qulaylik (jozibadorlik);

Iqlimiy sharoit;

O’rganganlik darajasi;

Sayyohlik ahamiyati;

Manzara va ekologik xususiyatlari;

Ijtimoiy – demografik xususiyatlari;

Potensial zahirasi;

Foydalanish imkoniyati va boshqalar.
Turistik  resurslardan  sog’lomlashtirish,  turistik,  sport  va  tanishuv
maqsadida foydalaniladi. Undan tashqari turistik resurslarni shartli ravishda
ikki guruhga bo’lish mumkin:  tabiiy va infrastrukturali.  Turistik biznesni
rivojlanishida yuqoridagi ikki guruhni ham ahamiyati yuqori. Har qanday
yuqori turistik resurs potensialidan, kommunikasiya, aloqa vositalari, xizmat
ko’rsatish sohalarisiz foydalanib bo’lmaydi.
Umuman  olganda,  butun  turistik  resurslar  majmuasini  tabiiy  –
iqlimiy,  madaniy  –  tarixiy,  ijtimoiy  –  iqtisodiy,  axborot  beruvchi
resurslarga bo’lish mumkin.
Tabiiy turistik resurslar.Tabiiy turistik resurslarni  asosiy  ahamiyati
shundan iboratki, insonlarning jismoniy va ruhiy qobiliyatlarini tiklashda
foydalanish  vositalari  bo’lib  xizmat  qiladi.  Turistlar  asosiy  ehtiyojlarini
tabiatdan qondiradilar. Turistik faoliyatni  tashkillashtirishda landshaftlar,
Logotip
faoliyatida foydalanish mumkin. 4.5 Turistik resurslar turlari Turistik resurslarni foydalanish xususiyatiga ko’ra bevosita va bilvosita turlarga bo’linadi. Bevosita turdagi resurslarga turistlarni o’zlari to’g’ridan – to’g’ri foydalanidigan tabiiy va tarixiy – madaniy resurslar kiradi. Bilvosita turdagi resurslarga bevosita turistik resurslardan foydalanish asos bo’ladigan ijtimoiy – iqtisodiy resurslar – moddiy, moliyaviy, mehnat, axborot beruvchi resurslar kiradi. V.S.Bogolyubov va V.P.Orlovskayalar (Ekonomika turizma. M.2005,151b.) turistik resurslarda alohida ajralib turuvchi qo’yidagi asosiy belgilarni ajratishgan:  Qulaylik (jozibadorlik);  Iqlimiy sharoit;  O’rganganlik darajasi;  Sayyohlik ahamiyati;  Manzara va ekologik xususiyatlari;  Ijtimoiy – demografik xususiyatlari;  Potensial zahirasi;  Foydalanish imkoniyati va boshqalar. Turistik resurslardan sog’lomlashtirish, turistik, sport va tanishuv maqsadida foydalaniladi. Undan tashqari turistik resurslarni shartli ravishda ikki guruhga bo’lish mumkin: tabiiy va infrastrukturali. Turistik biznesni rivojlanishida yuqoridagi ikki guruhni ham ahamiyati yuqori. Har qanday yuqori turistik resurs potensialidan, kommunikasiya, aloqa vositalari, xizmat ko’rsatish sohalarisiz foydalanib bo’lmaydi. Umuman olganda, butun turistik resurslar majmuasini tabiiy – iqlimiy, madaniy – tarixiy, ijtimoiy – iqtisodiy, axborot beruvchi resurslarga bo’lish mumkin. Tabiiy turistik resurslar.Tabiiy turistik resurslarni asosiy ahamiyati shundan iboratki, insonlarning jismoniy va ruhiy qobiliyatlarini tiklashda foydalanish vositalari bo’lib xizmat qiladi. Turistlar asosiy ehtiyojlarini tabiatdan qondiradilar. Turistik faoliyatni tashkillashtirishda landshaftlar,
iqlim, suv ob’ektlari, dengizlar, mineral suv va davolovchi botqoqlar asosiy
resurs  vazifasini  bajaradi.  Bu  resurslar  o’zi  yoki  inson  tomonidan  qayta
tiklanishi mumkin. Bu resurslarni geografik, biologik, geologik va boshqa
jihatlarga ko’ra baholash mumkin. Dam olishni tashkil etish uchun tabiiy
turistik resurslarni tahlil etishni talab qiladi. Tabiiy resurslar sifatida alohida
tabiat komponentlari yoki bir butun tabiat kompelkslarini olish mumkin.
Barcha tabiiy resurslarni rekreasiya yoki turistik potensial nuqtai nazardan
qarash  lozim.  Ammo  tabiiy  resurslardan  foydalanish  darajasi  mintaqa
ixtisoslashuvigv ko’ra har xil bo’lishi mumkin.
Tabiiy  turistik  resurslarning  tasnifi  mavjud  bo’lib,  u  ikkiyoqlama
xususiyatga ega, bir tomondan tabiiy kelib chiqishi bilan bog’liq, ikkinchi
tomondan turizm uchun iqtisodiy ahamiyati tomonidan aks etishidir. 
Tabiiy turistik resurslar  orasida asosiy o’rinni rekreasiya resurslari
egallaydi,  ular  mamlakat  aholisini,  hamda  turistlarni  dam  olishi  va
davolanishi uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Bunda noyob tabiat yodgorliklari
asosiy  turistik  ob’ektlar  hisoblanadi.  Noyob  tabiat  yodgorliklari,  bu  –
muhofaza qilinadigan ob’ekt turlaridan hisoblanadi. Ayrim hollarda tabiiy
ob’ektlarni  muhofaza  qilish  uchun  katta  maydonlarni  ishg’ol  qilinadigan
qo’riqxonalar tashkil qilish maqsadga muvofiq bo’lmaydi. Shuning uchun
kichikroq maydonlardagi tabiiy ob’ektlar «tabiat yodgorliklari» deb qilinadi
va  muhofaza  ostiga  olinadi.  «Tabiat  yodgorliklari»  terminini  dastlab
A.Gumbolt taklif qilgan. O’tgan asrimizning boshlaridayoq Yevropada tabiat
yodgorliklarini muhofaza qilish boshlangan edi. 
Tabiiy resurslarning guruhlanishi
jadval - 3
1.
Kelib chiqishiga ko’ra:

