Mintaqaviy turizm fanining predmeti, maqsadi va vazifalari
Reja:
1. “Mintaqaviy turizm” fanining maqsad va vazifalari. Fanning predmeti
va mazmuni.
2. Mustaqillikka erishgandan keyingi O‘zbekiston hukumatining turizm
sohasiga e’tibor qaratishi.
3. “O‘zbekiston Respublikasi Turizmni
rivojlantirish davlat
qo‘mitasi”ning tashkil etilishi.
4. O‘zbekiston milliy iqtisodiyotini rivojlantirishda turizmning roli.
1. “Mintaqaviy turizm” fanining maqsad va vazifalari. Fanning predmeti
va mazmuni.
Fanni maqsadi – talabalarning O‘zbekiston mintaqasida joylashgan
turistik resurslar turlari haqida ma’lumotga ega bo‘lish, hamda ulardan
turizm maqsadida samarali foydalanish bo‘yicha bilimlar bilan ta’minlash.
Fanning asosiy vazifalari – mintaqaviy turizm haqida tushuncha berish.
Ushbu turistik resurslardan samarali foydalanish imkoniyatlarini o‘rganish,
turistik resurslarni mintaqalar bo‘yicha joylanishi, turistik resurslarni
guruhlarga bo‘lish haqida talabalarga tushuncha berishdir.
Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga quyidagi
talablar qo‘yiladi.
mintaqaviy turizmning asosiy tushunchalari;
mintaqaviy turizm rivojlanishining asosiy omillari va vazifalari;
mintaqaviy turizmni rivojlantirishda davlat siyosatining asosiy
maqsad va yo‘nalishlari;
– turistik resurslarning ijtimoiy – iqtisodiy mazmuni va uning turizmni
rivojlantirishdagi ahamiyati to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lishi;
turizm mintaqalari bo‘yicha davlat siyosati;
mintaqa turizmini O‘zbekistonda rivojlantirishning qonuniy me’yoriy
asoslari;
mintaqaning turistik resurslaridan foydalanish imkoniyatlarini
baholash;
milliy iqtisodiyotni rivojlantirishda mintaqa turistik resurslaridan
samarali foydalanishni bilishi va ulardan foydalana olishi;
turistik mintaqalarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasini
baholay olish;
O‘zbekistonning turistik resurslarini joylashgan mintaqasi doirasida
ulardan foydalanish istiqbollarini baholay olish;
turistik resurslardan foydalanish infratuzilmalarini yaxshilash chora-
tadbirlarini ishlab chiqish va ularning ijrosini ta’minlay olish ko‘nikmalariga
ega bo‘lishi;
turizmni mintaqalar bo‘yicha rivojlantirishning dastlabki dasturini
tayyorlay olish;
jahon va O‘zbekistonning turizm mintaqalaridagi turistik resurslari
holatini baholay olish malakalariga ega bo‘lishi kerak.
Mintaqaviy turizm fanining predmeti va mazmuni. Ma’lumki, jahon
turizmi bugungi kunda iqtisodiyot sohalari ichida daromad keltirishi bo’yicha
eng yuqori o’rinlardan birini egallaydi, mehnatga layoqatli aholini ish bilan
banlligini ta’minlab, ijtimoiy – iqtisodiy rivojlanish ko’rsatkichlarini yuqori
bo’lishini taqazo etadi va shu jihatdan ham u har doim barqaror rivojlanishga
moyil. SHuning uchun ham turizm sohasi jadal rivojlanayotgan mamlakatlar,
birinchi navbatda, bu sohani harakatga keltiruvchi mavjud turistik
resurslardan samarali foydalanish yo’llarini qidirmokda va uni barqaror
rivojlanish jarayonlariga e’tiborini qaratishmokda. SHuning hisobiga u yoki
bu mamlakatga turist sifatida tashrif buyuruvchilar soni yildan – yilga
ko’payib bormoqda. Va bu jarayon har doim o’zining ob’ektiv va sub’ektiv
rivojlanish qonuniyatiga ega bo’lib, undan maqsadli foydalanish lozim
bo’ladi. Bunga amal qilgan ko’pgina mamlakatlarda turizmning rivojlanishi
yuqori samara berib kelmokda.
