Mintaqaviy turizm asosida ekskursiya xizmatlarini tashkil etish.
Reja:
1.
Ekskursiya va ekskursiya xizmatlari tushunchalarining mohiyati va ahmiyati.
2.
Ekskursiya xizmatlarining mintaqaviy turizmni rivojlantirishdagi o‘rni va
roli.
3.
Mintaqalarga ekskursiya dasturlarini ishlab chiqishning asosiy yo‘nalishlari.
1.Ekskursiya va ekskursiya xizmatlari tushunchalarining mohiyati va
ahmiyati.
“Ekskursiya” so‘zi yunoncha “excursio” so‘zidan olingan bo‘lib “sayohatga
chiqish, sayr qilish” degan ma’noni anglatadi.
Ekskursiya ma’nosini tahlil qilishda ekskursiya jarayonining ob’ektiv
talablardan iboratligini e’tiborga olish kerak. Har bir ekskursiya o‘ziga xos faol
jarayon bo‘lib, uning mohiyati ma’lum qonuniyatlar (mavzuiyligi, maqsadliligi,
ko‘rgazmaliligi, hissiyotliligi, faolligi va sh.k.) bilan asoslanadi. Ekskursiya
jarayoni va uning oldida turgan vazifalari quyidagicha namoyon bo‘lishi mumkin:
23.1-rasm. Ekskursiya jarayoning sxemasi va ekskursiya vazifalari
Ekskursiya jarayonida gid-kuzatuvchi ekskursantlarga mavzuni yoritishda
yordam beradi, ya’ni, ob’ektlarni ko‘rishga (birinchi vazifa), ushbu ob’ektlar
Gid-kuzatuvchi
экскурсантлар
Ko‘rmoq
Eshitmoq
His qilmoq
Ko‘nikmaga ega bo‘lmoq
haqida zaruriy ma’lumotlarni olishga (ikkinchi vazifa), tarixiy voqeaning
mohiyatini his etishga (uchinchi vazifa), ekskursiya ob’ektlarini mustaqil kuzatish
va tahlil qilish ko‘nikmasiga ega bo‘lishlariga (to‘rtinchi vazifa) yordam beradi.
So‘ngi vazifasini hal etishda ob’ektlarni ko‘ra olish qobiliyatini shakllantirish katta
o‘rin egallaydi. Ko‘ra olish qobiliyati estetik qabul sifatida arxitektura massalari,
ranglari, jismlar guruhini, ranglar jilosini, chiziqlar va ular kompleksini yorug‘lik,
havo, har xil ko‘rish burchagi sharoitida ko‘rish, qabul qilish tushuniladi.
Ekskursiyada ob’ektning tarixiy mohiyatini ko‘rish quyidagilarda namoyon
bo‘ladi: birinchidan, ekskursiya ob’ektida tarixiy-madaniy o‘ziga xoslikni topa
olish kerak; ikkinchidan, ekskursiya ob’ektida har xil zamonlar qoldirgan izlarni
aniqlay olish kerak; uchinchidan, monumental va muzey-tarixiy yodgorliklardan
tarixiy faktlarni topa olish kerak, bu esa doimo boy bilim va ko‘nikmani talab
etadi. Ekskursiya materiallari va gid-kuzatuvchining ularni bayon qilishdagi kasbiy
malakasi ekskursantlarning kerakli xulosalarga kelishlari imkonini beradi.
Ekskursantlarga ushbu ko‘nikmani ekskursiyada hikoya va ko‘rsatish jarayonida
gid-kuzatuvchi shakllantiradi. Bu yerda gid-kuzatuvchining yordamchisi sifatida
mualliflar qatnashishi mumkin. Bu haqida taniqli pedagog, tanqidchi
A.V.Bakushinskiy shunday degan: “Ekskursiya rejasi, vazifasi, maqsadi bilan
asoslangan materialning uslubiy ishlanmasi qatnashchilarga mustaqil his qilish,
qabul qilish va baholashni uyg‘otishi kerak”.
