Modest Petrovich Musorgskiy (1839 -1881)”.
1. Musorgskiyning ijod yo’li.
2. Musorgskiyning ijodiga xarakteristika.
3. Musorgskiyning opera ijodiyoti.
4. Musorgskiyning “Ko’rgazmadan kartinalar”kamer-cholg’u asari.
1. Ijod yo’li. Modest Petrovich Musorgskiy o’z davrini yorqin yashab o’tgan
kompozitorlardan . Stasov aytganiday, Dargomijskiy o’z musiqasida hayot, turli xil
xarakterlar munosabatlarini, baxtsizlikni, bardosh berib bo’lmas og’irlik va
tushkunlikni, umuman rus insonlarining “ummonini” ko’rsata bila olganligi bilan
“Qudratli To’da”da o’z o’rni bilan ajralib turar edi. “Rassomchi o’z ijodi bilan har
qaysi salbiy ko’rinishga hukm chiqarishga majburdir”, deb hisoblar edi Musorgskiy.
U musiqaning jamiyatdagi rolini adabiyot roliga va ozodlik uchun kurashish ishlari
musiqasiga biriktirishni hohlar edi. Musorgskiy asarlarining mavzusida asosan xalq
qashshoqligi, ochlik, noilojlilik shu bilan birga xalqning engilmas ruhi va uning
baxtga intilish tematikasi egallaydi. Uning san’at xaqidagi fikr mulohazalari uning
ijodida aks etgan. “ San’at maqsad emas, balki insonlar bilan muloqot vositasidir”
deb hisoblar edi. Uning san’atdagi diqqat e’tibori - XALQ edi. “ Men xalqni yagona
maqsad bilan birlashtirilgan “BUYuK ShAXS” deb hisoblayman va bu shaxsni
operalarimda gavdalantirish mening vazifamdir” deb yozadi Musorgskiy.
Buyuk psixolog –dramaturg, u o’zining operalarida har bir inson
shaxsining qalbini chuqur ko’ra bila olib, ularni yorita olgan . Uning asarlaridagi
harakatlar manzarasi asosan ijtimoiy jamiyatning noxaqliligini ask ettirgan. Uning
“Seminarist”(Seminariya o’quvchi) qo’shig’ini ta’qiqlab qo’yishganida, u shunday
degan: ”O’rmonlarda oy shu’lasidan ilhomlangan bulbullar kabi, muzikantlar insoniy
jamiyatning a’zolaridir, agarda shularning barchasini menga ta’qiqlab qo’yishganida,
men tosh kemirishni to’xtatmagan bo’lar edim...” deb yozadi Musorgskiy. Uning
milliy rassomchi bo’lishi nafaqat xalq hayotiga bo’lgan muxabbatidan, balki uning
keng ma’lumotga ega ekanligi va rus xalqining tarixini chuqur o’zlashtirgani va
jahon adabiyoti durdonalarini yaxshi bilganligidandir. Musorgskiy iste’dodi
serqirrali, avvalo u dramaturg- tarixchidir. Uning “Boris Godunov” va”Xovanhina”
operalari Rossiya hayotidagi o’zgarishlar davrida yaratilgan. Jahon musiqa san’atida
bu mukammal asarlar tarixiy mavzuda deb hisoblanadi. Musorgskiyning bu ikki
operasi xalq musiqiy dramalaridir. Tarixda birinchi marotaba bu operalarda
qo’zg’olon ko’tarayotgan xalqning harakatlari ko’rsatilgan. “Boris Godunov”
operasida Novodevichya cherkovida, Vasiliy Blajenno’y sobori yonidagi Qizil
maydonda xalqning norozilik bilan qo’zg’olon ko’tarayotgan sahnalari yoritilgan. “
Xovanhina” operasida junbushga kelgan va o’z hissiyotlarini boshqara olmayotgan
xalq sahnalari ko’rsatilgan. “ Xovanhina “da hokimiyat va xalq orasidagi ziddiyatli
ko’rinishlar aks ettirilgan. Bu operalarni Musorgskiy tarixchi va dramaturg Pushkin
an’analarini davomchisi sifatida yaratgan.
