Mintaqaviy turizmdan foydalanishga ta’sir etuvchi omillari.
Reja:
1. Barqaror va o‘zgaruvchi omillar.
2. Tabiiy iqlimiy, geografik, madaniy-tarixiy omillar. Siyosiy, ijtimoiy-
deiografik, moliyaviy-iqtisodiy va texnikaviy omillar.
3. Tashqi va ichki omillar. Mintaqaviy turizmni rivojlanishiga ta’sir
etuvchi omillar.
4. Turizm infrastrukturasi.
1. Barqaror va o‘zgaruvchi omillar
Barqaror (o’zgarmaydigan) omillar vaqt nuqtai nazardan kam
o’zgarish xarakteriga ega. Bu omillarga tabiiy-iqlimiy, geografik, madaniy-
tarixiy kabi omillar kiradi. SHular ichidan geografik omillarni tahlil etadigan
bo’lsak, bu omillar sayyohlik marshrutlarini to’g’ri tanlash, trasportning
qulayligi, rekreasiya resurslarining bahosi, turizmni mavsumga qarab
rivojlantirish kabi jihatlarga o’z ta’sirini ko’rsatadi.
O’z navbatida, geografik omillarni ikki guruhga bo’lish keng tus
olgan. Bular:
tabiiy geografik omillar;
iqtisodiy geografik omillar.
Mintaqalarda xalqaro turizmni rivojlanishiga tabiiy sharoitning katta
ta’siri bor. Hozirgi jamiyatimizning o’ta sanoatlashib borishi tufayli,
insonlarning yovvoyi tabiatga bo’lgan qiziqishi ortib bormoqda. Tabiiy
geografik omillar ko’pgina jihatlar bilan baholanadi. Quyida asosiylariga
to’xtalib o’tamiz.
Iqlim, turizmni davriyligiga ta’sir ko’rsatib, ayrim sohil bo’yi dam olish
joylari yil bo’yi issiq iqlimga ega ekanligi (misol tariqasida Mavrikiy orollarini
ko’rsatish mumkin) tufayli, uzluksiz turistlar bilan gavjum bo’lishiga olib
kelgan. Tabiiy iqlim sharoiti turizm harakatini mavsumiy xarakterga
aylantiruvchi asosiy omil bo’lib hisoblanadi. Tabiatda ob-havoning o’zgarishi,
tabiiy ofatlarning tez-tez takrorlanish hodisalari, tabiat injiqliklari turistlar
oqimining keskin kamayishiga sababchi bo’ladi. SHu sababli turizmning eng
rivojlangan mintaqalari yer sharining mutadil iqlim zonalariga to’g’ri keladi.
Jumladan, O’rtaer dengizi, Qora dengiz, Karib dengizi, Adriatika dengizi,
Boltiq dengizi, YApon dengizi, Janubiy Xitoy dengizi qirg’oqlarida joylashgan
mamlakatlarda turizm xalqaro ahamiyatga ega.
O’simlik va hayvonot olami ham katta qiziqish uyg’otuvchi omildir.
O’rmonlar dam oluvchi va tabiat qo’yniga sayr qiluvchi sayyohlarni o’ziga
tortadi. O’rmon o’zining kislorodga boy zahirasi bilan, sog’ligini tiklovchilar
uchun muhim turistik ob’ekt hisoblanadi. SHu bois, botanika bog’lari, turli
oromgohlar, milliy bog’lar sayyohlarning gavjum joylari hisoblanadi. Xorijiy
sayyohlarni o’ziga ko’proq jalb qiluvchi omillardan biri - bu ekzotik (g’alati,
ajoyib) hayvonlar yashaydigan joylar qo’riqxonalar, davlat buyurtmalari,
milliy bog’lar, ov qilish uchun ajratilgan maxsus hududlardir. Bunday
hayvonat va o’simlik dunyosining markazlari yuzdan ortiq bo’lib, Afrika,
Osiyo, Yevropa, Avstraliya, Amerika (AQSH, Kanada) ning sayyohat qilish
mintaqalari va hududlari hisoblanadi.
