Mintaqaviy rekreatsiya resurslaridan foydalanishning ekologik–iqtisodiy xususiyatlari

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

10

File size

Fayl hajmi

32,4 KB


Mintaqaviy rekreatsiya resurslaridan foydalanishning ekologik–iqtisodiy
xususiyatlari
Reja:
1. Rekreatsiya  resurslari  tushunchasi.  Tabiiy,  antropogen  rekreatsiya
resurslari. Ekologik sig‘im. 
2. Rekreatsiya resurslarini muhofaza qilish. 
3. Rekreatsiya  resurslaridan  foydalanishning  iqtisodiy  xususiyatlari.
Rekreatsiya infratuzilmasi. 
4. Noyob tabiat yodgorliklari. Noyob tabiat yodgorliklaridan foydalanish va
muhofaza etish.
9.1Rekreatsiya resurslari tushunchasi. Tabiiy, antropogen rekreatsiya
resurslari. Ekologik sig‘im.
Rekreatsiya deb,  insonlar sog’ligini va mehnatga qobiliyatini dam olish
obyektlarida qayta tiklashi, sayyohlik yo’li bilan tabiatning turli maskanlariga
borishi,  arxitektura va tarixiy yodgorliklarni borib ko’rishiga aytiladi.
Rekreatsiya sohalari bir qancha bo’lib, ularga kurort – sanatoriya va boshqa
salomatlik  obyektlarida  sog’likni  tiklash,  sayyohlik  yo’li  bilan  tabiatning
go’zal go’shalariga (daryo, ko’l, o’rmon, tog’, g’orlar, sharshara va b.) borish,
sport bilan shug’ullanish, hamda noyob tarixiy va arxitektura yodgorliklari
bilan  tanishishlari  kiradi. Rekreatsiya va  davolash  sog’lomlashtirish
zonalarida  ularning  resurslaridan  oqilona  foydalanish  va  atrof-muhit
muxofazasi katta ahamiyatga ega. Rekreatsiya zonalariga aholining tashkil
etilgan  va  ommaviy  dam  olishi  va  turizmga  mo’ljallangan  yer  va  suv
muhitining tabiiy yoki madaniy hududlari kiradi. Shunday zonalar tarkibiga
shaharning  ayrim  hududlari,  shahar  atrofi  va  yashil  zonalar,  o’rmonlar,
Logotip
Mintaqaviy rekreatsiya resurslaridan foydalanishning ekologik–iqtisodiy xususiyatlari Reja: 1. Rekreatsiya resurslari tushunchasi. Tabiiy, antropogen rekreatsiya resurslari. Ekologik sig‘im. 2. Rekreatsiya resurslarini muhofaza qilish. 3. Rekreatsiya resurslaridan foydalanishning iqtisodiy xususiyatlari. Rekreatsiya infratuzilmasi. 4. Noyob tabiat yodgorliklari. Noyob tabiat yodgorliklaridan foydalanish va muhofaza etish. 9.1Rekreatsiya resurslari tushunchasi. Tabiiy, antropogen rekreatsiya resurslari. Ekologik sig‘im. Rekreatsiya deb, insonlar sog’ligini va mehnatga qobiliyatini dam olish obyektlarida qayta tiklashi, sayyohlik yo’li bilan tabiatning turli maskanlariga borishi, arxitektura va tarixiy yodgorliklarni borib ko’rishiga aytiladi. Rekreatsiya sohalari bir qancha bo’lib, ularga kurort – sanatoriya va boshqa salomatlik obyektlarida sog’likni tiklash, sayyohlik yo’li bilan tabiatning go’zal go’shalariga (daryo, ko’l, o’rmon, tog’, g’orlar, sharshara va b.) borish, sport bilan shug’ullanish, hamda noyob tarixiy va arxitektura yodgorliklari bilan tanishishlari kiradi. Rekreatsiya va davolash sog’lomlashtirish zonalarida ularning resurslaridan oqilona foydalanish va atrof-muhit muxofazasi katta ahamiyatga ega. Rekreatsiya zonalariga aholining tashkil etilgan va ommaviy dam olishi va turizmga mo’ljallangan yer va suv muhitining tabiiy yoki madaniy hududlari kiradi. Shunday zonalar tarkibiga shaharning ayrim hududlari, shahar atrofi va yashil zonalar, o’rmonlar,
parklar,  milliy,  tabiiy  parklar  (bog’lar),  botanika,  zoologiya  bog’lari,
dendrologik  parklar,  turistik  marshrutlar,  dam  olish  uylari  va  bazalari
hududlari,  qo’riqxona  va  buyutmalarning  aholi  borib  ko’rishi  uchun
ajratilgan ma’lum joylari kiradi. Rekreatsiyaga mo’ljallangan yerlar tabiat
muhofazasi  yerlarining  alohida  turi  bo’lib,  ularga  tabiat  muhofazasi,
sog’lomlashtirish,  tarixiy  -  madaniy  maqsadlarga  mo’ljallangan  yerlar
ajratiladi. O’rmonlar ham rekreasiya uchun katta ahamiyatga ega. Davolash-
sog’lomlashtirish zonalariga fuqoralarni davolash va salomatligini tiklashga
mo’ljallangan yer va suv muhitlari hududlari, ularga kurort va sanatoriya
zonalari kiradi.
