Modest Petrovich Musorgskiy (1839 -1881)
Mavzu bo’yicha umumiy nazorat savollari:
1. Musorgskiy ijod yo’lini kuzating.
2. Kompozitor ijodini qanday asosiy uslublar xarakterlaydi?
3. “Boris Godunov”operasi mavzusini aytib bering?
4. Musorgskiyning “musiqiy tili” qanday?
5. “Ko’rgazmadan kartinalar”.
1. Ijod yo’li. Modest Petrovich Musorgskiy o’z davrini yorqin yashab o’tgan
kompozitorlardan . Stasov aytganiday, Dargomijskiy o’z musiqasida hayot, turli xil
xarakterlar munosabatlarini, baxtsizlikni, bardosh berib bo’lmas og’irlik va
tushkunlikni, umuman rus insonlarining “ummonini” ko’rsata bila olganligi bilan
“Qudratli To’da”da o’z o’rni bilan ajralib turar edi. “Rassomchi o’z ijodi bilan har
qaysi salbiy ko’rinishga hukm chiqarishga majburdir”, deb hisoblar edi Musorgskiy.
U musiqaning jamiyatdagi rolini adabiyot roliga va ozodlik uchun kurashish ishlari
musiqasiga biriktirishni hohlar edi. Musorgskiy asarlarining mavzusida asosan xalq
qashshoqligi, ochlik, noilojlilik shu bilan birga xalqning engilmas ruhi va uning
baxtga intilish tematikasi egallaydi. Uning san’at xaqidagi fikr mulohazalari uning
ijodida aks etgan. “ San’at maqsad emas, balki insonlar bilan muloqot vositasidir” deb
hisoblar edi. Uning san’atdagi diqqat e’tibori - XALQ edi. “ Men xalqni yagona
maqsad bilan birlashtirilgan “BUYuK ShAXS” deb hisoblayman va bu shaxsni
operalarimda gavdalantirish mening vazifamdir” deb yozadi Musorgskiy.
Buyuk psixolog –dramaturg, u o’zining operalarida har bir inson shaxsining qalbini
chuqur ko’ra bila olib, ularni yorita olgan . Uning asarlaridagi harakatlar manzarasi
asosan
ijtimoiy
jamiyatning
noxaqliligini
ask
ettirgan.
Uning
“Seminarist”(Seminariya o’quvchi) qo’shig’ini ta’qiqlab qo’yishganida, u shunday
degan: ”O’rmonlarda oy shu’lasidan ilhomlangan bulbullar kabi, muzikantlar insoniy
jamiyatning a’zolaridir, agarda shularning barchasini menga ta’qiqlab qo’yishganida,
men tosh kemirishni to’xtatmagan bo’lar edim...” deb yozadi Musorgskiy. Uning
milliy rassomchi bo’lishi nafaqat xalq hayotiga bo’lgan muxabbatidan, balki uning
keng ma’lumotga ega ekanligi va rus xalqining tarixini chuqur o’zlashtirgani va jahon
adabiyoti durdonalarini yaxshi bilganligidandir. Musorgskiy iste’dodi serqirrali,
avvalo u dramaturg- tarixchidir. Uning “Boris Godunov” va”Xovanhina” operalari
Rossiya hayotidagi o’zgarishlar davrida yaratilgan. Jahon musiqa san’atida bu
mukammal asarlar tarixiy mavzuda deb hisoblanadi. Musorgskiyning bu ikki operasi
xalq musiqiy dramalaridir. Tarixda birinchi marotaba bu operalarda qo’zg’olon
ko’tarayotgan xalqning harakatlari ko’rsatilgan. “Boris Godunov” operasida
Novodevichya cherkovida, Vasiliy Blajenno’y sobori yonidagi Qizil maydonda
xalqning norozilik bilan qo’zg’olon ko’tarayotgan sahnalari yoritilgan. “ Xovanhina”
operasida junbushga kelgan va o’z hissiyotlarini boshqara olmayotgan xalq sahnalari
ko’rsatilgan. “ Xovanhina “da hokimiyat va xalq orasidagi ziddiyatli ko’rinishlar aks
ettirilgan. Bu operalarni Musorgskiy tarixchi va dramaturg Pushkin an’analarini
davomchisi sifatida yaratgan.