Ekskursiya vazifalaridan biri – ekskursantlarda uning mavzusi, tarixiy
shaxslar faoliyati, voqealar, faktlar va umuman ekskursiya materialiga bo‘lgan
munosabatni shakllantirish va unga o‘z bahosini berishdir. Baho berish - bu biror
kim yoki narsa haqida tasavvur shakllantirishdir, uning mohiyati, harakteri, rolini
aniqlash, kimningdir ijobiy sifatlari va ustunliklarini tan olishdir.
Ekskursiyani baholash – gid-kuzatuvchi yordamida ekskursantlarning yakuniy
xulosaga kelishidir.
Ekskursiyaga munosabat- ekskursiya mavzusi bag‘ishlangan tarixiy davrga
nisbatan ekskursantning aniq bir qarashlari; biror-bir harakatlarni his etish,
yozuvchi yoki rassomning asarini yaratishda aniq holatini tushunishi va sh.k.
Ekskursiya bu diqqatga sazovor joylar, tarixiy va madaniy yodgorliklarni
ko‘rsatish, tomosha qilishning uslubiy jihatdan tashkillashtirilishidir. Bu jarayon
negizida ekskursantlar ko‘z oldida turgan ob’ektlarni tahlil qilish va ular bilan
bog‘liq voqealarni gid-kuzatuvchi tomonidan hikoya qilishi yotadi.
Pedagogik lug‘at va uslubiy qo‘llanmalarda ekskursiya o‘quv-tarbiyaviy
ishlarning ko‘rgazmali ta’lim shakli sifatida ko‘riladi. Bu yerda ekskursiyaning bir
tomonlama mohiyati ta’kidlab o‘tiladi, ya’ni unda atrof-muhitdagi, muzeydagi
predmetlarni kuzatish orqali uni o‘rganish jarayoni tushuniladi.
Adabiy asarlarga qo‘yilgan talablar kabi ekskursiya aniq mualliflarning asari
sifatida o‘z syujetiga ega bo‘lib, barcha ekskursiya materiallari unga bo‘y sunadi.
O‘zining vazifasi va o‘tkazish shakliga ko‘ra ko‘rgazmali ekskursiya yo‘l-
yo‘lakay olib boriladigan ekskursiya axboroti yoki turistik poxodlardagi instruktor
suhbatlaridan ko‘ra murakkabroqdir. Mavzuli ekskursiya shahar ko‘rgazmali
ekskursiyasidan o‘z tarkibi, mazmuni, uslubiy jihatdan murakkabligi bilan
farqlanadi.
Ekskursiyaning rivojlanish tarixi uning mazmuni o‘zgarishi bilan bog‘liqdir.
Avvallari ekskursiya shifobaxsh o‘simliklarni izlash maqsadidagi sayr bo‘lgan
bo‘lsa, keyinchalik unga ilmiy maqsadlar, masalan, o‘lkashunoslik muzeylariga
eksponatlar izlash kabi maqsadlar qo‘yilgan. Mustaqil ta’limning yangi shakllarini
izlash jarayoni ekskursiya oldida umumta’limiy maqsadlarni qo‘ydi. Tarbiyaviy
ishlarni yaxshilash, uni samaraliroq qilish harakatlari ekskursiyani madaniy-
ta’limiy ishlarning biriga aylantirdi.
Hozirda ekskursiya o‘ziga xos individual uslub sifatida tugallangan, maqsadli,
o‘ziga xos funksiya va xususiyatlarga ega bo‘ldi. U mazmuni, o‘tkazish shakli,
materiallarni taqdim etish uslubi jihatidan ahamiyatli darajada boyidi va g‘oyaviy-
tarbiyaviy, madaniy-ommaviy ishlarning ajralmas qismi sifatida tavsiflandi.