Rekreatsiya faoliyati bevosita rekreatsiya resurslari asosida shakllanadi.
Rekreasiya resurslari tabiiy va madaniy, iqtisodiy, tarixiy resurslarning bir
qismlaridan iborat bo’lib, kelib chiqishi va foydalanish xususiyatlariga ko’ra
rekreasiya resurslari ikki guruhga ajratiladi: tabiiy va antropogen rekreasiya
resurslari.
Tabiiy  rekreasiya  resurslarga,  hududiy  tabiiy  komponentlar
birikmasidan iborat, go’zal tabiat go’sha(landshaft)lari kiradi. Ular daryo,
ko’l, dengiz bo’ylari, tog’ etaklaridagi o’simlik dunyosi, xilma – xil manzarali
joylar, mineral suvli shifobaxsh maskanlar bo’lishi mumkin. Undan tashqari
aholining dam olishi, sport bilan shug’ullanishi, ov qilishi imkoniyatlari uchun
keng hududlar, shahar atrofidagi yashil mintaqalar, park va bog’lar yoki
qo’riqxona  va  milliy  bog’lar  ham  tabiiy  rekreasiya  resurslaridir.  Turli
davrlarda inson aql – zakovati bilan yaratilgan tarixiy, arxeologik va san’at
obidalari,  yodgorliklar,  muzeylar  hamda  rekreasiya  maqsadida  foydalish
mumkin  bo’lgan  ijtimoiy  obyektlar,  antropogen  rekreasiya  resurslariga
kiradi.
Rekreasiya faoliyati dunyoning ko’p mamlakatlarida daromat manbaiga
aylangan  iqtisodiyot  sohasi  hisoblanadi.  Mmlakatimiz  ham  rekreasiya
resurslariga boy hisoblanib, nafaqat dam olish, sayyohlik, sog’likni tiklash,
shuningdek chet el sayyohlarini qabul qilish imkoniyatlariga ega. 
9.2Rekreatsiya resurslarini muhofaza qilish.
Logotip
parklar, milliy, tabiiy parklar (bog’lar), botanika, zoologiya bog’lari, dendrologik parklar, turistik marshrutlar, dam olish uylari va bazalari hududlari, qo’riqxona va buyutmalarning aholi borib ko’rishi uchun ajratilgan ma’lum joylari kiradi. Rekreatsiyaga mo’ljallangan yerlar tabiat muhofazasi yerlarining alohida turi bo’lib, ularga tabiat muhofazasi, sog’lomlashtirish, tarixiy - madaniy maqsadlarga mo’ljallangan yerlar ajratiladi. O’rmonlar ham rekreasiya uchun katta ahamiyatga ega. Davolash- sog’lomlashtirish zonalariga fuqoralarni davolash va salomatligini tiklashga mo’ljallangan yer va suv muhitlari hududlari, ularga kurort va sanatoriya zonalari kiradi. Rekreatsiya faoliyati bevosita rekreatsiya resurslari asosida shakllanadi. Rekreasiya resurslari tabiiy va madaniy, iqtisodiy, tarixiy resurslarning bir qismlaridan iborat bo’lib, kelib chiqishi va foydalanish xususiyatlariga ko’ra rekreasiya resurslari ikki guruhga ajratiladi: tabiiy va antropogen rekreasiya resurslari. Tabiiy rekreasiya resurslarga, hududiy tabiiy komponentlar birikmasidan iborat, go’zal tabiat go’sha(landshaft)lari kiradi. Ular daryo, ko’l, dengiz bo’ylari, tog’ etaklaridagi o’simlik dunyosi, xilma – xil manzarali joylar, mineral suvli shifobaxsh maskanlar bo’lishi mumkin. Undan tashqari aholining dam olishi, sport bilan shug’ullanishi, ov qilishi imkoniyatlari uchun keng hududlar, shahar atrofidagi yashil mintaqalar, park va bog’lar yoki qo’riqxona va milliy bog’lar ham tabiiy rekreasiya resurslaridir. Turli davrlarda inson aql – zakovati bilan yaratilgan tarixiy, arxeologik va san’at obidalari, yodgorliklar, muzeylar hamda rekreasiya maqsadida foydalish mumkin bo’lgan ijtimoiy obyektlar, antropogen rekreasiya resurslariga kiradi. Rekreasiya faoliyati dunyoning ko’p mamlakatlarida daromat manbaiga aylangan iqtisodiyot sohasi hisoblanadi. Mmlakatimiz ham rekreasiya resurslariga boy hisoblanib, nafaqat dam olish, sayyohlik, sog’likni tiklash, shuningdek chet el sayyohlarini qabul qilish imkoniyatlariga ega. 9.2Rekreatsiya resurslarini muhofaza qilish.