Mustaqillikning dastlabki davrlaridan boshlab, O’zbekistonda ham
turizmni shakllantirish va qaror toptirishga katta ahamiyat berilib, bu
jarayonda turistik resurslardan, ayniqsa mintaqa xududlarida mavjud
bo’lgan salohiyatdan samarali foydalanish yo’l – yo’riqlari qidirilmoqda va
uning imkoniyatlari o’rganilmokda.
Turizm ham respublikamiz iqtisodiyotida qishloq xo’jaligi, sanoat,
transport va boshqa makroiqtisodiy tarmoqlar qatori o’zining munosib
o’rniga ega bo’lishi uchun yetarlicha resurslarga ega. Mamlakatimizda
turizmni rivojlantirish imkoniyatlari bo’yicha Markaziy Osiyo davlatlari
ichida yetakchi hisoblanadi. Respublikamiz tarixiy, arxeologik, arxitektura,
san’at, musiqa va boshqa turistik resurslarga boy hisoblanadi. Bundan
tashqari mamlakatimizning betakror tabiati, tog’ va tekislik, daryolari, cho’l
va vaholari, ko’p va turli landshaft zonalari asosiy rekreasiya resurslaridir.
Mamlakatimizda yosh tarmoq hisoblangan turizm, kundan kunga
rivojlanmoqda. Bu esa, ko’pgina ish o’rinlari ochish imkoniyati mavjudligini
bildiradi.
O’zbekistonda tarixiy – madaniy, arxitektura, arxeologiya
ahamiyatidagi 7 mingdan ortiq ob’ektlar mavjud. Ekspert B. To’raev fikricha
ulardan 545 tasi – arxitektura, 578 tasi – tarixiy, 1457 tasi – san’at
yodgorliklari va 5500 dan ortig’i arxeologik ahamiyatiga jalb etilgan. 200 dan
ortiq ob’ektlar ta’mirlanmoqda, 500 tasi esa ta’mirlanishga muhtoj. Ko’p
mamlakatlar tajribasiga ko’ra, ta’mirlanish jarayonini o’zi turistlar uchun
qiziqarli hisoblanadi. Undan tashqari respublikamizda 300 dan ortiq
mezeylar, 1200 ta xalq ijodiyoti tashkilotlari mavjud. Turistik ob’ektlari
miqdori bo’yicha Toshkentda -144 ta, Samarqandda – 118 ta, Buxoroda -201
ta, Xiva -310 tani tashkil etadi. Ammo asosiy turistik resurslarimizdan turizm
maqsadida foydalanish tashkil etilmagan. SHu sababdan milliy madaniy va
tabiiy merosimizni turizm faoliyati maqsadida har jihatdan o’rganish va
muhofaza etish o’ta muhimdir. YUNYeSKOning «Butunjahon madaniy va
tabiiy merosini muhofaza qilish» konvensiyasida har bir davlat o’z
hududidagi madaniy va tabiiy merosini muhofaza etishi, uni targ’ibot etishi,
bunda o’zining samarali siyosatini olib borishi lozimligi ta’kidlanadi.
O’zbekistonning turistik resurslar fanining ob’ekti sifatida
mamlakatimizdagi barcha turizm faoliyatida foydalanish mumkin bo’lgan
turizm ob’ektlari hisoblanadi.
Mamlakatimizning betakror tabiat go’shalari, ya’ni tog’ vodiylari,
cho’lu-dashtlari, boy madaniy-tarixiy merosi, ajoyib tarixiy arxitektura
yodgorliklari, urf-odatlari, milliy resurslarning bisyorligidan darak beradi.
Fanning ob’ektidan kelib chiqib, mazkur fanning predmeti kelib
chiqadi. Bu fanning predmeti turistik resurslarni, turlari va mohiyatini,
ijtimoiy-iqtisodiy mazmuni, hudud bo’yicha joylanish xususiyatlarini, milliy
iqtisodiyotda samarali foydalanishni, ekologik-iqtisodiy xususiyatlarini,
turizm faoliyatida foydalanish va muhofaza qilishni o’rganishdan kelib
chiqadi.