Hayoti. Modest Petrovich Musorgskiy 1839-yil 9 mart oyi Pskov
guberniyasining Karevo qishlog’ida amaldorlar oilasida dunyoga keldi. Ilk bolaligi
rus qo’shiqlari va rus ertaklarini eshitib, rus dexqonlari va rus tabiati qo’ynida
o’tgan. Qobiliyatli bolaning musiqadan olgan mashg’ulotlari erta boshlandi. Unga
fortepianoda chalishni birinchi bor onasi Yuliya Ivanovna o’rgatgan. Oilaning 1849-
yilda Peterburgga ko’chib kelish munosabati bilan Musorgskiy Anton Avgustovich
Gerke ismli mohir pianinochi sinfida tahsil ola boshladi. 1852- yilda Musorgskiy
gvardiyachilar maktabiga o’qishga kirdi. Bu maktab “Avliyo Petr” yoki Petrishule
deb nomlanar edi. Musorgskiyning ota-onasi kichik amaldorlardan bo’lib
o’g’illarining harbiy mavqelarga erishishlarini juda orzu qilardilar. Musorgskiylar
sulolasidagi barcha erkaklar azaldan harbiylardan bo’lishgan. Ammo
Musorgskiyning otasi Petr Alekseevich harbiy bo’la olmadi. Bu maktabni 1856-yili
tamomlab, Preobrajensk polkida leyb-gvardiya ofitseri bo’lib xizmat qila boshladi.
O’quv yillari davomida u o’zining ilmga chanqoqligi bilan ajralib turib, falsafa va
tarix fanlariga juda qiziqar edi. Ustozi A. Gerke sinfida mashg’ulotlarni davom
ettirgan holda, hayriya kontsertlarida ham ishtirok etib turar va musiqani ko’p tinglar
va spektakl namoyishlariga borib turar edi. Bo’lajak kompozitor rus klassik musiqiy
durdonalarini hali bilmasdan turib Motsartning “ Don Juan” va italyan operalarini
eshitgan edi.
1856-yilda M.P.Musorgskiy 1857-yilda Ts.Kyui va M. Balakirev kabi
kompozitorlar bilan tanishganidan so’ng, o’zini to’laqonlik bilan musiqaga
bag’ishlashni ahd qildi. Musorgskiy uchun yangi hayot boshlandi va bu yangi
hayotda M . Balakirevning ijobiy ta’siri katta edi. Ular rus va evropa
kompozitorlarining fortepiano uchun yozilgan asarlarini to’rt qo’lda ijro etishar edi.
Bu paytga kelib Musorgskiy M.I.Glinka va A.S. Dargomijskiy asarlarini mukammal
o’rganib chiqdi. Musorgskiy balog’at yoshidan boshlab o’zining demokratik
qarashlari va serqirrali qiziqishlari va hatti harakatlari bilan atrofidagilarni
ajablantirar edi. 1861-yil dehqonlar reformasi islohotidan so’ng, o’zining ish ostidagi
dehqonlarning soliq to’lashini man qilish maqsadida unga atalgan me’rosning
ulushidan voz kechib akasi nomiga o’tkazgan. O’z ulushidagi erlardan va talaygina
qo’l ostidagi dehqonlardan voz kechgan holda u mehnat bilan oddiy muzikant va o’z
mehnati bilan daromad topish yo’lini tanladi. Ba’zan moliyaviy ahvoli nochorligidan
1863 -1879 yillarda Injeneriya va O’rmon departamentlarida (ma’muriy xudud) va
Davlat nazorat muassasalarida hujjat ishlari yurituvchisi bo’lib ham ishlagan.
1860-yil boshlari ancha ilm to’plaganidan kelib chiqib, o’zini aktiv ijodiy
faoliyatga yo’naltirdi. Musorgskiy katta xalq sahnalari va kuchli irodali shaxs
uchraydigan opera yaratishni o’ziga maqsad qilib oladi. 1867- yilda Nekrasov
qalamiga mansub «Noch’ na lo’soy gore» simfonik kartinasini va « Kalistrat « «
Kolo’belnaya Eremushki» kabi qo’shiqlarini yaratadi.
1868-1874 yillar Musorgskiy ijodining ikkinchi bosqichi boshlanadi. Gogol
qalamiga mansub “Jenitba” (Uylanish) komik operasini yozishga kirishadi va faqat
bitta sahna ko’rinishini yozadi. Shu yili kompozitor mahoratining butun kuchini
ochib bera oladigan “ Boris Godunov”operasi ham yaratila boshladi. Opera
postanovkasiga ruxsat berildi va u sahnaga olib chiqildi. “Boris Godunov” operasi
tomoshabinlar tomonidan juda yaxshi kutib olindi va bu opera omadga uchradi.
Mashshaqatli izlanishlar va hayajonlanishlar kompozitor salomatligiga salbiy ta’sir
etdi. Rimskiy -Korsakov va Stasov kabi do’stlari uni har tomonlama qo’llab-
quvvatlab turishdi. Bu yillar uning hayotida eng baxtli onglari edi. Sekin-asta uning
hayotida qayg’uli va ma’yus onglar boshlandi. “ Qudratli To’da” tarqalganligidan u
tushkunlikka tushar va buni xoinlik deb bilar edi, eng yaqin do’sti, rassomchi
V.Gartman vafot etgan va sevimli ayoli hayotdan ko’z yumgan va rus xonandasi
O.A. Petrov ham vafot etgan edi Musorgskiy o’zini tamomila yolg’iz his etar edi.