Aholining salomatligi va atrof-muhit sifati o’rtasida bevosita va bilvosita
aloqalar  mavjud.  Masalan,  Jahon  sog’liqni  saqlash  tashilotining
ma’lumotlariga ko’ra, aholi salomatligi 40-50% ularning iqtisodiy ta’minoti
va yashash tarzi, 18-20 % atrof muhitning holatiga, 20-30% tibbiiy xizmat
darajasiga bog’liq bo’ladi. Xavoning ifloslanishi aholi salomatligining 43-45 %
yomonlashuviga  sabab  bo’ladi.  Zamonaviy  gigiyena  fani  atrof-muhitning
ifloslanishi  aholi  kasallanishining  o’rtacha  darajasi  20%  ga  oshishini
aniqlagan. Bunday vaziyatda rekreasiya faoliyati ijtimoiy ishlab chiqarish va
xizmat ko’rsatishning muhim tarmog’iga aylangan bo’lib, u aholining ishdan
bo’sh vaqtidan foydalanishni yaxshilashga va dam olishini tashkil etishga
xizmat qiladi. Rekreasiya inson tamonidan yuqori baholanadigan va ijtimoiy
natija  beradigan  keng  yo’nalishni  qamrab  oladi.  Unda  dam  olish  va
sog’lomlashtirish, bilish va ijod, odamlar va tabiat bilan tanishish, ta’lim va
tarbiyani  takomillashtirish  va  boshqalar  birgalikda  o’z  ifodasini  topadi.
Bunday ehtiyojlarni qondirish, sog’lomlashtirish, umrni o’zaytirish, insonning
jismoniy va ma’naviy darajasini oshirish, shaxsni barkomallashtirish, bilim va
malakalarni oshirish va boshqa qator ijtimoiy natijalarga erishishga imkon
beradi. Tabiiy omillarga asoslangan rekreasiya faoliyati (turizm )shahar va
qishloq aholisi orasida keng tarqalgan kasalliklarning ommaviy profilaktik
vositasi  hisoblanadi.  U  faqatgina  ish  qobiliyatini  tiklashni  va  mehnat
unumdorligini oshirishnigina ta’minlab qolmay, balki 20-50 % ga yurak-
tomir,  asab,  nafas  olish,  oshqozon,  suyak  kasalliklari  patologiyasi  paydo
bo’lishining oldini olishni ta’minlaydi.