Ekskursiyaning vazifasi va o‘tkazish shakllari quyidagi jadvalda keltirilgan:
1.1-jadval
Ekskursiyaning maqsadi, vazifasi va o‘tkazish shakllari
№ Maqsadi
Vazifalari
O‘tkazish shakllari
1
Dam olish
Dorivor
o‘simliklar,
mevalar,
qo‘ziqorinlarni
izlash
Sayr
2
O‘quv
O‘quv fanini o‘quvchilar
tomonidan
o‘rganishi
(botanika, geografiya, tarix)
Sinfdan tashqari dars
3
Ilmiy
O‘lkashunoslik
muzeyi
uchun eksponatlar izlash
Ekspeditsiya
4
Umumta’limiy
Umumiy,
madaniy
dunyoqarashni kengaytirish
Turistik
poxodlarda
suhbat,
transport
sayohatida yo‘l-yo‘lakay
ekskursiya axboroti berish
5
Madaniy-ta’limiy
Tarix,
me’morchilik,
adabiyot
va
boshqa
sohalardan
bilimlarini
oshirish
Ko‘rgazmali, ko‘prejali
ekskursiya
6
Madaniy-tarbiyaviy
Tarbiya bilan uyg‘unlikda
bilimlarni olish
Mavzuli ekskursiya
Demak, ekskursiya insonning atrof-muhitni o‘rganishidagi ko‘rgazmali
jarayoni bo‘lib, unda tabiiy sharoitlarda yoki korxona binolari, labaratoriyalar,
ilmiy-tadqiqot institutlari va shu kabilarda joylashgan ob’ektlar avvaldan saralab
olingan bo‘ladi.
Ob’ektlarni ko‘rsatish jarayoni malakali mutaxassis gid-kuzatuvchi-
kuzatuvchilar rahbarligid-kuzatuvchia amalga oshiriladi. Ob’ektlarni tushunish,
qabul qilish jarayoni aniq mavzuning vazifalariga kiritilgan. Gid-kuzatuvchi
auditoriyaga ob’ektning ko‘rinishi, tarixiy joyning bahosi, ob’ekt bilan bog‘liq
tarixiy voqeani tushunib yetishlarini ta’minlaydi. Ekskursant nimani ko‘rishi,
tushunishi, his etishi u uchun muhimdir. Gid-kuzatuvchi o‘zining izohlari bilan
ekskursantlarni to‘g‘ri xulosa qilishlari va baho berishlarini ta’minlaydi, shu bilan
tadbirning zaruriy samaradorligiga erishiladi.
Qisqacha qilib ekskursiyaning mazmunini quyidagicha aniqlash mumkin:
ekskursiya – bu maxsus shakllarda insonlar guruhiga beriladigan bilimlar majmui
bo‘lib, ushbu bilimlarni uzatishdagi maxsus harakatlar tizimidir.
2. Ekskursiya xizmatlarining mintaqaviy turizmni rivojlantirishdagi
o‘rni va roli.
Ekskursiya xizmatlarining mintaqaviy turizmni rivojlantirishda ekskursiya
xizmatlari jarayonidagi tashkiliy masalalarni yoritish va turfirmalarning ekskursiya
xizmatlari dasturini ishlab chiqish bo‘yicha ko‘nikmalarni berishdir.
Ushbu maqsadlarga erishish uchun quyidagi vazifalar qo‘yilgan:
Ekskursiya rahbari gid-kuzatuvchiga qo‘yilgan talablarni o‘rganish;
Gid-kuzatuvchi ishini tashkil etish va boshqarishni o‘rganish;
Ekskursiyani tayyorlash texnologiyasini o‘rganish;
Ekskursiya ob’ektlarini tanlash va o‘rganish;
Ekskursiya marshrutlarini tuzish va sinov ekskursiyasini o‘tkazishni
o‘rganish;
Ekskursiyani o‘tkazishni tashkil etish jarayonini o‘rganish;
O‘zbekistonning tarixiy - arxitektura yodgorliklarini ekskursiya
ob’ektlarini misolida ko‘rib chiqish;
O‘zbekistonning ekologik-rekreatsiya resurslari ekskursiyani
ob’ektlari misolida ko‘rib chiqish;
Ekskursiya jarayonida turistlar xavfsizligini ta’minlashni o‘rganish;
Ekskursiyada birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishni o‘rganish;
Turizmning maxsus turlariga ekskursiyalar tashkil etishni o‘rganish;.