Mintaqaviy turizm fanining maqsadi va vazifalari
Hozirgi davrda iqtisodiyotimizni rivojlantirish, aholini ijtimoiy –
iqtisodiy ahvolini yaxshilashda yangi ish o’rinlarini ochish katta ahamiyatga
ega. SHuning uchun qaysi tarmoqlarda yangi ish o’rinlari ochish imkoniyati
bo’lsa, undan samarali foydalanish lozim. Bugungi kunda turizm jahondagi
eng ko’p foyda keltiruvchi biznes ko’rinishlaridan biriga aylangan. U bozor
iqtisodiyotining ajralmas qismi bo’lib, dunyoning ko’pgina mamlakatlarida
tezkorlik bilan rivojlanib borayotgan tarmoqqa aylandi. Turizm sohasi jahon
xo’jaligining transport, aloqa, savdo-sotiq, qurilish industriyasi, qishloq
xo’jaligi, iste’mol mollari ishlab chiqaruvchi sanoat tarmoqlari bilan
chambarchas holda rivojlanib, jahon iqtisodiyotida o’z o’rniga ega
bo’lmoqda. Iqtisodiyotimizda turistik resurslardan samarali foydalanishda
sohada yangi ish o’rinlari ochish katta ahamiyatga ega.
Har bir hududda turizm shakllanar ekan, bu hududda turizm
faoliyatida foydalanilayotgan turistik resurslar mavjud bo’ladi. Bu resurslarni
turizmni tashkil etish asosi desak bo’ladi. Lekin, har bir hududning resurs
salohiyati resurslarning miqdor va sifat jihatiga ko’ra farq qiladi. SHu sababli
turistik resurslarni har jihatdan o’rganish, baholash, umuman olganda turizm
faoliyatida foydalanish imkoniyatlarini, tahlil etish ma’lum mintaqada
turizmni rivojlantirish istiqbolini belgilaydi. YUqoridagi mulohazalardan
kelib chiqib bu fanning maqsadi mamlkatimizning turizm salohiyatini
belgilash nuqtai nazaridan turistik resurslarimizni har taraflama o’rganib
chiqishdir. SHu jihatdan kelib chiqib turizm faoliyatida turistik resurslardan
samarali foydalanish, uni iqtisodiy asoslarini yaratish bu fanning asosiy
vazifasidir. Undan tashqari, Vatanimizning kelajagi hisoblangan yoshlar
ongida Milliy merosimizga, jumladan, madaniy-tariziy, tabiiy yodgorliklar va
milliy an’analarimizga bo’lgan munosabatni shakllantirish fanning asosiy
maqsadidir. Xalqimiz milliy boyligimiz hisoblangan turistik ob’ektlarimizni,
tabiatimizni qanchalik asrab-avaylasa, shunchalik mamlakatimizda turizmni
rivojlantirish imkoniyatlari oshib boradi. Fanning vazifasi - turistik resurslar
haqida tushuncha berish, turistik resurslardan samarali foydalanish
imkoniyatlarini o’rganish, O’zbekistonning turistik resurslarini mintaqalar
bo’yicha joylanishi, turistik rayonlashtirish hamda, mamlakatimiz turistik
resurslarini muhofaza qilish tadbirlari to’g’risida talabalarda tasavvur hosil
qilishdir.
2. Mustaqillikka erishgandan keyingi O‘zbekiston hukumatining turizm
sohasiga e’tibor qaratishi
Mustaqillikka erishgach, 1991-yildan keyin O‘zbekistonning turistik
xizmatlar bozori shakllana boshladi. Aynan shu davrda Respublika o‘zining
iqtisodiy mustaqilligini va mustaqil ravishda tashqi dunyo bozorlariga
chiqishini e’lon qildi. Shu davrda qabul qilingan tashqi iqtisodiy faoliyat
to‘g‘risidagi qonun turistik xizmatlarni sotuvchi korxonalarga yangi asos
yaratdi. Natijada, tarmoqda yangi boshqaruv tizimini shakllantirish, turistik
biznesni yuritishga yordamlashadigan qo‘shimcha biznes turlarini yaratish,
sohaga xizmat qiladigan bank, audit, maslahat xizmatlarini tashkil etish,
viloyatlarda turizm tarmog‘ining mintaqaviy bo‘linmalarini tuzish, xalqaro
miqyosda turizm mahsulotini reklama qilish, xususiylashtirilgan turistik
korxonalarni litsenziyalashtirish kabi masalalarga alohida e’tibor berildi.