O’zbekiston  tabiati  rang  –  barang  bo’lib,  yilning  issiq  vaqtlaridan
tashqari, qish va kuz fasllarida ham dam olishni tashkil etishni imkoniyati
mavjud. Misol uchun tog’li hududlarda qishki sport – dam olishni amalga
oshirish mumkin. Toshkent viloyatida joylashgan Chimyon sport – dam olish
majmuasi  katta  imkoniyatlarga  ega.  Xuddi  shunday  majmualarni
Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari tog’li mintaqalarida ham tashkil etish
mumkin. Sog’likni tiklash manbasi hisoblangan mineral suv va balchiqlar soni
mamlakatimizda 200 dan ortadi. Bu yer osti suvlari kimyoviy tarkibi, tibbiy –
biologik va boshqa xususiyatlariga ko’ra bir – biridan farq qiladi. Shuning
Logotip
Aholining salomatligi va atrof-muhit sifati o’rtasida bevosita va bilvosita aloqalar mavjud. Masalan, Jahon sog’liqni saqlash tashilotining ma’lumotlariga ko’ra, aholi salomatligi 40-50% ularning iqtisodiy ta’minoti va yashash tarzi, 18-20 % atrof muhitning holatiga, 20-30% tibbiiy xizmat darajasiga bog’liq bo’ladi. Xavoning ifloslanishi aholi salomatligining 43-45 % yomonlashuviga sabab bo’ladi. Zamonaviy gigiyena fani atrof-muhitning ifloslanishi aholi kasallanishining o’rtacha darajasi 20% ga oshishini aniqlagan. Bunday vaziyatda rekreasiya faoliyati ijtimoiy ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatishning muhim tarmog’iga aylangan bo’lib, u aholining ishdan bo’sh vaqtidan foydalanishni yaxshilashga va dam olishini tashkil etishga xizmat qiladi. Rekreasiya inson tamonidan yuqori baholanadigan va ijtimoiy natija beradigan keng yo’nalishni qamrab oladi. Unda dam olish va sog’lomlashtirish, bilish va ijod, odamlar va tabiat bilan tanishish, ta’lim va tarbiyani takomillashtirish va boshqalar birgalikda o’z ifodasini topadi. Bunday ehtiyojlarni qondirish, sog’lomlashtirish, umrni o’zaytirish, insonning jismoniy va ma’naviy darajasini oshirish, shaxsni barkomallashtirish, bilim va malakalarni oshirish va boshqa qator ijtimoiy natijalarga erishishga imkon beradi. Tabiiy omillarga asoslangan rekreasiya faoliyati (turizm )shahar va qishloq aholisi orasida keng tarqalgan kasalliklarning ommaviy profilaktik vositasi hisoblanadi. U faqatgina ish qobiliyatini tiklashni va mehnat unumdorligini oshirishnigina ta’minlab qolmay, balki 20-50 % ga yurak- tomir, asab, nafas olish, oshqozon, suyak kasalliklari patologiyasi paydo bo’lishining oldini olishni ta’minlaydi. O’zbekiston tabiati rang – barang bo’lib, yilning issiq vaqtlaridan tashqari, qish va kuz fasllarida ham dam olishni tashkil etishni imkoniyati mavjud. Misol uchun tog’li hududlarda qishki sport – dam olishni amalga oshirish mumkin. Toshkent viloyatida joylashgan Chimyon sport – dam olish majmuasi katta imkoniyatlarga ega. Xuddi shunday majmualarni Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari tog’li mintaqalarida ham tashkil etish mumkin. Sog’likni tiklash manbasi hisoblangan mineral suv va balchiqlar soni mamlakatimizda 200 dan ortadi. Bu yer osti suvlari kimyoviy tarkibi, tibbiy – biologik va boshqa xususiyatlariga ko’ra bir – biridan farq qiladi. Shuning
uchun  bu  joylarda  turli  shifoxonalar,  sanatoriy  –  kurortlar  va  boshqa
sog’lomlashtirish muassasalar qurish mumkin. Qashqadaryo, Surxondaryo,
Zarafshon,  Sangzor,  Ohangaron  va  boshqa  bir  qancha  daryolarga  oqib
tushuvchi tog’ soyliklari rekreasiya resurslariga boy bo’lib, bu mintaqalarda
dam  olish  oromgohlarini  tashkil  etish  ko’paysa,  birinchidan,  aholini
salomatligi yaxshilanadi, ikkinchidan, shu joy aholisi ish bilan ta’minlanib,
iqtisodiy daromat oshadi. 
9.3 Rekreatsiya resurslaridan foydalanishning iqtisodiy xususiyatlari.
Rekreatsiya infratuzilmasi.
Demak, tabiat qo’ynilarida dam olish va sog’lomlashtirish muassasalarini
qurishning ahamiyati yuqori ekan, lekin masalaning boshqa tomoni ham bor.
Ya’ni dam olishning ham o’ziga yarasha mezonlari mavjudki, ularni tuliq
hisobga olish rekreatsiya resurslaridan samarali foydalanishga olib keladi. Bu
mezonlarga  mavjud  resurslardan  rekreatsiya  faoliyatida  foydalanishning
ekologik xususiyatlari kiradi.