tabiiy - (geologik, iqlimiy, gidrologik, termal suvlar);

biologik – tirik tabiat (tuproq resurslari, flora, fauna);

axborot beruvchi - tabiatdan o’ziga xos maydon va landshaft sifatida
foydalanish  bo’lib,  bu  resurslar  madaniy,  ziyoratli  kabi  turizm
Logotip
iqlim, suv ob’ektlari, dengizlar, mineral suv va davolovchi botqoqlar asosiy resurs vazifasini bajaradi. Bu resurslar o’zi yoki inson tomonidan qayta tiklanishi mumkin. Bu resurslarni geografik, biologik, geologik va boshqa jihatlarga ko’ra baholash mumkin. Dam olishni tashkil etish uchun tabiiy turistik resurslarni tahlil etishni talab qiladi. Tabiiy resurslar sifatida alohida tabiat komponentlari yoki bir butun tabiat kompelkslarini olish mumkin. Barcha tabiiy resurslarni rekreasiya yoki turistik potensial nuqtai nazardan qarash lozim. Ammo tabiiy resurslardan foydalanish darajasi mintaqa ixtisoslashuvigv ko’ra har xil bo’lishi mumkin. Tabiiy turistik resurslarning tasnifi mavjud bo’lib, u ikkiyoqlama xususiyatga ega, bir tomondan tabiiy kelib chiqishi bilan bog’liq, ikkinchi tomondan turizm uchun iqtisodiy ahamiyati tomonidan aks etishidir. Tabiiy turistik resurslar orasida asosiy o’rinni rekreasiya resurslari egallaydi, ular mamlakat aholisini, hamda turistlarni dam olishi va davolanishi uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Bunda noyob tabiat yodgorliklari asosiy turistik ob’ektlar hisoblanadi. Noyob tabiat yodgorliklari, bu – muhofaza qilinadigan ob’ekt turlaridan hisoblanadi. Ayrim hollarda tabiiy ob’ektlarni muhofaza qilish uchun katta maydonlarni ishg’ol qilinadigan qo’riqxonalar tashkil qilish maqsadga muvofiq bo’lmaydi. Shuning uchun kichikroq maydonlardagi tabiiy ob’ektlar «tabiat yodgorliklari» deb qilinadi va muhofaza ostiga olinadi. «Tabiat yodgorliklari» terminini dastlab A.Gumbolt taklif qilgan. O’tgan asrimizning boshlaridayoq Yevropada tabiat yodgorliklarini muhofaza qilish boshlangan edi. Tabiiy resurslarning guruhlanishi jadval - 3 1. Kelib chiqishiga ko’ra:  tabiiy - (geologik, iqlimiy, gidrologik, termal suvlar);  biologik – tirik tabiat (tuproq resurslari, flora, fauna);  axborot beruvchi - tabiatdan o’ziga xos maydon va landshaft sifatida foydalanish bo’lib, bu resurslar madaniy, ziyoratli kabi turizm
turlarini rivojlantirishga asos bo’lib xizmat qiladi.
2.
Rekreasiya sifatida foydalanish turiga ko’ra:

mineral suvlar;

botqoqlar;

tuzlar;

o’rmonlar.
3.
Resurslarning tugashi darajasiga ko’ra:

tugaydigan tabiiy resurslar, ular o’z navbatida yangilanib turadigan
(chuchuk suv, o’simlik va hayvonot dunyosi) va yangilanmaydigan
(minerallar) turlarga bo’linadi.