Hayoti. Modest Petrovich Musorgskiy 1839-yil 9 mart oyi Pskov guberniyasining
Karevo qishlog’ida amaldorlar oilasida dunyoga keldi. Ilk bolaligi rus qo’shiqlari va
rus ertaklarini eshitib, rus dexqonlari va rus tabiati qo’ynida o’tgan. Qobiliyatli
bolaning musiqadan olgan mashg’ulotlari erta boshlandi. Unga fortepianoda chalishni
birinchi bor onasi Yuliya Ivanovna o’rgatgan. Oilaning 1849-yilda Peterburgga
ko’chib kelish munosabati bilan Musorgskiy Anton Avgustovich Gerke ismli mohir
pianinochi sinfida tahsil ola boshladi. 1852- yilda Musorgskiy gvardiyachilar
maktabiga o’qishga kirdi. Bu maktab “Avliyo Petr” yoki Petrishule deb nomlanar edi.
Musorgskiyning ota-onasi kichik amaldorlardan bo’lib o’g’illarining harbiy
mavqelarga erishishlarini juda orzu qilardilar. Musorgskiylar sulolasidagi barcha
erkaklar azaldan harbiylardan bo’lishgan. Ammo Musorgskiyning otasi Petr
Alekseevich harbiy bo’la olmadi. Bu maktabni 1856-yili tamomlab, Preobrajensk
polkida leyb-gvardiya ofitseri bo’lib xizmat qila boshladi. O’quv yillari davomida u
o’zining ilmga chanqoqligi bilan ajralib turib, falsafa va tarix fanlariga juda qiziqar
edi. Ustozi A. Gerke sinfida mashg’ulotlarni davom ettirgan holda, hayriya
kontsertlarida ham ishtirok etib turar va musiqani ko’p tinglar va spektakl
namoyishlariga borib turar edi. Bo’lajak kompozitor rus klassik musiqiy durdonalarini
hali bilmasdan turib Motsartning “ Don Juan” va italyan operalarini eshitgan edi.
1856-yilda M.P.Musorgskiy 1857-yilda Ts.Kyui va M. Balakirev kabi
kompozitorlar bilan tanishganidan so’ng, o’zini to’laqonlik bilan musiqaga
bag’ishlashni ahd qildi. Musorgskiy uchun yangi hayot boshlandi va bu yangi hayotda
M . Balakirevning ijobiy ta’siri katta edi. Ular rus va evropa kompozitorlarining
fortepiano uchun yozilgan asarlarini to’rt qo’lda ijro etishar edi. Bu paytga kelib
Musorgskiy M.I.Glinka va A.S. Dargomijskiy asarlarini mukammal o’rganib chiqdi.
Musorgskiy balog’at yoshidan boshlab o’zining demokratik qarashlari va serqirrali
qiziqishlari va hatti harakatlari bilan atrofidagilarni ajablantirar edi. 1861-yil
dehqonlar reformasi islohotidan so’ng, o’zining ish ostidagi dehqonlarning soliq
to’lashini man qilish maqsadida unga atalgan me’rosning ulushidan voz kechib akasi
nomiga o’tkazgan. O’z ulushidagi erlardan va talaygina qo’l ostidagi dehqonlardan
voz kechgan holda u mehnat bilan oddiy muzikant va o’z mehnati bilan daromad
topish yo’lini tanladi. Ba’zan moliyaviy ahvoli nochorligidan 1863 -1879 yillarda
Injeneriya va O’rmon departamentlarida (ma’muriy xudud) va Davlat nazorat
muassasalarida hujjat ishlari yurituvchisi bo’lib ham ishlagan.