Rekreatsiya  faoliyati  (dam  olish,  sog’lomlashtirish)  ma’lum  hududda
amalga oshiriladi. Mazkur hudud hordiq chiqarishga kelganlarni ekologik
nuqtai nazardan sig’dira oladimi yoki yo’q, bu ekologik sig’im mezoni bilan
aniqlanadi. Ekologik sig’im bu, dam oluvchilar mitqdori mazkur ekologik
maydonga  to’g’ri  kelishini  ko’rsatuvchi  o’rtacha  me’yor  hisoblanadi.  Bu
borada ma’lum andoza va me’yoriy ko’rsatgichlar ishlab chiqilgan. Bunga
quyidagi jadvalni misol keltirish mumkin.
Logotip
uchun bu joylarda turli shifoxonalar, sanatoriy – kurortlar va boshqa sog’lomlashtirish muassasalar qurish mumkin. Qashqadaryo, Surxondaryo, Zarafshon, Sangzor, Ohangaron va boshqa bir qancha daryolarga oqib tushuvchi tog’ soyliklari rekreasiya resurslariga boy bo’lib, bu mintaqalarda dam olish oromgohlarini tashkil etish ko’paysa, birinchidan, aholini salomatligi yaxshilanadi, ikkinchidan, shu joy aholisi ish bilan ta’minlanib, iqtisodiy daromat oshadi. 9.3 Rekreatsiya resurslaridan foydalanishning iqtisodiy xususiyatlari. Rekreatsiya infratuzilmasi. Demak, tabiat qo’ynilarida dam olish va sog’lomlashtirish muassasalarini qurishning ahamiyati yuqori ekan, lekin masalaning boshqa tomoni ham bor. Ya’ni dam olishning ham o’ziga yarasha mezonlari mavjudki, ularni tuliq hisobga olish rekreatsiya resurslaridan samarali foydalanishga olib keladi. Bu mezonlarga mavjud resurslardan rekreatsiya faoliyatida foydalanishning ekologik xususiyatlari kiradi. Rekreatsiya faoliyati (dam olish, sog’lomlashtirish) ma’lum hududda amalga oshiriladi. Mazkur hudud hordiq chiqarishga kelganlarni ekologik nuqtai nazardan sig’dira oladimi yoki yo’q, bu ekologik sig’im mezoni bilan aniqlanadi. Ekologik sig’im bu, dam oluvchilar mitqdori mazkur ekologik maydonga to’g’ri kelishini ko’rsatuvchi o’rtacha me’yor hisoblanadi. Bu borada ma’lum andoza va me’yoriy ko’rsatgichlar ishlab chiqilgan. Bunga quyidagi jadvalni misol keltirish mumkin.
Jadval 8.
Suv havzalarida cho’milishni tashkil etishda me’yoriy ko’rsatgichlar1
Suv havzasi turi
Cho’miluvchilar
soni
Me’yoriy
ko’rsatgich, m2
Dengiz plyaji
1
5
ichki suv havzasi 
jumladan, bolalarga
1
1
8
4
daryolar
1
5-10
oqmas suv havzalari
1
10-15
Jadvaldan ko’rish mumkinki, agarda suv havzasi maydoniga nisbatan
cho’miluvchilar soni oshib ketsa, u holda suvning ifloslanishi ortib, insonlarda
turli  kasalliklarni  keltirib  chiqarishi  mumkin.  Bahor  oylarida  tog’
yonbag’rlari, qirlar, adirlarda dam oluvchilar soni keskin ortadi. Bunda dam
olish  hududiga  nisbatan  dam  oluvchilar  soni  ancha  ortiq  bo’ladi.  Bu
jarayonda  turli  giyohli,  manzarali  o’simliklarga  ziyon  yetkiziladi,  atrof  –
muhit  turli  chiqindilar  bilan  ifloslanadi,  natijada  ekologik  muvozanat
buziladi.  
Rekreatsiya faoliyatining ana shunday samaradorligi tabiiy omillarning
foydali ta’siri va bunday faoliyatni ushbu omillar mavjud hududlarda tashkil
etish bilan bog’liqdir.