tugamaydigan tabiiy resurslar, ularga quyosh energiyasi, shamol,
dengiz to’lqinlari, suvlar kiradi.
4.
O’zi qayta tiklanishi va o’sishi imkoniyatiga ko’ra:

qayta  tiklanadigan  resurslar,  bunga  o’rmonlarni  misol  keltirish
mumkin, o’rtacha 50 yilda qayta tiklanadi.

qayta tiklanmaydigan resurslar.
Tabiat yodgorliklari tabiatning o’zgarishi va unda sodir bo’layotgan
jarayonlar  haqida  ma’lum  darajada  aniq  guvohlik  beradi.  Tabiat
yodgorliklari ilmiy – tarixiy va madaniy – estetik ahamiyatga ega. 
Umumiy  xarakteriga  ko’ra,  tabiat  yodgorliklari
 geologik  –
geomorfologik, botanik, paleontologik, astronomik va landshaft yodgorliklariga
bo’linadi.
Geologik – geomorfologik  yodgorliklarga nodir geologik tog’ jinslari,
karst voronkalari, relef shakllari, g’orlar, issiq suvli mineral buloqlar kiradi.
Mamlakatimizdagi  Kilsi  (Qirqtog’da),  Qorlug’  (Ko’hitang  tog’ida),
Logotip
turlarini rivojlantirishga asos bo’lib xizmat qiladi. 2. Rekreasiya sifatida foydalanish turiga ko’ra:  mineral suvlar;  botqoqlar;  tuzlar;  o’rmonlar. 3. Resurslarning tugashi darajasiga ko’ra:  tugaydigan tabiiy resurslar, ular o’z navbatida yangilanib turadigan (chuchuk suv, o’simlik va hayvonot dunyosi) va yangilanmaydigan (minerallar) turlarga bo’linadi.  tugamaydigan tabiiy resurslar, ularga quyosh energiyasi, shamol, dengiz to’lqinlari, suvlar kiradi. 4. O’zi qayta tiklanishi va o’sishi imkoniyatiga ko’ra:  qayta tiklanadigan resurslar, bunga o’rmonlarni misol keltirish mumkin, o’rtacha 50 yilda qayta tiklanadi.  qayta tiklanmaydigan resurslar. Tabiat yodgorliklari tabiatning o’zgarishi va unda sodir bo’layotgan jarayonlar haqida ma’lum darajada aniq guvohlik beradi. Tabiat yodgorliklari ilmiy – tarixiy va madaniy – estetik ahamiyatga ega. Umumiy xarakteriga ko’ra, tabiat yodgorliklari geologik – geomorfologik, botanik, paleontologik, astronomik va landshaft yodgorliklariga bo’linadi. Geologik – geomorfologik yodgorliklarga nodir geologik tog’ jinslari, karst voronkalari, relef shakllari, g’orlar, issiq suvli mineral buloqlar kiradi. Mamlakatimizdagi Kilsi (Qirqtog’da), Qorlug’ (Ko’hitang tog’ida),
Hazratidovut  (Zirabuloq  tog’ida),  Amir  Temur  g’orlari,  Zarafshon
tizmasidagi karstlarni misol keltirish mumkin.
Botanik yodgorliklarga yuz yillik daraxtlar, yo’qolib ketayotgan relikt
o’simliklar  kiradi.  Bu  yodgorliklarga  Surxondaryo  viloyatidagi,  Urgut
tumanidagi ming yillik chinorlarni kiritish mumkin. 
Poleontologik yodgorliklarga  toshga  aylangan  organizm  va  qirilib
ketgan hayvonlarning izlar qolgan joylar kiradi.
Landshaft yodgorliklariga ajoyib qoyalar, sharsharalar, daralar, ajoyib
buloqlar, xushmanzara joylar kiradi. Bunga Ilono’tdi (Temurlang) darasi,
Ko’ksuv  daryosidagi  sharshara,  Nurota  va  Urgutdagi  buloqlar,  Katta  va
Kichik Chimyon soyligi, Oqtosh soyligi va boshqalar kiradi.
Astronomik tabiat  yodgrliklariga  yirik  meteoritlar  tushib  izi  qolgan
joylar kiradi. 
Tabiiy turistik resurslar  orasida asosiy o’rinni rekreasiya resurslari
egallaydi,  ular  mamlakat  aholisini,  hamda  turistlarni  dam  olishi  va
davolanishi uchun asos bo’lib xizmat qiladi.