Mustaqillikdan keyin, turizm sohasida bir vaqtning o‘zida uchta muhim
jarayon amalga oshirildi:
birinchi jarayon: eski tizimdagi korxona va tashkilotlarning
tanazzulga uchrashi (ekskursiya byurosi, sayohat byurosi), o‘zlarining
tuzilishi va faoliyat turiga ko‘ra yangi xizmat ko‘rsatish talablariga javob
bermay qoldi;
ikkinchi jarayon: turoperator va turagent sifatida nomlangan yangi
tashkilotlar tuzildi;
uchinchi jarayon: eski turistik korxonalarni qayta qurish yo‘li bilan
O‘zbekiston va xorijiy iste’molchilar talab qiluvchi turistik mahsulotni ishlab
chiqish yo‘lga qo‘yildi.
1992-yilda Respublikada «O‘zbekturizm» Milliy Kompaniyasi tashkil
etildi va turizm sohasida bu kompaniya barcha tashkiliy, boshqaruv hamda
muvofiqlashtirish funksiyalarini amalga oshira boshladi. 1993-yilda
«O‘zbekturizm» Milliy Kompaniyasi Butunjahon turizm tashkilotiga (BTT)
haqiqiy a’zo bo‘lib kirdi. Bu jarayon o‘z navbatida xalqaro turizmni
rivojlantirishda muhim omil bo‘lib xizmat qildi. 1994-yilda BMT ning
YUNESKO tashkiloti hamda O‘zbekiston hukumatining tashabbusi bilan
Samarqand shahrida Buyuk Ipak yo‘lidagi shaharlarda xalqaro turizmni
rivojlantirish bo‘yicha Samarqand Deklaratsiyasi qabul qilindi.
Bu bosqich mobaynida, ya’ni 1994-yilda ishlab chiqilgan «Turistik
korxonalarni xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish dasturi»
chuqur tizimli - institutsional o‘zgarishlarni amalga oshirishda juda katta
ahamiyat kasb etdi. 1994–1995-yillar mobaynida «O‘zbekturizm» Milliy
Kompaniyasining 87,8 foiz turistik ob’ektlari xususiylashtirildi va davlat
tasarrufidan chiqarilgan edi.
Amalga oshirilgan o‘zgarishlar turistlarni qabul qilish shaklini jadallik
bilan rivojlantirdi. 1995-yilda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining «Buyuk ipak yo‘lini qayta tiklashda O‘zbekiston
Respublikasining ishtirokini avj oldirish va Respublikada xalqaro turizmni
rivojlantirish borasidagi chora-tadbirlar» to‘g‘risidagi Farmoni1 Buyuk Ipak
1 http//www. Lex.uz
yo‘lida turistik mahsulotni tiklash borasida strategik ahamiyatga ega bo‘ldi.
Bu o‘z navbatida O‘zbekiston turizm sohasidagi islohotlarning ikkinchi
bosqichini boshlab berdi. Natijada Buyuk Ipak yo‘lidagi shaharlar va turistik
manzillar ro‘yxatga olindi, Imom al-Buxoriy, Bahouddin Naqshband,
Abduholiq G‘ijduvoniy, Ahmad al-Farg‘oniy, Imom al-Motrudiy, Mahmudi
A’zam, Hakim at-Termiziy, Hazrati Imom, Shayx Shamsiddin Kulol,
Burxoniddin Marg‘iloniy, Buxorodagi Chor Bakrlar kabi allomalarimizning
maqbaralari tamirlandi va ziyoratgoh majmualarga aylantirildi. 1998-yildan
boshlab, Toshkent shahrida muntazam ravishda Xalqaro turistik ko‘rgazma
tashkil etila boshlandi, mehmonxonalardagi xalqaro talablarga javob
beruvchi o‘rinlar soni 4,8 barobarga ko‘paytirildi.