1860-yil boshlari ancha ilm to’plaganidan kelib chiqib, o’zini aktiv ijodiy
faoliyatga yo’naltirdi. Musorgskiy katta xalq sahnalari va kuchli irodali shaxs
uchraydigan opera yaratishni o’ziga maqsad qilib oladi. 1867- yilda Nekrasov
qalamiga mansub «Noch’ na lo’soy gore» simfonik kartinasini va « Kalistrat « «
Kolo’belnaya Eremushki» kabi qo’shiqlarini yaratadi.
1868-1874 yillar Musorgskiy ijodining ikkinchi bosqichi boshlanadi. Gogol
qalamiga mansub “Jenitba” (Uylanish) komik operasini yozishga kirishadi va faqat
bitta sahna ko’rinishini yozadi. Shu yili kompozitor mahoratining butun kuchini
ochib bera oladigan “ Boris Godunov”operasi ham yaratila boshladi. Opera
postanovkasiga ruxsat berildi va u sahnaga olib chiqildi. “Boris Godunov” operasi
tomoshabinlar tomonidan juda yaxshi kutib olindi va bu opera omadga uchradi.
Mashshaqatli izlanishlar va hayajonlanishlar kompozitor salomatligiga salbiy ta’sir
etdi. Rimskiy -Korsakov va Stasov kabi do’stlari uni har tomonlama qo’llab-quvvatlab
turishdi. Bu yillar uning hayotida eng baxtli onglari edi. Sekin-asta uning hayotida
qayg’uli va ma’yus onglar boshlandi. “ Qudratli To’da” tarqalganligidan u
tushkunlikka tushar va buni xoinlik deb bilar edi, eng yaqin do’sti, rassomchi
V.Gartman vafot etgan va sevimli ayoli hayotdan ko’z yumgan va rus xonandasi O.A.
Petrov ham vafot etgan edi Musorgskiy o’zini tamomila yolg’iz his etar edi.
Ijoddagi yonish va tinimsiz izlanish uni tark etmadi u “Xovanhina” operasi ustida
tinimsiz ishlay boshladi. Pulga bo’lgan ehtiyoj, ijodiy faoliyatda tanaffusga olib keladi
va Musorgskiy yashash uchun O’rmon departamentida hujjatiy ishlarni yozib
ko’chirish ustida ishlaydi.
Mana shu paytlarda xorijdan unga yaxshi xabar keladi. F.List uning “
Detskaya”(Bolalarcha) qo’shiqlar to’plamini eshitib, uning musiqiy asarlaridan
hayratda ekanligini va katta taassurot olganini yozadi. Tanqidchi Stasovda
Musorgskiyni Veymar shahriga, F.List oldiga olib borish fikri tug’iladi. Mag’rur va
mustaqil Musorgskiy yo’l harajati uchun taklif qilingan pullarni rad etgan holda,
Peterburgda tinchgina hayot kechirishni lozim ko’radi.
1874-1881 yillar Musorgskiy ijodining uchinchi bosqichi. Uning butun hayoli
“Xovanhina” operasida edi. Ijodini fojeali obrazlar egalladi. U A.A. Goliniheva
Kutuzova so’zlariga “Bez solntsa”(Quyoshsiz), “Pesni pri plyaske i smerti”( Raqs va
o’lim
oldidagi
qo’shiqlar)
vokal
tsikllarini,
Verehagin
kartinasiga
“Zabo’to’y”(Unutilgan) asarlarini yozadi. Rassomchi do’sti V.Gartmanni vafotidan
so’ng, xotirasiga qo’yilgan ko’rgazmali namoyishdan ta’sirlanib, “ Kartinki
vo’stavki” (Ko’rgazmadan kartinalar)fortepiano p’esalari asarini yaratadi.
Musorgskiy, hayotining so’nggi yillarida qalbidagi butun yorug’likni Gogolning
komik syujetiga “Sorochinskaya yarmarka”( Sorochin bozorchasi) operasiga
yo’naltiradi.