Rekreatsiya sohasini rivojlantirish va joylashtirish, uning samaradorligini
oshirish muammolarini hal etishda quyidagi vazifalarni hal etishga alohida
ahamiyat beriladi:
- tumanlar  va  hududlarda  rekreatsiyada  tabiatdan  foydalanish
imkoniyatlarining optimal strukturasini shakllantirish;
- tumanlar va hududlarda rekreatsiyada tabiatdan foydalanish va boshqa
sohalarda tabiatdan foydalanishni taqqoslab baholash;
- tabiiy  rekreatsiya  resurslarini  muhofaza  qilish,  ulardan  rasional
foydalanish, ularni takror ishlab chiqarish bo’yicha xo’jalik tadbirlarini
1 Manba: A.A.Rafiqov va boshqalar. Ekologiya. T:.2004
Logotip
Jadval 8. Suv havzalarida cho’milishni tashkil etishda me’yoriy ko’rsatgichlar1 Suv havzasi turi Cho’miluvchilar soni Me’yoriy ko’rsatgich, m2 Dengiz plyaji 1 5 ichki suv havzasi jumladan, bolalarga 1 1 8 4 daryolar 1 5-10 oqmas suv havzalari 1 10-15 Jadvaldan ko’rish mumkinki, agarda suv havzasi maydoniga nisbatan cho’miluvchilar soni oshib ketsa, u holda suvning ifloslanishi ortib, insonlarda turli kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Bahor oylarida tog’ yonbag’rlari, qirlar, adirlarda dam oluvchilar soni keskin ortadi. Bunda dam olish hududiga nisbatan dam oluvchilar soni ancha ortiq bo’ladi. Bu jarayonda turli giyohli, manzarali o’simliklarga ziyon yetkiziladi, atrof – muhit turli chiqindilar bilan ifloslanadi, natijada ekologik muvozanat buziladi. Rekreatsiya faoliyatining ana shunday samaradorligi tabiiy omillarning foydali ta’siri va bunday faoliyatni ushbu omillar mavjud hududlarda tashkil etish bilan bog’liqdir. Rekreatsiya sohasini rivojlantirish va joylashtirish, uning samaradorligini oshirish muammolarini hal etishda quyidagi vazifalarni hal etishga alohida ahamiyat beriladi: - tumanlar va hududlarda rekreatsiyada tabiatdan foydalanish imkoniyatlarining optimal strukturasini shakllantirish; - tumanlar va hududlarda rekreatsiyada tabiatdan foydalanish va boshqa sohalarda tabiatdan foydalanishni taqqoslab baholash; - tabiiy rekreatsiya resurslarini muhofaza qilish, ulardan rasional foydalanish, ularni takror ishlab chiqarish bo’yicha xo’jalik tadbirlarini 1 Manba: A.A.Rafiqov va boshqalar. Ekologiya. T:.2004
baholash;
- tabiiy  rekreatsiya  resurslaridan  foydalanishning  samaradorligini
baholash.
Rekreatsiya samaradorligini aniqlashda quyidagilar hisobga olinadi va
ta’riflanadi:
1. Tadbirlar maqsadi, ya’ni rekreatsiya faoliyatining kutilayotgan va erishish
mumkin bo’lgan natijalari.
2. Rekreatsiya faoliyatining konkret  mintaqaviy va ijtimoiy- demografik
xususiyatlarini  eng pastki  darajadagi  sharoitlarini  ta’riflovchi  tegishli
ijtimoiy standartlar.
3. Tadbirlar natijasi, ya’ni tadbirlarning har biriga asoslanib tashkil etish
mumkin  bo’lgan  variantlari  yoki  quyilgan  maqsadga  erishishning
muqobil yo’llari.
4. Tadbirlar variantining har birini amalga oshirish bilan bog’liq bo’lgan
resurslar xarajati (tabiiy rekreasiya resurslarini qo’shib).
5. Hisob-kitob sharoitlarida qo’yilgan maqsadlarga erishishga yo’naltirilishi
mumkin bo’lgan (resurslar bo’yicha cheklovlar ) resurslar va ayniqsa
ko’rib chiqilayotgan hududlarning tabiiy rekreatsiya resurslari. 
Ko’rsatilgan besh guruh ta’riflar samaradorlikni baholash maqsadida
iqtisodiy-matematik  modellarni  shakllantirish  uchun  yetarlidir.  Bundan
tashqari  ular  tadbirlar  natijalarini  qo’yilgan  maqsadlar,  real  ajratilishi
mumkin  bo’lgan  resurslar  bilan  talab  qilinadigan  resurslar  xarajatiga
taqqoslashga imkon beradi. Bular yo’l qo’yish mumkin bo’lgan qarorlarni
shakllantirishga va variantlarni yo’l qo’yish mumkinligi nuqtai nazaridan
dastlabki baholashga yordam beradi.