Suv resurslari hisoblangan okean va dengizlar, daryolar, ko’llar ham
katta turistik imkoniyatlarga ega. Keyingi paytlarda dunyo okeani bo’ylab
sayohatga chiquvchilar soni oshmoqda. Daryo va ko’llar ham o’ziga xos
mikroiqlim xususiyatlariga ega bo’lib, kishilarning asosan mavsumiy dam
olishi, suv sporti, baliq tutishi uchun ob’ekt vazifasini bajaradi. SHuning
uchun hozirgi paytda ko’plab dam olish uylari ushbu turistik ob’ektlarga
qurilmoqda. Okean va dengiz suvlarining cho’milishi uchun qo’lay bo’lgan
qirg’oqlari tarkibiga quyidagi elementlar kiradi. Mikroiqlim, dengiz va okean
suvlarining quruqlikka tutash bo’lgan joylarida suvning harorati, chuqurligi,
suv to’lqinlari, ko’tarilishi, qaytishi, oqimlar, suvning shifobaxshligi, tozaligi,
tiniqligi, dengiz suvi tagining relefi, suvdagi yirtqich qonxo’r baliqlar (akula)
va hayvonlarning bor-yo’qligi h.k., qirg’oq chiziqlarining tuzilishi,
plyajlardagi qumlar va yotqiziqlarning sifati, rangi, shakllari va qolaversa bir
qator omillar ta’sir etadi.
Relef, ikki xil ta’sir ko’rsatuvchi xarakterga ega bo’lib, uning
noqo’layligi tufayli transport tarmoqlarini rivojlantirishga qiyinchilik
to’g’diradi va turizm infratuzilmasini to’liq shakllanishiga salbiy ta’sir
ko’rsatishi mumkin. Ikkinchi tomondan, tog’li hududlar asosiy rekreasiya
resurslaridan biri bo’lib xizmat qiladi. Tog’li, xush manzarali, murakkab relef
tuzilishiga ega bo’lgan o’lkalar turistlar oqimini o’ziga ko’proq jalb qilishadi.
Murakkab tog’ relfi landshafti estetik jihatdan tekislik, yassi hududlarga
nisbatan turistlarni ko’proq jalb etish imkoniyatiga ega. Tog’li o’lkalar
o’zining toza va sof havosi bilan ajralib, tog’ sportini rivojlantirish imkonini
tug’diradi. SHveysariya, Fransiya, Avstriya, Germaniya, Italiya, CHexiya
mamlakatlarida joylashgan dunyoga mashhur alp sayyohlik kurortlari bunga
tasdiq bo’ladi.
Iqtisodiy geografik omillarga turizmning moddiy texnika bazasi, ya’ni
mehmonxonalar fondi, umumiy ovqatlanish korxonalari (restoran
tarmoqlari), sport inshootlari, tomosha va sayr qilish, dam olish, bir qator
servis xizmati ko’rsatish ob’ektlari ichki va tashqi kommunikasiya tarmoqlari
avtomobil, temiryo’l, havo yo’llari, dengiz va daryo transporti, aloqa
vositalari, Internet tarmog’i kiradi. Iqtisodiy geografik omillar mavjud
resurslardan unumli foydalanishga ta’sir ko’rsatib, o’z navbatida quyidagilar
orqali anilanadi:
turstlarni qabul qiluvchi mamlakatlar, mintaqalar, hududlarning
iqtisodiy-geografik o’rni, joylanishi;
sayyohlarni qabul qiluvchi mamlakat (mintaqa, rayon)ning
umumiqtisodiy darajasi;
ichki turizmni rivojlanish darajasi;
urbanizasiya darajasi;
turistlarni qabul qiluvchi mamlakatlarning mehnat resurslari bilan
ta’minlanish darajasi (malakali kadrlarning soni, ularning
tayyorgarlik darajasi );
ma’lum bir hududda rekrasion resurslarning qiymati, transport
xizmatlari turi, oziq-ovqat mahsulotlarning narxi, mehmonxonalarda
joylashish narxlari (xizmat ko’rsatish tarmoqlarini saviyasi);
trasport, aloqa vositalarining hududda tutgan o’rin va holati bilan
xarakterlanadi.