Bu davrning, Musorgskiy uchun eng yorug’ xotiralaridan, Mariinskiy teatri
xonandasi D.M. Leonova bilan Rossiyaning janubiy shaharlariga uyushtirilgan
kontsert safarlari bo’ldi.
Kontsert safarlaridan qaytib kelganidan so’ng, Musorgskiy “Xovanhina” va “
Boris Godunov” operalariga qattiq kirishdi.
Peterburgda uni uy-joysizlik, yolg’izlik kutar edi. 1881-yil fevral oyida uning
salomatligi keskin og’irlashdi. Oy davomida uni N.A. Rimskiy-Korsakov rafiqasi
bilan va Musorgskiyning katta opasi Aleksandra Nikolaevna, A.P. Borodin, Ts.Kyui,
V.Stasov, I.E.Repin kabi do’stlari shifoxonaga kelib turishdi. Stasov rassomchi
Repinga kompozitorning portretini chizish taklifini kiritdi. Bemorning oldida
o’tkazgan 4 kunda rassomchi I.E.Repin kompozitorning ijodga to’la qiyofasini chizdi.
Hozirgi paytda Moskva Tretyakov galereyasida bebaho asarlardan hisoblanmish,
Musorgskiy portretining yaratilish tarixi shunday edi. 16 martda Musorgskiy
olamdan ko’z yumdi. Tugallanmagan “Xovanhina” operasini Rimskiy-Korsakov
nihoyasiga etkazdi. “Sorochinskaya yarmarka” operasini esa Ts.Kyui nihoyasiga
etkazgan. V.Shebalin esa uni orkestrlashtirgan.
Musorgskiyning shaxsiy hayoti fojeali edi.U hech qachon o’zining ijodiy
printsiplarini o’zgartirmagan. Musorgskiy hayotida katta rol o’ynagan va uning
chinakam do’sti V.V.Stasov u xaqida ko’p iliq xotiralarni yozib qoldirgan.
Musorgskiy xaqida boshqa zamondoshlari ham ko’p yozishgan. Kyui va Larosh kabi
musiqiy tanqidchilar Musorgskiyni tanqidiy baholashgan. Musorgskiyning musiqiy
iste’dodini Chaykovskiy ham tushunmagan.
Nazorat savollari:
1.1.1. M.P. Musorgskiy o’z asarlarida nimani ifoda etgan?
1.1.2. M.P. Musorgskiyning san’at xaqidagi mulohazalariga izoh bering.
1.1.3. M.P. Musorgskiy yaratgan operalar xaqida so’zlang?
1.2.1. M.P.Musorgskiyning yoshlik yillari xaqida so’zlab bering.
1.2.2. 1868-1874 yillar Musorgskiy ijodining ikkinchi bosqichi xaqida ma’lumot
bering.
1.2.3. M.P.Musorgskiyning so’nggi yillari xaqida ma’lumot bering.
2-asosiy masala bo’yicha o’qituvchining maqsadi: Modest Petrovich
Musorgskiyning ijodiy xarakteristikasiga izoh beradi.
Identiv o’quv maqsadlari:
2.1. Musiqa san’ati tarixida Musorgskiy yaratgan obrazlariga xarakteristika beradi.
2.2. Modest Petrovich Musorgskiyning musiqiy tili xaqida ma’lumotga ega bo’ladi.
2- masalaning asosiy bayoni:
2.Ijodiga xarakteristika. Musiqa san’ati tarixida, Musorgskiy obrazlarinig
xilma-xilligi va va ularning o’ziga xos yorqin aks ettirilganligi muhim rol o’ynaydi.