Barcha beshta guruh ta’riflar yoki natijalarning (1-3 – guruhlar) yoki
xarajatlarning (4 va 5 - guruhlar) tarifini beradi. Rekreatsiyada tabiatdan
foydalanish  faoliyatining  ijtimoiy  va  ijtimoiy-iqtisodiy  natijalarini  xo’jalik
tadbirlari  natijalarining  ayrim  tomonlarini  ifodalaydigan  natural-moddiy,
sifat  va  qiymat  tavsiflarining  o’zaro  bog’liq  ko’rsatkichlari  tizimida  aks
ettiriladi.
Natural ko’rsatkichlarda qo’yidagilar ifodalanadi:
Logotip
baholash; - tabiiy rekreatsiya resurslaridan foydalanishning samaradorligini baholash. Rekreatsiya samaradorligini aniqlashda quyidagilar hisobga olinadi va ta’riflanadi: 1. Tadbirlar maqsadi, ya’ni rekreatsiya faoliyatining kutilayotgan va erishish mumkin bo’lgan natijalari. 2. Rekreatsiya faoliyatining konkret mintaqaviy va ijtimoiy- demografik xususiyatlarini eng pastki darajadagi sharoitlarini ta’riflovchi tegishli ijtimoiy standartlar. 3. Tadbirlar natijasi, ya’ni tadbirlarning har biriga asoslanib tashkil etish mumkin bo’lgan variantlari yoki quyilgan maqsadga erishishning muqobil yo’llari. 4. Tadbirlar variantining har birini amalga oshirish bilan bog’liq bo’lgan resurslar xarajati (tabiiy rekreasiya resurslarini qo’shib). 5. Hisob-kitob sharoitlarida qo’yilgan maqsadlarga erishishga yo’naltirilishi mumkin bo’lgan (resurslar bo’yicha cheklovlar ) resurslar va ayniqsa ko’rib chiqilayotgan hududlarning tabiiy rekreatsiya resurslari. Ko’rsatilgan besh guruh ta’riflar samaradorlikni baholash maqsadida iqtisodiy-matematik modellarni shakllantirish uchun yetarlidir. Bundan tashqari ular tadbirlar natijalarini qo’yilgan maqsadlar, real ajratilishi mumkin bo’lgan resurslar bilan talab qilinadigan resurslar xarajatiga taqqoslashga imkon beradi. Bular yo’l qo’yish mumkin bo’lgan qarorlarni shakllantirishga va variantlarni yo’l qo’yish mumkinligi nuqtai nazaridan dastlabki baholashga yordam beradi. Barcha beshta guruh ta’riflar yoki natijalarning (1-3 – guruhlar) yoki xarajatlarning (4 va 5 - guruhlar) tarifini beradi. Rekreatsiyada tabiatdan foydalanish faoliyatining ijtimoiy va ijtimoiy-iqtisodiy natijalarini xo’jalik tadbirlari natijalarining ayrim tomonlarini ifodalaydigan natural-moddiy, sifat va qiymat tavsiflarining o’zaro bog’liq ko’rsatkichlari tizimida aks ettiriladi. Natural ko’rsatkichlarda qo’yidagilar ifodalanadi:
- rekreatsiyada  tabiatdan  foydalanish  sohasida  amalga  oshirish
mo’ljallanayotgan  tadbirlarning  aholini  qamrab  olishi  (hisoblangan
kontingent odamlar)- xizmat ko’rsatiladigan odam-kun miqdori yoki bir
yilda  xizmat  ko’rsatiladigan  aholi  soni,  xizmat  ko’rsatish  va  sifati
(kategoriyasi)bo’yicha alohida hisoblar;
- marshrut,  dam  olish  dasturi,  hududlar  yoki  barpo  etiladigan
obyektlarning quvvati (qancha kishi qabul qilish imkoniyati);
- ijtimoiy  natijalarga  imkon  beradigan  rekreasiya  faoliyatiga  aholi
sarflaydigan vaqt;
- aholining rekreasiya faoliyatiga kiradigan vaqt sarfining qisqarishi bilan
bog’liq bo’lgan vaqtini tejash (rekreasiya xizmatini kutish).
Nisbiy  ko’rsatkichlarda  xizmat  ko’rsatish  sifatining  ekspert  bahosi,
hududlar  va  obyektlarning  xossalari  (funksionalligi  qulayligi  bilan  birga,
shinamligi, nafosati, tashqi ko’rinishining o’ziga jalb etishi, atrof-muhit bilan
uyg’unligini ham qo’shib) ifodalanadi (odatda ballarda hisoblanadi). 