Ijoddagi yonish va tinimsiz izlanish uni tark etmadi u “Xovanhina” operasi
ustida tinimsiz ishlay boshladi. Pulga bo’lgan ehtiyoj, ijodiy faoliyatda tanaffusga
olib keladi va Musorgskiy yashash uchun O’rmon departamentida hujjatiy ishlarni
yozib ko’chirish ustida ishlaydi.
Mana shu paytlarda xorijdan unga yaxshi xabar keladi. F.List uning “
Detskaya”(Bolalarcha) qo’shiqlar to’plamini eshitib, uning musiqiy asarlaridan
hayratda ekanligini va katta taassurot olganini yozadi. Tanqidchi Stasovda
Musorgskiyni Veymar shahriga, F.List oldiga olib borish fikri tug’iladi. Mag’rur va
mustaqil Musorgskiy yo’l harajati uchun taklif qilingan pullarni rad etgan holda,
Peterburgda tinchgina hayot kechirishni lozim ko’radi.
1874-1881 yillar Musorgskiy ijodining uchinchi bosqichi. Uning butun
hayoli “Xovanhina” operasida edi. Ijodini fojeali obrazlar egalladi. U A.A.
Goliniheva Kutuzova so’zlariga “Bez solntsa”(Quyoshsiz), “Pesni pri plyaske i
smerti”( Raqs va o’lim oldidagi qo’shiqlar) vokal tsikllarini, Verehagin kartinasiga
“Zabo’to’y”(Unutilgan) asarlarini yozadi. Rassomchi do’sti V.Gartmanni vafotidan
so’ng, xotirasiga qo’yilgan ko’rgazmali namoyishdan ta’sirlanib, “ Kartinki
vo’stavki” (Ko’rgazmadan kartinalar)fortepiano p’esalari asarini yaratadi.
Musorgskiy, hayotining so’nggi yillarida qalbidagi butun yorug’likni
Gogolning komik syujetiga “Sorochinskaya yarmarka”( Sorochin bozorchasi)
operasiga yo’naltiradi.
Bu davrning, Musorgskiy uchun eng yorug’ xotiralaridan, Mariinskiy teatri
xonandasi D.M. Leonova bilan Rossiyaning janubiy shaharlariga uyushtirilgan
kontsert safarlari bo’ldi.
Kontsert safarlaridan qaytib kelganidan so’ng, Musorgskiy “Xovanhina” va
“ Boris Godunov” operalariga qattiq kirishdi.
Peterburgda uni uy-joysizlik, yolg’izlik kutar edi. 1881-yil fevral oyida
uning salomatligi keskin og’irlashdi. Oy davomida uni N.A. Rimskiy-Korsakov
rafiqasi bilan va Musorgskiyning katta opasi Aleksandra Nikolaevna, A.P. Borodin,
Ts.Kyui, V.Stasov, I.E.Repin kabi do’stlari shifoxonaga kelib turishdi. Stasov
rassomchi Repinga kompozitorning portretini chizish taklifini kiritdi. Bemorning
oldida o’tkazgan 4 kunda rassomchi I.E.Repin kompozitorning ijodga to’la
qiyofasini chizdi. Hozirgi paytda Moskva Tretyakov galereyasida bebaho asarlardan
hisoblanmish, Musorgskiy portretining yaratilish tarixi shunday edi. 16 martda
Musorgskiy olamdan ko’z yumdi. Tugallanmagan “Xovanhina” operasini Rimskiy-
Korsakov nihoyasiga etkazdi. “Sorochinskaya yarmarka” operasini esa Ts.Kyui
nihoyasiga etkazgan. V.Shebalin esa uni orkestrlashtirgan.
Musorgskiyning shaxsiy hayoti fojeali edi.U hech qachon o’zining ijodiy
printsiplarini o’zgartirmagan. Musorgskiy hayotida katta rol o’ynagan va uning
chinakam do’sti V.V.Stasov u xaqida ko’p iliq xotiralarni yozib qoldirgan.
Musorgskiy xaqida boshqa zamondoshlari ham ko’p yozishgan. Kyui va Larosh kabi
musiqiy tanqidchilar Musorgskiyni tanqidiy baholashgan. Musorgskiyning musiqiy
iste’dodini Chaykovskiy ham tushunmagan.
2.Ijodiga xarakteristika. Musiqa san’ati tarixida, Musorgskiy obrazlarinig
xilma-xilligi va va ularning o’ziga xos yorqin aks ettirilganligi muhim rol o’ynaydi.