Musiqiy ifodaning yorqin tomonlarini topishga qaratilgan izlanishlari, ohangdorlikni
keskin o’zgartirish vositasi, to’satdan ohangning siljishi faqatgina Musorgskiy ijodiga
xos uslublardan edi. Musiqiy tilning noodatiyligi Musorgskiy zamondoshlariga
tushunarsiz edi. Musorgskiyning musiqali dramalari Glinka asos qilib yaratib ketgan
“Ivan Susanin “kabi operalarning davomi desak mubolag’a bo’lmas. Glinka
operalarida rus xalqining boshqa millat xalqlari orasidagi ziddiyatli urushlari
tasvirlangan bo’lsa, Musorgskiy operalarida xalq va hokimiyat o’rtasidagi qarama-
qarshiliklar tematikasi ko’rsatilgan. Shu bilan birga Musorgskiyni Dargomijskiyning
davomchisi sifatida ham ko’ramiz. Ularning ijodiy yo’nalishida hayotga bo’lgan
qiziqish, oddiy insonlarning fe’l-atvorlari, musiqiy personaj ko’rinishlarini yoritish
kabi vositalar o’xshash edi. Faqat Musorgskiy Dargomijskiydan farqli o’laroq, o’z
personajlarining qalb kechinmalarini chuqur ko’rsatib berishga harakat qilgan. O’z
asarlarida Musorgskiy dehqonlarning turli xil shevasiga mos tushadigan turli xil
intonatsion musiqiy ohangdorlikni topa olgan.
Musorgskiy o’ziga xos vokal kompozitoridir. Qo’shiq--- uning yaratgan musiqiy
asarlaridagi cholg’u asbobidan emas ovoz orqali ifodalanadi, ya’ni musiqiy cholg’u
sezilarmas holatda sado berib turadi. U 1868-yilda yozar ekan, “ Mening musiqam
insoniy nutqning badiiy uyg’unligiga aylanishi kerak. Insoniy nutqning tovushi va
uning ohangdorligi bo’rttirilmasdan ,xaqiqatga yaqin va tabiiy ovozlarda musiqiy til
xaqiqatiga aylanishi lozim, ya’ni musiqa insoniy nutqga bo’ysunishi kerak! ”.
Nazorat savollari:
2.1.1. Musorgskiy obrazlariga berilgan xarakteristikani izohlab bering.
2.1.2. Musorgskiy operalari qanday mavzuni o’z ichiga olgan?
2.2.1. Musorgskiy vokal kompozitori sifatida qo’shiq janriga bergan fikri xaqida
ma’lumot bering.
3-asosiy masala bo’yicha o’qituvchining maqsadi:
Modest Petrovich
Musorgskiyning opera ijodiyoti xaqida tushuntirib beradi.
Identiv o’quv maqsadlari:
3.1. Musorgskiyning opera ijodiyoti xaqida ma’lumotga ega bo’ladi.
3.2. Modest Petrovich Musorgskiyning “ Boris Godunov” operasi adabiy syujeti bilan
tanishadi
4.2. “ Ko’rgazmadan kartinalar” kamer-cholg’u asarini bosqichma-bosqich o’rganadi.
3- masalaning asosiy bayoni:
Opera ijodiyoti. ”BORIS GODUNOV” Bu tarixiy syujetga opera yaratish
fikrini unga do’sti tarixchi V.V.Nikolskiy bergan.1869-yilda “Boris Godunov”operasi
tugallanib, teatr komitetiga ko’rsatilgan edi, lekin operaning yangi badiiy-g’oyasidan
sochi tikka bo’lgan komitet a’zolari operada yutuqli ayol obrazi yo’q ekanligini vaj
qilib, operani inkor etishdi. Musorgskiy operaga ba’zi bir musiqiy o’zgarishlarni
kiritganidan ham so’ng, 1872-yil opera, imperator teatrlari direktsiyasi tomonidan
qabul qilinmadi. A.S. Pushkin qalamiga mansub “Boris Godunov” syujetiga librettoni
Musorgskiyning o’zi yozgan. Syujetdagi xalqning noroziligi va keyinchalik bu
norozilikning qo’zg’olonga aylanib ketishi Musorgskiy diqqatini tortdi. “ Shoh va
xalq o’rtasidagi ziddiyatlik. Shu bilan birga, shoh Boris ko’nglida kechayotgan
“vijdon fojeasi” ga katta ahamiyat qaratilgan. Boris obrazining keng ko’lamligi jahon
opera san’atining yuksak yutuqlaridan biriga kiradi. Musorgskiy- xalq musiqali
dramasining opera janridagi yangi talqini yaratuvchisidir. Opera birinchi bor ilg’or
artistlar sayi harakatlari bilan va asosan Yu.F. Platonova kabi xonandaning yordami
bilan Peterburgdagi Mariinskiy teatrida 1874-yil 8 fevral kuni sahnada qo’yilgan.