Bu bosqichda O‘zbekistonning turizm sohasida quyidagi masalalari
amalga oshirildi:
davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayoni;
yangi xorijiy investorlarni jalb qilish;
tashqi bozorlarga chiqishning yangi yo‘llarini izlash;
xalqaro ko‘rgazmalarga chiqish (Berlin, London, Madrid, Moskva);
turistik korxonalar va sayohatchilarning manfaatlarini himoyalovchi
nodavlat tashkilotlarning vujudga kelishi;
turistik yo‘nalishlarning rang-barangligini ta’minlash, mahsulotning
ekologik talablarini kuchaytirish, yangi hududlarni turistik diqqatga sazovor joylar
sifatida ochish;
O‘zbekiston mehmonxonalarida xorijiy menejmentni qo‘llash;
kichik mehmonxonalar tarmog‘ini kengaytirish;
turizm sohasida mutaxassislarni tayyorlash (o‘rta maxsus hamda oliy
ta’lim bosqichida);
xorijiy tajribalarni o‘rganish;
ilmiy loyihalar tayyorlash;
BTT tadqiqot guruhining O‘zbekistonga kelishi va «Turizm to‘g‘risida»gi
Qonunni tayyorlash borasidagi ishlar;
turfirmalarning nodavlat va koorporativ tashkilotlar «Ustoz», «Meros»,
«Ekosan» va h.k. bilan aloqalari yo‘lga qo‘yildi.
Turizm sohasidagi islohotlarning uchinchi bosqichida, 1999-yil 15-
aprelda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2005-yilgacha bo‘lgan
davrda O‘zbekistonda turizmni rivojlantirish davlat dasturi to‘g‘risida»gi
Farmoni e’lon qilindi, shu yilning 20-avgustida esa O‘zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi tomonidan «Turizm to‘g‘risida» gi Qonun qabul qilindi. Buning
asosida turizm sohasidagi bozor munosabatlari uzil-kesil yo‘lga qo‘yildi
hamda xalqaro bozorda raqobatbardosh turistik mahsulot yaratila boshlandi,
turizm tizimini boshqarishning markazlashtirilishiga chek qo‘yildi. Ko‘pchilik
turistik ob’ektlar o‘zlarini mustaqil ravishda boshqara boshladi, xizmatlar
bozorida raqobatlasha olmaydigan korxonalar yopilib, ular o‘rniga samarali
ishlovchi yangi korxonalar tashkil etildi.
2000-yildan boshlab, Respublikamiz turizm sohasi yuqori sur’atlar bilan
rivojlana boshladi. Turizm sohasidan olinayotgan daromadlar yiliga 20 va
undan ortiq foizlarda o‘sa boshladi. 2001-yilning oxirida Afg‘onistondagi
tolibonlarga qarshi harakatlarning boshlanishi o‘lkamizga kelayotgan
turistlar oqimini ikki yil davomida ancha kamaytirib yuborganidan so‘ng,
2003-yilning ikkinchi yarmiga kelib, o‘lkamiz turizmi yana o‘zini o‘nglab oldi.
Sharqiy Osiyoda o‘tgan yillarda tarqalgan odatdan tashqari Pnevmaniya
(Sars) va Parranda grippi kabi kasalliklar O‘zbekiston turizmiga 2001-yil 11-
sentabr voqealaridek kuchli ta’sir ko‘rsata olmadi.
Turizm sohasidagi islohotlarning
to‘rtinchi bosqichi
2000-yildan
boshlangan bo‘lib, hozirgi kungacha davom etmoqda. Bu davrda xususiy
turistik tashkilotlar assotsiatsiyasiga va tashkil etiladigan boshqa turistik
assotsiatsiyalarga asos qo‘yildi (Gid-tarjimonlar assotsiatsiyasi, Mehmonxona
egalari assotsiatsiyasi, Transportchilar assotsiatsiyasi) va «O‘zbekturizm»
Milliy Kompaniyasining bir qator vakolatlarini o‘tkazish ustida izlanishlar
olib borildi. Bu o‘lkamiz turizm xizmatlar bozorida faoliyat yurituvchi
korxonalarning yanada tezroq sur’atlarda rivojlantirishga yordam berdi.