Musiqiy ifodaning yorqin tomonlarini topishga qaratilgan izlanishlari, ohangdorlikni
keskin o’zgartirish vositasi, to’satdan ohangning siljishi faqatgina Musorgskiy
ijodiga xos uslublardan edi. Musiqiy tilning noodatiyligi Musorgskiy
zamondoshlariga tushunarsiz edi. Musorgskiyning musiqali dramalari Glinka asos
qilib yaratib ketgan “Ivan Susanin “kabi operalarning davomi desak mubolag’a
bo’lmas. Glinka operalarida rus xalqining boshqa millat xalqlari orasidagi ziddiyatli
urushlari tasvirlangan bo’lsa, Musorgskiy operalarida xalq va hokimiyat o’rtasidagi
qarama-qarshiliklar tematikasi ko’rsatilgan. Shu bilan birga Musorgskiyni
Dargomijskiyning davomchisi sifatida ham ko’ramiz. Ularning ijodiy yo’nalishida
hayotga bo’lgan qiziqish, oddiy insonlarning fe’l-atvorlari, musiqiy personaj
ko’rinishlarini yoritish kabi vositalar o’xshash edi. Faqat Musorgskiy
Dargomijskiydan farqli o’laroq, o’z personajlarining qalb kechinmalarini chuqur
ko’rsatib berishga harakat qilgan. O’z asarlarida Musorgskiy dehqonlarning turli xil
shevasiga mos tushadigan turli xil intonatsion musiqiy ohangdorlikni topa olgan.
Musorgskiy o’ziga xos vokal kompozitoridir. Qo’shiq--- uning yaratgan
musiqiy asarlaridagi cholg’u asbobidan emas ovoz orqali ifodalanadi, ya’ni musiqiy
cholg’u sezilarmas holatda sado berib turadi. U 1868-yilda yozar ekan, “ Mening
musiqam insoniy nutqning badiiy uyg’unligiga aylanishi kerak. Insoniy nutqning
tovushi va uning ohangdorligi bo’rttirilmasdan ,xaqiqatga yaqin va tabiiy ovozlarda
musiqiy til xaqiqatiga aylanishi lozim, ya’ni musiqa insoniy nutqga bo’ysunishi
kerak! ”.
3 . Opera ijodiyoti.”BORIS GODUNOV” Bu tarixiy syujetga opera yaratish
fikrini unga do’sti tarixchi V.V.Nikolskiy bergan.1869-yilda “Boris
Godunov”operasi tugallanib, teatr komitetiga ko’rsatilgan edi, lekin operaning yangi
badiiy-g’oyasidan sochi tikka bo’lgan komitet a’zolari operada yutuqli ayol obrazi
yo’q ekanligini vaj qilib, operani inkor etishdi. Musorgskiy operaga ba’zi bir
musiqiy o’zgarishlarni kiritganidan ham so’ng, 1872-yil opera, imperator teatrlari
direktsiyasi tomonidan qabul qilinmadi. A.S. Pushkin qalamiga mansub “Boris
Godunov” syujetiga librettoni Musorgskiyning o’zi yozgan. Syujetdagi xalqning
noroziligi va keyinchalik bu norozilikning qo’zg’olonga aylanib ketishi Musorgskiy
diqqatini tortdi. “ Shoh va xalq o’rtasidagi ziddiyatlik. Shu bilan birga, shoh Boris
ko’nglida kechayotgan “vijdon fojeasi” ga katta ahamiyat qaratilgan. Boris
obrazining keng ko’lamligi jahon opera san’atining yuksak yutuqlaridan biriga
kiradi. Musorgskiy- xalq musiqali dramasining opera janridagi yangi talqini
yaratuvchisidir. Opera birinchi bor ilg’or artistlar sayi harakatlari bilan va asosan
Yu.F. Platonova kabi xonandaning yordami bilan Peterburgdagi Mariinskiy teatrida
1874-yil 8 fevral kuni sahnada qo’yilgan. Opera mavzusi 1598-1605 yillarda Rossiya
va Polsha xudularidagi voqealarga asoslanib yozilgan. Demokratik omma operani
tantanavor qabul qilishdi. Dvoryan va pomehchiklar jamiyati esa bu operani keskin
inkor etishdi. 1882-yili operani dastur ro’yxatidan tamomila olib tashlashdi. “
Emishki, bu opera mavzusi shoh sulolasiga yoqmasmish “ degan mish-mishlar yurar
edi”, deb yozadi bu xaqida N.A.Rimskiy Korsakov. 1896-yil opera N.A. Rimskiy
Korsakov shaxsiy muharririyatida yangidan cholg’ulashtirilib, nihoyat katta omad
bilan jahon teatr sahnalarida namoyish eta boshladi. So’nggi paytlarda D.D.