MOLEKULYAR BIOLOGIYADA QO’LLANILADIGAN ASBOBLAR

Yuklangan vaqt

2024-04-07

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

4

Faytl hajmi

85,0 KB


MOLEKULYAR BIOLOGIYADA QO’LLANILADIGAN ASBOBLAR 
BILAN ISHLASH TEXNIKASINI O’RGANISH 
 
 
 
 
Tarozi — jismga taʼsir etuvchi ogʻirlik kuchi asosida jismlar vaznini 
aniqlaydigan asbob. 
Tarozi qadimiy oʻlchash asboblaridan. Ikki yelkali va tarelkasimon pallali 
oddiy tarozi qadimgi Bobilda mil. av. 2,5 ming yillikda va Misrda mil. av. 2 ming 
yillikda paydo boʻlgan. Savdo, ishlab chiqarish va fanning rivojlanishi bilan tarozi 
asta-sekin takomillashib borgan. Tarozining umumiy maqsadlarga moʻljallangan, 
namuna (etalon, toshlarni tekshirish uchun) va laboratoriya (analitik, mikroanalitik, 
namuna aniqlanadigan va boshqalar) turlari bor. 
 Ishlash tarzi boʻyicha: richagli, elektrometrik, gidrostatik, gidravlik va prujinali 
xillarga boʻlinadi. Tortish chegarasi boʻyicha umumiy maqsad uchun moʻljallangan 
tarozining stol ustiga oʻrnatiladigan — 50 kilogrammgacha, koʻchma — 50 kg dan 
6 tonnagacha, muqim (vagonetka, avtomobil, vagon, elevatorbunkerlarni tortish 
uchun) — 5 tonnadan 200 tonnagacha yukni torta oladigan xillari bor. 
Tarozilarning barcha xillari ushbu koʻrsatkichlar bilan tavsiflanadi: 1) chegaraviy 
tortish kuchi — metrologik koʻrsatkichlarini buzmagan holda tarozi chidashi 
mumkin boʻlgan eng katta statik nagruzka; 2) boʻlinmalari qiymati — shkalaning 
bir boʻlimi oʻzgarishiga mos vazn; 3) tortishda yoʻl qoʻyiladigan xatolar chegarasi 
— bir galgi tortilgan vazn bilan haqiqiy vazn orasidagi farq; 4) tortishlar paytida 
shkala koʻrsatishidagi yoʻl qoʻyiladigan farqlar — bir jismning oʻzini har gal tortib 
koʻrganda vazni har xil chiqishi. Shu koʻrsatkichlar tarozining sifatini va sinfini 
belgilaydigan omillar hisoblanadi. Hozir yukning ham vaznini, ham qiymatini 
xaridorga koʻrsatib turadigan elektron tarozilar koʻproq qoʻllanadi. 
Tarozi va tortish qoidalari 
MOLEKULYAR BIOLOGIYADA QO’LLANILADIGAN ASBOBLAR BILAN ISHLASH TEXNIKASINI O’RGANISH Tarozi — jismga taʼsir etuvchi ogʻirlik kuchi asosida jismlar vaznini aniqlaydigan asbob. Tarozi qadimiy oʻlchash asboblaridan. Ikki yelkali va tarelkasimon pallali oddiy tarozi qadimgi Bobilda mil. av. 2,5 ming yillikda va Misrda mil. av. 2 ming yillikda paydo boʻlgan. Savdo, ishlab chiqarish va fanning rivojlanishi bilan tarozi asta-sekin takomillashib borgan. Tarozining umumiy maqsadlarga moʻljallangan, namuna (etalon, toshlarni tekshirish uchun) va laboratoriya (analitik, mikroanalitik, namuna aniqlanadigan va boshqalar) turlari bor. Ishlash tarzi boʻyicha: richagli, elektrometrik, gidrostatik, gidravlik va prujinali xillarga boʻlinadi. Tortish chegarasi boʻyicha umumiy maqsad uchun moʻljallangan tarozining stol ustiga oʻrnatiladigan — 50 kilogrammgacha, koʻchma — 50 kg dan 6 tonnagacha, muqim (vagonetka, avtomobil, vagon, elevatorbunkerlarni tortish uchun) — 5 tonnadan 200 tonnagacha yukni torta oladigan xillari bor. Tarozilarning barcha xillari ushbu koʻrsatkichlar bilan tavsiflanadi: 1) chegaraviy tortish kuchi — metrologik koʻrsatkichlarini buzmagan holda tarozi chidashi mumkin boʻlgan eng katta statik nagruzka; 2) boʻlinmalari qiymati — shkalaning bir boʻlimi oʻzgarishiga mos vazn; 3) tortishda yoʻl qoʻyiladigan xatolar chegarasi — bir galgi tortilgan vazn bilan haqiqiy vazn orasidagi farq; 4) tortishlar paytida shkala koʻrsatishidagi yoʻl qoʻyiladigan farqlar — bir jismning oʻzini har gal tortib koʻrganda vazni har xil chiqishi. Shu koʻrsatkichlar tarozining sifatini va sinfini belgilaydigan omillar hisoblanadi. Hozir yukning ham vaznini, ham qiymatini xaridorga koʻrsatib turadigan elektron tarozilar koʻproq qoʻllanadi. Tarozi va tortish qoidalari
Tarozining tuzilishi. Kimyo laboratoriyasida ishlatiladigan eng muhim asboblaridan 
biri tarozidir. Shuning uchun har bir talaba tarozilar bilan ishlashni bilishi zarur. 
Laboratoriya amaliyotida turli aniqlikda pallali tarozilardan foydalaniladi. Pallali 
tarozilar 1-2 g- moddaning ortiq yoki kamligi ahamiyatga ega bо‘lmagan hollarda 
ishlatiladi. 0,01g aniqlik bilan tortish talab qilinganida, texnikaviy tarozilardan 
foydalaniladi. Moddalar 0,0001-0,0002 g aniqlikda analitik tarozilarda tortiladi. 
 