Opera mavzusi 1598-1605 yillarda Rossiya va Polsha xudularidagi voqealarga
asoslanib yozilgan. Demokratik omma operani tantanavor qabul qilishdi. Dvoryan va
pomehchiklar jamiyati esa bu operani keskin inkor etishdi. 1882-yili operani dastur
ro’yxatidan tamomila olib tashlashdi. “ Emishki, bu opera mavzusi shoh sulolasiga
yoqmasmish “ degan mish-mishlar yurar edi”, deb yozadi bu xaqida N.A.Rimskiy
Korsakov. 1896-yil opera N.A. Rimskiy Korsakov shaxsiy muharririyatida yangidan
cholg’ulashtirilib, nihoyat katta omad bilan jahon teatr sahnalarida namoyish eta
boshladi. So’nggi paytlarda D.D. Shostakovich tomonidan cholg’ulashtirilgan
operaning yangi talqini ham operaning yanada mashhur bo’lishiga olib keldi.
“Boris Godunov”opera mavzusi.
Novodevichiy cherkovi hovlisida
to’plangan xalq boyar (xokim sinfi vakili, katta er egasi) Boris Godunovga shoh
taxtini qabul qilishni so’ramoqda. Boris esa taxtni jon jahdi bilan rad etmoqda.Bu
xaqida saroy maslahatchisi Helkalov xalqga darak berib, saroy ayyonlariga Borisni
ko’ndirishni aytmoqda.Ertangi kuni Uspenskiy sobori(bosh cherkovi, jomesi) oldida
to’plangan xalq va saroy ayonlari Borisga tantanavor tarzda shoh tojini kiydiradilar,
lekin xavf-xatarni oldindan sezayotgan Boris bu hodisadan xursand emas.
Chudov cherkovi kulbasida, zamon tarixini qayd qiladigan darvesh, qalandar,
qariya Pimen, Borisning qanday qilib xaqiqiy taxt vorisi shahzoda Dmitriyni qatl
etgani xaqida xaqiqatni yozmoqda. Bu xaqiqatni faqat bir necha kishi bilar edi. Bu
xaqiqat tafsilotlari bilan juda qiziqqan darvesh-rohib Grigoriy Otrepev o’ldirilgan
shahzoda uning tengdoshi ekanligini biladi va o’zini yolg’ondan shahzoda deb
ko’rsatib Boris bilan kurashish g’oyasini o’ziga maqsad qilib qo’yadi. Grigoriy litva
chegarasidagi tasodifiy qochqinda bo’lgan monaxlar Varlaam va Misail nomli
qochoqlar bilan tanishib qolganida birdan shoh askarlari kelib, qochoq-qallob
Grigoriyni qidirishayotganlarini aytadilar. Grigoriy ularni Varlaamga yo’naltiradi va
o’zi qochib ketadi. Xaqiqiy aybdorning qo’ldan chiqib ketgani ma’lum bo’ladi.