YUqoridagilarning har biri o’ziga xos ahamiyatga ega. Misol uchun,
iqtisodiy geografik o’rnini qulayligi, mintaqaning asosiy turistik bozorlar,
dunyo transport tarmoqlariga nisbatan qulay joylashganligini bildirib, shu
mintaqa turizmini rivojlanishiga ta’sir ko’rsatadi. Xalqaro turizmni
rivojlantirishda mamlakat va hududning geografik o’rni ya’ni uning dengiz va
okeanga yaqinligi, qirg’oq chiziqlarining xususiyati, turli xil suv, avtomobil va
temir yo’llar bilan kesishish joyi, tog’li va o’rmon manzarali joylarga
yaqinligi, ular bilan ta’minlanganlik darajasiga ham bog’liq bo’ladi.
Xalqaro turizmning rivojlanishida madaniy-tarixiy shart-sharoitlar,
etnik shart-sharoitlar bilan qushilib ketadi. Arxitektura ob’ektlari, muzeylar,
rasmlar galereyasi, mahalliy musavvirlar ishlari, tarixiy yodgorlik, obidalari
ham xorijiy turistlarni o’ziga jalb qiladilar. Tarixiy yodgorliklar va boshqa
xalqlar madaniyatiga qiziqish xalqaro turizmning eng muhim stimullaridan
biridir.
3.2 Tabiiy iqlimiy, geografik, madaniy-tarixiy omillar. Siyosiy, ijtimoiy-
deiografik, moliyaviy-iqtisodiy va texnikaviy omillar.
Davr mobaynida o’zgaruvchanlikka ega omillarga siyosiy, ijtimoiy-
demografik, moliyaviy-iqtisodiy va texnikaviy omillar kiradi.
Turistik biznesni rivojlantirishda, mamlakatdagi siyosiy vaziyatning qay
ahvolda ekanligi katta ahamiyatga ega. CHunki xalqaro munosabatlarning
rivojlanganligi, xavfsizlik kafolati turizmni bir moramda rivojlanishiga olib
keladi. Ma’lumki, mamlakatdagi ichki vaziyatning qay darajada turg’unligi
ko’p hollarda xalqaro turizm oqimining yo’nalishini belgilaydi. Tabiiyki,
davlatlararo turistlarni almashtirishda, mamlakatlar o’rtasidagi o’zaro
kelishuvchilik munosabatlari ham muhim ahamiyatga ega bo’ladi. Odatdagi
diplomatik aloqalar, turizm sohasidagi kelishuvlar, shartnomalar,
kommunikasiyalar va transport vositalaridan hamkorlikda foydalanish,
turistik reklamalarni bir-birlari bilan almashtirish-bularning hammasi
turizmning rivojiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
Demografik omillar. Dunyo mamlakatlarida demografik jarayonlar
(aholining tug’ilishi, o’limi, tabiiy ko’payishi, aholi migrasiyasi kabilar) ham
xalqaro turizm sohasining rivojlanishiga o’z ta’sirini ko’rsatadi. Yer
sharining turli davlatlarida, hududlarida va mintaqalarida aholi sonining
ko’payib borishi, ayniqsa shahar aholisi aglamerasiya doirasining borgan sari
kengayib borishi kishilarning dam olishi va sayyohlikka chiqishni taqazo
qiladi. SHu borada turizmning rivojlanishiga ta’sir etuvchi demografik
omillarni quyidagicha ifodalash mumkin:
- dunyo xalqlaridagi bir-biriga o’xshashlik bo’lish umumiy tomonlari,
ularning qiziqishlari h.k;
- ayrim malakaviy sohalaridagi kishilarning maxsus sayyohlik guruhda
faol ishtirok etishning kuchayib borishi;
- turizm tarkibidagi Xotin-qizlar va yoshlar salmog’ining ortib borishi;
- xalqaro ahamiyatga ega bo’lgan kurort va sanatoriyalar tarmog’ining
ko’payib borishi, ularda davolanishga mail bo’lgan kasallar sonining
ortib borishi;
- kishilarning atrof muhitga bo’lgan qarashlari, tushunchalari va
munosabatlarning o’zgarib borishi h.k.