Texno-kimyoviy va analitik tarozilarning tuzilishi prinsiplari bir xil. Texno-
kimyoviy tarozida shayi deb ataladigan teng yoqali richag tayanch vazifasini о‘taydi, 
qolgan ikkitasi esa yuk kо‘tarish uchun xizmat qiladi, bu prizmalar yostiqchalarga 
о‘rnatilgan, yostiqchalarga esa halqa orqali tarozi pallalari osib qо‘yilgan. Tarozi 
pallasiga toshlar qо‘yishda yoki tarozi ishlamay turganda tebranishdan saqlash 
uchun о‘rtadagi prizmani yostiqchadan kо‘tarib qо‘yiladi. Buning uchun xizmat 
qiladigan moslama arretir deyiladi. 
Prizmaning yostiqchaga yotmaydigan holati tarozining arretirlangan holati deyiladi. 
Prizma va yostiqchalar qattiq pо‘latdan yasaladi. Analitik tarozilarda esa 
yostiqchalar agatdan tayyorlanadi. Shayining о‘rtasiga pastki tomoni uchli strelka 
о‘rnatilgan bо‘lib tarozi pallalari tebranib turganda bu strelkaning uchi pastki 
tomonga joylashtirilgan shkala bо‘ylab harakat qiladi. Shayi gorizontal holatda 
bо‘lsa strelka shkalaning nol belgisida turadi. Tarozida biron narsa tortishdan oldin 
uning tо‘g’ri ishlash va tо‘g’ri natija berishi tekshirib kо‘riladi. Buning uchun 
arretirn tushiriladi va strelkaning shkala bо‘ylab o’sishi kuzatiladi. Agar tarozi 
Tarozining tuzilishi. Kimyo laboratoriyasida ishlatiladigan eng muhim asboblaridan biri tarozidir. Shuning uchun har bir talaba tarozilar bilan ishlashni bilishi zarur. Laboratoriya amaliyotida turli aniqlikda pallali tarozilardan foydalaniladi. Pallali tarozilar 1-2 g- moddaning ortiq yoki kamligi ahamiyatga ega bо‘lmagan hollarda ishlatiladi. 0,01g aniqlik bilan tortish talab qilinganida, texnikaviy tarozilardan foydalaniladi. Moddalar 0,0001-0,0002 g aniqlikda analitik tarozilarda tortiladi. Texno-kimyoviy va analitik tarozilarning tuzilishi prinsiplari bir xil. Texno- kimyoviy tarozida shayi deb ataladigan teng yoqali richag tayanch vazifasini о‘taydi, qolgan ikkitasi esa yuk kо‘tarish uchun xizmat qiladi, bu prizmalar yostiqchalarga о‘rnatilgan, yostiqchalarga esa halqa orqali tarozi pallalari osib qо‘yilgan. Tarozi pallasiga toshlar qо‘yishda yoki tarozi ishlamay turganda tebranishdan saqlash uchun о‘rtadagi prizmani yostiqchadan kо‘tarib qо‘yiladi. Buning uchun xizmat qiladigan moslama arretir deyiladi. Prizmaning yostiqchaga yotmaydigan holati tarozining arretirlangan holati deyiladi. Prizma va yostiqchalar qattiq pо‘latdan yasaladi. Analitik tarozilarda esa yostiqchalar agatdan tayyorlanadi. Shayining о‘rtasiga pastki tomoni uchli strelka о‘rnatilgan bо‘lib tarozi pallalari tebranib turganda bu strelkaning uchi pastki tomonga joylashtirilgan shkala bо‘ylab harakat qiladi. Shayi gorizontal holatda bо‘lsa strelka shkalaning nol belgisida turadi. Tarozida biron narsa tortishdan oldin uning tо‘g’ri ishlash va tо‘g’ri natija berishi tekshirib kо‘riladi. Buning uchun arretirn tushiriladi va strelkaning shkala bо‘ylab o’sishi kuzatiladi. Agar tarozi