Undan  tashqari  tabiiy  resurslardan  to’g’ridan  –  to’g’ri  foydalanish
natijasida bir qancha muammolar ham kelib chiqmoqda. Bunda tabiatdan
noto’g’ri foydlanish, ko’plab qurilishlarni amalga oshirish tufayli bo’lmoqda.
Natijada  ekosistemalar  muvozanati  buzilib,  ekologik  muammolarni  kelib
chiqishiga sabab bo’lmoqda.
Madaniy – tarixiy resurslar. Ma’lum hududda turizmni rivojlantirishda
u joyning tarixiy – madaniy resurslari  potensiali  asosiy o`rinni egallaydi.
Turistik  xizmatda  madaniy  –  tarixiy  resurslardan  ko’p  maqsadlarda
foydalanish mumkin. Madaniy majmualarning jozibadorligi ularning tarixiy
va tasviriy bahosiga, foydalanish qo’layliliga bog’liq.
Mavjud  resurslardan  turizm  faoliyatida  intensiv  foydalanish,  ya’ni
antropogen  yukning  oshib  borishi  natijasida  tabiiy  turistik  resurslarning
ifloslanishiga, tarixiy obidalarning tez buzilishiga olib keladi.
Turizmga oid Gaaga deklarasiyasida qo’yidagi takliflar bildirilgan:
 Turistlarni mamlakat ichkarisida yoki chet elda borgan joylarida
madaniy  meros  va  atrof  –  muhitni  saqlashga,  ularga  nisbatan
Logotip
Hazratidovut (Zirabuloq tog’ida), Amir Temur g’orlari, Zarafshon tizmasidagi karstlarni misol keltirish mumkin. Botanik yodgorliklarga yuz yillik daraxtlar, yo’qolib ketayotgan relikt o’simliklar kiradi. Bu yodgorliklarga Surxondaryo viloyatidagi, Urgut tumanidagi ming yillik chinorlarni kiritish mumkin. Poleontologik yodgorliklarga toshga aylangan organizm va qirilib ketgan hayvonlarning izlar qolgan joylar kiradi. Landshaft yodgorliklariga ajoyib qoyalar, sharsharalar, daralar, ajoyib buloqlar, xushmanzara joylar kiradi. Bunga Ilono’tdi (Temurlang) darasi, Ko’ksuv daryosidagi sharshara, Nurota va Urgutdagi buloqlar, Katta va Kichik Chimyon soyligi, Oqtosh soyligi va boshqalar kiradi. Astronomik tabiat yodgrliklariga yirik meteoritlar tushib izi qolgan joylar kiradi. Tabiiy turistik resurslar orasida asosiy o’rinni rekreasiya resurslari egallaydi, ular mamlakat aholisini, hamda turistlarni dam olishi va davolanishi uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Undan tashqari tabiiy resurslardan to’g’ridan – to’g’ri foydalanish natijasida bir qancha muammolar ham kelib chiqmoqda. Bunda tabiatdan noto’g’ri foydlanish, ko’plab qurilishlarni amalga oshirish tufayli bo’lmoqda. Natijada ekosistemalar muvozanati buzilib, ekologik muammolarni kelib chiqishiga sabab bo’lmoqda. Madaniy – tarixiy resurslar. Ma’lum hududda turizmni rivojlantirishda u joyning tarixiy – madaniy resurslari potensiali asosiy o`rinni egallaydi. Turistik xizmatda madaniy – tarixiy resurslardan ko’p maqsadlarda foydalanish mumkin. Madaniy majmualarning jozibadorligi ularning tarixiy va tasviriy bahosiga, foydalanish qo’layliliga bog’liq. Mavjud resurslardan turizm faoliyatida intensiv foydalanish, ya’ni antropogen yukning oshib borishi natijasida tabiiy turistik resurslarning ifloslanishiga, tarixiy obidalarning tez buzilishiga olib keladi. Turizmga oid Gaaga deklarasiyasida qo’yidagi takliflar bildirilgan:  Turistlarni mamlakat ichkarisida yoki chet elda borgan joylarida madaniy meros va atrof – muhitni saqlashga, ularga nisbatan