Ekskursiya insonlarda siyosiy, falsafiy, ilmiy, badiiy va boshqa qarashlar,
g‘oyalar va nazariyalarning shakllanishiga yordam beradi. Targ‘ibot funksiyasini
bajarishda ekskursiya aniq yo‘nalishga ega bo‘lishi kerak. Ekskursiya negizida
targ‘ibot, ilmiylik, g‘oyaviylik, hayot bilan bog‘liqlik, daromadliylik va ishonarlilik
tamoyillari turadi. Bu tamoyillar targ‘ibot mohiyatini, undagi asosiy maqsadni
ajratishga imkon beradi va ularni o‘zaro bog‘liqlikda ko‘rib chiqish maqsadga
muvofiqdir.
3.Mintaqalarda ekskursiya dasturlarini ishlab chiqishning asosiy
yo‘nalishlari.
Mintaqalarda ekskursiya dasturlarini ishlab chiqishning asosiy yo‘nalishlari
deb, predmetlar, hodisalar, tushunchalarni klasslar, bo‘limlar, umumiy
xususiyatlaridan kelib chiqib guruhlarga taqsimlashdir.
Ekskursiyalarni tasniflash masalasi har doim ekskursionist olimlar va
ekskursiya sohasi xodimlarining diqqat markazida bo‘lgan. Bu muammoni
yechishda 20 yillarning oxirida harakat qilishdi. Ekskursionist olim V.A.Gerd
ekskursiyani tasniflashning o‘z variantini quyidagicha ta’kidlagan, ya’ni
ekskursiyalarni guruhlar va guruh ostilarga uni o‘tkazish tavsifini belgilovchi
asosiy xususiyatlarini ko‘rsatishning asosiy maqsadi ekskursiya rahbarlariga uni
ishlab chiqish masalalari bo‘yicha to‘g‘ri yo‘nalish berishdir. Bu asosiy
xususiyatlarni ajratish bir necha “asosiy” ekskursiyalar yo‘nalishini beradi va
boshqa tasnifan noaniq ekskursiyalar unga tutashib ketadi.
Ekskursiya xizmatlari ham mustaqil faoliyat (dam olish uylarida, klublarda,
maktablarda) va ham majmuali turistik xizmatning bir qismi bo‘lishi mumkin
(turfirmalarda).
Hozirda ekskursiyalar quyidagicha tavsiflanadi:
mazmuniga ko‘ra;
ishtirokchilar soni va tarkibiga ko‘ra;
o‘tkazish joyiga ko‘ra;
harakatlanish vositasiga ko‘ra;
davomiyligiga ko‘ra;
o‘tkazish shakliga ko‘ra.
Har bir guruh o‘ziga xos xususiyatlarga ega.
Mazmuniga ko‘ra ekskursiyalar ko‘p rejali va mavzuli bo‘ladi. Ko‘prejali
ekskursiyalarda tarixiy va zamonaviy ma’lumotlardan foydalaniladi. Bunday
ekskursiyalar turli xil ob’ektlarni ko‘rsatish negizida tuziladi (tarixiy va madaniy
yodgorliklar, bino va inshootlar, tabiat ob’ektlari, mashhur voqea joylari,
shaharsozlik, sanoat va qishloq xo‘jaligi korxonalari va shu kabilar.).
Ko‘prejali ekskursiyada voqealar batafsil yoritiladi. Bu shahar, o‘lka, viloyat,
respublika, davlat haqida umumiy tasavvurni beradi. Bunday ekskursiyada
xronologik tartibda shaharning ilk paydo bo‘lishi tarixidan boshlab to kelajakdagi
rivojlanishi haqida ma’lumotlar beriladi.