Qiymat ko’rsatkichlarida quyidagilar aks ettiriladi:
-
belgilangan baholarda mahsulotlar va xizmatlarni realizasiya qilishning
yillik hajmi va ularni realizasiya qilishdan olingan foyda;
-
sog’liqni saqlash muassasalarida kasallanishning kamayishi bilan bog’liq
bo’lgan xarajatlarning shartli – hisoblangan kamayishi;
-
mehnat unumdorligining oshishi xodimlar kvalifikasiyaning oshishi bilan
bog’liq bo’lgan ijtimoiy infratuzilmani barpo etish va uning xizmatiga
xarajatlarning kamayishi;
-
aholi vaqtni tejashining qiymat bahosi.
Rekreatsiya  resurslaridan  foydalanishning  iqtisodiy  xususiyatlari,
mavjud resurslar asosida dam olish, sog’lomlashtirish uchun qulay shart –
sharoit yaratish bilan bog’liq. Bu birinchi jihatdan, tegishli infratuzilmani
tashkil etishni talab etadi. Rekreasiya infratuzilmasi – dam olish obyektlari
(sanatoriya,  kurort, pansionat  va  b.)  transport  kommunikasiyalari,  elektr
energiya, tabiiy gaz va boshqa xizmat ko’rsatish tarmoqlari (sport maydoni,
suv havzasi, ovqatlantirish tarmoqlari, klub, telefon tarmog’i va b.) bilan
ta’minlangan
 
majmuadir.
 
Rekreasiya
 
infratuzilmasi
 
qanchalik
Logotip
- rekreatsiyada tabiatdan foydalanish sohasida amalga oshirish mo’ljallanayotgan tadbirlarning aholini qamrab olishi (hisoblangan kontingent odamlar)- xizmat ko’rsatiladigan odam-kun miqdori yoki bir yilda xizmat ko’rsatiladigan aholi soni, xizmat ko’rsatish va sifati (kategoriyasi)bo’yicha alohida hisoblar; - marshrut, dam olish dasturi, hududlar yoki barpo etiladigan obyektlarning quvvati (qancha kishi qabul qilish imkoniyati); - ijtimoiy natijalarga imkon beradigan rekreasiya faoliyatiga aholi sarflaydigan vaqt; - aholining rekreasiya faoliyatiga kiradigan vaqt sarfining qisqarishi bilan bog’liq bo’lgan vaqtini tejash (rekreasiya xizmatini kutish). Nisbiy ko’rsatkichlarda xizmat ko’rsatish sifatining ekspert bahosi, hududlar va obyektlarning xossalari (funksionalligi qulayligi bilan birga, shinamligi, nafosati, tashqi ko’rinishining o’ziga jalb etishi, atrof-muhit bilan uyg’unligini ham qo’shib) ifodalanadi (odatda ballarda hisoblanadi). Qiymat ko’rsatkichlarida quyidagilar aks ettiriladi: - belgilangan baholarda mahsulotlar va xizmatlarni realizasiya qilishning yillik hajmi va ularni realizasiya qilishdan olingan foyda; - sog’liqni saqlash muassasalarida kasallanishning kamayishi bilan bog’liq bo’lgan xarajatlarning shartli – hisoblangan kamayishi; - mehnat unumdorligining oshishi xodimlar kvalifikasiyaning oshishi bilan bog’liq bo’lgan ijtimoiy infratuzilmani barpo etish va uning xizmatiga xarajatlarning kamayishi; - aholi vaqtni tejashining qiymat bahosi. Rekreatsiya resurslaridan foydalanishning iqtisodiy xususiyatlari, mavjud resurslar asosida dam olish, sog’lomlashtirish uchun qulay shart – sharoit yaratish bilan bog’liq. Bu birinchi jihatdan, tegishli infratuzilmani tashkil etishni talab etadi. Rekreasiya infratuzilmasi – dam olish obyektlari (sanatoriya, kurort, pansionat va b.) transport kommunikasiyalari, elektr energiya, tabiiy gaz va boshqa xizmat ko’rsatish tarmoqlari (sport maydoni, suv havzasi, ovqatlantirish tarmoqlari, klub, telefon tarmog’i va b.) bilan ta’minlangan majmuadir. Rekreasiya infratuzilmasi qanchalik