Turizm rivojlanishiga, har bir davlatning ichki iqtisodiy imkoniyati,
barcha iqtisodiyot tarmoqlarining integrasiyalashuvi muhim ahamiyatga ega.
Bu o’z navbatida aholini ishga doir harakatchanligini oshirib, xizmat turizmni
rivojlantiradi. Odatda iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda xalq
ommasining turmush farovonlik darajasi bir muncha yuqori bo’lganligi
sababli, turizm harakati ommaviy tusga egadir. YA’ni buning asosiy sababi
ishchilarning oylik ish haqi miqdori, ularning tatil paytida oladigan tatil
pulining ko’pligi, nafaqaxo’rlarning nafaqa pulining yuqori bo’lishi bilan
xarakterlanadi.
Ijtimoiy-demografik omillar o’ziga xos xususiyatlarga ega. Turizm
rivojlanishiga aholi sonining oshishi, asosan shahar aholisining ko’payishi
ta’sir ko’rsatadi. Psixologlarning fikricha, shaharcha hayot shaklida, aqliy
mehnatning ko’pligi, o’ta sanoatlashish, yovvoyi tabiatdan ayriligi shahar
aholisini sayyohlikka intilishini kuchaytiradi. Undan tashqari aholi o’rtasida
o’rtacha umr uzunligini oshishi va tug’ilishning nisbatan pasayishi
kuzatilmoqda. SHuning uchun turizm industriyasini tashkillashtirishda
yuqoridagi holatlarni e’tiborga olish lozim. YA’ni qo’shimcha medisina
xizmati, dietik ovqatlar, madaniy marosimlar, sayr qilishlarni oshirishga
e’tiborni qaratish muhim sanaladi.
YUqoridagi omillardan tashqari xalqaro turizmni rivojlanishiga tashqi
va ichki omillar ta’sir ko’rsatadi. Bu omillarni quyidagi 2-chizma orqali
ko’rish mumkin:
chizma - 2
Xalqaro turizm rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar
Turizm industriyasi
Tashqi omillar
Ichki soha omillari
Siyosat va huquq
Turistik mahsulotlarning mukammalligi
Sayyohat xavfsizligi
Turoperatorlik
mahsulotlari
va
xizmatlarining rivojlanganligi
Iqtisodiyot
va
moliyalashtirish
Turagentlik tarmoqlarining holati
Madaniyat
Informasion
texnologiyalarning
rivojlanganligi
Ijtimoiy-demografik
o’zgarish
Mehnat resurslaridan foydalanish
Transport
va
infratuzilmaning holati
Marketing
Savdoni rivojlanishi
YAngi texnologiyalar
YUqorida qayd qilingan barcha omillar turizmni shakllanishi va
rivojlanishiga o’z ta’siriga ega. SHuning uchun bu omillarni tahlil qilish,
ularning qaysi birlari asosiy ahamiyatga ega ekanligini aniqlab ish yuritish,
o’z navbatida turistik resurslardan samarali foydalanishimizga olib keladi.
1.3Tashqi va ichki omillar. Mintaqaviy turizmni rivojlanishiga ta’sir
etuvchi omillar.
Jahon bo’yicha xalqaro turizmni rivojlanishi mintaqalar bo’yicha bir
xil taqsimlanmagan. Albatta, bu o’sha mintaqaning turistik-rekreasion
resurslarga qanchalik ega ekanligiga, undan tashqari turizm infratuzilmasi va
industriyasi shakllanishi uchun shart- sharoitning qanchalik qulayligiga ham
bog’liqdir.
jadval - 3
O’zbekistonda turistik resurslarga bo’lgan talab va undanfoydalanish.