O‘zbekiston Respublikasining bu davrdagi amalga oshirilgan ulkan
ishlarini hisobga olib, Islom konferensiyasi tashkiloti (OIK) tarkibidagi
muassasalardan biri – Ta’lim, Fan va madaniyat masalalari bo‘yicha Xalqaro
islom tashkiloti (ISESCO) Toshkentni 2007-yilda Xalqaro islom madaniyati
markazi deb e’lon qildi. O‘zbekistonning islom madaniyati va ilmi oldidagi,
islom merosi va yodgorliklarini asrash va yanada boyitish borasidagi mislsiz
xizmatlari uchun Toshkent shunday yuksak va faxrli unvonga sazavor bo‘ldi.
Shuni ham ta’kidlab o‘tish kerakki, 1993-yilda mamlakatimizda bor
yo‘g‘i 4 ta xususiy turistik firma bo‘lgan bo‘lsa, hozirgi kunda turizm
xizmatlarining nodavlat sektorida 800 ta turistik firma va mehmonxona, shu
jumladan umumiy sig‘imi 30 ming joydan iborat 500 ta mehmonxona va 300
ga yaqin turoperator va turagentlar faoliyat olib bormoqdalar.2
3. “O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat
qo‘mitasi”ning tashkil etilishi.
Turizm sohasini rivojlantirish bugungi kunda respublikamizdagi asosiy
ustuvor yo`nalish bo`lib hisoblanadi. Ushbu ustuvor yo`nalishni amalga
oshirish bo`yicha 2016 yil 2 dekabrda qabul qilingan PF-4861 sonli
“O`zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni
ta’minlash chora-tadbirlari to`g`risida”gi Farmoni qabul qilindi va bu
farmonning bajarilishi yuzasidan shu kunda PQ-2666-sonli “O`zbekiston
Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi faoliyatini tashkil etish
to`g`risida”gi Qarori qabul qilindi.3
Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi faoliyatini samarali tashkil etish
maqsadida qabul qilingan ushbu Prezident qarorida quyidagi chora-tadbirlar
va vazifalarni izchil amalga oshirish belgilab berildi.
Xususan, ushbu qo`mita faoliyatining asosiy vazifalari va yo`nalishlari
qilib, quyidagilar yo`nalishlar belgilandi:
- turizm salohiyatini tubdan oshirish, unga iqtisodiyotning strategik
sektori maqomini berish;
- sohani rivojlantirishning yaxlit konsepsiyasini shakllantirish va amalga
oshirishni ta’minlash;
- turizm xizmatlarining tashqi va ichki bozorlarida marketing
tadqiqotlarini olib borish;
- tarixiy-madaniy merosni keng targ`ib qilish, faol reklama-axborot
2 Turizm istiqbollari. // O‘zbekiston iqtisodiy axborotnomasi.№ 1. 2014. -11.b.
3 www.lex.uz
siyosatini amalga oshirish;
- ichki, tashqi va chiqish turizmini kompleks rivojlantirishning milliy va
hududiy dasturlari ishlab chiqilishini muvofiqlashtirish va uning monitoringi;
- turizm infratuzilmasini rivojlantirishga xorijiy investisiyalar va boshqa
mablag`larni jalb etish;
- soha faoliyati rivojlanishini muvofiqlashtirish, mintaqalarda yangi
turizm yo`nalishlarining tashkil etilishini ta’minlash;
- pasportlashtirish va yagona milliy reestrlarni shakllantirish;
- turizm xizmatlari ko`rsatish sifati va xavfsizligi standartlari ishlab
chiqilishini muvofiqlashtirish;
- ular bo`yicha inspeksiya nazoratini amalga oshirish, sohani tartibga
solishni maqbullashtirish va raqobatni rivojlantirish;
- to`siqlarni bartaraf etish bo`yicha takliflarni ishlab chiqish, sohada
tadbirkorlik faolligini oshirishga ko`maklashish;
- axborot-kommunikasiya texnologiyalarini keng joriy etish, turizm
faoliyatini BMT Butunjahon turizm tashkiloti va boshqa xalqaro, milliy
tashkilotlar, kompaniyalar bilan hamkorligini kengaytirish;
- xalqaro standart va normalarni amaliyotga joriy etish;
- soha xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishni yuqori
darajada tashkil etish hamda tarmoq turizm fanlarini rivojlantirishga
ko`maklashish.