Kremldagi shoh saroyi . Boris, kuyovi vafot etgan qizi Kseniyaga taskin
bermoqda. Oilada ham davlat ishlarida ham omadsizliklar yuz bermoqda. Xalq
muxabbatini qozona olmayotgan Boris qilgan jinoyatini eslab azoblanmoqda. Vasiliy
Shuyskiy nomli knyaz shoh oldiga kelib ayyorona, kinoya bilan “ Litvada o’zini
Dmitriy deb yurgan bir yigit Litva shohini va ayonlarini e’tiborini qozonganligini va
ular uni qo’llab quvvatlashayotganini “aytadi. Talvasaga tushgan shoh Boris
Shuyskiydan “Shahzoda xaqiqatdan ham o’ldirilganmi yoki yo’qmi?”deb so’roq qila
boshlaydi, ammo voqea tafsilotini eshitib ulgurmasidanoq shoh ko’ziga o’ldirilgan
go’dak arvohi ko’rina boshlaydi.
Sandomir saroyida Marina Mnishekga qizlar qo’shiq aytib ovutmoqdalar.
O’ziga bino qo’ygan polyak malikasi Marina azaldan Moskva malikasiga aylanishni
orzu qiladi va o’zini Dmitriy deb yurgan ajnabiyga ayyorlik bilan “Agarda u polk
qo’shinlari bilan Moskvani bosib olsagina uning rafiqasi bo’lishga rozi ekanligini
aytadi”.
Vasiliy sobor qarshisidagi maydonda, xalq o’zini Dmitriy deb ko’rsatayotgan
yigitni shaharga qo’shin tortib kelayotganini eshitadi. Xalq uni xaqiqiy Dmitriy deb
o’ylab, uning kelishini va xalqni ochlikdan va shoh Borisdan qutqarishini kutmoqda.
Mana shu erda, xalq talvasaga tushib ,Borisdan non berishini so’raydi. Aft angori
xunuk bo’lgan telbanamo bir gadoy Borisga qarata” Kichkina go’dakni qanday qilib
so’yib tashlagan bo’lsang hozir seni xafa qilgan bolachalarni ham shunday o’ldir “
deb unga ayb qo’yadi.
Kechikib kelgan knyaz Shuyskiy saroy ayonlariga Borisning o’tmishdagi
jinoyatini fosh qiladi. Qariya Pimen esa shohga “ Dmitriy shahzoda qabriga nola
qilgan, ko’r odamning ko’zlari ko’ra boshlaganini aytadi”. Kutilmaganda shoh
ko’ziga ko’rinayotgan go’dak arvohini haydayotganida holidan toyib, hushidan
ketadi va hushiga kelgan paytida o’g’li Fedorni chaqirib bazo’r oxirgi gaplarini
aytishga ulguradi va hayotdan ko’z yumadi.
Xalq o’rmon xududida, Kroma qishlog’i yonida Borisga tegishli er
maydonlarida qo’zg’olon ko’tarib hamma joyga o’t qo’ya boshlaydi.
O’zini Dmitriy deb yurgan Grigoriy paydo bo’ladi, xalq uni xursandchilik
bilan kutib oladi faqatgina telba, aft angori xunuk bo’lgan gadoy “ Musibat,
musibat,Rus, rus xalqi, och xalqi, musibat “ deb qo’shiq aytar edi.
Nazorat savollari:
3.1.1. Musorgskiyning “ Boris Godunov” operasi yaratilishi tarixi xaqida so’zlab
bering.
3.1.2. Musorgskiyning “ Boris Godunov” operasining sahnaga olib chiqilishi tarixi
to’g’risida bayon qiling.
3.2.1. “ Boris Godunov” operasi qaysi syujetga asoslangan?
3.2.2. “ Boris Godunov” operasining adabiy syujetini so’zlab bering.
4-asosiy masala bo’yicha o’qituvchining maqsadi:
Modest Petrovich
Musorgskiyning “Ko’rgazmadan kartinalar” kamer-cholg’u asarini sharhlab beradi.