Resurslar
Mahalliy
sayohatchila
r talabi
Xorijiy
sayohatchilar
ning talabi
Resurs
salohiyati
Foydalanish
darajasi
Rekreasiya
va ekologik
turizm
resurslari
past
Yuqori
o’rta
past
Madaniy va
etnografik
turizm
resurslari
o’rta
Yuqori
yuqori
past
Tarixiy,
me’moriy va
arxeologik
tanishuv
resurslari
o’rta
Yuqori
yuqori
o’rta
Diniy turizm
resurslari
yuqori
o’rta
yuqori
o’rta
Ekzotik
muhit va har
xil
sarguzasht
resurslari
past
o’rta
o’rta
past
Servis sifati
past
Yuqori
past
past
Turistik resurslar asosiy tuzilishiga ko’ra qo’yidagicha tavsiflanadi:
jozibadorligi, ko’rkamligi;
iqlimiy sharoiti;
borish mumkinligi;
ekskursion ahamiyati;
manzarali tuzilishi;
ijtimoiy – demografik tarkibi;
qayta ishlab chiqarish darajasi;
foydalanishga qodirligi;
noyobligi va boshqalar.
YUqori jadvaldan ko’rish mumkinki, mamlakatimiz turistik
resurslariga bo’lgan talab yuqoridir. SHu sababdan kelib chiqib, turistik
resurslardan foydalanishga ta’sir etuvchi omillarni har jihatdan tahlil etish
o’ta muhimdir. Turizmni rivojlanishiga turli omillar ta’sir ko’rsatadi. Asosiy
omillarni ikki guruhga bo’lish mumkin. Bular, barqaror va o’zgaruvchan
omillar.
4.4.Turizm infrastrukturasi
Turizmning hozirgi holatini baholar ekanmiz, shuni qayd etish
muhimki, O’zbekistonda infratuzilmaning rivojlanish darajasi chet ellik
turistlarning ehtiyojlarini to’liq qondira olmayapti. Infratuzilma yetarlicha
rivojlanmagan taqdirda turistlar oqimini ko’paytirish va shunga mos
ravishda valyuta tushumini ko’paytirish mumkin emas. Bundan kelib chiqqan
holda infratuzilmaning ahvoli turizmning rivojlanishi va mamlakat imidjini
shakllantirishga bevosita ta’sir ko’rsatadi. Avvalo, shuni alohida qayd etish
lozimki, O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishmaguncha turizmga
yetarlicha e’tibor qaratilmagan. Respublikaning turistik salohiyati to’g’risda
ob’ektiv ma’lumotlar va reklama umuman bo’lmagan. Turistik imkoniyatlar
sobiq strukturalarning tor manfaatlari orqali bir tomonlama yoritilgan.
Natijada turizm, xizmat ko’rsatish va ko’ngilocharlik infratuzilmasi
rivojlanmagan, turistlarga xizmat ko’rsatish darajasi past bo’lib, jaxonning
yetakchi turistik korxonalari bilan aloqalar ko’ngildagidek emas. O’zbekiston
hududida turizm infratuzilmasi bir tekisda taqsimlanmagan. Toshkent shahri
va viloyatida respublika turizm salohiyatining 36 % qismi jamlangan. Yirik
infratuzilma salohiyatiga to’rt viloyat (Toshkent, Samarqand, Buxoro va
Xorazm) va Toshkent shahri ega, Farg’ona vodiysi 19 % turizm
infratuzilmasiga ega.
Mintaqada turizmni rivojlantirish uchun mavjud turistik resurslardan
samarali foydalanishni ta’minlashga erishishimiz kerak. Bunda mintaqaning
turizm infratuzilmasini talab darajasida rivojlantirish asosiy o’rinni egallaydi.
Turizm infratuzilmasi deganda – turistlarning turistik resurslaridan
foydalanishni ta’minlovchi binolar tizimi, muhandislik va kommunikasiya
tarmoqlari, shu jumladan, yo’llar, turizmning xilma-xil korxonalari hamda
turizm korxonalarining ishlatilishini ta’minlashga imkon yaratilishi
tushuniladi. Bu avtomobil va temir yo’llar, yo’l harakatini, havo yo’llarini,
dengiz va daryo yo’llari harakatini tartibga soluvchi tizimlar, issiqlik, elektr
va telefon aloqalari bilan ta’minlash va boshqalardir.