Qo`mita barcha majburiyat va shartnomalar, shu jumladan, xalqaro
majburiyatlar va shartnomalar bo`yicha oldingi “O`zbekturizm” MKning
huquqiy vorisi bo`lishi keltirilgan. Biroq, mehnat shartnomalari bular
qatoriga kirmaydi.
SHuningdek, qo`mita tuzilmasida quyidagi sub’ektlarning tashkil etilishi
keltirib o`tilgan:4
- mustaqil bo`limlar sifatida tugatilgan “O`zbekturizm” MK huzuridagi
“Buyuk ipak yo`li reklama agentligi” davlat unitar korxonasi negizida “Milliy
turizm mahsulotlarini targ`ibot qilish markazi” davlat unitar korxonasi;
- “Turizm xizmatlarini sertifikatlash markazi” unitar korxonasi negizida
“Turizm xizmatlarini sertifikatlash markazi” davlat unitar korxonasi;
4 www.lex.uz
- “Dispetcherlashtirish va sayyohlarga xizmat ko`rsatish markaziy
boshqarmasi” negizida “Dispetcherlashtirish va sayyohlarga xizmat ko`rsatish
markazi” davlat unitar korxonasi.
SHu bilan birga, qo`mitaning tashkiliy tuzilmasi, markaziy apparatining
tuzilmasi, Qoraqalpog`iston Respublikasi, Samarqand, Buxoro, Xorazm va
Farg`ona viloyatlari hududiy boshqarmalarining namunaviy tuzilmasi,
qo`mita to`g`risidagi nizom kabilarning qarordagi ilovalarga muvofiq
tasdiqlanishi bayon etilgan.
Hamda quyidagi ish va vazifalarni amalga oshirish ko`rsatib o`tilgan:
- qo`mita hududiy boshqarmalarining rahbarlari Qoraqalpog`iston
Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi va viloyatlar hokimlarining
taqdimnomasiga binoan qo`mita raisi tomonidan lavozimga tayinlanishi;
- davlat budjeti va qo`mita huzuridagi budjetdan tashqari Turizm
sohasini qo`llab-quvvatlash jamg`armasi mablag`lari va boshqa manbalarning
qo`mita faoliyatini moliyalashtirish manbalari bo`lishi;
- qo`mita huzuridagi budjetdan tashqari Turizmni qo`llab-quvvatlash
jamg`armasining yangidan tashkil etilishi;
- qo`mita vakolatlariga muvofiq, da’vo va arizalar bo`yicha davlat boji
to`lashdan ozod qilinishi, qo`mitaning joylashgan manzili;
- uni zarur aloqa vositalari bilan ta’minlashga Axborot texnologiyalari va
kommunikasiyalarni rivojlantirish vazirligining ko`maklashishi;
- hamda qabul qilingan qonun hujjatlariga o`zgartirish va qo`shimchalar
to`g`risida takliflar kiritish.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “O`zbekiston Respublikasida
turizmni 2005 yilgacha rivojlantirish dasturi to`g`risidagi” 1999 yil 15
aprelidagi, “Turizmni rivojlantiish uchun malakali xodimlarni tayyorlash
haqidagi” farmonlariga binoan 2000 yil 14 iyunda “O`zbekturizm” MK
qoshida Respublika ilmiy-o`quv konsalting markazi tashkil etildi. Markaz
tashkilotchisi hozirgi kunda O`zbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish
davlat qo`mitasi hisoblanadi.
Markazning asosiy vazifasi turizm sohasi bo`yicha malakali xodimlarni
tayyorlash, qayta tayyorlash, malakalarini oshirish, turizm sohasini