Identiv o’quv maqsadlari:
4.1. Musorgskiyning “ Ko’rgazmadan kartinalar” kamer-cholg’u asari xaqida
4- masalaning asosiy bayoni:
4. “Ko’rgazmadan kartinalar”. Musorgskiyning bu p’esalar tsiklini syuita
deb nomlasak ham bo’ladi. U o’z ichiga umumiy g’oyani birlashtirib turgan mustaqil
10 ta p’esadan iborat. Har bir p’esa, Musorgskiyning do’sti, rassomchi Gartman
tomonidan yaratilgan kartinalardan ta’sirlanib yozgan musiqiy kartinalaridir. Bu
maishiy kartinalar inson fe’l-atvorining xarakterlari tasviri, tabiat manzaralari, rus
ertaklari va cho’pchaklari obrazlari tasvirlangan chizgilarni o’z ichiga oladi.
P’esalarning nomlari ham kartina ko’rinishidagi voqealardan kelib chiqib nomlangan.
“ Progulka”( Sayr), “Gnom” (Kichkina odamcha),”Staro’y zamok” (Eski qasr),
«Tyuilriyskiy
sad»
(Tyuilriy
bog’i),
«Bo’dlo»(Uy
hayvoni),
«
Balet
nevo’lupivshixsya ptentsov»( Tuxumdan chiqmagan qushchalar raqsi), « Dva
evreeya»(
Ikki
yahudiy),
«Limojskiy
ro’nok»(Limojskiy
bozorchasi),
«Katakombo’»(Er ostidagi aylanma chalkash yo’llar g’orlar), «Izbushka na kurix
nojkax»(Tovuq oyoqli kulbalar). Pe’salar orasini ulab turuvchi kichkina miniatyura
parchalari pe’salarni bir biriga ma’no tomondan ham ulab ketgan. Barcha pe’esalar
“Progulka” (Sayr) p’esasi bilan boshlanib va aynan shu pe’sa bilan tugallanadi.
Nazorat savollari:
4.1.1. Musorgskiyning “Ko’rgazmadan kartinalar” p’esalar turkumi nechta p’esadan
iborat?
4.1.2. Musorgskiy “Ko’rgazmadan kartinalar” p’esalar turkumini qaysi rassom
galereyasi asosida yaratgan?
4.2.1. Musorgskiy “Ko’rgazmadan kartinalar” p’esalar turkumi qanday obraz
chizgilarini tasvirlagan?
4.2.2. Barcha p’esalar asosan qaysi p’esa bilan boshlanib va qaysi p’esa bilan
tugallanadi?
Mavzu bo’yicha umumiy nazorat savollari:
1. Musorgskiy ijod yo’lini kuzating.
2. Kompozitor ijodini qanday asosiy uslublar xarakterlaydi?
3. “Boris Godunov”operasi mavzusini aytib bering?
4. Musorgskiyning “musiqiy tili” qanday?
5. “Ko’rgazmadan kartinalar”.
Tinglash uchun tavsiya etiladigan musiqiy asarlar:
1. «Noch Na lo’soy gore» Kollektsiya №2
2. « Monolog Borisa» Kollektsiya №2
3. « Monolog Borisa» prelyudiya k stsene koronatsi.Kolektsiya№2
4. «Boris Godunov» operasidan Prolog.1kartina“ Moskva osonasidagi
Novodevichiy monastiri”.
5. «Boris Godunov» operasidan Prolog. 2 kartina “ Moskva Kremli maydonida”
6. “Kartinki s vo’stavki” turkumli cholg’u asari
Tayanch iboralar:
Musiqada realizm - Harakatdagi xaqiqiy ob’ektivning aksi. Xalq hayotining turli-xil
ko’rinishlari va xarakterlari tasvirlanishi.
Adabiyotlar:
1. Popova T.Musorgskiy .M.1977.
2. Shpifshteyn S.Ya. Musorsgskiy .Rassomchi .Vaqt .Taqdir.M.1975.
3. A.A. Orlova “ Musorgskiy v Peterburge” Lenizdat.1974 g.
4. E.N. Abo’zova “ Kartinki s vo’stavki Musorgskogo» Moskva « Muzo’ka» 1987
g.